O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


ekanligini  belgilab  qo'yadi  (Ispaniya,  Hindiston,  Nigeriya,  Filippin


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54

ekanligini  belgilab  qo'yadi  (Ispaniya,  Hindiston,  Nigeriya,  Filippin 

davlatlarining Konstitutsiyalari shular jumlasidandir).

Xorij  olimlari  ijtimoiy-iqtisodiy  huquq  va  erkinliklarni  turlicha 

turkumlarga  ajratishgan.  Xorijiy  mamlakatlar  konstitutsiyalarida  ijtimoiy- 

iqtisodiy  huquq  va  erkinliklar  ko'lami  nihoyatda  keng  bo'lib,  har  bir 

mamlakat  o'zining  ijtimoiy  potensialidan  kelib  chiqib  ijtimoiy-iqtisodiy 

huquqlami 

juda 

ko'plab 

turlarini 

ajratib 

ko'rsatgan. 

Xorijiy 

mamlakatlaming  ilmiy  adabiyotlarda  ular  quyidagicha  turkumlanadi: 

mulkdor  bo'lish  huquqi,  meros  olish  huquqi,  mehnat  qilish  huquqi,  turar- 

joyga ega bo'lish  huquqi, ijtimoiy ta'minot olish huquqi,  dam olish huquqi, 

ish  tashlash  huquqi,  sog'liqni  saqlash  huquqi,  ta'lim  olish  huquqi,  toza 

atrof tabiiy muhitga ega bo'lish, madaniy boyliklardan foydalanish huquqi, 

ijod erkinligi va hokazolar kiradi.

2-§. Mulk huquqi va merosga ega bo'lish

Ijtimoiy-iqtisodiy  huquq  va  erkinliklar  qatorida  mulkdor  bo'lish  va 

meros  qoldirish  huquqi  salmoqli  o'rinni  egallaydi.  Sabab  yer  yuzidagi 

mavjud 

bo'lgan 

davlatlarning  ko'pchiligi 

iqtisodiyotni 

siyosatdan 

ustunligini tan oladi va hammasi  mavjud tamoyillarga rioya etishadi.

Mulkchilik  masalalari  birinchi  bo'lib,  Inson  va  fuqarolaming 

huquqlari  to'g'risidagi  fransuz  Deklaratsiyaning  17-moddasida  mulkning 

daxlsizligi va muqaddasligi ta’kidlangan.

Inson  huquqlari  bo'yicha  umumjahon  Deklaratsiyasining 

17- 

moddasida:  "Har  bir  inson  yakka  holda,  shuningdek,  boshqalar  bilan 

birgalikda  mulkka  egalik  qilish  huquqiga ega.  Hech  kim  zo'ravonlik  bilan 

o'z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas".

Bu  tamoyilni  BMTga  a’zo  bo'lgan  har  bir  davlat  o'zining 

Konstitutsiyasiga  dasturulamal  qilib  olgan.  Bolgariya  Konstitutsiyasining 

17-moddasida:  "Xususiy mulk daxlsizdir" deb ta’kidlangan.

Konstitutsiyalarda 

xususiy 

mulkning 

muqaddasligi  va  uning 

daxlsizligi  va  shular  bilan  bir  qatorda  xususiy  mulkning  mulkdorga 

majburiyat  yuklovchi  funksiyalari  to'g'risida  ham  eslatib  o'tilgan 

(Braziliya,  Germaniya,  Italiya,  Portugaliya,  Ukraina  Konstitutsiyalari 

shular  jumlasidandir).  Masalan,  Germaniya  A sosiy  Qonunining  14- 

moddasida  mulkchilik  to'g'risida  gapirilib,  “mulk  va  meros  olish  huquqi 

kafolatlanadi” - deb eslatib o'tilgan.

140


Mulkka  cgalik  qilish  ma'lum  majburiyatlami  yuklaydi.  Undan 

foydalanish  ayni  vaqtda,  farovonlikka  xi/.mat  qilishi  lozim.  Mol-muikni 

majburiy  ravishda  nnisodara  qilishga  faqat  ommaning  farovonligi 

maqsadida  yo'l  qo'yiladi.  Mol-mulkni  musodara  qilish  faqat  qonun  bilan 

yoki  qonun asosida amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan  xulosa  chiqarish  niumkinki,  xususiy  mulk  ham 

davlat  tomonidan  farovonlik  uchun  olib  qo'yilishi  mumkin.  Ayrim 

tarmoqlar  natsionalizatsiya  qilinishi  mumkin  (elcktroencrgetika,  suv,  gaz, 

neft,  avtomobil  zavodlari).  Bu  juiayon  XX  asrda  Buyuk  Britaniya,  Misr, 

Italiya,  Fansiya,  Meksikalarda  sodir  bo'lgan.  Harbiy  harakatlar  davrida 

mulkdoming  huquqlari  chcklanishi  mumkin.  Mulkdoming  huquqlari  faqat 

qonun  asosida,  umumiy  manfaatlar  yo'lida,  faqat  sudning  qarori  asosida 

amalga  oshiriladi.  Shuni  ta’kidlash  lo/im ki,  demokratik  mamlakatlar 

Konstitutsiyalarida  inulkdor  mol-inulkining  chegarasi  bclgilanmagan. 

Mulkdor  xohlagan  miqdordagi  mulkka  faqat  qonuniy  asoslar  bo'yicha 

egalik qilishi  mumkin.

Shuningdek,  ayrim  mamlakatlarda  ayrim  obyektlar  iste'moldan 

chiqarilgan.  Mo'g'ulistonda  yer  chet  el  fuqarolarining  mulki  bo  la 

olmasligi  belgilangan.  Klassik  musulmon  huquqiga  binoan  to'rtta  narsa, 

ya'ni  yaylov,  suv, havo va olov xususiy  shaxslaming  mulki bo4la olmasligi 

belgilangan  va  ular  umumiste'moldagi  umummilliy  boylik  deb  e'lon 

qilingan.  Lekin  hozirda  ko'pchilik  musulmon  davlatlarida  bu  an'anadan 

allaqachon chetlashilgan.

Mulkni  himoya  qilish  ham  hamma  xorij  mamlakamlarida  bir  xil 

emas.  Sotsialistik  davlatlarda  ko'pincha  davlat  mulkiga  urg'u  beriladi, 

ya'ni  niulklarni  himoya qilishda tenglik o'matilmagan.  Hozirgi  zamonaviy 

rivojlangan  va  rivojlanayotgan davlatlarda hamma  mulkning  tengligi  e ’lon 

qilingan,  shu  jumladan  xususiy  mulkning  ham.  Ba’zida  esa  intellektual 

mulk  to'g'risida  (ijodiy  mehnat  natijasi,  mualliffik  huquqi)  ham  eslatib 

o'tiladi.  Bu nomoddiy ko'rinishdagi mul-k hisoblanadi.

Davlatning  hozirgi  rivojlanish  davrida  uning  xususiy  sektorga 

aralashuvi  cheklanmoqda.  Shuningdek,  bozorning  o 'zi  tartibga  soluvchi 

subyekt  sifatida  maydonga  chiqishi  natijasi  o' laroq,  turli  xil  shakldagi 

mulklar vujudga kelyapti.

3

-§.

 Mehnat qilish va erkin kasb tanlash huquqi

Mehnat qilish deganda,  shaxs o'z jism oniy va aqliy qobiliyatini  ishga 

solib,  o'zining  moddiy  va  ijtimoiy  ehtiyojlarini  qondirishi  tushuniladi. 

Mehnat  qilish  bu  burch  emas,  balki  bu  huquqdir.  Bu  huquq  shaxslarga

141


foyda  keltiruvchi,  qonun  bilan  taqiqlanmagan  har  qanday  faoliyat  bilan 

shug'ullanish  imkoniyatini  beradi.  Totalitar  sotsialistik  davlatlarning 

Konstitutsiyalarida  mehnat  huquqi  to'g'risida  hech  nima  deyilmagan, 

sabab  ularda  mehnat  qilish  huquq  emas  balki  majburiyat  hisoblanadi. 

Bunday tuzimdagi  davlatlarda davlat hammani ish bilan ta’minlashni, hatto 

ishsizlikni tugatishni ham o 'z zimmasiga oladi.

Avvalo  har  bir  shaxs  qanday  mehnat  bilan  shug'ullanishni  o'zi 

belgilaydi,  chunki,  har  bir  shaxs  mehnat  qilish,  erkin  kasb  tanlash  va 

adolatli  mehnat  sharoitlarida  ishlash  huquqiga  egadir.  Inson  huquqlari 

umumjahon 

deklaratsiyasining 

23-moddasida 

yuqoridagi 

tamoyil 

mustahkamlangan.  Unga ko'ra:

•  har bir inson  mehnat qilish,  erkin ish tanlash,  adolatli  va qulay  ish 

sharoitiga ega bo'lish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega;

•  har  bir  inson  hech  bir  kamsitishsiz  teng  mehnat  uchun  teng  haq 

olish huquqiga ega;

•  har  bir  ishlovchi  kishi  o'zi  va  oilasi  uchun  insonga  munosib 

yashashni  ta'minlaydigan  adolatli  va  qoniqarli  daromad  olishga,  zarur 

bo'lganda,  ijtimoiy  ta’minotning  boshqa  vositalari  bilan  to'Idiruvchi 

daromad olish  huquqiga ega;

•  har bir inson  kasaba  uyushmalari  tuzish  va  o'zining  manfaatlarini 

himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga egadir.

Bu  deklaratsiya  ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  qabul  qilingan 

Konstitutsiyalarga  asos  bo'lib  xizmat  qilgan.  Shuningdek,  bu  Xalqaro 

hujjatni  ratifikatsiya  qilgan  har  bir  davlat  bu 

tamoyillarni  o'z 

Konstitutsiyasida dasturulamal qilib olgan.  Ikkinchi jahon urushidan  so'ng 

kapitalistik  mamlakatlaming  Konstitutsiyalarida  bu  to'g'ridan-to'g'ri  aks 

ettirilgan.  Shuningdek,  deklaratsiyaga  ishsizlarga  davlat  tomonidan 

yordam  ko'rsatilishi  ham  ilova  qilingan  edi.  Davlat  ishsizlami  ish  biJan 

ta'minlash  choralarini  ko'radi.  Favqulodda  vaziyatlarda,  harbiy  xizmatda 

va  sudning  qaroriga  ko'ragina  shaxs  majburiy  mehnatga  jalb  qilinishi 

mumkin.  Bunda  shaxsning  o'zi  mehnat  turini  erkin  taniay  olmaydi. 

Boshqa  hech  qanday  hollarda  shaxs  majburiy  mehnatga  jalb  qilinishi 

mumkin emas.

Germaniya  A sosiy  Qonunining  12-moddasida  har  bir  shaxsning 

mehnat  qilish  huquqi  belgilangan  bo'lib:  "Barcha  nemislar  o'zlari  uchun 

kasb  tanlash,  ish  joyini  mustaqil  tanlash  huquqiga  egadirlar.  Kasb  bilan 

shug'ullanish qonun bilan yoki qonun  asosida tartibga solinadi.

Hech  kim  odatdagi  umumiy  va  barchaga  teng  bo'lgan  ommaviy 

majburiyatdan  tashqari  biron  bir muayyan  ishni  bajarishga  majbur etilishi

142


mumkin  emas.  Faqat  sudning  hukmi  bo'yicha  ozodlikdan  mahrum  etilgan 

taqdirdagina, majburiy  mehnatga yo'l  qo'yiladi".

Bolgariya  Konstitutsiyasining  16-moddasida  “mehnat  qilish  huquqi 

kafolatlanadi va qonun  bilan himoyalanadi” deb ta'kidlangan.

Ispaniya  konstitutsiyasining  35-moddasida  “hamma  ispanlar  mehnat 

qilish  huquqiga  egadirlar”  deb  belgilab  qo'yilgan.  Shuningdek,  mazkur 

asosiy  qonunning  37-moddasida  ishchilaming  ish  tashlash  huquqiga  ham 

ega ekanligi  belgilangan.

Gretsiya  Konstitutsiyasi  birinchi  bo'Iimining  22-moddasida  “hamma 

mehnat  qiluvchilar  irqi  va  boshqa  farqlaridan  qat'i  nazar  bir  xil  ish  uchun 

bir xil  haq  olish  huquqiga ega ekanligi  ta’kidlangan.

Mehnat qilish  huquqi  yana quyidagilarni  o'z ichiga qamrab oladi:

•  Adolatli  mehnat  sharoitlarida  ishlash;

•  Erkin  kasb  tanlash;

•  Ishi  uchun  haq  olish  (sotsialistik  davlatlarda  mehnat  sifatidan  qat'i 

nazar haq  to'lanishi  belgilab qo'yilgan).

Xorijiy  mamlakatlarda  minimal  ish  haqi  belgilab qo'yilgan.  Minimal 

ish 

haqini 

belgilashdan 

maqsad 

shaxsning 

minimal 

yashashini 

ta'minlashdir.  Agar  shaxsning  yashash  sharoiti  minimal  darajadan  pasayib 

ketsa, 

shaxs  normal  holatda  yashay  olmasligi  mumkin. 

Xorijiy 

mamlakatlarda 

kambag' allik 

holatini 

belgilab 

beruvchi 

qonunlar 

mavjuddir  va bu  qonunlarda  daromadning  minimal  miqdori  ham  ko'rsatib 

o'tilgan.  Shvetsiyada  bu  8000  kronni  tashkil  etadi.  Agar  aholining 

daromadi shundan kam bo'lsa demak,  u kambag'al hisoblanadi.

Ishsizlarga  davlat  tomonidan  yordam  ko'rsatiladi.  Buni  belgilash 

mezoni  bo'lib  o'rtacha  oylik  daromadining  foizi  hisoblanadi.  Buyuk 

Britaniyada  bu  50  -  60  foiz,  Germaniyada  bu  ko'rsatkich  30  -  35%  ni 

tashkil  etsa,  Shvetsiyada  80  %  ni  tashkil  etadi.  Bir  qator  davlatlarda 

(Italiya,  Bolgariya kabi) mehnat qilish huquqi  konstitutsiyaviy  tarzda faqat 

ish joyi  bilan ta'minlash orqali kafolatlanadi.

Mehnat  qilish  huquqi  to'g'risida  gapirganda,  tadbirkorlik  faoliyati 

to'g'risida  ham  to'xtalib  o'tish  lozimdir.  Tadbirkorlik  faoliyati  -   bu 

fuqarolaming  foyda  olish  uchun  tavakkalchilik  asosida  qonun  bilan 

taqiqlanmagan  faoliyat  bilan  shug'ullanishidir.  Tadbirkorlik faoliyati  bilan 

shug'ullanish  uchun  davlat  ro'yxatidan  o'tish,  guvohnoma  (litsenziya) 

olish  zarurdir.  Davlat  organlari  uning  faoliyatiga  aralashishga  yoki  unga 

boshqacha  tarzda  tazyiq  o'tkazishga  haqqi  yo'qdir.  Ko'pchilik  xorij 

davlatlarida  monopolistik  harakatlarga  y o 'l  qo'yilmaydi.  Monopol  bahoni 

bozorda  o'rnatish  va  raqobatchilami  obro'sizlantirish  uchun  turli  xil

143


Ь к rl ash I n;iJ axga  birlashish  taqiqlanadi.

Dam  olish  huquqi. 

Xorijiy 

mamlakatlarda  ijtimoiy-iqtisodiy 

huquqlardan  yana biri  bu  inson va  fuqarolarning dam olish huquqidir.  Darn 

olish 

qonunlar 

asosida 

fuqarolarning 

mehnat 

qilish 

huquqlarini 

la’i./inlaydi. 

Bolgariya 

Konstitutsiyasining 

48-moddasida 

fuqarolar 

qonunda  belgilangan  tartibda  va  sharoitda  dam  olish  va  ta'tilga  chiqish 

huquqiga egadirlar deb  belgilab  qo'yilgan.  Dam  olish  vaqti  xodim  mehnat 

vazifalarini  bajarishdan  holi  bo'lgan  va  bundan  o'z  ixtiyoriga  ko'ra, 

foydalanishi  mumkin  bo'lgan  vaqtdir.  Dam  olish  ish  kuni  davomida, 

kundalik  dam  olish  (smenalar  oralig'ida),  haftalik  dam  olish  kunlari, 

bayram  kunlari  dam  olish  va  yillik  ta'tillaridan  iboratdir.  Yollanib 

ishlayotgan  har bir  kishi  dam  olish  huquqiga egadir.  Dam  olish  insonning 

mehnat  qobiliyatiin  qayta  tiklash  uchun  zarur.  Dam  olish  ham  jismoniy 

dam  olish  va  ma'naviy  dam  olishga  bo'linadi.  Bu  huquq  insonning 

ajralmas  huquqlaridan  biri  bo'lib,  uning  normal  holatda  vashashaiga 

ko'mak  beradi.  Shuning  uchun  ham  xorijiy  mamlakatlarda  ko'pincha 

haftaning  odatda,  shanba va yakshanba kunlari  dam  olish  kuni  hisoblanadi. 

Ishchilarga  bu  kunlari  uchun  ham  to' 1 iq  ish  haqi  saqlanib  qolgani  holda 

inaosh  to'lanadi.

Sanoati  rivojlangan  ko'plab  davlatlarda  bu  yillik  ta'til  kamida  ikki 

hat'tani  tashkil  etadi  (Yaponiya),  uch  hafta  Germaniyada,  to'rt  hafta 

Italiyada,  besh  hafta  Ispaniya va  Fratsiyada yillik dam olish  kuni  deb  e'lon 

qilingan.  AQShda bu yillik ta'til  23  kun qilib belgilangan.

Lekin  statistik  ma'lumotlarga  qaraganda,  bu  vaqt  uzoqroq  davom 

etadi. 

Masalan, 

Germaniyadagi 

ishchilarning 

uchdan 

ikki 

qismi 

bayramlami ham hisobga olganda,  36 kun dam olar ekanlar.  Ishchilar bilan 

tuzilgan  jamoa  shartnomalariga  ko'ra,  bu  yanada  o'zaytirilishi  mumkin. 

Jahon  miqyosida  olib  qarasak,  eng  qisqa  ta'til  Yaponiya  davlatida 

belgilangan bo'lib yiliga 6 - 7  kunni  tashkil etadi.

Ish 

tashlash 

huquqi. 

Ko'plab 

xorij 

mamlakatlarining 

konstitutsiyalarida ish  tashlash  huquqi  ham  mustahkamlangan.  1995  yil  12 

dekabrda  qabul  qilingan  Ozarboyjon  Respublikasi  konstitutsiyasining  36- 

moddasida  quyidagi  jumlalar  mavjud  "Har  bir  shaxs  mustaqil  yoki 

boshqalar  bilan  birgalikda  ish  tashlash  huquqiga  egadir.  Bular  qonunda 

ko'rsatilgan hollardagina cheklanishi  mumkin”.

Ish  tashlash huquqini  qaysi huquqlar qatoriga kiritish  to'g'risida turli 

xil  bahslar  mavjud.  Rossiya  olimlari  buni  bevosita  ijtimoiy-  iqtisodiy 

huquqlar  bilan bog' lagan  holda shular qatoriga kiritishsa, boshqa bir guruh 

olimlar  bu  huquqni  namoyish  qilish  bilan  bog'lagan  holda  siyosiy

144


huquqlar  qatoriga  kiritishadi.  Fikrimi/cha  ish  tashlash  huquqi  bevosita 

ijtimoiy-iqtisodiy  huquqlar bilan  bog'liqdir,  sababi  bu  huquqning  zamirida 

mehnat  bilan  bog'liq  huquqlarni  himoya  qilish  yotadi.  Ish  tashlashda 

ishchilar  davlal  yoki  uning  yuqori  organlaridan  ma'lum  bir  talablarni 

amalga  oshirishni  so'rab  chiqishadi.  Ish  tashlash  qonun  asosida  va  uning 

doirasida  amalga  oshiriladi  Ish  tashlashda  quyidagi  talablar  qo'yilishi 

mumkin:

•  Iqtisodiy  talablar  (inchnal  sharoitini  yaxshilash,  ish  haqini 

oshirish)

•  Korxonani  boshqarish  bilan  bog'liq  bo'lgan  talablar

Ish  tashlashda  siyosiy  talablarni  qo'yish  taqiqlanadi,  shuningdek, 

jahon  miqiyosida  umumiy  ish  tashlashlar,  birdamlik  ish  lashlashlari, 

korxonalarda  ishlash  ucluin  zarur  bo'lgan  narsalar  bilan  ta’minlashni  talab 

qiluvchi  (masalan  snv,  clektr  energiyasi,  gaz  bilan  bog'liq  talablar)ish 

tashlashlar  ham  taqiqlanadi.  Shuningdek,  transport  vositalarida,  teinir 

yo'lda,  havo  va  boshqa  traspori  vositalarida  ish  tashlashlar  qat’iyan 

taqiqlanadi.  Shular  qatorida  alohida  turdagi  kasb  xodimlariga  ham  ish 

tashlash 

taqiqlanadi: 

huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar,  davlat 

xizmatchilari,  havo  dispetcherlari  va  hokazolar.  Ozarboyjon  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  36-moddasida:  "Qurolli  kuchlarda  va  boshqa  harbiy 

qismlarda xizmat  qilayotgan harbiy  xizmatchilar ish tashlash  huquqiga ega 

emas".

Totalilar  to'zumdagi  davlatlar  Konstitutsiyalarida  ish  tashlash 

to'g'risida  hech  narsa  deyilmagan,  shundan  xulosa  chiqarish  mumkinki, 

ularda  ish  tashlash  umuman  taqiqlangan.  Ayrim  sotsialistik  davlatlarda 

ushbu  holat  imperializmga  qarshi  kurash  sifatida  baholanib,  hukumat 

tomonidan  rag'batlantirilgan.  Har qanday harbiy  rejim  o'rnatilgan  davlatda 

ish tashlash umuman  taqiqlanadi.

4-§. Sof atrof-muhitga ega bo'lish va uni  muhofaza qilish

huquqi

Atrof  tabiiy  muhitni  muhofaza  etish  muammolari  X X   asrning 

ikkinchi  yarmida  yangi  davr  Konstitutsiyalarida  o'z  aksini  topa  boshladi. 

Hatto  Slovakiya Respublikasining  amaldagi  Konstitutsiyasida ekologiyaga 

bag'ishlangan 

alohida 

boblar 

mavjud. 

Sotsialistik 

mamlakatlar 

Konstitutsiyalari  esa  sof atrof-muhitga  ega  bo'lish  va  uni  muhofaza  qilish 

huquqini  umuman  ko'rsatmaydi  (istisno  tariqasida  Vyetnam  Sotsialistik 

Respublikasi  Konstitutsiyasida ushbu  huquqlar mustahkamlangan).

Ispaniya  Konstitutsiyasining  45-moddasi,  1  qismiga  binoan  “Barcha,

145


shaxsning  to'laqonli  rivojlanishi  yo'lida  atrof tabiiy  muhitdan  foydalanish 

huquqiga  va bir  vaqtning  o'zida asrab  avaylash  majburiyatiga ega”.  Ushbu 

moddaning  uchinchi  qismida norma talablarini  bajarmaganlik  uchun jinoiy 

va ma'muriy javobgarlikning  muqarrarligi  belgilangan.

5-§. Malakali tibbiy yordam va ijtimoiy ta'minot olish huquqi

Ijtimoiy-iqtisodiy  huquqlar  qatoriga  kiruvchi  muhim  huquqlardan 

biri  bu  malakali  tibbiy  xizmatdan  foydalanish  huquqidir.  Xorijiy 

mamlakatlar  Konstitutsiyalarining  deyarli  barchasida  har  bir  fuqaro 

malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga egaligi  belgilab qo'yilgan.

Malakali  tibbiy  yordam  olish  huquqi  shaxsning  davlat  tomonidan 

ta’minlanadigan  va  kafolatlanadigan,  tibbiyot  sohasida  maxsus  bilimlarga 

ega bo'lgan  maxsus muassasa va shaxslarga tibbiy yordam  so'rab murojaat 

etish va olish imkoniyatidir.

Bu  huquqni  ta'minlash  tor  ma'noda  tegishli  haq  to'lanadigan  va  haq 

to'lanmaydigan  shaklda  shifokorlar  va  tibbiy  muassasalar  tomonidan 

tegishli  muolajalar  bilan  xizmat  ko'rsatishni  bildirsa,  keng  ma'noda 

ijtimoiy  iqtisodiy  jihatdan  inson  sog'Iom  bo'lishi  uchun  zarur  tibbiyot 

sohasini  rivojlantirish,  tibbiy  sug' urtalarni  ta'minlash, ekologik sharoitlarni 

yaxshilash  kabi  kompleks  choralar  asosida  aholi  salomatligini  ta'minlash 

tushuniladi.

Malakali  tibbiy  xizmat  ko'rsatishda  maxsus  bilimga  ega  bo'lgan  va 

tibbiy yordamga muhtojlarga zaruriy yordam ко'rsatish majburiyati haqida 

shifokor  qasamyodini  qabul  qilgan  shaxslar  tomonidan  amalga  oshiriladi. 

Har  bir  davlat qoida  tariqasida  malakaga  ega  bo'lmagan  shaxslarga  tibbiy 

xizmat  ко'rsatish  faoliyati  bilan  shug'ullanishni  taqiqlaydi.  Hozirda  xorij 

mamlakatlarida  malakali  tibbiy  yordam  olishning  ham  ikki  turi  mavjud. 

Ular  davlatga qarashli  bo'lgan  va  xususiy davolash  muassasalaridir.  Xorij 

mamlakatlarida  xususiy  tarzda  tibbiy  xizmat  ко'rsatish  o'ta  rivojlangan. 

Bir qancha xorij  malakatlarida,  shu jumladan,  AQShda ham liberal  sistema 

mavjud.  Bunga  ko'ra,  bemoming  o'zi  hammasiga,  ya'ni  shifokor 

xizmatiga,  dori-darmonlar va  boshqalar uchun  o'zi  haq  to'laydi.  Bulardan 

tashqari  xorij  mamlakatlarida  mahalliy  miqyosda  kasalxonalar  ham 

mavjud  bo'lib,  ular  bevosita  aholi  sog'lig'ini  saqlashga  xizmat  qiladi. 

Germaniya,  Polsha,  Fransiyada  sotsial  meditsina  xizmati  mavjud.  Bunday 

holatda  maxsus  umumdavlat  sog'liqni  saqlash  fondi  tashkil  qilinadi  va  bu 

davlat budjetidan ta'minlanadi.

Buyuk Britaniya,  Daniya,  Italiyada va ayrim totalitar davlatlarda ham 

davlat  tomonidan  ta'minlanadigan  meditsina  xizmati  mavjud.  Har  qanday

146


chiqimlar  budjetdan  qoplanadi.  Bemor  kasalxonada  davolangani  uchun 

hech  qanday  haq  to'lamaydi.  Ayrim  davlatlarda  davlat  meditsinasi  va 

ambulatoriya  dorilari  bepul  bo'lsa,  ayrim  davlatlarda  ambulatoriya 

kasalxonalari  pullik.  Lekin  ular  uchun  imtiyozlar  ham  mavjud.  Jarrohlik 

ishlari pullik amalga oshiriladi.  Hozirda,  bunday tashkilotlar unchalik ko'p 

emas.  Davlat  meditsinasi  to'g'risidagi  qonun  sotsial  -   demokratlar 

hokimiyat  tepasida  turgan  paytida,  qabul  qilingan,  ko'plab  davlatlarda 

davlat  meditsinasi  aholining  faqat  kambag'al  qatlami  uchun  saqlanib 

qolingan.

Inson 

huquqlari 

Umumjahon 

Deklaratsiyasi 

25-moddasida: 

“Fuqarolar  o'zlari  uchun  mos  bo'lgan  sharoit  va  tartibda  bepul  tibbiy 

xizmatlar  ko'rsatuvchi  sog'Hqni  saqlash  muassasalaridan  foydalanish 

huquqiga  egadirlar.  Fuqarolaming  sog'lig'ini  muhofaza  qilish  davlat 

budjeti  mablag'laridan  ish  beruvchilar  tomonidan  ijtimoiy  sug'urta 

bo'yicha  shaxsiy  va  jamoa  badallari  hisobidan  va  qonunda  belgilangan 

sharoit  va  tartibda  boshqa  manbalardan  kelgan  mablag'lar  bilan 

ta'minlanadi.  Davlat  fuqarolaming  sog'Iig'i  haqida  g'amxo'rlik  qiladi, 

sport  va  turizmning  rivojlanishini  rag'batlantiradi.  Hech  kim  qonunda 

nazarda  tutilgan  hollardan  tashqari  davolanishga  va  sanatoriya  chora- 

tadbirlarini o'tkazishga majbur etilishi mumkin emas.

Davlat  barcha  tibbiy  muassasalar  ishini  shuningdek,  dori-darmon 

vositalari,  biologik  preparatlar,  tibbiyot  asbob  uskunalari  ishlab  chiqarish 

va ulaming sotilishi ustidan nazoratni  amalga oshiradi.

Har  bir  inson  o'zining  hamda  oilasining  sog'Iig'i  va  farovonligini 

ta'minlash  uchun  zarur  bo'lgan  turmush  darajasiga  ega  bo'lish jumladan, 

kiyim-kechak,  oziq-ovqat,  tibbiy  xizmat  va  zarur  ijtimiy  xizmatga  ega 

bo'lishiga  va  ishsizlik,  kasallik,  nogironlik,  bevalik,  qarilik  unga  bog'liq 

bo'lmagan  sharoitlarga  ko'ra tirikchilik uchun  mablag'  bo'lm ay  qolganda, 

ta'minlanish huquqiga ega”.

Italiya 

Konstitutsiyasining 

32-moddasida 

davlat 

insonlaming 

sog'liqlarini  himoya  qilishi  lozim ligi  belgilab  qo'yilgan.  Xitoy  Xalq 

Respublikasining  konstitutsiyasida  o'zgacha  bir holat  ya'ni  58-moddasida 

fuqarolar  bepul  tibbiy  yordam  olishlari  mumkin.  Bu  huquq  quyidagilar 

orqali:  bepul  tibbiy  yordam,  kasalxona  shaxobchalarini,  shu  jumladan, 

sanotoriyalarni  va  boshqa  sog'liqni  saqlash  muassasalarini  kengaytirish 

bilan ta'minlanadi.

Ijtim oiy ta'm inot olish huquqi.  Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul 

qilingan  Konstitutsiyalarda  ijtimoiy  ta'minot  olish  huquqi  to'g'risida 

gapirib o'tilgan. Pensiyalar odatda mehnat va ijtimoiy turlarga bo'linadi.

147


Mehnat  asosidagi  pensiyalar  (yoshga  doir  pensiyalar)  ikki  holatda 

to'lanadi:  birinchidan  davlat  tomonidan  ma'lum  bir  yoshga  yetganda  va 

ikkinchidaii  ma'lum  bir  mehnat  stajiga  ega  bo'lganidan  keyin.  Xorijda 

pensiya  yoshi  erkaklar  uchun  60-65  yosh,  ayollar  uchun  55-60  yosh  qilib 

belgilangan.  Shvetsiyada  hamma  uchun  65  yosh,  Daniyada  67  yosh,  ish 

staji  esa  ayollar  uchun  20-25,  erkaklar  uchun  25-30  yosh  qilib  belgilab 

qo'yilgan.  Rivojlangan  davlatlarda  pensiyaning  miqdori  ish  haqining  75  - 

90%  tashkil  qiladi.  Davlatlarda  pensiya  uchun  pensiya  fondlari  tashkil 

etilgan.

Ijtimoiy  pensiyalar  nogironlik  uchun,  boquvchisini  yo'qotganlik 

uchun  va  qonun  bilan  belgilangan  boshqa  hollarda  beriladi.  Xorijiy 

mamlakatlarda  davlat  tomonidan  beriladigan  pensiyalardan  tashqari  ayrim 

turdagi  shaxslarga  beriladigan  mahalliy  pensiyalar  ham  belgilangan. 

Rivojlangan 

mamlakatlarda 

ishchilarga 

o'zlarining 

ish  joylaridan 

qo'shimcha  pensiya  haqlari  ham  to'lanadi.  Ijtimoiy  ta’minot  huquqi, 

shuningdek,  boshqa  yordamlarni  ham  qamrab  oladi  (uy  bilan  ta'minlash, 

nogironlarga yordam va hokazolar).

6-§. Uy-joyga ega bo'lish  huquqi

Fuqarolar davlat tomonidan beriladigan  uy-joylarni  olish uchun yillar 

davomida  ro'yxatda  turishgan24.  Hozirgi  demokratik  Konstitutsiyalarda bu 

kabi  huquqlar  atvoflicha  ko'rsatib  o'tilmagan  bo'lsada,  boshqa  qonun 

hujjatlarida 

batafsil 

bayon 

qilingan. 

Istisno 

tariqasida, 

Ispaniya 

Konstitutsiyasining  47-moddasida:  “Barcha  ispanlar  ehtiyojlariga  ko'ra, 

turar  joylardan  foydalanish  huquqlariga  egadirlar”  (lekin,  ushbu  huquq 

huquq va erkinliklar bo'limida berilmagan).

7-§. Ta'lim olish huquqi

Bilim  olish  huquqi  inson  huquq  va  erkinliklari  tizimining  ajralmas 

qismidir.  Bilim  olish  huquqi  inson  ijtimoiy  huquqlarining  biri  sifatida uni 

shaxs  sifatida  rivojlanishiga,  qolaversa  butun  jamiyat  taraqqiyoti  uchun 

zamin  yaratadi.  Aynan  ta'limning  rivojlanganligiga  qarab  shaxsning 

ijtimoiy ravnaqi  va jamiyatda tutgan  mavqei  aniqlanadi.25

Inson  huquqlar  Umumjahon  Deklaratsiyasining  26-moddasi,  2- 

bandida  “Ta'lim  inson  shaxsini  to'la  barkamol  qilishga...barcha  xalqlar, 

irqiy  va  diniy  guruhlar  o'rtasida  bir-birini  tushunish,  toqatlilik  va

1  S tr a s h u n   B .A .( r u ^ o v o d i t e )   a v .  k o l l e k t i v a   i  o f.  re d .)   K o n s l i tu t s i o n n o y e   ( g o s u d a r u v e n n o y e )   p r a v o   z a n i b e j n i x   s tra n . 

T.J-2.  -K1.: BeVc,  >000.  182-sl.

S fta sh u n   B .A .C rukovodiiel  av.  k o lle k iiv a   i  ol.  red.)  K o n slitu tsio n n oy e  {g o s u d iu s

t

venn<


>yc)

  p rav o   zanjl>ejnix  slran .  - 

T .I - 2  

М .:  B e k v  2000.  181-sl.



148

do'stlikka xizmat qilishi  kerak”ligi belgilangan.

"Har  bir  inson  ta'lim  olish  huquqiga  ega.  Ta'lim  olishda  hech 

bo'imaganda,  boshlang'ich  va  umumiy  ta'lim bepul bo'lishi  lozim.  Texnik 

va  hunar  ta'limi  hammaning  qurbi  yetadigan  darajada bo'lishi,  oliy  ta’lim 

esa  har  kin ning  qobiliyatiga  asosan,  hamma  uchun  yetarli  imkoniyat 

doirasida bo'lm og'i kerak.

Ta'Um  barcha  xalqlar,  irqiy  va  diniy  guruhlar  o'rtasida  bir-birini 

tushunishga  xayrixohlik  va  do'stlik  uchun  xizmat  qilishi  va  BMTning 

tinchlikni  saqlash  borasidagi  faoliyatiga  yordam  bermog'i  lozim.  Kichik 

yoshdagi bolalar uchun  ota-onalar ta'lim  turini  tanlashda imtiyoz huquqiga 

egadirlar"  (Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasi  26-modda  1,3 

bandlari).

Ko'plab  rivojlangan  mamlakatlarda,  boshlang'ich  ta'lim  majburiy  va 

bepul  bo'lib  hisoblanadi.  Lekin  bunga  doimo  amal  qilinmaydi  (bunga 

sabab  qilib  ko'pincha  o'qituvchilaming  yetishmasligi,  moddiy  mablag'lar 

sabab  qilib  ko'rsatiladi,  ayniqsa,  Afrika  davlatlarida)  Ko'plab  rivojlangan 

davlatlarda  majburiy  ta'lim  12  yil  hisoblanadi.  Postsotsialistik  davlatlarda 

majburiy bepul ta'lim 8-9 yil qilib belgilab qo'yilgan.

Bilim  olish  huquqi 

ayrim  mamlakatlarda,  jumladan,  AQSH 

Konstitutsiyasida  ko'rsatilmagan  va  faqat  shtatlar  Konstitutsiyalarida 

belgilangan xolos.

Xorijiy  mamlaktlarda  ta'lim  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy 

prinsiplari quyidagilardan iborat:

ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 

ta'limning uzluksizligi va izchilligi;

umumiy  o'rta,  shuningdek,  o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limining 

majburiy ligi;

o'rta maxsus,  kasb-hunar ta'limi yo'nalishini:  akademik litseyda yoki 

kasb-hunar kollejida o'qishni tanlashning ixtiyoriy ligi; 

ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 

davlat  ta'lim  standartlari  doirasida  ta'lim  olishning  hamma  uchun 

ochiqligi;

ta'lim  dasturlarini  tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

bilimli bo'lishni va iste’dodni rag'batlantirish;

ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish.

Oxirgi  yuz  yillikda  diniy  ta'lim  berishning  muammolari  vujudga 

keldi.  Munozaralaming  asosiy  mavzusi  bolalar  uchun  maktabda  diniy 

ta'lim  berish  yoki  bermaslik  masalasi  edi.  O'tgan  yuz  yillikda  bu  masala 

g'arb  mamlakatlarida  dolzarb  masala  sifatida  yuzaga  chiqdi.  XX  asrda

149


davlatlar  ikkita  jahon  urushini  boshidan  kechirgandan  s o n g ,  bu 

muaommoni  ycchishga  urindilar.  Bu  sohadagi  asosiy  islohotlar  Afrika 

mamlakatlarida  1910-1930va  1962  yillarda,  Buyuk  Britaniyada  1944-1988 

yillarda,  Belgiyada  1968  yilda,  Germaniyada  1949  yilda,  Turkiyada  1924, 

1933,  1949-1982  yillarda amalga oshirildi.26

Germaniya  Federatsiyasining  Konstitutsiyasi  (7-moddasi)da  rasmiy 

maktablarda  diniy  ta'lim  majburiydir.  Yuqoridagi  qonun  moddasiga 

muvofiq 

ta'limni 

boshqaaivchi 

provetsiyalar  ushbu 

ta'lim 

uchun 

javobgarlikni  o'z  zimmasiga oladilar.

Shuning  uchun,  Federatsiya  Konstitutsiyasining  ta’lim  to'g'risidagi 

moddasi 

provinsiyalarning 

konstitutsiyalarini 

nazorat 

qiladi. 

Konstitutsiyaning  7-moddasiga  muvofiq  barcha  ta’lim  va  o'qitish  davlat 

nazoratidadir;  diniy  darsga  borish  yoki  bormasligi  uning  tarbiyasi  bilan 

shug'ullanuvchi  (ota-ona)larning  xohishiga bog'liqdir.

Germaniya  A sosiy  Qonuniga  asosan  ta'lim  va  bilim  olishni  nazorat 

qilish javobgarligi  davlatning  zimmasidadir  deb  belgilangan.  Shuningdek, 

alohida  shaxs  yoki  tuzilmalarning  maxsus  maktablar  ochish  huquqini 

himoya qiladi.

Angliya  davlati  ta'limni  isloh  etish  uchun  1998  yilda  qonun  qabul 

qildi.  Unda  ta'lim  muassasalarida  xristian  va  boshqa  dinlarni  o'rganish 

yo'lga  qo'yilgan.  Xristianlikni  o'rganish  Islom,  budda  va  boshqa  dinlarni 

o'rganish  bilan  birga  qo'shib  olib  borilgan.  Yuqoridagi  dinlarning 

birgalikda  o'rganilishida,  ulaming  qaysi  biri  haq  din,  yoki  qaysi  birisi 

noto'g'ri  degan  ma'noda  emas,  balki  bu  uslub  (ya'ni  birgalikda  o'rganish) 

har  xil  dinga  itoat  qiluvchilar  mavjud  bo'lgan  mamlakatda  jamiyat 

ehtiyojlarmi qondirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Ozarboyjon  Konstitutsiyasining  42-moddasida  1.  Har  bir  fuqaro  ilm 

olish  huquqiga  egadir.  2.  Davlat  bepul  umumiy  majburiy  o'rta  ma'lumot 

olishni  kafolatlaydi.  3.  Ilm  tizimi  davlat  tomonidan  nazorat  qilinadi.  4. 

Davlat iste'dodli shaxslar uchun ulaming moddiy ahvolidan qat'i nazar,  ilm 

olishni  davom  ettirishni  kafolatlaydi.  5.  Davlat  ilmning  eng  quyi 

standartlarini belgilaydi.

Armaniston  Konstitutsiyasining  35-moddasida  “Har  bir  fuqaro  ta'lim 

olish  huquqiga  egadir.  O'rta  ma'lumot  olish  davlat  o'quv  yurtlarida 

bepuldir.  Har  bir  fuqaro  davlat  o'quv  yurtlarida  tanlov  asosida  bepul  oliy 

va  o'rta maxsus  ma'lumot olish huquqiga egadir.  Nadavlat  o'quv yurtlarini 

tashkil etish va ularning faoliyat tartibi qonun bilan belgilanadi.

Belorussiya  Konstitutsiyasining  49-moddasida  “Har  kim  ma'lumot

M .D a v le io v a.  O '/b e k i-u o n d a   uVlim  Q o m m d iilig in in g  riv o jla n ish i.  Т.:  Т П У 1 Д   2003.  % -h .



150

olish  huquqiga  egadir.  Umumiy  o'rta  va  hunar-texnika  ta’limining 

qulayligi  va  bepulligi  kafolatlanadi.  O'rta  maxsus  va  oliy  ta’lim  olish  har 

kimning  qobiliyatiga  muvofiq  hamma  uchun  barobardir.  Har  kim  tanlov 

asosida  davlat  o'quv  yurtlarida  bepul  tegishli  ma’lumot  olish  olishi 

mumkin” - deyilgan.

Xorijiy  mamlakatlarda  oliy  ta’lim  ham  xususiy,  ham  davlatga 

qarashli  bo'lishi  mumkin.  AQShda  xususiy  universitetlarda  o'qish  uchun 

15-30  ming  dollar  pul  to'lanadi.  Yaponiyada  8-60  ming  dollar.  Ayrim 

davlatlarda  davlat  universitetlarida  o'qish  bepul  hisoblanadi  (sotsialistik 

mamlakatlarda).

Bilim olish  huquqi  bilan  ta'lim  berish  huquqi  (akademik erkinlik)  bir- 

biriga  o'zaro  bog'liq  bo'lib,  bu  huquq  zamirida  -  erkin  jamiyatda  har  bir 

o'qituvchiga  o'z  predmeti  bo'yicha  o'zi  lozim  topgan  bilimlami  berish 

erkinligi  tushuniladi.

8-§. Madaniy boyliklardan foydalanish huquqi.

Ijod erkinligi

Bu 

huquqlar 

ikkinchi 

avlod 

Konstitutsiyalaridan 

boshlab 

mustahkamlana  boshlangan.  Aynan  shu  davrga  kelib  madaniy  huquqlami 

Konstitutsiyaiarda 

e’tirof 

etilishi 

sotsialistik 

tuzumga 

asoslangan 

mamlakatlarda  madaniy  huquqlar  orqaii  jamiyatda  keskin  mafkuraviy 

siyosat  olib  borilishiga  zamin  yaratgan  (fashistik,  kommunistik  g'oyalar 

kishilar 

ongiga 

singdirilgan). 

bison 

huquqlari 

Umumjahon 

Deklaratsiyasining  27-moddasida:  «Har  bir  inson  jamiyatning  madaniy 

hayotida  erkin  ishtirok  etishga,  san'atdan  bahramand  bo'lishga,  ilmiy 

taraqqiyotda  ishtirok  etish  va  uning  samaradorligidan  foydalanish 

huquqiga  ega»,  -deyilgan.  Bolgariya  Konstitutsiyasi  54-moddasida:  «Har 

kim 

milliy 

va 

umuminsoniy 

madaniy 

boyliklardan 

foydalanish, 

shuningdek, 

o'zining 

mansubligiga 

muvofiq 

o'z 

madaniyatini 

rivojlantirish huquqiga egadirlar», -deb ta'kidlangan.

Madaniy  huquqlar  jumlasiga  badiiy,  ilmiy  va  texnikaviy  ijod 

erkinligi,  ixtirochilik,  muallitlik  huquqlari  hamda  ularga  o'xshagan 

huquqlar, madaniy boyliklardan foydalanish huquqi kiradi.

(51


15-bob. Davlat -  siyosiy tizimning asosiy elementi  va konstitutsiyaviy- 

huquqiy institut sifatida

1-§. Davlat tushunchasi. Davlat va uning faoliyatini 

tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari

2-§. Davlatning funksiyalari

3-§. Davlat tiplari

4-§. Davlatni tashkil etish va faoliyatining 

konstitutsiyaviy prinsiplari

5-§. Davlat mcxanizmi, apparati, organlari  va 

muassasalari

l-§, Davlat tushunchasi. Davlat va uning faoliyatini 

tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari

«Davlat»  tushunchasi  konstitutsiyaviy  huquqning  ko'pchilik  ata- 

malari  kabi  ko'p  ma’noli  va  ko'p  qirralidir.  Davlat  -   bu  insonlami 

boshqarib  turadi gan,  ya’ni  qonunlar  chiqaradigan,  armiyaga  ega  bo'lgan, 

jinoyatchilikka  qarshi  kurashadigan  tashkilotdir.  Davlat  siyosiy  institut 

hisoblanadi.  «Davlat»  termini  ko'p  ma'noli  so '/   bo'lib,  u  xorijiy  tillarda 

o'zining  turli  xil  ifodasini  topadi.  Masalan,  Angliyada  “state”,  fransuz 

tilida “E’tat”, nemis  tilida “staat” ,  ispan tilida “Estado”, rarnin tilida “stat”, 

polyak  tilida  “panstwo”,  venger  tilida  ‘'allam”  va  boshqalar.  Bir  vaqtning 

o'zida xorijiy  konstitutsiyalarda  «davlat»  atamasiga yaqin boshqa atamalar 

ham  qo'llanilishi  mumkin,  masalan,  «hukumat»,  «respublika»,  «mamla­

kat»  va boshqalar.  Chunonchi, Gretsiya Konstitutsiyasining 30-moddasida: 

«Prezident  Respublikada  ijtimoiy  institutlarning  arbitri  hisoblanadi»,  82- 

moddasida  esa:  «hukumat  mamlakatning  umumiy  siyosatini  aniqlaydi  va 

belgilaydi...»  degan  qoida  mustahkamlab  qo'yilgan.  Federativ  davlatlar 

konstitutsiyalarida davlat  atamasiga  sinonim  sifatida  «federatsiya»  atamasi 

ham  ishlatiladi.  Masalan,  «Federatsiya  bojxona  ishlari  va  moliyaviy 

monopoliyalar bo'yicha  mutlaq  qonunchilik  kompetensiyasiga ega»  (GFR 

1949 yilgi  Konstitutsiyasining  105(l)-moddasi).

Xorijiy  mamlakatlar  Konstitutsiyalarida  «davlat»  atamasi  mazmuni 

ochib  berilmaydi  va  u  sharoitga  qarab,  turli  ma’nolarda  ishlatiladi. 

Jumladan, 

1975  yilgi  Gretsiya  Konstitutsiyasining  qator  moddalari 

quyidagi  tushunchani  mustahkamlaydi:  «Sport  davlatning  himoyasi  va 

homiyligidadir»  (16-modda);  «Mulkchilik  davlat  himoyasidadir»  (17 

modda);  «Davlat  ahoiining  sog'ligi  haqida  g'amxo'iiik  qiladi  va 

mulksizlarga  yordam  berish  uchun  maxsus  choralar  ko'radi»  (21  modda)

152


va  hokazo.  Bunda,  davlat  aynan  fuqarolaming  ijtimoiy  hayotini  tartibga 

soladigan  tashkilot  sifatida  tushuniiadi.  Ko'pchilik  mamlakatlarning 

Konstitutsiyalarida  hokimiyat  bo'g'inlarining  tashkil  etilishini  ifodalovchi 

normalar  bevosita  «davlat»  atamasi  bilan  bog'liq  holda  beriladi.  Masalan, 

Ozarbayjon 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

III 

bo'limi 

«Davlat 

hokimiyati»  deb  nomlanadi.  Demak,  bu  holda  davlat  janriyat  ishlarini 

boshqaradigan,  fuqarolaming  huquqlarini  tartibga  solib,  qonun  chiqaruv- 

chi,  ijro etuvchi  va sud organlarini  o'zida mujassamlashtiradi.

Umuman  olganda,  davlat  -  bu  jamiyat  ishlarini  boshqaradigan  va 

fuqarolaming  huquqlari,  erkinliklari  va  majburiyatlarini  tartibga  soladigan 

hamda ularni  ta’minlaydigan  siyosiy tashkilotdir.

1920  yilda  qabul 

qilingan 

Avstriya  federal 

konstitutsiyaviy 

qonunining  1-2-moddalarida  Avstriya  demokratik  federativ  respublika 

sifatida  berilgan,  keyingi  o'rinlarda  esa  «federatsiya»,  «hudud»  (yoki 

jamiyat)  terminlari  ishlatiladi.  Yuqoridagi  misollar  shundan  dalolat 

beradiki,  biz  davlatni  konstitutsiyaviy  huquqning  subyekti  sifatida 

gapirganimizda,  aniq  holatlarda bu  termin  qanday  maztrmn  va  ahamiyatga 

ega  ekanligi  hamda  qanday  tushunehani  nazarda  tutishini  aniq  tasavvur 

qilishimiz  kerak.  Shuning  uchun,  davlat  deganda,  butun  mamlakat 

miqyosida  yoki  federatsiya  subyektlari  bo'yicha  amal  qiluvchi  yoki 

hududiy  hamjamiyatning  qonunchilik  avtonomiyasidan  foydalanuvchi 

(masalan:  Italiyada  viloyat),  bu  organlarning  mahalliy vakillari  (perfektlar, 

komissarlar  va  boshqalar),  shu  jumladan,  qonunchilik  yoxud  mamlakat 

saylov  korpusining  organlarining  yig'indisi  tushuniiadi.  Shuni  aytish 

kerakki,  davlat  tushunchasi  «markscha-lenincha»  an'anaga  muvofiq,  «bir 

sinfning  ikkinchi  sinf  tomonidan  eksplatatsiya  qilish  mashinasi»  sifatida 

tavsiflangan  hamda  u  jamoatni  boshqaruvchi  sinfiy  majburlash  apparati 

sifatida  tushunilgan.  Lekin,  davlat  tushunchasining  hozirgi  zamonaviy 

ma'nosi  tamoman  boshqacha:  yuqorida  ta'kidlanganidek,  davlat-fuqarolar- 

ning  huquq  va  erkinliklarini  kafoiatlaydigan  hamda  ulami  amalga 

oshirilishi  uchun  keng  shart-sharoit  ta’minlab  beradigan  muhim  siyosiy 

tashkilot sifatida namoyon bo' ladi.

Shu  o'rinda  davlatning  siyosiy  tizimdagi  o'ziga  xos  xususiyatlarini 

aytib  o'tish  lozim.  Davlat  siyosiy  tizimning  rahbariy  elementi,  yadrosi 

hisoblanadi.  U  siyosiy  tizimning  boshqa  elementlaridan  hokimiyat  ta'sir 

imkoniyatiga, real  hokimiyatga ega bo'lgan  yagona tashkilot ekanligi  bilan 

farq  qiladi  va  shuning  uchun  ham  davlat  siyosiy  tizimda  o'zining 

«gigemonlik» 

mavqeini 

qo'ldan 

bermaydi. 

Davlat  hokimiyatining 

majburlov  mexanizmiga  egaligi  uni  siyosiy  tizimning  eng  asosiy

elemenliga  aylantiradi. 

Shu 

bilan 

birga  davlat  jamiyatda  nisbiy 

inustaqillikka  egadir.  Davlat  demokratiya  sharoitida  asosiy  ijtimoiy  guruh 

va  qatlamlari  manfaatlarini,  shu  jumladan,  butun  jamiyat  manfaatlarini 

himoya  qilar  ekan,  davlat  o'z  organlari  siymosida  ijtimoiy  tizimni  o'z 

vazifalarini  amalga  oshirishi  va  mavjud  bulishini  xavf  ostiga  qo'yishi 

mumkin  bo'lgan  guruhiy  egoizmga  chek  qo'yishga  intiladi.  Ayrim 

olimlarning  fikricha,  hozirgi  zamon  uchun  siyosiy  tizim  elementlari 

(siyosiy  partiyalar,  uyushmalar  va  birlashmalar,  diniy  birlashmalar) 

qanchatik  muhim  va  odatiy  bo'lishiga  qaramay, jamiyat  bu  tuzilmalarsiz 

ham  mavjud  bo'la  oladi,  lekin  davlat  o'zining  barcha  atributlari  bilan 

saqlanib  qoladi.  Holbuki,  qadimgi  Bobil  va  Misr  davlati  siyosiy 



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling