O liy V a 0 ‘rta m a X su s ta’l im va z ir L ig I j r a y e V Z. M. Zam o nav iy d a V la t is h y u r it is h n a z a r iy a si
Download 32.29 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- « T A F A K K U R -B O S T O tfl» T O SH K E N T - 2011
- T.f.d. akadem ik A.R. M uham m adjonov
- F a n n in g p r e d m e ti v a o b y e k ti.
- F a n m a s a l a la r i n in g d o lz a r b lig i.
- F a n n i n g a h a m iy a t i.
- D a v l a t n i n g t a ’r ifi.
- F a n n in g m a q sa d v a v a z ifa s i.
- F a n n i o q it is h n in g v a z ifa la r i.
- T A R IX IM IZ N IN G T U R L I D A V R L A R ID A HAR X IL Y O Z U V L A R D A BITIL G A N H U JJA T C H IL IK T A RIXI VA
- Y o r liq la r v a u la r n in g t u r la r i. 0 ‘rta O siy o x o n lik la r id a
- « I s h la r n i o z b e k t i li d a y u r it is h t o ‘g ‘r is id a » g i Q aro r. S o v e t d a v r id a ish y u r it is h t i z i m i n i n g h o la ti.
O 'Z B E K IS T O N R E S P U B L IK A S I O LIY V A 0 ‘RTA M A X SU S TA’L IM VA Z IR L IG I J r a y e v Z.M . ZAM O NAV IY D A V LA T IS H Y U R IT IS H N A Z A R IY A SI, AM ALIYOT1 V A B O SH Q A R U V N I M E ’YORIY H U JJA T L A R B IL A N TA’M IN L A SH 0 'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5320300 - « Arxivshunoslik» bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan « T A F A K K U R -B O 'S T O tfl» T O SH K E N T - 2011 www.ziyouz.com kutubxonasi UDK: 351(575.1)(075 J96 Zam onaviy davlat is h yu ritish n azariyasi, a m a liy o ti va b o sh q a ru v in i m e’y o r iy h u jjatlar b ila n ta’m in la sh : Arxivshunoslik bakalavriat ta ’lim yo'nalishi uchun o 'q u v qo'llanma / Jo'rayev Z.M. - Toshkent, «Tafakkur-bo'stoni». 2011. 256 b. Mas’ul muharrirlar: T.f.d. akadem ik A.R. M uham m adjonov - Mirzo U lu g 'b e k nomidagi O 'z b ek isto n Milliy universiteti tarix fakulteti «O'zbekiston tarixi» kafedrasi proffessori; T.f.n. M. Haydarov - M ir z o Ulu g'bek nomid agi O 'z b e k isto n Milliy universiteti tarix fakulteti dekani Taqrizchilar: T.f.n. O.M .M asaliyeva - Abdulla Qodiriy nomidagi T o sh k e n t davlat m a daniya t instituti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat v a sotsiologiya» kafedrasi mudiri; T.f.n. M. Isakova - « 0 ‘zarxiv» agentligi k a tta ilmiy xodimi «Z am onaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti v a boshqaruvini m e ’yoriy h u jja tla r bilan t a ’minlash» faniga bag 'ishlab tu z ilg a n ushbu o'quv q o'llanm a «Arxivshunoslik» ynalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun m l j a l l a n g a n . Q o 'l l a n m a d a f a n n i n g p r e d m e ti, m a q s a d va vazifalari, tariximizning tu rli davr va turli yozuvlarida bitilgan hujjatchilik, ish yuritishga doir tarixiy va za m o n a v iy m a 'l u m o t l a r , ish yuritish haqidagi dastlabki t u sh u n c h alar, m a ’lumot tusidagi axborot hujjatlari kabi xu su siy atla r qayd etilgan. ISBN - 978-9943-362-39-0 www.ziyouz.com kutubxonasi «Z am o n aviy dav lat ish y u ritish n a z ariy a si va am aliy o ti, boshqaruvni m e’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash» fanining maqsad va vazifalari. F a n n in g p r e d m e ti v a o b y e k ti. Ish yuritishning fan sifatida shakllanishi. Fanning boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Tashkilotlardagi ish yuritish bo'limlari faoliyati. H ujjatlar turlicha bo'lib, har birining ijtimoiy hayotda o'z o'rni va ahamiyati bor. Hozirgi rivojlangan jam iyatda biron bir m uassasa yoki xo'jalikning faoliyatini hujjatlarsiz ta s a w u r qilib bo'lmaydi. Chunki ular har qanday m uassasa yoki xo'jalik faoliyatini tartibga solib turuvchi asosiy omildir. O'zbek hujjatchiligining tarixi uzoq davrlarni o'z ichiga oladi. Lekin mustabid tuzum siyosatining ta ’siri ostida 30-yillardan keyin hujjatlarning asosiy qismi rus tiliga ko'chdi. O 'zbek tilida esa barmoq bilan sanarli hujjatlar yuritilgan bo'lib, ularning ham ko'pchiligi rus tilidan aynan andoza qilib olingandi. Ayrimlarining esa normalari rus tilida qanday bo'lsa, o'zbek tilin in g x u su siyatlari hisobga olinmay, xuddi shunday qo'llanilgan edi (m asalan, spravka, akt, raport, xarakteristika va boshqalar). 1989-yil 21-oktabrda O 'zbekistonda o'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgach, hujjatlarning barchasi o'zbek tilida yuritilmoqda. Unga asosan, O 'zbekisto n da yashovchi va faoliyat k o'rsatuvchi fuqarolar, qanday kasb egasi b lishlaridan q a t’i nazar ishlab chiqarishn ing b arch a sohalarida ish y u ritish o'zb ek tilida olib borilishi shart deb belgilandi. «Davlat tili haqida»gi O 'zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida: «M uassasalar, tashkilotlar va jam oat birlashm alari muhrlari, tam g'alari, ish qog'ozlarining matnlari davlat tilida bo'ladi», deb belgilab qo'yilganligini inobatga olsak, bu borada ko'pgina amaliy ishlarni bajarishga to'g'ri kelishini ta s a w u r qilish mumkin. F a n m a s a l a la r i n in g d o lz a r b lig i. O 'zbek xalqi va uning d av latch ilig i ta rix in i xoliso n a o 'r g a n is h n in g ilm iy a so sla rin i shakllantirish, tadqiqotlarni zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish, o'zbek davlatchiligining haqqoniy tarixini tarixiy manbalar asosida www.ziyouz.com kutubxonasi o'rganish, ish yuritish va arxiv ishi sohasida yagona davlat siyosatini olib borish vazifalari belgilangan. «Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi v a am aliyoti, boshqaruvni m e ’yoriy h u jja tla r bilan ta ’minlash» fanini o'qitish malakaliy kadrlar tayyorlashga yordam beradi. F a n n i n g a h a m iy a t i. M ustaqillik yillarida arxivshunos, ish yurituvchi m u taxassislarni tayyorlashda bir qator am aliy ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash va ulardan ilmiy-amaliy maqsadlarda foydalanish sifatini oshirishda arxivshunos, ish yurituvchi kadrlarni "tayyorlash muhim aham iyat kasb etadi. Shuningdek, tashkilot, korxona va m uassasalarda ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni to 'g 'ri rasmiy- la sh tirish v a tartib g a solishni o 'rg a tis h jam iy atd ag i ijtim oiy, iqtisodiy, siyosiy muammaolarni tartibga solishni ta ’minlaydi. D a v l a t n i n g t a ’r ifi. Yetarli huquqiy va siyosiy ilm lar sohibi bo'lmagan kimsalar, davlat deganda, zehnlarida shunday tushunchani juda keng va yuzaki bir shaklda jonlantirganlar. Xolbuki davlatning sonsiz t a ’rifi bordir. Bu turli tum anlilik, har bir faylasufning (oqil), har bir nazariyotchi va m utafakkirning davlat tushunchasi va asoslarini o'z shaxsiyati jihatidan izohlashi sababidandir. M asalan, geograf davlatni bir o'lka bilan taqqoslasa, sotsiolog uni boshqaruvchi va boshqariluvchilar jihatidan t a ’riflaydi. Tarixchi unga bir millatni oyoqqa turg'izuvchi m uassasa sifatida qaraydi. H uquqshunos esa, huquqiy m e’yorlar tizimi shaklida m ushohada etadi (H. Kelsen). Faylasuf davlatni «o‘z bilimi doirasida bo'lgan etnik substansiya» tarzida ta s a w u r qiladi (Gegel). Iqtisodchi uni eng yuksak reja asosida otorita (am r etish, itoat ettirish haqqi va iqtidori, vakolati, siyosiy va idoriy kuch-qudrat) ettiruvchi sifatida tavsiflaydi. F. B astiat: «Davlat shunday bin funksiondirki, har kim sa uning sababidan boshqalar ustidan hukmronlik qilishga harak at qiladi», - deb e ’tirof etadi. Shoirlar esa davlatni o'z ilhomlariga va ishonchlariga ko'ra ming turli ta ’riflashadi. Bir kishi «Turqi sovuq jonivorlarning eng sovug'i» deb tavsiflasa, boshqa birov «Qalbida insonparvarlikning www.ziyouz.com kutubxonasi chechak va mevalarini yetishtiruvchi bog'chani o'rab olgan devordir» deb ta ’riflaydi (Holderlin). Bunday tor doiradagi boshlang'ich va fantastik ta ’riflar insonni bir hazm qilish sis te m a s id a n yoxud sk e le td a n ib o ra t degan tushuncha kabidir. Bundan tashqari yanada aniq yozuvchi va kuchli ta ’rif beruvchilar ham mavjuddir. Davlatni ta ’rif etishda uchragan ziddiyatlarning eng asosiy sababi, u n in g so m u t fenom enlar (borliqni his tu y g 'u la r bilan tushuniladigan, ko‘z bilan ko‘riladigan, qo'llar bilan tutiladigan, mushaxxas-aniq-real) olamiga oid bir term in emasligidir. Hozirga qadar bosh ko'z bilan bir davlatni ko'rgan emas. Ammo, shunga qaram ay, kishi uning mavjudligidan shubha qilmaydi va inkor etmaydi. U mutloq bir «ideya» - g'oyadir, talaqqiylar (mavjud- lik, birikish, anglash orqali ko'rish, olish, qabul qilish) dunyosiga oid va mansubdir. Davlatni faqatgina inson tushunadi. Sababi inson insonga qul bo'lishni istamaganligidir. G ’arb m adaniyatining o'smirlari, madaniyat deganda faqatgina o 'z m adaniyatlarini tu sh u n ad ilar. D avlat bilan bog'liq teoriya (nazariya) va doktrinalarni (ta ’limot) taqqoslashar ekanlar G ’arbdagi t a ’lim otlarni afzal deb h iso b lash ad ilar, boshqa m ad a n iy at va m a’rifatlarni tan olishmaganlikdan va bilmasdan kelishurlar. H o lbu ki, S h a rq m a d a n iy a tin in g ham o 'z ig a xos d a v la t tu sh u n ch asi yoxud ta ’lim otlari m avjuddir. Bularni tadqiq etish dolzarb muammodir. Sharq m adaniyatining eng asosiy tavsifi shuki, unda jism oniy va ruhoniy, din bilan dunyo, kalisa va davlatni farqlamasligidir. F a n n in g m a q sa d v a v a z ifa s i. Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini m e’yoriy hujjatlar bilan ta ’minlashni o'rgatish orqali zamonaviy talablarga javob beruvchi malakali arxivshunos va ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlashga hissa qo'shishdan iborat. Hujjatlar u yoki bu hodisani tasdiqlash, qayd qilish, ro'yxatdan o'tkazish maqsadida tuziladi. Shuningdek, hujjat korxona, tashkilot va ayrim shaxslarning huquqini qayd qiladi. Hujjatlarning nazariy va amaliy jixatlari bilan tanishtirish, ish qog'oz- larining asosini o'rgatish hujjatchilik fanining zimmasida. www.ziyouz.com kutubxonasi F a n n i o 'q it is h n in g v a z ifa la r i. Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini m e’yoriy hujjatlar bilan t a ’m inlash fanining m aqsad va vazifalari fanning dolzarb muammolari, ish yuritish tili va uslubi, hujjat turlari, ish yuritishni tashkil etishning dolzarb muammolarini o'rgatishdan iborat. H u jja tc h ilik n in g m uhim v a z ifasi - m a ’m uriy fao liy atn i hujjatlashtirish, barcha hujjatlarni ishlab chiqish, ularni saqlashdir. Talabalarga hujjatchilik fanini o'rgatishdan maqsad: - hujjatning o'zi nima degan savolga javob bera olish, hujjatning o'rni, ahamiyatini talabalarga yetkazish; - hujjat turlari, shakllari va namunalarini tushuntirish; - ish qog'ozlarining uslubi, lug'aviy hamda grammatik xususiyat lari haqida nazariy m a’lumotga ega bo'lish; - sohaga oid hujjatlarning o'ziga xos xususiyatlari, tuzish, tayyorlash qoidalari va m e’yorlarini nazariy hamda amaliy jihatdan o'rgatish, yo'l-yo'riqlar ko'rsatishdir. www.ziyouz.com kutubxonasi T A R IX IM IZ N IN G T U R L I D A V R L A R ID A HAR X IL Y O Z U V L A R D A BITIL G A N H U JJA T C H IL IK T A RIXI VA DA V LA T B O SH Q A R U V IG A O ID M A N B A L A R TARIXI Hujj atchi li к o 'z in in g uzoq tarix ig a ega. H u jja tla r qadim zamonlardan beri olib borilgani m a’lum. Yozuvning paydo bo'lishi bilan bir vaqtda hujjatchilik rivojlana boshlangan, u kishilar o'rtasidagi muomala, fikr almashuv va bir-birini tushunish vositasini bajargan. Hujjatchilik asrlar mahsuloti bo'lib, u jamiyat tarixi bilan bevosita bog'liq. Ishlab chiqarish va davlat apparatidagi ish yuritishning o'zgarishi bilan hujjatchilik ham rivojlanadi va takomillashadi. Ja m iy a tn in g taraqqiyoti hujjatchilik tizim ida ham m a ’lum o'zgarishlarni yuzaga keltiradi. M asalan: ibtidoiy tuzum davrida ham jam iyat a ’zolari o'zaro m unosabatlardagi muhim holatlarni qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Tabiiyki, ehtiyoj natijasida o'sha tuzum ga xos ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. Olim E. K’era o'zining «Oni pisali na gline» (M. 1984) asarida Bobil (Vavilion) davlatida eramizdan aw algi 1792-1750-yillarda hukmronlik qilgan H am m urapi y aratg an qonunlar majmui (K odeksi), undan ham qadim roq - 2112-2 0 9 4 -y illard a hukm ronlik qilgan Ur-Namm u chiqargan qonunlar haqida m a’lumot beradi. Davrlar o'tishi bilan ijtim o iy - iq tis o d iy tu z u m o 'z g a r g a n , s iy o s iy m u n o s a b a tla r takomillashgan. Shu bilan birga hujjatlar ham takomillashib borgan. Bugungi kunda fanda qim m atli m a’lum otlarga ega bo'lgan manbalar mavjud. Ular tarixim izning turli davrlariga oid O'rxun- Enasoy (runik), so'g'd, eski uyg'ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan hujjatlar haqida m a’lumot beradi. Qadimgi Xorazm yozuvini o'qib chiqqan olim S.P.Tolstov «Drevniy Xorezm», 1962-yilda chop etil gan «Drevnie delti Oksa i Yaksartoy» kabi kitoblarida Tuproqqal’ada topilgan yodgorliklar haqida qimmatli m a’lumotlar bergan. 1 U s h b u m av zu alohida kitob shaklid a m u k a m m a l x r e s to m a tik m a ’lumotlar asosida n a s h r g a berilmoqda. www.ziyouz.com kutubxonasi Umuman, Xorazmdagi manzilgohlardan charm yuzasiga yozil gan 8 ta xo'jalik hujjatidan parchalar, 20 taxtachaga yozilgan hujjat topilgan. Ularda T uproqqal’a hayot davrida unga tobe xonadon a ’zolarining ro'yxati, harbiy chaqiriq, soliq, jon ro'yxatlari bo'lgan. Nufuzli zotlar bilan birga qullar ham qayd qilingan. 4 ta hujjatda T uproqqal’a om boriga qabul qilingan xo'jalik asbob-uskunalari, xususan, bir o'rinda g'ildiraklar, bu narsalarning taqsimlab berilishi haqidagi tilxat-ro'yxatlar bor. Tarixchi olimlar izlanishlar olib borib, Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmonnoma, bitim arznoma, qarznoma, tilxat va m azm unan shunga yaqin h u jja tla r nisbatan keng tarq alg ani haqida xabar beradilar. Yorliqlarning mazmuni xilma-xil bo'lgan. Ular xabar, tavsif, farmoyish, bildirishsh, tasdiqlash va x.k.larni bildirgan. K.Sodiqov o'zining «Eski uyg'ur yozuvi» (1989) asarida 1393-yil To'xtam ishxonning polyak qiroli Yag'aylaga yo'llagan yorlig'i, Temur Qutluning 1397-yilgi yorlig'i, 1469-yilda Boburning otasi Umarshayx M irzoning marg'ilonlik M ir Sayid Ahmadga bergan yorlig'ini qayd qilib o'tadi. Shuningdek, Toshkent hokimi Y unusxo'janing 1797-yil 2-iyunda P eterburgga - Rossiya podshosiga o'z elchilari orqali yuborgan yorlig'i haqidagi m a’lumotni «Arxiv vneshniy politiki Rossii» Fond Tashkentskix dela» dan bilish mumkin. XIX asrda Qo'qon xonligida patta keng tarqalgan hujjatlardan biri bo'lgan1. P attada m a’lum kishiga m uayyan miqdordagi pul, m ahsulot, u ru g ' (don) yoki boshqa n arsalarn i berish lozimligi haqida m a’lum otlar aks ettirilgan. Yuqorida qayd qilinganidek, kishilar, hatto, qabilalar o'rtasidagi m uomalada hujjatning sodda shakllaridan foydalangan. M asalan: M. Qoshg'ariyning «Devonu lug'otit-turk» asarida «bo'lug'» atamasi uchraydi. U elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog'ozi, elchilarga beriladigan tuhfa m a’nolarini ifodalaydi. XI asr olimi Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilik» asarida esa «bildirgulik» szi «yorliq» va «noma» m a’nosida ishlatilgan. Zahiriddin Muhammad Boburning 1 Т р ои ц кая А .Л . Г ан чи, ганч ибош и в К окан дском х а н ст в е (X IX в . ) / / Тю ркологические исследования. - М .: 1963. www.ziyouz.com kutubxonasi «Boburnoma» asarida xalqaro aloqalarga doir atam alar qayd etilganki, bu atam alar tizimini oydinlashtirishga katta yordam beradi. Unda «arzadosh» so'zi arizachi o'mida qo'llangan. «Insho» so'zi esa, «yozma nutq» m a’nosini beradi. «Farmon», «mirzo» so'zlari ko'p ishlatiladi. Y o r liq la r v a u la r n in g t u r la r i. 0 ‘rta O siy o x o n lik la r id a is h y u r it is h x iz m a t i. 1 9 2 4 - y il 3 1 -d e k a b r d a q a b u l q ilin g a n « I s h la r n i o 'z b e k t i li d a y u r it is h t o ‘g ‘r is id a » g i Q aro r. S o v e t d a v r id a ish y u r it is h t i z i m i n i n g h o la ti. 1989-yilda o'zbek tiliga davlat tili m aqom ining berilishi va hujjatlarning o'zbek tilida yuritilishi kabilar tarixim izning turli davrlarida ish yuritish tizimi mavjud bo'lganligining isbotidir. Milliy istiqlol, hech bir istisnosiz, hayotimizning barcha soha- larida bo'lgani kabi, ona tilimiz rivoji uchun ham keng yo'l ochdi. M u staq il dav latim izning A sosiy qonuni - K onstitutsiy am izd a, «Davlat tili haqida»ga Qonun va boshqa rasm iy hujjatlarda ona tilimiz bo'lmish o'zbek tilining huquqiy maqomi va istiqboli aniq ko 'rsatib berilgan. N echa asrlar m obaynida goh yuksak rivoju shuhrat topgan, gohida nopisandlik, turtkilash va kamsitishlardan ko'ngli singan, ammo yorug' kunlarga yetmoq umidi so'nm agan tilimiz chinakam munavvar kunlarga salom atyetib keldi. Yaqin o'tm ishim izda milliy tafakkurni, milliy o'zlikni izdan chiqarmoqqa, shu yo'l bilan o'z hukm ronligining umrboqiyligini ta ’minlamoqqa xom tam a bo'lgan mustabid tuzum tilimizni izdan chiqarishga qattiq bel bog'lagandi. Bu tuzum tilim izga «yagona umumxalq tili»ning unsurlarini o ‘rinli-o‘rinsiz tiqishtirishdan tashqari ayni shu «yagona umumxalq tili»ni ikkinchi ona tilim deydiganlarga «xo‘rozqand»lar ulashdi, shu yo'l bilan o'z ona tilini bilmaydiganlar safini kengaytirishga urindi. Prezidentimiz Islom Karimov Oliy Majlisning birinchi chaqiriq XIV sessiyasidagi (1999-yil 14-aprel) nutqida m ustabid sho'rolar tuzum ining illatlari haqida gapirar ekan, xususan shunday degan edi: « z ona tilini, milliy a n ’ana va madaniyatini bilmaslik ko'plab odam lam ing shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi». Bu, o'z navbatida, inson m a’naviy dunyosining qashshoqlashuviga, milliy qadriyatlarga bepisandlik bilan qarashdan iborat nomaqbul aqidaning «bolalashi»ga olib kelganligini anglamaslik mumkin emas. www.ziyouz.com kutubxonasi Bugun m ustaqillik sharofati bilan m am lakatim izda m a’naviy- m a’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb e’lon qilinib, bu borada ko'lamli ishlar olib borilmoqda. T a’kidlash joizki, milliy m a’naviyatni ona tilidan ayri holda ta s a w u r etib ham bo'lmaydi. Chunki xalqning ruhiyati, tabiati, butun borlig'i uning tilida aks etadi. Shuning uchun ham insonning m a’naviy kamolotida ona tilining o'rni beqiyosdir. O'zbek tili davlat tili sifatida ijtimoiy turm ushim izning barcha sohalarida qonuniy ravishda qo'llanmoqda, milliy m a’naviyatimizning betakror ko'zgusi sifatida, xalqimizning borligi va birligi belgisi sifatida o'rganilmoqda, o'rgatilm oqda. Ana shunday sharoitda, davlatim iz rahbari Islom Karimov ta ’kidlaganidek, «o'z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida rav on, g o 'z a l va lo 'n d a ifoda eta olm ay dig an m u ta x a s sis n i, aw alam bor, rahbar kursisida o'tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin». Kishi o'z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslub- lardan ham xabardor bo'lishi, kundalik so'zlashuv tilidan tashqari, rasmiy - ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkorm i yoki ziyolimi, baribir, hech bo'lm aganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to 'g 'ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, m uassasa yoki tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog'ozlarisiz ta s a w u r etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili haqida»gi qonunimizning o'zak moddalari (8-14-m oddalar)da ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoida- lashtirilgan. Ish y u ritis h n in g bevo sita asosini h u jja tla r ta sh k il qiladi. M azmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo'lgan hujjatlar kattayu kichik mehnat jamoalarining, umuman, kishilik jam iyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero, hujjatlar kechagina paydo bo'lgan narsa emas, kishilik jamiyati shakllanishi bilanoq bu jamiyat a ’zolari o 'z a ro m u n o sab atlarid ag i m uayyan m uhim h o latlarni m untazam va qat'iy qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan. B ob iln in g m ilod dan a w a lg i 1 7 9 2 - 1 7 5 0 -y illard ag i shohi Xam murapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham qadimroq hukmronlik qilgan shoh Ur-Nammu (miloddan aw algi 2112-2094- www.ziyouz.com kutubxonasi yillar)ning qonunlari va boshqa m anbalarning mavjudligi «hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog'li olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko'rsatadi. A lbatta, kishilik jam iyatining taraqqiyoti, ijtim oiy-iqtisodiy tu zu m la rn in g alm ashina borishi, a n iq ro g 'i, k ish ila r o 'r ta s id a g i ijtim o iy , iq tiso d iy va siy o siy m unosabatlarning takom illasha borishi barobarida hujjatlar ham takom il topib borgan. Bugungi kunda fanga tarixim izning turli davrlarida O 'rxun-E nasoy, so 'g 'd , eski u y g 'u r, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan juda ko'plab hujjatlar, um um an, yozma manbalar m a’lum. Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar, arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki m azm unan shunga yaqin hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar m azm unan xilma-xil bo'lgan: xabar, tavsif, farm oyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu o'rinda To'xtam ishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag'aylaga yo'llagan y o rlig 'i, T em u r Q u tlu g 'n in g 1397-yildagi y o rlig 'i, Z ahiriddin M uham m ad Boburning otasi U m arshayx M irzoning m arg'ilonlik M ir Sayid A xm ad ismli sh ax sg a 1469-yilda b ergan y o rlig 'i1, Toshkent hokimi Yunusxo'janing 1797-yil 2-iyunda Peterburgga - Rossiya podshosiga o'z elchilari orqali yuborgan yorlig'i2 va boshqa larni eslab o'tish mumkin. M azkur davr yorliqlarida o'ziga xos lisoniy qolip shakllangan, yorliqlar matn jihatidan an ’anaviy tarkibiy qismlarga ega bo'lgan. Masalan, eslab o'tilgan yorliqlarning birinchisi - «To'xtamish so’zim Yag'aylag'a» - deb, ikkinchisi - «Temur Qutlug' so'zim» deb, uchinchisi esa - «Sulton Umarshayx Bahodir so'zim» deb boshlangan. Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq yozilgan sana va joy ko'rsatilgan3. Katalog: books -> kollej va otm darsliklari -> huquq kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizom iy nom idagi toshkent davlat pedagogika universiteti kollej va otm darsliklari -> R. O. Oripov, n X. Xalilov kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi m. Kariyev, R. Alimov kollej va otm darsliklari -> Odam fiziologiyasi kollej va otm darsliklari -> 0 ‘zbekist0n respublikas1 oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi kollej va otm darsliklari -> F. I. Xaydarov, N. I. Xalilova kollej va otm darsliklari -> N. sh erm u h a m ed o V a falsafa va fan metodologiyasi huquq -> A d L iy a V a z I r L i g I t o s h k e n t d a V l a t y u r I d I k I n s t I t u t I m. H. R u s t a m b o y e V, Y Download 32.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling