O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


partiyalarsiz  va  jamoat  birlashmalarisiz  ham  mavjud  bo'lgan27.  Davlat


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
partiyalarsiz  va  jamoat  birlashmalarisiz  ham  mavjud  bo'lgan27.  Davlat, 

aslini  olganda,  odamlaming  muayyan  hududda  yashashini  tashkil  etishga 

qodir  bo'lgan  siyosiy  kuchdir.  Demak,  davlatning  asosiy  belgisi  bo'lib 

davlat  hokimiyati  hisoblanadi,  ya’ni  umummajburiy  qoidalar  chiqarish 

imkoniyati.  Umummajburiylik-davlatning  ham  avtoriteti,  salohiyati orqaii, 

ham  mazkur  qoidalami  bajarishga  majburlash  layoqati  va  bu  qoidalami 

buzganlik  yoki  rioya  etmaganlik  uchun jazolash huquqi  bilan  ta'minlanadi 

(huquq  normalarida ko'rsatilgan  sanksiyalami qo'llash orqaii).

Shunday  qilib,  davlatni  ko'pchilik  odamlar  manfaati  yo'lida  ijtimoiy 

hayotni  tartibga  soladigan  va  o'z  suveren  hokimiyatidan  foydalanadigan 

tashkilot  sifatida  ta’riflash mumkin.

2-§. Davlatning funksiyalarf

Davlat  o'zida  jamiyat  hayotini  tashkillashtirishning  belgilangan 

ma'lum  shaklini  (usulini), ya'ni  ma'lum bir hududda  shu  hudud  aholisining 

ijtimoiy  manfaatlarini  himoya  qilish  yuzasidan  o'matilgan  va  majburlov 

kuchiga  tayanuvchi,  siyosiy  hokimiyatni  amalga  oshiruvchi  maxsus 

apparatni  ifodalaydi.  Jamiyat  hayotini  tashkillashtirishning  bunday  shak­

lida ijtimoiy  munosabatlar,  hokimiyat apparati  tomonidan  o'matiluvchi  va 

sanksiyalanuvchi,  bajarilishi  shu  apparat  tomonidan  ta'minlanuvchi  huquq 

normalari  bilan  tartibga  solinadi.  Davlat  organlarining  iqtisodiyotni 

tartibga  solish  sohasidagi  faoliyati  korporatsiyalar  va  shaxslaming 

manfaatlariga  ta'sir etadi  va  ular davlat  ko'rsatmalarini  bajarishda  moddiy 

yo'qotishlarga  uchraydilar,  ammo  bu  sohani  davlat  tomonidan  tartibga 

solinishi  ijtimoiy  ehtiyojlarni  qondirish  uchun  faoliyat  yuritayotgan 

xo'jalik  subyektlariga  yanada  qulayroq  shart-sharoit  yaratish  maqsadini 

kuzlaydi.  Ushbu  faoliyat  orqaii  jamiyatga  yetkazilishi  mumkin  bo'lgan

1'

  C h u d a k o v   M .F. 

4 ;o n iio yc(£o^udnr4i’. c im oye) p r n \o  znru b ejn ix   ч1гпп.  -М .:  N o v o y e   i/.daiiiye.  2001  S .74.

J 5 4


ma'lum  zararlardan  ularni  himoyalaydi.  Davlat  siyosiy  tizimda  o'z 

vazifalarini  muayyan  funksiyalar  orqali  hajaradi.  Bit  funksiyalar  bir 

paytning  o'zida  davlat  organlari  va  muassasalari  faoliyatining  asosiy 

yo'nalishlari  va  ijtimoiy  nuiammolarni  hal  etish  usuli  sifatida  namoyon 

bo'ladi.

Zamonaviy  demokratik  davlat  uchun  qo'yidagi  asosiy  funksiyalar 

xos.  Siyosiy  funksiya  -   millat  birligini  ta'minlash  va  boshqa  siyosiy 

instiuitlar  faoliyati  uchun  zarur  bo'lgan  shamitlarni  yaratishda  namoyon 

bo'ladi.  Davlat  organlari  bu  funksiyalarni  amalga  oshirish  davomida 

ma'lum  bir  tizimga  ega  bo'lmagan  ijtimoiy  hodisalarni  vujudga  kelishini 

qonun  doirasida  oldini  olish  va  ular  nalijasida  kelib  chiqqan  oqibatlarni 

maksimal  darajada  tugatishga  intiladilar.  Bu  hodisalar  shaxs,  davlat, 

jamiyat  manfaatlariga zarar  yetkazish  va  zo'ravonlik  bilan  bog'liq  bo'lgan 

jinoiy  xarakterdagi  harakatlardan  (umumiy  jinoyutchilik,  terrorizm) 

ijtimoiy  manfaatlarni  himoya  qilish  sifatida  namoyon  bo'lishi  mumkin  (ish 

tashlashlar,  ommaviy  tartibsizliklar).  Davlat  ijtimoiy  hayotning  siyosiy 

sohasini 

tartibga 

solish 

davomida 

siyosiy 

kuchlar 

o'rtasidagi 

munosabatlarni  belgilab  beradi  va  bu  qoidaiarga  rioya  qilinishini 

ta’minlaydi.  Siyosiy  vositalar orqali  davlat jamiyatning  tashqi  xavf'sizligini 

ta'minlaydi.

Davlatning 

iqtisodiy  funksiyasining 

ahamiyati 

oshib, 

tarkibi 

murakkablashmoqda.  Davlat  xo'jalik  subyektlariga  tashqi  bozorda  qulay 

sharoit  yaratib  berishga  intiladi.  Davlatning  ijtimoiy  funksiyasi  ham 

kengayib 

bormoqda. 

Amalda 

barcha 

rivojlangan 

va 

ko'pchilik 

rivojlanayotgan  mamlakatlarda  ta'lim,  sog'liqni  saqlash,  ijtimoiy  himoya, 

madaniyatni  rivojlantirishni  qo'llab  quvvatlash  va  boshqa  sohalarda  keng 

qamrovli  davlat  dasturiari  amalga  oshirilmoqda.  Davlat  -   etnik,  diniy  va 

boshqa jamoalar  o'rtasida  munosabatlarni,  mehnat  va  sannoya  o'rtasidagi 

munosabatlarni  tartibga  solishga  katta  e'tibor  bermoqda.  Maqsad-jamiyat 

uchun  xavfli  nizolarni  oldini  olish.  Davlatning  mafkuraviy funksiyasi  ham 

muhim  ahamiyatga  ega  bo'lib,  uning  maqsadi  jamiyatni  insonparvar, 

axloqiy  -   ma'naviy,  madaniy  ruhda  tarbiyalashdan  iborat  bo'ladi.  Bu  esa 

ijtimoiy  hayotning  turli  sohalarida  davlatning  yuksak  darajada  faolligini 

talab  qiladi.  Sotsialistik  mamlakatlarda  esa  davlat  amalda  butun  ijtimoiy 

hayotni  qamrab  oladi.  Shu  bilan  birga  davlat  to'liq  hukmron  bo'lgan 

markischa-lenincha g'oyalarga bo'ysundirilgan.

155


3-§. Davlat tiplari

Demokratik  davlat. 

“Davlat 

hokimiyatining 

manbai 

xalq” 

ekanligidan  kelib  chiqadi  hamda  demokratiyaning  ikki  shakli  -  vakillik 

demokratiyasi  va  bevosita  demokratiyaning  real  va  muntazam  amalga 

oshirilishini  anglatadi.

Vakillik  demokratiyasi  -   bu  xalq  tomonidan  saylab  qo'yilgan 

vakillar, eng avvalo, parlament deputatlari faoliyatini anglatadi.

Bevosita  (to'g'ridan-to'g'ri)  demokratiya  -  bevosita  fuqarolar 

tomonidan  davlat  ahamiyatiga  molik  qarorlaming  qabul  qilinishidir.  Bu 

eng  avvalo  umummilliy  va  mahalliy  referendumlar,  turli  yig'inlarda 

amalga oshiriladi.

Demokratiyaning  ajralmas  xususiyati  bo'lib,  nafaqat  ko'pchilikning 

irodasi  orqaii  davlatni  boshqarish,  balki  qarorlar  qabul  qilishda, 

kamchilikning  ham  so'zsiz  qatnashuvini  ta’minlanishidir.  Xorijiy  mamla­

katlar  davlat-huquqiy  amaliyotida  davlat  hokimiyatiga  muxolifatda  bo'l­

gan  kuchlarning  mavjudligi  ta'minlanadi.  Buyuk  Britaniyada  rasmiy 

muxolifat  mavjud  bo'lib,  uning  rahnamosi  «soyada  turgan»  hukumntga 

boshchilik  qilibgina  qolmay  (istalgan  vaqt  real  hukumatga  aylanishga 

tayyor 

bo'lib 

turadigan), 

balki 

normativ 

hujjatlarda 

«qirolicha 

hazratlarining muxolifati  sardori» deb nomlanadi va bu faoliyati uchun haq 

oladi, albatta bu ozchilikning fikrini hisobga olishning klassik misolidir.

Davlatning  demokratiyaviyligi  fuqarolarning  davlat qarorlarini  qabul 

qilinishiga  boshqa  usullar  bilan  ham  ta'sir  eta  olishidadir.  Bu  manfaatdor 

fuqarolarning  guruhlar  va  qo'mitalar  tashkil  etish,  petitsiyalar  tuzish  va 

namoyishlar 

o'tkazish 

kabi 

konstitutsiyaviy-huquqiy 

imkoniyatlar 

mavjudligini  bildiradi.

Huquqiy davlat 

(g'oyasi)  -  juda keng  tarqalgan  tushuncha  bo'lib,  u 

o'zida  davlatni  nafaqat  huquqning  umume’tk o f  etilgan  qonun-qoidalar 

asosidagina  faoliyat  olib  borishini,  balki  uning  demokratiya  sharoitida 

fuqarolar  o'rtasidagi  teng  munosabatlar  evaziga  shakllanishini  anglatadi. 

Davlatning  bunday  tavsifi  Germaniya  Asosiy  qonunining  20-moddasida 

o'z  ifodasini  topgan.  Unga  ko'ra,  huquqiy  davlat-konstitutsiyaviy  tuzum 

bilan bog'liq qonunchilik, qonun va huquq bilan bog'liq ijroiya hokimiyati 

va  odil  sudlov  mavjud  davlatda  konstitutsiyaviy  tuzumning  suverenligi 

prinsipi  bilan izohlanib,  hattoki,  Konstitutsiyani  o'zgartirish huquqiga ega 

bo'lgan  qonun  chiqaruvchi  ham  o'zboshimchalik  bilan  ish  tutishiga  yo'l 

qo'yilmaydi.  Shu  bilan  birga,  davlatni  tashkil  etishning  mazkur  prinsipi 

fuqarolarning  huquq  va  erkinliklarini  oliy  darajaga  ko'taradi,  ulami  real 

hayotda  ta'minlanishini  kafolatlaydi.  Huquqiy  davlatning  yana  bir  muhim

156


belgisi  -   u  ham  bo'lsa,  har  qanday  shaxsning  o'z  buzilgan  (davlat  yoki 

boshqa  shaxslar  tomonidan  buzilgan)  huquqlarini  erkin  va  mustaqil  sud 

orqali  himoya qila olish  imkoniyatining  mavjudligidir.

Umumlashtirib, 

davlatning 

konstitutsiyaviy-huquqiy 

tavsifini 

quyidagilarda aks ettirish  mumkin:

-  davlat  tomonidan  inson  huquqlarini  daxlsiz  va  ajralmas  deb  e'tirof 

etilishi  va  mustahkamlanishi.  Amalda  barcha  demokratik  davlatlarning 

zamonaviy  Konstitutsiyalarida  insonlarning  asosiy  huquq  va  erkinliklarini 

kafolatlovchi  nornialar  mavjud.  Bu  ayniqsa,  ikkinchi  jahon  urushidan 

keyin qabul qilingan  Konstitutsiyalarda  keng  tatbiq etilgan;

-  huquq  va  erkinliklarni  kafolailash  mexanizmining  yuridik  asoslari 

o'matilganligi.  Bu  masalada,  majburiy  huquqiy  prolsedura  to'g'risidagi 

konstitutsiyaviy  qoida  muhim  rol  o'ynaydi,  ya'ni  barcha  uchun  baravar  va 

adolatli  ravishda  jinoiy  va  fuqarolik 

ishlarini 

ко'rib  chiqishning 

protsessual  qoidalarining  konstitutsiyaviy  mustahkamlanishidir  (masalan, 

AQShning  Konstitutsiyasining  1791  yilda  kiritilgan  V  tuzatishiga  ko'ra, 

“hech  kim  belgilangan  yuridik  protsedurasiz  hayotidan,  erkidan  yoki 

mulkidan 

mahrum 

etilishi 

mumkin 

emas” 

yoki 

Fransiya 

konstitutsiyasining  66-moddasiga  binoan,  «hech  kim  o'zboshimchalik 

bilan  ozodlikdan  mahrum  qilinishi  mumkin  emas»).  Ushbu  prinsip  deyarli 

barcha  demokratik  davlatlarning  zamonaviy  konstitutsiyalarida  o'z 

ifodasini  topgan;

-  Konstitutsiyaning  boshqa  qonunlarga  nisbatan  ustuvor  bo'lishi. 

Ushbu  qoida  Konstitutsiyaning  niamlakatdagi  qonunchilik  piramidasidagi 

“oliy”  darajasini  ta'minlashga  qaratilgan.  Mazkur  qoida,  Bolgariya 

Konstitutsiyasining 

5-moddasida 

aniq 

ifodalangan. 

Unga 

ko'ra, 

«Konstitutsiya  oliy  qonun  hisoblanib,  boshqa  qonunlar  unga  zid  kelishi 

mumkin emas;  Konstitutsiya qoidalari  bevosita amal  qiladi»;

-  davlat  organlari  va  mansabdor shaxslarining  konstitutsiya va  qonun 

doirasida  harakat  qilish  majburiyatining  konstitutsiyaviy  qoida  tarzida 

o'matilishi.  Huquqiy  davlat  prinsipining  ushbu  belgisi  xulq-atvor 

qoidalarini  o'rnatuvchi  davlat  hamda  uning  organlari  ham konstitutsiya va 

qonunlar  asosida  faoliyat  yuritishini  anglatdi.  Masalan,  1976  yilgi 

Portugaliya  Respublikasi  konstitutsiyasining  3-moddasida  aytilishicha, 

davlat  konstitutsiyaga  bo'ysungan  holda,  demokratik  qonuniylikka 

tayanadi;

-  sudlaming  mustaqilligi  konstitutsiyaviy  darajada  mustahkamlan- 

ganligi.  Sud  hokimiyati  huquqiy  davlatda  insoniar  huquq  va  erkinlik­

larining  qo'riqchisi  sifatida  barcha  prinsiplarning  qonunda  belgilangan

157


sharoitlariga  rioya  qilish  ustidan  nazoratni  olib  boradi.  1946  yilgi 

Yaponiya  konstitutsiyasining  76-moddasiga  ko'ra,  «Barcha  sudyalar 

mustaqildirlar, ular konstitutsiya va qonunlar bilan bog'liq bo'lib, faqat o 'z  

vijdonlariga ko'ra harakat qiladilar».



xalqaro  huquq  normalarining  ichki  milliy  huquq  normalariga 

nisbatan  ustunligi.  Polsha  Konstitutsiyasining  91-moddasiga  ko'ra, 

ratifikatsiyalangan  xalqaro  shartnomalar  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan 

ta'sis  etilgan  xalqaro  shartnomalarda nazarda tutilgan holdagina qonundan 

ustun  turadi.  Bundan  tashqari,  bu  qoida  aniq  va  sodda qilib,  1991  yildagi 

Makedoniya  konstitutsiyasining  118-moddasida  berilgan  bo'lib,  unga 

ko'ra,  «Konstitutsiyaga  mos  ravishda  imzolangan  xalqaro  shartnomalar 

huquqiy  tartibotning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi  va  qonunlar  bilan 

o'zgartirilishi mumkin emas».

D unyoviy  d a v la t  Dunyoviy  sifatdagi  davlatning  konstitutsiyaviy 

xarakteri  uning  umume’tirof etilgan  dunyoviy  normalar  asosida  rivojlanib 

borishini  hamda  dinning  davlatdan  ajralishi,  diniy  tashkilotlarning 

faoliyatini 

chegaralangan 

muhitini 

bildiradi. 

Masalan, 

Italiya 

Konstitutsiyasining  7 -moddasida:«davlat  va  katolik  cherkovi  bir-biridan 

o'zlariga  tegishli  sohalarda  mustaqil  va  suverendirlar»,  degan  qoida 

mustahkamlab qo'yilgan. Davlatning  dunyoviy xarakteri diniy kamchilikni 

tashkil  qiluvchilarning  huquq  va  majburiyatlari  o'matilishini  hamda 

cherkov  va  diniy  jamiyatlarga  davlat  budjetidan  moddiy  yordam 

ko'rsatilishini  inkor  etmaydi.  TaTddlash  lozimki,  davlatlar  dinga  jalb 

etilganlik  darajasiga  qarab,  teokratik  (Vatikan,  Saudiya  Arabistoni)  va 

klerikal  davlatlarga  bo'linadi.  Klerikal  davlatlar  cherkov-diniy  odatlar, 

rasm-rusumlarga,  an’analarga va diniy huquqga kamroq tortilgan  davlatlar 

bo'lib, ularga Eronni kiritish mumkin,  biroq,  80-yillaming boshida,  «islom 

inqilobi»  va  M.Humoyniyning  rahbarlik  davrida  Eron  teokratik  davlat 

bo'lgan edi.

Ijtim oiy  davlat.  Davlatning ijtimoiy xarakterga ega ekanligi prinsipi 

keyingi  paytlarda,  ko'pchilik  davlatlar  tomonidan  e’lon  qilinmoqda.  Bu 

prinsip  aslida  davlatning  muayyan  bir  shaklda  ijtimoiy  boyliklarni  qayta 

taqsimlash  yo'li  bilan  mulksizlar,  mehnatga  layoqatsizlar,  nogironlar, 

qariyalar,  bolalar  va  shunga  o'xshash  toifalarga  g'amxo'rlik  ко'rsatish 

lozimligini  e'tirof etishi  va  bu  majburiyatni  zimmasiga  olishini  anglatadi. 

Masalan,  Ispaniya  Konstitutsiyasi  (1978)  1-moddasida  Ispaniyaning 

ijtimoiy  davlat  deb  mustahkamlangan,  «Ijtimoiy  va  iqtisodiy  siyosatning 

asosiy  prinsiplari  haqida»gi  3-bobda  esa  bu  qoidani  rivojlantiriladi,  unda 

boshqa  masalalar  bilan  bir  qatorda,  oilani  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  huquqiy

158


muhofaza  etish  -  davlatning  zimmasida  ekanligi  mustahkamlangan  (39  m. 

1),  shuningdek,  «davlat  hokimiyati  ijtimoiy  va  iqtisodiy rivojlani.sh  hamda 

iqtisodiy 

barqarorlik 

siyosati 

doirasida 

mintaqaviy 

va 

shaxsiy 

daromadlarning  eng  adolatli  taqsimlanishi  uchun  zarur  sharoitlarni 

vujudga keltiradi(40 

111

.  I)» deb ta'kidlab qo'yilgan.

Davlatning  ijtimoiy  xaraktcri  quyidagilar bilan  ta’minlanishi  mumkin 

deb hisoblash  qabul  qilingan:

-fuqarolaming  muayyan  yashash  ininiinumini  yoki  hech  bo'lmasa, 

yashab turishga yetadigan  nafaqa talab qilish  huquqning  ta'minlanishi;

- oqilona soliq  siyosatining mustahkamlanishi;

-  iste'molchilarning davlat tomonidan  himoyalanishi;

-obyektiv  sabablarga  ko'ra  davlatning  yordamiga,  eng  avvalo 

moddiy  yordamga  muhtoj  bo'lgan  nogironlar,  qariyalar,  ko'p  bolalai 

oilalar,  yolg'iz  o'zi  farzand  tarbiyalayotgan  onalarga  davlatning  yordam 

berishi;

-tib b iy  yordamga  moddiy  imkoni  bo'lmaganlarga  bunday  yordamni 

bepul  ko'rsatishning  ta'minlanganligi.

4-§. Davlatni tashkil etish va faoliyatining

konstitutsiyaviy prinsiplari

"Prinsip”  deganda,  ma’lum  bir  faoliyatning  asosi  hisoblanuvchi 

rahbariy  qoidalar  hamda  tayanch  g'oyalar  tushuniiadi.  Shunga  ko'ra, 

davlatni  tashkil  etishning  konstitutsiyaviy-huquqiy  prinsiplari  -  bu 

davlatning 

organlari 

tizimining 

shakllantirilishida 

hamda 

faoliyat 

yuritishida 

asoslanadigan 

muhim 

rahbariy 

qoidalar 

(tamoyillar) 

hisoblanadi.

Odatda,  davlat  va  uning  faoliyatini  tashkil  etish  prinsiplari  xorijiy 

mamlakatlar  konstitutsiyalarming  muqaddima  va  dastlabki  moddalarida 

davlatga  berilgan  tavsifiy  qoidalar  asosida  o'z  ifodasini  topadi.  Masalan, 

Italiya  Konstitutsiyasining  l-moddasida:  «Ttaliya  -   mehnatga  asoslangan 

demokratik  respublikadir»,  Fransiya  Konstitutsiyasining  2-moddasida  esa: 

«Fransiya  yaxlit,  dunyoviy,  demokratik  va  ijtimoiy  respublikadir»,  GFR 

Asosiy  qonunining  20( 1 )-moddasida:  «Germaniya  Federativ  Respublikasi 

demokratik 

va 

ijtimoiy 

federativ  davlatdir», 

1997  yilgi 

Polsha 

Konstitutsiyasining  2-moddasida:  «Polsha  Respublikasi  ijtimoiy  adolat 

prinsipini  amalga  oshiradigan  demokratik  huquqiy  davlat  hisoblanadi», 

Ispaniya  Konstitutsiyasining  l-moddasida:  «Ispaniya  -   ijtimoiy,  huquqiy 

va  demokratik  davlat  bo'lib,  uning  eng  oliy  qadriyatlari  erkinlik,  adolat, 

tenglik va siyosiy plyuralizmdir» deyiladi.

159


Yuqnridagi 

misollarni 

umumlashtiradigan 

bo'lsak,  bu 

holda, 

quyidagi  ptinsiplami  ajratib  ko'rsatish  mumkin:  demokratizm(xaiq 

hokimiyatchiligi),  huquqiy  davlat,  davlatning  yaxlitligi,  uning  dunyoviy 

xarakteri,  ijtimoiy  adolat,  siyosiy  plyuraiizm,  federalizm,  hokimiyatlarning 

taqsimlanishi  tamoyili  va boshqalar.

Siyosiy  plyuraiizm  prinsipi. 

Bu  prinsip  eng  avvalo,  real  va 

Konstitutsiyalarda  mustahkamlangan  ko'ppartiyaviylikni  anglatadi.  Ko'p- 

gina  olimlar  va  siyosalchilar  adolatli  ravishda  hisoblaganidek,  real  demo­

kratik  siyosiy  rejim  siyosiy  plyuralizmsiz  (hur  fikrliksiz)  bo'lishi  mumkin 

emas.  Jumladan,  Armaniston  Konstitutsiyasining  7-moddasiga  ko'ra, 

Armaniston  Respublikasida  ко'ppartiyaviylik  tan  olinadi.  Partiyalar  erkin 

tarzda  tashkil  etiladi,  xalqning  siyosiy  irodasini  shakllantirish  va 

ifodalashga  yordam  beradi. 

Ulaming  faoliyati  konstitutsiyaga  va 

qonunlarga,  tuzilishi  va amal qilish tarzi  esa demokratiya tamoyillariga tad 

bo'lmasligi lozim.

Davlatning 

yaxlitligi. 

Bu 

mamlakat 

hududining 

yaxlitligi 

qo'riqlanishini,  uning  muayyan  bir qismi  (bu  ham  federativ,  va ham  uni'.ar 

davlatlarga  taalluqli)  bo'linishga,  yoki  ehicjib  ketishga  (setsessiya  huquqi) 

haqqi 

yo'qligini 

anglatadi. 

Ushbu 

prinsip 

davlatning 

muhim 

xususiyatlaridan  biri  bo'lib  ham  hisoblanadi.  Har  qanday  normal  amal 

qilib  turgan  davlat,  o'z  taqdirini  o'zi  belgilash  huquqi  haqida  qancha 

gapirilmasin,  baribir,  o'zining  ma'lum  bir  qismini  ajralib  chiqishiga 

qarshilik  ko'rsatadi,  chunki  ushbu  prinsip  orqaii  davlatchilik  saqlanib 

turadi. 

Ushbu 

prinsip 

ayrim 

mamlakatlaming 

Konstitutsiyalarida 

«davlatning  birligi»  yoki  «davlatning  bo'linmasligi»  deb  ham  yuritiladi. 

Masalan,  Belorus  Respublikasi  Konstitutsiyasining  9-moddasiga  muvofiq, 

“Belorus hududi  yagonadir va u tortib olinmaydi”.

Hokimiyatlar bo'linishi prinsipi. 

Yuqorida ta’kidlab o'tganimizdek, 

hokimiyatlar  taqsimlanishi-demokratiya  sharoitida  davlat  hokimiyatini 

tashkillashtirish  va  amalga  oshirishning  asosiy  tamoyillaridan  biridir. 

Mazkur  prinsipning  tub  mohiyati  shuki,  unda  yagona  hokimiyatning  uch 

tarkibiy  bo'g'ini:  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud  hokimiyati  o'z 

konstitutsiyaviy  vakolatlari  doirasida  mustaqil  faoliyat  yuritib,  bir- 

birlarining  vakolatlarini  o'zlashtirmaydilar.  Har bir hokimiyat tarmog'i  o'z 

hirnoyasi  nuqtai  nazaridan  o'zgasini  nazorat  qiladi,  ular  faoliyatining 

chegarasini  cheklab 

turadi,  vakolatlaridan  chetga  chiqishiga  yo'l 

qo'ymaydi.  Hokimiyatlar  taqsimlanishi  nazariyasi  klassik  shaklining 

an’anaviy  asoschilari  Djon  Lokk  va Shari  Lui  Monteskyelardir.  Monteskye 

ta'limotiga  binoan,  “erkin  davlat-hokimiyatlar  bo'linishi  prinsipiga,

160


yakkahokimlikka  qarshi  tarmoqlaming  o'zaro  bir-birini  tiyib  turishiga, 

davlat  hokimiyatini  jamiyatning  turli  ijtimoiy  qatlamlari  o'rtasidagi 

taqsimlanishiga  asoslanishi  lozim”28.  Monteskye  ta'limotida  alohida  o'rir. 

tutadigan  g'oya  hokimiyatlarning  muvozanati,  tengligi  hamda  ularning 

“o'zaro bir-birini  tiyib  turish va qarama-qarshi  ta’sir etish tizimi”  haqidagi 

g'oyadir.  Buning  ma’nosi  shuki,  yuqorida  zikr  etilgan  hokimiyatlar 

o'rtasida  shunday  munosabat  o'rnatilmog'i  lozimki,  bunda  ularning  har 

biri  davlat  vazifalarini  mustaqil  o'tash  bilan  birgalikda,  o 'z  huquqiy 

vositalari  yordamida  bir-birini  muvozanatga  chorlab  turadilar,  hokimiyat 

vakolatlarini  birgina  muassasa  tomonidan  qonunsiz  ravishda  tortib 

olinishini bartaraf etadilar.

5-§. Davlat mexanizmi, apparati, organlari va

muassasalari

Davlatning  roli  va vazifasini  tushunish  uchun  unga tegishli  bir  qator 

tushunchalarni  bilib  olish  zarur.  Masalan,  «davlat  mexanizmi»,  «davlat 

organi»,  «davlat  muassasasi»,  «davlat  apparati»  kabi  tushunchaiar  shular 

jumlasidan.  Davlat  o'zining  ijtimoiy  hayotdagi  vazifalarini  ma'lum  bir 

tashkiliy tuzilmalar orqali amalga oshiradi. Bularni quyida ko'rib o' tamiz.

D avlat mexanizmi deganda,  har qanday  davlat uchun muhim  bo'lgan 

jamiyatni  boshqarish  tuzilmasi  tushuniiadi.  Mutlaq  monarxiyada  bu  -  

monarx,  uning  hiikumati,  armiya,  politsiya,  ya’ni  hokimiyatni  amalga 

oshiruvchi  va  ta’minlovchi  hokimiyat  tizimidir.  Hozirgi  zamonda  davlat 

mexanizmi  deganda,  davlat  hokimiyatining  -   parlament,  davlat  boshlig'i, 

hukumat,  sud organlari kabi bosh organlari anglatiladi.

D avlat  apparati  -   davlat  ahamiyatiga  molik  (mas’ul  yoki  uncha 

mas’ul  bo'lmagan)  qarorlar qabul  qiladigan  va  ulaming ijrosi  uchun javob 

beradigan  mutaxassis,  davlat  xizmatchilaridan  iborat.  Bunday  shaxslar 

muayyan  ma’lumotga ega bo'lishlari  lozim ,  ular o'zlarinng  mehnati  uchun 

anchagina ish haqi  olishadi,  va odatda, ma'lum  imtiyozlarga ega bo'lishadi 

(ranglar, titullar, turli nafaqalar, pensiya va b.).

D avlat  organi  -   bu  muayyan  tartibda  tashkil  etilgan,  huquq  va 

vakolatlar  asosida  harakat  qiladigan  va  umummajburiy  qoidalar  qabul 

qiladigan  shaxslar  guruhi  (ba’zan  bitta  mansabdor  shaxsning  o'zini  organ 

deb  ham  atashadi,  bunda  u  individul  organ  sifatida  namoyon  bo'ladi). 

Boshqacha  aytganda,  davlat  organi-  bu  davlat  funksiyalarini  ijro  etishda, 

qatnashuvchi  va  buning  uchun  hokimiyat  vakolatiga  ega  bo'lgan  davlat 

mexanizmining bir elementidir.

2Я Azarkin N.M. 

M o n te sk y e . 

-M.rYuridicheskaya literatura,  1988. S.6S.

(61


Davlat  muassasasi  -   bu  ham  muayyan  tartibda  tashkillashgan 

shaxslar  guruhi  bo'lib,  и  umummajburiy  qoidalar  qabul  qilmaydi,  balki 

davlat  organlarining  qarorlarini  bajaradi  {amalga  oshiradi).  M asalan, 

davlat  pochtasi,  davlat  maktabi,  davlat  telegrqfi,  davlat  yong'in  xizjnati, 

tabiatni qo'riqlash davlat xizjmati va b.

162

1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling