O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/21
Sana21.03.2020
Hajmi1.74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21

 

17 
 
 
I.Kirish. 
 
I. 
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni 
“Dinshunoslik” fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokiga kiritilgan 
bo’lib, 1-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. “Dinshunoslik” fani gumanitar 
fanlar turkumiga kiradi va barcha dinshunoslik bo’lmagan ta’lim yo’nalishlarida 
ham o’qitiladi. Mazkur fan dinshunoslikka oid fanlarning asosiy mazmun-
mohiyatini o’zida mujassam etadi va yo’nalishdagi boshqa fanlar uchun zamin 
bo’lib xizmat qiladi. 
II. 
O’quv fanining maqsadi va vazifasi 
Fanni o’qitishdan maqsad  - talabalarga milliy va diniy qadriyatlarning tarixan 
mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan  uyg’unligini tushuntirish, 
ularda diniy bag’rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to’g’ri yondashuvini 
shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadlarni tarbiyalashdan iborat. 
Fanning vazifasi – talabalarga hizirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq hayotida 
tutgan o’rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din 
munosabatlari, dinlararo bag’rikenglik g’oyasi va madaniyati to’g’risidagi 
tasavvurlarini boyitish; din va diniy qadriyatlarning talqin etilishi va bugungi 
kundagi ahamiyatini o’rgatish; globallashuv jarayonida diniy sohada kechayotgan 
tendentsiyalarni yoritish, yoshlarda turli zararli diniy sekta va oqimlarning 
buzg’unchi g’oyalarga qarshi immunitetini shakllantirish. 
Fan bo’yicha talabaning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar 
qo’yiladi. Talaba
-davlat va din munosabati, Markaziy Osiyoda tarqalgan dinlar tarixi, ta’limoti, 
muqaddas manbalari, yo’nalishlari, jahonda mavjutsd bo’lgan dinlarning 
mushtarak xususiyatlari, dinlardagi oqimlar va mazhablar, dunyoning konfessional 
xaritasi, din va qonun o’zaro munosabatlari haqida tasavvurga ega bo’lish
-  missionerlik, prozeletizm va diniy ekstremizmning jamiyat hayotiga tahdid 
solishi hamda salbiy ta’siri va oqibatlari; dinlararo bag’rikenglik tamoyitllariga 
amal qilish, dinning mohiyati ezgulikdan iborat ekanini anglash, dinning ijtimoiy 
taraqqiyot bilan bevosita bog’liqligini tushun
ib еtish; din va diniy qadriyatlarning 
inson ma’naviy hayotida tutgan o’rnini his etishini bilishi va ulardan foydalana 
olishi
-  dunyoviy va diniy ilmlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini anglash, ularga 
nisbatan o’zining mustaqil fikrini bildirish; din  niqobi ostidagi turli buzg’unchi 
g’oyalarga qarshi immunitetini shakllantirib borish, ularning yovuz niyatlariga 
o’zining erkin va xolis munosabatini bildirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak
 
 
 
 
 
 

18 
 
 
III. Fanning ma’ruza, amaliy, seminar va mustakil ish mashg’ulotlari 
mavzularining soatlar bo’yicha taqsimoti. 
 
№ 
Mavzuning nomi 
 
Ja
mi
 
Au
d s
oa

Ma’ru
za
 
soa
ti
 
S
em
in
ar
 
J.
N.
 O.
N.
 
 Ya
.N.
 
 
O
’t
il
ga
n
 
va
qt
 
M
u
sta
q
il 
is
h
 
1. 
 
Dinshunoslik faniga kirish 
 


J.N 
 

2. 
 
Dinning  mohiyati, tuzilishi va funksiyasi 
 


 
 

3. 
 
Urug’ –qabila va milliy dinlar 
 


 
 

4. 
 
Jahon dinlari: buddizm va xristianlik  
 


 
 

5. 
 
Islom dini  
 


O.N 
 

6. 
 
Islom ta’limoti 
 


 
 

7. 
 
Xalqimiz ma’naviy yuksalishda 
dinlarning o’rni 
 


 
 

8. 
 
O’zbekistonda  vijdon erkinligi 
 


 
 

9. 
 
Diniy  ekstremizm  va  terrorizmga  qarshi 
kurash: O’zbekiston tajribasi 
 


J.N 
 

 
Jami 
36 
18 
18 
 
 
24 
 

19 
 
 
IV. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) 
 
 
1-mavzu. Dinshunoslik faniga kirish. 
 
Dinshunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
Dinshunoslikning ijtimoiy –gumanitar fanlar bilan aloqadorligi. Dinshunoslik 
fanini o’rganishning jamiyat barqarorligini mustahkamlash, diniy bag’rikenglikni 
tarbiyalash, vijdon erkinligini ta’minlashdagi ahamiyati. Dinshunoslikda 
shakllangan mifologik, tarixiy, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar. 
 
2-mavzu. Dinning  mohiyati, tuzilishi va funksiyasi
 
 
Dinga berilgan ta’riflar. Din –ijtimoiy ongshakli, muayyan turmush va 
tafakkur tarzi,ma’naviy qadriyat sifatida. Dinnining jamiyat va shaxs ma’naviyati 
yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi. 
Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish yosh avlodni 
tarbiyalash, tartibga solish, birlashtirish, tasalli berish, aloqa o’rnatish va h.k. 
Dinlar tasnifi. 
 
3-mavzu. Urug’ –qabila va milliy dinlar. 
Insoninig dastlabki madaniyat o’choqlari va ulardagi diniy tasavvurlarning 
xilma –xilligi. Ilk tabu (ta’qiq), totemizm, animism, foteshizm, shomonlik, magiya 
(sexrgarlik). Qadimgi Misr , Bobil va Assuriya dinlari. Antik davrda ko’pxudolik 
dinlari. Hinduiylik. Vedalar va upanishadlar –hinduiylik muqaddas kitoblari. 
Braxmanlik ta’limotida kastalar. Konfutsiylik. Daosizm –falsafiy ta’limot. Iudaizm 
–yaxudiy milliy dini. Yapon milliy dini –sintoizm, uning  asosiy aqidalari va 
marosimlari. 
 
 
4-mavzu. Jahon dinlari: buddizm va xristianlik. 
Buddizm. Buddizm ta’limoti –to’rt oliy haqiqat, nirvana. Buddizm ahloqiy 
ta’limot –“pancha –shila”. Buddizmdagi oqimlar: mahayana, hinayana,lamaizm va 
h.k. O’zbekiston hududidagi buddizm yodgorliklari va ularning tadqiq etilishi. 

20 
 
Xristianlik. Xristian ilohiyoti. Yakka xudoning uch qiyofasi : Ota –xudo,O’g’il  – 
xudo, Muqaddas ruh. Xristianlikdagi asosiy oqimlar –ortodoks (provoslavie), 
katolitsizm, protestantizm, Xristianlikning O’rta Osiyoga kirib kelishi. 
 
5-mavzu. Islom dini. 
Islom dini shakllanishidagi tarixiy sharoit. Muhammad payg’ambar (a.s) 
hayoti va faoliyati.Vahiyning nozil bo’la boshlashi. Madinaga hijrat. Makkaning 
fath etilishi. Halifalik. Islomda mazhablarning paydo bo’lishi, ilk ixtiloflar. Islom 
dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. Qur’on –  islom dinining muqaddas kitobi. 
Hadislar. Islom ta’limotida oila muqaddasligi. Er –xotinning bir –biriga nisbatan 
huquq va burchlari. Islomda ayollarga munosabat.  
 
6- mavzu. Islom ta’limoti 
Islom ilohiyoti, uning asosiy aqidalari. Islom falsafasi olam va odamning 
yaratilishi, inson hayotining mazmuni, ezgulik va yovuzlik kurashi to’g’risida. 
Kalom falsafasi. Imom Moturidiy ta’limoti. Abu Nasr Farobiy va Abu Ali ibn 
Sinoninh falsafiy qarashlari. Abu Homid G’azzoliy, Ibn Rushd falsafiy ta’limotlari. 
Tasavvuf (sufizm) ta’limoti va tariqatlari. O’zbekiston allomalarining islom 
ta’limoti va dunyoviy fanlarni rivojlantirishdagi tarixiy xizmatlari 
 
7-mavzu. Xalqimiz ma’naviy yuksalishda dinlarning o’rni
Avesto –xalqimiz diniy, ahloqiy, ilmiy abadiy qarashlarini ifoda etadigan 
bebaho ma’naviy meros. Turkiy xalaqlarning islomgacha bo’lgan yakka xudolik 
dini – tangriga e’tiqod va uning diniy ong rivojidagi ahamiyati. “Musulmon 
renessansi” – Sharq uyg’onish davri ma’naviyatining xususiyatlari. Mustamlaka va 
mustabid tuzum sharoitida o’zbek xalqini milliy va diniy qadriyatlardan mahrum 
etishga urunishlar. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ma’naviyatning davlar 
siyosatida ustuvor sohaga aylanishi, Hadisshunoslik, fikh, tasavvuf maktablarining 
tashkil etilishi. Diniy –ma’naviy merosni o’rganishning hozirgi zamon 
muammolarini hal etishdagi roli. 
 

21 
 
8-mavzu. O’zbekistonda  vijdon erkinligi. 
Vijdon erkinligi tushunchasi. Xalqaro me’yoriy hujjatlarda vijdon erkinligi. 
O’zbekistonda vijdon erkinligining Asosiy Qonun bilan kafolatlanishi. 
O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan diniy konfenssiya va tashkilotlar. 
Missionerlik va prozelitizm xavfining bartaraf etilishi. Ma’rifiy islomni targ’ib 
etish  –yoshlarni diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va ekstremistik g’oyalardan 
muhofaza etishning oqilona  yo’li. 
 
9-mavzu. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O’zbekiston 
tajribasi. 
Diniy mutaassiblik (fanatizm) ekstemizm, aqidaparastlik (fundamentalism), 
xalqaro terrorizm tushunchalarining mazmuni va reaksion mohiyati. Diniy 
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash. Virtual olam tahdidlari. Internet 
muammosi. Kibermakon va din. Global tarmoqdagi g’oyaviy hurujlarga qarshi 
kurash. O’zbekistob Respublikasida diniy ekstremizm va terrorizm xavfini oldini 
olishning huquqiy va tashkiliy asoslari. O’zbekiston rahbariyatining bu boradagi 
tashabbuslari va ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilishi. 
 
 
V. Seminar mashg’ulotlari. (18 soat) 
1-Mashg’ulot. (2 soat) 
Mavzu: Dinshunoslik faniga kirish 
Reja: 
1. 
Dinshunoslik fanining predmeti va maqsadi. 
2. 
Dinshunoslik fanini o’qitish va o’rgatishning vazifalari. 
3. 
Dinning kelib chiqishi haqidagi qarashlar. 
4. 
Sog’lom e’tiqod va diniy bag’rikenglik
 
 
2-Mashg’ulot. (2 soat) 
Mavzu: Dinning  mohiyati, tuzilishi va funksiyasi 
Reja: 
1.  Dinga berilgan ta’riflar. Din –ijtimoiy ong shakli, tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. 
2.  Dinning ildizlari va dinlar tasnifi. 
3.  Dinning ijtimoiy funksiyalari. 
4.  Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi ahamiyati. 
3-Mashg’ulot. (2 soat) 
Mavzu: Urug’ –qabila va milliy dinlar. 

22 
 
Reja
1. Dinning ibtidoiy shakllari. 
2. Qadimgi Hindistondagi milliy dinlar. 
3. Konfutsiylik, Daosizm diniy falsafiy ta’limot. 
4. Iudaizm –yahudiylik milliy dini. 
5. Yapon milliy dini –sintoizm, uning asosiy aqidalari va marosimlari.
 
 
4-Mashg’ulot. (2 soat) 
Mavzu: Jahon dinlari: buddizm va xristianlik. 
Reja: 
1. 
Buddaviylik dini va ta’limoti. 
2. 
Buddaviylik O’rta Osiyoda 
3. 
Xristianlik dini mohiyati va ta’limoti 
4. 
Xristianlikning O’rta Osiyoga kirib kelishi va hozirgi davrda xristianlik. 
 
5-Mashg’ulot. (2 soat) 
Mavzu: Islom dini. 
Reja: 
1. 
Arabiston yarim orolida islom vujudga kelgan davrdagi shart –sharoit va 
ma’naviy hayot . 
2. 
Islom dinining kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarqalishi 
.Islom dinining O’rta Osiyoga kirib kelishi. 
3. 
Islom dinining asosiy manbalari. Qur’on, uning tuzulishi, jamlanishi. 
4. 
Hadislar Islom dinining Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaidir. 
5. 
Islom dini manbalarining tarbiyaviy ahamiyati. Islomda oila masalasi. 
 
6-Mashg’ulot. (2 soat) 
Mavzu: Islom ta’limoti 
Reja: 
1. Islom ta’limoti, uning asosiy aqidalari. 
2. Islom dinidagi asosiy yo’nalishlar va mazhablar. 
3. Islom dinida aqidaviy masalalarni izohlashda Movorounnahar  Moturudiya 
maktabining o’rni. Kalom ilmi. 
4. Tasavvuf ta’limoti va uning Markaziy Osiyodagi tariqatlari 
5. Islom huquqshunosligining shakllanishi va shariatning mohiyati  
 

23 
 
7-Mashg’ulot. (2 soat) 
 
Mavzu: Xalqimiz ma’naviy yuksalishda dinlarning o’rni. 
Reja: 
1. 
Turkiy xalqlarning islomgacha bo‘lgan diniy e’tiqodi. Zardushtiylik diniy ta’limoti 
2. 
Musulmon Renessansi –Sharq uyg‘onish davri ma’naviyatining xususiyatlari 
3. 
Mustamlaka va mustabid tuzim sharoitida o‘zbek xalqini milliy va diniy qadriyatlardan mahrum 
etilishi va toptalishi  
4.  Mustaqillik yillrida O‘zbekistonda ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor 
sohaga aylanishi 
5.  Xalqimiz ma’naviy yuksalishida dinlarning o’rni. 
 
8-Mashg’ulot. (2 soat) 
 
Mavzu: O’zbekistonda  vijdon erkinligi. 
Reja: 
1.Din masalasida mavjud xalqaro me’yoriy hujjatlar 
2.Vijdon erkinligi diniy e’tiqod erkinligidir. 
3.Mustaqil O’zbekistonda vijdon erkinligining Konstitutsion kafolatlanishi. 
4.Missionerlik va prozelitizmga qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari. 
5.Globallashuv va din. Mazhabsizlik va uning salbiy oqibatlari. 
 
 
9-Mashg’ulot (2 soat) 
Mavzu: Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash: O’zbekiston 
tajribasi. 
Reja: 
1.  Ekstremizm, aqidaparastlik va mutaassiblikning mazmun-mohiyati. 
2.  Terrorizm tushunchasi va uning asosiy belgilari. 
3.  Islom niqobidagi ekstremizmning g’oyaviy ildizlari. 
4.  Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy 
asoslari.O’zbekiston tajribasi 
 
Amaliy mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi. 
Ko’rgazmali materiallar va axborot multimedia qurilmalaridan foydalaniladi.  

24 
 
VI. Mustaqil ta’lim
 
 
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:  
 
1.  Allomalar din to’g’risida. 
2.  Dinning ijtimoiy vazifalari( kompensatorlik, integratorlik, regulyatorlik, 
kommunikativ, legitimlovchilik). 
3.  Ilk diniy tasavvurlar. 
4.  Qadimgi Yunon va  Misr xudolari.  
5.  Qadimgi Misr ehromlari. 
6.  Yahudiylik dinining xususiyatlari. 
7.  Hinduiylikdagi uchlik (trimurti ) xudolari 
8.  Zardushtiylikning vujudga kelishi  
9.  “Avesto” –zardushtiylikning muqaddas manbasi. 
10. Meditatsiya – buddaviylikning muhim qoidalari. 
11. Buddaviylikdagi to’rt haqiqat. 
12. Iso Masih (Nisus Xristos) hayotiga doir ma’lumotlar. 
13. Xristianlik manbalari. 
14. Xristianlik oqimlari. 
15. Islomni vujudga kelishi va tarqalishi. 
16. Islomdagi mazhablar 
17. Islom -ma’rifat  dini. 
18. Qur’on Sharq xalqlarining diniy , ilmiy va ma’naviy me’rosi sifatida. 
19. Hadislarda milliy va diniy qadriyatlarning aks etishi. 
20. Tasavvuf falsafasi. 
21. Diniy e’tiqod ning paydo bo’lishi. 
22. Dinning ilk ko’rinishlari 
23. O’rta Osiyo xalqlari diniy tasavvurlarining shakllanishi 
24. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan diniy konfessiya va tashkilotlar 
25. Qur’oni karim va umuminsoniy g’oyalar 
26. Qur’oni Karim suralarining to’planishi va mushaf qilinishi. 
27. Hanafiy mazhabi 
28. Hanafiylikdagi bag’rikenglik g’oyalari 
29. Payg’ambar hadislari va sunnasi. 
30. Buyuk muhaddis Ismoil al-Buxoriy. 
31. Kubraviya tariqati va ta’limotining o’ziga xos jihatlari. 
32. Naqshbandiya tariqati  
33. Yassaviya tariqati  
34. Markaziy Osiyoda hadisshunoslikning rivojlanishi 

25 
 
35. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari 
36. O’zbekiston Respublikasida faoliyati aniqlangan norasmiy diniy jamoalar 
37. Mustaqil O’zbekistonda Vijdon erkinligining Konstitutsion kafolatlanishi. 
38. Din, e’tiqod erkinligi va ilmiy dunyoqarash. 
39. Diniy ekstremizm va fundamentalizm. 
40. Xalqaro terrorizmga qarshi kurash. 
41. O’rta Osiyo xalqlari tarixida din. 
42. Islomning e’tiqodga aylantirish davrida O’rta Osiyo xalqlari madaniyati. 
43. Imom Marg’inoniy – mashhur fiqhshunos. 
44. Islom ta’limotida oila muqaddasligi.  
45. Islomda ayollarga munosabat. 
46. Ilm fan, ma’naviyat va e’tiqod 
47. Jahon dinlari va tafakkur erkinligi 
48. Yangi davr dinlari va hur fikrlilik 
49. Din va zamonaviylik 
50. Islomiy odoblarning xususiyatlari 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

26 
 
Fan dasturining bajarilishi kalendar rejasi 
 
Mashg’ulot turi:    Ma’ruza,  2019-2020 o’quv yili  
Fakultet: _____________________ Gurux __________________________ 
Fanning nomi:  Dinshunoslik 
Ma’ruza o’qituvchisi: ____________________________________________  
Amaliy mashg’ulotlari o’qituvchisi: ________________________________ 
№ 
T.b. 
Mavzular nomi 
Reja 
bo’yicha 
ajratilgan 
xajm 
Amalda 
bajarilishi 
O’qituvchi 
imzosi 
soatda 
soat 
sana 
 
1. 
Dinshunoslik faniga kirish 

 
 
 
2. 
Dinning  mohiyati, tuzilishi va funksiyasi 

 
 
 
3. 
Urug’ –qabila va milliy dinlar 

 
 
 
4. 
Jahon dinlari: buddizm va xristianlik  

 
 
 
5. 
Islom dini  

 
 
 
6. 
Oraliq nazorat 

 
 
 
7. 
Islom ta’limoti 

 
 
 
8. 
Xalqimiz ma’naviy yuksalishda 
dinlarning o’rni 

 
 
 
9. 
O’zbekistonda  vijdon erkinligi 

 
 
 
10. 
Diniy ekstremizm va terrorizmga 
qarshi kurash: O’zbekiston tajribasi 

 
 
 
11 
Yakuniy nazorat 

 
 
 
Jami 
22 
 
 
 

27 
 
Fan dasturining bajarilishini kalendar rejasi 
Mashg’ulot turi:    Seminar,  2019-2020 o’quv yili  
Fakultet: _____________________ Guruh __________________________ 
Fanning nomi:   Dinshunoslik  
Ma’ruza o’qituvchisi: ____________________________________________  
Amaliy mashg’ulotlari o’qituvchisi: ________________________________ 
№ 
T.b. 
Mavzular nomi 
Reja 
bo’yicha 
ajratilgan 
xajm 
Amalda 
bajarilishi 
O’qituvchi 
imzosi 
 
 
soatda 
soat 
sana 
 
1. 
Dinshunoslik faniga kirish 

 
 
 
2. 
Dinning  mohiyati, tuzilishi va 
funksiyasi 

 
 
 
3. 
Urug’ –qabila va milliy dinlar 

 
 
 
4. 
Jahon dinlari: buddizm va 
xristianlik  

 
 
 
5. 
Islom dini  

 
 
 
6. 
Islom ta’limoti 

 
 
 
7. 
Xalqimiz ma’naviy yuksalishda 
dinlarning o’rni 

 
 
 
8. 
O’zbekistonda  vijdon erkinligi 

 
 
 
9. 
Diniy ekstremizm va terrorizmga 
qarshi kurash: O’zbekiston tajribasi 

 
 
 
Jami 
18 
 
 
 
 
 

28 
 
VII. Baholash jadvali. 
 
Fan uchun 36 soat xajmida vaqt ajratiladi. Ulardan 18 soat ma’ruza va 18 soat 
amaliy mashg’ulotga mo’ljallangan. Fan bir semestr davomida o’qitiladi. Darslar 
davomida ikki marta  joriy, bir marta oraliq va bir matra yakuniy nazorat o’tkaziladi. 
 
2019 – 2020 o’quv yili   semestr __________________ kafedra ___________ 
fani bo’yicha talabaning bilimini baholash. 
 
Baholash jadvali. 
Yuqori baho - 5 . Yaxshi baho – 4 , Qoniqarli baho -3, Qoniqarsiz baho - 2 
Joriy va oraliq baholashlardan qoniqarli baho olgan talaba yakuniy 
baholashga qo’yiladi. 
 
 
№ 
Nazorat shakllari 
S
em
es
tr
 
Nazorat turlari 
Nazorat 
turlari 
bo’yicha 
baho 
Nazorat 
turlarini 
o’tkazish 
sanasi 
1. 
2. 
3. 
4. 
5. 
6. 

Joriy nazorat 

Og’zaki  

 
 
 
 
Og’zaki  

 
 
 
 
Og’zaki  

 
 
 
 
Og’zaki  
          5 
 
 
 
 
Og’zaki  

 
 
 
 
Og’zaki  

 
 
 
 
Og’zaki  

 
 
 
 
Og’zaki  

 
 
 
 
Og’zaki  

 
 
 
 
Mustaqil ish 
 
 
 
 
 
 
 
 
II 
Oraliq nazorat 
 
Yozma ish 

 
III 
Yakuniy nazorat 
 
Yozma ish 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

29 
 
VIII. Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 
I. 
Rahbariy adabiyotlar. 
1.  Sh.M.Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo 
etamiz” Toshkent-«O‘zbekiston» - 2016. 56 bet 
2.  Sh.M.Mirziyoev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib -  intizom va shaxsiy javobgarlik -  har bir 
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017. - 104 b. 
3.  Sh.M.Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” 
Toshkent-«O‘zbekiston» - 2017. 488 bet. 
4.  Sh.M.Mirziyoev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va 
xalq farovonligining garovi” Toshkent-«O‘zbekiston»-2017.48 bet. 
5.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2017 yil 22 dekabr. 
6.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabr. 
7. I.A.Karimov Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish –  eng oliy 
saodatdir – T.. O‘zbekiston, 2015. – 304 b. 
7. I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. Toshkent, O‘zbekiston, 2008. 
8. Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Toshkent, O‘zbekiston, 1992. 
9. Islom Karimov. Biz qurish, yaratish yo‘lidan boraveramiz. Toshkent, O‘zbekiston, 1995. 
10. Islom Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. Toshkent, O‘zbekiston, 1996. 
11. Islom Karimov. Vatan sajdagoh, kabi muqaddasdir. Toshkent, O‘zbekiston, 1996. 
12. Islom Karimov. Istiqlol va ma’naviyat. Toshkent, O‘zbekiston, 1994. 
13. Islom Karimov. O‘zbekiston: milliy Istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. Toshkent, O‘zbekiston, 
1996. 
14. Islom  Karimov.  O‘zbekiston  iqtisodiy  islohatlarni  chuqurlashtirish  yo‘lida. Toshkent, 
O‘zbekiston, 1995. 
15. Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘lida. Toshkent, O‘zbekiston, 1994. 
16. Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent, Shark, 1998. 
17. Islom Karimov. O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda. Toshkent, O‘zbekiston, 1999. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling