O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Davlat  miqyosida,  asosiy  ommaviy  vazifalami  sotsial  jamoa


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54

Davlat  miqyosida,  asosiy  ommaviy  vazifalami  sotsial  jamoa 

tashkilotlari  ham  bajaradi,  chunki,  ular  sotsial  davlatning  asosiy 

vazifalarini -  sotsialistik qurilishni  amalga oshirishlari  lozim.  Bu  haqdagi 

me’yorlar 

Konstitutsiyada 

ham 

aks 

ettirilgan. 

Masalan, 

XXR 

Konstitutsiyasida  “uzoq  davom  etgan  revolutsiya  va  qurilish  davomida, 

Xitoy  kommunistik  partiyasi  tomonidan  rahbarlik  qilinadigan  turli 

demokratik  partiyalar  yagona  fronti  va  xalq  tashkilotlari  shakllandi”, 

keyinchalik u muhim rol o'ynashi ta'kidlanadi.

1976 

yil  Kuba  Konstitutsiyasining  6-moddasida  Yosh 

kom m unistlar 

Ittifoqi  yoshlar  tashkilotining  rolini  ochib  beruvchi  muhim  qoida  bor. 

Unda  ko'rsatilishicha,  Ittifoq  “partiya  rahbarligida  o'zining  kelajakdagi 

a’zolarini  tayyorlash  borasida,  ish  olib  boradi,  yangi  avlodlami 

kommunizm,  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  harbiy,  ilmiy  va  madaniy 

faoliyatga  o'rgatish  ruhida  tarbiyalash”.  1992  yil  tahririda  6-modda 

boshqacha  talqin  qilinadi.  Unda  Yosh  kommunistlar  ittifoqi  Kuba 

yoshlarining ilg'or tashkiloti sifatida tavsiflanadi.

Sotsialistik 

mamlakatlarning 

konstitutsiyalarida 

ilgari 

davlat 

funksiyalarining jamoa  uyushmalariga berilishi  to'g'risida so'z  yuritilgan; 

masalan,  bunday  me’yor  Kuba  Konstitutsiyasining  7-moddasining 

dastlabki  tahririda  mavjud  bo'lgan,  unga  ko'ra,  “davlat  o'z  faoliyatida 

ommaviy jamoa tashkilotlariga tayanadi; bu tashkilotlar xuddi  shuningdek, 

Konstitutsiya  va  qonunlarga  muvofiq  o'zlarining  zimmasiga  yuklatilgan 

davlat  vazifalarini  ham  amalga  oshiradilar”.  1992  yil  tahriridagi 

Konstitutsiyada bu qoida mavjud emas.

203


Demokratik  yoki  shunday  bo'lishga  harakat  qilayotgan  davlatlarda, 

jamoa  tashkilotlari  ommaviy  vazifalarga  ega  bo'lishi  kam  uchraydigan 

hollardan.  Ko'pincha  bu  kasaba  uyushmalari,  savdo-sanoat  va  boshqa 

palatalarga xos. Amaldagi konstitutsiyada bu hoi juda kam tilga olinadi.

Jamoa  tashkilotlariga  ommaviy  vazifalami  topshirish  muammosini 

ko'rib  chiqish  uchun, ushbu masalaning  tarixiga murojaat qilish  zarur.  Bu 

bevosita  o'rta  asr  korporativizmi  -   davlatchilik  va  jamoalarning 

tabaqachilik  tashkilotlarining  chatishib  ketishi  asosida  qurilgan  davlat 

nazariyasi  va  siyosati  bilan  bog'liq.  Korporatsiyalar  (hunarmandlar, 

savdogarlar  sexi  va  h.k.)  jamiyatning  muhim  iqtisodiy  va  siyosiy 

bo'g'inlari  hisoblangan.  Burjuaziya  revolutsiyasi  davrida  tabaqachilik  va 

sex tashkilotlari feodal tuzumning qoldiqlari sifatida bekor qilingan edi.

Burjuaziya revolutsiya davriga kelib, korporativizm  g'oyasi  uchinchi 

tabaqa  tomonidan  salbiy  qabul  qilinar  edi.  Aynan  shuning  uchun  bir  xil 

holat  va  bir  xil  kasbdagi  ishchi  va  hunarmandlar  yig'ilishiga  nisbatan 

qabul qilingan  1971  yil mashhur fransuz qonunida:  «Bir xil holat va bir xil 

kasbdagi  fuqarolarning har xil  turdagi  korporatsiyalarining bekor qilinishi 

fransuz  konstitutsiyasining  asosi  hisoblanadi  va  ulaming  har  qanday 

turdagi  shaklini  yaratishni  qat’iyan  man  qiladi».  Biroq  XIX  oxiriga  kelib, 

korporatsiya  va  kasaba  uyushmalari  yangi  ko'rinishda  paydo  bo'la 

boshlaydi.

XIX asrning oxiri va XX boshida davlat organlari tashkiloti g'oyalari 

kasaba  uyushmalari  va  boshqa  tashkilotlar  boshchiligida  turli  siyosiy 

oqimlar  nazariyachilaridan  foydalana  boshladilar.  Ayniqsa,  korporativ 

g'oyalar  parlamentarizm  inqirozi  sharoitida  keng  tarqala  boshladi. 

An'anaviy  demokratik  institutlar  rasmiyatchilik  to'siqlarini  yengish 

(umumiy  saylov  huquqi,  deputatlaming  saylov  korpusidan  ajratilishi) 

“o'layotgan”  parlament  korporativ  asosda  to'ldirish  va  qayta  o'zgartirish 

va  shu  orqaii  qonunchilik  organiga  “haqiqatan  manfaatdor  shaxslami” 

kiritishni taklif qilgan.

Qisman,  bu  g'oyalar  XX  asrning  boshida  amalga  osha  boshladi. 

Unda  ayrim  Yevropa  Konstitutsiyalariga  xo'jalik  sohasidagi  o'zini  o'zi 

boshqarishga tegishli bo'lgan moddalar -  savdo-sanoat va boshqa ijtimoiy- 

kasb  palatalari  va  ulaming  uyushmalari,  shuningdek,  ulaming  parlament 

va hukumat bilan o'zaro aloqasi kiritilgan edi.

Biroq  korporativizmning  to'la  ma'nodagi  g'oyalari  korporativ 

davlatlarda  mujassam  bo'lib,  unda  hukumat  korporatsiyalar  vakilligi  -  

odamlaming  kasbi,  mashg'uloti,  ma'lum bir  sohadagi  qiziqishlariga ko'ra, 

uyushmalari  asosida  tashkil  qilingan.  Korporativizm  g'oyalari  fashist

204


davlatlari  tomonidan,  ayrim  sotsialistik  davlatlari  tomonidan  ham 

kullanilgan.  Ushbu  g'oyalar  mohiyatiga  ko'ra  milliy  birlik  ijtimoiy  kelib 

chiqishidan  qat'i  nazar bir  soha  atrofida  yig'ilgan  odamlaming  birlashishi 

demakdir.  albatta,  u  yoki  bu  sohadagi  insonlar  manfaatlarining  birligi 

mavjud bo'lib,  va  u  manfaatlaming  umummilliy  birligiga  xizmat qilishga 

keyingi  qadam  bo'lishi  mumkin.  Biroq  korporativ  davlatning  fashizm 

turida 

insonlarning 

korporatsiyalarga 

majburiy 

taqsimlanishini, 

korporatsiya 

rahbarlarining 

tepadan 

tayinlanishini 

va 

davlatning 

cheklanmagan hokimiyatiga bo'ysunishini ko'zda tutgan (fyurer va h.k.).

Masalan,  Italiya  1943  yilgacha,  Portugaliya  1974  yilgacha,  Ispaniya

1977  yilgacha,  Yugoslaviya  1992  yilgacha,  qaysidir  ma'noda  Indoneziya 

hozirgi  kungacha korporativ  davlat hisoblanadi.  Ularning  ayrimlari qonun 

hujjatlarida ham  korporativ deb nomlangan  (masalan,  1933  yil  Portugaliya 

Konstitutsiyasining  5-moddasida  Portugaliya  davlati  unitar  va  korporativ 

deb 

yozib 

qo'yilgan), 

sotsialistik 

Yugoslaviyada 

bu 

terminni 

qo'llashmagan,  shunga  qaramay  bu  yerda  ham  korporativizm  g'oyalarini 

amalga oshirish harakatlari bo'lgan.

Korporatsiya  siyosiy 

tuzumning 

muhim  elementlaridan 

biri 

hisoblangan.

Konstitutsiya  va  qonunchilik  aktlarida  korporatsiyaning  siyosiy 

hayotdagi  va  davlat  hokimiyatining  amalga  oshirilishidagi  o'mi  haqida 

to'xtalib o'tilgan edi.

Korporativ 

davlat  uchun 

korporativ 

vakillikning 

umumilliy 

organlarining tuzilishi  xos bo'lib,  ular qonunchilik  faoliyatini  faol  amalga 

oshiradi.  Masalan,  Portugaliyaning  korporativ  palatasi  parlamentga  ega 

bo'lgan vakolatlarga ega bo'lgan.

Sotsialistik  Yugoslaviyada bu g'oya korporativ asosdagi  qonunchilik 

organini  tatbiq  qilish  orqali  amalga  Yugoslaviya  Sotsialistik  Federativ 

Respublikasi 

Konstitutsiyasining 

165-moddasida 

ko'rsatilganidek, 

«Skupshina  Ittifoqi  deputat  fuqarolar  vechasi,  xo'jalik  vechasi,  ma'rifiy- 

madaniy  vechasi,  Ijtimoiy  sog'liqni  saqlash  va  tashkiliy-siyosiy  vecha 

singari Ittifoq vechasidan iborat».

Biroq  korporativ  g'oyaning  bu  tariqa  tatbiq  qilinishi  kutilgandek, 

natija 

bermadi. 

Totalitar 

tuzum 

yemirilgandan 

keyin 

davlat 

tashkilotchiligining an'anaviy shakllariga qaytildi.

Davlat  institutlari  u  yoki  bu  ma'noda  korporativ  manfaatlarni 

yoqlagan  holda  hozirgi  kunga  kadar  davom  etmoqda.  Bu  to'g'ridagi 

normalar  urushdan  keyingi  konstitutsiyalarga  (xususan,  Italiya,  Fransiya) 

ham  kiritilgan.  Masalan,  Italiya  Konstitutsiyasining  99-moddasida

205


aytilishicha:

«Iqtisod  va  mehnat  bo'yicha  milliy  kengashi  ekspert  va  turli 

toifalarni o'z ichiga oladi ».

U  Palata  va  Hukumatning  o'ziga  topshirilgan  vazifalariga  ko'ra, 

maslahat organi hisoblanadi.

U  qonunchilik tashabbusi  huquqiga ega  bo'lib,  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

masalalar bo'yicha qonun ishlab chiqishda ishtirok etishi mumkin.

Shunday  qilib,  hozirgi  kunga  kelib,  turli  jamoat  tashkilotlarga 

ommaviy  vazifalarni  yuklash  bo'yicha  boy  tajriba  mavjud.  Bunga  turli 

maqsadlarda  va  turli  siyosiy  rejimlarda,  murojaat  qilganlari  uchun  ayrim 

jamoa  tashkilotlariga  ommaviy  vazifalarni  yuklash  obyektiv  zarurati 

vujudga 

keldi. 

Masala 

uning 

demokratiya 

prinsiplariga 

putur 

yetkazmasdan  qay  darajada  ro'yobga  chiqishida.  Shu  munosabat  bilan 

qator  muammolar  paydo  bo'ladi.  Jamoa  tashkilotlariga  nisbatan,  eng 

avvalo,  bu,  ulaming  huquqiy  tabiatidir:  ommaviy  vazifalarga ega  bo'lgan 

jamoa tashkilotlari bo'lib qoladilarmi yoki boshqa maqomga bo'ladilarmi? 

Ikkinchi muammo shundaki, jamoa tashkilotlari belgilaridan bin  bo'lgan -  

ixtiyoriylikning amalga oshirilishida.

Agar  davlat  u  yoki  bu  tashkilotni  litsenziyalash  huquqi  bilan 

ta’minlabgina,  shuningdek,  taqdim  etilgan  litsenziyalami  nazorat  qilish 

bilangina  cheklansa,  unda  a’zo  bo'lish  ixtiyoriy  bo'lmay  qoladi,  bu  esa 

unga  Uyushmalar  erkinligi  tatbiq  etilmasligini  keltirib  chiqaradi.  Bu 

masalalar,  odatda, yuzaga kelgan barcha holatlami hisobga olgan  holda hal 

qilinadi.

Jamoa  tashkilotlarining  huquqiy  maqomini  tartibga  solishning 

bir necha turlari mavjud.

Birinchidan,  ushbu  tashkilotlarning  yagona  konstitutsion  va  eng 

muhim  asoslaridan  biri  Ittifoqlarga  (Uyushmalarga)  birlashish  huquqidir. 

Konstitutsiyada  birlashish  huquqini  qayd  qila  turib,  qonun  chiqaruvchi 

uyushmalaming  barcha  turlari  uchun  bir  xil  huquqiy  rejim  o'matadi. 

Totalitar rejim  sharoitida,  ko'rsatib  o'tilganidek,  mazkur huquq  formal  va 

soxta xarakterga egadir.

Ikkinchidan,  mazkur  huquq  bilan  bir qatorda,  konstitutsiyada jamoa 

tashkilotlarining 

ayrim 

turlari 

(kasaba 

uyushmalari, 

tadbirkorlar 

uyushmalari,  yoshlar  va  h.k.)  huquqiy  maqomi  to'g'risidagi  normalar 

kiritilgan. 

Masalan, 

kasaba 

uyushmalaming 

maqomi 

Gretsiya 

Konstitutsiyasining 

23-moddasida, 

Italiya 

Konstitutsiyasining 

39- 

moddasida,  GFR  Asosiy  Qonunining  9-moddasi  3  bandida,  1946  yil 

Yaponiya  Konstitutsiyasining  28-moddasida,  tadbirkorlar  uyushmasining

206


huquqiy maqomi esa Shvetsiya Konstitutsiyasining 2 bo'limida aks etgan.

Qonun  chiqamvchi  u yoki  bu uyushmalarga  alohida  ahamiyat berib, 

buni  ta'kidlamoqchi  bo'lsa,  jamoa  uyushmalaming  ayrim  turlari 

to'g'risidagi normalar konstitutsiyaning boshqa bo'lim va boblariga (Kuba 

konstitutsiyasining  “Davlatning  siyosiy,  ijtimoiy,  iqtisodiy  asoslari” 

bo'limi, Xitoy Konstitutsiyasining kirish qismi) kiritiladi.

Konstitutsiyaga  jamoa  tashkilotlarining  ayrim  turlari  to'g'risida 

moddalaming kiritilishi demokratik davlatchilik sharoitida ulaming siyosiy 

tizimdagi muhim o'mini e’tirof etish hisoblanadi.

Uchinchidan,  jamoa  uyushmalaming  tuzilish  shartlari  ko'rsatilishi 

mumkin,  unda  konstitutsiyalar  kommunistik  partiya  rahbarligida  jamoa 

tashkilotlarining  bir butunligidan  kelib  chiqardi.  Bu  esa  faqat  “sotsializm 

qurilishi”ga  yordam  berishi  mumkin  bo'lgan  jamoa  tashkilotlari  faoliyat 

yuritishi  mumkinligi  to'g'risida  guvohlik  berardi.  Shu  tariqa  jamoa 

tashkilotlarining  faoliyat  yuritislii  shartlari  to'g'risidagi  konstitutsion 

normalaming paydo bo'lishi  imkoniyati to'g'risida so'z yuritila boshlandi.

Jamoa  tashkilotlaming  huquqiy  maqomlari  to'g'risidagi  masala 

Bolgariyada o'ziga xos yechimini  topdi.  Bolgariya Konstitutsiyasining  12- 

moddasi  2-qismiga muvofiq,  “kasaba uyushmalarini  ham  o'z  ichiga olgan 

fuqarolar  uyushmalari  o'z  oldiga  faqat  siyosiy  partiyalarga  xos  bo'lgan 

siyosiy  maqsadlarni  qo'ya  olmaydi”.  Siyosiy  partiyalar to'g'risidagi  1990 

yil bolgar qonuniga ko'ra,  siyosiy partiyalar sifatida qayd etilmagan jamoa 

tashkilotlari  siyosiy partiyalar faoliyatini  -  mitinglar,  namoyishlar,  siyosiy 

targ'ibotning  boshqa  shakllarini  o'tkazishni  -  amalga  oshira  olmaydilar. 

Agar  kasaba  uyushmalari  yoki  boshqa  jamoa  tashkilotlari  bunday 

faoliyatni  amalga  oshirsalar,  okrug  prokurori  ularga  siyosiy  faoliyatni 

tugatishni  yoki  bir  oy  muddat  ichida  siyosiy  partiya  sifatida  ro'yxatdan 

o'tishni  taklif  qilish  huquqiga  ega.  Aks  holda,  ushbu  tashkilot  Bosh 

prokuror rasmiy iltimosiga ko'ra, tarqatib yuborilishi lozim.

Osiyo  va  Afrika  mamlakatlari  Konstitutsiyalarida  u  yoki  bu 

davlatning  siyosiy  hayotidan  kelib  chiqqan  turli  sharoitlarga  duch 

kelishimiz  mumkin.  Gabona  Konstitutsiyasining  1-moddasi  8  bandida 

e'lon qilinganidek,  “Jinoyat qonunlari va etnik guruhlaming ixtiyoriga zid 

keluvchi  uyushma  va  jamoalaming  faoliyati  taqiqlanadi”.  Musulmon 

huquqi  davlat  va  jamiyat  hayotida  katta  ahamiyatga  molik  bo'lgan 

mamlakatlarda shariat qonunlarining  tatbiq  etilishi jamoa  tashkilotlarining 

mavjud bo'lishining asosiy shartlaridan bin hisoblanadi.

Jamoa  tashkilotlari,  odatda,  ro'yxatdan  o'tgan  bo'lib,  muvofiq 

reyestrga 

kiritilgan 

bo'lishi 

lozim. 

Shunday 

qilib, 

Ispaniya

207


Konstitutsiyasining 

22-moddasi 

3-qismida 

shunday 

deyilgan: 

“Uyushmalar  reyestrga  yagona  maqsad  bilan  kiritiladi  -   ular  to'g'risida 

ma'lumotni  oshkor  qilish  maqsadida’',  Shunga  o'xshash  normalar 

postsotsialistik davlatda ham mavjud.

Jamoa  tashkilotlariga  nisbatan  davlat  organlari  oldidagi  majburiy 

tizimli  moliyaviy  hisobotlilik  qo'llaniladi;  bunda  daroraadning  barcha 

manbalari  va  xarajatlar  ko'reatilishi  lozim.  Uyushma  Ustavida  tashkilot 

tarqatilgan  taqdirda  ulaming  mablag'lari  (qarzlarni  qoplagandan  qolgan) 

taqdim etiladigan shaxslar (mazkur tashkilot a'zolaridan tashqari) ko'rsatib 

o'tilishi  lozim.  Ustavda  bunday  ko'rsatma  mavjud  bo'lmagan  hollarda 

masala sud orqaii, ayrim Lotin  Amerikasi  davlatlarida esa Prezident orqaii 

o'z  yechimini  topadi.  Ayrim  mamlakatlar  qonunchiligida,  faoliyati 

tugatUgan  jamoa  tashkiloti  mulkidan  foydalanish  shunga  o'xshash 

maqsadlarda amalga oshirilishi lozim.

Jamoa  tashkilotlarmi  majburiy  ta.qatib  yuborish,  ular  tomonidan 

Konstitutsiya  va  Qonunda  ko'rsatilgan  sbartlarning  buzilgan  hollarida, 

odatda, sud aralashuvi bilan amalga oshiriladi.

To'rtinchidan,  Konstitutsiyada  ma’lum  bir  jamoa  tashkilotlarining 

ulaming rasmiy  nomlari  ko'rsatilgani holda,  maqomlari  mustahkamlangan 

holatlar ham mavjud.

2-§. “Tadbirkorlik tashkilotlari”

Xorijiy  mamlakatlarning  zamonaviy  qonunchiligi  tadbirkorlaming 

turli jamoa  tashkilotlarining  (tadbirkorlar  ittifoqi,  savdo-sanoat  palatalari, 

ish  beruvchilar  ittifoqlari,  lobbist  uyushmalari  va  h.k.)  faolligini  hisobga 

olib, biznesning turli jabhalarini tartibga soladi.  Mulk huquqi muhofazasini 

mustahkamlagan  va  ta’minlagan  holda,  qonun  chiqaruvchi  ushbu 

huquqning  amalga  oshishiga  yordam  beruvchi  jamoa  tashkilotlaming 

maqomini  mustahkamlashga  harakat  qiladi.  Odatda,  bir  necha  turdagi 

tadbirkorlar  tashkilotlarini  ajratishadi:  iqtisodiy  ittifoqlar,  ish  beruvchilar 

ittifoqi, 

sanoat  va  boshqa  palatalar, 

lobbist  tashkilotlar,  jamoa 

tashkilotlaming birinchi  uch  turini  tadbirkorlaming o'zi  birlashtirib turadi, 

lobbist  tashkilotlar  esa  aralash  ijtimoiy  tarkibga  ega,  ular 

o 'zlarin ing 



uslublari bilan mulkdorlar manfaatlarini ta’minlaydilar.

Iqtisodiy  ittifoqlar  va  uyushmalar  ulaming  tarkibiga  kiruvchi  firma 

va jamoalaming  iqtisodiy  siyosat (sug'urta,  tashqi  savdo sohasida va h.k.) 

sohasidagi  manfaatlarini  ko'zlaydilar.  Masalan,  nemis  sanoatining  federal 

ittifoqi  34  katta  iqtisodiy  ittifoqlami  birlashtirib  turadi;  ularda kichik  500 

soha va yer ittifoqlari bor.

208


Ish  beruvchilar ittifoqlari (ba'zida  ular ijtimoiy-siyosiy ittifoqlar deb 

nomlanadi)  tadbirkorlaming  ijtimoiy  siyosat  sohasidagi  manfaatlarini 

ko'zda tutadilar.  Ittifoqlarning  bosh  vazifasi  kasaba  uyushmalari  bilan  ish 

haqi  va sharoitlari borasida  muzokaralar  olib  borishdan iboratdir.  Ijtimoiy 

sug'urta o'zini o'zi boshqarish prinsiplariga  asoslangan mamlakatlarda ish 

beruvchilar ittifoqlari ijtimoiy sug'urta organlarida amalga oshiriladi.

Qishloq  xo'jaligi,  hunarmandchilik  va  savdo-sanoat  palatalari 

tadbirkorlaming  hududiy  va  sohaga  oid  manfaatlarini  himoya  qiladilar 

hamda  davlat  organlarida,  xalqaro  iqtisodiy  tashkilotlarda  ulami  himoya 

qiladilar.

Shunga  o'xshash 

rolni  shifokorlar,  farmatsevtlar,  notariuslar 

palatalari  bajaradilar.  Ushbu  palatalar,  odatda,  ommaviy  vazifalar 

huquqiga  ega  bo'ladilar  (tovar  va  xizmatlarga  sertifikat  berish,  kasb 

tayyorgarligi va h.k.).

Tadbirkorlar  uyushmalarining  barcha  turlari  o'zaro  tor  hamkorlik 

qilishadi.

Lobbist  tashkilotlari  ham  keng  tarqalgan  hisoblanadi.  Ular  qonun 

loyihalari  bo'yicha  qaror  qabul  qilinishiga  va  ijtimoiy  guruhlaming 

manfaatlarini  himoya  qilishga  ta'sir  ko'rsatish  maqsadida,  tuziladigan 

tashkilotlardir.  Lobbist  tashkilotlaming  faoliyati  mablag'  yig'ish,  ulami 

qonunchilik organiariga ta'sh- ko'rsatishda, qo'llashga qaratilgan.

Tadbirkorlar 

uyushmasining 

fikr-mulohazalari 

turli 

iqtisodiy 

loyihalar  va  hududiy  dasturlami  amalga  oshirishda,  hisobga  olinadi. 

Masalan,  ispaniya  Konstitutsiyasining  131-moddasi  2-qismidagi  norma: 

“Hukumat  rejalar  loyihasini  ishlab  chiqishda  avtonom jamoalaming  fikr- 

mulohazalarini inobatga olgan holda, ishtirok etadi”.

Tadbirkorlar 

foydalanadigan 

vositalardan 

biri 

(agar 

qonun 

taqiqlamasa)  lokaut hisoblanadi  (ingiiz  tilidagi  louk  out -   eshikni  yopish 

demakdir),  ya’ni  tadbirkorlaming  o'z  korxonalarini  ishchilami  ommaviy 

bo'shatgan  holda,  yopishlari  hisoblanadi.  Bu  esa  mavjud  mehnat 

sharoitlarida ishlab, o'z talablaridan voz kechishlari uchun qo'llanadi.

Zamonaviy  konstitutsiyaviy-huquqiy  nazariya  va  amaliyotga  ko'ra, 

lokautga yagona  yondashuv  yo'q.  Ayrim  mamlakatlarda,  tadbirkorlaming 

qo'shimcha  huquqi  sifatida  qaraladi,  o'ziga  xos  “qasos  akti”,  shuning 

uchun zamonaviy demokratik davlatlarga bu xos emas.

Boshqa  mamlakatlarda  lokaut  -mehnat  nizolarini  hal  qilish  mumkin 

bo'lgan ish tashlashning biri turi.

209


3-§. Kasaba uyushmalari, iste'molchilar uyushmasi va

hokazolar

Bu tashkilotlar yollangan ishchilarning manfaatlarini himoya qilishga 

qaratilgan.

Kasaba  uyushmalarining  huquqiy  maqomini  huquqiy  tartibga  solish 

juda  uzoq  yo'l  bosib  o'tgan.  Sanoat  tuzumining  o'matilishi  davrida 

ishchilar  va  ularning  kasaba  uyushmalari  ish  tashlashlari,  odatda, 

bostirilgan.

Kasaba  uyushmalarining  huquqiy  maqomini  Italiya  Konstitutsiya­

sining  39-moddasida  batafsil  tartibga  solingan.  Kasaba  uyushmalariga 

ulaming  qonunga  muvofiq  mahalliy  yoki  markaziy  muassasalarda 

ro'yxatdan  o'tishlaridan  boshqa  majburiyatlar  yuklatilmaydi.  Kasaba 

uyushmalarining  Ustavlarini  ro'yxatdan  o'tkazishda  ittifoqlarning  ichki 

tashkiloti demokratik asoslarda qurilishi talab qilinadi.

Kasaba  uyushmalarining  maqomi  batafsil  Braziliya  Konstitutsiya­

sining  8-moddasida  tartibga  solingan.  Ispaniya  Konstitutsiyasining  131- 

moddasi  2-qismida  iqtisodiy  rejalarni  ishlab  chiqishda,  kasaba  uyushria- 

laming fikr-mulohazalari hisobga olinishi ko'rsatib o'tilgan.

Kasaba  uyushmalar  mehnatkashlarining  huquqini  himoya  qiluvchi 

vositalardan  biri  bo'lgan  ish  tashlashlarga  munosabati  ham  keskin 

o'zgardi.

Zamonaviy  konstitutsiyaviy  huquq  iqtisodiy  sohadagi  ijtimoiy 

nizolar  obyektiv jarayonlaming  o'ziga  xos  ifodasi  bo'lib,  ma'lum jihatda, 

huquqiy  tartibga  solinishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham  ko'pgina 

zamonaviy  konstitutsiyalar  ijtimoiy  nizolarga  bo'lgan  huquq  normalarini 

kiritadilar.  Xorijiy  mamlakatlaming  konstitutsiyalarida  ijtimoiy  nizolami 

bartaraf  etuvchi  normalar  bilan  bir  qatorda,  ulami  yechishga  qaratilgan 

normalar ham mavjud.

Keng  ma'noda  konstitutsiya  ijtimoiy  nizolarning  oldini  olishga 

qaratilgan.  Uning  vazifalaridan  biri  -   jamiyat  tomonidan  adolatli 

hisoblanadigan tartibni o'matish.

Yaponiya  Konstitutsiyasi V ushbu  masalani  iqtisodiy  sohalarda, 

ijtimoiy  nizolarning  boshqacha  usullarda  yechilishini  taklif  qiladi.  28- 

moddada  mehnatkashlaming  “jamoaviy  muzokaralarga  va  boshqa jamoa 

harakatlariga  bo'lgan  huquqi”  ko'rsatilgan.  Shu  bilan  birga  zamonaviy 

konstitutsiyalar  qonun  chiqaruvchining  ijtimoiy  tinchlikni  ta'minlashga 

bo'lgan intilishini aks ettiradilar.

Ayniqsa,  XX  asming  o'rtalariga  kelib,  kasaba  uyushmalari  keng 

tarqala  boshladi.  Buning  natijasi  bo'lib,  Avstraliya,  Gretsiya,  Ispaniya,

210


Fransiya  va  ayrim  boshqa  davlatlarda  korxona  kasaba  uyushmasi 

badallarini olib qolish huquqi hisoblanadi.

Biroq  80-yillarga  kelib,  kasaba  uyushmalarining  pasayishi  ko'zga 

tashlanadi. Masalan, Kanadada, hozirgi  kunda, kasaba uyushmalari qishloq 

xo'jaliklari bo'lmagan sektorda uchdan bir qismni o'z ichiga oladi.

Kasaba 

uyushmalarining 

ahamiyad 

susayishi 

sharoitida, 

qonunchilikda 

o'zgarishlar 

sodir 

bo'ladi. 

Kasaba 

uyushmalariga 

birlashishni taqiqlovchi  normalar paydo bo'la boshladi.

Ijtimoiy  nizolarga  bo'lgan  huquq  aks  etgan  konstitutsiyaga  ega 

bo'lgan  mamlakatlarda  ham  joriy  qonunchilik  uning  oldini  olishga 

qaratilgan  qator  choralar 

mavjud. 

Masalan, 

Shvetsiyaning  joriy 

qonunchiligi  tadbirkorga  mahalliy  kasaba  uyushmalari  bilan  ko'zda 

tutilayotgan 

chora-tadbirlarni 

muhokama 

qilishni 

belgilaydi. 

Bu 

nizolaming oldini olish  imkoniyatini beradi.

Yangi  konstitutsiyalarda,  ijtimoiy  nizolaming  yechishning  yangi 

yo'llari ko'rsatilgan.

Iste'molchi  manfaatlari  va  huquqlarini  himoya  qiluvchi  tashkilotlar. 

Ularga,  asosiy  ehtiyojlami  qondirish,  xavfsizlik  huquqi,  tanlash  huquqi, 

axborotga  ega  bo'lish  huquqi,  moddiy  zarami  qoplash  huquqi,  eshitish 

huquqi,  sog'lom atrof-muhitga bo'lgan huquq. Iste'molchilaming huquqini 

himoya  qilish  jamiyati  narx-navo  o'sishi  bilan  kurash  takdkasini  ishlab 

chiqadi,  iste'molchilar nomidan sudda so'zga chiqadi.

Iste'molchilar  huquqini  himoya  qilish,  dastlabki  jamiyatlari  XIX 

asrda  paydo  bo'lishiga  qaramay,  XX  asming  o'rtalarida  keng  tarqala 

boshladi.  O'tgan  asrlarda  bozor  cheklanganligi,  odamlar  bir  turdagi 

buyumlardan  foydalanganligi  va  faqat  ma'lum  odamlardan  sotib 

olganliklari  sababli  xaridor  o'zi  to'g'risida  o'zi  qayg'urishi  mumkin 

bo'lgan.  Hozirgi  vaqtda,  kataloglar  bo'yicha  savdo  qilish  keng  tarqalgan. 

Undan  tashqari,  texnik  tovarlaming  katta  qismi  (masalan,  kompyuterlar) 

xaridor sotib olishdan oldin tekshirib olish imkoniyatiga ega bo'lmaydi.

Iste’molchilar  huquqini  himoya  qilish  jamiyati  konstitutsiyada  ham 

tilga  olingan.  Masalan,  Ispaniya  Konstitutsiyasining  51-moddasining  2- 

qismida 

ommaviy 

hukumat 

iste'molchilar 

tashkilotlarini 

qo'llab- 

quvvatlaydilar.

2! I


18-bob. Diniy uyushmalar va cherkov

1-§. “Diniy jamoalar va cherkov”

2-§. “Diniy munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga 

solish va cherkovlar maqomi”

3-§. “Cherkov va dunyoviy nodavlat siyosiy institutlar”

l-§. “Diniy jamoalar va cherkov”

1. 

Diniy jamoalar va cherkovlaming siyosiy hayotga ta'sir ko'rsatishi 

omillari.  Diniy  jamoalar  deganda,  muayyan  mamlakatlarning  muayyan 

hududdagi  bir  dinga  e’tiqod  qiluvchi  aholisini  tushunamiz  (konfessiya, 

din).  Cherkov  -   muayyan  e’tiqoddagi  ruhoniylaming  tashkiloti.  O'z 

cherkoviga  ega  bo'lmagan  konfessiyalar  bor.  Bunday  konfessiyalar 

odatda,  ko'p  emas  va  sezilarli  siyosiy  ahamiyatga  molik  emas.  Yirik 

dunyoviy  dinlarning  vakili  hisoblanuvchi  diniy jamoalar  va  cherkovlar  -  

xristian  dini,  islom,  buddizm,  ba'zida  iudaizm,  sintoizm  va  h.k.  keyingi 

mingyilliklar davomida  insoniyat  tarixida  siyosiy jarayonlarga,  siyosiy  va 

huquqiy  madaniyatning  shakllanishiga,  davlatning  faoliyat  yuritishida, 

insonning jamiyat  va  davlatdagi  o'miga  o'z  ta'sirini  ko'rsatgan.  Bu  ta'sir 

hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda.

Ko'p  millatli,  ko'p  konfessiyali  mamlakatlarda  diniy  muammolar 

milliy, irqiy, etnik muammolar bilan chatishib ketadi.

Osiyo va Afrikaning rivojlanayotgan  mamlakatlarida,  diniy jamoalar 

o'zini  o'zi anglashi ustuvorlik qiladi. Masalan, ayrim arab mamlakatlarida, 

ba'zida  islom  yo'nalishi  milliy  guruhlarga  islom  diniga  e'tiqod 

qihnaydigan  elatlar  ham  kiradi  (Iroq,  Saudiya  Arabistoni,  Ioradaniya, 

shuningdek, arab davlatlariga tegishli bo'lmagan Eron, Pokiston).

Bir  xalqning  ko'p  konfessiyaligi  uning  ichida  nafaqat  madaniy- 

maishiy farqlar keltirib chiqaribgina qolmay,  etnokonfessiya guruhlarining 

shakllanishi  va konfessiyalararo  nizolami  keltirib  chiqaradi.  Bunga Livan 

yaqqol misol bo'la oladi. 

\

Ushbu  unchalik  katta  bo'lmagan  Yaqin  Sharq  mamlakatida  (10,4 

ming  kv.km,  aholisi  3  mln.)  etnokonfessional  muammolar  fuqarolik 

urushiga olib kelgan ichki  siyosatning rivojlanishining  muhim omillaridan 

biriga  aylandi.  Livan  inqirozining  konfessional  xarakteri  konfessiyalararo 

tengsizlikdan kelib  chiqqan.  Bu  yerda xristian  va islom dini  vakillari juda 

ko'p.  Ahoiining  deyarli  yarmi  -   Livan  arab  musulmonlari,  ular  ichida 

sunniylar,  shialar.  Livanning  boshqa  qismi  xristian  diniga  mansub 

shaxslardan  iborat.  Shuningdek,  Livanda  protestantlar,  iudeylar  yashaydi.

212


Mamlakatning  davlat  tuzilishi  ushbu  murakkab  konfessional  mozaikani 

hisobga olgan holda, amalga oshiriladi.

Diniy  jamoa  va  cherkovlarning  siyosiy  hayotga  ta'siri  mamlakatda 

demokratiyaning  rivojlanishiga  bog'liq,  u  esa  o'z  navbatida,  ijtimoiy- 

iqtisodiy rivojlanish bilan belgilanadi.

Demokratik  davlatlarda,  odatda,  din  va  cherkovlarning  tengligi, 

vijdon  erkinligi  va  dinga  e’tiqod  qilish  e'tirof  etiladi,  cherkov  davlatdan 

ajratilgan, 

maktab  -   cherkovdan, 

diniy  motivlarga  ko'ra, 

turli 

taxqirlashlarga  yo'l  qo'yilmaydi.  Cherkov  dastlab  xalqning  axloqiy, 

madaniy,  tarixiy  an'analarining  qo'riqchisidir.  Lotin  Amerikasining  qator 

mamlakatlarida  60-yillaming  o'rtalarida  milliy  reformizm  harakati  kelib 

qo'shildi.  Ushbu  harakat  diktator  rejimiga,  rim-katolik  cherkoviga  qarshi 

karatilgan edi.

Ayrim davlatlarda,  siyosiy  partiyalaming repressiya yillarida faoliyat 

yuritish  uchun  zarur  bazaga  ega  bo'lmaganlar,  ayrim  mamlakatlarda 

hokimiyatga  diskriminatsiyaga  qarshi  kurashayotgan  diniy  jamoalar 

keladi.

2-§. Diniy munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy

tartibga solish va cherkovlar maqomi

Yuqorida  aytib  o'tilganidek,  ko'pchilik  mamlakatlarda  cherkov 

davlatdan ajratilgan, din esa insonning shaxsiy ishi hisoblanadi.

Ayrim  demokratik  davlatlarda  shunga  qaramay  konstitutsiyaviy 

huquq  anticherkov  yo'nalishida  faoliyat  yuritadi.  Masalan,  Meksika 

Konstitutsiyasi  cherkovga  yuridik  shaxs  maqomini  bermadi,  ko'chmas 

mulkka  egalik  qilish  huquqidan  mahrum  etdi,  ommaviy  joylarda  diniy 

marosimlami o'tkazishni taqiqladi.

U yoki din davlat, rasmiy yoki hukmron din deb e'lon qilingan ayrim 

mamlakatlar ham  mavjud.  Masalan,  Buyuk  Britaniyada anglikan cherkovi 

e'tirof  etiladi.  Britaniya  lordlar  Palatasida  cherkov  iyerarxlari  uchun 

ma'lum  kvotalar  mavjud.  Shotlandiya  cherkovining  har  yilgi  bosh 

assambleyasida siyosiy muammolar hal qilinadi.

Biz  Shvetsiya  to'g'risida  cherkov  davlatdan  ajratilmagan  davlat 

sifatida  gapirib  o'tgan  edik.  Shvetsiyadagi  Cherkov  to'g'risidagi  qonun 

cherkov  to'g'risidagi  barcha  qonunlami  tratibga  solib,  asosiy  qonuniy 

hujjat hisoblanadi.

Qator  mamlakatlarda,  diniy  jamoalar  va  cherkov  maqomi  joriy 

qonunchilik tomonidan tartibga solingan, konstitutsiyaviy va shartnomaviy 

asosdan  tuzilgan.  Konstitutsiyaning  7-moddasiga  ko'ra,  ikkala  subyekt

213


ham  mustaqil  va  suverendir,  ulaming  munosabatlari  1929  yil  qabul 

qilingan  Lateran  shartnomalari  bilan  tartibga  solingan.  8-moddaga 

muvofiq  boshqa  diniy  e'tiqodlaming  davlat  bilan  o'zaro  munosabatlari 

qonun bilan tartibga solinadi.

Italiya  Hukumati  va  Avliyo  taxt  o'rtasidagi  1984  yil  Konkardati 

cherkovning davlatdan  ajratilishini  ko'zda tutdi  va katolik  dini  Italiyaning 

yagona dini ekanligi belgilovchi tamoyilni o'matdi.

Cherkov  muassasalariga  yuridik  shaxs  maqom  berildi.  Soliq  to'lash 

va faoliyatning boshqa turlarida dunyoviy muassasalarga tenglashtirildi.

Ayrim  demokratik  davlatlarda  cherkovlaming  davlat  budjetidan 

mablag'  bilan  ta’minlanashi  qo'llanadi,  fuqarolik  holatining  cherkov 

amallariga yuridik kuch beriladi.

Biroq,  yuqorida  ko'rsatib  o'tilganidek,  odatda,  avtoritar  va  totalitar 

rejimli  davlatlaming konstitutsiyalarida din  va cherkovga davlat ahamiyati 

beriladi.  Masalan,  Islom  30  ortiq  davlatning  davlat  dini  hisoblanadi. 

(Iordaniya  Konstiutsiyasi  2-modda,  Birlashgan  arab  amirliklari  7-modda, 

k'atar  Konstitutsiyasi  1-modda).  Marokash  Qirolligi  Konstitutsiyasinirg 

preambulasida:  «Marokash  qirolligi  -   suveren  musulmon  davlati»  deb 

yozib  qo'yilgan.  19-moddasiga  ko'ra,  Qirol  islomga  amal qilishni  nazorat 

qilib  turadi.  Ayrim  davlatlarda,  (Saudiya  Arabistoni,  Eron,  Pokiston) 

musulmon  huquqi  -  shariat  Konstitutsiya va Qonundan  ham  ko'ra yuqori 

yuridik kuchga ega.

Musulmon  mamlakatlari  uchun  jamoa  va  davlat  hayotda,  yagona 

lider  bo'lishi  xos.  Islom  normalari  davlat  hokimiyatining  ayrim 

institutlarini belgilab beradi.

Islom  fuqarolar  ichida juda  singib  ketgan  Turkiyada,  huquqiy  tizim 

shariat  ta’siridan  holi.  1982  Tukrkiya  Respublikasining  Konstitutsiyasi 

respublikani demokratik, duneviy,  ijtimoiy-huquqiy deb belgiladi.

Konstitutsiyaning  24-moddasi  5-qismiga  ko'ra,  hech  kim  dindan 

foydalanishi va diniy his-tuyg'ulardan foydalanmasligi lozim.

Lotin  Amerikasida  konstitutsiyaviy  huquq  katolik  cherkovning 

siyosiy  pozitsiyalarini  aks  ettiradi.  Ko'pgina  mamlakatlarda  diniy 

uyushmalarga  jamoa  birlashmalaming  umumiy  konstitutsiyaviy-huquqiy 

maqomini tartibga solish xosdir.

214


3-§. Cherkov va dunyoviy nodavlat siyosiy institutlar

Ko'pgina  davlatlarda  cherkov  davlatning  o'zi  bilan  aloqa  bilan 

cheklanib  qolmaydi,  biroq  siyosiy  tizimning  boshqa  elementlariga  ta'sir 

ko'rsatadi.  Cherkov  bilan  bog'liq  bo'lgan  siyosiy  partiyalar  to'g'risida 

yuqorida  aytib  o'tildi.  Cherkov  boshqa  ijtimoiy  institutlarga  ham  o'z 

ta’sirini o'tkazishga harakat qiladi.

Masalan,  AQShda  konfessional  siyosiy  partiyalar  bo'lmasada, 

katolik  cherkovi  kasaba  uyushmalarida  faol  ishtirok  etadi.  30-chi  yillarda 

katolik kasaba uyushmalari  Uyushmasi  tashkil qilingan edi.  Hozirgi kunda 

katoliklar  ko'pgina  kasaba  uyushmalarga  rahbarlik  qilishda  faol  ishtirok 

etadilar. 

Katolik 

yepiskopining 

yagona 

kursi 

AQSH 

katolik 

yepiskoplarining anjumani bilan ishlab chiqiladi.

AQShda  qator  konfessional  tashkilotlar  va  harakatlar  faoliyat 

yuritadi.

215


19-bob. Ommaviy axborot vositalari

1-§. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati

va tushunchasi

2-§. Ommaviy axoborot vositalari va ular faoliyatining

konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solinishi

3-§. Jumalistlarning huquqiy maqomi.

Jamoatchilik fikrini o'rganish

l-§. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati

va tushunchasi

Jamiyatning  axborot  bilan  ta’minlanishi  -   uning  progressiv  rivojla- 

nishining  muhim  faktorlaridan  biri.  Fuqarolaming,  davlat  va  jamoa 

tuzumlaming  axborot  bilan  ta’minlanishi  bir  tomondan  tizimlami,  texno- 

logiyalami  takomillashtirish  orqali  amalga  oshirilsa,  boshqa  tomondan 

ushbu  jarayonning  huquqiy  tartibga  solinishidadir.  Katta  ahamiyat 

ommaviy axborotlarga beriladi.

OAV  vazifalaridan  biri  -  jamiyatni  uning  uchun  qiziqish  tug'dirgan 

barcha  axborotlar  bilan  ta'minlash.  Bu  vazifa  OAV  tomonidan  har  doim 

ham  to'liq  bajarilmaydi.  OAV  vositalarining  mafkuraviy  va  siyosiy 

vazifasi  -   axborot  tanlab  olish,  ulami  o'quvchi,  tomoshabin,  tinglovchi 

ongiga u yoki bu faoliyatni amalga oshirishlari uchun yetkazish.

Jamiyat  qanchalik 

siyosiylashtirilgan 

bo'lsa, 

siyosiy 

kurash 

shunchalik kuchli, OAV siyosiy hayotdagi roli shunchalik baland bo'ladi.

OAV  siyosiy  tizimning  turli  elementlari  bilan  o'zaro  hamkorlik 

qiladilar.  Davlat va siyosiy partiyalar ko'p hollarda o'zlari OAV ta'sischisi 

bo'ladi  va  ular  orqali  o'zlarining  platformalarini,  dasturlarini  xalqqa 

yetkazadilar.

Siyosiy-mafkuraviy  manfaatlarga muvofiq,  ayrim OAV jamoatchilik 

fikriga  ta'sir  o'tkazishga  harakat  qiladilar.  E’tiborini  dasturlarning  faqat 

ijobiy  va  salbiy  tomonlariga  qaratadi.  Ko'proq  siyosiy  ma'qullanmagan 

axborotlami  olishga  intiluvchi  o'quvchilar,  tomoshabinlar,  tinglovchilar 

ishonchiga kirish maqsadida, ular o'zlarini mustaqil deb e'lon qiladilar.

Davlat va  uning  organlari  bilan  OAV  ikki  tomonlama  bog'liq  davlat 

tomonidan boshqariladigan obyekt sifatida va  unga  siyosiy  ta'sir o'tkazish 

quroli  sifatida.  Davlat  OAV  maqomini  tartibga  solib  turadi,  ulaming 

siyosiy  kursini  belgilab  beradi.  Boshqa  tomondan  OAV  muayyan 

qonunchilik  hujjatlaming  qabul  qilinishida  yordam  berishi  yoki  aksincha 

to'sqinlik  qilishi  mumkin.  Siyosiy aksiyalarda ishtirok  etishi  va h.k.  OAV

216


mafkuraviy  vazifasi  davlat  va  jamiyatning  qadriyatlarini  yaratish, 

tarkatishda  namoyon  bo'ladi.  OAVning  insonlaming  ongi  va  xatti- 

harakatiga  ta'sirini  hisobga  olgan  holda,  jamiyat  o'zini  bunday  ta'sirdan 

konstitutsion taqiqlar yordamida himoya qilishga harakat qiladi.  Xususuan, 

Gretsiya  Konstitutsiyasining 

14-moddasi  adob-axloqqa  zid  bo'lgan 

nashrlar chiqarganlik uchun javobgarlik o'rnatgan.

2-§. Ommaviy axoborot vosltalari va ular faoliyatining

konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solinishi

OAV  maqomining  huquqiy  tartibga  solinishi  ularning  faoliyat 

yuritishlari  uchun  zanir shartdir.  Xorijiy  mamlakatlaming konstitutsiyaviy 

huquqi  yuqorida  ко'rib  chiqilganlari  bilan  birgalikda,  OAV  maqomini 

tartibga soladi.

Polshada,  1992  yil  yangi  konstitutsiyaviy organ  -   Butunpolsha radio 

va  televideniye  kengashi  ta’sis  etilgan  edi.  Radio  va  televideniye 

to'g'risidagi qoidalar, Shvetsiya Konstitutsiyasiga kiritilgan.

OAV  davlat  tomonidan  qonuniy  tartibga  solinishi  yo'nalishlaridan 

biri  -   ularning  faoliyatini  nazorat  qilib  turish.  Bu  uch  variantda,  amalga 

oshirilishi 

mumkin: 

bevosita  davlat  boshqaruvi,  bilvosita  davlat 

boshqaruvi, maxsus davlat organlari orqaii nazorat.

Bevosita  davlat  boshqaruvi  OAV  davlat  mulki  obyekti  sifatida 

bo'lib,  yuridik  kuchga  ega  bo'lmagan  va  davlat  budjetidan  mablag'  bilan 

ta'minlangan hollarda kuzatiladi.

Masalan,  Gretsiya  Konstitutsiyasining  15-moddasi,  2  qismi  davlat 

radio  va  televideniye  ustidan  nazoratni  amalga  oshiradi.  Ispaniya 

Konstitutsiyasining  20-moddasi  3-qismi  OAV  qonun  tomonidan  tartibga 

solinishini ko'zda tutadi.

Bilvosita davlat boshqaruvi,  odatda,  ommaviy  korporatsiyalar orqaii 

amalga oshiriladi. Ushbu  korporatsiyalarga ta'sir ко'rsatish qurollariga ega 

bo'lgan holda, davlat ularning  siyosiy yo'nalishlari uchun javob bermaydi. 

Korporatsiyalar  moliyaviy  sohada  avtonom  va  yuridik  shaxs  hisob- 

lanadilar.  Davlat ulaming joriy  faoliyatiga  aralashmaydi,  litsenziyaga ega 

bo'lganlar esa maxsus organlar himoyasida bo'ladi.

OAV  faoliyatining  davlat  tomonidan  maxsus  ta'sis  etilgan  organlar 

orqaii  nazorat  qilinishi  xususiy  audiovizual  vositalarga  nisbatan  tatbiq 

qilinadi.  Nashmi  nazorat  qilish umumiy  ma'muriy  va  sud  organlari  orqaii 

amalga  oshiriladi.  Yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  Polsha  kengashi  so'z 

erkinligi,  fuqarolarning axborot  huquqlarini  amalga oshirishi,  shuningdek, 

radio  va  televideniyedagi  jamoatchilik  manfaatlarini  himoya  qilishni  o'z

217


oldiga maqsad qilib qo'ygan.

OAV  iqtisodiy  ta’sir  ko'rsatish  vositasi  bo'lib  xususiy  tadbirkorlar 

reklamalarining nashr qilinishini tartibga solish xizmat qiladi.

Buyuk  Britaniya  saylov  kampaniyalari  davomida  nomzodlarni 

reklama  qilish  uchun  efir  vaqtini  sotib  olish  taqiqlangan,  AQShda  ushbu 

maqsadda  qo'llanadigan,  reklama  xarajatlari  cheklangan,  ba’zida  siyosiy 



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling