O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


partiyalar. Ta'sir etish guruhlari (lobbistik


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54
partiyalar. Ta'sir etish guruhlari (lobbistik 

tashkilotlar)

4-§JSiyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilishi, tashkiliy 

rasmiylashtirilgan va tashkiliy rasmiylashtirilmagan 

partiyalar

5-§. Chet ellardagi partiyaviy tizimlar: yetakchi siyosiy 

partiyasi bo'lgan ко'ppartiyaviylik tizim, yetakchi siyosiy 

partiyasi bo'lmagan ко'ppartiyaviylik tizimi, 

ikkipartiyaviylik, yakka partiyaviylik va «partiyasiz» 

tizimlar

6-§. Siyosiy partiyalar fooliyatining tartibi va tartibga 

solish mexanizmining ichki va tashqi usullari

l-§ . Siyosiy partiyalarning mohiyati va vazifalari 

“Partly a” so'zi  lotincha  “rartio”  (“pars”  -  "qism",  "bo'lak")  so'zidan 

olingan bo'lib, “bo'linmoq,  ajramoq” ma'nosini anglatadi.  Siyosiy partiya- 

bu  jamiyatning  ma’lum  guruh  va  tabaqalari  faol  vakillarining  muayyan 

umumiy  manfaatlar,  maqsadlar va orzu-umidlar asosida birlashgan, davlat 

hokimiyatiga  ega  bo'lish  yoki  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirishda  hal 

qiluvchi  ta'sir  |£>'rsatishga  intiluvchi  siyosiy  tashkilotdir.  Sodda  qilib 

aytganda,  siyosiy  partiya  bu  g'oya  va  manfaatlari  umumiy  bo'lgan 

maqsadlari bilan  ajralib turadigan kishilar guruhidir.

Partiya  jamiyat  siyosiy  tizimining  alohida,  o'ziga  xos  elementi 

hisoblanadi.  Siyosiy  partiyalar  hokimiyat  uchun  kurashish,  hokimiyatni 

amalga oshirilishiga ta'sir etish,  agar partiya vakillari  hokimiyat organlari- 

da muvofiq o'rin egallagan bo'lsalar, hokimiyatni bevosita amalga oshirish 

maqsadida tashkil etiladiA Siyosiy partiyalar boshqa jamoat birlashmalariga 

nisbatan  jamiyat  va  davlatning  o'zaro  munosabatlarida  davlat  bosh- 

qaruvida o'ta muhim va alohida rol o'ynaydi.

Partiyalar qadimgi  davrlardayoq,  paydo bo'lgan.  Masalan,  miloddan 

aw algi V asrda Afina (Yunoniston)da aristokratik va demokratik guruhlar 

(bular  o'ziga  xos  dastlabki  partiyalar  edi)  o'rtasida  siyosiy  kurash 

boshlangan  edi.  Shuningdek,  qadimgi  Rim  respublikasidagi  optimatlar  va

163


populyarlar  ham  o'sha  davming  siyosiy  partiyalari  edi.  Siyosiy  partiyalar 

o'rta asrlarda  ham  mavjud  bo'lgan.  Shuni  nazarda  tutish  kerakki,  qadimgi 

davrda ham o'rta  asrlarda ham,  partiyalar faqat  davlatni  boshqarish rejimi 

(tartibi) 

ma'lum 

darajada  demokratiya  alomatlariga  ega  bo'lgan 

joylardagina tashkil topgan.

Faqat shunday sharoitlarda partiyalar qandaydir ijtimoiy manfaatlarni 

ifoda  eta  olishgan.  Partiyalar  qachonki,  ulami  turli  ijtimoiy  manfaatlarni 

tahlil  qilish,  bunday  manfaatlarni  ta’riflash  va  himoya  qilishga  majbur 

qiluvehi 

boshqa 

partiyalar, 

ya'ni 

raqiblar 

bo'lgandagina, 

o'z 

majburiyatlarini  saqlab  qoladilar,  ulami  amalga  oshirishga  harakat 

qiladilar  va  faoliyat  ko'rsata  oladilar.  Partiyalar  shu  tarzda,  jamiyatning 

turli qatlamlari (tabaqalari) orasida o'z tarafdorlariga ega bo'ladilar.

Zamonaviy  ma'nodagi  siyosiy  partiyalar  dastlab,  Yevropa  (buijua) 

inqiloblari  munosabati  bilan  yuzaga  keldi.  O'sha  inqiloblar chog'ida  xalq 

vakilliklari  tuzildi,  ya'ni  saylanadigan  vakillar  vositasida  amalga 

oshiriladigan  xalq  hokimiyati  tizimi  barpo  qilindi.  Dastlab  partiyalar 

safiga,  bir  tomondan  monarx  (yakka  hokim)  va  feodallar,  ikkinchi 

tomondan  esa  -   teng  huquqlilik  va  siyosiy  erkinlik  himoyachilari 

birlashdilar.  Natijada  turli  partiyalar  yuzaga  kela  boshladi,  ular 

jamiyatning  ayrim  ijtimoiy  va  mintaqaviy guruhlari  manfaatlarini  himoya 

qilishga  kirishdilar.  Sinfiy  guruhlarga  bo'linishning  kuchayishi,  ijtimoiy 

ziddiyatlaming  chuqurlashishi  munosabati  bilan  siyosatga  jamiyatning 

keng  tabaqalari  jalb  qilinishi  natijasida  partiyalaming  roli  yanada 

kuchaydi,  o'sdi  va  ular  siyosatning  asosiy  subyekti  va  demokratik 

davlatchilikning zarur elementi bo'lib qoldi.

Siyosiy  partiyalaming  siyosiy  sahnada  faoliyat  ko'rsatuvchi  boshqa 

jamoat  birlashmalaridan  asosiy  farqi  shundaki,  ular  (siyosiy  partiyalar) 

davlat  va  jamiyatni  boshqarish  imkoniyatiga  ega  bo'lishga  intilib, 

parlament va hukumatda o'rin olish uchun ochiqdan ochiq qonun doirasida 

kurash olib boradilar.

Siyosiy  partiyalar  siyosiy  tizimning  markaziy  bo'lagi  sifatida, 

ijtimoiy-siyosiy  va  davlat  hayotida  muhim  o'rin  egallaydi.  Ular 

hokimiyatga  erishish,  undan  foydalanish,  uni  amalga  oshirish  haqidagi 

masalalarda,  o'zaro  raqobatlashadilar  va  kurashadilar.  Partiyalar  siyosiy 

jarayonning  barcha  bosqichlarida: 

saylovlarda, 

davlat  organlarini 

(qonunchilik,  ijro  va  sud)  shakllantirishda,  davlat  miqyosida  va  siyosatga 

oid  qarorlar  qabul  qilishda  hamda  ulami  amalga  oshirishda  faol  ishtirok 

etadilar.

164


Partiyalar  nomidan  ko'rsatilgan  nomzodlaming  davlat  organlariga 

saylashda,  ovoz  beruvchi  tarafdorlari  uning  elektoratini  tashkil  etadi 

(inglizcha  "yelektor",  Fransuzcha  “electeur”-  “saylovchi”  degani). 

Elcktoratning  asosiy  qismi  bo'lgan  ijtimoiy  tabaqalar partiyaning  ijtimoiy 

negizi  hisoblanadi.  Barqaivr  ijtimoiy  munosabatlarga  ega  bo'lgan 

mamlakatlarda  (Masalan,  Buyuk  Britaniya,  Shvetsiya,  Shveysariya, 

Niderlandiyada)  ayrim  partiyalaming  elektoratlari  ko'proq  mahalliy  va 

oilaviy an'analarga  suyanadi,  ya'ni  yangi  avlod  o'z ota-bobolaridan o'mak 

olib, ma'lum bir partiya uchun ovoz beradi.

Siyosiy  partiyalaming  mohiyati  avvalo  ularning  maqsad  va 

vazifalarida  namoyon  bo'ladi.  Zero,  har  qanday  partiya  tuzilgan 

vaqtidayoq,  o'z  oldiga  aniq  maqsadlarni  qo'yadi.  Masalan,  1854  yilda 

AQShda  tuzilgan 

respublikachilar  partiyasi 

mulkdorlar  va  yirik 

fermerlaming 

manfaatlarini 

ifodalagan 

qulchilikni 

eski 

quldorlik 

shtatlarida  cheklab  qo'yishni,  buijuaziya  manfaatlarini  ko'zlab  ekspansiv 

tashqi  siyosat olib borishni,  yuqori muhofaza bojlarmi joriy qilishni,  temir 

yo'l  qurilishining  hukumat  tomonidan  rag'batlantirilishini  va  markaziy 

hokimiyatni 

kuchaytirishni  o'zining 

maqsadi  qilib  qo'ygan  edi. 

Demokratik  partiya  mamlakatdagi  butun  siyosiy  tizimning  samarali 

faoliyat  ko'rsatishi,  jamiyatning  turli  tabaqalari  manfatlari  amalga 

oshirilishi,  mavjud  tuzumning  taraqqiy  etishi,  o'sishi,  rivojlanishi  va 

tartibga solib  turilishi uchun intiladi.  Albatta,  u  bunday  sharoitda o'zining 

hokimiyat  tepasiga  kelishi  uchun  ovoz  bergan  ijtimoiy  guruhlaming 

manfaatlarini  ro'yobga  chiqarishga  alohida  e’tibor  beradi,  ammo  ijtimoiy 

konfrontatsiyaga  yo'l  qo'ymaslik  uchun  boshqa  ijtimoiy  guruhlaming 

manfaatlarini  ham  hisobga  olishiga  to'g'ri  keladi.  Shu  sababli  partiyaga, 

ayniqsa,  hukmron  partiyaga  faqat  bitta  ijtimoiy  guruhning  oddiy  qo'yib 

qo'yilgan  siyosiy kuchi  sifatida qarash ham mumkin emas.

To'g'ri,  amaliyotda jamiyatning tor guruhlari manfaati yoki hatto o'z 

manfaatlari  uchun  ham  har  narsani  bu  yo'lda qurbon  qilishga tayyor,  har 

qanday  yo'l  bilan  hokimiyat  tepasiga  kelishni  xohlovchi  partiyalar  ham 

uchrab  turadi.  Bunday  partiyalar  o'z  maqsadlariga  erishish  yo'lida  aksil, 

konstitutsiyaviy  vositalami  ham  ishga  solishi  mumkin.  Ammo  bunday 

partiyalar  sog'Jom  demokratik  siyosiy  jarayonda  muvaffaqiyatga  erisha 

olmaydi, ko'p holatlarda nizo janjallami, tartibsizliklami keltirib chiqaradi.

Siyosiy  partiyalar  o'z  oldidagi  maqsadga  erishish  uchun  ma'lum 

vazifalami  bajaradilar.  Bulaming  orasida,  davlatni  boshqarishda  ishtirok 

etish, milliy integratsiya, mafkuraviy, kommunikativ va boshqa vazifalarni 

ajratib ko'rsatish mumkin.

165


Har qanday  siyosiy partiya o'z  faoliyatini jamiyatda mavjud  bo'lgan 

muammolami  hal  etishga  yo'naltirilgan  siyosiy  kursni  ishlab  chiqishdan 

boshlaydi. 

Ushbu 

maqsadda, 

partiya 

faollari 

va  jalb 

qilingan 

mutaxassislardan  iborat  tashabbuskor  guruhlar,  qo'mita  va  hay’at 

(komissiya)lar, jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi.

Siyosiy partiya o'zining dasturiy hujjatlarida o'ziga xos strategiya va 

usul  tanlab, u  orqaii  saylovchilarga ta'sir ko'rsatishga intiladi.  Bu  tashkiliy 

bosqichda  partiyaga  yangi  a'zolami  qabul  qilish,  faollarni  tarbiyalash, 

saylovchilami  partiya  nomzodlarini  qo'llab-quvvatlashga  safarbar  qilish, 

yo'lboshchilarini  tanlab  olish,  ulami  davlat  va  ommaviy  jamoat 

tashkilotlari organlarida yuqori lavozimlarga ilgari surish vazifalari yuzaga 

chiqadi.

Partiyaning eng  muhim  vazifasi  hokimiyat  organlarini  shakllantirish 

va ular faoliyati ustidan nazorat olib borishda ishtirok etishdir.

Siyosiy 

partiyalarning 

bo'lishi, 

ulaming 

davlat 

organlariga 

saylovlarda  ishtirok  etishlari  ijtimoiy  ixtiloflami  tinch  yo'l  bilan  hal 

etilishiga  yo'l  ochib  beradi.  Bu  zarur  hollarda,  hukumatlaming 

almashtirilishi  uchun,  siyosiy  arboblaming  professional  qobiliyatini 

qo'llab-quwatlash  uchun  ijobiy  shart-sharoitlar  yaratadi  va  bu  bilan 

jamiyatning 

davlat 

tomonidan 

boshqarilishining 

samaradorligi 

ta’minlanadi.

Demokratik  rejimdagi  ikki  partiyaviy  yoki  ko'p  partiyaviy  tizimga 

ega bo'lgan  davlatlarda hukmron partiyalar va muxolif partiyalar o'rtasida 

sog'lom  raqobat  mavjud  bo'ladi.  Muxolif  partiyalar  milliy  taraqqiyot 

uchun muqobil  dasturlar ishlab chiqadi  va jamoatchilik muhokamasiga o'z 

takliflarini  beradi,  amaldagi  hukumat  faoliyatida  mavjud  bo'lgan  xato, 

nuqsonlar,  suiiste’molliklami  tanqid  qiladi,  bu  bilan  esa  hukumatni 

jamiyatdagi  mavjud  muammolami  muvaffaqqiyatli  hal  etish  usullarini 

izlab  topishga  majbur  qiladi.  Masalan,  Buyuk  Britaniya,  Hindiston  va 

boshqa  bir  qator  mamlakatlarda  muxolif  partiyalar  tomonidan  “Yashirin 

kabinetlar”  tuziladi,  kabinet  a'zolariga  davlat  xazinasidan  mablag' 

to'lanadi va ular ba’zi  imtiyozlardan ham fbydalanadilar,  shu  tariqa davlat 

va jamiyat hayotidagi turli muammolami hal etishda faol ishtirok etadilar.

Milliy  davlatchilik  shakllanib  kelayotgan  sharoitlarda,  siyosiy 

partiyalar  ko'pincha  milliy  integratsiya  (yagonalashuv, 

birlashuv) 

vazifasini  amalga  oshiradilar.  Masalan,  bu  vazifa  Hindiston  milliy 

Kongressi  partiyasining  40-  60-yillardagi  faoliyatida  yaqqol  namoyon 

bo'ladi.  Ushbu  partiya  milliy  mustaqillik  uchun  kurash  davrida  hind 

jamiyatining birlashtinivchi markazi bo'lgan.

166


Har  qanday  partiya  albatta,  o'zining  mafkuraviy  vazifasiga  ega 

bo'ladi.  Bu  esa  partiyaning  o'z  a’zolari  va  tarafdorlariga  g'oyaviy 

(mafkuraviy) ta'sir ko'rsatishida, o'z qadriyatlari, dunyoqarashlarini targ'ib 

etishida,  mamlakatda  o'z  faoliyati  uchun  zarur  bo'lgan  ijtimoiy-ruhiy 

muhitni yarata olishida namoyon bo'ladi.

Siyosiy  partiyalar  davlat  hokimiyatini  demokratik  ravishda  amalga 

oshirish  uchun  o'ta  zarur  bo'lgan  vazifani  ham  amalga  oshiradilar.  Ular 

siyosiy  vaziyatning  rivojlanishi  va  uning  o'zgarishini  o'z  vaqtida  anglab 

olishga  intilib,  hukmron  doiralar  va  jamiyat  orasida  o'zaro  samarali 

munosabatlarning  o'rnatilishi  va  davom  ettirilishi  uchun  mas’uldirlar.  Bu 

yerda  partiyalar  tomonidan  kuzatib,  nazorat  qilib  boriladigan  ommaviy 

axborot  vositalari  muhim  o'rin  tutadi.  Partiyalar  ko'pincha  maslahat 

qo'mitalai\  klublar,  yordam  guruhlari,  yoshlar  uchun  madaniy  ijtimoiy 

markazlar tuzadilar,  katta siyosiy  targ'ibot ishlari  olib  boradilar,  ommaviy 

mitinglar  o'tkazadilar,  ma'ruzalar,  suhbatlar  uyushtiradilar,  partiya 

faollarining saylovchilar bilan shaxsiy aloqalarini doimiy ravishda qo'llab- 

quvvatlaydilar.  Siyosiy  partiyalarning  bunday  vazifalami  bajarishi 

hukumat  va  partiya  rahbariyatini  xalqning  ahvoli  va  fikri  haqidagi 

ma'himotlar bilan muntazam ta'minlaydi, ijtimoiy fikmi  o'rganish borasida 

samarali ishlar olib borishni taqozo etadi.

2-§.Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi

Siyosiy  partiyalaming  paydo  bo'lishi  va  jahon  ijtimoiy-siyosiy 

tizimida o'ziga xos o'rin tutishi -  bu  demokratiyaning yuksak tantanasidir. 

Partiyalarning  tarixiy  jihatdan  kelib  chiqishini  va  rivojlanish  omillarini 

bilmasdan  turib,  ulaming  hozirgi  paytdagi  faoliyadari  to'g'risida  so'z 

yuritib  bo'Lmaydi.  Shunday  ekan,  bugungi  kunda  siyosiy  partiyalaming 

faoliyatini o'rganish, ulaming kelib chiqish tarixi va shakllanish omillarini 

o'rganish bilan bevosita bog'liq.

Darhaqiqat,  siyosiy  partiyalaming  tarixi bir necha yuz yilliklar bilan 

o'lchanadi hamda ulaming shakllanishi ancha uzoq va murakkab jarayonni 

o'z  ichiga  oladi.  Shuni  aytish  kerakki,  hozirgi  ko'rinishdagi  partiyalar  va 

ulaming  zamonaviy  mohiyati  Yevropadagi burjua inqiloblari  g'alabasidan 

keyin  yuzaga  kelgan  bo'lsada,  lekin  mazmunan  partiyaga  monand 

guruhlar,  uyushmalar insoniyat  tarixining qadimgi davrlarida ham ma'lum 

bo'lgan.

Partiya  - atamasi  lotincha  so'zdan  kelib  chiqqan  bo'lishiga 

qaramasdan;  rimliklarga  qadar  demokratiyaning  vatani  bo'lmish  qadimgi 

Yynonistonda  «partiya»ning  ilk  ko'rinishlari  mavjud  bo'lgan.  Qadimgi

167


Yunonistonda  «partiyalar»  hozirgi  tushunchasidan  tamoman  farq  qilgan 

holda,  muayyan  bir hudud  yoki  mintaqadagi  aholi  guruhlarini  ifodalagan. 

Jumladan,  Arastu  miloddan  avvalgi  VI  asrda  Attikadagi  dengiz 

qjrg'oqbo'yi,  yalanglik  va  tog4 da  yashovchi  aholining  «partiyalari» 

o'rtasidagi  kurashni  yozib  qoldirgan.  Shuningdek,  qadimgi  Afinada  t e n  

mavjud  bo'lgan  ba'zi  bir  guruhlami  (mas. 

geteriylar)  o'z  davrining 

«partiyalari»  deb  atash  mumkin.  Keyinchalik  qadimgi  Rimda  malum  bir 

shaxslar yoki konsepsiya (g' oya)lar atrofida to'plangan aholining muayyan 

bir  qismi  partiyalar  vujudga  kela  bo^hladi.  Boshqacha  aytganda,  qadimgi 

Rimda zamonaviy  partiya mohiyatining  ilk  negizlari  shakllandi.  Masalan, 

aka-uka  Grakxlar  paitiyasi  konkret  bir  siyosait,  ya’ni  yer  islohotlari 

o' tkazilishi tarafdorlari va talabgorlarini o'z atrofida to'plagan.

Shu o'rinda, qadimgi davr partiyalarining o'ziga xos belgilarini aytib 

o'tish  joiz.  Qadimgi  partiyaviy  gurahlar,  awalo,  muayyan  bir  ko'zga 

ko'ringan  oilalar  yoki  mashhur  shaxslar  atrofida  va  ulami  qo'Wab- 

quvvatlash uchun  shakllangan (mas. Rim optimal ,va populyariylari) yoxud 

ular  ma'lum  bir  hudud  aholisining  yig'imUsini  ifodalagan.  Bundan 

tashqari,  bunday  birlashmalar  uncha  katta  bo'lmagan  kishilar  guruhini 

o'zida  birlashtirgan,  shu  bilan  birga ular qisqa  muddat  davomida  mavjud 

bo'lgan va vaqtinchalik xarakter kasb etgan.

Qadimgi  davrdagi  «partiyaviy»  guruhlaming  belgilarini  o'zida 

mujassamlashtirgan  hamda  nisbatan  mukammalroq  uyushmalaraing 

mavjud bo'lishi o'rta asrlarga kelib ham davom etdi.  Bunga  misol sifatida 

Fransiy«dagi  ilk  parlament  (Genaral  Shtatlar)ni  shakllantirishda  khtirok 

etgan  aholi  tabaqalarim,  shuningdek,  ayniqsa,  Angliyadagi,  o'rtasidagi 

keng  kurashlar  bilan  tarixda  nom  qozongan  «Oq  atirgullar»  va  «Qizii 

atirgullar»ni,  Yorklar  va  Lankasterlami  ko'rsatish  mumkin.  Shuni  ham 

aytish  kerakki,  o'rta  asrlar  davrida  shakllangan  ba’zi  bir  uyushmalar 

keyinchalik  za*nonaviy  ko'rinishdagi  ommaviy  partiyalarga  aylangan 

(mas.  Angliyadagi  v ig il»   va  torilar).  XVH-XVIII  asrlarda  esa  buijua 

inqilobiari  oralig'ida  mavjud  bo'lgan  «partiyalar»  siyosiy  uyushmalar 

sifatida  mustaqil  siyo&at  olib  bormaganlar,  balki  bu  davrdagi  diniy, 

tabaqaviy, urug' -oilaviy birlashmalar ta'siri ostida qolganlar.

Yuqorida 

aytib 

o'tganimizdek, 

hozirgi 

zamonaviy 

siyosiy 

uyushmalar  va  biz 

“siyosiy partiya"  deb  ataydigan  t*shkilotlar  XIX  asr 

o'rtalaridan  boshlab  Yevropada  va  Amerika  Qo'shma  Shtatlarida 

shakllana  boshlagan.  Voqealaming  bunday  rivojlanishiga  Yevropadagi 

ХУШ  asr  oxirida burjua inqiloblarining  g'alaba qozonishi  hamda u  bilan 

bog'liq  ravishda  insonlar  siyosiy  huquq  va  erkinlarining  tantana  qilishi

168


asosiy  turtki  bo'ldi.  1789  yildagi  Inson  va  fuqarolarning  huquqlari 

to'g'risidagi  Fransuz  Deklaratsiyasida,  shuningdek,  1776  yildagi  AQSH 

Mustaqillik Deklaratsiyasida siyosiy  partiyalar haqida hech  qanday  ishora 

bo'lmasada,  lekin  ularda fuqarolarning  bir qancha mutlaq  shaxsiy,  siyosiy 

huquq  va  crkinlari  mustahkamlab  qo'yildi.  Bunday  demokratik  huquqiy 

hujjatlaming  qabul  qilinishi  natijasida,  jamiyatda  muhim  siyosiy 

o'zgarishlar  avj  oldi  hamda  ijtimoiy  hayotda  yangi  siyosiy  institutlar 

(xusdsan,  siyosiy partiyalar)ning  tom ma’noda shakllanishi  ana shu siyosiy 

o'zgarishlaming xarakteri  bilan bog'liq holda kechdi. Yanada aniqroq qilib 

aytganda,  saylab  qo'yiladigan  vakillar  orqaii  amalga  oshiriladigan  xalq 

hokimiyatchiligi  tizimining  vujudga  kelishi  o' z-o'zidan  hokimiyat  uchun 

demokratik kerashlarda aholi  maqsad va  manfaatlarini  ifodalovchi  siyosiy 

partiyalarning kelib chtqislriga zartirat tug'dirdi.

Umuman  olganda,  partiyalaming  rivojlanish  tarixi  (evolutsiyasi) 

bo'yicha  bir  qator  olimlar  o'zlarining  konsepsiyalarini  ilgari  suradilar. 

Jumladan,  taniqli  olim M.Veber paaRiyaflrnmg  taraqqiy  etishini  quyidagi 

xronologiya asosida e’tirof etadi:

■ aristokratik guruhlar;

■ siyosiy kiublar;

■ommaviy partiyalar.

Aynan  mana 

shu 

sxema  bo'yicha  hozirgi 

kunda,  Buyuk 

Britaniyadagi siyosiy partiyalaming shakllanishini kuzatish mumkin:  XY11 

asrda  ingliz  parlamentida  2  ta  aristokratik  guruh-  vigilar va  torilar paydo 

bo'lgan.  Aaqha  vaqt  o'tib,  XIX  asr  boshlarida  vigilar-  “Reform  Club”, 

torilar  esa-  “Charlton  Club”  deb  nomlanuvchi  o'zlarining  siyosiy 

klublarini 

tashkil 

qilganlar. 

Torilar 

pomeshchiklar 

va 

moliya 

buljuaziyasining 

siyosiy 

uyushmasi 

bo'lib, 

tarixiy 

an'analarni, 

konservatizmni  tarqatuvchilar  edi,  ular  yangiliklami  qabul  qilib,  imkon 

qadar  ko'proq  eskiliklami  saqlab  qolishga  harakat  qiiardilar.  Vigilar  e*a 

saooat  buijuaziyasiaing  manfaatlarini  ifoda  etgan.  Torilar  va  vigilar 

o'rtasidagi  hskimiyat  uchun  kurash,  bir  tonaondan,  sanoat  burjuaziyasi, 

boehqa  tomondan,  savdo-moliya  buijuaziyasi  bilan  birlashgan  lenlordlar 

o'rtasidagi  siyosiy  kukmronlik uchun kurashni  ifoda etgan.2  XIX  asming 

ikkinchi yaoMdan  boshlab esa torilar va  vigilar asta-sekin  Konservatorlar 

v* Liberallar partiyasi sifatida shakllana borgan.  1861  yilda tashkil topgan 

“Angliya  Liberal  partiyasi”  Yevropadagi  birinchi  ommaviy  partiya  edi. 

Agar  siyosiy  klublar  burjuaaaya  davridagi  siyosiy  hayot  doirasida 

o'zlarining  maqsadlarini  qo'ygan  bo'lsalar,  ommaviy  partiyalar  esa  o'z

”  Qarang: Muhamcdov H.  Yangi davrda Angliya dtvlati: O'quv qo' llanma. -Т.:  Adolat, 2000. 29-b.



169
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling