O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov


-masala  bayoni.  Mustaqillik  yillrida  O‘zbekistonda  ma’naviyatning  davlat


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/21
Sana21.03.2020
Hajmi1.74 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21

4-masala  bayoni.  Mustaqillik  yillrida  O‘zbekistonda  ma’naviyatning  davlat 
siyosatida ustuvor sohaga aylanishi. 
       Mamlakatimiz  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgach  ,  erkin  fikrlaydigan,  o‘z 
o‘zini  anglaydigan,  jamiyat  maqsad  va  manfaatlarini  tushunib yetadigan,  har 
tomonlama yetuk  komil  insonni  tarbiyalash  vazifasi  davlat  siyosatining  ustuvor 
yo‘nalishi qilib belgilandi. Uni amalga oshirish esa,  eng avvalo, yoshlarning ichki 

167 
 
ruhiy 
dunyosini, 
ma’naviyatini 
boyitish 
va 
mustaqil 
dunyoqarashini 
shakllantirishni taqazo etadi.  
        Birinchi  prezidentimiz  Islom  Karimov  mamlakatimiz  o‘z  mustaqilligini 
qo‘lga  kiritganidan  keyin  nafaqat  mamlakatimizda,  shuningdek,  butun  MDH 
mamlakatlari  rahbarlari  orasida  birinchilardan  bo‘lib,  ma’naviyat  tushunchasini 
ilmiy  iste’molga  kiritdi  va  uning  jamiyat  va  inson  komolotidagi  o‘rnini  ilmiy 
asosladi  hamda  amaliyotga  tadbiq  etdi.  Mamlaktda  olib  boriladigan  islohatlarni 
ma’naviy  sohada  olib  boriladigan  islohatlar  bilan  uzviy  ravishda  olib  boorish 
zarurligini ilmiy asosladi.   
Birinchi  prezidentimiz  Islom  Karimovning  ikkinchi  chaqiriq  Oliy  Majlisning 
birinchi  sessiyasida  qilingan  ma’ruzasida  ham  ma’naviyat  masalasi  XXI  asr 
bo‘sag‘asida  ikkinchi  ustuvor  yo‘nalish  deb  qaraldi.  Erkin  fuqaro  ma’naviyatini, 
ozod  shaxsni  shakllantirish  masalasi  eng  dolzarb  vazifa  ekanligi  qayd  etilgan. 
Boshqacha  aytganda,  o‘z  haq  –huquqlarini  taniydigan,  o‘z  kuchi  va 
imkoniyatlariga  tayanadigan,  atrofida  sodir  bo‘layotgan  voqea  hodisalarga 
mustaqil  munosabat  bilan  yondoshadigan,  ayni  zamonda  shaxsiy  manfaatlarini 
mamlakat  va  xalq  manfaatlari  bilan  uyg‘un  holda  ko‘radigan  erkin,  har  jihatdan 
barkamol,  sog‘lom  avlodni  tarbiyalash  kerak  ekanligi  uqtirilgan.Mustaqillik 
yillarida  ma’naviyatni  ustuvor  sohaga  ko‘tarilishini  bir  qator  sabablari  bor.  Ular 
quyidagilardan iborat :  
Birinchidan,  jamiyatda  amalga  oshiriladigan  barcha  vazifalarning  taqdiri,  unda 
yashaydigan  odamlarning  tafakkuri,  ongi  va  tafakkurini  amalga  oshirmoqchi 
bo‘lgan  vazifalari  mohiyati  va  manfaaati  yo‘nalishidan  kelib  chiqqan  holda  
o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. 
Ana shu ma’noda ham ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning 
muhim  mexanizmi  hisoblanadi  va  har  qanday  davlat  o‘z  maqsadlari  va 
manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustuvorlik bilan qaraydi. 
Ikkinchidan,  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  sobiq  sovet  mafkurasidan  voz 
kechish  bayrog‘i  ostida umuman  har qanday  mafkuraga  qarshi kurash boshlandi. 
Bu  o‘z  navbatida  odamlarning  ma’naviyatiga,  shakllangan  qadriyatlariga  ham 
o‘zining  salbiy  ta’sirini  o‘tkaza  boshladi.  Ayniqsa,  matbuotlarda  ba’zi  olimlar, 
birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu 
iqtisodiy  tafakkur  zaminida  yuzaga  keladi  degan  fikrlarni  ilgari  sura  boshladilar. 
Oqibatda  odamlar  ruhiyatida  yana  bir  tomonlama  ketish  turmush  tarzida yetakchi 
o‘rinni  egallay  boshladi.  Bu  o‘z  navbatida,  milliy  manfaatlar  yoki  vatanparvarlik 
haqida  qanchalik  gapirmaylik,  u  o‘zining  biz  kutayotgan  natijalarini  bermasdan, 
balki  odamlarda  shaxsiy  manfaatlarga  ustuvorlik  berishga  hizmat  qila  boshladi. 
Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli. 

168 
 
Uchinchidan,  mustaqillikning  dastlabki  yillarida  yuzaga  kelgan  muammolar 
oldida  odamlarning  aksariyat  qismi  dovdirab  qoldi,  ko‘pchilik  hollarda  yoshlarni 
ta’lim  olish,  kasb  o‘rganish,  san’at  va  badiiy  asarlarga  qiziqishdan  ko‘ra  bozorga 
chiqish,  pul  topishga  intilish  xavfini  yuzaga  keltirdi.To‘g‘ri,  pul  toppish,  o‘z 
hayotining  iqtisodiy  imkoniyatini  mustahkamlash  har  bir  inson  uchun  hayotiy 
ehtiyoj  va  zarurat  hisoblanadi.  Ammo,  bu  ehtiyoj  shaxs  va  millat  kamoloti 
manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga hizmat 
qilmasligi lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur. 
To‘rtinchidan,  sobiq  ittifoq  sharoitida  fan,  maorif,  texnika,  oliy  ta’lim,  bir  qator 
sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga 
kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolaversa “katta og‘a” manfaatlariga hizmat 
qilgan.  Ana  shu  potensial  sobiq  ittifoqdosh  respublikalarga  turli  bahonalar  bilan 
rus  millati  vakillarini  yuborish,  ularni  mahalliy  xalqni  boshqarish,  ularga  rus 
turmush  tarzi,  tili,  urf  –odatlarini,  xarakterini  singdirish  hisobiga  mamlakatda  rus 
millati  ma’naviyati  ustuvorligiga  tayanuvchi  yagona  til,  ma’naviyat  va  turmush 
tarzini  shakllantirishga  hizmat  qilib  kelgan  edi.Bunday  ayyorona  va  zo‘ravonlik 
siyosati oqibatida  millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarba 
berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi. 
Bu inqiroz millatning “yo‘q” bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltirdi. Bunday salbiy 
jarayonning  oldi  olinmasdan,  millatning  rivojlanishiga  erishib  bo‘lmaydi.  Uni 
bararaf  etish  faqat  milliy  ma’naviyatni  tiklash  va  rivojlantirish  orqali  amalga 
oshirilishi mumkin. 
Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor bo‘lishiga yana bir sabab, 
millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat’iy nazar, uning real sub’ekt, 
ma’lum  moddiy  va  ma’naviy  boyliklarni  yaratuvchisi,  iste’molchisi,  boshqalarda 
uchramaydigan , o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga 
ega  bo‘lishi  kabi  omillarni,  ya’ni  chinakam  millat  sifatidagi  maqomini  tiklash 
hayotiy  ehtiyoj  darajasiga  ko‘tarilgan  edi.  Uni  hal  etish  millat  va  davlatning 
kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir. 
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon svilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning 
ma’naviyat,  fan,  madaniyat  sohasidagi  erishgan  yutuqlari  jahon  xalqlariga  asrlar 
osha hizmat qilib kelmoqda. Ammo, sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan 
yaratilgan  ana  shu  yutuqlarni  o‘zbek  xalqining  ongi  va  qalbidan  “chiqarish” 
borasida  ham  katta  ishlar  amalga  oshirilgan  edi.  Mustaqillik  sharoitida  esa  uni 
qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rinni tiklash zarur edi. 
Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin. 
Yettinchidan,  ma’naviyat  millatni  va  butun  mamlakat  aholisini  ma’lummaqsdlar 
sari  davlat  atrofiga  uyushtiruvchi,  ularni  faollashtiruvchi,  kelajakka  yorqin 
ishontiruvchi,  inson  zotini  ulug‘lovchi,  uning  qadrini  anglatuvchi  ulkan 

169 
 
“mexanizm”  hamdir.  Xuddi  ana  shu  muhim  “mexanizm”  hamdir.  Xuddi  ana  shu 
“mexanizm”  dan  mustaqillikni  mustahkamlash,  islohatlarni  amalga  oshirish, 
millatimizni  qaddini  ko‘tarishda  foydalanishga  bo‘lgan  ehtiyij  davlatimiz,  eng 
avvalo birinchi prezidentimiz Islom Karimov tomonida o‘z vaqtida anglab olindi. 
 Mustaqillikni  qo‘lga  kiritgandan  keyin  ma’naviyatni  rivojlantirish  va  milliy 
merosni  qayta  tiklashni  davlatimiz  hayotida  ustuvor  siyosat  darajasiga 
ko‘tarilishiga  olib  keldi.  Shu  sababli  birinchi  Respublika  Prezidentimiz  1994  yil 
23  aprelda  “  Ma’naviyat  va  ma’rifat  jamoatchilik  markazini  tashkil  qilish 
to‘g‘risida”, 1996 yil  9  sentyabrda  “  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazi  faoliyatini 
yanada  takomillashtirish  va  samaradorligini  oshirish  to‘g‘risida” , 1999 yil  3 
sentabrda  “  Respublika  ma’naviyat  va  ma’rifat  kengashini  qo‘llab  –quvvatlash 
to‘g‘risida”  gi  farmonlarini  chiqardi. 1996 yil  9  sentabrdagi  farmonda, “ …. 
ma’naviy  –  ma’rifiy  islohatlar  davlat  siyosatining  asosiy,  ustuvor  yo‘nalishi,  deb 
hisoblansin” , deb belgilandi. 
1998  yilning  24  iyulida  Vazirlar  Mahkamasi  “  Ma’naviy  –ma’rifiy  islohotlarni 
yanada  chuqurlashtirish  va  uning  samaradorligini  oshirish  chora  –tadbirlari 
to‘g‘risida”  qaror  qabul  qildi.  Yuqorida  qayd  etkanimizdek,  Oliy  Majlisning 
ikkinchi  chaqiriq  birinchi  sessiyasida  ham  jamiyat  ma’naviyatini  yanada 
yuksaltirish,  islohatlarni  amalga  oshirishda  davlat  siyosatining  ustuvor  yo‘nalishi 
ekanligi  yana bir bor  qayd  etildi. Bu  sohadagi  muhim  vazifalar, oldimizda  turgan 
muammolar  va  ularni  kechiktirmay  hal  etish  zarurligi  xalqimiz  e’tobori  qaratildi. 
Ana shu muhim hujjatlar mamlakatimizda ma’naviyatni rivojlantirishga qaratilgan 
davlat siyosatini amalga oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.   
Birinchi prezidentimiz ing milliy ma’naiy tilanishimiz borasidagi milliy konseptual 
g‘oyalarni  amalga  oshirishdagi  hizmatlarini  alohida  ta’kidlash  lozim  bo‘ladi. 
Mustaqillik  yillarida  ma’naviy  merosimiz  rahnomolari  nomlari  tiklandi,  ular 
tavallud  topgan  kunlar  nishonlanmoqda,  asarlari  chop  etildi  va  etilmoqda. 
Chunonchi,  Bahouddin  Naqshbandning  675,Najmiddin  Kubroning  850,  Imom 
Buxoriy  hazratlarining  1225,  Ahmad  Farg‘oniy  1200,  Jaloliddin  Manguberdining 
800,  Amir  Temurning  660,  Mirzo  Ulug‘bekning  600  yillik  tavallud  ayyomlari; 
“Alpomish”  dostoni  va  Xorazm  Ma’mun  akademiyasining  1000  yilligi 
nishonlandi.  
Mustaqillik  yillari  “Qur’oni  Karim”  o‘zbek  tiliga  tarjima  qilinib,  ko‘p  nusxada 
chop  etildi.  Imom  Buxoriyning  to‘rt  jildlik  hadislari,  Xoja  Ahmad  Yassaviyning 
“Xikmatlar”  to‘plami,  ko‘plab  “Qur’oni  Karim”shaharlariga  oid  kitoblar  chop 
etilganligi  va  ulardan  xalqimiz  bahramand  bo‘layotganligining  guvohi  bo‘lib 
turibmiz. 
Mustaqillik  yillari  Iydi  Ramazon  va  Qurbon  Hayit  kunlari  bayram  sifatida 
nishonlanmoqda. “Navro‘z”  umumxalq  bayrami  sifatida  xalqimiz  hayotidan 

170 
 
mustahkam  o‘rin  oldi.  Har  yili  minglab  vatandoshlarimiz  muborak  haj  safarlarini 
ado  etmoqdalar.  Mustaqillik  yillari  ko‘plab  masjid  va  madrasalar  ta’mirlandi, 
yangilari barpo etildi.  
Mustaqillik tufayli milliy istiqlolimiz qurbonlari Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, 
Usmon  Nosir,  Behbudiy  va  boshqalarning nomi  tiklandi,  asarlari  chop  etildi, ular 
tavallud topgan kunlar umummilliy bayram sifatida nishonlandi. Qatag‘on yillarida 
Vatanimiz  mustaqilligini ta’minlash yo‘lida qurbon bo‘lgan xalqimizning ana shu 
sevikli  farzandlarining  muborak  nomlarini  abadiylshtirish  maqsadida  Toshkent 
shaxrida Shahidlar hiyoboni barpo etildi. 
Uzoq tariximiz, boy madaniyatimiz, serqirra ma’naviyatimizdan guvohlik beruvchi 
Xiva,  Buxoro  va  Termiz  shaharlarining  2500,  Qarshi  shaxrining  2700, 
Marg‘ilonning 2000 yilligi katta tantana bilan nishonlandi. 
So‘nggi 
yillarda 
O‘zbekiston 
jadal 
rivojlanmoqda. 
Ajdodlarimizning 
donishmandlik  an’analariga  amal  qilib  teran  anglagan  holda  islohotlar  amalga 
oshirilmoqda,  mamlakatimizning  yangi  qiyofasi  shakllantirilmoqda. 
Ko‘p  asrlik 
milliy  va  diniy  qadriyatlarimizni  asrab-avaylash,  dunyo  ilm-fani  va  madaniyati 
rivojiga  ulkan  hissa  qo‘shgan  ajdodlarimizning  bebaho  merosini  o‘rganish,  uning 
asosida  yoshlarni  komil  inson  etib  tarbiyalash  jamiyatda  barqaror  ijtimoiy-
ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan biri  sifatida hisoblanmoqda.  
      “So‘nggi yillarda mamlakatimizda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, 
Islom  akademiyasi,  Mir  Arab  oliy  madrasasi,  Imom  Buxoriy  va  Imom  Termiziy 
xalqaro  ilmiy-tadqiqot  markazlari  boy  ilmiy-tarixiy  merosimizni  o‘rganish  va 
targ‘ib qilishga xizmat qilmoqda”
55

Xalqimizga  azal-azaldan  xos  bo‘lgan  ma’rifatparvarlik,  bag‘rikenglik,  mehr-
muruvvat,  bunyodkorlik  kabi  ezgu  fazilatlar  va  qadriyatlarimizni  keng  targ‘ib 
qilish,  jamiyatda  ijtimoiy-ma’naviy  muhit  barqarorligini  ta’minlashda  diniy-
ma’rifiy soha vakillarining o‘rni va ishtirokini oshirish hamda 2017 – 2021 yillarda 
O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 
diniy-ma’rifiy  soha  faoliyatini  tubdan  takomillashtirish-  ning  ustuvor 
yo‘nalishlari  belgilandi.  
 
Ular  quyidagilar, “jaholatga  qarshi  ma’rifat” ulug‘vor  g‘oya  asosida 
dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ezgulik, tinchlik va insoniylik kabi fazilatlar 
azaliy  qadriyatlarimiz  ifodasi  ekanligini  keng  yoritish  va  bu  sohadagi  ilmiy-
ma’rifiy faoliyatni jadal tashkil etish;  
                                                           
55
  Mirziyoev Sh.M. - 
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 
 

171 
 
 
islom va jahon sivilizatsiyasiga bebaho hissa qo‘shgan ajdodlarimizning boy 
madaniy  merosini  chuqur  o‘rganish  asosida  yoshlarning  ongu  tafakkurini 
shakllantirish;  
 
dinni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadigan buzg‘unchi yot 
g‘oyalarning  asl  mohiyati  va  maqsadlari  haqida  aholining,  ayniqsa,  yoshlarning 
xabardorlik darajasini oshirish;  
 
jamiyatda milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan 
toqatsizlik muhitini shakllantirish;  
jamiyatda  bag‘rikenglik,  o‘zaro  hurmat,  mehr-oqibat,  tinchlik  va  totuvlikni, 
ijtimoiy-ma’naviy  muhit  barqarorligini  ta’minlashda  diniy-ma’rifiy  soha 
vakillarining 
daxldorlik hissi va ishtirokini yanada oshirish;  
 
diniy-ma’rifiy  tashkilotlarning  moddiy-texnika  ta’minotini  mustahkamlash, 
soha  vakillari  mehnatini  munosib  rag‘batlantirish  va  ijtimoiy  himoyasini 
kuchaytirish;  
 
globallashuv 
sharoitida 
jamiyatimizdagi 
ijtimoiy-ma’naviy 
muhit 
barqarorligi  va  e’tiqod  erkinligiga  tahdid  tug‘dirishi  mumkin  bo‘lgan  omillarni 
barvaqt  aniqlash  va  oldini  olishga  qaratilgan  axborot-tahliliy  faoliyatni 
kuchaytirish;  
 
diniy  va  dunyoviy  bilimlar  uyg‘unligini  rivojlantirish  asosida  ta’lim  sifatini 
oshirish,  diniy-ma’rifiy  sohada  malakali  kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va 
malakasini oshirishning yaxlit tizimini yaratish, maqsad yetib qo‘yildi. 
Qur’oni  karim  va  hadislarning  asl  mohiyatini,  hadis  ilmining  ilmiy-nazariy 
asoslarini  chuqur  o‘rgangan,  hadis  ilmi  rivojiga  beqiyos  hissa  qo‘shgan  ulug‘ 
vatandoshlarimizning  ulkan  ilmiy  merosini  puxta  o‘zlashtirgan,  hadisshunoslik 
sohasida ilmiy izlanishlar olib borish ko‘nikmasiga ega mutaxassislarni tayyorlash 
hamda hadislardagi ezgu umuminsoniy g‘oyalarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga 
yetkazish  maqsadida 
2017-yil  8-noyabr  kuni   Samarqand  shaxrida  Imom  Buxoriy 
ilmiy  markazida  Xadisshunoslik  va  Imom  Moturidiy  markazi  qoshida  kalom  ilmi 
maktablari ochildi. 10 – noyabr kuni Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi huzurida 
Baxouddin  Naqshband  tasavvuf  ilimiy  maktabi  va  Qashqadaryo  viloyatida  “Abu 
Mu’in an –Nasafiy” nomidagi aqida ilmi maktabi ochildi. 
13  –noyabr  kuni  Farg‘onada  Islom  huquqi  maktabi  tashkil  etildi.  Xulosa  qilib 
aytganda,  ushbu  maktablarni  tashkil  etilishidan  maqsad  kelgusida  chuqur  bilimli 
imom  –hatiblar,  islomshunos  mutaxassislar,  ulamolar  tayyorlashda,  eng  muhimi, 
farzandlarimizni  buyuk  ajdodlarimizning  bebaho  merosi  ruhida,  sog‘lom  e’tiqod 
ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib hizmat qiladi.   
 
 
  

172 
 
Mavzu bo‘yicha chizmalar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
chizma 
Jamiyatning 
ma’naviy hayoti 
Xuquq 
Ijtimoiy  
psixologiya 
Mantiq 
din 
Estetik ong 
g‘oya 
Axborotlar bazasi 
Ma’naviyat, inson 
va jamiyat 
Mifologiya (rivoyatlar, 
dostonlar 
Ijtimoiy 
munosabatlar 

173 
 
 
 
 
ZARDO‘ShTIYLIKNING MUQADDAS 
KITOBI 
AXRIMAN- 
yovuzlik, yomonlik 
timsoli 
Axura - Mazda 
Ezgulik, 
yaxshilik timsoli 
AVESTO 
YASNA 
GOHLAR 
VISPARAD 
YaShTLAR 
VANDIDOD 
Toat, ta’zim, salovatga loyiq, munosib ma’nolarini 
ifodalab  72  bobdan  iborat  hamdu  sano,  qurbonlik 
duolaridan tashkil topgan. 
Ma’nosi  qo‘shiq  –  gimn  demakdir.  Zardo‘sht 
tomonidan  ijod  qilingan  beshlik  qo‘shiq-gimnlar 
bo‘lib, yakka xudolik, ikki qarama-qarshi kuchlar – 
ezgulik va yovuzlik, ziyo va zulmat, hayot va o‘lim 
o‘rtasidagi kurash ifodalanadi. 
24  bobdan  iborat  ibodatga  oid  qo‘shiqlar, 
xukmdorlarga  qaratilgan  munojatlar  va  jamiyki 
radlar, taqiqlar madxi. 
Maqtovlar,  qutlovlar,  e’zozlar  kabi  ma’nolarni 
anglatib,  zardo‘shtiylarning  o‘qib  yuradigan 
duolari tashkil etadi. 
Ma’nosi yovuz kuchlar, devlarga qarshi qonun 
ma’nolarini bildirib, 22 bobdan iborat. 
KIChIK AVESTO 
Dindorlarning  kundalik  faoliyatlari  uchun  zarur  va  ahamiyatli 
bo‘lgan  «Avesto»  dan  tanlab  olingan  duolar,  olqishlar, 
qo‘shiqlardan iborat to‘plam. 

174 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I.A.  Karimovning  “  Yuksak  ma’naviyat yengilmas  kuch  “  asarida  Turkiston 
halqlarining mustamlaka asoratiga tushib qolishining sabablarini ko‘rsatilishi 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy 
xususiyatlariga ega  
Madaniyat, dunyoviy 
fanlar va islom 
aqidashunosligining 
tarixi 
Yunon, rim, fors, hind va 
boshqa madaniyatlar 
yutuqlariga suyanish 
Astrnomiya, matematika, 
mineralogiya, 
jug‘rofiya,kimyo va 
boshqa  tabiiy fanlar rivoji 
Uslub (metodologiya) 
da ratsionalizm, 
mantiqning ustunligi 
“Bayt ul –
hikma” 
Imom al –Buxoriy, Abu 
Nasr FArobiy, Ibn Sino, 
Abdulholiq G‘ijdivoniy, 
Abu Rayxon Beruniy, 
Xo‘ja Ahmad yasssaviy, 
Najmiddin Kubro, 
Bahouddin Naqshband,  
Mirzo Ulug‘bek, Alisher 
Navoiy, Mahmudxo‘ja 
Behbudiy, Abdurauf 
Fitrat, Munavvar qori 
Abdurashidxonov, 
Abduklla Avloniy, 
Abdulla Qodiriy va 
boshqalar. 
Insoniy do‘stlik,yuksak 
aloqiylikning targ‘ib 
этилиши 
Adabiyot, 
she’riyat,ritorikaning keng 
miqyosda rivojlanishi 
Falsafaning keng darajada 
rivoj topishi 
Bilimdonlikning qomusiy 
harakterda ekanligi 
Islom dinida ma’naviyat 
Qur’oni Karim 
Hadisi sharif 
Shariat 
Tasavvuf 

175 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6-chizma 
 
 
         
   
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                          
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Iymon 
Ислом 
Ehson 
E’tiqod 
Muhammad 
(с.а.в) 
Muhammad 
(s.a.v) qilgan 
ishlari 
 
Muhammad 
(s.a.v) ning 
ko‘rsatmalarila
 
 
Ijtimoiy –
iqtisodiy qonun 
qoidalar 
Huquqiy va 
ahloqiy qonun -
qoidalari 
Diniy qonun 
qoidalar 
Yassaviy 
tariqati 
Kubroviya 
tariqati 
Naqshbandiya 
tariqati 
Inson ma’naviy –ma’rifiy kamolotining qirralari 
Halollik va poklik 
Shariatda Alloh 
tomonidan ruxsat etilgan 
amallar 
Iymon – e’tiqod va 
vijdon 
Diniy va dunyoviy 
iymon – e’tiqod  
Ma’rifatli bo‘lish 
Ahloqiy komolot 
Sh.Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiyasida 
“Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik “ deb nomlangan maxsus 
rezalyusiyasini qabul qilish taklifini berdi.   
Bu xujjatning asosiy maqsadi  
Barchaninn ta’lim olish 
huquqini ta’minlashga, 
savodsizlik va jaholatga 
barxam berishga 
ko‘maklashishdan iborat 
Ushbu rezalyusiya rezalyusiya 
bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni 
qaror topdirish, diniy erkinlikni 
ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning 
huquqini himoya qilish, ularning 
kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka 
qaratilgan. 

176 
 
 
 
 
 
 
 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Mustamlakachilik siyosatining maqsadini tushuntiring ? 
2. Nima  uchun  mustamlakachilar  xalqni  tarixidan,  ma’naviyatidan  mahrum 
qilishga intilish sabablarini izohlang ? 
3. Chor  Rossiyasining  O‘rta  Osiyoda  olib  borgan  mustamlakachilik  siyosatining 
oqibatlari haqida nimalarni bilasiz ? 
4. Rossiya  imperiyasi  ma’murlari  Turkiston  o‘lkasi  xalqlarining  milky 
ma’naviyatiga qanday munosabatda bo‘ldilar ? 
5. Mustamlakachilarning  ta’lim  sohasdagi  siyosatini  asosiy  yo‘nalishlarini  ochib 
bering ? 
6. Turkiston  o‘lkasida  ilmiy  jamiyat  va  muassasalarning  tashkil  topishi  ilm  fan 
rivojida qanday o‘rin tutadi ? 
7. Sho‘rolar  davrida  islom  diniga,  diniy  qadriyatlarga  qanday  munosabat 
ko‘rsatilgan ? 
8. Sho‘rolar  davrida  tariximizga,  madaniyatimizga,  boy  ma’naviy  merosimizga 
qanday munosabat ko‘rsatilgan ? 
9. Ruslashtirish siyosatining mohiyati va oqibatlarini tushuntirin ? 
10.  Sovet  tuzumining  O‘zbekistonda  amalga  oshirgan  “madaniy  inqilob” 
siyosatining  mohiyatini  va  milliy  madaniyatga yetkazgan  zrari  to‘g‘risida  gapirib 
bering ? 
11.  Xalq  ta’limi  va  Oliy  ta’limning  rivojlanishida  qanday  ziddiyat  va 
qiyinchilikar bor  edi ? 
12.   Bu  davrda  kino,  musiqa,  teatr  va  tasviriy  san’atida  qanday  o‘zgarishlar  yuz 
berdi ? 
13.  Sho‘rolar  davrida  Respublika  ilm  fanining  rivojlanishi  haqida  hikoya  qilib 
bering ? 
14.   20  -30  yillarda  O‘zbekistonning  madaniy  hayotida  mavjud  bo‘lgan  asosiy 
g‘oyaviy ziddiyatlar nimalardan iborat edi ? 
15.  Qayta qurish davrida o‘zbek madaniyati  qanday ahvolda edi ? 
16.  Mustaqillik  uchun,  ma’naviy  qadriyatlarimizni  tiklash  uchun  xalqimiz  olib 
borgan kurash haqida nimalarni bilasiz ? 

177 
 
17.   Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor 
sohaga aylanishi ? 
18.  Mustaqillik yillarida ma’naviy  qadriyatlarni tiklash yo‘lida amalga oshirilgan 
tadbirlar haqida so‘zlang ?  
19.   Birinchi  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  “  Yuksak  ma’naviyat yengilmas 
kuch” asarida islom dinining milliy ma’naviyatimizda tutgan o‘rniga qanday baho 
berilgan ? 
20.   O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.Mirziyoevning  “O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Xarakatlar strategiyasi”ning ma’rifat, 
diniy bag‘rikenglik masalariga bag‘ishlangan bandini izohlab bering ? 
21.  O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoevning 
BMT 
Bosh 
Assambleyasida “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezalyusiyasining asosiy 
maqsadi nimada ? 
22.  Mamlakatimizda  qanday  diniy  xalqaro  ilmiy  tadqiqot  markazlari,  maktablari 
tashkil topdi ? 
 
        

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling