O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


-§.  X orijiy m am lakatlarda  konstitutsiyaviy  huquq  tizimi


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54

4-§.  X orijiy m am lakatlarda  konstitutsiyaviy  huquq  tizimi

Konstitutsiyaviy  huquq  ko'plab  o'zaro  aloqadagi  qismlar  va 

elementlami  o'z ida  mujassam  etgan  murakkab tizimni  tashkil  etadi.  Ushbu 

elementlar  va  qismlar  uning  ichki  qurilishini  tavsif etadi.  Konstitutsiyaviy 

huquq  tizimining  qismlari  va  elementlari  uning  umumiy  tamoyillari, 

institutlari 

va 

normalaridir. 



Konstitutsiyaviy-huquqiy 

normalar 

konstitutsiyaviy  huquq  sohasining  mazmunini  aks  ettiruvchi  asosiy 

normalaridir.  B u  normalar  barcha  huquqiy  normalar  kabi  xulq-atvor, 

yurish-turish  qoidalari  bo'lib,  davlat  tomonidan  mauayyan  toifadagi 

ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  solish  uchun  o'rnatiladi.  Bu  normalarning 

asosiy jihatlarini  umumlashtirib,  ixchamgina ta'riflash  mumkin:

Konstitutsiyaviy-huquqiy  normalar  davlat  hokimiyatini  amalga 

oshirish,  davlat  bilan  fuqarolar  o'rtasidagi  muayyan  turdagi  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga  solish  va  shu  yo'l  bilan  jamiyatni  boshqarish 

maqsadida  davlat  tomonidan  o'matiladigan  umummajburiy  xulq-atvor 

qoidalari  bo'lib,  ular  aniq  huquq  va  majburiyatlar  orqali  amalga  oshadi  va 

davlat tomonidan  ta'minlanadi.

Konstitutsiyaviy  huquq  normalarining  o'zgarishi  huquq  normalari- 

ning yaxlit  bo'lagini, tarkibiy qismini  o'zgarishiga  olib keladi.  Konstitutsi­

yaviy  huquq  nafaqat  o 'z   predmeti,  balki  o 'z   sub’yektlariga  ta'sir  etish 

metodlari  (usullari)  bilan  boshqa huquq tarmoqlaridan  farqlanadi.

Masalan:

-taqiqlov  uslubi;

- majburlov  uslubi; (barcha huq. tarmoq)

- ruxsat beruvchi  uslubi;

-  hokimiyat 

majburlov  ta'sir  etish  uslubi  (davlat  hokimiyati 

ustunligi)

Ijtimoiy  munosabatlarni  konstitutsiyaviy-huquqiy  tartibga  solishda 

"majbur  qilish,  majburiyat  yuklatish"  usuli  qo'llaniladi.  Bu  majburiyatlar. 

albatta,  hokimiyatni  tashkil  etish  va  amalga  oshirishga  taalluqlidir. 

Masalan:  "Davlatning  va  mahalliy  hamjamiyatlarning  om maviy  ehtiyoj- 

larini  moliyalashtirish  bo'yicha  barcha  kirim-chiqimlari  ulaming  budjetla- 

rida  aks  ettirilishi  lozim".  (Slovakiya  Respublikasi  Konstitutsiyasidagi

11


148-moddaning  birinchi 

qismi 


1992 

yil) 


"Ilukumat  palatalarning 

ishonchini  qozonish  lozim",  (Italiya  Respublikasi  Konstitutsiyasidagi  94- 

modda,  1947 yil).

Shu  bilan  birga,  konstitutsiyaviy  huquqda  man etuvchi  normalar ham 

mavjud:  "Irqi,  terisining  rangi,  jinsi,  millati,  diniy  e'tiqodiga  qarab 

kishining  qadr-qimmatini  yerga  uruvchi  har  qanday  kamsitishlar  man 

etiladi 

va 


qonunga 

binoan 


jazolanadi". 

(Kuba 


Respublikasi 

Konstitutsiyasidagi  42-moddaning  birinchi  gapi,  1976  yil).  "Fikrlash  va 

vijdon  erkinligi  buzilmasligi  lozim".  (Yaponiya  Konstitutsiyasining  19- 

moddasi,  1946 yil).

Shuningdek,  konstitutsiyaviy  huquqda  vakolat  beruvchi  normalar 

ham  mavjuddir:  "Promulgatsiyagacha,  (ya'ni  qabul  qilingan  qonun  e'lon 

qilingunga  qadar)  Prezident  qonunni  yana  bir  bor  к о 'rib  chiqishni 

Parlamentdan  talab  qilishi  mumkin"  (Ruminiya  Konstitutsiyasidagi  77- 

moddaning  2-qismi,  1991  yil).  Shulardan  kelib  chiqadigan  bo'lsak, 

yuqorida  ko'rib  o'tilgan  normalar  tomonidan  tartibga  solinadigan, 

kafolatlanadigan  hamda  muhofaza  etiladigan  munosabatlar  konstitutsiya­

viy  huquqning  predmetidir.  Fransuz  konstitutsiyashunos  olimi  Anri 

Oriuning  fikricha,  konstitutsiyaviy  huquqning  eng  oliy,  bosh  vazifasi 

hokimiyat  va  erkinlikning  birlikda  mavjud  bo'lishini  ta’minlashdir. 

Bunday  hollarda  davlat  o 'z   institutlari  siymosida  hokimiyat  vakolatlari 

sohibi  sifatida  hamda  inson  erkinlik  sohibi  sifatida  maydonga  chiqadi. 

Uning  huquqlari  va  erkinliklari  jamiyat,  davlat  va  huquqdagi  eng  oliy 

qadriyat hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy  tuzumning  asosiy  tamoyillari,  insonning  asosiy 

huquqlari  va  erkinliklari,  davlat  va  ommaviy  hokimiyat  qurilishi,  uni 

shakllantirish  va  harakatga  keltirishning  shaitlari,  tartibi  konstitutsiyaviy 

huquq  obyektidir.  Konstitutsiyaviy  huquq  obyektiga  ishora  qilish 

ko'pincha  konstitutsiyaviy  huquq  tushunchasining  o'zini  belgilash  uchun 

asos  b o 'lib  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun,  obyekti  nuqtai  nazaridan  olib 

qaraganda,  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlar  konstitutsiyaviy  huquqning 

alohida predmetidir.

Ma'lumki,  konstitutsiyaviy huquq  tizimi  3  asosiy elcmentdan  iborat:

1.  Konstitutsiyaviy huquq tamoyillari;

2.  Konstitutsiyaviy huquq  institutlari;

3.  Konstitutsiyaviy huquq  normalari.

Tamoyillari:

-  Xalq  suverinitet;

- Xalq  vakilligi;

12


- Hokimiyat  taqsimlanishi;

-  Bir-birini  tiyib  turish;

-  Shaxs erkinligi;

-  Huquq  erkinliklarining sud  tomonidan himoya qilinishi;

-  Fuqarolarning huquq  va erkinliklari.

Barcha  tamoyillar  konstitutsiyaning  muqaddimasi  yoki  tegishli 

boblaridan  o'rin  olgan.

Institutlari:

- Shaxslarning huquqiy  holati;

-  Fuqarolik;

-  Parlament;

-  Davlat boshlig'i;

-  Saylov huquqi;

- Konstititutsiyaviv  nazorat  va boshqalar.

-  Sud  institutlari

-  shaxslarning huquqiy  holati  institutlari:

a)  fuqarolik;

b) shaxsiy huquq  va  erkinliklar;

v) siyosiy  huquq  va erkinliklar;

Konstitutsiyaviy  huquqning  obyekti,  predmeti  va  usullarini  ко"rib 

chiqib,  uning  muhim  sifatlarini  aniqlagach.  huquqning  ushbu  sohasiga 

umumiy ta'rif berish mumkin.



Konstitutsiyaviy huquq ma'lum bir mamlakatning huquq normalari 

tizimi  ho'lib,  bu  normalar  insonning  jam iyat  va  davlatdagi  holatini, 

ijtimoiy  tuzum  asoslarini,  ommaviy  hokimiyat organlari  tizimini  tashkil 

etish  va faoliyat ko'rsattirish asoslarini tartibga soladi.

Ushbu  ta'rif tartibga  solinadigan  eng  muhim   obyektlamigina  qamrab 

olgan  eng  umumiy  ta’rifdir.  Adabiyotlarda  bir  vaqtlar  Sho'rolar  davlat 

huquqiga  berilgan  bundan  ham  qisqaroq  va  umumiyroq  ta'rifini  uchratish 

mumkin.  Bu ta'rifda taxminan  shunday deyiladi:

"Huquqning  ushbu  sohasi  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirish  bilan 

bog'liq  bo'lgan  ijtimoiy  munosabatlarni tartibga soladi".

Ammo  bu  ta'rifni  to'liq  va  to 'g 'ri  deb  bo'lmaydi,  zero  ma'muriy 

huquq  ham  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirish  bilan  bog'liq  ijtimoiy 

munosabatlarni  tartibga soladi.

Konstitutsiyaviy  huquq  esa  inson  va  fuqarolarni  nafaqat  davlat 

organlari  va  mansabdor  shaxslarning,  balki  shu  bilan  birga  mahalliy  o'z- 

o'zini  boshqarish  organlarining  tajovuzlaridan  ham  muhofaza  qilishga 

yo'naltirilgan.  Shu  sababdan  yuqoridagi  ta'rifni  quyidagicha  berish

13


maqsadga  muvofiqdir:  "Konstitutsiyaviy  huquq  faqat  davlat  emas,  balki 

har  qanday  ommaviy  hokimiyatni  amalga  oshirish  bilan  bog'liq  bo'lgan 

ijtimoiy munosabatlarni tartibga  soladi".

Konstitutsiyaviy  huquqning  yuqorida  ko'rib  o'tilgan  predmeti  bu 

normalarning alohida sohaga mansubligini  o'ziga xos tabiatga  va sifatlarga 

ega  bo'lishini  taqozo  etadi.

Umumiy  tamoyillar  konstitutsiyaviy  huquq  tizimining  asosini  tashkil 

etadi  va  yagona  yo'nalish  beradi.  Bu  tamoyillar  ijtimoiy  munosabatlarni 

bevosita  emas,  balki  yuqorida  tilgan  olingan  konstitutsiyaviy-huquqiy 

пи,,-malar 

orqali 

tartibga 



soladi. 

Xalq 


suvereniteti, 

(Gretsiya 

Konstitutsiyasidagi  1-moddaning  2-  qismi).  Xalq  vaki 1 ligi  (Yaponiya 

Konstitutsiyasi  muqadditnasi),  hokimiyatning  taqsimlanishi  (Germaniya 

Federativ  Respublikasi  Asosiy  Qonunining  20-moddasi),  teng  huquqlilik 

(Niderlandiya 

Qirolligi 

Konstitutsiyasining 

1-moddasi), 

daxlsizlik 

huquqlari  (GFR  Asosiy  Qonunidagi  1-modda).  Bu  tamoyillar  aniq  huquq 

hamda  majburiyatlarni  ifodalamaydi,  ammo  ular  ko'plab  konstitutsiyaviy- 

huquqiy  normalar uchun  hal  qiluvchi  ahamiyatga  egadirlar.

Poshqa  ba'zi  bir  tamoyillar  esa  aniq  yuridik  shaklga  ega  bo'lib, 

davlat  faoliyatida  bevosita  qo’llaniladi.  Deputatlarning  saylovchilaidan 

mustaqilligi  (Bolgariya Respublikasi  Konstitutsiyasining 67-moddasi  1991 

yil)  konstitutsiyaviy  huquqlarning  sud  tomonidan  muhofaza  qilinishi 

(Tspaniya  Konstitutsiyasining  53-moddasi,  1978  yil)  davlat  rahbarining 

javobgar 

bo'lmasligi 

(Lyuksemburg, 

Buyuk 


Gersogolinaning 

Konstitutsiyasi 4-moddasi,  1868  yil)  shular jumlasidandir.

Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar:

a) tartibga solinadigan  ijtimoiy munosabatlarni qo'llash,  mazmuni;

b) yuridik  kuchi;

v) amal qilish doirasi;

g) qoidalarining darajasi;

d)  huquqiy  tartibga  solish  mexanizmidagi  o'rni  bo'yicha  tasniflanishi 

mumkin.

Har  bir  tasnifda  ma'lum  moddalar  bitta  majmuani  tashkil  etishi 



mumkin,  ya'ni  konstitutsiyaviy  normalar,  aytaylik,  amal  qilish  doirasi 

bo'yicha  tasniflanganda,  bir  qancha  normalar  bitta  guruhni  tashkil  etishi 

mumkin.

Bir-biriga  yaqin  normalarning  bunday  majmui  konstitutsiyaviy- 



huquqiy  institutlar  deb  ataladi.  Shunday  qilib,  asosiy  tamoyillar, 

konstitutsiyaviy-huquqiy  institutlar  va  ularning  normalari  konstitutsiyaviy 

huquq tizimini  tashkil  etadi.

14


5-§.  K onstitutsiyaviy-huquqiy m unosabatlar

Konstitutsiyaviy  huquq  normalarini 

hayotga  tatbiq  etish  ja­

rayonlarida, 

konstitutsiyaviy-huquqiy  munosabatlar  vujudga  keladi. 

Konstitutsiyaviy-huquqiy  munosabatlari  deb,  Konstitutsiyaviy  huquq 

normalari  bilan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  munosabatlarga  aytiladi. 

Deyarli  barcha  xorijiy  mamlakatlarda  konstitutsiyaviy-huquqiy  munosa­

batlaming  mazmuni  bir  xil.  Bunday  munosabatlaming  ishtirokchilari 

konstitutsiyaviy  huquq  normalari  tomonidan  o'matilgan  huquq  va 

majburiyatlar bilan o'zaro bog'langan bo'ladi.  Uning ishtirokchilari  o'zaro 

yuridik  aloqada  bo'ladi,  chunki  ular  kishilar  ongiga  bog'liq  bo'lib,  davlat 

organlari tomonidan ta’minlanadi, himoya qilinadi, kafolatlanadi.

Shunday  qilib,  konstitutsiyaviy-huquqiy  munosabatlaming  yuridik 

mazmunini,  munosabat  ishtirokchilarining  huquqlari  va  majburiyatlari 

tashkil  etadi.  Bu  munosabatlar  asosan  davlat  va  jamiyat  tuzilisbini 

mustahkamlash, xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish tizimi va shakllari 

bilan  bog'liqdir,  shuning  uchun  ham  konstitutsiyaviy-huquqiy  munosa­

batlar huquq tizimida hal qiluvchi o'rinda turadi.

Davlat-huquq  nazariyasida  konstitutsiyaviy  huquqning  obyekti  va 

predmetini  farqlash odat tusiga kirgan.

Huquqiy 

mavjudligi 

(voqeligi) 

hamda 

tartibga 

solinishi 

konstitutsiyaviy  huquq  normalarida  aks  etadigan  ijtimoiy  hayot  sohalari 

yoki jihatlari (aspektlari) konstitutsiyaviy huquq obyekti deyiladi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy  munosabatlaming  o'ziga  xos  xususiyatlari 

bo'lib,  bu  munosabatlarda  ishtirok  etuvchilaming  ya'ni  sub’yektlarning 

maxsus doirasini guruhlarga bo'lib o'rganish tavsiya etiladi.

K onstitutsiyaviy  huquq  su b ’yektlari.  Fuqarolar,  chet  elliklar, 

fuqarolar guruhlari,  maxsus huquq  layoqatiga ega bo'lgan  shaxslar sifatida 

saylovchilar  va  deputatlar  hamda  ulaming  guruhlari  konstitutsiyaviy 

huquq sub'yektlarining birinchi guruhiga kiradilar.

Umuman  davlatning o'zi va uning organlari, ba'zan esa uning alohida 

qismlari,  masalan,  palatalar,  komissiyalar,  parlamentdagi  partiyalar 

guruhlari,  hududiy  birliklar,  muassasalar,  o'zini  o'zi  boshqarish  organlari, 

shuningdek,  siyosiy  partiyalar  va  boshqa  jamoat  birlashmalar  konsti­

tutsiyaviy huquq sub’yektlarining ikkinchi guruhlarini tashkil  etadilar.

Konstitutsiyaviy  huquq  normalari  bilan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy 

munosabatlarda  davlat  alohida  rol  o'ynaydi.  Davlat  bunda  qonun  ijod 

qilish  hokimiyati  sohibi,  ijtimoiy  munosabatlar  boshqaruvchisi  sifatida 

maydonga  chiqadi.  U   huquq  sub’yektlari  o'rtasidagi  ushbu  munosabat

15


qanday  bo'lishi  lozimligi  xususida  ko'rsatma  bergan  hamda  ushhu 

ko'rsatmani  mohiyatini  tashkil  etadigan  huquq  va  majburiyatlar  ijrosini 

ta'minlaydi.  Ba'zan  davlat  ma'lum  ijtimoiy  munosabat  ishtirokchisi  ham 

bo'lishi  mumkin  (masalan.  Federativ  davlat  bilan  federativ  sub’yektlari 

o'rtasidagi  munosabatlar).  Davlat  o'z  organlari  yoxud  referendum  orqali 

huquqiy  munosabat ishtirokchisi  sifatidagi vazifasini  ado etadi.

Davlat  organlari  esa  konstitutsiyaviy  huquq  sub’yektlari  sifatida  o'z 

zimmalariga 

yuklatilgan 

vazifalarga 

mutanosib 

ravishda 

ma'lum 

vakolatlarga  egadirlar.  Ular  qonunlar  chiqarishi,  boshqa  organlar  faoliyati 

ustidan  nazorat  olib  borishi  yoki  qonunlarni  ijro  etishlari  mumkin. 

Huquqiy  munosabatlarda  ular  vakolat  sohiblari  yoki  bo'ysunuvchi 

sub’yektlar sifatida  ishtirok etadilar.  Ba'zi  bir  mamlakatlarda  cherkov  ham 

konstitutsiyaviy  huquq  sub’yekti  bo'lishi  mumkin.  Masalan,  Buyuk 

Britaniyada anglichan  va  shotland presviterian  cherkoviga davlat  boshlig'i 

(monarx)  rahbarlik  qiladi.  Lordlar  palatasida  esa  monarx  tayinlaydigan 

ruhoniy  lordlar faoliyat ko'rsatadilar.

Endi  jismoniy  shaxslarning  konstitutsiyaviy  huquq  sub’yektlari 

sifatidagi  faoliyati  masalasiga  kelsak,  ular  o 'z  maqomi  bo'yicha  bir- 

biridan  farq qiladilar.

Ma'lum  bir  shaxsga  shu  davlat  fuqarosi  yoki  shu  yerda  turgan  chet 

ellik  yoxud  fuqaroligi  bo’lmagan  shaxs  (apatrid)  ekanligiga  bog'liq 

ravishda  milliy  konstitutsiyaviy  huquq  normalari  tomonidan  beriladigan 

huquqlar  hajmi  ham  turlicha  bo'ladi.  Har  bir  davlatning  konstitutsiyaviy 

huquqida  fuqarolikni  olish  va  yo'qotish,  fuqarolaming  maqomi,  chet 

elliklar  va  fuqaroligi  bo'lmagan  shaxslarning  huquqiy  rejimini  tartibga 

soladigan  huquqiy normalar mavjud bo'ladi.

Ammo  huquqiy  maqomidan  qat'i  nazar,  barcha  jismoniy  shaxslar 

shaxsiy 

huquq 

va 

erkinliklarga 

egadirlar. 

Barcha 

davlatlarning 

konstitutsiyaviy  huquqlarida  shaxsning  daxlsiz  tabiiy  huquqlarini  amalga 

oshirish  imkoniyati  kafolatlangan bo'lishi  lozim.

Konstitutsiyaviy huquqning huquq  tizim idagi o'rni va  roli 

Huquq  taraqqiyotining  hozirgi  bosqichi  huquq  rivojining  o'sishi  bilan 

tavsiflanadi.  Masalan,  Britaniya  Parlamenti  yiliga  yuzga  yaqin  qonunlar 

qabul  qiladi.  AQSH  Kongressi  1988  yilda  280  ta  qonunni  ma'qullagan. 

Ijtimoiy  munosabatlarning  keng  ravishda  tartibga  solinishi  davlatlarning 

iqtisodiy  va  ijtimoiy  jarayonlarga  huquqiy  vositalar  yordamida  faol 

ravishda ta'sir ko'rsatishiga urinayotganligidan dalolat beradi.

^H ar  bir  davlatning  huquq  tizimi  ko’plab  sohalardan  iboratdir. 

Konstitutsiyaviy  huquq  ular  orasida  yetakchi  o'rin  tutadi.  Bu  hoi  ushbu

16


huquq  sohasi  tomonidan  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  munosabatlaming 

serahamiyatliligidan  kelib  chiqadi.  Bundan  tashqari,  konstitutsiyaviy 

huquq  barcha  huquq  sohalari  tizimida  etakchi  o'rinda  turadi.  Zero, 

konstitutsiyaviy  huquq  singari  boshqa  barcha  huquq  sohalari  uchun 

dastlabki  tamoyil,  asos  bo'lib  xizmat  qiladigan  qoidalar  mustahkamlab 

qo'yiladi.  Konstitutsiyaviy  huquqda  davlat  ma'muriyati  organlarining 

umumiy  vakolatlari,  faoliyat  ко" rsatish  tartibi,  tashkillashtirish  tamoyillari 

va  tuzilishi  (strukturasi),  inson  va  fuqaro  bilan  davlat  organlari  o'rtasidagi 

munosabatlar belgilab  qo'yiladi.

Konstitutsiyalar ko'pincha  iqtisodiy  munosabatlaming asoslarini  ham 

tartibga  soladilar,  bu  esa  fuqarolik  va  tadbirkorlik  huquqi  asoslarini 

belgilaydi.  Shunday  yo'l  bilan  konstitutsiyaviy  huquq  tegishli  mamlakat- 

ning  moliya,  mehnat,  jazo,  protsessual  va  boshqa  huquq  sohalarining 

dastlabki tamoyillarini  belgilab  beradi.

Konstitutsiyaviy  huquqda  demokratiya  institutlari  bo'lmish  teng 

huquqlilik,  umumiy  saylov  huquqi,  ко'ppartiyaviylik,  kasaba  uyushmalari 

huquqlarining  ham  mustahkamlab  qo'yilishi  konstitutsiyalaming  ahamiya- 

tini  yanada  oshiradi.  Demokratiya  konstitutsiyaviy  huquq  yordamida 

jamiyat va davlatning rasmiy, umumiy tamoyiliga aylanadL,

17

NAMANGAN  DAVLAT



_  UNIVERSITE7I

Ahborot-rasurs  markazl 

---------


2-bob. Xorijiy m am lakatlar konstitutsiyaviy huquqining m anbalari

1-§.Qonunlar (konstitutsiyaviy, organik va oddiy qonunlar)

2-§.Ijro etuvchi  hokim iyat organlarining norm ativ aktlari

3-§.Parlam ent reglam entlari

4-§.Sud pretsedenti

5-§.K onstitutsiyaviy huquqiy odatlar (konstitutsiyaviy bitim )

6-§.Xa!qaro davlatlararo va ichki  shartnom alar

7-§.DoktrinaI m anbalar

8-§.Diniy m anbalar

9-§.Tabiiy huquq

10-§.Siyosiy deklaratsiyalar

Konstitutsiyaviy  huquqining  manbalari  ikki  ma'noda  talqin  qilinadi. 

Birinchisi,  konstitutsiyaviy-huquqiy  normalami  vujudga  keltiruvchi  kuch, 

ya’ni  muayyan  siyosiy  irodani  o'zida  mujassam  etgan  davlat  hokimiyati. 

Ikkinchisi, mazkur normalami  ifodalovchi  turli-tuman  shakldagi  norm ativ- 

huquqiy hujjatlardir.

Davlat  hokimiyati  jamiyat  ehtiyojlaridan  va  ijtimoiy  munosabat- 

laming  rivojlanish  yo'nalishlaridan  kelib  chiqib  huquqiy  normalar  qabul 

qiladi.  Har  qanday  konstitutsiyaviy-huquqiy  normada  davlat  hokimiya- 

tining muayyan irodasi o'z ifodasini topadi.

Konstitutsiyaviy-huquqiy  normalami  o'zida jamlab  turuvchi  hamda 

ifodalovchi normativ-huquqiy hujjatlar:

1) Konstitutsiya - davlatning asosiy qonuni;

2) Qonunlar:  konstitutsiyaviy  qonunlar  (Konstitutsiyaga  o'zgartirish 

va  qo'shimchalar  kiritadi);  organik  qonunlar  (Konstitutsiyaning  blanket 

normasi  asosida qabul  qilingan qonunlar); oddiy qonunlar;

3) Parlament palatalarining reglamentlari;

4)  Hukumat  va  davlat  rahbarining  normativ  hujjatlari,  shulardan: 

qarorlar, farmonlar, farmoyishlar, yo'riqnomalar va boshqalar;

5) Konstitutsiyaviy  nazorat  olib  boruvchi  organlaming  normativ- 

huquqiy  hujjatlari  (Konstitutsiyaviy sud va Oliy sud);

6)  Sud  pretsedentlari  (quyi  turuvchi  sudlar  uchun  majburiy  bo'lgan 

yuqori turuvchi sudlaming hujjatlari);

7) Konstitutsiyaviy-huquqiy odatlar (anglosakson huquqi);

8) Xalqaro davlatlararo va ichki shartnomalar;

9)  O'ziga  xos  xususiyatga  ega  bo'lgan  manbalar:  musulmon 

huquqining normalari (shariat normalari);

18


10)  Doktrinal  manbalar.

Konstitutsiyaviy  huquq  manbalari(huquqiy  hujjatlarning  shakllari)ga 

o'zaro  ichki  mulanosiblik,  muvofiqlik  hamda  tobclik  munosabatlari  xos. 

Ular  o'ziga  xos  "iyerarxiyani",  ya'ni  vuqoridan  pastga  qarab  pog'onama- 

pog'ona  tobclik  asosida  tushuvchi  normativ-huquqiy  hujjatlar  tuzilmasini 

tashkil  etadi.  Konstitutsiya  bunda  yuqori  yuridik  kuchga  ko'ra  eng  oliy 

huquqiy-normativ  hujjat bo'lib,  huquqiy ehromning cho'qqisida turadi.

Xorijiy 


mamlakatlar 

konstitutsiyaviy 

huquqining 

manbalari 

konstitutsiyaviy-huquqiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi  normativ- 

huquqiy  hujjatlar hisoblanadi.

Ko'pgina  davlatlarda  ushbu  huquq  tarmog'ining  eng asosiy  manbai  - 

Konstitutsiya hisoblanadi  (ba'zi  bir musulmon davlatlari  istisnodir).  Ammo 

konstitutsiya  davlat  hayotining eng  muhim  masalalarini  hukumatga  havola 

qilib,  ko’pgina  hollarda umumiy qoidalamigina o’zida aks etadi.

Har  bir  davlat  hududida  eng  asosiy  qonun  bo ’lmish  Konstitutsiyadan 

so’ng  doim  qonunlar  va  qonun  osti  hujjatlari  o'rin  egallaydi.  lyerarxiya 

bo'yicha  Konstitutsiyadan  so'ng qonun  turadi.



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling