O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54

V §. Prezidentlik Respublikasi

Prezidentlik  respublikasi-  bu  davlatda  prezident  siyosiy  mustaqil 

bo'lib,  davlat  boshlig'i  o'zining  mas’uliyati  ostida  qaror  qabul  qiladi. 

Agarda,  prezident  malum  siyosiy  mustaqillikka  ega  bo'Isa,  unda 

parlamentni  boshqa  davlat  organlari  orasida  yuqori  muassasa  deb 

hisoblanmasligi  kerak.  Prezidentlik  respublikasi  to'g'risida  parlament 

yuqoriligi  prinsipi  mavjud  deb  bo'lmaydi.  Bu  mavjud  shaklda  qonun 

chiqaruvchi  organning  siyosiy  raqobatdoshi  bo'lib-  bu  prezident 

boshchiligidagi 

ijro 


etuvchi 

hokimiyat 

sistemasidir. 

Prezidentlik 

respublikada davlat  boshlig'i,  u  boshqaradigan  ijro  etuvchi  hokimiyat  va 

ikkinchi tomondan qonun chiqaruvchi organ parlament o'rtasida hokimiyat 

bo'linishining/hustahkam tamoyili sistemasi o'matilgan.

Hozirda,  Prezidentlik  respublikasi  AQSH,  Meksika,  Misr,  Braziliya 

va  boshqa  ko'pgina  davlatlar  prezidentlik  respublikasi  boshqaruvi 

shaklidadir.

Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlat boshqaruv usuli hokimiyat

233


organlarining  bir-birini  tenglik prinsipi  asosida  Konstitutsiya  va  qonunlar 

doirasida  huquqqa  xilof  xatti-harakatlarini  oshkor  etishga  xizmat  qiladi, 

lekin  bir-birining  berilgan  vakolatlarini  mahrum  eta  olmaydi.  Davlat 

hokimiyat organlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan tegishli chora- 

tadbirlar  hamma  demokratik  davlatlarda  bo'lgani  kabi  qonun  talabiarida 

ko'riladi.

Prezident respublikasi  boshqaruvida davlat yuqori  organlari, qoidaga 

ko'ra,  sezilarli  mustaqillikka  egadir.  К о 'rib  o'tilayotgan  modelning  у ana 

bir  o'ziga  xos  xususiyati  prezident  sayiovining  parlamentdan  xoliligi. 

Prezident  umumxalq  saylov  yo'li  bilan  saylanadi.  Masalan,  AQSH 

shunday  siyosiy  tajribaga  ega.  Mazkur  turi  yana  hukumatning 

parlamentdan holi tashkil qilinishidir.

AQSH da alohida saylovchilar guruhlari tomonidan prezident saylovi 

o'tkaziladi,  bunda  ham  davlat  va  ijroiya  hokimiyat  boshlig'i  parlament 

oldida mustaqildir, tenglik prinsipida faoliyat yuritadi.

\   3-§. Dualistik Respublika

Bunday  davlat  boshqaruv  shaklida  hukumat  faqat  prezident  oldida 

o'z  faoliyati hisob berib turadi, parlament oldida mas'ul emas. Bu shundan 

kelib chiqib  belgilanganki, parlament hukumat tarlribini tuzmaydi va unga 

ishonchsizlik  huquqiga  ega  emas.  Chunki  qonunchilik  va  ijro  etuvchi 

hokimiyat  prezidentlik  respublikasida  o'z  vakolatlarini  to'g'ridan-to'g'ri 

xalqdan  oladi.  Prezident  ijroiya  hokimiyat  boshlig'i  sifatida  xalq 

tomonidan  saylanadi  va  buning  natijasida,  davlat  boshlig'i  funksiyasini 

holi amalga oshirish huquqiga ega bo'ladi.

Demak,  dualistik  respublika  shaklidagi  davlat  boshqaruvida 

prezident  davlat  boshlig'i  funksiyasini  amalga  oshira  borib,  Bosh  Vazir 

iavozimini  ham  egallaydi.48  Shunday  qilib,  prezident  yo'l  boshlovchi  va 

davlat  rahbari  bo'lib,  kuchli  siyosiy  arbob  sifatida  maydonga  chiqadi. 

Uning xalq tomonidan saylab qo'yilishi yuqori vakillik institut ekanligidan 

dalolat  beradi.  Fransiya  va boshqa davlatlarda prezident  to'g'ridan-to'g'ri 

umumxalq saylovlari orqali o'z Iavozimini egallaydi.

Dualistik  (prezidentlik)  respublikasida  hukumat  tarkibi  parlament 

sessiyalarida  deputatlar  tasdig'iga  qo'yiladi.  Bu  jarayonda  deputatlar 

prezident  tomonidan  ko'rsatilgan  nomzodlami  tasdiqlashlari  shart.  Agar 

biror-bir  ko'rsatilgan  nomzod  bunday  lavozimga  loyiq  emasligi  asoslab 

berilsa,  prezident  boshqa  bir  shaxsning  nomzodini  ko'rsatishga  majbur

*   I  A  AJebastrova.  Konstitutsjotmoye  (gosudaretvennoye)  pravo  zambejnix  stran:  Uchebnoye  posobiye.  -М.: 

«Yurisprudensiya», 2000. -72 sir.



bo'ladi.  Shuning  uchun  ham  hukumat  faqat  prezidentlik  boshchiligida 

faoliyat  yuritadi.  Barcha  hokimiyat  masalalarida  hukumat  a’zolari 

tavsiyaviy  xarakterdagi  qarorlar  qabul  qilishi  mumkin,  qat’iy  qaromi 

yagona prezidentning o'zi hal qilishi mumkin.

Hukumat  tarkibining  shakllanishida,  prezidentning  qaysi  partiya 

a’zosi bo'lganligi muhim rol o'ynaydi.

Davlatniig yuqori  palatasida hukumat  a’zolari, prezident  a’zo bo'lgan 

siyosiy  partiya vakillaridan  (prezident  tomonidan)  ко' rsatiladi  va alohida- 

alohida tasdiqdan o'tadi.

Ushbu  davlat  boshqaruvi  shaklining  asosiy  belgisi  hukumatning  o'z 

siyosiy 

faoliyati 

to'g'risida 

parlament 

oldida 

javobgarligining 



belgilanmaganligidandir.  Parlament  hukumat  a'zolarini  qonunni  buzgan 

taqdirda  ham  o'z  lavozimidan  ozod  etishga  haqli  emas.  Hukumat  o'z 

faoliyatini  olib  borishda,  parlamentning  ishonchiga  yoki  ishonchini 

yo'qotishdan 

qo'rqmaydi. 

Shuning 


uchun 

ham 


prezidentlik 

respublikasidagi  dualistik  boshqaruv  shaklida  prezident  bir  siyosiy 

partiyadan, hukumat boshqa bir siyosiy  partiya vakillaridan iborat ekanligi 

kamdan  kam  davlatlarda  uchraydi.  Eng  rivojlangan  davlatlarda  prezident 

va  hukumat  a'zolari  bir  partiyaning  vakillari  hisoblanadi.  Ular  o'z 

faoliyatini  bo'ysunish  asosida  tashkil  etadilar  va  davlatning  siyosiy 

rejimini  belgilaydilar.  Agar  qonunga  xilof  xatti-harakatlari  davlat 

ahamiyatiga  molik  masalalarda  yomon  oqibatni  keltirib  chiqarsa, 

parlamentning impichment (ishonchsizlik) huquqi kuchga kirishi mumkin.

Dualistik  respublika  boshqaruv  shaklida,  ayniqsa,  qonunni  amalga 

kiritish  jarayoni  mukammal  tenglik  prinsipida  belgilangan.  Prezident 

qonunni  tasdiqlash  yoki  qayta  ishlash  uchun  o'z  e’tirozini  bildirib 

parlamentga  qaytarishi  mumkin.  Agar  qayta  ishlash  yuborilgan  qonun 

loyihasi har ikkala palata a'zolarining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinish 

lozimligi  tasdiqlansa,  prezident  qonunni  imzolashga  majbur  bo'ladi. 

Shuningdek,  prezident  tomonidan  imzolangan  xalqaro  shartnomalar, 

parlament  yig'ilishida  ratifikatsiya  (tasdiqlanishi)  yoki  (bekor  qilinishi) 

depoksatsiya qilinishi mumkin.

Sud  hokimiyati  esa  parlament  tomonidan  qabul  qilingan  akdami 

konstitutsiyaviyligini  nazorat qiladi  va  shuning  bilan  boshqa  qonunchilik, 

ijroiya  organlar  ustidan  nazorat  o'rnatiladi  va  mamlakatda,  tartib- 

intizomga rioya qilinishi ta'minlanadi.

235


4-§. Sotsialistik Respublika

Sovet  respublikasi  -   bunday  davlat  boshqaruv  shakli,  sovet  tuzumi 

o'matilgan  mamlakatlar  hisoblanadi.  Ular  hokimiyatning  bo'linishini  rad 

etadilar  ya'ni  hokimiyat  yagona  mehnatkash  xalqning  vakillik  organi 

sovetlarga saylangan vakillari orqali amalga oshirilishini mustahkamlaydi.

Sotsialistik  respublika  shaklidagi  davlatlar  Kuba,  Vyetnam,  Xitoy 

davlatlaridir.  Ulaming  hammasiga  xos  bo'lgan  xususiyat  bu  davlat 

tepasida  kuchli  hokimiyatga  ega  davlat  boshlig'ining  borligi,  ко' pincha 

bitta  kuchli  partiyaning  mavjudligi  va  hokimiyatining  avtoritarligi  bilan 

xarakterlanadi.

Sovet  respublikalari  davlat  boshqaruvi  shaklini  tahlil  qiladigan 

bo'isak,  Vyetnam Xalq Respublikasida, joylarda sovetlar va Milliy Majlis, 

Kubada ham xuddi  shunday,  Xitoy  Xalq Demokratik Respublikasida xalq 

vakillik  organlari  deb  atalib,  siyosiy  rejim  sotsialistik,  davlat  rejimi  bir 

muncha  demokratiyaviyroq  tashkil  qilingan.  Shuning  uchun  ham  xalqaro 

munosabatlarda tan olinadi.

Mazkur respublikalaming  davlat shaklining  yuridik  nuqtai  nazaridan 

quyidagi umumiy belgilari ko'rsatiladi:49

■Sovetlarning  davlat  hokimiyatini  tashkil  etishdagi  vakolatlarining 

ustuvorligi.  Hududlar  bo'yicha  tashkil  etilgan  sovetlarning  o'ziga 

tenglashtirilgan  davlat  organlarini  shakllantirishda,  (prokuratura  va  sud 

organlaridan  tashqari)  yuqori  vakolatlarga  ega  bo'lib,  barcha  davlat 

organlari ulaming oldida hisobdordirlar;

■Barcha  pog'onadagi  Sovetlar  bir  tizimni  tashkil  etib,  o'zaro 

munosabatlari  yagona  rahbarda  bir-biriga  bo'ysunish  prinsipida  amalga 

oshiriladi;

■Xalq  deputatlari  Sovetlari  o'zining  asosiy  ishidan  tashqari  faoliyat 

yuritadi,  sessiyalari  kam  va  qisqa  vaqtda  o'tkaziladi,  undan  keyingi 

vakolatlarining  amalga  oshirilishi joylardagi  ijroiya  organlarga  yuklanadi 

va ularning qabul qilgan qaroriari Sovetlarda tasdiqlanadi.

5-§. Parlam entar Respublika

Bunday  davlat  boshqaruv  shakli,  parlamentar  monarxiya  shakliga 

mos  tushadi  faqat  davlat  boshlig'i  masalasi  bilan  ajralib  turadi. 

Parlamentar  respublikasida,  prezidentning  konstitutsiyaviy  vakillarini 

belgilanishi,  tartib  bo'yicha  hukumat  tomonidan  amalga  oshiriladi,  ya’ni 

prezident boshchiligida hukumat uning vazifasini bajaradi.

49  Konstitutsionnoye  (gosudarstvennoye)  pravo  zarubejnix  scran.  Uchebnik.  V  4-x  tomax.  Toma  i-2.  Otv.red. 

B.A.Slrashun. -  М.: Izdatelstvo BEK,  1995. 316 b.

236


Parlament  respublikada  Bosh  Vazir  lavozimi  alohida  hoi  etilishi 

lozim  bo'lgan  masaladir.  Faqatgina,  Bosh  Vazir  hukumatga  boshchilik 

qiladi  monarx  uning  ishiga  aralashmaydi.  Bosh  Vazir  faqat  parlament 

oldida  siyosiy  mas’uldir,  parlament  unga  ishonchsizlik  bildirishi  yoki  o'z 

ishonchini qaytarib olishi mumkin.

Parlamentar  respublikaning  asosiy  belgisi  xuddi  parlamentar 

monarxiyaga 

o'xshash, 

hukumatning 

parlament 

oldida 

siyosiy 


javobgarligidir.  Hukumatning  bir  a’zosiga  bildirilgan  ishonchsizlik  asosan 

Bosh  Vazirga  butun  tarkibi  bilan  iste'loga  chiqish  oqibatini  keltirib 

chiqaradi.  Hukumat  ham  quyi  palatani  tarqatib  yuborish  haqida 

prezidentga murojaat etishi  mumkin  va saylov kunini belgilaydi.

Parlamentar  respublika  davlat  boshqaruv  shaklida  ham  xuddi 

parlamentar  monarxiya  singari  ikkita  davlat  rejimi;  parlamentning  va 

hukumatning  faoliyati asosiy rol  o'ynaydi.  Haqiqiy parlamentar respublika 

shaklidagi  davlatlar jahonda juda  kam  uchraydi.  Bunga  faqat  Germaniya, 

Vengriya,  Italiya,  Hindiston,  Chexiya,  Slovekiya,  Estoniya  davlatlarini 

kiritish  mumkin.  Bu  davlatlaming  o'ziga  xos  xususiyatlarini  kengroq 

o'rganish  uchun  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish  asoslarini  qarab  chiqish 

zarur bo'ladi.

Parlamentar  respublikasining  ikkinchi  ko'rinishida  Bosh  Vazir  va 

boshqa  vazirlaming  lavozimiga  qo'yilishida  prezident  parlamentdan 

rozilik olishi lozim bo'ladi. Parlamentar respublikasida qonunchilik va ijro 

etuvchi hokimiyatning  ajratilishi ulaming o'zaro kelishuvida nazoratchilik 

faoliyati  prezidentlik  (dualistik)  respublikasiga  nisbatan  juda  ham 

mukammal va chuqur jarayonlami o'z ichiga oladi.

Davlat rejimi parlamentar monarxiya kabi parlamentar respublikasida 

siyosiy  partiyalarning  faoliyatini  qanchalik  darajada  davlat  hokimiyati 

organlarida  tutgan  o'miga  qarab  belgilanadi.  Shuning  uchun  ham 

parlamentar  shaklidagi  davlat  boshqaruvida  demokratik  siyosiy  rejim 

davlat  hokimiyatini  tashkil  etish  bobida  shunchalik  kuchli  hisoblanadiki, 

amalda parlament yoki hukumat tomonidan uni o'zgartirishning hech ham 

iloji  yo'q.  Demak,  parlamentar  davlat  boshqaruv  shakli  insoniyat 

rivojining eng yuqori darajada takomillashgan xohish irodasini ifoda etadi. 

Germaniya,  Buyuk  Britaniya  1789  yilgi  inkilobdan  boshlab,  Fransiya 

mana shunday jamiyat qurgunicha qancha vaqt ketgan".

Prezidentlik  va  parlamentar  davlat  boshqaruv  usulini  tahliliy 

o'rganish  natijalari  shuni  ko'rsatadiki,  ular orasidagi  asosiy  farq  hukumat 

javobgarlik  masalalarining  hal  etilishi  tartibining  belgilanishidir.  Agar 

hukumat Prezident oldida javobgar bo'lsa, bunday davlat boshqaruvi  usuli

237


prezidentlik,  agar  parlament  oldida  javobgarligi  belgilangan  bo'lsa, 

parlamentar  respublika  deb  ataladi.  Javobgarlik  ma'nosi,  ko'p  jihatdan 

hukumat  a'zolarining  iste'foga  chiqarilishi  kim  tomonidan  hal  etilishga 

bog'liq  masalalami  qamrab  oladi. 

Prezident  oldida  javobgarlik 

masalasining ko'rinishi asosan, hukumat faoliyati prezidentni xohishi bilan 

bog'liq  bo'lib, u xohlagan vaqtda hukumatni yoki  alohida vazimi iste'foga 

chiqarishi mumkin.

6-§. Teokradk Respublika

Teokratiya  so'zi  «ilohiy  boshqaruv»  ma'nosini  berib,  Xudo 

hokimiyatini  anglatadi.  Teokratiya  -  bu  siyosiy  hokimiyat  ruhoniy 

boshliqlarga,  ilohiyotga  mutlaq  tegishli  bo'lgan  rejim bo'lib, jamiyat,  shu 

bilan  birga  siyosiy  munosabatlami  diniy  norma,  qonun  qoidalar,  kanonlar 

tartibga soladi.

Diniy  hokimiyat  egasi  eng  aw allo  xudo  oldidagi  javobgarlik  bilan 

bog'liq  bo'ladi.  Shuning  uchun  u  dindoshiari  oldidagi  siyosiy 

mas'uliyatlardan , ular o'rnatadigan nazoratdan ozod bo'ladi.

Teokratiya  turli  dinlar  asosida  yaratilishi  mumkin.  Har  bir  din 

siyosatga aralashishga qodir.

Iudizm  teokratiyaning  vujudga  kelishiga  ancha  moyil  bo'lgan 

konfessiyani  o'zida  mujasamlashtiradi  “yahudiylaming  davlati  boshqa 

davlatlardan  kuchli  farq  qiladi,  zeroki,  teokratiyaga  asoslangan  hamda 

unda  cherkov  bilan  davlat  o'rtasida  Masihdan  keyingi  davrdagiday  farq 

bo'lmagan”.

Masalan,  hozirgi  kunda  teokratik  davlatlarga  Eron,  Vatikan 

davlatlarini  kiritish  mumkin.  Vatikanda  mutlaq  monarx  -  Rim  papasi 

uchala  hokimiyat  ya'ni  ijro,  qonun  chiqaruvchi  va  sud  ustidan  butunlay 

nazorat qiladi.

Papa  rim  kuriyasi  -  katolik  cherkovining  markaziy  -  ma'muriy 

apparati  yordamida  cherkov  va  ko'p  sonli  tashkilotlami  boshqaradi. 

Bundan tashqari, Rim papasi katolik iyerarxlari - kardinal va yepiskoplarni 

turli  davlat  diniy  vakillaridan  tayinlaydi.  Kardinallar  Kengashi  o'z 

oralaridan Papani saylaydilar.

238


23-bob. Siyosiy (davlat) rejim

1-§. Siyosiy rejim tushunchasi va uning asosiy ko'rinishlari

2-§. Demokratik rejim va uning asosiy belgilari

3-§. Liberal rejim

4-§. Nodemokratik rejim va uning turlari

5-§. Davlat rejimi

l-§. Siyosiy rejim tushunchasi va uning asosiy ko'rinishlari

Jamiyat  va  davlat  faoliyatiga  rahbarlik  qilish,  boshqarish  hamda 

uning  manfaatlariga  xizmat  qilish  kabi  tushunchalar  zamirida  siyosiy- 

ijtimoiy hayotning asosiy qirralari namoyon bo'ladi.

Jamiyat  hayotini  tubdan  yaxshilash,  mamlakat  ijtimoiy-iqtisodiy 

salohiyatini  ko'tarish,  fuqarolarning  moddiy  va  ma'naviy  ehtiyojlarini 

qondirish  imkoniyati  awalom  bor,  mavjud  siyosiy  munosabatlaming 

barqorligi  samarasi  o'laroq,  vujudga  keladi.  Buning  uchun  mas’uliyat 

asosan  barcha  ijtimoiy  munosabatlami  tartibga  solishga  qaratilgan 

funksiyalar sohibi davlat zimmasiga yuklatilgan.

Hokimiyatni  amalga  oshirish  mas'uliyati  bugungi  jamiyat  a'zolari 

oldidagi majburiyat bo'lishi bilan birga, kelajak avlod taqdirini belgilovchi 

omillardan  biridir.  Shuning  uchun  ham  “siyosiy  rejim”  tushunchasi 

bugungi kunda har doimgidek,  ham yuqori  ahamiyat kasb  etuvchi  siyosiy 

yuridik termin sifatida ko'riladi.

Siyosatshunoslik, davlat va huquq nazariyasi, konstitutsiyaviy huquq 

sohalarida ayniqsa,  keng  qo'llaniladigan ushbu  tushuncha,  davlat qurilishi 

va  boshqaruvga  oid  davlat-huquq  kategoriyalarining  mohiyat  va 

mazmunini kengroq ochib berishga yordam beradi.

Ushbu  termin  fanimizda  paydo  bo'lgan  oxirgi  avlodga  daxldor 

tushunchaning  mohiyat  mazmunini  o'rganishning  iloji  yo'q  edi. 

Adabiyotlarimizda  mustaqillik  yillaridan  boshlab,  tilga  olina  boshlagan 

ushbu tushuncha milliy davlatchiligimizning davlat -  huquqiy poydevorini 

mustahkamlashda amaliy yordam berdi.

Xorijiy  mamlakatlar  misolida  siyosiy  rejimga,  uning  mazmun  va 

mohiyatiga, 

ko'rinishlarigagina 

e'tibor 


berar 

ekanmiz, 

milliy 

davlatchiligimiz  an'analarini  davom  ettirishda  ma'lum  darajada  undan 



foydalanamiz.

Siyosiy  rejim  tushunchasi  ham  ma'lum  kompleks  xususiyatlar 

doirasiga ega shart-sharoit va talablardan  iborat bo'lib, davlat hokimiyatini 

amalga  oshirish  chog'ida  o'zini  namoyon  qiladi.  Har  bir  mamlakatda,

239


davlat  boshqaruv  shakli, jamiyat  hayotini  boshqarish  uslublari  o'ziga  xos 

bo'lib,  muayyan  siyosiy  rejimni  namoyon  qiladi.  Demak  siyosiy  rejim 

bevosita  davlat  va  jamiyat  boshqaruvim  amalga  oshirishda  namoyon 

bo'ladigan,  hokimiyat organlari,  idoralari  hamda  muassasalari,  davlatning 

mansabdor  shaxslari  tomonidan  o'z  vakolatlarini  amalga  oshirishda, 

qo'llaniladigan vosita, usul va uslublar yig'indisi hisoblanadi.

Darvoqe,  har  bir  davlatda,  o'ziga  xos  muayyan  shart-sharoitlar,  turli 

imkoniyat  darajasi,  xalqning  mintoliteti,  davlatning  harbiy-iqtisodiy 

qudrati  tufayli  davlat  va siyosiy  rejimi  ham  aynan  bir-biriga o'xshamaydi. 

Lekin  siyosiy  rejimni  tavsiflovchi  qator  belgi  va  xususiyatlarni  ко'rib 

chiqib,  malum darajadagi siyosiy rejimning ko'rinishlarini shartli ravishda 

turkumlarga ajratamiz.

Xorijiy  davlatlami  ma’lum  turkumlarga  ajratib  o'rganish  metodini 

ushbu  mshunchaga  ham  nisbatan  qo'llaymiz,  Chunki,  rivojlangan 

davlatlarning  siyosiy  rejimi,  rivojlanayotgan  yoki  rivojlanish  darajasi juda 

ham past bo'lgan mamlakatlaming siyosiy rejimidan keskin farq qiladi.

Siyosiy  rejimni 

tavsiflovchi 

omillar  qatoriga  mamlakatdagi 

qonuniarning  mazmunini,  xorijiy  mamlakatlar bilan o' zaro  munosabatlari, 

milliy  huquq  va  xalqaro  huquqning  mushtaraklik  darajasi,  inson  huquq- 

erkinliklariga  munosabat,  davlat  hokimiyatini  shakllanish  va  idora  etish 

tartiblari,  jamoat  birlashmalarining  huquqiy  va  real  holati,  fuqarolik 

jamiyatining asoslari kabilarni kiritish mumkin.

Ayniqsa,  hokimiyatni  amalga  oshirishda,  davlat  faoliyatini  tashkil 

etish  prinsiplarining  mazmuni  mamlakat  siyosiy  rejimining  mohiyatini 

ochib  beradi.  Yuridik  adabiyotlarda,  siyosiy  rejim  bilan  birga  ba’zan 

(hozirgi  kunda  keng  yoyilgan)  “davlat  rejimi”  termini,  tushunchasi  tilga 

olinadi. Ushbu tushunchalar ba’zan sinonim tushuncha sifatida qo' llansada, 

umuman  olganda,  ular  orasida  prinsipial  nuqtai-nazardan,  ma’lum  jiddiy 

farqlar  bor.  Konstitutsiyaviy  huquqning  alohida  institutlari  hisoblangan 

davlat  mexanizmi,  organlar  va  idoralari,  shuningdek,  mansabdor  shaxslar 

orasidagi  davlat  boshqaruviga  oid  faoliyat  yuzasidan  shakllangan  mavjud 

munosabatlar  tabiati  davlat  rejimini  namoyon  ©tadi.  Konstitutsiya  va 

qonunlarda  mustahkamlangan  ijtimoiy  tuzumning  barcha  munosabatlari 

real  hayotda  doimo  o'z  aksini  topa  olmaydi.  Davlat  boshqaruvi  shaklida 

ko'proq  namoyon  bo'luvchi,  uni  tavsiflashda  qo"!  ketuvchi  davlat  rejimi 

tushunchasiga  nisbatan  siyosiy  rejim  tushunchasi  ancha kengroq  qamrovli 

institut hisoblanadi.

Siyosiy rejimning  asosiy ko'rinishlari ikki  shaklda namoyon  bo'ladi. 

Siyosiy  rejimning  birinchi  shakli  demokratik  siyosiy  rejim  deb,  ikkinchi

240


ko'rinishi nodemokratik siyosiy rejim deb ifodalanadi.  Demokratik siyosiy 

rejim  insoniyat  orzu  qilgan,  kishilik jamiyati  doimo  unga  intilgan  bo'lib, 

hozirgi  kunda,  aksariyat  g'arb  mamlakatlari  (Yevropa),  Amerika,  Osiyo 

mintaqasidagi  ba'zi  davlatlarda  mavjud.  Ammo,  demokratik  siyosiy 

rejimga  qo'yilgan  talablar  ko'lami  shunchalik  kengki,  eng  demokratik 

hisoblangan  davlatlar  ham  ushbu  talablarni  to'Jiq  bajarishga  qiynalib 

qoladi.  Chunki  demokratik  siyosiy  rejimning  ta'minlanishi  mamlakatdagi 

mavjud  shart-sharoitlar,  iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanish  darajasi,  aholining 

siyosiy-huquqiy  ongining  ahvoli  bilan  ham  bevosita  bog  liqdir.  Shunga 

qaramay,  har  bir  davlatning  demokratik  siyosiy  rejimga  ega  bo'lishlikka 

haqqi bor, harakati, intilishi,  hattoki  kurash talab qiladigan bu holatga ba'zi 

mamlakatlar  xalqi  yuzlab,  ba'zilar  o'n  yillar  davomida  qilgan  sa'y- 

harakatlari bilan erishgan.

2-§. Demokratik rejim va iming asosiy belgilari

Demokratik  siyosiy  rejim  mavjud  bo'lgan  davlatlardagi  xalqlar 

ushbu  rejimni  himoya  qilishga  qodir  millatga  aylangan  desak,  hech  bir 

mubolag'a  bo'lmaydi.  Demokratik  siyosiy  rejimda  jamiyat  a’zolarining 

siyosiy-huquqiy  erkinlik  darajasi  yuksak  pog'ouaga  ko'tarilgan  bo'lib, 

ijtimoiy  muhit  davlat  hokimiyatiga  ta’sir  o'tkazuvchi  fuqarolik  jamiyati 

institutlarining  to' liq  nazorati  ostida  bo'ladi.  Demokratik  siyosiy  rejimda 

inson  manfaatlari  oliy  qadriyat  darajasida  tavsiflanib,  amalda  o 'z  aksini 

topgan.  Ushbu  rejim  tufayli,  inson  o'z  mulohazasiga  ko'ra,  shaxsiy 

manfaatlarini  hamda  jamiyat  farovonligini  ta’minlovchi  siyosiy  kuchni 

qo' llab-quvvatlash  imkoniyatiga  ega  bo'ladi.  Bu  uning  erkin  sayloviar va 

refereadumda 

qatoashish, 

hokimiyat 

organlariga 

murojaat 

qilish 

huquqlarida namoyon bo'ladi.



Manbalarda  demokratiyada  "xalq  oliy  hokimiyat  timsoliga  ega 

bo'lib,  bu  hokimiyatni  yo  o'zi  bevosita  amalga  oshiradi  yoxud  erkin 

saylov  tizimi  orqali  o'zlari  tanlagan  vakillari  vositasida  amalga 

oshiradilar",  deb  ta'riflanadi.  Avraam  Linkoln  (AQSH  XVI  prezidenti) 

ning so' zlariga qaraganda, demokratiya -  "xalqning shu xalq uchun amalga 

oshiradigan xalq boshqaruvidir".

Shu jihatdan I.Ilin la'rifl ham qiziqish uyg'otishi  mumkin.  U shunday 

yozadi:  "Demos"  so'zi  xalq  ma’nosini  anglatadi,  "kratos"  so'zi  kuch, 

hokimiyatm  ifodaiaydi.  Haqiqiy davlat shu  ma’noda  "demokratik"  bo'lishi 

mumkinki,  o'zining  eng  yaxshi  kuchlarini  xalqdan  oladi  hamda  uni  o'z 

tuzilishida  to'g'ri  ishtirok  etishga  jalb  qiladi.  Bu  shu  eng  yaxshi, 

kiichlaming  doimiy  tanlovi  davom etib,  xalq  o'z davlatini  to'g'ri  qurishni

241


bilishi darkor.

Demokratiya  ikki  asosiy  turga  -  bevosita  (to'g'ridan-to'g'ri)  va 

vakillik  demokratiyalariga  bo'linadi.  Bevosita  demokratiya  sharoitida 

saylangan  yoki  tayinlab  qo'yilgan  rasmiy  shaxslar  vositachiligisiz 

fuqarolar  ijtimoiy  qarorlami  qabul  qilishda  qatnasha  oladilar.  Qadimgi 

Afina  - jahondagi  birinchi  demokratiya  bevosita  demokratiyani  5-6  ming 

kishi qatnashadigan yig'inlar yordamida amalga oshirilgan.

Hozirgi  zamon  jamiyati  o'zining  murakkabligi,  ko'psonliligi  bilan 

bevosita  demokratiyani  amalga  oshirish  imkoniyatiga  ega  emas.  Shuning 

uchun  bugungi  kunda  uning  eng  ko'p  qo'llaniladigan  shakli  vakillik 

demokratiyasidir.  Bunda  fuqarolar  siyosiy  qarorlami  qabul  qilish, 

qonunlami  ta’riflab  berish  hamda  ijtimoiy  farovonlik yo'lidagi  dasturlami 

hayotga  tatbiq  etish  uchun  rasmiy  shaxslami  saylaydilar.  Bu  rasmiy 

shaxslar  murakkab  ijtimoiy  muammolami  chuqur  o'ylab,  tartibli  hal 

etishlari  mumkin.  Buning  uchun  ular  boshqa  xususiy  shaxslar  ega  bo'la 

olmaydigan kuch va vaqtlarini sarflashlari kerak bo'ladi.

Demokratik  rejim  barcha  odamlaming  tengligi  va  ozodligini  e’tirof 

etib,  davlatni  boshqarishda  xalqning  ishtirokiga  asoslanadi.  Demokratik 

davlat  faqat  o'z  fuqarolarining  huquq  va  erkinliklarini  e’lon  qilibgina 

qolmay,  bu  huquq  va  erkinliMarning  iqtisodiy  asoslarini  ta’minlash, 

ulaming  konstitutsiyaviy  kafolatlarini  ham  belgilashi  kerak  bo'ladi. 

Natijada, keng huquq va erkinliklar qog'ozda emas,  amalda mavjud bo'lib 

qoladi.

Demokratik siyosiy rejimning mavjudligini anglatuvchi qator talablar 



va shart-sharoitlaming umumiy yig'indisi shunchalik salmoqliki, muayyan 

davlatda,  bir  vaqtning  o'zida  bu  talablami  bajarish  eng  demokratik 

davlatlar uchun ham og'irlik qilishi mumkin. Ya'ni, demokratik davlat deb 

tan  olinishlik  mas'uliyati  juda  ham  yuqori.  Shunga  qaramay,  aksariyat 

davlatlar o'z imkoniyatlarini shunday siyosiy rejimni barpo etishga harakat 

qilmoqda.  Bugungi  kunga  kelib,  Yevropa  davlatlari,  qator  Osiyo  hamda 

Amerika  davlatlarida  demokratik  siyosiy  rejim  amal  qilib,  bu 

mamlakatlaming  iqtisodiy,  ijtimoiy,  harbiy  salohiyati  ham  juda  yuqori. 

Demokratik  siyosiy  rejimni  tavsiflovchi  qator  belgilarga  asosan 

quyidagilami kiritamiz:

1) 

Demokratik  institutlarining  erkin  va  faol  harakatining  nafaqat 



cheklanmasligi,  balki  davlat  hokimiyati  tomonidan  ushbu  sohaga  doir 

shart-sharoitlami  yanada  yaxshilashga  qaratilgan  faoliyatning  mavjudligi. 

Bunda  ko'ppartiyaviylik  tizimining  barqarorUgi,  jamoat  birlashmalari, 

uyushmalar,  assotsiatsiya  va ijtimoiy harakatlar,  fuqarolarinnig o'zini  o'zi

242


boshqarish  organlarining  davlat  va  jamiyat  hayotida  tutgan  mavqeining 

yuqori darajada baholanishi nazarda tutiladi;

2) 

Milliy  huquqning  konstitutsiya  va  qonun  ustuvorligi  prinsipi 



asosida amal  qilishi, uning  mazmuni  va mohiyati  Xalqaro huquq normalar 

talabalariga  to'liq  mos  kelishi,  huquq  ustuvorligi  tamoyilining  Milliy 

qonunchilikda 

aks 


etishi; 

davlat 


hokimiyatini 

amalga 


oshirish 

tamoyillarining konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi;

3) 

Ijtimoiy  hayotda,  barcha  ijtimoiy  qatlamlaming  talab  va 



ehtiyojlarini  hisobga  olinishi,  shu  jumladan,  muxolifatchi  siyosiy 

kuchlarinng  manfaatlarini  ham  oyoq  osti  qilmaslik,  ulaming  faoliyatini 

majburiy  kuch  ishlatish  orqali  yoki  tazyiq  o'tkazish  vositalari  bilan 

cheklashga  yo'l  qo'ymaslik,  siyosiy  plyuralizm  tamoyilininig  talablariga 

rioya qilish;

4) 


Erkin 

saylovlar 

hamda 

demokratiya 



shakllari 

boshqa 


ko'rinishlarining  davriyligini  ta’minlanishi,  bunda  sun’iy  cheklovlar  yoki 

muxolifatchi  siyosiy kuchlami  siyosiy  kurashdan chetlatishga urinishlarga 

yo'l qo'yilmasiigi;

5) 


Shaxs  huquq  va erkinliklarining  keng  e’tirof etilishi,  huquq  va 

erkinliklar  ijtimoiy-iqtisodiy  -   huquqiy  kafolatlarining  kompleksligini 

ta’minlash,  huquq  va  erkinliklarni  amalga  oshirishning  real  mexanizmini 

yaratilganligi,  nafaqat  fuqarolar  balki  mamlakatdagi  barcha  shaxslarinng 

qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi, teng huquqliliy, barchaning qonun 

oldida tengligi;

6) 

Davlat  va  uning  hokimiyat  tizimida  tarmoqlar  hisoblangan 



qonun  chiqaruvchi,  ijro  qiluvchi  hamda  sud  hokimiyatining  to'la  o'zaro 

mustaqilligi,  ulaming  bahamjihat  ishlash  mexanizmining  mavjudligi, 

hokimiyat taqsimlanishi va hokimiyat tarmoqlarining bir-birini tiyib turish 

hamda muvozanatda ushlash prinsipini amalda bo'lishi; davlat organlari va 

mansabdor shaxslaming jamiyat va uning har bir a’zosi oldidagi mas'uliyat 

hissining yuqori darajadaligi;

7) 

Ommaviy  axborot  vositalari  faoliyatida  oshkoralik,  erkinlik, 



ularga axborot olish erkinligini  ta'minlanishi,  senzuraga yo'l qo'yilmaslik, 

xususiy  ommaviy-axborot  vositalarining  davlat  va  jamiyat  hayotiinng 

ko'zgusi sifatida e'tirof etilishi.

Umuman  olganda,  demokratik siyosiy  rejim davlat boshqaruv  shakli 

yoki tuzulish shakliga umuman bog'liq emas.  Federativ davlat hisoblangan 

AQSH,  GFR  kabi  davlatlarda,  unitar  davlat  Yaponiya,  Italiyada  yoki 

monarxiya  boshqaruvidagi  Buyuk  Britaniya,  Niderlandiya,  respublika 

shaklidagi  Chexiya,  Fransiya  davlatlarida  demokratik  siyosiy  rejim

243


o'matilgan.

3-§. Liberal rejim

Demokratik  rejimning  eng  zamonaviy  shakllaridan  bin  liberal- 

dem okratik  rejim  hisoblanadi.  U  ko'pchilik  mamlakatlarda  mavjud. 

Uning  ahamiyati  shu  qadar  kuchliki,  ko'pchilik  olimlar  uni  hokimiyatini 

amalga  oshirish  rejimi  emas,  balki  jamiyat  taraqqiyotining  muayyan 

bosqichida sivilizatsiyaning yashash sharti deb hisoblashmoqda.

Shuningdek,  davlat  va  huquq  nazariyasida  eng  demokratik  va 

insonparvarlik  tamoyillariga  asoslangan  hokimiyatni  amalga  oshirishning 

siyosiy usul.va uslublarini  ham  liberallikka  taalluqli  deb qarashlarini ham 

aytib  o'tish joiz.  Bu  tamoyillar  eng  avvalo  shaxs  bilan  davlat  o'rtasidagi 

iqtisodiy munosabatlami belgilab beradi.  Bunda inson o'z mulki, huquq va 

erkinliklariga ega bo'ladi, iqtisodiy jihatdan mustaqil, siyosiy erkin harakat 

qiladi. Shaxs bilan davlat o'rtasidagi nisbatlarda ustuvorlik shaxs tomonida 

bo'ladi.  Liberal  rejim  bozor  munosabatlarini,  bozor  iqtisodiyotini  tashkil 

etishni  taqozo  etadi.  Bozor  esa  teng  huquqli,  erkin  va  mustaqil 

sherikchilikni  talab  etadi.  Liberal jamiyatda  so'z  erkinligi,  fikr  almashish 

zrkinligi,  mulk shakllari erkinligi e'lon qilinadi, xususiy tashabbuskorlikka 

keng yo'l ochiladi.

Bunday  jamiyatda,  davlat  hokimiyati  saylovlar  yo'li  bilan 

shakllantiriladi.  Davlat  boshqaruvini  amalga  oshirish  hokimiyatni 

taqsimlash  tamoyili  asosida  yo'lga  qo'yiladi.  Davlat  boshqaruvid.a 

markazdan  qochirish  tamoyilidan  foydalaniladi,  ya'ni  markaz  mahalliy 

organlar  hal  eta  olmaydigan  muammolamigina  yechishni  o 'z  zimmasiga 

oladi.  Liberal-demokratik  rejim,  davlat  (siyosiy)  rejimi  bo'lgan  jamiyat, 

fuqarolik jamiyati deb ataladi.

Biroq  buni  ham  ortiqcha  ideallashtirish  mumkin  emas.  Bu  rejimda 

aholi daromadlarining, ular turmush darajasining keskin tabaqalanishi ro'y 

beradi,  fuqarolaming  boshlang'ich  imkoniyatlari  bir-birlaridan juda  katta 

farq  qiladi,  ulaming  ijtimoiy  himoyasida  muammolar  bo'ladi,  faqat 

o'zinigina o'ylash (individualizm) rivojlanib ketishi mumkin.

4-§. Nodemokratik rejim  va uning turlari

Npdemokratik  siyosiy  rejim  insoniyatning  davlat  va  jamiyat 

qurilishidagi ilk davridan boshlab mavjud bo'lgan. Hattoki, ilk demokratik 

ko'rinishiga asos solingan qadimgi Rimda ham nodemokratik siyosiy rejim 

amalda  bo'lgan.  Chunki,  nodemokratik  siyosiy  rejim  birinchi  navbatda, 

xalq  hokimiyatchiligini  tan  olinmasligi,  davlat  hokimiyatini  asosan  bir

244


shaxs  tomonidan  idora  etilishi,  davlat  hokimiyatiga  intilishning  siyosiy 

mexanizmini  inkor  etilishi  siyosiy  mexanizmini  inkor  etilishi  bilan 

tavsiflanadi.  Nodemokratik  siyosiy  rejimning  ko'rinishlari  turlicha  bo'lib, 

har  bir  ko'rinishining  o'ziga  xos  muayyan  belgi  va  xususiyatlari  mavjud. 

Ularning asosiy ko'rinishlariga alohida to'xtalib o'tamiz.

A vtokratik  rejimga  asosan  jamoa  avtokratiyasi  va  yagona  shaxs 

avtokratiyasi  kiradi.  Jamoa  avtokratiyasi  o'z  navbatida  aristokratiya  va 

oligarxiya  deb  nom  olgan  boshqaruv  shakllariga  bo'linadi.  Yagona  shaxs 

avtokratiyasi despotiya mustabidlik, shaxsiy hokimiyat shakllariga ega.

Endi  mazkur  rejimlami  batafsil  ко'rib  chiqamiz.  Despotik  rejim 

(yunoncha  "cheklanmagan  hokimiyat")  -  Hokimiyat  istisnosiz  faqat  bir 

shaxs 


tomonidan 

amalga 


oshiriladigan 

mudaq 


monarxiyaga 

(podshohlikka)  xosdir.  Despotik  rejimlar  qadimda  paydo  bo'lgan.  U 

hokimiyatni  boshqarishdagi  o'ta  o'zboshimchalik,  fuqarolaming  despot 

oldidagi  to'la  huquqsizligi,  boshqarishda  hech  qanday  huquqiy va axloqiy 

asoslarning  bo'lmasligi  bilan  ajralib  turadi.  Despotiya  sharoitida  mustaqil 

harakat  qilish,  norozilik  bildirish,  qahr-g'azab  izhor  etishi  mumkin  emas 

ular darhol bostiriladi.

Despotik  rejim  asosan,  O'rta  Yer  dengizi  mamlakatlarida,  Yaqin 

Sharqda,  Osiyo,  Afrika,  Janubiy  Amerika  mamlakatlarida,  ya'ni  Osiyo 

ishlab  chiqarish  usuli  (osiyocha  taraqqiyot yo'li)  qaror topgan davladarda 

uchragan.  U  insoniyat  taraqqiyotining  dastlabki  bosqichlariga  xosdir. 

Biroq  bu  rejim  hozirgi  bosqichda  ham,  hozirgi  zamon  davlatlarida  ham 

ular  rivojining  tarixiy  o'ziga  xosligi,  bu  davlatlardagi  boshliqlaming 

shaxsiy  fazilatlariga  bog'liq,  ravishda  paydo  bo'lgan  va  bo'lishi  ham 

mumkin.

M ustabidlik  rejimi  -  yakka  shaxs  hukmronligiga  asoslangan. 



Mustabid hokimiyati  odatda,  zo'ravonlik,  bosib  olish,  ba’zan esa,  qonuniy 

hokimiyatni  ag'darib  tasblash  natijasida  o'matilishi  bilan  despotiyadan 

farq  qiladi.  Unda  ham  huquqiy  va  axloqiy  asoslar  bo'lmaydi,  u 

zo'ravonlik,  ba’zan  esa  terror  va  genotsid  asosiga  qurilgan  bo'ladi. 

Mustabid  hokimiyati  shafqatsizdir.  U  ham  dahshat  va  qo'rquvga 

asoslanadi.  Mustabid  har  qanday  qarshilikni  tug'ilishdayoq,  bostirishga 

harakat  qiladi.  Boshqa  mamlakat  hududi  va  aholisini  zabt  etish  nafaqat 

jismoniy  va  axloqiy  zo'ravonlikni,  balki  asoratga  solingan xalq  an-analari 

va urf-odatlarini  tahqirlashga ham  olib keladi.  Mustabid  rejimlar  qadimgi 

Yunoniston  polislarida,  ayrim  o'rta  asr  shahar-davlatlarida  mavjud 

bo'lgan.



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling