O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


partiyalarga efirga chiqish  man qilinadi


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54
partiyalarga efirga chiqish  man qilinadi.

Davlat,  shuningdek,  OAV  imtiyozlar  berish  yoki  ulardan  mahrum 

qilish orqali  ta'sir o'tkazadi.  Bu  imtiyozlar,  masalan,  soliq  to'lashdan ozod 

etish, siyosiy gazetalami chop etishda, tipografiya hisobidan soliqdan ozod 

qilish.

Qator mamlakatlarda, OAVga o'zlarining mablag'lari haqida axborot 

berib turish majburiyati yuklanadi.

OAV  davlat  nazoratini  amalga  oshirish  OAV  favqulodda  hodisalar 

mobaynida faoliyatini  cheklashda ham namoyon bo'lishi mumkin.

OAV  bozorining monopolizmiga yo'l  qo'ymaslik  axborotga bo'lgan 

konstitutsiyaviy huquqqa daxl qilib, axborotni ham cheklab qo'yadi.

Dastlab,  OAV  bozorini  monopolizatsiya  qilish  bilan  kurash 

antimonopolistik  qonunchiligi  yordamida  amalga  oshirilgan,  lekin  buning 

o'zi yetarli bo'lmay qoldi.

Buning  uchun  maxsus  qonunlar  qabul  qilina  boshladi.  Masalan, 

AQShda  1890 Sherman qonuni qabul qilindi.

Fransiyada 

moliyaviy 

oshkoralik 

va 

nashr 

korxonalarining 

plyuralizmi  to'g'risidagi Qonun qabul qilindi.  Ushbu qonunning bajarilishi 

ustidan nazorat oshkoralik bo'yicha komissiyaga topshirildi.

Buyuk  Britaniyada  monopoliyalar  to'g'risidagi  1965  yil  parlament 

akti  bilan  gazetalar  o'zaro  birlashgan  hollarda  ularning  tiraji  500  ming 

nusxadan oshganida savdo va sanoat vaziri sanksiyasisiz amalga oshirilishi 

taqiqlangan.

Britaniyada  60-yillarda  tijorat  televideniyesi  paydo  bo'ldi.  Uni 

nazorat  qilish  uchun  davlat  organi  ta’sis  qilindi.  Hozirgi  kunda,  biz  OAV 

monopolizatsiyasini  taqiqlovchi misollami  ko'p uchratamiz.

у   3-§. Jurnalistlarning huquqiy maqomi.

Jamoatchilik fikrini o'rganish

Aynan  axborot  yig'uvchi  va  uni  tarqatish  uchun  tayyorgarlik 

ko'rayotgan  jumalist  OAVdagi  asosiy  shaxsdir.  Odatda,  uning  faoliyati 

tahririyatlar  bilan  kelishilgan  holda,  shartnoma  asosida  amalga  oshiriladi. 

Jumalistning  quyidagi  umumiy  huquqlarini  ajratish  mumkin:  Axborot

218


izlash,  tarqatish,  ushbu  maqsadda,  davlat  organlari  va  muassasalariga 

tashrif buyurish, materiallar va hujjatlardan  nusxa olish,  yozib olish, tabiiy 

va  texnologik  ofatlar, jangovar  maxsus joylarga  borish,  o'z  materiallarini 

taxallus ostida chop etish.

Majburiyatlariga  quyidagilami  kiritsa  bo'ladi:  yetib  kelayotgan  ax- 

borotning ishonarli ekanligini tekshirish, uning manbasini sir tutish, shaxs- 

dan uning shaxsiy hayoti to'g'risidagi ma'lumotlarni tarqatish uchun ruxsat 

olish,  ma'lumotlarni  texnik  vositalarga  yozib  olish  uchun  ruxsat  so'rash, 

tahririyat  guvohnomasini  ко'rsatish,  shaxs  va  tashkilotlaming  qonuniy 

huquq  va  manfaatlarini  hurmat  qilish.  Ko'pgina  davlatlarda,  jurnalistlar 

o'z  faoliyatini  kasb  etikasi  kodeksiga  rioya  qilishga  asoslaydilar. 

Ommaviy  ong  ko'rinishi  bo'lgan  jamoatchilik  fikri  xalqning  ijtimoiy, 

siyosiy,  iqtisodiy  faoliyatga  munosabatini  belgilaydi.  Jamoatchilik  fikrini 

o'rganish turli sotsiologik usullar yordamida o'tkazilishi mumkin:

- hujjatlami tadqiq qilish;

- kuzatishlar o'tkazish;

- suhbatlar;

- referendumlar.

Saylovlar,  referendumlar  o'tkazish  natijasida  ham jamoatchilik  fikri 

o'rganiladi.

Jamoatchilik fikrini o'rganishga qaratilgan so'rovlarga alohida e'tibor 

beriladi. Respondentlami (so'ralayotganlar) savol-javobidan keyin o'rgani- 

layotgan hodisa va voqealar to'g'risida dastlabki, axborot yig'iladi. Keyin- 

gi bosqich -  tahlil. So'rovlar milliy, hududiy, mahalliy bo'lishi  mumkin.

So'rovlaming  predmeti  turlicha  bo'lishi  mumkin  -   o'tkir  siyosiy 

muammolardan  tortib  (saylovlaming  natijalarini  oldindan  aytish,  siyosiy 

arboblaming  mashhurligi)  va  h.k.  albatta,  ma'lum  bir  cheklanishlar  bu 

yerda  ham  mavjud,  masalan,  siyosiy  arboblaming  shaxsiy  hayotiga 

daxldor bo'lgan ma'lumotlar to'g'risida  so'rovnoma o'tkazish noo'rin.  Bu 

so'rovlaming  natijasi  ko'pincha  so'ralganlar  tegishli  bo'lgan  jamoaning 

fikriga teng keladi.

Jamoatchilik  fikrini  o'rganish  bo'yicha  so'rovlar  turli  maqsadlarda 

amalga  oshiriladi:  ijtimoiy,  siyosiy,  iqtisodiy  va  h.k.  Ular  ahoiining  turli 

masalalar  bo'yicha  fikrini  bilishga  yordam  beradi.  Undan  tashqari 

jamoatchilik fikrini  o'rganish bo'yicha so'rovlar tashkilotchilar tomonidan 

harakatlari orqaii manipulatsiya qilinishi mumkin.

Umuman  olganda,  so'rovlar-  ahoiining  kayfiyati  va  niyatlarini 

aniqlashga  qaratilgan  harakat.  Undan  ijobiy  foydalanish  mumkin,  ham 

aksincha, boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin.

219


20-bob. Xorijiy mamlakatlarda davlat shakllari

1-§. Davlat shakllari tushunchasi va uning xilma-xil 

xususiyatlari

2-§. Davlat boshqaruv shakllari tushunchasi va uning 

tasniflanishi

l-§. Davlat shakllari tushunchasi va uning xilma-xil 

xususiyatlari

Davlat  shakli  tushunchasi  davlatshunoslikning  eng  muhim,  sermaz- 

mun  iboralaridan  biridir.  Huquqshunos  Ivan  Ilin  shu  munosabat  bilan 

quyidagilarni ta'kidlagandi:  "Bu murakkab va g'oyat mas’uliyatli  masalani 

ehtiyotkorlik va mutlaqo xolis fflcr bilan o'rtaga qo'yish zarur.

Eng  awallo,  davlat  shakli  xalqlar  hayotiga  befarq  qaraydigan 

«mavhum  tushuncha»  ham,  «siyosiy  chizgi»  ham  emas,  balki  hayot  tarzi 

va  xalqning  jonli  tashkilotidir.  Xalq  o'z  hayot  tarzini  tushunishi,  aynan 

«shunday»  tashkillanishini  uddaJashi;  shu  tuzum  qonunlarini  hurmit 

qilishi  hamda  shu  tashkilotga  ixtiyoriy  hissasini  qo'shishi  zarur. 

Boshqacha  aytganda,  aynan  xalqning  jonli  huquqiy  ongi  davlat  shaklini 

ro'yobga  chiqaradi,  unga  hayot,  kuch  baxshida  etadi;  binobarin,  davlat 

shakli eng avvalo xalq huquqiy ongi darajasiga, xalq tomonidan to'plangan 

tarixiy siyosiy tajribaga, uning iroda kuchi va milliy xarakteriga bog'liq»43 

Davlat  va  huquq  nazariyasi  tushunchalari  tizimida  «davlat  shakli» 

kategoriyasi bilan «davlat mohiyati» kategoriyasi bevosita bog'liqdir.

Gapni  «davlat  shakli»  tushunchasiga  oid  turli  nuqtai  nazarlar 

mavjudligidan boshlash o'rinli, deb o'ylaymiz. Jumladan, bir xil mualliflar 

uni  faqat  tor  ma'noda  izohlaydilar.  Ulaming  fikriga  ko'ra,  bu  faqat 

boshqaruv  shakli  xolos.  Boshqa  birovlar  bu  tushunchani  keng  ma'noda 

talqin  etadi.  Zero,  ular  mazkur  tushunchaga  boshqaruv  shakllari  bilan 

davlat tuzilishi shaklini kiritadilar.

Biroq  nuqtai  nazarlar  farqi  shu  yondashuvlar  bilangina  cheklan- 

maydi.  Davlatning  ichki  va  tashqi  shakllarini  farqlovchi  mualliflar  ham 

bor. Ichki shakl deganda, demokratiya, tashqi shakl deyilganda esa, siyosiy 

hokimiyatning  aniq  tashkiloti  tushuniiadi  (D.A.Kerimov).  Ushbu  nuqtai 

nazar  nimalarga  asoslanganligini  quyidagicha  izohlash  mumkin:  modo- 

miki,  demokratiya  siyosiy  tartibning  bir  ko'rinishi  ekan,  uni  davlatning 

ichki shakli sifatida tushunish zarur, boshqaruv va davlat tuzilishi  shakllari 

majmui esa, tashqi shaklni tashkil etadi.

4J

 Tlin Т. О gryadugsey Rossii. Tzbraniye stati. -М .: Korporatsiya Teleks,  1993. S.27.



220

Ayrim  davlatshunoslar  davlatga  harakatdagi  dinamik  va  tashkiliy 

statik  tizim  sifatida  qarashni  taklif  etadilar.  Shu  taklifdan  qelib  chiqqan 

holda,  ular  dinamik jihatdan  siyosiy  (davlat)  tartibni,  statik jihatdan  esa, 

boshqaruv  shakli  va  davlat  tuzilish  shakllarini  davlat  shakli  deb 

hisoblaydilar.

Yana  bir  guruh  huquqshunoslar  davlat  shakliga  quyidagicha  ta'rif 

beradilar.  davlat  shakli  -   davlat  organlarining  paydo  bo'lish  tartibi, 

ularning  strukturasi,  xususan,  davlatning  oliy  organlari  strukturasi,  ular 

o'rtasidagi  o'zaro  munosabat, xususan davlatning markaziy organlari bilan 

tarkibiy  qismi  organlari  va  mahalliy  organlari  o'rtasidagi  o'zaro 

munosabat, shuningdek, ularning jamiyatga rahbarlik qilish shakli44.

Bu  ta'rif  uzun  bo'lsa  ham,  unda  davlat  shakli  tushunchasining 

mazmunini  ochib  berishga harakat qilingan.  Qisqacha so'z bilan  aytganda, 

davlat shakli -  davlat hokimiyatining tuzilish shaklidir.

Davlat  shakliga,  shuningdek,  mamlakatning  taraqqiyot  darajasi, 

uning  madaniyati  mamlakatda  tarkib  topgan  tarixiy  an'analar,  urf-odatlar 

ham  ta'sir  ko'rsatadi.  Masalan,  Angliyada  davlat  shakllari  o'rta  asrlarda 

tarkib topgan bo'lib, ular hozirgi kunga qadar hurmat qilinmoqda.

Yuqoridagilaming  hammasi  yuridik  adabiyotlarda  davlat  shakli 

bo'yicha  yagona  tushunchaning  yo'qligidan  dalolat  beradi.  Ayni  paytda, 

ushbu  tushunchaning  an'anaviy  hisoblangan  ta'rifi  mavjud  bo'lib,  uni 

aksariyat  olimlar  ma'qullashadi,  biz  ham  uni  asos  qilib  olishni  tavsiya 

etamiz.Shunday  qilib,  davlat  shakli  deganda,  uch  tarkibiy  qismi  (yoki 

tomoni)  boshqaruv  shakli,  davlat  tuzilishi  shakli  va  siyosiy  idora  usuli 

birlikda olingan siyosiy hokimiyat tashkiloti tushuniladi (S.A.Komarov).

Yana bir jihatni ta'kidlashni istardik. Biz yuqorida davlat shakli uning 

mazmuni  bilan  uzviy  bog'liqligini  aytib  o'tgandik.  Shu  fikmi  batafsilroq 

tushuntiramiz.  Mazmun  davlat  hokimiyatining  kimga  tegishliligini,  uning 

subyektini (egasini) aniqlash imkonini beradi, shuningdek, uni kim amalga 

oshiradi,  degan  savolga  javob  beradi.  Zikr  etilganlar  asosida,  davlat 

shaklining uch jihati mavjudligiga ishonch hosil qilamiz. Bular:



boshqaruv  shakli,  ya'ni  davlat  hokimiyati  va boshqaruvni  tuzish  va 

tashkil etishning muayyan tartibi;

-davlat tuzilishi  shakli,  ya'ni  davlatning  hududiy  tuzilishi,  markaziy, 

mintaqaviy  va  mahalliy  hokimiyatlaming  o'zaro  munosabatlari  muayyan 

tartibi;

-siy o siy   (davlat)  idora  usuli,  ya'ni  siyosiy  (davlat)  hokimiyatni 

amalga oshirish usul  va uslublaridir.

44 A.  Saidov, U. Tojixonov. Davlat va huquq nazariyasi. 2 jildli,  1-jild. ITVA. -Т .. Adolat, 2001.  154-b



221

Lekin  shuni  ta'kidlash  joizki,  bular  hozircha  davlat  shaklini 

tushunishga  umumiy  yondashuv,  eng  ilk  tanishuvdir.  Uni  batafsilroq 

tushunish  uchun  davlat  shaklini  tashkil  etuvchi  uchchala  jihatni  diqqat 

bilan o'rganish, ulaming o'zaro bog'liqligi, o'zaro ta'sirini kuzatish hamda 

nazariy,  siyosiy-huquqiy tafakkur yuz yilliklar davomida davlatni o'rganar 

ekan,  davlat  shaklining  aynan  shunday  mazmunini  nega  alohida  ajratib 

ko'rsatganligini  tushunishga harakat qilish kerak.

Uzoq  vaqt  davomida  davlat  shakli  boshqaruv  shakli  va  davlat 

tuzilishi  shaklidan  (biz keltirgan  tarkibda  dastlabki  ikkitasidan)  iborat  deb 

hisoblab  kelingandi.  Keyinchalik  unga  siyosiy  idora  usuli  qo'shildi. 

Mashhur  rus  olimi  V.YE.Chirkin  o'z  darsliklarida  davlat  shakllarining 

alohida turlarga atrotlicha to'xtalib o'tgan.  Uning  fikricha,  davlat  shaklini 

uchta turga ajratib o'rganish lozim:

1.Polikratik  (ko'p  hokimiyatli) 

davlat  shakli.  Bunga  ko'ra 

hokimiyatilar  bo'linishi  prinsipining  amal  qilishi,  ya'ni  turli  davlat 

organlari  o'rtasida davlat hokimiyatining  bo'lib  olinishi;  hokimiyatlar bir- 

birini  o'zaro  nazorat  qilishi  va  muvozanatda  ushlab  turishi;  davlat 

rejimining  demokratik  ekanligi;  davlat  boshqaruvida  xalqning  bevosita 

yoki bilvosita ishtirok etishi kabi munosabatlar asosiy o'rinni egallaydi.

2.  Monokratik  (  yakka  hokimiyatli)  davlat  shakli.  Bunga  ko'ra, 

ma'lum  bir  organ  yoki  mansabdor  shaxsning  hokimiyatga  yakka  egalik 

qilishi  bilan  ajralib  turadi.  Bunday  davlat  shaklida  muvozanatda  ushlab 

turish  va  bir-birini  nazorat  qilib  turish  tizimi  yo'q.  Bunday  davlat  shakli 

bo'lgan davlatlarda yagona davlat mafkurasi o'matilgan bo'ladi.

3.  Segmentar  davlat  shakli.  Segmentar  (lotincha  “Segmentum” 

bo'lak)  davlat  shaklining  xususiyati  shundaki,  unda  davlat  tuzumi  yaxlit, 

ammo  bir  nechta  xil  bo'laklardan  tashkil  topgan  bo'ladi.  Bunday  davlat 

shaklida qisman demokratiya, avtoritarizm va hattoki, totalitarizm belgilari 

ham bo'lishi  mumkin. Segmentar davlat shaklida hokimiyatning bo'linishi 

tamoyili  konstitutsiya  bilan  tan  olinishi  mumkin,  lekin  haqiqiy  tizimda 

tiyib  turish,  muvozanatda,  saqlash  va  qarama-qarshi  ta'sir  etish 

uchramaydi45.

Davlat  shakllariga juda  ko'p  omillar  ta'sir  etishi  mumkin.  Masalan, 

davlatni  tashkil  etish  (AQShdagi  territorial  siyosiy  davlat  tuzilishining 

federal formasi), tarixiy  an'analar (Buyuk Britaniyadagi monarxiya),  ichki 

siyosiy kurashlar (bir qancha Afrika davlatlarida), jamiyatda  muhim  o'rin 

tutgan  diniy  an'analar (Erondagi  teokratik Islom  Respublikasi)  va hokazo. 

Davlat shakllari Konstitutsiyaviy boshqaruvning obyektlari hisoblanadi.

45 V.YE. Chirkin.  Konstitutsionnoye pravo zambejnix stran. М.: Yurist, 2001. S. 154.



222

"Davlat shakllari”  degan  alohida boblar faqat bir necha davlatlaming 

koastitutsiyalarida  mavjud.  Masalan,  1982  yilda  qabul  qilingan  Turkiya 

Konstitutsiyasida,  1987  yilgi Efiopiya Konstitutsiyasida aks etgan. Bunday 

bob  mavjud  bo'lmagan  ko'plab  davlatlarda  "davlat  shakllari"  degan 

tushunchani  beruvchi  elementlar  yo  asosiy  qonunning  matnida  (masalan, 

Fransiya,  Ispaniya,  Germaniya)  yoki  alohida  konstitutsiyaviy  qonunlarda 

(masalan, Shvetsiyada)  aks ettirilgan.

2-§. Davlat boshqaruv shakllari tushunchasi va uning

tasniflanishi

Avvalambor,  davlatni  nazariy jihatdan  tushunib  yetishda,  boshqaruv 

shakli  alohida  o'rin  tutishini  ta’kidlashni  istardik.  Davlatga  uyushgan 

jamiyatda,  davlat  hokimiyatini  kim  va  qanday  amalga  oshirishini  aynan 

shu  shakl  belgilab  beradi.  Bu  masala  insoniyatni  juda  qadimdan  to'l- 

qinlantirib  keladi.  Arastuning  o'zi,  undan  keyin  Aflotun  ham  qadimgi 

dunyoda  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish va uni  boshqarishning  xilma-xil 

shakllarini  o'rganar  ekanlar,  bu  davlatlami  kim  va  qanday  boshqarishi, 

ya'ni  boshqaruv  shakli  mezoni  bo'yicha davlatlar tasnifini  ishlab chikishga 

urinishgan.

Aynan  shuning  uchun,  agar  Arastu  va  Aflotun  davrlarida  nazariy 

siyosiy-huquqiy  tafakkur  boshqaruvning  u  yoki  bu  shaklini  belgilab 

beruvchi  sabablami  aniqlashga  urinib,  asosan  boshqaruv  xilma-xil 

shakllarini  tasvirlash  yo'lidan  borgan  bo'lsalar,  XX  asrda  esa,  siyosiy- 

huquqiy  tafakkur  marksistik  nazariya  doirasida  boshqaruv  shaklini  davlat 

tipi bilan, jamiyatning  sinfiy  tarkibi,  iqtisodiy bazasi kabilar bilan bog'lab 

tushuntirishga intiladi.

Boshqaruv shaklini aniqlashda, marksistik nazariya davlat hokimiyati 

u  yoki  bu  tuzilishini  tavsiflovchi  ijtimoiy-sinfiy  belgisini  asosiy  belgi 

sifatida  ajratib  ko'rsatardi.  U  boshqaruv  shaklini  mazkur  davlatning 

ijtimoiy-sinfiy  mohiyatining, 

siyosiy  mazmunining  sinfiy  kuchlar 

amaldagi nisbatining tashqi ifodasi sifatida ta'riflardir.

Albatta,  jamiyatning  sinfiy  tuzilishi,  sinfiy  manfaatlaming  to'qna- 

shuvi,  sinfiy kuchlar nisbatini  hech kim  inkor etmaydi, ular hayotda mav­

jud  bo'lib,  davlat  tuzilishiga,  eng  avvalo,  hokimiyat  tizimi  qanday  shak- 

llarda  tashkil  topgani  va  amal  qilishiga,  davlatni  kim  boshqarishga  ta’sir 

etadi.

Boshqaruv  shakli  konkret  davlatda  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish 

usullarining  majmuidir.  Agar ushbu  ta’rifni  yanada  anikrok  ifodalaydigan 

bo'lsak,  u oliy hokimiyatni, boz  ustiga uning  oliy  va markziy  organlarini,

223


ulaming  tarkibi,  vakolatlarini,  shu  organlaming  tashkil  etilish  tartibini, 

shuningdek,  unda  oddiy  xalq  ishtiroki  darajasi,  bu  organlar  vakolati 

muddatlarini ko'zda tutishini aytishimiz kerak bo'ladi.

Boshqaruv  shakli  -   bu  Konstitutsiyada  o' matilgan,  tartibda  davlat 

boshlig'ining  belgilanishi  va  Oliy  qonunchilik  hamda  ijroiya  hokimiyat 

organlari munosabatlarining tashkil etish usullari.

Hozirgi  davrda,  ikki  xil  davlat  boshqaruv  shakllari  mavjud:  respub- 

lika va monarxiya.  Ular davlat boshlig'ining maqomi bilan bir-biridan farq 

qiladi.

Monarxiya  tuzumida  davlat  boshlig'i  lavozimi  nasldan-naslga  o'tib, 

yuridik jihatdan javobgarlikka  tortilishi  mumkin  bo'lmagan  shaxs  qo'lida 

davlat hokimiyatiga  umrbod boshchilik qilishi belgilangan bo'ladi.  (Qirol, 

podsho, sulton, amir va boshqalar). Bu shuni anglatadiki, monarxiya tartibi 

hukmron  bo'lgan  davlatning  boshlig'ini  biron-bir  qonuniy  tarzda  o'z 

lavozimidan olib tashlash yoki qonunga xilof xatti-harakatlari uchun jinoiy 

javobgarlikka tortish mumkin emas.

Respublika  boshqaruvi  o'matilgan  davlatlarda,  tartib  bo'yicha 

mamlakatga  prezident  boshchilik  qiladi  (ayrim  davlatlarda  prezident 

funksiyasini  kollegial  organ  amalga  oshiradi).  Prezident  vakolati  saylov 

yo'li  bilan,  uning  natijasiga  ko'ra  belgilanadi.  Har  qanday  millat  va 

jamiyat  ma’lum  bir  tabiat  qonunlari  yoki  sun’iy  ravishda  joriy 

etilganistirobli  davlat  boshidan  kechiradi.  Bu  jarayonda,  erkinlik  uchun 

kurash  hamma  narsadan  ustunlikka  erishadi.  Buning  natijasida,  turli 

millatlar birlashib  o'z  taqdirlarini  belgilaydilar,  kelajak  istiqbollari  uchun 

davlat tuzilishini tashkil etadilar.

Davlat  boshqaruvi  har  bir  mamlakat  aholisining  xohish  irodasini 

ifoda  etadi.  Shuning  uchun  ham  dunyoda  turli  xil  davlat  boshqaruv 

shakllari mavjud.

Fransiya, Italiya, AQSH, Germaniya, Meksika, Misr, Isroil va boshqa 

sobiq  ittifoq  respublikalarida -  Prezident,  Angliya,  Ispaniyada -  Qirol  va 

qirolicha, Yaponiyada -  imperator, Birlashgan Arab Amirligida -  Podshoh 

davlat boshqaruvi masalalrida alohida o'rinni egallaydi.

Monarxiya  va  respublika  -   bu  ajoyib  xarakterli  davlat  boshqaruvi 

shaklidir.  Masalan,  Uganda,  Tunis  va  boshqa  Afrika  davlatlarida  respub­

lika  Prezidenti  umrbod  o'z  lavozimida  bo'ladi.  Bu  esa  monarxiya  shakli- 

dagi davlat boshqaruvining ma’lum bir tarkibini o' zida namoyon etadi.

Ayrim bir monarxiya  shaklidagi  davlatlarda “hukmdor“  saylov  yo'li 

bilan  lavozimiga  qo'yiladi.  Bunga  misol  sifatida  Birlashgan  Arab 

Amirliklarida,  federatsiya  subyektlari  boshlig'i  amirlaming  o'z  ichidan

224


huknidorini  besh  yil  muddatga  saylashini  ko'rishimiz  mumkin.  Bu  esa 

respublika  shaklidagi 

davlat  boshqaruvining  ma'lum  bir  tarldbiy 

o'xshashliklarini  o'zida namoyon etadi.

Insoniyat  paydo  bo'lgandan  buyon,  davlat  shakli  monarxiya 

boshqaruvida rivojlanib kela boshlagan.

Respublika  boshqaruvi  shakliga  o'tish  asosan  buijua  inqilobi 

natijasida  yuzaga  kelgan,  ya'ni  tarix  nuqtai  nazari  bilan  feodal  tuzum 


Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling