O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar
partiyalarni ro'yxatdan o'tkazadi. Uning tarkibi teng miqdordagi davlat
Download 18.02 Mb. Pdf ko'rish
|
partiyalarni ro'yxatdan o'tkazadi. Uning tarkibi teng miqdordagi davlat
189
organlari vakilliklaridan, hamda ro'yxatdan o'tkazib bo'lingan partiyalardan iborat bo'ladi. 4. Bu guruhni shunday nianilakatlar tashkil qiladiki, bularda aniq ko'rsatilgan bir yoki bir necha partiyalar uchun legal faoliyat yuritish imkoniyati qonuniy mustahkamlanadi (XXR, Vyetnam va b.) yoki partiyaning o'zi davlat aktlari asosida tuziladi (Gabon va b.). Ushbu guruhga tegishli mamlakatlar uchun partiyalarni ro'yxatdan o'tkazish muammosi mavjud emas. Partiyalarni ro'yxatdan o'tkazish yoki partiya maqomiga ega bo'lish uchun davlatning qandaydir organiga bu haqda aniq ma'lumotlar taqdim qilish lozimligi ko'zda tutilgan mamlakatlarda partiya maqomiga da’vo qiluvchi tashkilotlarga rasmiy va iqtisodiy xarakterdagi maxsus talablar qo'yiladi. Rasmiy talablarga partiyaning qanday nomlanishi, belgisi (emblemasi), shuningdek, qonunga muvofiq muayyan hujjatlaming mavjudligi kabilar kiradi. Masalan, ba'zan ro'yxatdan o'tish uchun bu haqdagi birgina ariza kifoya qiladi (Shvetsiya), biroq ko'pincha ro'yxat ancha kengaytirilgm bo'lishi, masalan, nizom, dastur va shu kabilar taqdim qilinishi talab qilinadi. Ba’zi mamlakatlarda (masalan, Qozog'iston va boshqalarda) partiyalarni ro'yxatdan o'tkazishda ro'yxatga tegishli to'plamlar uchun to'lov ko'zda tutilgan. Barcha mamlakatlar qonunlarida qayd qilinishicha, yangi partiyalaming nomlari mavjud partiyalar nomlaridan farq qilishi, ulaming nomlarida, shuningdek, emblemalarida davlat va diniy belgilarga o'xshashliklar bo'lmasligi lozim. Rasmiy xarakterdagi talablarga partiyalarni ro'yxatdan o'tishini qo'llab-quwatlovchi ma'lum miqdordagi saylovchilaming xohish irodasini ifodalovchi imzolar talab etiladi. Masalan, Bolgariyadagi partiya kamida 50 a'zoga ega bo'lishi, Ruminiyada 251 ta, Qozog'istonda esa 3000 ta a’zo bo'lishi kerak. Shvetsiyada parlamentga saylovlar uchun ro'yxatdan o'tishda partiya 1500 saylovchining imzolarini taqdim etishi zarur. Portugaliyada partiyalarni ro'yxatdan o'tkazish haqidagi ariza mazkur davlat hududida doimiy yashovchi 5000 dan kam bo'lmagan saylovchilar tomonidan imzolangan bo'lishi lozim. Angolada bunday ariza 1500 mingdan kam bo'lmagan saylovchilar tomonidan imzolangan bo'lishi va bunda 14 ta provinsiyaning har biridan (umumiy miqdori 19 ta bo'lgan provinsiyadan) kamida 150 yashovchi ovoz berishi lozim. AQShning 20 ta shtatlari qonunchiligida pardya maqomini olish uchun to'plash zarur bo'lgan imzolarning mutlaq miqdori o'rnatiladi. Illinoysda bu 2500 imzo, Nyu Yorkda 2000, Alabameda-5000, Ogayoda- 190
5000, Viskonsinda-3000, Konzasda-2,500, Aydaxoda-1500 va h.k. Boshqa shtatlarning qonunlari umumiy saylovchilarning soniga nisbatan barcha nomzodlar uchun berilgan ovozlar miqdoriga yoki faqat shtatlar (Michigan, Montana) darajasining u yoki bu lavozimga nomzodlaming oxirgi saylovlarda g'alaba qozonadiganlari uchun foizlarda ifodalangan ma'lum miqdordagi imzolar to' plamini talab qiladi (Janubiy Dakotada 10 %, Arkanzasda 7 %, Minesotda va Oxlaxomda - 5 %, Merilend va Nyu- Meksikada - 3 %, Konnektikut, Gavayo, Missuri va Texasda - 1 % va h.k). ffindistonda ro'yxatdan o'tkazish siyosiy faoliyat bilan kamida 5 yil shug'ullanayotgan va umummilliy saylovlarda yoki shtatlardagi saylovlarda (regional maqomi) 4% ovoz to'plagan partiyaga tegishli bo'ladi. 4 ta shtatlarda regional deb ro'yxatdan o'tgan partiya avtomatik tarzda butun hind partiyasi maqomini oladi. Federativ davlatlarda ba'zan partiyalar umummilliy va regional bo'lib, federatsiyalarning alohida subyektlari miqyosidagi faoliyati yetarli bo'lishi ham mumkin (masalan, GFR, AQSH, Hindiston va boshqalarda.) Braziliya qonunlari faqat umummilliy partiyalarnigina tan oladi. Avstriyaning partiyalar haqidagi qonuni turli darajadagi partiyalaming mavjudligi haqidagi masalani umuman qo'ymaydi. Shu bilan birga bu qonunlaming ko'p qismi ulaming Federal kengashdagi faoliyati bilan yoki undagi saylovlar bilan bog'liq holda partiyalaming moliyalashtirilishiga qaratilgan. Bundan shunday to'xtamga kelish mumkinki, qonun chiqaruvchini avvalo umumfederal darajada faoliyat yurituvchi partiyalar qiziqtirgan. Ba’zi mamlakatlarda (Masalan, Shvetsiya, Ispaniya, Yaponiya) munitsipal darajada harakat qiluvchi tashkilotlar ham partiya sifatida e'tirof etiladi. Boshqa qator mamlakatlarda esa - GFR, Portugaliya, AQSH, Xitoy, Braziliya, Angola, Qozog'iston va boshqalarda partiya sifatida - e’tirof etilmaydi. Partiyalaming ro'yxatdan o'tishiga va ulaming faoliyatiga qo'yiladigan talablar ularning tashkiliy qurilishi va faoliyati prinsiplariga ham tegishli bo'ladi. Asosiy qonunlar ko'pincha partiyalaming demokratik prinsiplar asosida tashkil qilinishini va faoliyat yuritishini talab qiladi. Bunda partiyalarning demokratik prinsiplar asosiga qurilishi, jumladan, partiyaga qabul qilishda yoki uning safidan chiqarishda shaxsning millati, irqi, va jinsiga qarab rad etishlarning man etilishi kabilar talab qilinadi. Shuningdek, talab qilinadiki, partiya partiyaga tegishli asosiy hujjatlami, rahbariyat tarkibini, pul mablag'lari, daromadlari va xarajatlari haqidagi ma'lumotlarning muntazam ravishda e'lon qilib borishi uchun partiya 191
hayotining asosiy masalalari barcha a'zolarining yig'ilishlarida hal qilinishi lozim. Bundan tashqari, turli mamlakatlarning qonunlarida mavjud tuzumni го rlik bilan ag'darish (qo'porib tashlash)ni rad etish talabi mavjud bo'lib, harbiylashgan va yarim harbiy tashkilotlar taqiqlanadi. Italiya (1974 y) va Portugaliya (1976 y) Konstitutsiyalarida fashistik tashkilotlarning mavjudligiga (tuzilishiga) yo'l qo'yilmasligi maxsus ta’kidlab o'tiladi. Bu mamlakatlarda konstitutsion qarorlarning rivojlanishida shunga mos keladigan qonunlar qabul qilingan edi. Nikaraguaning partiyalar haqidagi qonunida totalitar va avtoritar rejimlami qaytadan o'rnatishga intiluvchi partiyalarning mavjud bo'lishi taqiqlanadi. Ba'zi mamlakatlarda partiyalarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonining o'zida qonun bo'yicha muayyan shaxslar ro'yxatdan o'tkazish haqidagi bunday arizaga e'tiroz bildirish huquqiga ega. Misol uchun, Nikaragua, Ispaniya, Braziliyaning partiyalar haqidagi qonunlarida ro'yxatdan o'tkazuvchi organ uchun zaruriy hujjatlar topshirilgan vaqtdan boshlab aniq muddat o'rnatiladi. Prokuratura ushbu vaqt davomida partiyani ro'yxatdan o'tkazishga qarshi chiqishi mumkin. Biroq bunda asosiy qaromi ro'yxatdan o'tkazuvchi organ qabul qiladi. 5-§.Chet ellardagi partiyaviy tizimlar: yetakchi siyosiy partiyasi bo'lgan ко'ppartiyaviylik tizim, yetakchi siyosiy partiyasi bo'lmagan ко'ppartiyaviylik tizimi, ikkipartiyaviyiik, yakka partiyaviylik va «partiyasiz» tizimlar Har qanday jamiyatning siyosiy tuzilishini tavsiflovchi muhim siyosiy institut bu partiyaviy tizimdir. Partiyaviy tizim bir tomondan, partiya va davlat orasidagi munosabatlar bilan, ikkinchi tomondan esa partiyalaming siyosiy tizimi boshqa ijtimoiy elementlari hamda fuqarolar o'rtasidagi o'zaro munosabatlari bilan tavsiflanadi. U hokimiyatning ijtimoiy tabiati, uni amalga oshirish usullari tarixiy-milliy an’analar, muayyan mamlakatning siyosiy va huquqiy madaniyati bilan yaqindan bog'liq bo'ladi. Turli mamlakatlardagi partiyaviy tizimning o'ziga xosliklari va turli-tumanligi ana shundan kelib chiqadi. Partiyaviy tizimlar asosan: bir partiyaviylik, ikkipartiyaviyiik va ко'ppartiyaviylik tizimlarga bo'linadi. Ко'ppartiyaviylik tizim ham turlicha tizimga ega bo'lishi mumkin. Ko'p partiyaviylik tizimi mamlakatda ko'p partiyalarning mavjudligi bilan o'lchanmaydi, bu narsa har qanday demokratik va hatto totalitar davlatlar uchun xos narsa. Agar hokimiyat uchun saylovoldi kurashda ikkitadan ortiq partiya ishtirok 192
etayotgan bo'lsa va ulaming barchasi hukumat qurishda ishtirok etish iinkoniyatiga ega bo'lsa, buni ko'p partiyaviy tizim deb atash mumkin. Siyosiy-partiyaviy plyuralizm (ko'p fikrlilik) jamiyat uchun xalqning ko'pchilik qismi asosiy manfaatlarga javob beruvchi siyosiy yo'nalishni, kurashlar va kelishuv yo'li bilan topib olishga imkon beradi, tinch raqobat va
turli siyosiy kuchlar, sinflar, guruhlar raqobati mexanizmini ta’minlab beradi. Plyuralizm mamlakatdagi siyosiy vaziyat tubdan o'zgargan taqdirda siyosiy yo'nalishni to'g'ri yo'Iga solishi yoki o'zgartirishi mumkin. Bunday holatda siyosiy va mafkuraviy doktrina va oqimlaming ko'pqirraliligi va miqyosi ulaming ichidan eng samaralisini tanlab olish, ijtimoiy ziddiyatlar keskinligini yumshatish, hukmronlik qiluvchilar va bo'ysunuvchilar orasidagi kelishuv nuqtasini topish va hukmron siyosiy elitaning ijtimoiy negizini kengaytirishga yordam beradi. Ko'ppartiyaviylik tizimlari turli-tuman bo'ladi. Ко'ppartiyaviylik tizimi Belgiyada, Daniyada, Niderlandiyada mavjud. Bu mamlakatlarda bir partiya ustun bo'lsada, koalitsion (ittifoq) hukumatlar tuziladi (Masalan 1994 yilgacha Italiyada Xristian-demokratlar partiyasi ustunlikka ega edi). Bir necha partiyalardan faqat bitta partiya eng muhim, ustuvor bo'lgan ko'ppartiyaviylik tizimlari ham mavjud. Masalan, 1993 yilgacha Yaponiyada 38 yil mobaynida Liberal-demokratik partiya eng yirik, ustun partiya bo'lib kelgan. Xuddi, shuningdek Meksikadagi Institutsion- inqilobiy partiya ham ana shunday maqomga ega bo'lgan. Ko'ppartiyaviylik tizimi blok shaklida ham bo'lishi mumkin. Bunda siyosiy partiyalar yagona guruhlashadi. Masalan, bunga misol qilib 60- yillardagi Fransiyani olish mumkin. Partiyalar soni qonunda qayd etilishi ham mumkin. Bu ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlarda uchraydi va odatda o'tkinchi, vaqtincha bo'ladi. Bunday tizim mavjud rejim uchun keraksiz partiyalarni vujudga kelishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida tashkil etiladi. Shu singari sun’iy ikki partiyaviylik tizimi 1966-1979 yillarda Braziliyada, uch partiyaviylik tizimi 1976-1990 yillarda Senegalda, 1977-1980 yillarda Burkina Fasoda, 1966-1998 yillarda Indoneziyada mavjud edi. Ushbu tizimni 1989 yilga qadar Bolgariya va Polshada mavjud bo'lgan tizim bilan aralashtirib yubormaslik kerak. Ushbu mamlakatlarda hukmron Bolgariya kommunistik partiyasi va Polsha birlashgan ishchilar partiyasi bilan bir qatorda Bolgariya dehqonlar xalq ittifoqi, Polshada esa Birlashgan dehqonlar partiyasi va demokratik partiyasi konstitutsiyaviy tarzda qayd etilgan (ro'yxatga olingan). Ular orasidagi farq shunda ediki, yuqorida sanab o'tilgan rivojlanayotgan mamlakatlarda partiyalar saylovlarda 193
mustaqil ravishda maydonga chiqadi, sotsialistik mamlakatlarda esa partiyalar uchun saylovoldi kurashini umuman istisno etuvchi deputatlik mandatj kvotalari (ya'ni parlamentda deputatlar soni) oldindan belgiiab qo'yiladi. Ikki partiyaviylik tizimining o'ziga xos xususiyati shundaki, partiyalar soni ko'p bo'lganda va hammasi hokimiyatga da’vo qilganda, ulardan faqat ikkitasi navbatma-navbat hukumat tuzadi. Bir partiya hukmronlik qiladi, ikkinchisi esa muxolifatda turib, uni tanqid qiladi, shundan keyin saylovlar natijasida ular vaqti-vaqti bilan o'rin almashinadilar. Bunday tizim uchinchi bir muqobil siyosiy kuchning yuzaga kelish imkoniyatini qiyinlashtiradi. Ikki partiyaviylik tizimining klassik misoli AQShdir. Ikkala partiya - Respublikachilar partiyasi va Demokratik partiya ichidagi fraksiyaiar ora- sidagi siyosiy tafovutlar ba’zan juda katta bo'ladi va bunday fraksiyalararo tafovut miqyosi ikkala partiya orasidagi farqdan oshib tushadi. Buyuk Britaniyada asosiy muxolif partiyaning roli qonun bilan mustahkamlangan: U qirolichaning muxolifi hisoblanadi, bu partiyaning rahbari esa xazinadan maosh oladi. Bunga o'xshash tizim Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasi bo'lgan ko'p mamlakatlarda amal qilmoqda. Ta’kidlab o'tilganidek, bir partiyali tizim legal (ochiq) maqomga ega bo'lgan va hukumatni shakllantirish huquqi birgina, to'la davlat partiyasi bo'lgan partiyaga berilgan avtoritar va totalitar rejimdagi mamlakatlarga xosdir. Bunday bir partiyaviylik tizimlar miUatchi (natsist)lar Germaniyasi va fashistlar Italiyasida, sotsialistik mamlakatlarda mavjud bo'lgan. Hozirda bunday tizimlar Xitoy, KXDR, Kuba, Laos, shuningdek ba'zi Afrika mamlakatlarida saqlanib qolgan. Yagona va rahbar partiyaning hukmronlik roli ko'pincha konsti- tutsiyalarda kafolatlanadi. Masalan, 1976 yilda qabul qilingan Kuba Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasiga ko'ra (1992 yil tahririga muvofiq) “Kuba Kommunistik partiyasi, martianlik va markscha-lenincha partiya bo'lib, Kuba xalqining uyushgan avangardi (yetakchisi) jamiyat va davlatning oliy rahbar kuchi hisoblanadi va butun imkoniyatlarini sotsializmni bunyod etish va kommunistik jamiyat sari ilgarilash kabi oliy maqsadga erishish uchun uyushtiradi va yo'naltiradi”. Zambiyaning 1973 yilgi Konstitutsiyasida Milliy Mustaqillik Birlashgan partiyasining Nizomi ilova sifatida beriladi. Ushbu nizom mamlakatning konstitutsiyaviy, to'g'rirog'i davlat huquqining asosiy manbai bo'lib qolgan. Biroq eski rejim halokatga yuz tutganidan keyin 1991 yil qabul qilingan Yangi 194
Zambiya Konstitutsiyasi o'zining 21-moddasida partiyalarni o'z ichiga olgan assotsiatsiya (uyushma, ittifoq)lar erkinligini elon qildi va tabiiyki, har qanday partiyaviy nizomlarni o'z ichiga olmadi. Agar, odatda, Sotsialistik konstimtsiyalar kommunistik partiyaning rahbarlik va yo'naltiruvchi rolini umumiy ravishda e'lon qilish bilan cheklangan bo'lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda yagona partiyaning hukmronlik maqomini maxsus konstitutsiyaviy kafolatlar bilan mustahkamlanganligini uchratish mumkin. Bir partiyaviylik tizimida “partiya" tushunchasi o'z ma’nosini yo'qotadi. Chunki u yagona va hukmron siyosiy tashkilot bo'lib qoladi. 6-§.Siyosiy partiyalar faollyatlning tartibi va tartibga solish mexanizmlnlng ichki va tashql usullari Siyosiy partiyalar huquqiy maqomining bunday elementi o'ta muhim ahamiyat kasb etadi. Agar dastlab siyosiy partiyalaming moliyalashtirilishi faqat ularning xususiy faoliyatiga oid bo'lgan bo'lsa, yillar o'tishi bilan esa ularning saylov korpusi va ommaviy hokimiyat orasidagi zarur va muqarrar vositachilarga aylanishi, siyosiy faoliyatlarga juda katta miq- dordagi sarf-xarajatiaming o'sishi, ayniqsa, saylov xarajatlari ushbu faoliyatning moliyalashtirilishining huquqiy tartibga solinishiga olib keldi. Ushbu huquqiy tartibga solish hozirgi vaqtga kelib qator mamlakatlarda konstitutsiyaviy huquqiy institutga aylandiki, uning vazifasi: bir tomondan, saylovlaming yirik kapital tomonidan monopoliya ostiga olinishini chegaralash, ikkinchi tomondan esa yangi partiyalar uchun saylovlarda ishtirok etishning moliyaviy imkoniyatlarini yaratishdan iboratdir. Jahonda siyosiy partiyalarni moliyalashning uch yo'nalishi mavjud bo'lib, unda siyosiy partiyalar moliyalashtirilishini qonun asosida tartibga solingan holda amalga oshirishadi: - partiyalarga xususiy xayriya va badallar miqdori va tartibini o'rnatish; - saylovoldi sarf-xarajatlami chegaralash va ular ustidan nazorat o'rnatish; - partiyalaming davlat tomonidan bevosita budjet hisobidan moliyalashtirilishi. Qonunchilik, odatda, partiyalarga moliyaviy mablag'lar kelib tushish manbalarini tartibga soladi. Bunday manbalar jumlasiga partiyaga a'zolik badallari, unga tushadigan xayriya mablag'lari, ruxsat etilgan xo'jalik 195
faoliyatidan tushadigan daromadlar va nihoyat, davlat subsidiyalari (ya'ni davlat tomonidan ko'rsatiladigan pul-mablag' yordami) kiradi. A'zolik badallarini hamma partiyalar olavermaydi. Agar a'zolik badali olinadigan bo'lsa ham, ular partiya olayotgan daromadlarning kichik bir qismini tashkil qiladi, xolos. Bunday daromadlarning asosiy (bosh) manbai-jismoniy shaxslar, eng avvalo, yuridik shaxslaming xayriya mablag' laridir. Qonun, odatda, xayriya badallarining raaksinial (eng yuqori) miqdorini chegaralaydi, xorijiy davlatlar va shaxslardan shuningdek, nomsiz (anonim) xayriya badallarini taqiqlaydi, agar katta miqdorda xayriya mablag'i olinganda alohida muhim hisobot shaklini belgilaydi (xayriya qiluvchi haqida ma’lumotlar va to'lov cheklari ko'rsatiladi). Masalan, 1988 yildagi siyosiy hayotning moliyaviy oshkoraligi haqidagi Fransiya Organik qonuni jismoniy shaxslar uchun 20 ming frank, yuridik shaxslar uchun esa 50 ming frank miqdorida xayriya mablag'i chegarasini alohida belgilab qo'ygan. 2 ming frankdan ortiq miqdordagi xayriya mablag'i chek bilan rasmiylashtiriladi, xayriyalaming umumiy miqdori saylov kunidan oldingi uch oy ichida tushgan mablag' umumiy mablag' miqdorining 20% dan oshishi mumkin emas. Saylov kompaniyasini moliyaviy ta'minlash uchun xayriya mablag'lari saylov kompaniyasini o'tkazishga ketadigan xarajatlar miqdoridan oshmasligi kerak (parlament saylovlarida 1 nomzod uchun 500 ming frank). Keltirilgan miqdorlar o'tgan, qonun amalda bo'lgan 12 yil ichida indeksatsiya qilingan bo'lishi ham mumkin. Ko'pchilik mamlakatlarda (masalan, Italiya, Vengriyada) partiyaning davlat organlari, muassasa va tashkilotlari tomonidan moliyaviy ta'minlanishi taqiqlab qo'yilgan. Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 67%20Хукукшунослик%20фанлар 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Tursunov, M, usmanova 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Davlati V a h u q u q I tarihi 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Inson huquqlari d a r slik 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Nomi barhayot to sh k en t 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Kriminalistika Download 18.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling