O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


moddaning  3,4-qismlarida  qonun  chiqamvchilar  zimmasiga,  nikohdan


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54

moddaning  3,4-qismlarida  qonun  chiqamvchilar  zimmasiga,  nikohdan 

tashqari  tug'ilgan  bolalar  uchun  qonuniy  tuzilgan  oilalarda  tug'ilgan 

bolalar  ega  bo'lgan  huquqlarga  mos  holda  barcha  yuridik  (huquqiy)  va 

ijtimoiy  (sotsial)  muhofazasini  ta'minlash  va  otalikni  belgilash  uchun 

qoida va chegaralarni  o'matishlikni  belgilaydi.

Polsha 

Konstitutsiyasining 

72-moddasi 

yangi 

tug'ilgan 

bola 

huquqlarini  tartibga  soladi  va  bolalar  huquqi  bo'yicha  vakolatli  institut 

(muassasa)ni  tashkil  etishni  ko'zda  tutadi.  Va  nihoyat,  1991  yildagi 

Slovakiya 

Konstitutsiyasining 

56-moddasida 

bolalaming 

alohida 

muhofaza  va  g'amxo'rlikdan  to'la  foydalanishlari  belgilab  ko'yiladi. 

Bolalar  yoshlarining  ulg'ayishi  va  balog'atga  yetishlari  munosabati  bilan 

asosiy  inson  huquqlari  va  erkinliklaridan  foydalanadilar.  Bolalarga 

iqtisodiy,  ijtimoiy, jismoniy, ruhiy,  ma'naviy va boshqa turli jihatdan ezish 

(ekspluatatsiya) 

va 

suiste'molliklardan 

alohida 

muhofaza 

qilish 

kafolatlanadi.  Davlat  kattalarning  g'amxo'rligi  va  yordamidan  mahrum 

bo'lgan  bolalar  va  balog'atga  yetmagan  o'smirlar  uchun  ham  alohida 

maxsus himoyani kafolatlaydi.

Xitoydagi  murakkab  demografik  vaziyat  hozirda  amalda  bo'lgan 

konstitutsiya  tuzuvchilarni  quyidagi  m e’yorlami  konstitutsiyaga  kiritishga 

undadi:  “Davlat  aholi  o'sishini  iqtisodiy  va  ijtimoiy  taraqqiyot  rejalariga 

muvofiqlashtirish  maqsadida  tug'ilishni  rejalashtirishni  joriy  qiladi”  (25-

86


modda);  "Er-xotinlar  tug'ilishni 

rejalashtirishga  majburdirlar”  (49- 

moddaning 2-qismi).

Shuning  bilan  bir  vaqtda,  jamiyatimizda  axloq  me'yorlarining 

cho'kishini 

hisobotga 

olib, 

o'sha 

XXR 

Konstitutsiyasining 

49- 

moddasidagi  uchinchi  va  to'rtinchi  qismlardagi  quyidagi  holatlarga  e'tibor 

qaratmaslik mumkin emas:

“Ota-onalar  balog'atga  yetmagan  bolalarni  moddiy  ta’minlash  va 

tarbiyalashga,  balog'atga  yetgan  farzandlarni  esa  ota-onalarini  moddiy 

saqlash  (ta’minlash)  va  ularga  yordam  berish  (qo'llab-quvvatlash)ga 

majburdirlar.

Nikoh  erkinligini  buzish  (unga  xilof  ish  tutish)  keksalar,  ayollar  va 

bolalarga rahmsizlarcha tnunosabalda  bo'lish taqiqlanadi”.

5-§.  Ijtim oiy  ta'm inot,  sog'liqni  saqlash  va  ekologiya  sohalarida 

davlat siyosati

Insonni  o' t ab  turgan  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  muammosi 

hozirgi  kundagi  eng  dolzarb,  jiddiy  uniiiminsoniy  (global)  muammolar 

qatoriga  ko'tarilgan,  zero,  uning  ifloslanishi  shunday  keng  miqyosni 

egallaganki,  bugungi  kunda  insoniyatning  yer  yuzida  mavjud  bo'lishi  ham 

xavf  ostida  turibdi.  So'nggi  ikki-uch,  o'n  yillik  ichida  qabul  qilingan 

konstitutsiyalarning  hech  biri  bu  muammoni  chetlab  o'tmaganligi  bejiz 

emas.  Konstitutsiyaviy  me'yor  (holat)lar  davlat  zinmiasiga  tashqi 

nuihitning  saqlab  qolinishi  va  yaxshilanishi, jismoniy  va  yuridik  shaxslar 

zimmasiga  esa  ularning  ishlab  chiqarish  va  boshqa  turli  faoliyatlarida 

ekologiya  talablariga qat'iy amal qilish  majburiyatlarini yuklaydi.

Tabiatdan  samarali  foydalanish  muammosi  hamda  tashqi  muhitni 

muhofaza  qilish  muammolari  bitishib  ketadi  (ya'ni  chambarchas  bog'liq), 

zero  tabiat  resurslari  (zahira)ning  vaxshiylarcha  talon-taroj  etilishi,  ularni 

o'ylab  netmay  sovurilishi  kelajak  avlodlarga  o'm ini  to'ldirib  bo'lmas 

darajada  katta  zarar  ziyon  yetkazadi,  tabiat  tomonidan  insoniyat  uchun 

in'om  etilgan  ko'pdan  ko'p  ne'matlardan  mahram  qiladi.  Shuning  uchun 

ham 

tabiat 

ne’matlaridan 

samarali 

foydalanish 

tez 

sur'atlarda 

konstitutsiyaviy m e’yorlarga (ko'rsatmalaiga) aylanib bormoqda.

Ushbu  mavzuning  konstitutsiyaviy  tartibga  solinishiga  misollar 

keltiramiz:

Agar  1947  yil  Italiya Konstitutsiyasi,  1949  yildagi  Germaniya Asosiy 

qonuni  ekalogiya  muammosini  o'sha  paytda  ko'ra  olmagan  bo'lsa,  1978 

yilda  qabul  qilgan  Ispaniya  Konstitutsiyasining  45-moddasida  bunday 

belgilab qo'yilgan:

87


1.  Ommaviy  (umumiy)  hokimiyatlar  zarur  bo'lgan  jamoatchilik 

birdamligi,  ko'magiga  tayangan  holda  yashash  sifatini  himoya  qilish  va 

qayta  tiklash  maqsadida  butun  tabiat  zahiralatidan  unumli  foydalanish 

ustidan  nazorat olib boriladi.

2.  Bundan  oldingi  ine’yor,  ko'rsatmalarga  xilof ish  tutgan  shaxslarga 

nisbatan,  qonunda  belgilangan  muddatlarga  jinoiy  jazolar,  tegishli 

holatlarda esa  ma'muriy jazolar  belgilanadi,  shuningdek  keltirilgan  zarami 

to'lash majburiyati  yuklanadi”.

Shunga o'xshash  majburiyatlar  postsotsialistik  konstitutsiyalar orqali 

davlat  va  jamiyat  zininiasiga  yuklab  qo'yilgan.  Bu  ma'noda,  GFRning 

sharqiy  hududlarida  joylashgan  ozod  Saksoniya  davlati  tomonidan  1992 

yil  qabul  qilingan  konstitutsiyani  alohida  ta'kidlash  mumkin.  Uning  hatto 

birinchi  moddasi  Saksoniyani  hayot  va  madaniyatning  tabiiy  negizlarini 

himoya  qilishga  majbur  bo'lgan  demokratik,  ijtimoiy  hamda  huquqiy 

davlat sifatida ta’riflaydi.

Ushbu  konstitutsiyaning  IQ-modda  1-qismiga  muvofiq,  Saksoniya 

davlati  va  unda  istiqomat  qilayotganlarning  barchasiga  kelajak  avlodlar 

oldidagi  o'ta  buyuk  mas’uliyatlardan  kelib  chiqqan  holda,  hayot  negizi 

bo'lgan  tashqi  muhitni  muhofaza  qilishdan  iborat  burch  belgilangan.  Yer, 

havo  va  suv,  hayvonot  va  o'simliklar,  shuningdek,  butun  landshaft 

(manzara,  borliq),  makon  alohida  muhofaza  qilinmog'i  lozim.  Davlat 

xomashyo  zahiralarini  tejamli  ishlatilishi  va  ularning  yangilab  borilishi, 

suv  va  energiyadan  ham  tejamli  foydalanishga  erishishi  lozim.  Ushbu 

moddani  3-qismi  tabiat  go'zalligiga  mahliyo  bo'lish  va  tabiat  qo'ynida 

dam olish huquqining  tan olinishini  ko'zda tutadi,  chunki,  ushbu  me'yor  1- 

qismda  belgilangan  maqsadlarga  zid  emas.  Bu  borada  barcha  uchun 

tog'lar,  o'rmonlar,  dala  bog'lar,  ko'l  va  daryolarga  borish  imkoniyati 

ta'minlanmog'i  lozim.

Ba'zi  konstitutsiyalarda  davlatning,  ba'zan  tashqi  muhitning  ajralmas 

unsuri 

(elementi) 

sifatida  qabul 

qilinadigan 

tarixiy 

va  madaniy 

yodgorliklami  muhofaza  qilish  majburiyat  (burch)i  ham  belgilab 

qo'yilgan.  Masalan,  Gretsiya  Konstitutsiyasining  24-moddasi,  1-qismida 

shunday  deyiladi:  “Tashqi  va  madaniy  muhitni  himoya  qilish  davlatning 

vazifasi 

(burchi)dir”, 

ushbu 

moddaning 

6-qismiga 

muvofiq 

esa 

“yodgorliklar,  shuningdek,  tarixiy  joylar  va  ulaming  tarkibiy  qismlari 

davlat  muhofazasi  ostidadir.  Qonun  ushbu  muhofaza  uchun  zarur  bo'lgan 

mulk  uchun  cheklov  choralari,  shuningdek,  bunday  mulk  egalariga 

beriladigan  to'lovlarning  amalga  oshirilishi  qoidalari  va  tartiblarini 

belgilaydi”.

88


Inson 

hayoti 

va  sog'lig'i 

muhofazasi  ko'pchilik  zamonaviy 

konstitutsiyalar tomonidan jamiyat  va  davlatning  muhim  vazifalaridan  biri 

sifatida  ко'rib 

chiqiladi. 

Braziliya 

Konstitutsiyasining 

196, 

200- 

moddalaridagi  holat  (me'yor)larni  keltirish  mumkin.  Ushbu  moddalarda 

ittifoq,  shtatlar,  federal  okruglar  va  munitsipial  hokimiyatlarning  ijtimoiy 

ta'minot  budjetlaridan,  shuningdek,  yagona  tizim  nazorati  ostida  faoliyat 

ko'rsatayotgan 

boshqa 

jamg'arnialar 

va 

xususiy 

muassasalardan 

moliyalashtiruvchi  yagona  sog'liqni  saqlash  tizimining  uyg'unlashuvi 

ko'zda tutiladi.

Xususiy 

muassasalar  yagona  tizim 

bilan  ommaviy  huquqiy 

shartnoma  va  bitimlar  tuzgan  holda  uni  to'ldirish  mumkin,  shartnoma  va 

bitimlar asosida yagona  sog'liqni  saqlash tizimi  ularga  maqsadli  moliyaviy 

yordamlar  ko'rsata  oladi.  Konstitutsiya  sog'liqni  saqlash  bilan  bog'liq 

muayyan 

ijtimoiy 

munosabatlarni 

tartibga 

solish 

uchun 

tamoyil 

(prinsip)larni  belgilaydi.  Masalan,  qonun  chiqaruvchi  organlar,  to'qimalar, 

xujayralar,  substansiya  (javxar)larni  transplantatsiya  (ko'chirib  o'tkazish) 

qilish  va  tijorat  maqsadlarda  foydalanishning  har  qanday  shaklini 

taqiqlanmog' i  lozim.

Ko'pchilik  konstitutsiyalarda  ushbu  masala  bo'yicha  m e’yorlar  o'ta 

qisqa  shakl  va  mazmunda  tartibga  solingan.  Ruminiya  Konstitutsiyasining 

33-moddasi  2-qismiga  muvofiq  “davlat  orastalik  (gigiyena)  va  ommaviy 

sog'liqni  ta'minlash  uchun  chora-tadbirlami  amalga  oshirishi  lozim 

(shart)”,  3-qismiga  ko'ra  esa  “kasallikka  chalinganda,  nogiron  bo'lib 

qolganda,  onalik va sog'liqni  tiklash  holatlarida tibbiiy  yordam va ijtimoiy 

ta'minot  tizimini  tashkil  etish,  tibbiyot  kasbi  va  parameditsina  (tibbiyotga 

yakin  turuvchi)  faoliyatlarning  amalga  oshirilishi  ustidan  nazorat  va 

shuningdek,  shaxslarning jismoniy  va ma'naviy  sog'liqlarini  himoya qilish 

bo'yicha choralar qonunga muvofiq belgilanadi”.

Bu 

borada, 

Xitoy 

Konstitutsiyasining 

ijtimoiy 

hayotni 

davlatlashtiri 1 ishini  tavsiflovchi  21-moddasida  keltirilgan  holat  qiziqish 

uyg'otadi:

“Davlat  sog'liqni  saqlash,  zamonaviy  va  Xitoy  an’anaviy  (xalq) 

tibbiyoti  va  farmokologiyasi  (dorishunosligi)ni  rivojlantiradi,  qishloq 

jamoa  xo'jaliklari,  davlat  korxonalari,  muassasalari  va  tashkilotlari 

tomonidan  turli  xil  sog'liqni  saqlash  tashkilotlarining  barpo  qilishini 

rag'batlantiradi 

va 

qo'llab 

quwatlaydi, 

ommaviy 

sanitariya 

(sog'lomlashtirish)  tadbirlari  o'tkaziladi  va  xalq  sog'Iig'i  muhofaza 

qilinadi.

89


Davlat  jism oniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantiradi,  ommaviy  sport 

tadbirlari  o'tkaziladi,  xalq  sog'lig'ini  mustahkamlab  boradi”.

Nihoyat,  ko'pgina  konstitutsiyalar  davlat  zimmasiga  ijtimoiy  zaif 

ijtimoiy  guruhlarni  himoya qilish  kabi  vazifalami  yuklaydi.  Masalan,  1946 

yilda  qabul  qilingan  Fransiya  Konstitutsiyasining  hozirda  amalda  bo'lgan 

so'zboshisi  belgilaydiki,  millat “barcha uchun, jumladan,  bolalar, onalar va 

keksa  mehnatkashlar  uchun  sog'liqni  saqlanishi,  moddiy  ta'minot,  dam 

olish  va  bo'sh  vaqtni  kafolatlaydi.  Har  qanday  inson  mavjudoti,  ya’ni 

yoshi,  jismoniy  yoki  aqliy  holati  bo'lmasa  iqtisodiy  ahvoliga  ko'ra, 

mehnat  qilish  qobiliyatidan  mahrum  bo'lgan  har  bir  inson  kun  kechirish 

uchun  zarur bo'lgan  mablag'ni jamoadan  olish  haqiga egadir”.

Inson munosib hayot kechirish uchun pul  ishlab topish imkoniyatidan 

biron  bir  sababga  ko'ra,  mahrum  bo'lgan  shaxslar  yoki  boshqa  xil 

daromad  manbaiga  ega  bo'lmagan  shaxslarning  ijtimoiy  ta’minlanishi  ikki 

xil turga bo'linadi:  bu ijtimoiy  sug'urta va ijtimoiy yordam.

Ijtimoiy  sug'urta,  odatda,  ish  beruvchi  yoki  tegishli  jamg'armalarga 

majburiy  badallar  to'lab  beruvchi  xodimlarning  o'zlari  tomonidan  amalga 

oshiriladi.  Bunday  jamg'arma  (fond)lardan  nafaqalarning  turli  xiliari 

muntazam  to'lab  boriladi.  Shaxs,  shuningdek,  ixtiyoriy  ijtimoiy  sug'urta 

xizmatiga  ham  murojaat  qilish  mumkin.  Bunda  u  qo'shimcha  nafaqa 

turlaridan foydalanish huquqiga ham ega bo'ladi.

Ijtimoiy  yordam  xususida  aytadigan  bo'lsak,  ushbu  yordam  davlat 

yoki  mahalliy  hududiy  jamoalar  (shahar,  jamoatchilik  tashkiloti  va 

hokazo)  tomonidan  halokat  yoqasida  qolgan,  ijtimoiy  sug'urta  bo'yicha 

ta'minlanish  huquqiga  ega  bo'lmagan  yoki  bo'lmasa  ijtimoiy  sug'urta 

jamg'armalaridan  kun  kechirish  uchun  yetmaydigan  tniqdorda,  ya’ni  juda 

oz  miqdorda  mablag'  oluvchi  shaxslarga  nisbatan  ko'rsatiladi.  Ushbu 

ikkala  shaklni  1990  yilda  qabul  qilingan  Xorvatiya  Konstitutsiyasi  aniq 

ravshan  ajratib  ko'rsatadi.  U  o'zining  56-moddasida  belgilaydiki,  ishchi 

xodimlar  va  ularning  oila  a’zolarining  ijtimoiy  muhofazada  bo'lishi  va 

ijtimoiy  sug'urtalanishi  qonun  va  jamoa  shartnomasi  bilan  tartibga 

solinadi,  shuningdek,  onalik  va  bolalik  bilan  bog'liq  huquqlar  ham  qonun 

bilan  tartibga  solinadi.  57-moddaga  ko'ra  esa  “zaif,  xasta  va  boshqalarga 

ishsizlik 

yoki 

mehnatga 

layoqatsizlik 

oqibatida 

respublikadagi 

ta’minlanmagan  fuqarolarga  asosiy  hayot  ehtiyojlarini  qondirilishi  uchun 

yordam  olish  huquqi  ta'minlanadi”.  Xuddi  shu  moddada  ko'rsatib 

o'tiladiki,  Respublika  nogironlarni  himoyalash  va  ularni  ijtimoiy  hayotga 

jalb  qilishga  asosiy  e ’tiborni  qaratadi  va  g'amxo'rlik  qiladi,  shuningdek 

xorijdan insoniylik yordamlari olinishi taqiqlanishi  mumkin emas.

90


6-§.  Iste'm olchilarning davlat tom onidan  himoya 

qilinishi

Bugungi 

kunda 

ayrim 

mamlakatlardagina 

ushbu 

muammo 

konstitutsiya  darajasiga  ko'tarilgan.  Biroq  biz  la'kidlab  o'tganimizdek, 

turli  xil  tovar  (niahsulot,  mol)lar,  eng  avvalo  iste'mol  mollari  ishlab 

chiqarish  texnologiyasining  murakkablashib  ketganligi  sababli  ko'zda 

tutilgan 

muddatlarda  ulaming  sifatini 

nazorat  qilinishi 

ko'pincha 

qiyinlashmoqda.  Sifatiga  qo'yiladigan  talablar,  ayniqsa,  ommaviy  ehtiyoj 

mollariga  qo'yiladigan  talablarning  buziiishi  o'ta  xavfli  oqibatlarga  olib 

kelishi  mumkin  va  olib  kelmoqda.  Iste’molchi  soxta  ishlab  chiqaruvchi  va 

sotuvchilar  oldida  himoyasiz  bo'lib  qolmasligi  lozim.  Ushbu  huquq 

muhofazasining sud orqaii  hal  etish o'ta uzoq va murakkab kechmoqda.

Ispaniya  Konstitutsiyasi  o'zining  51-moddasida  ushbu  masala 

bo'yicha quyidagi  me’yor (holat)larni o'zida  mujassamlashtiradi:

“ 1.  Ommaviy  hokimiyatlar  iste'molchilar  va  foydalanuvchilarning 

xavfsizligi,  sog'lig'i  va  qonuniy  iqtisodiy  manfaatlarini  muhofaza  qilgan 

holda,  ularni  himoya  qilishlikni  kafolatlaydi.  Ommaviy  hokimiyatlar 

iste'molchilar  va  foydalanuvchilarning  bilimli  bo'lishlari  va  xabardor 

qilinishlariga  ko'maklashadi,  ularning  tashkilotlariga  yordam  beradi  va 

ushbu  hokimiyatlarning  iste'molchilariga  tegishli  masalalar  yuzasidan 

fikrlami qonunda belgilangan muddatda tinglanishiga yordam beradi.

2.  Bundan  oldingi  qismlarda  belgilangan  ko'rsatmalar  doirasida 

qonun  ichki  savdo  va  molni  sotishga  ruxsat  berish  qoidalarini  tartibga 

soladi”.

Ta'kidlanganidek, 

Braziliya 

Konstitutsiyasining 

170-moddasi 

iste'molchilar  huquqining  muhofaza  qilinishini  iqtisodiy  tuzum  prinsiplari 

qatorida  sanab  o'tadi.  Ushbu  konstitutsiyaning  5-moddasida  davlat 

zimmasiga  iste'molchilar  huquqini  qonun  vositasida  muhofaza  qilish 

mas'uliyatini yuklaydi.

91


9-bob. Siyosiy va m a'naviy- m adaniy m unosabatlar ijtim oiy 

tuzum ning tarkibiy qismi sifatida

1-§. Siyosiy tizim  va siyosiy hokim iyat tushunchalari

2-§. Siyosiy jarayon

3-§. M a'naviy -m a d a n iy  m unosabatlar tushunchasi

4-§. T a'lim

5-§. F an  va m adaniyat

6-§. D iniy m unosabatlar

l-§ . Siyosiy tizim   va siyosiy hokim iyat tushunchalari

Uyushgan  holda  siyosiy  tizimni  tashkil  ctuvchi  siyosiy  munosabatlar 

jamiyatda  siyosiy  hokimiyatning  faoliyat  ko'rsatishi  bilan  bog'liq 

munosabatlardir,  davlat hokimiyati  esa  uning markazlashgan  ifodasi  bo'lib 

hisoblanadi.

Umuman  hokimiyat  -   bu  bir guruh  kishilar  (guruhlar)ning  o'z  istak- 

irodasini  boshqa  insonlar  yoki  guruhlar  (o'z  ixtiyoridagi,  qo'l  ostidagi) 

orqali  amalga  oshirishga  erishish  imkoniyati  va  qobiliyatlari  bilan 

xarakterlanadigan  (tavsiflanadigan)  ijtimoiy  munosabatdir.  Aksiyadorlik 

jamiyatida  rahbar  shaxsning  hukmronligi  qat'iy  rasmiylashtiriladi  va 

o'zining  umumiy  sarmoyadagi  hissasiga  suyanadi,  menedjer  esa  sarmoya 

egalarining  vakolatlariga  tayanadi.  Ibodatxonaning  hukmdorligi  sig'inuv- 

chilarning  qaysi  konfessiyaga  oidligi,  e’tiqodining  qanchalik  qat’iyligiga 

bog'liq.  Partiya,  kasaba  uyushmalari  va  hokazo  jamoat  birlashmalari 

rahbarlaiining  hukmronligi,  shuningdek,  jamoa  xo'jalik  tuzilmalari 

(shirkat,  hissadorlik  jamiyatlari  va  hokazo)ning  o 'z  a'zolariga  nisbatan 

yuritadigan  hokimiyatlaii,  hukmronliklari  ham  rasmiylashtirilgan  va 

ulaming  shaxsiy  obro'-e'tiborlaridan  tashqari  jamoat  birlashmasi  yoki 

xo'jalik  tuzilmasi  a'zolari  tomonidan  berilgan  vakolatlarga  tayanadi 

(masalan,  saylov yo'li  bilan berilgan  vakolatlar).

Siyosiy  hokimiyat -   bu  muayyan  bir  guruh  kishilar  (elita)ning  butun 

jamiyat  ustidan  hukmronligi  bo'lib,  bo'ysunmaslik  hollarida  majburlash, 

zo'rlik  vositalarini  qo'llanishi  bilan  tavsif  (xarakter)lanadi.  Bu  jamiyat 

(uning  katta  bir  qismi)  ustidan  hukmronlik  bo'lgani  uchun  ham  ommaviy 

hokimiyat  deb  ataladi.  Siyosiy  hokimiyat  ma’lum  miqdorda  konsti­

tutsiyaviy  huquq  bilan  tartibga  solib  boriladigan  bir  qator  siyosiy  institut 

(soha)lar  vositasida  amalga  oshiriladi.  Davlat  hokimiyati  qonunan  butun 

jamiyatga  taalluqlidir  va  o'z  hukmronligi  ostidagilarga  belgilangan 

holatlarda,  belgilangan  usullar  bilan  va  belgilangan  darajada  jismoniy

92

zo'rlik  (zuim)  qo'llash  monopoliyasiga  egadir.  Qator  Konstitutsiyalarda 

(masalan,  Ispaniya  Konstitutsiyasi)  ommaviy  hokimiyat  haqida  ko'proq 

gapiriladi.  Bunda  daviat  organlari  va  o'zini  o'zi  boshqaruv  organlari 

ko'zda tutiladi.

Siyosiy  hokimiyatni  amalga  oshirishda,  siyosiy  partiyalar  va  ularga 

yaqin  turuvchi  jamoat  tashkilotlari  ham  ishtirok  etadilar.  Hukmron 

hokimiyatlarga  m uxolif  bo'lgan  va  betaraf  jamoat  tashkilotlari  ommaviy 

hokimiyat  mstitutlarining  shakllanishi  va  faoliyat  ko'rsatishiga  turli 

shakllarda  o'z  ta'sirini  ko'rsatadi.  Ommaviy  axborot  vositalari,  ba'zan  esa 


Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling