O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov
Masala bayoni. Islom dinining asosiy manbalari
Download 1.74 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir.
- Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar).
3. Masala bayoni. Islom dinining asosiy manbalari Qur’on, uning tuzilishi, jamlanishi va ahamiyati. Mustaqillik tufayli o‘tmish tarixga, xususan ma’naviy merosimiz Islom diniga va diniy kitoblarga munosabat o‘zgarib, ularga insoniyatni yuksak ma’naviylikka yo‘llovchi bebaho boylik sifatida qarash qaror topdi. Qur’on Alloh tomonidan vahiy qilingan 4-ilohiy kitobdir. Qur’on so‘zining lug‘aviy ma’nosi o‘qimoq, qiroat qilmoq demakdir. U musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Qur’onda o‘zidan oldin nozil bo‘lgan sahifalar, Tavrot, Zabur, Injil kabi barcha ilohiy kitoblarning ma’no, hikmat va ahkomlarini o‘zida jamlanganiga ishorat bor. Ilmi ulamolari Qur’onni quyidagicha tariflaydilar: «Qur’on – Alloh taoloning Muhammad (sav) ga vahiy orqali nozil qilgan… ibodatda o‘qiladigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir» 23 . Qur’on Allohning yer yuzidagi butun bashariyatga yuborgan oxirgi diniy shar’iy ko‘rsatmalar to‘plamidir. Uning har bir kalomi so‘zma-so‘z nozil etilgan va Jabroil alayxissalom orqali Muhammad alayxissalomga yetkazilgan. Qur’onning nozil qilinishi muqaddas ramazon oyining 27-kuni kechasi boshlangan. Shu sababli bu oy muqaddas hisoblanib, ro‘za tutilgan kunning 27-kechasi «Laylat ul Qadr», ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo‘lgan tabarruk kecha deb ulug‘lanadi. Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida ko‘pxudolikka barham berish, yakkaxudolikka targ‘ib qilish va Islom dinini o‘rnatishdir. Muhammad (sav) 40 yoshga yetganlarida Makka atrofidagi tog‘lardan biridagi Hiro nomli g‘orda Qur’onning birinchi oyatlari nozil bo‘la boshlagan. Bu jarayon 23 Qarang. Islom ensiklopediya. 295-bet. 98 Makkada o‘n uch yil, Madinada o‘n yil, hammasi bo‘lib yigirma uch yil davom etgan. Muhammad (sav) ning amrlariga muvofiq Qur’on har xil xajmdagi 30 pora (bo‘lak, qism); 114 suraga bo‘lindi. U 6236 oyatdan iborat. Qur’onning oxirgi oyati payg‘ambar vafotlaridan 18 kun avval nozil bo‘ldi. Qur’on har bir surasining o‘z nomi bor. Ba’zi suralarning nomi suraning avvalidagi so‘zdan olingan. Ba’zilariniki esa, o‘sha surada zikri ko‘proq kelgan narsalarning nomiga qo‘yilgan. «Sura» so‘zi lug‘atda qo‘rg‘on, manzil va sharaf ma’nolarini anglatadi. Ulamolar esa, sura – Qur’on oyatlarining boshlanishi va tugashi belgilangan mustaqil toifasi ekanligini ta’kidlaydilar. Boshqacha aytganda, Qur’on oyatlarining qo‘rg‘on ila o‘ralgandek, bir toifasiga sura deyiladi. Qur’oni karimdagi eng qisqa sura Kavsar surasi bo‘lib, uch oyatdan, eng uzun sura Baqara surasi bo‘lib, 286 oyatdan iboratdir 24 . Qur’on suralari ikki qismga bo‘linadi: 1. Hijratdan avval tushgan suralar – «Maka suralari» deyiladi. 2. Hijratdan keyin tushgan suralar – «Madina suralari» deyiladi. 86 sura 4780 oyat Makkada 610-622 yillarda, 28 sura 1456 oyat Madinada 622- 632 yillarda nozil bo‘lgan 25 . Muhammad (sav) Qur’on oyatlarini farishta Jabroildan eshitib, yod olar edilar. Keyin boshqa musulmonlar u kishidan eshitib, yodlab olishardi. Shu bilan birga yozishni biladigan sahobalar, shu jumladan, Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali, Zayd ibn Sobit, Ubay ibn Ka’b va boshqlar xurmoning po‘stlog‘iga, yapaloq toshlarga, katta suyaklarga, teriga, qog‘ozga va shunga o‘xshash narsalarga Qur’onni yozib borganlar. Muhammad (sav) ularga yangi tushgan oyat qaysi suradan ekanini va qaerda turishi lozimligini ko‘rsatib berganlar. Payg‘ambar hayotlik vaqtlarida, yana vahiy tushib qolar, degan umidda Qur’onni jamlab kitob shakliga keltirmagan. Muhammad (sav) dan so‘ng musulmonlarga Abu Bakr boshliq (xalifa) qilib saylandi. Bu davrda dindan qaytganlar bilan musulmonlar orasida qattiq janglar bo‘ldi. O‘sha janglarda Qur’onni to‘liq yod olgan ko‘plab qorilar shahid bo‘ldilar. Shunda Umar Abu Bakrga qorilar o‘lib ketaversa, Qur’onga zarar yetishi mumkin, shuning uchun uni kitob shakliga keltirib jamlab qo‘yish kerak, degan maslahatni berdi. Abu Bakr bu ishni bajarishni payg‘ambarning eng yaqin sahobalaridan biri bo‘lmish Zayd ibn Sobitga topshirdi. Bir yildan ortiq vaqtda mashaqqatli mehnat natijasida Qur’on jamlanib kiyik terisiga uning sahifalari yozib tugatildi. Jamlanib kitob xoliga keltirilgan Qur’on sahifalari Abu Bakrning uyida saqlandi. U kishi vafotidan so‘ng esa qizlari va payg‘ambarning xotinlari Hafsa xuzurida qoldi. 24 Qarang. O‘sha yerda. 296-bet. 25 Qarang. A.Abduraxmonov. Saodatga eltuvchi bilim. 193-bet. 99 Vaqt o‘tishi bilan Islom davlatining chegarasi kengayib, ko‘plab xalqlar ham musulmonlikni qabul qilib, musulmonlarning soni ko‘paygandan so‘ng Qur’onni o‘qishda turlicha kelishmovchiliklar chiqa boshladi. Bu xolatni ko‘rgan xalifa Usmon Xafsadan Abu Bakr davridagi sahifalarni so‘rab olib, undan olti nus’ha ko‘chirishga buyruq berdi. Nus’halar tayyor bo‘lgandan so‘ng xalifalikning markaziy shaharlari Makka, Shom, Kufa, Basraga bittadan nus’haga Qur’on tilovatini yaxshi biladigan bittadan qori qo‘shib jo‘natdi. Hammaga faqat shu nus’hadan Qur’onni ko‘chirish va shu qoridan qiroat o‘rganishga buyruq berdi. Halifa ko‘chirilgan sahifalardan yana birini odamlarga qiroat ta’limi berishni Zayd ibn Sobitga topshirib Madinada qoldirdi. Usmon o‘ziga ko‘chirilgan nus’hadan bir dona qoldirdi. Keyinchalik nus’ha ko‘chirish yo‘lga qo‘yilishi bilan ko‘chirilgan har bir nus’haning ishonchli ekanini tasdiqlash maqsadida, bu nus’ha Mus’habi Usmonga muvofiqdir, deb yozib qo‘yiladigan bo‘ldi. Shu tariqa Qur’onning xarflarini yozish uslubi bir xilligi saqlab qolindi. Shunday qilib Qur’on tarixan uch marotaba jam qilingan. Birinchi marotaba Payg‘ambar zamonida; ikkinchi marotaba xalifa Abu Bakr davrida va nihoyat uchinchi marotaba xalifa Usmon vaqtida jamlangan. Qur’on tilovati vaqtida xalifa Usmon dushmanlari tomonidan o‘ldririldi. Shahid qilingan qoni Qur’oni karimga to‘kilgan. Ana shu Qur’onni Amir Temur Basradan Samarqandga keltirilgan. 1869 yilda Turkiston general-gubernatori fon Kaufman buyrug‘i bilan Petrburgga olib ketildi. 1917 yildagi davlat to‘ntarilishidan keyin Peterburgda tuzilgan Islom sho‘rosi tashkilotining talabi bilan Qur’on Rossiya musulmonlariga qaytarib berildi va Ufa diniy nazorati qarorgohida 1924-yilgacha saqlandi. Shundan so‘ng Turkistondagi tarixiy muzeylar va qadimiy ososri atiqalar ishi bo‘yicha tuzilgan qo‘mitaning talabnomasi va Rossiya hukumatining qaroriga asosan Usmon Qur’oni 1924 yil 18-avgustda Toshkentga olib kelindi. Xozir esa Movoraunnahr musulmonlar idorasida saqlanmoqda. Qur’on jumlalalriga biron-bir o‘zgartirish, bironta harfini, hatto harflar belgisini – zeb-zabarini ham o‘zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan. Qur’on Islom dinining asosiy hujjati. Islom diniga oid barcha hukmlarning asosiy va birinchi manbaidir. U musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qo‘llanma, doimiy yo‘lboshchisi bo‘lib xizmat qilib keldi. Musulmon xuquqshunos (fiqhshunos)lari biror narsaning shariatdagi hukmini bilmoqchi bo‘lsalar, albatta, oldin Qur’onga murojaat qiladilar. O‘sha o‘zlari izlayotgan hukm haqida Qur’onda biror hukm bo‘lsa, uni darhol qabul qiladilar. O‘sha narsa Qur’onda bo‘lmagan taqdirdagina sunnat (xadis), ijmo’, qiyosga murojat qilishga o‘tadilar. 100 Qur’on ta’limotining markaziy g‘oyasi yakkayu yagona Alloh to‘g‘risidagi ta’limotdir. Unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, payg‘ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islomning asoslari va boshqa diniy ko‘rsatmalar belgilab berilgan. Qur’ondagi axloqiy, xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy me’yorlar Islom dinining qonunlar majmuasi – shariatga asos qilib olingan. Qur’on musulmon xalqlar hayotida va tarixida asosiy o‘rin tutgan kitobdir. Bu kitob mazkur xalqlarning ilm-ma’rifat, adabiyot, turmush tarzi, qonun-qoidalari, urf-odatlari, dunyoqarashlari va boshqa narsalarda o‘zining salmoqli izini qoldirganligi bilan ham ahamiyatlidir. Mustaqillik yillari Qur’oni karimni mazmuni o‘zbek tiliga tarjima qilinib chop etildi. Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir. Hadis – arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «xabar», «yangilik», «hikoya» demakdir. «Hadis» va «sunnat» so‘zlari muxaddislar o‘rtasida bir ma’noda qo‘llanilib, payg‘ambar Muhammad (sav)ning aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari, fe’l-atvorlari, axloqlari, hayot yo‘llari to‘g‘risidagi rivoyatlarni anglatadi. Hadis Islom dinida Qur’ondan keyingi ikkinchi manba sanaladi. Hadis ilmi esa islom olamida eng ulug‘ va mo‘tabar sanaladi. Hadis ikki turga bo‘linadi: 1. Hadisi Qudisiy – ya’ni aytilgan hadisni ma’nosi Allohniki bo‘lib, aytilishi Muxammad (sav) dan bo‘lgan. Uni Alloh o‘z nabiysiga ilhom berish, tushida ko‘rsatib bildirish orqali habar beradi. Payg‘ambar esa buning ma’nosi Alloh nomidan, Alloh aytdi, deb sahobalariga yetkazganlar. Hadisi qudisiyning martabasi, o‘rni Qur’on bilan xadisi Nabaviy o‘rtasidadir. 2. Hadisi Nabaviy – bu Muhammad (sav) ning Qur’onga tayangan holda aytgan so‘zlari, qilgan ishlari, ko‘rsatmalari to‘g‘risidagi rivoyatlardir. Hadislar e’tiborga olinishi jihatidan yana uch qismga bo‘linadi: 1. Sahih – eng to‘g‘ri, ishonchli xadislar. Ular Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan yetkazilganligi bilan qimmatli va e’tiborga loyiqdir. 2. Hasan – «go‘zal» hadislar, ya’ni hadisni yetkazgan kishilar o‘rtasida qqqandaydir uzilish ro‘y bergan holda yetkazilgan hadislardan iborat. 3. Zaif ya’ni ishonchsiz hadislar. Agar hadisni yetkazganlar orasida hurmatga va ishonchga loyiq bo‘lmagan odamlar kirib qolgan bo‘lsa, bunday hadislar «zaif», «ishonchsiz» deb hisoblangan. Shuning uchun ham har bir hadis ikki qismdan iborat. Uning birinchi qismida ushbu hadisni yetkazgan kishilarning nomlari, bunda Muhammad (sav) ning hikmatli so‘zlari, ko‘rsatmalari va boshqalarni shaxsan eshitgan, ko‘rgan odamlarning nomigacha sanab ko‘rsatilgan. Ikkinchi qismda esa, hadisning umumiy mazmuni keltirilgan. Qur’onda barcha xuquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqliy kiritish va izohlab tushuntirish uchun Muhammad (sav) o‘z 101 Xadislarini aytardi. Bu hadislarni payg‘ambarning safdoshlari, quvvai-xafizasi kuchli sahobalar yodda saqlashga harakat qilardi. Payg‘ambar hayotlik chog‘larida hadislarni jamlashga ruhsat bermagan, chunki sahobalarning Qur’onga xadislarni aralashtirib yuborishlaridan qo‘rqib, ularni yozishdan qaytargan. Ul zot sahobalarga: «Mendan Qur’oni karimdan bo‘lak hech narsani yozib olmanglar, agar kimki biror narsa yozib olgan bo‘lsa, uni yo‘q qilsin!», - der edi. Muhammad (sav) vafotidan so‘ng Qur’on va xadislarni yod olgan o‘tkir xofiza egasi bo‘lgan sahobalar soni tobora kamayib borayotganini, Payg‘ambar (sav) Xadislariga begona so‘z aralashib qolishi va unitilib ketishidan qo‘rqib va kelgusi avlodlar uchun qoldirish niyatida uni yozma shaklda to‘play boshladilar. Boz ustiga xadislarni bilgan kishilar turli yurtlarga tarqalib ketgan edilar. VII asr o‘rtalaridan boshlab ularni topib, Xadislarni og‘izlaridan yozib olishga harakat qilingan. VIII asr boshlarida Umaviy xalifalardan Umar ibn Abdulaziz noiblariga Muhammad (sav) hadislarini jamlash haqida farmon berdi. Natijada ko‘plab ulamolar Hadislarni jamlab yozishga kirishib ketdilar. Abdumalik ibn Abdulaziz Jurayx, Ar-Rabi’ ibn Subayx kabi allomalar Birinchi Xadis kitoblarini yaratdilar. Ulardan so‘ng xadis ilmi yanada rivojlanib birin-ketin ko‘plab xadis to‘plamlari yuzaga keldi. O‘lkamizda quyida nomlari zikr etilgan zotlar: Imom ibn Muborak al-Marvaziy, Imom Isxoq al-Marvaziy, Imom ibn Kulayb ash-Shoshiy va boshqalar birinchi bo‘lib hadis to‘plamlarini tuzganlar. Biroq bu to‘plamlarda hadislar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan bo‘lib, ularda payg‘ambar hadislari sahobalar va tobeinlarning fatvolari bilan chalkashtirib yuborilgan edi. Keyingi xijriy III asr melodiy IX asr hadis ilmining «oltin asri» deb shuhrat qozongan. Chunki bu davrda hadislarni to‘plash davri o‘tib, endi ularni manbashunoslik va matnshunoslik ilmi qoidalariga muvofiq tahlil va tadqiq etish, ma’lum mazmun aosida tartib berishga kirishildi. Hadis to‘plash soxasida «Musnad», «Sahih» va «Sunan» deb nomlangan yo‘nalishlar vujudga keldi. Bu davrda keyingi asrlar, keyingi avlodlar uchun namuna bo‘ladigan ishonchlik hadis to‘plamlari yaratildi 26 . «Musnad» arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi asoslangan, dalillangan demakdir. U hadis to‘plamlarining ilk turi. «Musnad» to‘plamlarida hadislar ularni bir-biridan eshitgan shaxslar silsilasiga asoslangan holda, ya’ni har bir hadis uni habar qilgan shaxsning ismi bilan bog‘langan tarzda joylashtirilgan. Bundan tashqari bunday to‘plamlar turli mavzudagi hadislar bir joyda keltirilishi bilan ham ajralib turadi. 26 Qarang. M.Imomnazarov, M.Eshmuhamedova. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. Toshkent islom universiteti, Toshkent – 2001. 134-bet. 102 «Musnad» yo‘nalishidagi hadis to‘plamlariga Abdulloh ibn Muso va Imom Ahmad ibn Xanbalning hadis to‘plamlarini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. «Sahih» - arabcha so‘z bo‘lib ishonchli, to‘g‘ri demakdir. Eng ishonchli deb hisoblangan hadis nomi. Sahih yo‘nalishiga buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy asos solgan. Sahix xadis deb: uni birinchi rivoyat qiluvchisidan to oxirgi muxaddisga qadar o‘rtada uzilib qolmagan, rivoyat qiluvchilarning biror tabaqasida (zanjirida) roviyning ma’naviy va jismoniy nuqsoni bo‘lmagan (kar, soqov, duduq, aqli zaiflik, yolg‘on gapirib qo‘yishlik kabi illatlar bo‘lmagan), barcha xadis rivoyat qiluvchilarning ishonchliligi elga mashxur bo‘lgan kishilarning rivoyatiga aytiladi 27 . Imom al-Buxoriy va Imom ibn Muslimning hadis to‘plamlari sahix – ishonarli deb sanaladi. «Sunan» yo‘nalishidagi hadis to‘plamlaridagi hadislarning hammasi ham sahix- ishonchli, to‘g‘ri bo‘lmay, ularda zaif hadislar ham mavjud. Bu yo‘nalishdagi hadislarga Abu Dovud, Iso at-Termiziy, an-Nasoiy va ibn Mojaning hadis to‘plamlari kiradi. Shunday qilib, Islom tarixida hadislarning tan olingan 6 ta to‘plami vujudga kelgan. Bulardan, ayniqsa 2 tasi – «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim» ko‘p e’zozlanadi. Imom ibn Moja, Imom Abu Dovud, Imom at-Termiziy, Imom an- Nasoiylarning hadislar to‘plami qolgan 4 hadis to‘plamini tashkil etadi. Islom dunyosida tan olingan va hurmatga sazovor 6 ta muhaddisdan 2 tasi bizning yurtimizdan chiqqandir. Yuqorida nomlari zikr etilgan 6ta muhaddis o‘zlarining barakali ijod va xizmatlari bilan payg‘ambar va sahobalar nomidan turli maqsadlarni ko‘zlagan holda sohta hadislar to‘qishga uringan va urinmoqchi bo‘lgan kishilar yo‘lini to‘sgan va bunday hatti-harakatlarga g‘ov soldilar. Shu boisdan ham keyingi davr ulamolari mazkur ustoz va shogirdlar asri – xijriy III asr, milodiy IX asrni hadislarni to‘plash va tadqiq etish borasida «oltin asr» deb hisoblaydilar. Ulardan keyin yashagan va xadis ilmi bilan shug‘ullangan ulamolarning hammasi yuqorida qayd etilgan ulug‘ va mo‘tabar muhaddislar qizigan ariqdan suv ichgan va qozonidan taom yeganlar. Movarounnahrlik buyuk muhaddislar (hadisshunoslar). Islom dini rivoji va xadis ilmining yuksak pog‘anaga ko‘tarilishiga Movaraunnahrlik allomalar o‘zlarining beminnat zahmatli mehnatlari bilan katta hissa qo‘shganlar. Ana shulardan biri Imomlar imomi, muhaddislar peshvosi Imom al-Buxoriydir. Unga qadar bu o‘lkada hadis to‘plagan muhaddislar – Imom 27 Qarang. Islom ensiklorediya. 209-bet. 103 Abdulloh Marvaziy, Imom Ahmad ibn Xanbal, Imom ash-Shoshiy, Abu Bakr al- Barakotiy, Imom Abulxasan as-Samarqandiy va boshqalar bo‘lgan. Imom al-Buxoriy xijriy 194, milodiy 810 yili Buxoroda tavallud topgan. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshidan islomiy ilmlarni, Muhammad (sav) ning hadislarini o‘rganishga va yodlashga kirishgan. 16 yoshliklarida onasi va akasi Axmad bilan Makkaga kelib, haj ibodatini ado etdi. Onasi va akasini Buxoroga qaytarib, o‘zi Makkada qoladi. Makka va Madinada mashhur ulamolardan hadislar bo‘yicha saboq oladi. Bu vaqtda payg‘ambarning sahoblari, sahobalarning izdoshlari turli shahar va mamlakatlarga tarqab ketgan edilar. Buxoriy payg‘ambarimiz hadislarini to‘plab, tartibga solmoq niyatida ana shu shahar va mamlakatlarga roviylarni izlab boradi. U Hijoz, Makka, Madina, Toif, Jidda, Basra, Kufa, Bag‘dodga safar qiladi. Shom va Misrga boradi. Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray kabi shaharlarda bo‘lib xadislar to‘plash bilan birga shu ilm sirlarini o‘rganadi. Bu haqda Imom al-Buxoriy «Men bir ming saksonta muhaddisdan hadis eshitdim», deb qayd etgan. Ul zot o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai-hofiza (xotira) sining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Buxoriy ja’mi 600 ming hadis to‘plab, shulardan 100 ming «sahih» va 200 ming «g‘ayri sahih» hadislarni yod bilar edi. Imom Ahmad ibn Xanbalning aytishicha: «Butun Xurosondan Muhammad ibn Ismoil kabi olim chiqqan emas». Buxoriy bilan Basrada xadis darsiga qatnashgan Xolid ibn Ismoil shunday yozadi: «Imom Buxoriy bilan bizlar ustozning darsini eshitardik. Ustoz rivoyat qilgan hadislarni bizlar yozib olardik, ammo Buxoriy faqat quloq solibgina o‘tirardi. Bir necha kunlar o‘tib, shu orada ustoz 15 ming hadis rivoyat qildi. Shunda biz Buxoriyga – Sen nega hadislarni yozmaysan? – deb aytganimizda, - Sizlar yozib borayotgan hadislarni men ustoz og‘zidan yodlab olayotirman, - deb, ustoz rivoyat qilgan hadislarni bir chekkadan yoddan o‘qib berdi». Buyuk muhaddis Imom Muslim ibn al-Hajjoj ham Buxoriyning hadis ilmi borasidagi buyukliklariga tan bergan va shunday degan edi: «Hasad qiluvchilardan bo‘lak hech kim sizga ta’na qilolmaydi. Dunyoda Sizga yetadigan muhaddis yo‘qligiga men guvohlik beraman». Yana bir rivoyatda shunday deyilgan: Siz hamma muhaddislar imomi va hadislarning illati, zaifligini yaxshi biladigan mohir tabibi ekansiz. Muborak oyog‘ingizni bersangiz, men bir bo‘sa olay. Imom Buxoriy safardalik chog‘larida qaysi shaharga borsalar hadis ilmidan, dinu- shariatdan madrasalarda saboq berar edi. Uning shogirdlaridan biri Abu Ali Solih al-Bag‘dodiyning aytishicha Imom Buxoriyning Bag‘doddalik vaqtlarida olib borgan saboqlarida 20 mingdan ortiq talaba xozir bo‘lardi. Shayh Muhammad Yusuf al-Firabiyning aytishicha, Imom Buxoriyning «al-Jome’ as-Sahih» larini o‘zlaridan 90 ming kishi eshitgan ekan. 104 Imom Buxoriy o‘z vatanlari Buxoroga qaytgach tolibi ilmlarga hadisdan dars bergan. Arab xalifaligining Buxorodagi noibi Xolid ibn Ahmad az-Zuhayliy Imom Buxoriyga: «Bundan buyon saroyga kelib turing va bolalarimga (ikkinchi rivoyatda saroy ahliga) «al-Jome’ as-Sahih» dan saboq bering», - deb maktub yuboradi. Imom Buxoriy bu taklifni qabul qilmay, quyidagi javobni bergan: «Men ilmni xorlab sultonu amirlar eshigiga olib bormayman. Agar amirga ilm kerak bo‘lsa, bolalarini (ikkinchi rivoyatda saroy ahlini) uyimga yoki masjidimga yuborsin». Buxoriyning fazlini ko‘rolmagan hasadgo‘y kimsalarning fitna va ig‘volari tufayli amir az-Zuhayliy Imom Buxoriyni o‘z ona shahri Buxoroni tark etish haqida farmon beradi. Buxoriy Samarqandga yo‘l oladi. Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog‘idagi qarindoshlaridan birining uyiga tushib, shu yerda bir necha kun betob bo‘lib yotib qoladi va xijriy 256, milodiy 870 yili ramazon oyining oxirgi kuni vafot etadi. Ertasi hayit kuni janoza o‘qilib, shu Xartangda dafn qilinadi. Bu yer xozirda xalqimizning ziyoratgohiga aylangan. O‘z R Vazirlar Mahkamasining «Buyuk muhaddis imom al-buxoriy tavalludining 1225 yilligini nishonlash haqida»gi 1997 yil 29 apreldagi qarori asosida Samarqandda yubiley to‘y-tantanalari bo‘lib o‘tdi. Xartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. «Imom al-Buxoriy va uning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab quvatlagan. Tijorat qilganda topgan oylik daromadidan besh yuz dirxamdan faqiru miskin va talabalarga sarflagan. Shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va sarf-harajatlarga yo‘l qo‘ymagan. Imom Buxoriy umr bo‘yi o‘ta fidoyilik ila butun aql-zakovatini ishga solib xadislarni to‘plash va tizimga solish bilan shug‘ullangan, ularni sahih va g‘ayri sahihga ajratgan. Bu mashaqqatli ish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalarimizdan biri sifatida tanitdi. Undan kelgusi vlodlarga boy va qimmatli ilmiy-ma’naviy meros – 20 dan ortiq asar qolgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan. Bular «Al-Jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam»), «Al-Adab al-Mufrad» («Adab durdonalari»), «At-Tarix al kabir» («Katta tarix»), «At-Tarix as-sag‘ir» («Kichik tarix»), «At-Tafsir al-kabir» («Katta tafsir»), «Al-Jome’ al-kabir» («Katta to‘plam») va boshqalar. “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom madaniyatini ravnaq toptirishga qo‘shgan betakror hissasi to‘g‘risida so‘z yuritganda, eng avvalo, haqli ravishda musulmon olamida “Muhaddislar sultoni” deya ulkan shuhrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo‘tabar zot merosining gultoji bo‘lmish eng ishonchli hadislar to‘plami – “Al Jome’ as-sahih” kitobi islom dinida Qur’oni Karimdan keyingi ikkinchi muqaddas manba bo‘lib, ahli islom e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘i 105 hisoblanadi. Mana, o‘n ikki asrdirki, bu kitob millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haqi va diyonat yo‘liga chorlab kelmoqda”, - Prezidentimiz ushbu ta’rifi bilan Imom Buxoriyning islom madaniyatidagi buyuk hizmatiga munosib bahosini berdi 28 . Imom Buxoriyning «Al-Jome’ as-sahih» deb nomlangan 4 jildlik hadislar to‘plami Islom olamida Qur’ondan keyingi ikkinchi muqaddas kitob va islom manbasi sanaladi. To‘plam Payg‘ambar hadislaridan tashqari, fiqh, islom marosimchiligi, axloq-odob, ta’lim-tarbiya, o‘sha davr tarixi, etnografiyasiga oid ma’lumotlar mavjudligi bilan ham qimmatlidir. Imom Buxoriy o‘zi to‘plagan 600 ming hadisdan 7275 ta eng ishonarli «sahih»larini mazmuniga ko‘ra tasniflab, butkul yangicha tartibdagi hadislar to‘plamini yaratdi 29 . Imom Buxoriy axloq va odobga oid hadislarni jamlab «Al-Adab al-Mufrad» hadislar to‘plamini yaratdi. Unga 1322 ta hadis jam qilingan. Ul buyuk zot ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan. Ular orasida eng mashxurlari- Muslim ibn Hattot, Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Abu Zur’a, Abu Bakr ibn Xuzayma va boshqalardir. Movorounnahrlik mashxur muhaddislardan yana biri Abu Iso at-Termiziy (824/825-892)dir. Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlardagi mashhur ulamo va muhaddislar asarlarini o‘rgangan. At-Termiziy hadis o‘rganish va ularni yig‘ish uchun 20 yil o‘zga yurtlarda bo‘ldi. Nishopurda Imom Buxoriy bilan uchrashib, ko‘plab hadislar xususida fikr almashdi. At-Termiziyning buyuk alloma bilan besh yil birgalikda yashashi va muloqotda bo‘lishi uning hayotida muhim o‘rin tutdi, xususan «Sahihi Termiziy» asarining yaratilishida muhim omil bo‘lib xizmat qildi. Agar Imom Buxoriy har bir hadisning ishonchliligini belgilashda barchadan ustun bo‘lsa, Termiziy hadislarning darajasini aniqlashda «sahih»dan keyin «xasan» bosqichini kiritdi. Hasan-zaif bo‘lmasada, sahihdan darajasi pasroq hadislarga nisbatan berilgan bahodir. At-Termiziy hadisining fiqhga qanday taalluqli ekanini ham ko‘rsatib berdi. U «Sahihi Termiziy»dan tashqari «Shamoili Nabaviya» («Payg‘ambar alayxissalomning shakl va sifatlari»), «Kitob uz-zuhd» («Zohidlik kitobi»), «Asmo’ us-sahoba» («Sahobalarning ismlari»), «Kitobul-ilal» («Illatlar kitobi») va boshqa asarlar yozgan.At-Termiziy yozgan «Al-jome’ as-sahih» («Ishonarli to‘plam»-«Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» nomi bilan ham yuritiladi. Mazkur to‘plam Imom Termiziyning 20 yil davomida o‘zga yurtlarda hadislarni o‘rganib, yig‘ib, so‘ng ustozi va zamondoshi Imom Buxoriy bilan maslahatlashib 28 I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent, 2008. 38 b. 29 Qarang. M. Imomnazarov, M.Eshmuhamedova. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. 135-bet. 106 yig‘gan to‘plamidir. U tartibi ixchamligi, takrori ozligi bilan ajralib turadi. Unda boshqa hadis kitoblarida uchramaydigan xususiyatlar bor. Chunonchi, har bir bobning hadisi keltirilgandan so‘ng, xuddi shu bobga tegishli hadis rivoyat qilgan roviylarning ismlari sanab o‘tilgan. Har bir hadisning ishonarlilik va zaiflik darajasi aniqlab berilgan. Har bir «sahih» ustiga «xasan» belgisi, ya’ni «juda sahih», «beshak sahih» qo‘yilganligi bilan ajralib turadi. Imom at-Termiziyning ma’naviy merosiga Prezidentimiz o‘zining shunday yuksak bahosini beradi: “Yana bir ulug‘ vatandoshimiz – Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunani Termiziy” asari ham musulmon olamida yuksak qadrlanadi. Allomaning asrlar davomida olimu fuzalolarga dastur bo‘lib kelgan insof va adolat, insonparvarlikni targ‘ib etuvchi g‘oyalari hozirgi murakkab davrimizning ko‘plab ahloqiy ma’naviy masalalarini hal etishda ham muhim ahamiyat kasb etishi bilan e’tiborga molikdir” 30 . 1990 yilda at-Termiziy tavalludining 1200 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi. Katalog: uploads uploads -> Pianonotes. Ru uploads -> 30 seconds to mars Hurricane (ft. Kanye West) uploads -> Jared Leto 42 años uploads -> O’zmu qoshidagi S. Raximov akademik litseyi 306-gurux o’quvchisi Karimjonova Dilfuza uploads -> Odamlardagi irsiy kasalliklarni tibbiyot genetikasi o`rganadi. Odamlardagi irsiy kasalliklarni tibbiyot genetikasi o`rganadi uploads -> Tender savdolariga taklif uploads -> Yaponiya matbuoti tarixi Bajardi: Dilnoza Muhammadova uploads -> O. A. Tadjibayeva n. K. Ramazonova uploads -> Atandosh vatandin yaxshi yor bo‘lmas! Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling