O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


hukniron  bo'lgan  davrdan  yangicha  ishlab  chiqarish  texnoiogiyalari


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54

hukniron  bo'lgan  davrdan  yangicha  ishlab  chiqarish  texnoiogiyalari 

vujudga kelgan  davrga o'lish jarayonlarida eskicha yashashga ortiq chiday 

olmagan  xalq  noroziligi  qonli  kurashga aylangan  vaqtda davlat boshqaruvi 

usuli  tubdan  yangilangan.  Bu  jarayonning  paydo  bo'lishida  asosiy  rolni 

ishlab  chiqarishdagi  o'zgarishlar  tarafdorlari  bo'lgan  zavod  va  fabrika 

egalari 

tashviqot-targ'ibot 

qilib 

xalq 

ommasiga 

o'z 

g'oyalarini 

singdirishgara. 

Ulaming 

g'oyalari 

hozirgi 

demokratik  talablaridan 

bo'Iganligi  uchun  (tenglik,  xalq  suvereniteti)  burjua  inqilobi  amalga 

oshirilgan.  Ayniqsa,  eski  feodal  tuzum  davrida  hukmron  sinf hisoblangan 

katta  yer  egalari  va  dvoryanlaming  hokimiyatini  sindirishga  bo'lgan  xalq 

xohishi  jamiyat  tuzilishni  ya’ni  davlat  boshqaruvi  usulini  o'zgartirishga 

sabab  bo'lgan.  Shuning  uchun  ham  hozirgi  Konsdtutsiyaning  paydo 

bo'lish  omillarini  huquqshunos  olimlar  bevosita  burjua  inqilobining 

mevasi deb atashadi.

Agar biz  insoniyat tarixidan davlat boshqaruvi  usulini  o'rganmoqchi 

bo'lsak,  albatta,  monarxiya  tuzumi  hukmron  bo'lgan  davmi  tassavur 

qilamiz.  Chunki,  feodallik  tuzum  hukmron  bo'lgan  davrda  monarx, 

podsho,  sulton,  qirol  yoki  imperator  deb  atalib  eng  katta  yerga  egalik 

qilgan va xalqning roziligisiz cheksiz hokimiyat sohibi bo'lgan.

Hozirgi  monarxiya davlatlari  feodal tuzum  davridagidan tubdan farq 

qiladi.  Masalan,  1931  yil  Ispaniyada  yuz  bergan  inqilob  natijasida 

RFranko  diktaturasining  o'rnatilishi  bilan  tugagan.46  1931-1939  yillar 

Ispaniya 

davlati 

davlat 

boshqaruvi 

usuli 

mutlaq 

monarxiya 

hukmronligidan  eheklangan  monarxiya  shakliga  o'tish  bosqichlarining  ilk 

davri  hisoblanadi.  1978  yil  27  dekabrda  qabul  qilingan  “Ispaniya 

qiroligining  Konstitutsiyasi“  eheklangan  monarxiya  davlat  boshqaruvi 

shakliga batamom o'tganligini tasdiqlaydi.

Shuningdek,  Buyuk  Britaniya,  Belgiya,  Yaponiya  davlatlarida  ham 

monarxiya boshqaruv usuli,  siyosiy rejimnmg demokratiyalashtirishda bir- 

biriga moslashtirildi.

46  А п е б а с тр о в а   И .  А.  К о н с т и т у ц и о н н а я   п р а в о   за р у б е ж н ы х   с т р а н ,  (у ч е б н о е   п о с о б и е ).  -   М .:  Ю р и с п р у д ен ц и я , 

2000. Ст. 66.

225


21- bob. Monarxiya

1-§. Monarxiya davlat boshqaruvi shakli

2-§.

 Mutlaq monarxiya

3-§. Dualistik monarxiya

4-§. Parlamentar monarxiya

5-§. Teokratik monarxiya

l-§. Monarxiya davlat boshqaruvi shakli

«Monarxiya»  atamasi  (monos  -  bir,  arxe  -  hokimiyat) yunoncha  so'z 

bo'lib,  yakkahokimlik,  yagona  hukmdor  degan  ma’noni  aaglatadi. 

Monarxiya  boshqaruv shakli  sifatida o'zining  aniq yuridik belgilariga ega. 

Agar  oliy  davlat  hokimiyati  bir  shaxsning  (monarx,  qirol,  podsho, 

imperator,  shoh,  sulton)  qo'lida  to'plangan  bo'lsa  va  avloddan-avlodga 

meros qilib qoldirilsa, bunday boshqaruv shakli monarxiya deb ataladi.

Monarx davlatning jonli timsoli  bo4 lib,  tashqi va ichki siyosat bobida 

davlat  boshlig'i  sifatida,  xalq  vakili,  millat  «otasi»  sifatida,  fuqarolami 

jipslashtiruvchi  ulami  davlat  tevaragiga  birlashtiruvchi  shaxs  sifatida 

maydonga chiqadi.

Monarxiya  boshqaruv 

shakli  yakkahokimlik  asosida  ainalga 

oshiriluvchi  davlat  boshqaruv  shakli  bo'lib  hozirgi  kunda  mutlaq 

monarxiya boshqaruv shaklidagi  davlatlar juda kamchilikni  tashkil etadi.

Monarx  davlatning  barcha  ishlarini  bir  o'zi  hal  etmasada,  ya'ni 

davlatda turli davlat organlari,  maslahatchilar,  vazirlar,  amaldorlar mavjud 

bo'lsada,  eng  muhim,  prinsipal  davlat  ishlari  bo'yicha  monarx  o'zi  hukm 

chiqaradi.  Ya'ni  u  butun  hokimiyatning  to'la  sohibidir.  Monarxiyaning 

asosiy belgilarini quyidagicha ifodalash mumkin:

- monarx davlatni  shaxsiylashtiradi;

- monarx hokimiyatni yakka o'zi boshqaradi;

- monarx hokimiyati muqaddas deb e'lon qilinadi;

- monarx o z  faoliyatida rasman mustaqildir;

- hokimiyatni  o'rnatish,  qabul  qilish  (ligitimlashtirish)  ning  alohida 

tartibi mavjud;

-  muddatsiz, umrbod boshqaruv;

- monarx o'z boshqaruvining natijasi uchun yuridik jihatdan javobgar 

emas, ya'ni monarx mas'uliyatdan ozod kishi hisoblanadi.

Monarxiya  tuzumi  hukmron  bo'lgan  jamiyatda,  davlat  boshlig'i 

x u d o n in g  



yerdagi  vakili  deb qaraladi.  Masalan,  Yaponiya imperatori 

1945 


yilga  qadar  quyosh  xudosi  Amaterasning  o'g'li  deb  hisoblangan.  Hozirgi

226


zamonda,  podsholaming  xudolar  avlodidan  kelib  chiqqanligi  hech  kimni 

qiziqtirmaydi.  Tarixiy  manbaalardan  bizga  ma'lumki,  feodal  tuzum 

hukmron  bo'lgan  davrda,  katta  yer egalari  hokimiyatni  egallashga harakat 

qilib  kelishgan.  Ayrimlari  bu  maqsadlariga  erishib  o'zlarini  oliy  hukmron 

deb e'lon qilganlat.

Dcmak,  hozirgi  monarxiya  tuzumi  saqlanib  qolgan  davlatlaming 

hukmdorlari  feodal  tuzum  davridan  avloddan-avlodga  o'tib  kelgan  nasi 

egalari  hisoblanadi.  Lekin  ular  hozirgi  zamonda  oldingi  davrdagidek, 

davlat  hokimiyatiga  cgu  cmuslav.  Ammo  monarxning  millat  birligini 

namoyon etuvchi  mavqei  hozir ham  yuqori  baholanmoqda.  Masalan,  1946 

yilgi  Yaponiya  Konstituisiynsining  1-moddasida "lmperator xalq birligi va 

davlat  ramzi  hisoblanadi,  mustaqil  hokimiyatga  cga  bo'lgan,  xalqning 

xohish  irodasi  uning  maqomini  bclgilab  beradi."  Shuningdck,  1978  yilgi 

Ispaniya  Konstitutsiyasining  56-moddasida  ham  millat  birligi  va  davlat 

hokimiyatining  mavjudligi  qirol  nomi  bilan  ataladi.  1707  yilgi  Buyuk 

Britaniyaning  Shotlandiya  bilan  qo'shilish  haqidagi  konstitutsiyaviy 

qonunida ham  qirolichaning  ikki  davlat hokimiyati  tizimidagi  tutgan  o'mi 

belgilab  berilgan.  Mazkur  qonunning  1,2-moddalari  qirolicha  hazrati 

oUyalarimng bundan keyingi maqomi ikki oliy davlat birligi ramzi sifatida 

doimo  hokimiyat  tepasida  bo'lrshi  va  taxt  vorisligi  masalaJarini 

mustahkamlab  bergan.  Bizga  tarixiy  manbalardan  ma'lumki,  ushbu 

konstitntsiyaviy  akt  qabul  qilingunga  qadar,  Shotlandiya  qirolligi  mavjud 

bo'lgan.  Bu  qonun  qabul  qilingandan  keyin  ikki  davlat  qirolligi  birlashib 

yagona  qirolicha  birlashgan  qirollik  davlatining  ramzi  va  millat  birligi 

maqomida,  ayrim vakolatlari  saqlanib  qolingan.  Masalan,  qirolicha jamoa 

palatasini  tarqatib  yuborishi,  Bosh  vazir  lavozimiga  jamoa  palatasi 

vakilidan  birortasini  qo'yishi,  amnistiya  va  avf  etish  to'g'risidagi 

farmonlarini qabul qilishi  mumkin.

Eng  muhimi  shundan  iboratki,  aksariyat  monarxiya  tuzumi 

hukmronlik  qilayotgan  davlatlarda,  monarxning  maqomi  konstitutsiyada 

mustahkamlangan  bo'ladi.  Lekin,  1931  yil  qabul  qilingan  Belgiya 

konstitutsiyasida monarx haqidagi tavsifnomalar belgilanmagan.

Eng  asosiysi  monarx  vakolatlari,  uni  konstitutsiya  yoki  boshqa 

qonunlarda  belgilanishining  ahamiyati  yo'q.  Mana  shu  prinsip  asosida 

monarxiya ko'rinishidagi davlat shaklini o'rganamiz va uni tahlil qilamiz.

2-§. Mutlaq monarxiya

Yuqorida  ko'rsatib  o'tganimizdek,  monarxiya  tuzumi  mavjud 

bo'lgan  mamlakatlaming  davlat  boshqaruv  shakli  ikki  xil  ko'rinishda

227


bo'ladi.  Mutlaq  va  eheklangan  monarxiya.  Mutlaq  (absolut)-  monarxiya. 

Bunday  davlatlaming  boshqaruv  shakli  uzoq  o'tmishga  borib  taqaladi. 

O'sha  davrdan  boshlab,  o'z  davlat  hokimiyatini  qo'ldan  bermay 

kelayotgan  monarx  hukmronligi,  nasldan-naslga  o'tib,  hozirgi  davrda 

mutlaq monarxiya maqomi bilan boshqaruv shaklini namoyon etadi. Uning 

qo'lida  butun  davlat  hokimiyati  to'plangan  bo'ladi.  O'zi  qonun  qabul 

qiladi,  davlat  boshqaruv  apparatini  tuzadi,  oliy  sud  hokimiyatini  amalga 

oshiradi.  Uning  hokimiyatini  chegaralab  bo'lmaydi,  yuridik  va  siyosiy, 

ma’naviy  jihatdan  nomigagina,  din  peshvolari  va  boshqa  o'zi  tayinlagan 

mansabdor  shaxslar hokimiyat  masalalari  hal  etilayotganda,  ishtirok etishi 

mumkin. Chunki  monarx ulaming davlat hokimiyatiga bo'lgan huquqlarini 

oyoqosti  qilayotgani  yo'q  va  o'zi  ham  bunday  huquqlarga  bugun  ega 

bo'lmagan. Hozirgi davrda mutlaq monarxiya davlat boshqaruv shakli kam 

uchraydi.  Bunga misol  sifatida Saudiya Arabistoni  va Ummon  davlatlarini 

keltirish  mumkin.  Bu  davlatlarda  monarx  eng  oliy  din  peshvolari 

hisoblanadi,  shuning  bilan  ular  o'z  davlat  hokimiyatini  kuchaytiradilar. 

Mutlaq monarxiyada,  siyosiy rejim  avtoritar xususiyatga ega bo'lib, davlat 

rejimi esa cheklanmagan bo'ladi.

3-§. Dualistik monarxiya

Shuningdek,  monarxiya  davlat  shakli  eheklangan  boshqaruv  usuliga 

ham  bo'linadi.  Cheklangan  monarxiya  dualistik  va  parlamentar  davlat 

boshqaruv shakllari ko'rinishida bo'ladi.

Dualistik  monarxiya.  Bu  mutlaq  monarxiyaning  o'zgarishiga  asos 

solgan  birinchi  zamonaviy  davlat boshqaruv  shakli  bo'lib konstitutsiyaviy 

monarxiya deb ataladi.

Dualistik  monarxiyada  o'z  nomi  bilan  davlat  hokimiyati  bo'linadi, 

qonunchilik  va  ijro  etuvchi  hokimiyatga.  Qonunchilik  hokimiyati 

parlamentga  tegishli  bo'lib,  uning  tarkibi  saylov  huquqi  orqali 

shakllantiriladi.  (monarx ma'lum qismini tayinlaydi).  Ijroiya hokimiyat esa 

monarxga  tegishli  bo'lib,  uning  o'zi  hokimiyatni  amalga  oshiradi  yoki 

faqat hukumatni  tayinlaydi.  Sud hokimiyati  ham  monarx  qo'lida bo'lib,  u 

yoki bu darajada mustaqil bo'lishi mumkin.

Shuning  bilan  bunday  davlat  boshqaruv  shaklida  hokimiyatning 

bo'linishi  ikkiga  ajratilib  o'rganiladi.  Lekin  shunday  bo'Isa  ham  monarx 

vakolatlari juda keng  berilgan  bo'lib,  parlament tomonidan  qabul  qilingan 

qonunlarga  cheklanmagan  huquq  asosida  veto  qo'yishi  mumkin.  Agar  u 

qonunni  tasdiqlamasa,  kuchga kirmaydi.  Bundan tashqari  qonun kuchidan 

yuqori  bo'lgan  farmonlar  qabul  qilishi,  parlamentni  tarqatib  yuborishi

228


mumkin.  Shunday  huquqlarni  amalga  oshirish  orqali  vaqtinchalik  mutlaq 

monarxiya duvlatini  shakllantirish mumkin.

Masalan.  Ispaniyada  1974  yil  parlament  tarqatib  yuborilib,  1989 

yilga qndnr mutlaq monarxiya hukm surgan.

Agur  hukumnt  tuyinlanadigan  bo'Isa,  faqat  monarx  oldida  o'z 

faoliyati to'g'risida hisob bcrib turadi  parlament oldida mas’ul bo'lmaydi.

Faqatgina  davlat  budjetini  belgilash  jarayonlarida  parlament  bilan 

hisob-kitob  qilishga  majbur  bo'lishi  mumkin.  Ammo  deputatlar  yilda  bir 

marta  kelib  chiqadigan  bu  musalada  hukumat  bilan  kelishmovchilik  kelib 

chiqishidan  qo'rqadilar,  chunki  monarx  xohlagan  vaqtida  uni  tarqatib 

yuborish  huquqiga ega.  Xuddi  eheklanmagan  monarxiya davlat boshqaruv 

shakliga  o'xshash  dualistik  monarxiya  tuzumida  ham  siyosiy  rejim 

avtoritar  boshqaruvga  shart-sharoitlar  yaratib  beradi.  Davlat  rejimi  esa 

chegaralangan dualistik hokimiyat tavsifida bo'lishi mumkin.

Shunday  qilib,  monarxiya  davlat  shaklining  dualistik  boshqaruv 

usulida  davlat  hokimiyatining  bo'linishi  oldingidek,  monarx  va  uni  o'rab 

turgan  yaqin  qarindoshlari  qo'lida  bo'ladi.  Hozirgi  vaqtda  Quvayt, 

Iordaniya,  Marokash  davlatlarida  dualistik  monarxiya  boshqaruv  shakli 

saqlanib qolgan.

«Tnsoniyat  tarixi  tabiat  va  hayot  haqidagi  oddiy  tasavvurlardan, 

cheklangan ehtiyojlardan murakkab ma’navny faoliyat darajasigacha o'sish 

jarayonini  o'z  ichiga  oladi.  Insoniy  sivilizatsiyaning  boshlanishida 

ma’naviyat  bir  paytning  o'zida  insonning  qorishma  tafakkuri  hosilasi 

hamda sababi tarzida ko'zga tashlanadi».

4-§. Parlamentar monarxiya

Parlamentar  monarxiya.  Bunday  boshqaruv  shakli,  odatda,  eng 

rivojlangan  davlatlar  boshqaruv  shakli  bo'lib  hisoblanadi.  XVII-XVIII 

asrlarda  ayrim  mamlakatlarning  davlat  boshqaruv  shakli  insoniyat 

tasavvurida  bo'lmagan  yangicha jamiyat  qurilishi  jarayonlari  boshlangan 

davr  bo'ldi.  Agrar  feodalizmdan,  ilk  kapitalistik  tuzumiga  o'tish  davrida 

barcha  davlatlaming  boshqaruv  shakli,  tabiat,  jamiyat  qonuniyatlari 

talablariga  mos 

ravishda 

o'zgardi. 

Buyuk  Britaniya, 

Yaponiya, 

Niderlandiya,  Shvetsiya,  Kanada,  Avstraliya  davlatlarining  boshqaruv 

shakli  tubdan  yangilandi.  Albatta,  bu  jarayonlarda  har  bir  davlat 

xalqlarining xohish irodasi o'z ifodasini topgan.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan parlamentar monarxiya davlat shaklining 

vujudga kelishi ham insoniyat kurashlarining natijasida paydo bo'lgan eng 

zamonaviy boshqaruv usulidandir.

229


/

Parlamentar  monarxiya  tuzumida  hokimiyatning  bo'linish  prinsipi 

qonunchilik  organining  oliy  davlat hokimiyat  organi  ekanligini  ko'ramiz. 

Ijroiya  hokimiyat  ustidan  parlamentning  yuqori  turishi,  siyosiy  rsjimning 

demokratik yoki  liberal  ya'ni davlat hokimiyat  organlarining  bir-biri  bilan 

murosaga 

kelolmaydigan 

qonun 

talablarida 

faoliyat 

yuritishi 

belgilanganligini mustahkamlaydi.

Shuningdek,  parlamentning  oliy  hokimiyat  organi  sifatidagi 

tushunchasi  shuni  bildiradiki,  hukumatning  tuzilishi  monarx  tomonidan 

tayinlansa  ham  yuqori  yoki  quyi  palataning  ishonch  huquqi  qo'llaniladi. 

Bu  shuni  anglatadiki,  agar  yuqori  yoki  quyi  palata  a’zolari  hukumatga 

ishonchsizlik  bildirsa,  monarx  quyi  palatada  eng  ko'p  o'rin  olgan  partiya 

a’zolaridan  saylangan  deputatlardan  hukumatni  shakllantirishga  majbur 

bo'ladi.  Monarx  bunday  davlat  boshqaruv  shaklida  faqat  shoxdir, 

hokimiyat 

masalalarida  kuzatuvchi 

vazifasini 

o'ynaydi. 

Qonunni 

tasdiqlash  yoki  to'xtalib  qo'yish  munosabatlarida  bunday  huquqdan 

amalda  foydalanmaydi  ya'ni  hukumat  ko'rsatmasi  bilan  qonunni  amalga 

kiritishi  mumkin.  Huquqiy  jihatdan  monarx  bunday  huquqdan  mahrum 

etilgan.  Uning  tomonidan  chiqarilishi  lozim  bo'lgan  hujjatlar  tartib 

bo'yicha  hukumat  tashabbusi  bilan  tayyorlanadi.  (Bosh  vazir  yoki  u 

tayinlagan  vazir  tomonidan).  Shuning  uchun  ham  monarx  yuridik 

tomondan  qabul  qilinayotgan  qonun  va qonun  osti  aktlarini  oqibati  uchun 

javob bermaydi.

Boshqalaridan  ajralib  turadigan  parlamentar  monarxiya  davlat 

boshqaruv  shaklining  belgisi  shundan  iboratki,  parlamentning  quyi  yoki 

yuqori  (qaysi palatada  hisobdor bo'Isa) palatasi  oldida  hukumatning  o'z 

faoliyati masalalarida siyosiy javobgarligidir.

 

Agar quyi palata hukumatga 



ishonchsizlik  bildirsa,  yoki  bildirgan  ishonchini  qaytarib  olsa,  hukumat 

monarx  tomonidan  iste’foga  chiqishi  yoxud  o'z  lavozimidan  ozod  etilishi 

shart.  Ammo  parlamentning  bu  huquqi  hozirgi  parlamentar  monarxiya 

shaklidagi 

davlatlarda 

amalga 

oshirilishi 

unga 

tenglashtirilgan 

hukumatning  monarxga  yoki  yuqori  (qaysi  palata  bunday  huquqqa  ega 

bo'Isa)  quyi  palatani  tarqatib  yuborish  taklifini  tasdiqlashi  va  yangi 

saylovlarni  tashkil  etilishida  ko'rishimiz  mumkin.  Bunday  jarayonlarda 

ijro 

etuvchi 

va 

qonunchilik 

hokimiyat 

organlari 

o'rtasidagi 

kelishmovchiliklar  xalq  tomonidan  hal  etiladi.  Agar  saylovlarda 

parlamentning oldingi tarkibi qaytadan saylansa yoki ko'pchiligi palatadan 

o'rin  olsa,  unda  hukumat  tarkibi  yangilanadi  ya’ni  iste'foga  chiqishga 

majbur bo'ladi.

Shundan  kelib  chiqib,  bunday  davlat  boshqaruv  shaklida  monarx,

230


parlament  va  hukumat  munosabatlarining  belgilanishi  parlament  rejimi 

yoki  parlamentar monarxiya deb ataladi.

5-5. Tcokrutlk monarxiya

Teokralilc  monarxiya  boshqaruv  shaklida  davlat  va  jamiyat 

hayotidagi  ijtimoiy  munosabatlar  diniy  normalar  bilan  tartibga  solinadi 

hamda  davlat  rahbari  diniy  tashkilotlaming  ham  rahbari  hisoblanadi. 

Monarx  din  rahnamosi  bo’lib  hisoblanadi.  Bunday  davlatlarga misol  qilib 

Saudiya  Arabistoni,  Bmney  qirolligi  hamda  Vatikanni  keltirishimiz 

mumkin.

231


22-bob. Respublika

1-§. Respublika davlat boshqaruv shakli

2-§. Prezidentlik Respublikasi

3-§. Dualistik Respublika

4-§. Sotsiaiistik Respublika

5-§. Parlamentar Respublika

6-§. Teokratik Respublika

l-§. Respublika davlat boshqaruv shakli

Respublika  so'zi  lotincha  “respublika”  so'zidan  olingan  bo'lib, 

jamoa  ishi  degan  ma'noni  anglatadi.  Respublika  eng  demokratik  davlat 

boshqaruv shakli hisoblanadi.

Respublika  davlat  boshqaruvi  sharoitida,  demokratik  tamoyillar, 

tenglik,  fikrlar  xilma-xilligi,  hokimiyatning  taqsimlanishi  tamoyillari 

mustahkamlanib, mamlakatda demokratiyani qaror topishini tezlashtiradi.

Shuni  alohida  belgilanishiga  e'tibor  berish  lozimki,  vakolatlaming 

taqsimlanishi  mukammal  sharoitlar  yaratilgan  taqdirdagina  haqiqiy 

hisoblanadi.  Bu  shundan  iboratki,  ayrim  turdagi  respublika  shaklidagi 

davlat  boshqaruviga  nomigagina  jamiyat  masalalari  ham  etilib,  amalda 

bitta shaxsning xohish-irodasini  ifodalaydi.

Masalan,  mamlakatda  davlat  to'ntarishi  tufayli  butun  hokimiyat 

prezident  lavozimi  bilan  bir  shaxs  qo'liga  o'tib  qoladi  va  diktaturalik 

rejimi  o'matiladi.  1993  yilda  Gitler  Germaniyada,  I960  yil  J.Mobuta 

Jazoirda,  1967  yilda  "qora  polkovniklar"  nomi  bilan  Germaniyada,  1973 

yilda  A.Pinochet  Chilida  hokimiyatni  davlat  to'ntarish  qilib  egallangan 

edi.  Buning  oqibatida mamlakatda davlat rejimi yagona diktator hukmida, 

millionlab begunoh insonlaming qirilib ketishiga sabab bo'lgan edi.47

Agar  biz  bunga  yanada  kengroq  ma’noda  tushuncha  beradigan 

bo'lsak,  1973  yil  "qora  polkovmklar"  deb  atalgan  bir  guruh  shaxslar 

tomonidan  amalga  oshirilgan  davlat  to'ntarish  bir  tomondan  monarxiya 

tuzumini  yo'q  qilgan  bo'lsa,  ikkinchi  tomondan  respublika  davlat 

boshqaruvi  shakliga  o'tganligini  e'lon  qilgan  bo'lsa,  hoH  hech  qanday 

demokratik  tartib  qoidalar  amal  qilinadi  ya’ni  monarxiyadan  farq 

qilmaydigan  boshqaruv  usuli  o'rnatildi.  Davlat  boshlig'i  prezident 

vakolatlari  cheklanmadi  u  faqat  o'limi  tufayli  yoki  boshqa  kuchlarining 

zo'rlik  bilan  hokimiyatni  egallasagina  o'z  lavozimidan  mahrum  etilishi

47 Konstitutsionnove (gosudarstvennoye) pravo zanibejnix stran. V  4-* lomax. Toma 1-2. Otv.redaktor. B.A.Strashun. -  

М.:  BEK,  1995.S.310.

232


mumkin edi.

Bunday  holat  sobiq  ittifoq  davrida  ham  hukm  surgan  edi.  Saylovlar 

nomigagina o'tkazilib davlat boshlig'i umrbod o'z lavozimida qolar edi.

Jamouviy  boshqaruvning  optimal  darajasini  ta'minlash  uchun  liberal 

dcmokrut  ideologlaii  mazkur  boshqaruv  shaklining  aniq  ommaviy 

tashkilot  hokimiyatni  taklif  qildilar.  Ru  tur  davlat  shaklining  o'ziga  xos 

xuHusiyati hokimiyatlarning bo'linish tamoyili asosida kurilishidir.

Yana  bir  umumiy  farqi  mazkur  boshqaruv  shaklida  oliy  ijroiya 

hokimiyat  yo  xalq  tomonidan  saylanadi  yoxud  parlament  tomonidan 

rasmiylashtiriladi  (parlament  rcspublikaei)  yoki  tasdiqlanadi  (prezident 

respublikasi).  Yuridik  tuzilishiga  ko ra  xalq  suverenitetining  yagona 

manbai  sifatida  namoyon  bo'ladigan  davlat  respublikadir.  Respublikada 

davlat  boshlig'i  saylanadigan  mansabdor  shaxs  (prezident)  yoki  kollegial 

organ  hisoblanadi.  Respublika  xalq  oldidagi  mas’uliyat  bilan  rasmiy 

bog'liq bo'lmagan har qanday davlat muasasasini rad qiladi.

Respublikada  qonunlar  davlatning  hamma  fuqarolari  yoki  uning 

vakillari  deputatlari  ishtirokida  qabul  qilinadi.  Bu  respublikalami  ikki 

kategoriyaga bo'lishga imkon beradi:

• bevosita respublika boshqaruv shakli;

• vakillik respublikasi.

Davlat  boshlig'ining  maqomi  va  parlamentning  huquqiy  o'miga 

ko'ra prezidentlik, parlamentar va teokratik respublikalarga bo'linadi.




Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling