O. Sirojov, D. Mirjavharova, E. Axmedov


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana21.03.2020
Hajmi1.74 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21

Foydalanigan adabiyotlar 
1. 
I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” T -1998 yil  
2. 
I.A.Karimov “Yusak ma’naviyat yengilmas kuch” T -2008 yil 
3. 
Sh.  M.Mirziyoev  “  BMT  Bosh  assambleyasining  72  –sessiyasidagi  nutqi 
2017 yil 19 sentabr 
4. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoevning  Oliy  Majlisga   
2017 yil 22 dekabrdagi murojaatnomasi 
5. 
Falsafa  ensiklopedik  lug‘at. “O‘zbekiston  milliy  ensiklopediyasi”  davlat 
ilmiy nashriyoti  T -2010 yil  
6. 
Ma’naviyat  asosiy  tushunchalar  izohli  lug‘ati.  G‘ofur  G‘ulom  nomidagi 
nashriyot –matbaa ijodiy uyi T -2009 yil 
7. 
Sh. I. Xaitov O‘zbekiston falsafa tarixi T -2011 yil 
8. 
Qadimgi  O‘zbekistonda  buddaviylik  va  buddaviy  merosi  T  –  O‘zbekiston 
2011 yil 
9. 
Injil, Tavrotdan “Ibtido” va Zabur. Ikkinchi nashr 1993 yil 
10. 
Rahmatulloh qori Obidov “Qur’oni Karimda Iso payg‘ambar siymosi”   T -
2002 yil. 
11. 
I.Jabborov “Jahon dinlari tarixi” T- 2002 yil. 

88 
 
  
5- Mavzu : Islom dini. 
Ma’ruza rejasi  
1. 
Islomning kelib chiqishi va shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi 
2. 
Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar. 
3. 
Islom dinining asosiy manbalari. 
4. 
Islom dini manbalarinining tarbiyaviy ahamiyati. 
 
 
Tayanch tushunchalar 
Johiliya,  qonunsizlik,  yakkaxudolik,  vahdoniyat,  vahiy,  hijrat  ,  xalifalik,  mazxab, 
Qur’on, hadis, sunniylik, shialar, ahloqiy komolot, halollik, poklik, iymon, vijdon, 
oila muqaddasligi, islomda ayollarga munosabat. 
              Biz islom dini ota-bobolarimiz dini ekanini,u biz uchun ham iymon, ham 
axloq,  ham  ma’rifat  ekanini  doimo  yuksak  qadrlaymiz.  Xalqimizning  ming  yillik 
tarixini,  bugungi  ma’naviy  hayotini,  dinu  diyonatimizni  muxtasar  ifodalab,  aytish 
mumkinki, Alloh bizning qalbimizda, yuragimizda. Dinga hurmat va e’tiqod – biz 
uchun o‘lmas qadriyatdir.            Islom Karimov. 
 
1. 
Masala  bayoni.  Islomning  kelib  chiqishi  va  shakllanishi  va  boshqa 
o‘lkalarga tarqalishi 
Arabiston  yarim  orolida  islom  vujudga  kelgan  davrdagi  shart  –sharoit  va 
ma’naviy hayot. 
Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. E’tiqod qiluvchilari soni jihatidan 
esa  xristianlikdan  keyin  ikkinchi  o‘rinda  turadi.  Xozirda  Islom  diniga  e’tiqod 
qiluvchilar  soni  qariyib  milliard  600  million  kishini  tashkil  etadi
18
.  Yil  sayin  bu 
dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. 
Islom  dini  VII  asrning  boshlarida  Arabiston  yarim  orolida  (xozirgi  Saudiya 
Arabistonida) paydo bo‘lgan. 
Islom  –  arabcha  so‘z  bo‘lib,  mazmuni  bo‘ysunish,  itoat  etish,  o‘zini  Alloh 
irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabcha «muslim» 
-  «islomni  qabul  qilgan», «itoatli», «sadoqatli»  demakdir.  Ko‘pligi  «muslimun» 
deb  ataladi.  Bu  so‘z  xozir  o‘zbeklarda  –  musulmon,  qirg‘iz  va  qozoqlarda  – 
musurmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. 
Umumiy  tarzda,  Islom  –  Alloh  yagona  degan  e’tiqod  bilan  unga  bo‘ysunimoqlik, 
itoat etmoqlik va butun qalb bilan ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan dinga iymon 
(ishonch)  keltirmoqlik  demakdir.  Jahonda  qariyb  1,6  mlrd.  kishi  islomga  e’tiqod 
                                                           
18
 Qarang. Islom ensiklopediya. 113-bet.
 

89 
 
qiladi.  Musulmonlarning  2/3  qismidan  ko‘prog‘i  Osiyoda  yashaydi  va  bu  qit’a 
aholsining 20 % dan ortiqrog‘ini tashkil etadi. Qariyb 30% musulmonlar Afrikaga 
to‘g‘ri  keladi.  Dunyoda  musulmon  jamoalari  mavjud  bo‘lgan  120  dan  ortiq 
mamlakatdan  40 dan  ziyodida  musulmonlar  aholining ko‘pchiligini tashkil  qiladi. 
Shimoliy  Afrika,  G‘arbiy  Osiyoning  barcha  mamlakatlarida  (Kipr,  Livan,  Isroil 
mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Avg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, 
Indoneziya  kabi  mamlakatlarida  aholining  80%  dan  ortig‘i  musulmonlardir.  Bir 
qancha mamlakatlarda musulmonlar aholining yarmidan 80 % gacha tashkil qiladi. 
(Gvineya, Mali, Livan, Chad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, ba’zi 
bir  mamlakatlar  (Givineya-Bisau,  Kamerun,  Burkina-Faso,  Serra-Leone)  da 
musulmonlar ozchilikni tashkil etsada, ta’sir doirasi kuchli. Musulmonlarning soni 
jihatdan  eng  yirik  davlatlar  –  Indoneziya,  Hindiston,  Pokiston  va  Bangladesh; 
Musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Efiopeya, 
Tanzaniya,  Kipr,  Yevropaning  ayrim  mamlakatlari  (Albaniya,  Bosnya  va 
Gersegovina,  Makedoniya,  Serviya,  Chernogoriya,  Buyuk  Britaniya,  GFR, 
Fransiya va boshqalar), Shimoliy va Janubiy Amerika qit’asi mamlakatlari (AQSh, 
Kanada,  Argentina,  Brazilya,  Gayana,  Surinam,  Trinidad,  Tabago)  da, 
Avstraliyada, Fiji orollarida yashaydi. 
Islomning paydo bo‘lishi VI asr oxiri – VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida 
yuz  bergan  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol  va  ma’naviy  hayot  bilan  bog‘liq  holda  ro‘y 
bergan. 
Bu  davrda  arablar  katta-kichik  qabila  va  urug‘larga  bo‘linib  ketgan  bo‘lib,  ular 
o‘rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‘y berib turardi. 
Ikkinchidan, bu davrda Arabistonda ko‘p xudolilik dinlari mavjud bo‘lgan. Asosan 
fetishizm  –  turli  sanamlarga  sig‘inish  xukmronlik  qilardi.  Har  bir  qabilaning  o‘z 
dini, sanami bo‘lib, 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanardi. Ularni arablar vaqti-
vaqti bilan ziyorat qilib turganlar. 
Uchinchidan,  bu  davrda  arab  qabilalari  o‘rtasida  joxiliya  –  bilimsizlik  holati, 
jaholat xukmronlik qilardi. Ya’ni, arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, 
buzuqlik avj olgan edi. Binobarin, insonlarning ruhlari ham, e’tiqodlari ham, hatti-
harakatlari  ham  buzilgan  edi.  Odamlarda  uyat  tuyg‘usi  yo‘qolgan  edi.  Fohishalik 
bir  kasbga  aylangandi.  Ayollarga  hayvondek  muomila  qilinardi.  Go‘dak  qizlarni 
tiriklayin ko‘mish odati bo‘lgan va boshqalar. 
Shunday  qilib,  Islomdan  ilgari  Arabistonda  qonunsizlik,  axloqsizlik,  zo‘ravonlik 
hukm  surgani  uchun  ham  keyingi  avlod  o‘sha  davrni  haqli  ravishda  Joxiliya  deb 
atagan va undan qutilishning najot yo‘li kerak edi. 
Bunday  xolatlarga,  ayniqsa bo‘linib  ketgan  arab qabilalari  o‘rtasidagi  o‘zaro  nizo 
va urushlarga barxam berish uchun siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy jihatdan birlashgan 

90 
 
yagona  Arab  davlatini  vujudga  keltirishni  davr  taqazo  etmoqda  edi.  Bunga  esa 
yagona xudoga e’tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‘lardi. 
Bu davrda Islomning paydo bo‘lishi uchun g‘oyaviy muhit ham yetilib borayotgan 
edi. Chunonchi, xaniflar  –  chinakam  e’tiqod qiluvchilar, haqiqat  izlovchilar  diniy 
harakati  bunga  yaqqol  misol  bo‘la  oladi.  Xaniflar  arab  qabilalarini  birlashtirish 
jarayonining  g‘oyaviy  ifodachisi  edilar.  Ular  yakka  xudoga  ishonishni  va 
ko‘pxudolikka  e’tiqod  qilishdan  voz  kechishni  targ‘ib  qilardilar.  Xaniflar  o‘z 
targ‘ibotlarida  arablarni  og‘ir  ahvoldan  qutqarish  uchun  xaloskorning  kelishi 
yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatib, uni sabr bilan kutib turish lozimligini 
uqtirardilar. 
Shunday  qilib,  bu  davrda  arablarni  har  jihatdan  birlashtirish,  kuchli  saltanatni 
vujudga  keltirish,  yakkaxudochilikka  o‘tishga  xijoz  arablari  ma’lum  ma’noda 
tayyor edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‘z faoliyatlarini ilohiy ilhom 
bilan  asoslay  olgan  holdagina  muvaffaqiyatga  erisha  olardi.  Islomning  asoschisi 
Muhammadning  diniy  va  siyosiy  faoliyatlari  yuqoridagi  jarayonlarning  xususiy 
ko‘rinishi  bo‘lgan.  Muhammad  har  tomonlama  barkamol  inson  bo‘lganlari,  u 
zotning  shaxsiy  fazilatlari  tufayli  xijozliklarning  harakati  o‘ziga  xos  xususiyatlar 
kasb  etib,  diniy  va  siyosiy  kuchga  aylandi;  bu  kuch  islomning  vujudga  kelishini 
eng muhim tarixiy voqealardan biriga aylantirdi. 
 Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o‘lkalarga tarqalishi 
Islomning vujudga kelishi, arablar orasida vaxdoniyatga asoslangan dinning qaror 
topishi,  arab  qabilalarining  yakkaxudo  –  Alloh  g‘oyasi  atrofida  birlashishi 
Abdullohning o‘g‘li Muhammad nomi bilan chambarchas bog‘liq. 
Qur’oni  karimda  25  nafar  payg‘ambarning  nomi  zikr  etilgan.  Muhammad  Alloh 
tomonidan  odamlar  orasidan  tanlagan  so‘nggi  payg‘ambar  sanaladi.  Muhammad 
ibn  Abdulloh  (570-632)  Makkada  Quraysh  qabilasiga  mansub  Xoshimiylar 
xonadonida  tug‘ilgan.  Otasi  Abdulloh  Muhammad  tug‘ilmasdan  ikki  oy  oldin  25 
yoshida vafot etgan. Muhammad 6 yoshli bo‘lganida onasi Amina ham vafot etadi. 
Muhammadni  bobosi  Abd  al-Mutallib  o‘z  tarbiyasiga  oladi.  Ikki  yildan  so‘ng 
bobosi  ham  vafot  etadi.  Sakkiz  yoshli  Muhammadni  amakisi  Abu  Tolib  o‘z 
qaramog‘i  va  tarbiyasiga  oladi.  Abu  Tolib  tijorat  ishlari  bilan  shug‘ullanardi. 
Muhammad  ham  amakisi  bilan  tijorat  ishlari  bilan  shug‘ullangan. 25 yoshida 
Yamanga  o‘sha  davrning  badavlat  ayoli  Hadicha  bilan  uning  mollarini  sotishda 
ko‘maklashish  uchun  boradi.  Bu  hamkorlik  Muhammad  bilan  Hadichaning  oila 
qurishiga sabab  bo‘ladi.  Ular 6 nafar  farzand  –  ikki o‘g‘il va  to‘rt  qiz ko‘rganlar. 
Farzandlaridan faqat Fotima o‘sib ulg‘aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan. 
Muhammad amakisi Abu Tolibga yordam bo‘lsin deb uning kichik o‘g‘li Alini o‘z 
yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan. 

91 
 
Muhammad 40 yoshga borganida uning hayotida payg‘ambarlik davri boshlangan. 
Ya’ni  unga  ilk  vahiy  kela  boshlagan.  Ana  shu  davrdan  Muhammad  Allohning 
rasuliga  –  elchisiga  aylandi.  Bu  faoliyat  23  yil  davom  etdi.  Uning  bir  qismi 
Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o‘tgan. 
Adabiyotlarda  qayd  etilishicha  dastlabki  vahiy  ramazon  oyining  26-sidan  27-siga 
o‘tar  kechasi  kelgan.  Shuning  uchun  bu  kunni  musulmonlar  qadr  ya’ni  ilohiy 
qudrat  kechasi  sifatida  nishonlaydilar.  Ramazon  oyini  esa  muborak  deb  biladilar. 
Kelgan vahiy Muhammad Payg‘ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Alloh 
ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘lga chaqirishga da’vat etadi. 
Muhammad  Makkaliklarni  but  va  sanamlarga  sig‘inishdan  qutqarish  va  yagona 
Alloh e’tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. Bu davrda 
Islom  diniga kirganlar  30  kishini  tashkil  etdi  xalos.  Birinchi bo‘lib  Bibi  Xadicha, 
keyin  amakivachchasining  o‘g‘li  Haydar  ya’ni  Ali,  asrandi  o‘g‘li  Zayd  ibn  Xoris 
islomga  kirdi.  So‘ng  Abu  Bakr,  az-Zubayr,  Talha,  Sa’d  ibn  Abu  Vaqqos,  Abd  ar 
Rahmon ibn Avf, Usmon ibn Affon va boshqalar islomni qabul qildilar. Shu tariqa 
Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Allohning yakkaligiga ishonganlar – mo‘min-
musulmonlar  va  ishonmaganlar  –  mushriklar  edi.  Mushriklar  Allohni  yakka  deb 
e’tirof  etmay,  uning  sheriklari  bor,  ya’ni  xudolar  ko‘p  deb,  turli  sanam,  tosh  va 
hakozolarga,  ko‘plab  xudolarga  sig‘inardilar.  Mushriklar  23  yil  davomida 
Muhammad  targ‘ibolariga  tish-tirnoqlari  bilan  qarshi  chiqdilar.  Ular  hatto 
Muhammad Payg‘ambarni jismonan yo‘q qilmoq payiga ham tushganlar. 
619 yilda avval amakisi Abu Tolib, keyin xotini Xadicha vafot etdi. Bu ikki ulug‘, 
oro‘li  zotning  vafotidan  so‘ng  mushriklar  Payg‘ambarga  qarshi  kurashni  yanada 
kuchaytirdilar. U zot o‘zga yerlardan tarafdorlar izlashga majbur bo‘ldilar. Dastlab 
bir guruh musulmonlar Habashistonga ko‘chdi. 622 yilda Makka zodagonlari bilan 
raqobatlashib  kelayotgan  Yasrib  (Madina)  dagi  Avs  va  Xazraj  qabilalarining 
vakillari musulmon jamoasini o‘ziga qabul qilish, Muhammadni umumiy rahnamo 
sifatida  tan  olishga  rozi  bo‘lishdi.  Shu  tariqa  622  yilda  musulmonlar  jamoasi 
Makkadan  Madinaga  ko‘chadi.  Buni  tarixda  xijrat  –  ko‘chish  deb  yuritiladi. 
Musulmon yili Xijriy yil hisobi shu yildan boshlanishi rasmiy tan olingan. Ko‘chib 
kelgan  kishilar  muxojirlar  (ko‘chib  kelganlar),  Madinada  Islomni  qabul  qilganlar 
ansorlar (tarafdorlar) deb ataldilar. Bu yerda Muhammad qisqa vaqt ichida tarqoq 
arab qabilalarini muxojirlar bilan birlashtirib bir jamoa – ummani tashkil etdi. Bu 
jamoa qisqa vaqt ichida kichik, lekin kuchli davlatga aylandi. Diniy, ma’muriy va 
xarbiy  hokimiyat  butunlay  Muhammad  Payg‘ambar  qo‘liga  o‘tdi.  Madina 
atrofidagi  barcha  arab  qabilalari  bo‘ysundirildi.  Ayni  vaqtda  Madina  va  Makka 
o‘rtasida boshlangan kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uxud, Handoq kabi janglar 
bo‘lib  o‘tdi.  Nihoyat  Makka  zodagonlari  628  yilda  Muhammad  bilan  kelishishga 
majbur  bo‘ldilar. 630 yilda  musulmonlar  qo‘shini  hech  qanday  qarshiliksiz 

92 
 
Makkaga  kirib  bordi.  Makka  aholisi  yoppasiga  Islom  dinini  qabul  qildi  va 
Muhammadni  Allohning  elchisi  deb  e’tirof  etdi.  Ana  shundan  boshlab  Makka 
Islom dini markaziga, Ka’ba musulmonlarning muqaddas ziyoratgohiga aylangan. 
632  yilda  Muhammad  oila  a’zolari  bilan  birga  Ka’baga  birinchi  marta  haj 
ziyoratiga  keldi.  Mazkur  Haj  tarixda  «vidolashuv  xaji»  deb  yuritilib,  Muhammad 
hajga to‘plangan 124 ming musulmonga qarata tuya ustida o‘tirib nutq so‘zlagan. 
Bu  nutq  tarixda  –  «vidolashuv  xutbasi»  deb  yuritilib,  u  na  faqat  yig‘ilgan 
musulmonlarga,  balki  butun  insoniyatga  qaratilganligi  va  insoniyat  tarixida  eng 
buyuk  inqilib  yasaganligi  bilan  ajralib  turadi.  Vidolashuv  xutbasi  joxiliyat 
davrining butun xurofatlarini, butun yomonliklarini, qon da’volarini, sudxo‘rlikni, 
qimor,  fohishalikni,  ayollarga  nisbatan  past  nazar  bilan  qarashni  o‘rtadan  barham 
toptirishda muhim rol o‘ynadi. 
Muhammad Payg‘ambar aytgan va’zlarining qisqacha mazmuni quydagicha: 
«Ey  insonlar!  So‘zlarimni  diqqat  bilan  eshitingiz.  Bilmayman,  balki  bu  sanadan 
keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo‘lolmasman. 
Ey  insonlar!...  Bu  kuningiz  (qurbon  kuni)  qanday  muqaddas  bo‘lsa,  bu  oyingiz 
qanday  muqaddas  bo‘lsa,  bu  shahrimiz  (Makka)  qanday  muqaddas  bir  shahar 
bo‘lsa,  bilingizki,  jonlaringiz,  mollaringiz  ham  shu  kabi  muqaddasdir.  Bularga 
qilingan har qanday tajovuz haromdir. 
As’hobim!  Hushingizni  yig‘ib  oling!  Bilingizki,  zinhor-bezinhor  mendan  keyin 
eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo‘yningizni kesmang! 
As’hobim!  Eski  johiliyat  davridan  qolgan  hamma  qon  da’volari  batamom  bekor 
qilindi. 
As’hobim! Kimning yonida bir omonat bo‘lsa, uni egasiga qaytarib bersin. 
Ey  insonlar!  Xotinlarning  haqlariga  rioya  etingiz.  Ular  bilan  shafqat,  mehr  ila 
muomalada  bo‘lingiz.  Ularning  haqlari  xususida  Allohdan  qo‘rqingiz!  Xotinlar 
Sizga  Tangrining  omonatidir.  Ularn  Alloh  nomiga  so‘z  berib  oldingiz.  Sizning 
xotinlar ustida  haqlaringiz  bo‘lgani kabi, ularning ham  Sizda haqlari bor. Sizning 
xotinlardagi haqlaringiz – xotinlarning  oila  sharafini  Siz  yoqtirmaydigan hech  bir 
kimsaga  oyoqosti  qildirmasliklaridir.  Xotinlaringizning  har  turli yeyish  va  kiyish 
ehtiyojlarini  ta’minlashingiz  esa,  ularning  Sizning  ustingizdagi  haqlaridir…  Bir 
xotin erining ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas. 
Ey  mo‘minlar!  So‘zlarimni  yaxshi  eshitingiz:…Hech  kimning  boshqalardan 
ustunligi  yo‘qdir.  Sharaf  va  ustunlik  faqat  fazilat  iladir.  Har  bir  musulmon 
musulmonning  birodaridir.  Haqsizlik  qilmang!  Haqsizlikka  bo‘yin  ham  egmang! 
Odamning haqlarini yemang. Bir-biringiz bilan bo‘g‘ishmang!... 
Ey  insonlar!  Har  bir  jinoyatchi  o‘z  aybiga  faqat  o‘zi  javobgardir.  Hech  bir 
jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi. 

93 
 
Ey  mo‘minlar!  Sizga  bir  omonat  qoldiryapman.  Unga  mahkam  bog‘langaningiz 
sari yo‘lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Allohning kitobi – Qur’ondir. 
Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…»
19
 
Muhammad Rasulluloh hajdan qaytgach 632 yil 8 iyunda kasallanib vafot etdi. Bu 
davrga  kelib  Arabiston  yarim  oroli  to‘la  birlashtirilgan,  uning  aksariyat  aholisi 
Islom  dinini  qabul  qilgan  edi.  Arabistonning  siyosiy,  iqtisodiy,  etnik  va  madaniy 
jihatlardan  birlashishida  Islom  dini  muhim  omil  bo‘dib  xizmat  qildi  va  kelajakda 
vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. 
Muhammad Rasululloh vafot etgach u barpo etgan davlatni uning o‘rinbosarlari – 
xalifalar  boshqargan.  Shu  munosabat  bilan  musulmonlar  davlati  tarixda  «Arab 
xalifaligi» deb nom olgan. 
632-661 yillarda to‘rt nafar xalifa – Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar xalifalikni 
boshqarib yer yuzining katta qismini xalifalikka bo‘ysundirganlar. 
661-750  yillarda  qariyib  yuz  yil  Islom  tarixida  Ummaviylar  sulolasi  xukmronlik 
qilgan.  Bu  davrda  arablar  istilosi  va  Islomning  boshqa  xalqlar  orasida 
tarqalishining  ikkinchi  davri  boshlanib  Shimoliy  Afrika,  Ispaniya yerlari  bosib 
olindi. 
Arablar  VIII  asrda  O‘rta  Osiyoni  –  Movaraunnahrni  bosib  oldilar  va qattiqqo‘llik 
bilan  islomlashtirish  siyosatini  olib  bordilar.  Bu  jarayon  o‘ta  qiyin  kechgan. 
Chunonchi  ular  raqiblarni  o‘ldirdilar,  Islomni  qabul  etmaganlarni  boshiga  turli-
tuman  kulfatlarni  tug‘dirdilar,  har  xil  yo‘llar  bilan  mahalliy  xalqlarga  zulm  va 
xo‘rliklarni  o‘tkazdilar,  katta  soliqlar  soldilar.  Ayni  paytda  arab  hukmdorlari 
islomni  qabul  qilganlari  uchun  turli  imtiyozlar  yaratdilar,  jumladan,  ularni 
juzyadan, ya’ni jon solig‘idan ozod qildilar
20

Shunday qilib bir asrdan kamroq vaqt davomida Shimoliy Xitoydan Ispaniyagacha, 
Kavkaz  ortidan  Hind  okeanigacha  bo‘lgan  katta  hudud  zabt  etildi  va  Islom  dini 
keng xududda tarqaldi. 
O‘rta  Osiyo  aholisining  arablarga  qarshi  olib  borgan  erk  va  ozodlik  kurashi  bir 
yarim  asr  uzluksiz  davom  etdi.  Ularning  bu  intilishlari,  harakatlari  nihoyat  IX 
asrning  oxirlariga  kelib  mintaqada  arab  halifaligi  hokimiyatining  qulashi  bilan 
yakunlandi.  O‘rta  Osiyoda  IX-XI  asrlar  davomida  markazlashgan  mustaqil 
davlatlar vujudga keldi. 
Bu  –  Somoniylar,  Qoraxoniylar,  G‘aznaviylar,  Saljuqiylar  va  Xorazmshohlar 
davlatidir. 
                                                           
19
 Qarang. Alixonro‘ra Sog‘uniy. Tarixi Muhammadiy. Ikkinchi kitob. Toshkent-1991. 185-186-betlar. Z.Kunrapa. 
Alvido, dunyo! Assalom, oxirat! 3-kitob. Toshkent, 1996. 15-18-betlar. 
20
 Qarang. Q.Bo‘ronov. Xalqimiz ma’naviyati va ma’rifatining teran ildizlari. Toshkent, «FAN», 2003. 28-bet. 

94 
 
Arab xalifaligi 632-yildan to 1258-yilgacha, ya’ni 627 yil davom etdi. Undan keyin 
Misr Abbosiy xalifaligi 1261-yildan 1517-yilgacha, Usmonlilar xalifaligi esa 1517 
yildan 1924-yilga qadar hukm surdi. 
Shunday  qilib  islom  xalifaligi  jami  1293  yil  amal  qilib, 1924-yilda  Turkiya 
jumxuriyatining  rahbari  Mustafo  Kamol  boshchiligidagi  Milliy  majlis  Usmonlilar 
xalifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga yetdi
21
.
 
 
2. 
Masala bayoni. Islom dinidagi asosiy yo‘nalishlar va mazhablar. 
Islom  dinida  ilk  davrdan  paydo  bo‘lgan  eng  birinchi  yirik  muammo  –  oliy 
hokimiyatni  egallashga  payg‘ambardan  keyin  kim  xaqliroq,  degan  muammo 
bo‘ldi.  Xalifa  Ali  bilan  ummaviylar  o‘rtasidagi  taxt  uchun  kurashda  VII  asrning 
ikkinchi  yarmi  boshlarida  xorijiylar  (arabcha  –  ajralib  chiqqan,  isyonchi)  oqimi 
ajralib  chiqqan.  Ali  Muoviya  tarafdorlari  bilan  oliy  xokimiyatga  vorislik 
masalasida muzokara olib borishga ko‘ngan. Bu hol Ali haqiqiy vorislik huquqiga 
ega, deb hisoblagan tarafdorlarning o‘rtasida norozilik tug‘dirgan. Qo‘shinning bir 
qismi  (12  ming  kishi)  xalifa  Alini  kelishuvchilikda  ayblab,  undan  ajralib  ketdi. 
Ajralib chiqqan qo‘shin Aliga ham, ummaviylarga (muoviya tarafdorlari) ham bab-
barobar qarshi kurashganlar. Xorijiylar harakati arablar tomonidan bo‘ysundirilgan 
Iroq va Eron aholisi, oddiy arab musulmonlar manfaatini ifodalagan. Ular o‘zlarini 
haqiqiy  musulmon  hisoblab, «dindan  qaytgan»  deb  e’lon  qilingan  siyosiy  va 
g‘oyaviy raqilarga nisbatan murosasiz bo‘lganlar. 
Xorijiylik  yo‘nalishi  ta’limoti:  xalifa  diniy  jamoa  tomonidan  saylanadi  va  unga 
bo‘ysunadi;  har  qanday  taqvodor  musulmon  (hatto  qul  yoki  habash  bo‘lsa  ham) 
xalifa  bo‘lib  saylanishi  mumkin;  agar  xalifa  jamoa  manfaatlarini  himoya  qilmasa 
vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl qilinadi. 
Xorijiylar e’tiqod amaliy faoliyat bilan mustahkamlanishi lozim deb hisoblaganlar. 
Ular  e’tiqodsiz  va  gunohkor  kishilarni  jazolash  muddatini  kechiktirishga  qarshi 
turganlar.  Diniy  masalalarda  islom  «musaffoligi»  tarafdori  bo‘lib,  shariat 
ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishlari bilan ajralib turganlar
22
.  
Ummaviy  va  abbosiy  xalifalar  VII-IX  asrlarda  Xorijiylarga  qarshi  keskin  kurash 
olib  bordi.  Buning  natijasida  ular  qirib  tashlandi.  Xorijiylarning  qolganlari 
Shimoliy  Afrikada  o‘z  davlatini  vujudga  keltirdi.  Xozirgi  davrda  Xorijiylarning 
ibodiy firqasi Jazoir, Tunis, Ummon va Tanzaniyada uchraydi. 
Bugungi  kunda  Islom  dinida  sunniylik  va  shialik  yo‘nalishlari  amal  qilib 
kelmoqda. “Ahli Sunna” degani Muhammad (A.S.) sunnatlarga ergashuvchilar va 
“Val  Jamoa”  so‘zi  esa  musulmonlarning  ko‘pchiligi  ortidan  yuruvchilarni 
anglatadi.  Demak  “Ahli  Sunna  val  Jamoa”  –  sunnatga  va  jamoaga 
                                                           
21
 Qarang. A.Abdurahmonov. Saodatga eltuvchi bilim 295-bet. 
22
 
Қаранг. З.Хусниддинов. Ислом: йўналишлар, мазҳаблар, оқимлар.  «ЎМЭ», Тошкент-2000. 56-59 бетлар. 
Ислом энциклопедия 260-бет. 

95 
 
ergashuvchilardir. Sunniylik yo‘nalishida aqida borasida motrudiya yoki ash’ariya 
ta’limotiga,  fiqhda  esa  to‘rt  mazhab:  Xanafiy,  Molikiy,  Shofiiy,  Xanbaliy 
mazhablariga  mansub  bo‘lgan  musulmonlardan  tashkil  topgan  jamoa  Sunniylik 
yo‘nalishini tashkil etadi. 
Sunniylik deb, diniy qonun-qoida va tartibotlarga amal qilishda Qur’oni karim va 
payg‘ambarimiz  xadislari  –  «Sunna»  ga  birdek  amal  qiluvchilarga  aytiladi. 
Sunniylik  yo‘nalishi  «Ahli  sunna  val  jamoa»  deb  ataladi.  Bu  nomda 
Paygambarning  sunnatiga  amal  qilish  va  musulmonlarning  asosiy  ko‘pchilik 
jamoasi ma’nolari aks etgan. 
Jahondagi  ja’mi  1,6  milliarddan  ko‘proq  musulmonlarning  92,5  foizini  sunniylik 
yo‘nalishidagilar  tashkil  etadi.  Shialik  yo‘nalishi  ya’ni  ja’fariya  mazhabidagi 
musulmonlar 7,5 foizdan iborat xalos. 
Sunniylikka  mansublikni bildiruvchi  asosiy  belgilar  quyidagilardir: dastlabki  to‘rt 
xalifa (Abu Bakr, Umar, Usmon, Ali) hokimiyati qonuniy ekanligi tan olish, oltita 
hadis  to‘plami  (al-Buxoriy,  Muslim,  at-Termiziy,  Abu  Dovud,  an-Nasoiy,  Ibn 
Moja  to‘plamlari)ni  sahih  (ishonchli)deb  bilish,  sunniylikdagi  to‘rt  diniy-xuquqiy 
mazhab  –  hanafiylik,  molikiylik,  shofi’iylik,  xanbaliylikdan  biriga  mansub 
bo‘lishdan iborat. 
Sunniylikdagi  eng  yirik  mazhab  Hanafiya  bo‘lib,  unga  ergashganlar  jahondagi 
musulmonlarning  47  foizini  tashkil  etadi.  Bu  mazhabning  asoschisi  Abu  Xanifa 
Nu’mon  ibn  Sobit  (699-767)  dir.  U  Iroqning  Kufa  shahrida  tug‘ilgan,  kelib 
chiqishi  jihatdan  forslardan.  Abu  Xanifa  Shariat  xuquqlarini  tizimga  solgan. 
Shariat qonunlarini musulmonlar hayotiga qo‘llashda, hukm chiqarishda, xulosaga 
kelishda avvalo Qur’oni karim, so‘ngra payg‘ambar sunnatlari – xadislarni, undan 
keyin  ijmo’ni,  oxirida  qiyosni  qo‘llagan.  U  mahalliy  xuquq,  me’yor,  odatlarni 
shariat bilan kelishtirib qo‘llashni joriy etgan. Islom xuquqshunosligiga aql-idrok, 
mulohazkorlik bilan ish ko‘rish tadbirlarini kiritgan. Bu yo‘lni Imom A’zam yo‘li 
deb ham yuritiladi. 
Sunniylikdagi ikkinchi mazhab molikiylikdir. Uning asoschisi Molik ibn Anas Abu 
Abdulloh (713-795) dir. Islom xuquqini puxta egallab, «Madina imomi» unvoniga 
sazovor  bo‘lgan.  Molik  ibn  Anas  biror  siyosiy  oqimga  ergashmagan, 
hokimiyatning  saylab  qo‘yilishi  qoidasini  afzal  bilgan,  lavozimlarga  ma’muriy 
tayinlanishlarga qarshi bo‘lgan. Molikiylik mazhabidagilar Qur’on va Xadis xuquq 
asoslari  sanaladi  deb  hisoblaganlar.  Ular  payg‘ambarga  oid  xadislarnigina  sahih 
deb  tan  oladilar.  Madinaning  savodli  aholisi  yakdillik  bilan  ma’qullagan 
qoidalarnigina  ijmo’  deb  hisoblaydilar.  Xozirda  jahondagi  musulmonlarning  17 
foizi molikiylik mazhabidadir. 
Sunniylikdagi uchinchi diniy-xuquqiy mazhab – shofi’iylik bo‘lib, uning asoschisi 
Abu  Abdulloh  Muhammad  ibn  Idris  ibn  Abbos  ash-Shofi’iy  (767-820)  dir. 

96 
 
Shofi’iylik Qur’on va sunnaga yagona manba sifatida qaraydi. Shofi’iylikka ko‘ra, 
sunna Qur’onni to‘ldiradi, xalos, sunnaning o‘zi qiyoslab o‘rtacha hukm chiqarish 
uchun  asos  bo‘lolmaydi.  Ular  ijmo’dan  foydalanishga  katta  e’tibor  beradilar. 
Hozirda 27 foiz musulmonlar shofi’iy mazhabi yo‘lidan bormoqdalar. 
Sunniylikdagi  to‘rtinchi  mazhab  Xanbaliyadir.  Uning  asoschisi  Abu  Abdulloh 
Ahmad  ibn  Xanbal  (780-855)  dir.  Bu  mazhab  xuquq  tizimining  o‘ta  torligi,  har 
qanday  ko‘rinishdagi  «yangilik»ka  diniy  masalalarda  erkin  fikr  yuritishga 
qarshiligi, shariat me’yorlariga qat’iy, hech qanday o‘zgarishsiz amal qilishi bilan 
ajralib turadi. Mazkur mazhabda Qur’oni karim va xadislarni erkin talqin etishdagi 
har  qanday  urinishlar  qoralanadi.  Xozirda  barcha  musulmonlarning  1,5  foizi 
Xanbaliya mazhabidadir. 
Sunniylikdagi  yuqorida  qayd  etilgan  to‘rttala  mazxab  teng  hisoblanadi.  Bu 
mazhablar diniy xuquq doirasidan chiqmagan holda shariat masalalarida yengilroq 
yoki qattiqroq xukm chiqarishi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Bizning  yurtimizda  azaldan  fiqhda  xanafiylik,  aqidada  esa  motrudiylik 
ta’limotlariga amal qilib kelinadi. 
Islom  dinidagi  yo‘nalishlardan  yana  biri  Shialikdir.  Shi’a  –  arabcha  so‘z  bo‘lib, 
ma’nosi «guruh», «tarafdor» demakdir. Shialikdagi «ja’fariya» mazhabi Islomdagi 
beshinchi diniy-xuquqiy mazhab sanaladi. 
Shialik aslida guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan 
bo‘lsa  ham,  keyinchalik  diniy  ta’limotidagi  tafovut  shaklida  barqarorlashgan. 
Istilohiy  ma’noda  shia  –  Ali  ibn  Abu  Tolib  va  uning  avlodlarini  barchadan  ustun 
qo‘yish  oqibatida  musulmonlaridan  ajralib  chiqqan  yo‘nalish  hisoblanadi.  Ilk 
davrida sunniylikdan faqat rahbarlik masalasidagina farq qilgan shialik, bora-bora 
aqidaviy va fiqhiy masalalarida ham undan ajralib alohida yo‘nalishga aylandi.  
Shialar sunniylar kabi Qur’oni karimni ilohiy deb e’tirof etadilar, ammo dastlabki 
uch  xalifa  davrida  uning  ayrim  qismlari  tushirib  qoldirilgan,  deb  hisoblaydilar. 
Ular  yana  Payg‘ambar  hadislarining  hammasini  e’tirof  etmaydilar,  balki  faqat 
Hazrat  Ali  va  uning  tarafdorlari  tomonidan  rivoyat  qilingan  xadislarnigina  tan 
oladilar.  Ular  shunday  xadislardan  iborat  to‘plam  tuzganlar.  Bu  to‘plam  umumiy 
nom bilan «Axbor» deb ataladi. 
Shialar  Ali  va  uning  avlodlaridan  iborat  12  imom  hokimiyatini  tan  oladi.  Alidan 
boshqa  xalifalarni,  xususan  dastlabki  xalifalar  Abu  Bakr,  Umar,  Usmonni 
hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olgan deb qoralaydilar. 
Sunniylikda e’tirof etilgan 7 ta diniy aqidalardan farq qilib, shialikda 5 ta aqidaga 
e’tiqod  qilinadi.  Bulardan  4  aqida  –  Allohning  yagonaligi,  taqdirga, 
payg‘ambarlarga,  qiyomat-oxirat  kunining  kelishiga  ishonish  asosan  sunniylik 
ta’limoti  bilan  mos  tushadi. 5-  aqida  Imomat  esa  (imomlar  hokimiyatini  e’tirof 
etish) sunniylikka va sunniy halifalar hokimiyatiga zidligi bilan farq qiladi. 

97 
 
Sunniylar  uchun  Makka  va  Madina  shaharlari  ziyorat  va  xajga  boradigan 
muqaddas shahar hisoblanadi. Shialar esa Makka va Madinani muqaddas hisoblash 
bilan  birga  imomlar  dafn  etilgan  shaharlarni  ham  muqaddas  hisoblaydilar  va 
ziyorat qiladilar. 
Shialar  oxirgi  12  –  imom  –  Muhammad  al-Mahdiyni  yashiringan  deb  hisoblab, 
uning qaytib kelishini kutish ular orasida saqlanib kelmoqda. Go‘yo imom Mahdiy 
oxirzamonda  kelib,  Iso  bilan  birga  Dajjol,  ya’juj-ma’juj  va  boshqa  kofirlar  bilan 
urushib,  ularni yengib,  qiyomat-qoyim  bo‘lishdan  avval yerda  adolat  o‘rnatadilar 
deb  ishonadilar.  Shialar  Imom  Xusaynga  motam  tutadilar. «Shaxsey-vaxsey» 
(«Shoh  Xusayn,  voh  Xusayn»)  deb  qichqirib,  o‘zlariga  ozor  berib  ko‘chalarga 
chiqadilar. 
 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling