O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
97800

O   Z B E K IS T O N   R E S P U B L IK A S I  A D L IY A   V A Z IR L IG I 

T O S H K E N T   D A V L A T  Y U R ID IK   IN S T IT U T I

XORIJIY MAMLAKATLAR 

ONSTITUTSIYAVIY (DAVLATI) 

HUQUQI

Oliy o'quv yurtlarining huquqshunoslik 

mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan 

talabalari uchun

O 'Q U V  Q O 'L L A N M A

T o s h k c n t - 2 0 0 6

Toshkent  Davlat  yuridik  instituti  0 ‘quv-uslubiy  Kengashining  2006 

yil  10  sentyabr  1-sonli  qaroriga ko‘ra nashrga tavsiya etilgan.

Xorijiy  mamlakatlar  konstitutsiyaviy  (davlati) 

huquqi:  o'quv  qo'llanma/  Mas'ul  muharrir:  dotsent 

D.Q.Axmedov. -Т.: TDYI nashriyoti, 2006. -514 bet.

Sarlavhada:  O'zbekiston  Respublikasi  adliya 

vazirligi, TDYI.

Mualliflar jamoasi:

dotsent D.Q.Axmedov -  Kirish, 6, 7,  8 ,9 ,3 7 , 38, 39,40, 41,

42-boblar.

yu.f.n., dotsent, S.M.Xidirov -   1,2, 3, 4, 32,  34-boblar.

yu.f.n., dotsent, G.R-Malikova -  4 3 ,4 4 ,45-boblar.

yu.f.n., A.B.Cho'liyev - 2 6 ,2 7 ,28-boblar.

kat. o'qt. U.J.Xotamov -  35-bob.

kat. o'qt. A.E.Raxmanov -  36-bob.

o'qt. SH.X. Zulfiqorov -11, 20,23, 30-boblar.

o'qt. I.R.Bekov -  16-bob.

o'qt. SH .G '.A sadov- 10,  14,  15, 24, 33-boblar.

o'qt. A.M.Hoshimhonov -  5,  12,21, 31-boblar.

o'qt. SH. Nazarov-  17-18-19-boblar

m ag. U.SH.Husainov -4 ,  13,22, 29-boblar.

mag. A.D.Axmedov - 34-bob

Taqrizchi: yuridik fanlar doktori 

I.A.Hamedov

yuridik fa n  lari nomzodi,  dotsent 

M.K.Najimov

Mazkur o'quv qo'llanmada Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy (davlati) 

huquqi fanining tushunchasi, predmeti, manbalari, uni o'rganish uslublari, inson 

va  fuqarolaming  asosiy  huquq  va  erkinliklari,  Xorijiy  mamlakatlarda  davlat 

boshlig'i,  qonunchilik,  ijro,  sud  hokimiyatlarining  tuzilishi  va  faoliyati  kabi 

masalalar  yoritilgan.  O'quv  qo'llanma  bakalavr  bosqichi  talabalariga, 

magistrant,  aspirant  va  yuridik  oliy  o'quv  yurtlari 

o'qituvchilariga, 

mutaxassislarga,  shuningdek,  davlat  huquqi  va  boshqaruvi  masalalariga

NAMANGAN  D/ V I  AT

UNIVERSIT IT!

A h b o r o t - r e s u r s  

n

,5 ; k a i l



© Mualliflar jamoasi. 

S l'^ o O ?   5

© Toshkent davlat yuridik instituti, 2006-yil.

KIRISH

Mamlakatimizda  olib  borilayotgan  barcha  ijtimoiy  islohotlarning 

negizida  asosiy  bosh  g 'oya  qilib  yurt  tinchligi  va  xalq  farovonligi  maqsad 

qilib  olingan  ekan,  shubhasiz,  xalqaro  maydondagi  tajribalarni  o'rganish 

va  tegishli  xulosalar  chiqarish  orqaii  bu  maqsadlarga  osonroq  va jadaliik 

bilan erishish  mumkin.

Xalqaro  huquqning  umumc'tirof  etilgan  qoidalarining  ustuvorligini 

tan  olgan  hamda  unga  o g ’ishmay  amal  qilayotgan  demokratik  davlat­

laming  konstitutsiyaviy  huquqini  o'rganish  orqaii  birinchidan  milliy 

huquqni  yanada  rivojlantirish  inikoniga  ega  bo'lsak,  ikkinchidan  ushbu 

davlatlaming  mavjud  ijtimoiy  (konstitutsiyaviy;  tuzumi  haqidagi  tasav- 

vurlarimiz  xalqaro  va  millatlararo  do'stlik  rishtalarining  mustahkam- 

lanishiga  asos  soladi.

Davlat  va jam iyat  hayotini  erkinlashtirish,  inson  va  fuqarolar  huquq 

va  erkinliklarining  kafolatlari  mexanizmini  yaratish  borasida  jahondagi 

yetakchi  davlatlardan  andoza  olishimiz  bilan  birga  ming  у illardan  beri 

shakllangan  milliy  urf-odat  va  an'analar,  ajdodlarimizning  boy  merosini 

o'zlashtirgan  holda jamiyatimizni  yanada demokratlashtirish  imkoniga ega 

bo'lamiz.  Shuning  uchun  ham  ushbu  “Xorijiy  mamlakatlar  konsti­

tutsiyaviy  huquqi”  qo'llanmasi  respublikamiz  konstitutsiyaviy  huquqini 

o'zlashtirishga  imkon  beribgina  qolmay,  shu  huquq  sohasini  yanada 

rivojlanishiga  o 'z   hissasini  qo'sha  oladi.  Qo'llanma  hammualliflik  asosida 

yaratilgan  bo'lib, 

taniqli  huquqshunos  olimlar  bilan 

bir  qatorda 

konstitutsiyaviy  huquq  sohasida  ilmiy  izlanishlar  olib  borayotgan  yoshlar 

ijodi  ham ushbu  darslikdan o'rin  olgan.

Qo'llanmaning  mazmunidan  jam iyat  va  davlat  hayotining  asosiy 

tomonlarini  qamrab  oluvchi  konstitutsiyaviy  huquq  institutlariga  batafsil 

to'xtalib o'tilganiga guvoh  bo'lamiz.

Bunda  nafaqat  eng  rivojlangan,  balki  rivojlanayotgan  mamlakatlami 

ham  o'rganishga  sazovor  jihatlari  turli  misollarda  ko'rsatib  o'tiladi. 

Qo'llanmaning  asosiy  mazmuni  bevosita  konstitutsiyaviy  huquq  fanining 

predmeti  bilan  bog’liq  asosiy  tamoyillar,  institutlar hamda konstitutsiyaviy 

huquqiy  munosabatl&r  va  ulami  tartibga  soiuvchi  normalaming  huquqiy 

analiziga keng e’tibor qaratilgan.

Shubhasiz,  konstitutsiyaviy  huquqning  mazmuni  inson  va  fuqa­

rolarining  asosiy  huquq  va  erkinliklariga  qaratilgani  bejiz  emas,  negaki 

shaxslarning  faktik  holati  jamiyat  va  davlat  hayotini  aniq  tasavvur  qila 

olamiz.  Inson  va  fuqarolarning  huquqiy  holatiga  tegishli  mavzu xalqaro  va

з


milliy  huquq  normalarining  tahlili  bilan  berilgan.  Davlat  boshqaruv 

shakllari,  davlat  tuzilish shakli,  xorijiy  mamlakatlarda parlament,  hukumat, 

davlat  boshlig' ining  maqomi,  sud  hokimiyati  va  unga  ko'maklashuvchi 

organlarning  faoliyati  keng qamrovli  yoritilgan.

Mazkur 

o'q uv 


qo'llanma 

talabalarning 

xorijiy 

mamlakatlar 

konstitutsiyaviy  huquqi  haqida  bilim  va  tasavvurlarini  oshirishga  xizmat 

qiladi.


4

1-bob.  Xorijiy  m am lakatlar (konstitutsiyaviy)  davlat  linquqi  fiinining 

predm eti,  o'rganish  usullari va  tizimi

1-§.  “Xorijiy  m am lakatlar  konstitutsiyaviy  (davlat)  liuqiHp" 

fanining  tushunchasi  va predmeti

2-§.  «K onstitutsiyaviy  huquq»  terminining  vujudga  kelishi: 

«K onstitutsiyaviy huquq» va «Davlat  huquqi» tushunchalari

3-§.  K onstitutsiyaviy  huquqning  3  ma'noda  qo'llanilishi:  huquq 

tarinog'i,  fan  va  o'qu v  kursi  sifatida

4-§.  Xorijiy  m am lakatlarda  konstitutsiyaviy  huquq  tizimi

5-§.  K onstitutsiyaviy-huquqiy  munosabatlar

l-§.  “Xorijiy  m am lakatlar  konstitutsiyaviy  (davlat)  huquqi” 

fanining tushunchasi va  predmeti

Har  qanday  mamlakatning  huquq  tizimida  konstitutsiyaviy  huquq­

ning o'ziga xosligi  uning alohida tartibga solish  predmeti  bilan  belgilanadi. 

Birinchi  navbatda  biz  konstitutsiyaviy  huquq  normalari  nimalami  tartibga 

solishini  aniqlab olishimiz lozim.

Konstitutsiyaviy  huquq predmeti.

  Hech  bir  davlatda  yagona  huquq 

sohasi  mavjud  bo'lishi  mumkin  emas.  Har  bir  davlatning  huquq  sohalari, 

tarmoqlari  o 'z   xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi.  Ammo,  barcha  huquq 

tarmoqlari  uchun konstitutsiyaviy  huquq asos hisoblanadi.

Barcha  davlatlarning  koristitutsiyaviy  huquqi,  avvalo,  tartibga  solish 

predmeti  bilan  ajralib  turadi.  Masalan,  barcha  huquqiy  munosabatlar  -  

avvalo  ijtimoiy  munosabat  hisoblanadi.  Masalan,  oila  huquqi  ota-ona, 

farzandlar orasidagi  munosabatlarni  tartibga soladi.  Yer huquqi yer egaligi 

va yerdan  foydalanish  qoidalarini  o'zida  mujassam  etadi.  Demak,  konkret- 

aniq  ijtimoiy munosabatlarni  huquqiy  tartibga solish.

Konstitutsiyaviy  huquq  predmeti  esa  murakkab,  shuningdek,  ularni 

aniqlash  qiyinroq  kechadi.  Umuman,  konstitutsiyaviy  huquq  predmeti 

deganda,  shunday  ijtimoiy munosabat tushuniladiki,  ular davlat, jamiyat va 

shaxs  o'rtasidagi  munosabatlar  vechimini  topishda,  davlat  hokimiyatini 

amalga oshirishda vujudga  keladi.

Ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solishda  davlat  huquqiy  normalarni 

doimiy  ravishda  ijod  qiladi.  Ushbu  normalar  maxsus  apparat  yordamida 

majburiy  asosda  qo'llanishi  ta'minlanadi.  Xuddi  shu  huquqiy  normalar 

tizimida  shunday  asosiy  normalar  ajralib  turadiki,  shular  asosida  davlat 

mexanizmi  ta'minlanadi.  Xuddi  shu  normalar  konstitutsiyaviy  huquqning 

asosi  hisoblanadi.

5


Konstitutsiyaviy 

huquq 


tomonidan 

tartibga 

solinadigan 

va 


niustahkamlanadigan  ijtimoiy  munosabatlar,  ijtimoiy  tuzum  va  uning 

asoslari,  jamiyatning  siyosiy  va  iqtisodiy  negizlari,  jamiyat  ijtimoiy 

tuzilishi  (aholi  qatlamlari)  shaxslaming  huquqiy  holati;  jamiyat  va  davlat 

siyosiy  rejimi,  davlat  tuzilishi,  boshqaruv  shaklini  belgilanishi,  bular 

barchasi  konstitutsiyaviy  huquq  institutlaridir.  Shundan,  kelib  chiqib, 

konstitutsiyaviy  huquqni  ta'riflash  lozim.  Davlat  hokimiyatini  amalga 

oshirishda  va  amalga  oshirish  jarayonida  vujudga  keluvchi  ijtimoiy 

munosabatlarini 

tartibga 

soiuvchi 

yuridik 

normalar 

yig’indisiga 

konstitutsiyaviy  huquq  deyiladi.

Konstitutsiyaviy  huquq  normalari  qolgan  barcha  huquq  tarmoqlari 

uchun 


asos 

hisoblanadi 

va 

bundan 


kelib 

chiqib, 


ular  huquqiy 

munosabatlarni  tartibga soladi.



2-§.  «K onstitutsiyaviy  huquq»  term inining  vujudga  kelishi: 

«K onstitutsiyaviy huquq» va  «Davlat huquqi»  tushunchalari

Xorijiy  mamlakatlar  konstitutsiyaviy  huquqi  XVIH-XIX  asrlarda 

mustaqil  huquq  hamda milliy  huquqning avtonom,  (alohida) sohasi  sifatida 

yuzaga  kelgan.  Bu  hoi  konstitutsiyaviy  huquqning  o'ziga  xosligi 

(spetsifikasi)  hamda  ijtimoiy  yo'naltirilganligi  bilan  bog'liqdir,  ya'ni 

konstitutsiyaviy  huquq  inson  manfaatlarini  davlat,  uning  organlari  va 

mansabdor  shaxslar  tomonidan  bo'ladigan  turli  g'ayrihuquqiy  tajovuz- 

lardan  muhofaza etishgayo'naltiriladi.



"Konstitutsiyaviy huquq"

  va 


"davlat huquqi”

  terminlari  (atamalari) 

ko'pgina  hollarda  sinonim  hisoblanib,  matnlarda  ulardan  qaysi  birini 

qo'llash 

mamlakat 

leksekologiyasida  so'zlarni 

ishlatishning  milliy 

an’analariga  bog'liq  bo'ladi.  Masalan,  anglo-sakson  va  roman  huquqiy 

tizimlarida  an'anaviy  tarzda  "konstitutsiyaviy  huquq"  atamasi  qo'llanilsa, 

german  huquqiy  tizimida esa "davlat huquqi"  termini  qo'llaniladi.

Ammo  bu  masalani  yanada  batafsilroq,  yanada  chuqurroq  ko'rib 

chiqadigan  bo'lsak  ushbu  terminlar  o'rtasidagi  mazmun jihatdan  farqlarni 

mavjudligiga amin  bo'lamiz.

Ma'lumki,  XIX  asr  boshlarida  Buyuk  Britaniya,  AQSH  va  Fran­

siyada  konstitutsiyaviy  tuzum  qaror  topgan.  Hokimiyatning  taqsimlanishi 

va  inson huquqlarining sud tomonidan muhofaza etilishi uning belgilaridan 

hisoblanadi.  Germaniyada  esa  bu  hoi  bir  m uncha  keyinroq  yuz  bergan. 

Hozirgi  paytda,  Germaniyada  ham  bir  muncha  torroq  ma'noda  bo’lsa-da, 

"konstitutsiyaviy  huquq" 

termini  qo'llanilmoqda. 

Bundan  tashqari, 

Germaniya  yuridik  oliy  o'q uv  yurtlarida  o 'q u v   predmetini  (kursini)



belgilash  uchun  ko'pincha  "ommaviy  huquq"  (publichnoye  pravo)  yoki 

keng  ma’nodagi  "davlat  huquqi"  terminlari  ishlatiladi.  Keng  ma’nodagi 

"davlat  huquqi”  ma'muriy  huquq,  sud  huquqi  hamda  huquqining  boshqa 

yana  bir  qancha  sohalarini  qamrab  oladi.  Tor  ma'noda  davlat  huquqi  esa, 

ya'ni  konstitutsiyaviy  huquqning  aynan  o'xshashi,  ommaviy  huquqning 

asosiy  qismi  sifatida  ko'rib chiqiladi.

Yuqorida  biz  "davlat  huquqi"  bilan  "Konstitutsiyaviy  huquq” 

tushunchalarini  o'zaro  sinonim,  ya'ni  o'z aro  o'xshash,  bir-birining  o'rnida 

ishlatilishi  mumkin  bo'lgan  tushunchalar  deya  ta’riflagan  bo’ lsak-da, 

ammo  ba'zi  bir  adabiyotlarda  ulaming  o'rtasidagi  farqlarga  nisbatan 

boshqacha  nuqtai  nazarlar  ham  mavjudligi  xususida  fikrlar  uchrab  turadi. 

Masalan,  germaniyalik  konstitutsiyashunos  olim  Konrad  Xessening 

fikricha,  konstitutsiya  davlat  tizimi  o'matilishi  bilan  cheklanib  qolmaydi, 

balki  nodaviat  hayot qurilishi  asoslarini  ham  qamrab oladi  (nikoh,  mulk  va 

boshqalar),  zero,  "konstitutsiyaviy  huquq"  faqat  davlat  huquqining 

mazmun-mohiyatini  anglatuvchi  "davlat  huquqi"ga  qaraganda  keng 

qamrovliroqdir.  Boshqacha  tomondan  qaralganda  esa  "konstitutsiyaviy 

huquq"  ma'muriy  va  protsessual  huquqni  o'zida  mujassam  etgan  "davlat 

huquqi”ga nisbatan  birmuncha cheklangan  tuyuladi.

Hozirgi  kunda  faqat  sanoqli  davlatlargina  "davlat  huquqi"  atamasini 

ishlatadilar.  Juda  k o'p  davlatlar  esa  o 'z   huquqining  asosini  tashkil  etuvchi 

sohasini  o 'z   hududlarida  konstitutsiyaviy  tuzum  qaror  topgan  yoki 

topmaganligidan  qat'i  nazar,  "konstitutsiyaviy  huquq"  termini  bilan  ifoda 

etadilar.

Shu  sababdan,  bundan  keyin  matnlarning  tushunilishini  yengillash- 

tirish  maqsadida,  ko'rib  chiqilayotgan  huquq  sohasini  “xorijiy  (chet) 

mamlakatlar konstitutsiyaviy  huquqi4’ termini  bilan  ataymiz.

3-§.  Konstitutsiyaviy  huquqning  3  m a’noda  qo'Uanilishi:  huquq 

tarm og'i, fan va o'quv  kursi sifatida

Konstitutsiyaviy  huquq  -   davlat  tuzilishini  mustahkamlovchi,  jam i­

yatning buguni  va kelajagini  belgilovchi, jam iyat va shaxs munosabatlarini 

tartibga  soluvchi  inson  va  fuqarolaming  huquqlarini  hamda  ma'muriy- 

hududiy  tuzilishini  belgilovchi  davlat  organlari  tizimi,  ular  faoliyatining 

eng  muhim  jihatlarini  mustahkamlovchi  huquqiy  normalar  yig'indisidir. 

Ammo  biz  keltirib  o'tgan  “xorijiy  mamlakatlar  konstitutsiyaviy  huquqi’ ni 

hech  bir  davlatda  alohida  huquq  tarmog'i  sifatida  mavjud  bo'ladi  deya 

olmaymiz.  “Xorijiy  mamlakatlar konstitutsiyaviy  huquqi”  faqatgina  fan  va 

o 'q u v   kursi  sifatida  gavdalanib,  har  bir  mamlakat  huquq  tizimidagi

7


konstitutsiyaviy  huquq  tarmog'ini  o'z ida inujassamlashtiradi.

Konstitutsiyaviy  huquq  fanining  mazmuni  (predmeti)  Konstitutsi­

yaviy  huquq  fani  konstitutsiyaviy-huquqiy  me'yorlar,  tamoyillar  va  muas- 

sasa  (institut)lar,  shuningdek,  ular  tartibga  soladigan  yoki  tartibga  solishi 

lozim  va  mumkin  bo'lgan  ijtimoiy  munosabatlarni  o'rganadi.  Fan, 

shuningdek,  konstitutsiyaviy-huquqiy  me'vorlarni  amalda  tatbiq  qilishni 

ham  o'rganadi,  ularni  rivojlantirish  qonuniyatlariga  erishish,  qonun 

chiqaruvchi  va  huquqni  ro'yobga  chiqaruvchi  (ijrochi)ga  tegishli  huquqiy 

normalarni  takomillashtirish  va  qo'llash  bo'yicha,  alohida  shaxslarga  esa -  

ulardan  foydalanish  haqidagi  asosli  tavsiyanomalar  berishga  intiladi.  Bu 

maqsadda  konstitutsiyaviy  huquq  tadqiqotchilari  tomonidan 

ishlab 


chiqilgan  nazariya va qarashlar,  ulaming rivojlanishi  (evolutsiyasi)ga  ta’sir 

ko'rsatuvchi  shart-sharoitlar  o'rganiladi,  ya’ni  mazkur  fan  o'z-o'zini 

o'rganadi.

Chet  el  konstitutsiyaviy  huquqi  fani  ham  hozirgi  zamonda, 

dunyodagi  konstitutsiyaviy  huquqning  taraqqiyot  qonunlari  va  umumiy 

tendensiyalarni  aniqlash  hamda  mamlakatda  topilgan,  muvaffaqiyat 

qozongan  konstitutsiyaviy  huquqiy  qarorlardan  tegishli  tarzda  foydalanish 

yoki  o'sha  mamlakatlarda  y o 'l  qo'yilgan  xatolarni  chetlab  o'tish  kabi 

maqsadlarni  ko'zlab  boshqa  mamlakatlar tajribasini  o'rganishga  qaratilgan 

ma'lum  bir mamlakat konstitutsiyaviy  huquq  fanining bir qismidir.

Konstitutsionalist-tadqiqotchilaming  ixtiyorida  bo’lgan  metodologik 

(uslubiy)  unsurlar  ancha  keng. 

Albatta,  boshqa  yuridik 

fanlarda 

bo’lganidek,  konstitutsiyashunoslikda  tadqiq  etilayotgan  m e’yoriy  hujjat 

( material)ning  mazmunini  aniqlab  olish  uchun  zarur  bo'lgan  rasmiy- 

mantiqiy 

tahlil 


usuli 

keng 


qo'llanilmoqda. 

Buni 


o'rganilayotgan 

konstitutsiyaviy-huquqiy  hodisalar  keltirib  chiqarilgan  tarixiy  shart- 

sharoitlarni  aniqlashi  ko'z da  tutuvchi  tarixiy  yondashuv  ham  taqozo 

etmoqda.  Konstitutsiyaviy-huquqiy  qarorlar  (yechimlar)ning  ijtimoiy 

samarasini  belgilash 

tub  sotsiologik  tadqiqotlarsiz, 

sud  amaliyoti 

statistikasi  va  hokazolarsiz  hech  bir  ma'no  kasb  etmaydi.  Tadqiqot 

vazifalarining  bunday  shakldaligi  unga  nisbatan  sistemali  yondashuvni 

talab etadi.

Mazkur  fanda,  qiyosiy  komparativ  tadqiqot  uslubi  muhim  ahamiyat 

kasb  etadi.  Ijtimoiy  munosabatlaming  konstitutsiyaviy-huquqiy  jihatdan 

tartibga  solinishi  shunday  bir  tadqiqot  obyektidirki,  unga  nisbatan 

qo'llaniladigan  tajribadan  foydalanish  sohasi  o 'ta   tordir,  bu  tushunarli. 

Boshqa  mamlakatlar  esa  tajriba  sifatida  ko'rilishi  mumkin  va  turli 

mamlakatlar 

tajribasining 

o'xshash 

muammolami 

hal 


etishda,

taqqoslanishi  nalijasida  eng  m a q h u l  variant  (yo'l)ni  topib  olish  mumkin 

bo'ladi.  Qiyoslash  uslubi  mutaxassislarini 



komprativistlar'

  deb atashadi.

Umuman  konstitutsiyaviy  huquq  tadqiqotchilari,  ayniqsa.  xorijiy 

konstitutsiyaviy  huquqni  tadqiq  etuvchilar  faqat  yuridik  fanni  emas,  balki 

bir-biriga  bog'liq  b o 'l g a n   fanlar  yutuqlari  zahirasiga  ega  bo'lishlari  lozim. 

Eng  avvalo,  bu  siyosat  haqidagi  nazariy  va  amaliy  fanlar  majmui  bo'lgan 

siyosatshunoslik, 

shuningdek, 

ijtimoiy 

psixologiya 

(ruhshunoslik) 

fan laridir.

Konstitutsiyaviy  h u quq  fani  nisbatan  ancha yosh  fandir.  U  faqat  XIX 

asrning  birinchi  yarm ida,  ya'ni  qolgan  boshqa  huquqshunoslik  tan lari 

(fuqarolik,  jinoyat, 

protsessual 

huquqlar)dan  ancha  keyin  falsafa, 

sotsiologiyadan  ajralib  chiqdi.

Feodalizmga  qarshi  kurash  davrida  demokratiya  ideologlari  bo’lgan 

G.Grotsiy,  B.Spinoza,  T.Gobbe,  SH.Monteskye,  D.Lokk,  J.J.Russo  va 

boshqalar  konstitutsiyaviy  h uquqning  muhim  konsepsiyalari:  konsti- 

tutsionalizm,  xalq  mustaqilligi,  xalq  vakilligi.  hokimiyatning  bo'linishi 

(taqsimlanishi),  insonlarning  tabiiy,  ajralmas  huquqlarini  ilgari  surdilar  va 

asoslab  berdilar.  Bu  nazariyalar  feodalizmni,  dispotizm  va  zulm- 

zo'ravonlikka  asoslangan  ijtimoiy  tuzum   sifatida  tugatish  (yo'q  qilish) 

ning  mafkuraviy  asosi  bo'lib  xizmat  qilgan,  aksil  feodal  siyosiy 

kuchlarning  tashkiliy  birlashuviga  katta  yordam  bergan.  Feodalizmga 

qarshi  inqiloblar  davrida  konstitutsiyaviy  tuzum  va  uni  rasmiylashtiruvchi 

konstitutsiyaviy 

huquq, 


nazariyotchilar  tomonidan 

ishlab  chiqilgan 

demokratik  g'oyalarga yuridik  shakl  beruvchi  konstitutsiyaviy  huquq  ham 

shakllana boshladi.

Keyinchalik  huquqshunos  olim lar  yangi  konstitutsiyaviy-huquqiy 

me'yorlarni  sharhlashga  katta  aha m iya t  qaratdilar.  B unga  misol  sifatida 

taniqli  ingliz  huquqshunosi,  X V III-X IX -  asrlarda  yashagan,  4 jildli  (tom) 

"Ingliz  qonunlariga  sharhlar"ni  y o z g a n   olim  U.  Blekstonni  keltirishimiz 

mumkin.  Aynan  o ’ sha davrda konstitutsiyaviy huquq  fani yuzaga keladi.

XlX-asrda  bir  qator  huquqshunos-konstitutsionalistlaming  ko'plab 

asarlari  paydo  b o 'la   boshlaydi.  U.Bedjgot,  T.Mey,  A.Daysi,  D.Mill  kabi 

huquqshunos  olimlar-  B uyuk  Britaniyada,  A.Esman,  A .D e  Tokvil 

Fransiyada,  U.Uilloubi-  AQShda,  V.Loband,  R.Gneyst-  Germaniyada 

o ’zlarining  fundamental  asarlarida  konstitutsiyaviy  huquqning  klassik 

(mumtoz)  nazariyasi,  jum ladan,  parlamentarizm,  huquqiy,  ijtimoiy  va 

demokratik  davlat  kabi  konstitutsiyaviy-huquqiy  doktrina  (ta’limotni) 

yaratdilar.

K o m p r a ti v -   ( l a t . )  q i y o s iy ,  t a r i v i y - q i y o s i y .



XX-asrning  boshlarida  L.Dyugi,  M.Orid  (Fransiya),  V.Orlando 

(Italiya),  D.Brays,  S.Lou  (Buyuk  Britaniya),  G.Yellinsk  (Germaniya)  kabi 

olimlar  konstitutsiyaviy  huquq  nazariyasi  taraqqiyotiga  salmoqli  hissa 

qo'shdilar.  Ularning  huquqiy  qarashlarida  sintiy  bo'lmagan  demokratiya, 

birdamlik  g'oyalari  bilan  bir  qatorda  parlamentlar  roli  (tutgan  o'rni)ni 

chegaralash, 

hukumatlarning 

qonunchilikdagi 

ishtiroklari, 

"kuchli 


hokimiyat"  g'oyasi  va  hokimiyatni  kuchaytirishning  zarurligi  haqida  fikr- 

mulohazalar yuzaga kela  boshladi.

Fransiyada J.Bvurdo,  M.Dyuverje,  M.Prelo. J.Vedel,  M.Lesaj,  Buyuk 

Britaniyada  A.Jennings,  X.Fillips,  D.Makkintosh,  D.Marshall,  P.Bromxed, 

AQShda 

R.Paund, 



E.Korvin, 

G.Kelzek, 

K.Levenshteyn, 

L.Trayb, 

Germaniyada  T.Mauns,  G.Navyaski,  K.Xesse,  K.  Fon  Bovme,  K.Shtem 

kabi  olimlar  hozirgi  zamon  Farb  konstitutsiyaviy  huquqining  ulkan 

namoyondalari  hisoblanadi.  Ularning  asarlarida  jamiyat  taraqqiyotining 

hozirgi  bosqichi,  jum ladan  ilmiy-texnikaviy  taraqqiyotining  ijtimoiy 

hayotga  ta'siri  bilan  bog'liq  bo'lgan  ta'limot (nazariya)lar  ishlab  chiqilgan. 

Shu  munosabat  bilan  hukmron  elita,  texnokratiya  va  boshqa  ko'ptikrlilik 

demokratiya nazariyasini  aytish  mumkin.

Yuqorida  sanab  o'tilgan  nomlar  bilan  hatto  aytib  o'tilgan  davlat- 

larning  ham  konstitutsiyaviy  huquq  muammolarini  ishlab  chiqqan 

muallitlarining  nomini  aytib  oxiriga  yetkazish  qiyin.  Qolaversa,  Farb 

konstitutsiyaviy  huquq  fani  ayrim  mamlakatlar  taraqqiyotining  milliy  va 

tarixiy  xususiyatlari,  turli  falsafiv  oqimlarning  ta'siri  bilan  bog'liq 

ko'pchilik  maktablar  va  kichik  maktablar  borligi  bilan  ham  xarakterlidir. 

Ba'zan  esa  konstitutsiyaviy  huquq  fani  siyosatshunoslik  fani  bilan 

bog'lanib  ketadi.  Chunki  bu  tabiiy,  zero,  siyosatshunoslikning  predmeti 

konstitutsiyaviy  huquqni 

tartibga  soiuvchi  haqiqiy  yoki  ehtimoliy 

predmetni  ko'rsatuvchi  jamiyatdagi  siyosiy  munosabatlar  ekanini  hisobga 

oladigan 

bo'lsak, 

konstitutsiyaviy 

huquqning 

haqiqatan 

ham 


siyosatshunoslik  bilan  bog'langanligini ko ’ramiz.

Xorijiy  sotsialistik  mamlakatlarga  keladigan  bo'lsak,  u  holda  bunday 

mamlakatlarda 

kommunistik 

partiyalar  va 

totalitar 

siyosiy 

rejim 


(tuzum)larning  o'matilganligi  konstitutsiyaviy  huquq  fanining  oshkora 

rivojlanish  imkoniyatiga  barham  beradi.  Bu  mamlakatlarda  xuddi  boshqa 

fanlar  kabi  e'tirof  etilgan  marksizm-leninizm  aqidalariga  rioya  qilishi 

majburiy  edi  (masalan,  Xitoyda  Mao  Szedun  g'oyalari,  KXDRda 

marksizm-leninizmning 

chuchxe-koreys

  usulidagi  g'oyalar).  Faqatgina 

shu  aqidalar  negizida  qandaydir  nazariy  qarashlarni  rivojlantirishga  yo'l 

qo'yilar  edi.  Zotan  fan  bunday  sharoitda  hech  qayerda  mavjud  bo'la

10


olinaydi.

Bu  mamlakatlarning  ko’pchiligida  totalitar tuzumga  qarshi  inqiloblar 

g'alabasidan  so 'n g   jamiyat  haqidagi  fanlar,  jumladan,  konstitutsiyaviy 

huquq  fanining  qayta  tiklanishi  va  rivojlantiri 1 ishi  uchun  imkoniyatlar 

varaiildi va ulardan  foydalanihnoqda.



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling