O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


partiyalar keng xalq ommasi e'tiborim o'ziga qarata oladigan yirik siyosiy


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54
partiyalar keng xalq ommasi e'tiborim o'ziga qarata oladigan yirik siyosiy 

tashkilot  sifatida  namoyon  bo'ladi.  XIX  asming  oxiriga  kelib, 

Yevropaning  ko'pgina  davlatlarida  ommaviy  partiyalar  paydo  bo'la 

boshladi.

Ta'kidlash joizki,  M.Veber xronologiyasmi  ko'pgina  mamlakatlarga 

nisbatan  tatbiq  etib  bo'lmasada,  lekin  bu  partiyalaming  kelib  chiqishi 

bo'yicha fanda dastlabki klassifikatsiya qilish edi.

Shuningdek,  siyosiy  partiyalaming  kelib  chiqishi  va  rivojlanishi 

haqidagi  fransiyalik  siyosatshunos  olim  M oris  Dyuverjening  qarashlari, 

ayniqsa,  diqqatga sazavordir.  Uning  fikricha,  partiyalaming kelib chiqishi 

va taraqqiy etishi asosariquyidagi ikkita shaklda amalga oshgan:

•  siyosiy partiyalaming elektoral va parlamentar kelib chiqishi;

•   siyosiy partiyalaming tashqi faktorlar asosidagi kelib chiqishi.30

Partiyalaming  elektoral  va  parlamentar  kelib  chiqishi  mexanizmi

quyidagicha:  avvalo,  siyosiy  tiziipda  parlamentar  birlashmalar  paydo 

bo'ladi,  keyin  esa  ulami  shakllantirish  maqsadida,  saylovchi  guruhlar 

yuzaga  keladi,  nihoyat  parlamentar  birlashmalar  hamda  saylovchilar 

guruhlari  o'rtasidagi  doimiy  munosabat  o'matilishi  natijasida  siyosiy 

partiyalar  tashkil  etiladi.  Ushbu  fikrini  izohlash  maqsadida,  ftansuz  olimi 

bir  qator  tarixiy  misollami  keltiradi.  Jumladan,  1849  yilda  chaqirilgan 

Fransiyaning  Ta’sis  Majlisi  (parlament)  davrida 

“llm  saroyi",  “Institut” 

(mo'tadil  respublikachilar), 

“Puatye  ko'ch asi” 

(monarxiyachi-katoliklar), 

“K astilon ” 

va 

“Piram ida” 

(so'Har)  kabi  partiyaviy  birlashmalami  ko'rish 

mumkin  edi,  Germaniyadagi  Frankfurt  parlamenti  davrida  esa 

“Kazino" 

(o'ng  markaz), 

“Vyurtemberg” 

(o'ng  markaz;  keyinchalik  bundan 

“V estendai” 

va 

“Augsburg” 

partiyalari  ajralib  chiqqan),  “

Milani  kafesi

”, 

G erm aniya”,  “M ont-tonner” 

(so'llar)  singari  partiyalar  shakllangan3'. 

Yuqoridagi 

partiyalaming 

barchasi 

a’zolari 

to'plangan 

joylar 

mehmonxonalaming nomlarini olgan.

AQShdagi  siyosiy  partiyalaming  joizaga  kelishi  ham  man»  shu 

asosda  (elektoral  va  parlamentar  kelib  chiqish)  amalga  oshgan.  Dasuab, 

AQShning  1787  yilgi  Konstitutsiyasini  qabul  qilishda,  partiyalarga  hech 

qanday e’tibor berilmadi,  lekin keyinchalik mamlakatda bir qancha  saylab 

qo'yiladigan  lavozimlar  mavjud bo'lganligi  uchun  va  ijro  hokimiyatidagi 

kuchlar  mutanosibligini  saqlash  maqsadida  hamda  saylovchilar  siyosiy

10 Dyuvetje M. Politicheskiye partii /  Per. s frans.-M.iAkademicheskiy Proyefct,2000.S.22.

31 Qaiang:  Dyuverje M. Politicheskiye partii /  Per. s frans.-M.;Akademithe«kiy Proyckt,2000.S.24.

170


ongi jihatidan  rivojlanishi  natijasida  siyosiy  partiyalar kelib  chiqdi.  1830 

yilga  kelib  AQShda  siyosiy  partiyalar  siyosiy  tizimning  muhim  qismi 

bo'lib  qoldi  hamda  1852  yildan  boshlab  esa  AQSH  Prezidentlari  yoki 

respublikachilar, yo demokratlar partiyasi vakillaridan saylana boshladi32.

Biz yuqorida  partiyalarning elektoral va parlamentar kelib  chiqishini 

kuzatdik,  endi  M.Dyuverje  tomonidan  ilgari  surilgan  yana  bir konsepsiya 

ularning  tashqi  ta’sirlar  asosidagi  kelib  chiqishini  ко'rib  chiqsak.  Siyosiy 

partiyalarning  elektoral  va  parlamentar  asosdagi  shakllanishi-  bu 

partiyalarning umumiy asoslardagi, ya’ni saylovchilarning hokimiyatga o'z 

vakillarini  tanlash  bo'yicha  fikrlarining  rivojlanishi  natijasi  bo'lsa,  tashqi 

faktorlar  ostida  partiyalarning  kelib  chiqishi  esa  bu  ahoiining  muayyan 

qatlamlarini hamda maqsadlarini o'zida mujassamlashtirgan  partiyalaming 

siyosiy  maydonga  chiqishidir.  Ushbu  yo'l  bilan  partiyalar  ko'p  sonli  va 

rang-barang  birlashmalar  sifatida  shakllanganligini  e’tirof  etish  lozim. 

Bunday  pardyalarga  ko'pgina  mamlakatlarda  vujudga  kelgan  ishchilar 

partiyalarini  misol  qilib  olish  mumkin.  Jumladan,  1899  yilda  Xolms 

tomonidan  kiritilgan 

taklif  bo'yicha 

va  Angliya 

tred-yunionlar 

Kongressining 

elektoral 

va  parlamentar 

birlashma 

tashkil 

etish 

to'g'risidagi  qarori  asosida Britaniya Leyboristlar partiyasi  tuzildi.  Undan 

oldinroq,  Germaniyada  1863  yilda  F.Lassal  tomonidan  Yevropadagi 

birinchi  ommaviy  ishchilar  partiyasi-  Umumgerman  ishchilar  ittifoqi 

tashkil  etilgan  edi.  Ishchilar  partiyasi  bilan  bir  qatorda  ko'pgina 

davlatlarda  qishloq  xo'jaligi  sohalari  bilan  bog'liq  holda  shakllangan, 

agrar  partiyalar  ham  shunday  ahamiyat  kasb  etadi.  Agrar  partiyalar 

ishchilar  partiyasi  singari  keng  tarqalmagan  bo'lsalarda,  lekin  ular  ba’zi 

mamlakatlarda  (ayniqsa,  skandinaviya  davlatlarida,  markaziy  Yevropa 

davlatlari,  Avstraliya,  Kanada,  va hattoki,  AQShda ham) juda katta faollik 

ko'rsatganlar.

Yuqoridagilarga  asoslangan  holda,  shuni  aytish  mumkinki,  jahon 

ijtimoiy-siyosiy  hayotida  partiyalar  shakllanishining  o'ziga  xos  umumiy 

faktorlari  (omillari)  mavjud.  Bunday  omillar  ilk  partiyalaming  paydo 

bo'lish holatlarini tahlil qilish asosida kelib chiqadi.

Shunga  asosan,  tom  ma'nodagi  ommabop  jahon  siyosiy  partiyalari 

shakllanishining quyidagi omillarini alohida aytib o'tish joizdir:

birinchidan,  jamiyat  ijtimoiy  tuzilishining  murakkablashuvi  hamda 

ijtimoiy  ziddiyat  va  qarama-qarshiliklarning  keskinlashuvi  -  bu  esa  o'z 

navbatida ahoiining turli xil qatlamlarini  siyosiy hayotga jalb qildi;

32 

By Jonh F.Bibby. Political parlies in the United Stales, “Elections 2004’". P.2



171

ikkinchidart,  siyosiy  hayotning  markazi  sifatidagi  vakillik  organlari 

rolining 

o'sishi 

-   bunda  monarxlar  hokimiyati ning  cheklanishi, 

hokimiyatlar  taqsimlanishining  paydo  bo'lishi  hamda  bu  haqdagi 

konstitutsiyaviy-huquqiy  asoslarning  kengayishi  muhim  ahamiyat  kasb 

e td i;

uchinchidan,  konkret holda shakllangan g'oyalarning paydo bo'lishi 

(XIX  asr)  -  bimga  ma'lum  hududlarning  iqtisodiy  jihatdan  shiddat  bilan 

rivojlanishi,  ushbu  hududlarning  o'z  manfaatlari  shakllanishi  va  bu  bilan 

bog'liq  ravishda  aholining  ayrim  toifalari  maqsad  va  intilishlarining 

vujudga kelishi turtki bo'lgan;

to'rtinchidan,  aloqa  vositalarining  texnik  jihatdan  taraqqiy  etishi, 

ayniqsa,  OAV  (ommaviy  axborot  vositalari)ning  shakllanishi  -   bu  esa 

partiyalar faoliyatining prinsipial jihatdan yangi darajadagi imkoniyatlarini 

tug'dirgan informatsiyaviy «portlash»ga olib keldi.

Yuqoridagi  faktorlar  ro'yxatini  alohida  olingan  davlatlar  misolida 

yanada  kengaytirish  mumkin.  Masalan,  Hindistonda  1885  yilda  ilk  bor 

tashkil  etilgan  “Hindiston  Milliy  Kongressi  (Indirlar)”  partiyasi  ko'proq 

milliy  ozodlik  harakati  sifatida  shakllangan  va  shuning  uchun  ham  hind 

jamiyatining  deyarli  barcha  tabaqalari  qiziqishlarini  o'zida  aks  ettirgan  va 

hokazo.

Ayrim  olimlaming  fikricha,  haqiqiy  siyosiy  partiyalar-  ma'lum  bir 

shaxslar  guruhi  davlat  hokimiyati  vakillik  organlari  uchun  kurashlarda 

qatnashishni  o'z  oldiga  vazifa  qilib  qo'ygandagina  yuzaga  keladi33. 

Bizningcha  ham,  partiyalaming  shakllanishi  demokratik  sharoitlarda 

davlat  hokimiyati  vakillik organi-parlamentning  faoliyat  yurita boshlagani 

bilan  bevosita  bog'liq,  ya'ni  parlamentda  ma'lum  bir  o'rinlami  egallash 

maqsadida  umumiy  manfaatlar  doirasidagi  shaxslaming  birlashib  borishi 

siyosiy partiyalar shakllanishining asosiy belgisidir.

Partiyalaming  jahon  ijtimoiy-siyosiy  tizimidan  mustahkam  o'rin 

olishida, ulaming institutsiyanallashuvi  muhim bosqich bo'lib hisoblanadi. 

Siyosiy partiyalarning institutsiyanallashuvi -  bu siyosiy partiyalaming 

fuqarolaming  odatdagi  uyushmalaridan  to'liq  konstitutsiyaviy-huquqiy 

institutga 

aylanishi  jarayoni34. 

Ya'ni, 

institutsiyanallashuv 

davlat 

tomonidan  siyosiy  partiyalar  maqomi,  ulaming  tashkil  etish  va  faoliyat 

ko'rsatish  tartibi  huquqiy  jihatdan  tartibga  solinishidir.  Partiyalaming 

institutsiyanallashuvi o'zaro bog'liq ikkita yo'l bilan amalga oshiriladi:

n  Chudakov M.F.  Konstitutsionnoyefgosudarstvennoye) pravo zarubejnix stran.-Mn.:Novoye 7naniye, 2001 .S.92.

14 Yuridik ensikiopediya /  Yuridik  fanlar doktori,  professor U.Tadjixanovning umumiy tahnrida, -Т.: Sharq,  2 0 0 1.393-

b.

172



1.  konstitutsiya  asosida  siyosiy  partiyalar  huquqiy  holatini  umumiy 

tarzda belgilash;

2.  qonunlarda 

partiyalarning 

faoliyat 

ко' rsatish 

mexanizmini 

mustahkamlash.

Darhaqiqat,  XX  asr  o'rtalariga  kelib,  siyosiy  partiyalaming 

rivojlanishi  sifat jihatdan  yangi  darajaga  ko'tarildi.  Bu  davrda  partiyalar 

roli  va  ahamiyatining  birdan  o'sishi  qonun  chiqaruvchilar  tomonidan 

ularning  maqomini  konstitutsiyaviy  jihatdan  tartibga  solinishiga  zamin 

yaratdi.  Natijada  II  jahon  urushidan  keyin  qabul  qilingan  ko'pgina 

Koastitutsiyalarda  (GFR,  Fransiya,  Italiya,  Yaponiya  Konstitutsiyalari  va 

bosh.)  siyosiy  partiyalar  to'g'risidagi  ilk  qoidalar  o'z  aksini  topdi.  Shuni 

aytish  kerakki,  birinchi  konstitutsiyalar  XVIII  asrda  qabul  qilingan 

bo'lsada,  to  XX asr o'rtalariga qadar ularda partiyalar haqida hech qanday 

norma uchramagan.  Dunyoda biriachi  bo'lib,  Germaniyaning  1949  yil  23 

maydagi 

Konstitutsiyasi 

(21-nioddasi) 

siyosiy 

partiyalar  huquqiy 

maqomining asosiy prinsiplarini апЦ belgilab qo'ydi35.

Bir muncha keyinroq-XX asrning 60-yillaridan boshlab esa aksariyat 

davlatlarda  partiyalarning  boshqa  jamoat  tashkilotlari  orasidagi  alohida 

o'mini  va  ahamiyatini  e'tirof  etgan  holda,  konstitutsiyalarda  benlgan 

qoidalami 

tasdiqlaydigan 

va 

rivojlantiradigan 

siyosiy 

partiyalar 

to'g'risidagi  maxsus  qonunlar  paydo  bo'la  boshladi.  Siyosiy  partiyalar 

haqidagi  ilk  qonanlar  Germaniyada  (1967  yil  24  iyun),  Portugaliyada 

(1974  yil),  Avstriyada  (1975  yil),  Ispaniyada  (1978  yil)  va  boshqa 

mamlakatlarda  qabul  qilingan.  Ularda,  asosan  partiyalaming  tushunchasi, 

partiyalar  va  boshqa jamoat  birlashmalari,  ulami  tashkil  etish  va  faoliyat 

ко'rsatish  prinsiplari,  vazifalari,  partiyalaming  davlat bilan  munosabatlari 

kabi  masalalar  huquqiy jihatdan  mustahkamlab  qo'yildi.  Bugungi  kunda, 

bunday  qonunlar  deyarli  barcha  mamlakatlarda  partiyalaming  huquqiy 

holatini  belgilovchi  asosiy  normativ hujjatlar hisoblanadi.  Shunisi  qiziqki, 

ba’zi  bir  demokratik  huquqiy  davlatlarda  siyosiy  partiyalar  to'g'risidagi 

qoRimlar qabul  qilinmagan.  Birgina misol: partiyaviy rivojlanishi jihatidan 

dunyoda  dastlabki  o'rinlarda  turadigan  Buyuk  Britaniyada  siyosiy 

partiyalar  faoliyatini  tartibga  soluvchi  alohida  qonun  mavjud  emas, 

hstfc&i,  Britaniya  qonunchiligida  «siyosiy  partiya»  atamasining  o'zi 

achrwnaydi.  Mazkur  davlatda  partiyalar  holati  fuqarolarning  siyosiy 

hwpqlari  doirasida  tartibga  tolinadi  hamda  ulaming  faoliyat  ко'rsatish 

tartibi odat nermalari asosida belgilanadi.

35 Qarang: Jahon  konstituuiyalari. I jiM. -Т.: O'zbekiston Respublikasi IFV Akademiyasi, 2001. 384-b.



173

Demak,  siyosiy  partiyalar  XX  asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab 

jahon  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyotida  “de-yure”  e’tirof etildi  hamda  muhim 

konstitutsiyaviy-huquqiy, shu bilan birga demokratik institut bo'lib qoldi.

3-§.Siyosiy partiyalarning asosiy turlari: konservativ,

sotsial-demokratik, liberal, diniy yo'nalishdagi siyosiy

partiyalar. Ta'sir etish gnruhlari (lobbistik

tashkilotlar)

Siyosiy  partiyalami  klassifikatsiya  qilish  -   bu  partiyalar  faoliyatini 

ilmiy  o'rganish  usullaridan  biri  bo'lib,  ma'lum  bir  mezonlar  (kriteriylar) 

asosida ularni turli xil guruhlarga yoki  turlarga ajratishdir. Ijtimoiy-siyosiy 

fanda partiyalarni turlarga bo'lishning bir qancha ko'rinishlari shakllangan 

bo'lib,  bunda  ko'plab  olimlar  o'zlarining  bu  boradagi  fikrlarini  bildirib 

o'tganlar.

Jumladan,  fransuz  siyosatshunos  olirni  M.Dyuveije  partiyalar 

a’zolarining tarkibi va miqdori bo'yicha ularni ikki katta guruhga bo'lgan:

- kadrlar partiyasi;

- ommaviy partiya36.

Ommaviy  partiyalar  avvolo  o'zlarining  ko'p  sonli  a’zolari  va 

strukturaviy 

jihatdan 

yaxshi 

tashkillashtirilganligi 

bilan 

boshqa 

partiyalardan farqianadi.  Ular o'zlarining doimiy ommaviy nashrlariga ega 

bo'lib,  a’zolarida  muayyan  siyosiy  dunyoqarishni  shakllantirishning  keng 

imkoniyatlariga  ega  bo'ladi.  Kadrlar  partiyasining  uncha  ko'p  a'zosi 

bo'lmasada,  lekin  ular o'zlarining  saylovoldi das turlari va faol harakatlari 

evaziga 

saylovlarda 

yaxshigina 

ovoz 

oladilar. 

Ular  a’zolarining 

ko'pchiligini jamiyat elitasining vakillari tashkil etadi, shuning uchun ham 

bunday  partiyalar  samarali  faoliyat  olib  borishi  uchun  yetarli  moliyaviy 

tayanchga ega bo'ladi.

Shuningdek,  ijtimoiy-siyosiy  fikr  taraqqiyotida  uzoq  vaqtdan  beri 

siyosiy  partiyalarni  g'oyaviy-siyosiy  qarashlari  bo'yicha  quyidagi  uchta 

asosiy guruhga ajratish keng qo'llanilib kelinmoqda:

• 

o' ng qanot partiyalar;

• 

markaz partiyalar;

• 

so'l qanot partiyalar.

Partiyalarni 

bunday  guruhlarga  bo'lish 

va  nomlash  tarixiy 

ahamiyatga ega  bo'lib,  u  inqiloblar davrida Fransiya  parlamenti  majlislar 

zalida turli  siyosiy partiya vakillarining an’anaviy joylashuv o'rnidan kelib 

chiqqan.  Bugungi  kunda  partiyalaming  ijtimoiy-iqtisodiy  konsepsiyasi,

 Dyuverje M. Politicheskiye partii /  Per.s frans, -М.: Akademicheskiy Proyekt. 2000. S.116.



174

mulkchilik  shakllariga  va  soliqlarga  nisbatan  munosabati,  ijtimoiy 

muammolami  hal  etish  vositalari  bo'yicha  hamda jamiyat  daromadlarini 

taqsimlash 

yuzasidan 

qarashlari 

-  

partiyalarni 

yuqoridagicha 

klassifikatsiya qilishning asosiy mezonidir.

O'ng qanot partiyalariga konservativ tipdagi partiyalar kiradi. Ushbu 

guruh  partiyalar  ko'pincha  konservatorlar  qanoti  deb  ham  ataladi. 

Konservativ  tipdagi  partiyalar  ko'proq  mavjud  an'analami  saqlab  qolgan 

holda  xususiy  tadbirkorlik  tashabbuslarini  qo'llab-quwatlash,  iqtisodiy 

tizimni  rivojlantiruvchi  asosiy  faktori  sifatida  soliqlami  kamaytirish, 

davlatning  iqtisodiyot  sohasiga aralashishini cheklash, davlatning iqtisodiy 

faoliyatda  bevosita  ishirok  etishi  samarasiz  ekanligi  bois  iqtisodiyotda 

davlat  sektorini  eng  minimal  darajasiga  tushirish  kabi  g'oyalarni  ko'tarib 

chiqadilar.  Shu  bilan  birga,  ular  davlatning  tadbirkorlik  subyektlari 

tomonidan  qonun  va  boshqa  normativ  hujjatlarga rioya etishini  ta'minlash 

borasidagi  kuchli  rolini  saqlab  qolish  tarafdoridirlar.  Ijtimoiy  muammolar 

konservatorlar  nazaridan  qisman  chetda  qoldiriladi.  Ularning  fikricha, 

ijtimoiy  muammolar  xususiy  biznesning  o'zi  tomonidan  soliqlarning 

kamaytirilishi  natijasida  yuzaga  kelgan  ortiqeha  daromadlar  evaziga  hal 

etilishi lozim.

Bunday  partiyalarga  Buyuk  Britaniya  Konservatorlar  partiyasi, 

AQShdagi  Respublikachilar va Demokratlar partiyalari, Yaponiya Liberal- 

Demokratik  partiyasi37,  Rossiyaning  “Yedinaya Rossiya”  partiyasi  kabilar 

kiradi.  Konservativ  tipdagi  partiyalar  xalqaro  miqyosda  birlashganlar. 

Konservatorlaming  Internatsionali-  “Xalqaro  Demokratik  Ittifoq”  1983 

yilda  Londonda  tashkil  etilgan  edi.  Uning  doimiy  kotibiyati  Venada 

joylashgan hamda u har yilgi konservatorlaming qurultoyini chaqiradi.

Markaz  partiyalar  o'z  nomi  va  mazmuni  bilan  siyosiy  spektming 

markazini,  ya’ni  o'ng  va  so'l  qanot partiyalari  o'rtasini  egallaydi.  Markaz 

partiyalar  ko'proq  aholining  o'rta  qatlami  g'oyalari,  ayniqsa,  kichik  va 

o'rta  biznes  vakillari,  ziyolilar  qismining  manfaatlarini  ifodalaydi,  ular 

ilmiy-texnikaviy,  ijodiy tashabbuskorlikni qo'llab quvvatlaydilar.

Markaz  partiyalaming  eng  asosiy  turi-bu  liberallardir.  Liberal 

partiyalar  bozor  munosabatlariga  va  erkin  raqobatga  asoslangan  hamda 

davlatning  minimal  ta’siri  ta’minlangan  iqtisodiyotni  shakllantirish 

g'oyasini  ilgari  suradilar.  Bozor  munosabatlari  mexanizmi,  liberallar 

fikriga  ko'ra,  o'zini  o'zi  bo&hqarishni  ta’minlashning  eng  asosiy  samarali

37 Ayrim davlatlaidagi partiyalaming nomlanishi ularning maqsadlami butunlay irikor etadi: Fransiya va Shvetsiyadagi 

radikaliar  partiyasi  hcch  qanday  radikalizm  g'oyasiga  suyanmavdi  yoki  Germaniya  Milliy-Demokratik  partiyasi 

amiunan  aa’aaaviy demokratik qadriyatUmi 



too'

 Ijallamaydi  va hokazo.  Shu jumiadan,  Yaponiya  Liberal-Demokraiik 

partiyasi ham.

175


yo'lidir.  Davlatning  asosiy  funksiyasi  bu  yerda  tartibotni  mustahkamlash 

hamda  fuqaro  hayotining  xavfsiz  sharoitlarini  yaratib  berishdan  iboratdir. 

Liberallar  hayotning  barcha  sohalariga  erkinlik  berishni  nazarda  tutadilar 

va  shuning  uchun  ular  ko'pincha  «yumshoq»  siyosat  tarafdorlari  deb 

yuritiladi.

Markaz  partiyalariga  misol  qilib,  Germaniya  Erkin  Demokratik 

partiyasi, Buyuk Britaniya Liberallar partiyasi, Shvetsiya Markaz partiyasi, 

Italiya  Liberal  partiyasi  va  boshqalami  keltirishimiz  mumkin.  Markaz 

partiyalaming  ko'pchiligi  konservatorlarga  o'xshab,  1947  yilda  Angliya 

(Oksford)da  tashkil  etilgan  Liberal  Internisional  doirasiga  birlashganlar. 

Mazkur Ittifoqni  ta'sis etgan dastlabki  19 ta partiya liberalizmning e'tiborli 

tomonlarini o'zida aks ettirgan “Liberallar manifesti”m qabul qilganlar.

So'l  qanot  tarkibiga  kiruvchi  siyosiy  partiyalar  g'oyalarining  asosiy 

mazmuni-hayotning turli  sohalariga nisbatan hamda jamiyat daromadlarini 

taqsimlashda  davlatning  faol  ta’sirini  e'tirof  etishdan  iboratdir.  So'l 

partiyalarning  keng  tarqalgan  ko'rinishlari-bu  sotsial-demokratik  hamda 

kommunistik tipdagi partiyalardiv.

Sotsial-demokratlar  nafaqat  davlatnipg  iqtisodiyotga  faol  ta'sirini, 

balki  uning  iqtisodiy  faoliyatda  bevosita  ishtirok  etishini  yoqlaydilar. 

Ulaming ta'kidlashicha,  iqtisodiyotda ikkita bir-biri bilan o'zaro bog'liq va 

bir-birini  to'ldiruvchi  sektor,  davlat  va  xususiy"  Sektor  mavjud  bo'lishi 

kerak.  Shuning  uchun  sotsial-demokratlar  iqtisodiyotning*  bir  qancha 

sohalarini,  ayniqsa,  sanoat  sohasini  natsiortalizatsiya.qilish  terMdoridirlar. 

Masalan, 

bugungi 

kunda, 

Fransiyadagi 

hokimiyatda 

sotsial- 

demokratlaming ta'siri  natijasida davlat ishlab chiqarish imkoniyatlarining 

20%ini  o'z  qo'l  ostida  saqlab  turibdi38.  Ijtimoiy  muammolar  sotsial- 

demokratlaming  diqqat-markazida  turadi.  Ular,  bu  sohada  ham,  davlat 

budjeti  hisobidan  turli  xil  ijtimoiy  dasturlami  moliyalashtirilishi  orqaii 

davlatning  keng  miqyosdagi  ishtirokini  e'tirof  etadilar.  Mazkur  tipdagi 



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling