O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54

Tiraniya  rejimi  ham  yakka  shaxs  boshqamviga  asoslangan.  Buning

245


despotiyadan  farqi  shundaki,  tiranning  hokimiyati  odatda  zo'ravonlik 

natijasida,  ba’zan  qonuniy  hokimiyatnmg  o'mini  egallash  natijasida 

o'rnatiladi.  Huquqiy  va  axloqiy  qadriyatlar  hisobga  olinmaydi,  u 

o'zboshimchalik,  terror  va  genotsid  asosida  qaror  topadi.  Tiranning 

hokimiyati  ayovsiz  bo'ladi.  Tiraniya  ham  qo'rquvga  asoslangan.  Tiran 

qarshilik  ko'rsatganlarni  bostirishga  harakat  qiladi.  Boshqa  mamlakat 

hududi  va  aholisini  zabt  etish  nafaqat jismoniy  va  axloqiy  zo'ravonlikni, 

shuningdek,  bosib  olingan  xalqning  an’analari  va  urf-odatlarini  ham 

tahqirlashga olib keladi. Tiraniya idora usullari qadimgi yunon polislarida, 

ba’zi o'rta asrdagi shahar-davlatlarda mavjud bo'lgan.

Tiraniya  ham  despotiya  singari  o'zboshimchalikka  asoslangan. 

Basharti despotiyada o'zboshimchalik yuqori mansabdorlarga ofat keltirsa, 

tiraniyada esa bunday halokat har bir kimsaning boshiga tushadi. Qonunlar 

juda  oz  bo'lib,  zero,  tiraniya  hokimiyati  qonunlar  qabul  qilishga  harakat 

qilmaydi.

A vtoritar  siyosiy  rejim  -  adabiyotlarda  asosan  avtoritar  siyosiy 

rejimning  bir  belgisi  alohida  tilga  olinadi,  bu  ham  bo'lsa,  cheklanmagan 

hokimiyatning  bir  shaxs  qo'lida  to'planishidir.  Cheklanmagan  hokimiyat 

sohibi  hisoblangan  davlat  boshlig'i  hokimiyatning  barcha  organlarini  o'z 

nazoratida  bo'lishini,  ushbu  organlarning  shakllanishi  faqat uning  irodasi 

asosida  amalga  oshishishni  ta'minlar  ekan,  demokratik  xususiyatlami 

batamom  inkor  etadi.  Nodemokratik  siyosiy  rejimning  bunday  ko'rinishi 

ko'pgina sobiq sotsialistik mamlakatlarda, jumladan, sobiq Sovet Ittifoqida

I.V.Stalin hukmronlik qilgan davmi o'z ichiga oladi.

T otalitar siyosiy  rejim   -  mamlakatdagi  davlat  hokimiyatini  amalga 

oshirishda  demokratik  talablami  tamoman  inkor  etmasada,  aslida  yagona 

siyosiy  kuchning  manfaatini  ko'zlaydi.  Ushbu  siyosiy  kuch  har  qanday 

muxolifatni  uyushmalaming  amalda  faoliyat  yuritishiga  yo'l  qo'ymaydi, 

ko'ppartiyaviylik  inkor  etadi,  demokratiya  shakllarini  qonunlarda 

mustahkamlasa,  amalda  soxta  saylovlar,  referendumlar  o'tkaziladi, 

ommaviy axborot vositalari yagona hukmron mafkuraga asoslanadi.

Fashistik  siyosiy  rejim   -   nodemokratik  siyosiy  rejimning  eng 

reaksion ko'rinishi hisoblanib, ushbu siyosiy rejim  tufayli  butun insoniyat 

ikkinchi jahon  urushini  boshidan  kechirdi.  Fashistik  siyosiy  rejim  avvalo 

Italiyada  XX  asrning  20  yillarida  o'matila  boshlagan  bo'lsa,  30  yillarda 

A.Gitleming  Germaniyada  hokimiyat  tepasiga  kelishi  bilan  izohlanadi. 

Fashistik  siyosiy  rejimning  asl  maqsadi  milliy  mafkuraga  asoslangan, 

butun  yer  yuzidagi  xalqlami  bir  millat  tomonidan  boshqarilishiga 

qaratilgan  g'oyalar  tizimida  o'z  millatining  hukmronligini  ta’minlash,

246


milliy dohiy (duche, fyurer)ga itoat etish kabi masalalar o'rin olgan.

Fashistik  siyosiy  rejimning  ochiqdan-ochiq  urush  siyosatini,  yagona 

siyosiy  partiya  hukmronligmi,  harbiy  intizom  o'matilishini  talab  qiladi. 

Hozirgi  kunda,  Fashistik  siyosiy  rejimning  butun  insoniyat  tomonidan 

qoralanib  kelishiga  qaramay,  ba’zi  mamiakatlardagi  siyosiy  kuchlar 

fashistik siyosiy rejimning yangi ko'rinishlariga moyillik bildirmoqda.

Harbiy  siyosiy  rejim   -   ba’zi  mamiakatlardagi  ijtimoiy,iqtisodiy- 

siyosiy  holat  bevosita  harbiylaming  hokimiyat  tepasiga  kelishiga 

imkoniyat  yaratadi.  Hokimiyatning  harbiylar tomonidan boshqarilishi  o'z- 

o'zidan  fuqarolik  institutlari  faoliyatini  to'xtatib  qo'yadi.  Hokimiyatning 

harbiylar  tomonidan  boshqarilishi  o'z-o'zidan  fuqarolik  institutlari 

faoliyatini to'xtatib qo'yadi.

Harbiylar  mamlakatdagi  siyosiy  bosh  boshdoqlikka  chek  qo'yish, 

iqtisodiy  ahvolni  yaxshilash,  harbiy  intizom  orqali  mamlakatda,  tartib 

o'matish  maqsadini  ilgari  surib,  o'z  hokimiyatini  amalga  oshiradi. 

Yevropa  mamlakatlaridan  Gretsiya  (1967-1974),  Osiyoda  Pokiston 

(general  Ziyo  ul-Haq  davrida),  Lotin  Amerikasida  Paragvay  (Alfredo 

Stressner hukmronligi) davlatlarini misol qilib kelitirish mumkin. Ayniqsa, 

60-70  yillarda  Lotin  Amerikasi  davlatlarida  harbiylaming  hokimiyat 

tepasiga  kelishi,  ularda  xunta  (harbiy  kollegiya)  rahbarligining  joriy 

etilishi ko'p marta kuzatilgan.

Irqiy  siyosiy  rejim   mavjud  bo'lgan,  davlatlaming  namoyondasi 

sifatida, Janubiy Rodeziya hamda Janubiy Afrika Respublikasi  davlatlarini 

kelitirishimiz mumkin. Irqiy siyosiy rejimning tub mohiyati oq  tanlilarning 

yerlik  aholi  hisoblangan  qora  tanlilardan  ustun  qo'yish,  yevropalik  oq 

tanlilarning hattoki, osiyoliklar, hindulardan ham ajralib yashashiga imkon 

beradi.  Masalan,  Janubiy  Afrika  Respublikasining  parlamentida  qora 

tanlilarning vakiliga joy ajratilmagan.  Hozirgi kunda bunday siyosiy rejim 

amalda  uchramasada,  ba'zi  bir  elementlarining  namoyon  bo'lishi 

kuzatilmoqda.

Diniy  siyosiy  rejim   kam  uchrasada,  ushbu  siyosiy  rejimning  ham 

o'ziga  xos  xususiyatlari  mavjud.  Masalan,  Eron  Islom  Respublikasida 

davlat boshlig'i  prezident hisoblansada, u  mamalkatning dunyoviy rahbari 

sifatida  tan  olinadi.  Shuningdek,  diniy  rahnoma  hokimiyati  ham  mavjud 

bo'lib,  unga  mamlakat  musulmon  dmyosining  boshqaruvchisi  imom 

rahbarlik qiladi. Amalda ham real hokimiyat diniy ulomalar qo'lida bo'lib, 

davlatning  eng  asosiy 

lavozimlari 

ular  tomonidan 

egallangan. 

Parlamentdagi asosiy ko'pchilik din vakillaridan iborat.

Nodemokratik  siyosiy  rejimning  asosiy  ko'rinishlariga  to'xtalib

/

247


o'tganimizni  ta’kidlash  bilan  birga,  shuni  ham  eslatish  joizki,  ba’zi  bir 

mavjud  holatlar  u  yoki  bu  siyosiy  rejimning  oralig'ida  bo'lishi,  umuman 

ba'zi o'ziga xos  belgilar bilan umumlashgan  yoki  ajralib  turish  belgilariga 

ham  ega  bo'lishi  mumkin.  Nodemokratik  siyosiy  rejimning  ba’zi 

elementlarini o'zida ifodalashi, bu siyosiy rejimdan boshqa siyosiy rejimga 

o'tayotganligidan  xabar  beradi.  Albatta,  nodemokratik  siyosiy  rejim 

doimiy  xarakterga  ega  emas,  bu  rejimlar  bir  kun  kelib  tanozzulga 

uchrashini  insoniyatning  taraqqiyoti  ko'rsatib  turibdi.  Inson  qadriyati  va 

ijtimoiy  ongning  yuksalishi,  taraqqiyotparvar  kuchlarning  ustunligi  oxir- 

oqibat demokratik hokimiyat sari yetaklaydi.



5-§. Davlat rejimi

Davlat  hokimiyat  organlarining  o'zaro  munosabatlarini  belgilanishi 

va  uni  tashkil  etilishida  boshqaruv  shaklining  yuridik  modeli  o'ziga  xos 

xususiyat namoyon etadi.

Shuning  uchun  ham  mazkur  fanning  o'rgatish  doirasiga  nafaqat 

konstitutsiyaviy-huquqiy  normalar  va  institutlar  nazariyasini  tahlil  qilish, 

balki  uni  amalda  tatbiq  etilishining  mezonlari  qanday  nadjalarga 

erishganligini ifodalab berish kiradi.

Ifoda  etishning  mukammalligini  ta'minlash  uchun,  yoki  tahlil 

qilinishini  soddalashtirishda,  davlat  hokimiyat  organlarining  hokimiyatni 

taqsimlanish  prinsipi  asosida  edlishi  davlat  boshqaruv  shaklida  qanday 

yo'lga qo'yilganligi ushbu fanda davlat rejimi tushunchasida qo'llaniladi.

Davlat  rejimi  -   siyosiy  kuchlarning  tarkibiy  qismi  va  davlat 

hokimiyati  Oliy  organlarining  o'zaro  munosabatlarini  tartibga  solinishida 

ulaming  haqiqiy  kompetensiyasini  ifoda  etib  davlat  boshqaruvida  tutgan 

o'mi va funksiyasini namoyon etadi.

Davlat  rejimi,  davlat  boshqaruv  institutlari  va  siyosiy  rejim  bilan 

bog'liq  bo'lib,  ularni  bir-biridan  davlat  rejimining  farqi  shundan  iboratki, 

davlat  boshqaruv  shakli  yuridik  model  bo'lib,  oliy  davlat  organlarining 

o'zaro  munosabatlaridan  aniqlanadi,  davlat  rejimida  esa  -   oliy  davlat 

organlari  faoliyatiga  ta'rif  beradi  ya’ni  uning  haqiqiy  faoliyat  prinsiplari 

tavsiflandi.

Davlat  rejimining  siyosiy  rejimdan  farqi  shundan  iboratki,  siyosiy 

rejim ko'pchilik aholi  sonini  tashkil etgan  siyosiy kuchlar munosabatlarini 

ifoda  etsa,  davlat  rejimi  -   siyosiy  kuchlar  ichidagi  turli  ta’sir  qoidalarni 

o'zaro  munosabatlarida  kelib  chiqadigan  masalalmi  o'zida  mujassam 

etadi.

248


Davlat boshqaruv shaklining o'ziga xos tomonlarini ajratib olinishida 

davlat  rejimining  turli  xil  ko'rinishi  namoyon  bo'ladi.  Bu  turli  xil 

ko'rinishdagi  siyosiy  rejim  bilan  ham  bir-biriga  mos  tushishi  mumkin. 

Davlat  rejimining  ma'lum  bir  holiga  tushishi,  davlat  boshqaruv  shakliga 

bog'liq  bo'ladi.  Shuning  uchun  ham  har  bir  davlat  boshqaruv  shaklida, 

davlat rejimining ko'rinishini qo'llanilishi  doimo tahlil qilib turiladi.

249


24- bob. Xorijiy m am lakatlarda davlatning hududiy tuzilishi

1-§. Davlat tuzilish shakli. Davlat tuzilishi tushunchasi

2-§. U nitar davlat

3-§. Federativ davlat

4-§. Konfederatsiya

5-§. Avtonomiya

l-§- Davlat tuzilish shakli. Davlat tuzilishi tushunchasi

Har  bir  davlat  o'z  hududiga  ega  va  bu  hududning  daxlsizligini 

himoya  qilish  uning  eng  muhim  vazifalaridan  hisoblanadi.  Har  bir 

davlatning  yaxlit  hududi  rauayyan  tarzda,  albatta,  ma'lum  qismlarga, 

bo'linmalarga  bo'lingan  bo'ladi.  Davlat  hududini  bunday  bo'lish  uni 

boshqarishni osonlashtirish, samarali boshqarish maqsadlarini ko'zlaydi.

Davlatning  hududi  qanday  tarzda  tashkil  etilganligini,  ya'ni  markaz 

bilan  joylaming  o'zaro  munosabati  qanday,  qanaqa  ma'muriy  hududiy 

bo'linmalarga bo'lingan  kabi  masalalar  "davlatning tuzilish  shakli"  degan 

atama  bilan  ancha  vaqtdan  beri  belgilanib  kelgan.  Biroq  tuzilish  degan 

ibora juda  serma’no  bo'lganligi  tufayli,  keyingi  paytlarda  konstitutsiyaviy 

yuridik  adabiyotda  "hududiy-siyosiy  tuzilish",  siyosiy  hududiy  tuzilish 

kabi atamalami qo'llash keng tarqalmoqda.

Davlat  shakli  tushunchasi,  ma'lumki,  o'z  ichiga  davlat  boshqaruv 

shakli, davlat tuzilish shakli va siyosiy rejimlarni o'z ichiga oladi.

Shunday 


qilib, 

davlat 


tuzilishi 

shakli 


deganda, 

davlat 


hokimiyatining  ma'muriy-hududiy  uyushuvi,  davlat  va  uni  tashkil  etgan 

hududlarning,  ayrim qismlarning,  markaziy  va niahalliy  idoralar orasidagi 

munosabatlaming tabiati tushuniiadi.50

Davlat tuzilishi - davlatning ma'muriy-hududiy bo'linish  tamoyillari 

va  tuzilishini  hamda  ma'muriy  hududiy  birliklammg  yuridik  maqomim, 

davlatning  markaziiy  organlari  bilan  mazkur  organlarning  joylardagi 

mahalliy  organlar  bilan  o'zaro  munosabatlari  qanday  xususiyatlardan 

iborat ekanligini qamrab oluvchi tushunchadir.

Milliy-davlat  tuzilishi  -  davlatning  tuzilishi,  uning  ma'muriy- 

hududiy  bo'linishi,  davlat bilan  uning  tarkibiy  qismlari  o'rtasidagi  o'zaro 

munosabatlar,  davlat  va  uning  tarkibiy  qismlarining  huquqiy  holati, 

ularning vakolatlari xarakteri va hajmidan iborat ekanligi tushuniiadi.

Davlatning  hududiy  tuzUishi  (m a'm uriy  -   hududiy  tuzilish)  -

50  U.Tadjixanov,  H.Odilqoriyev,  A.Saidov.  Uzbekistan  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  huquqi.  -Т.:  TTV 

Akadeiniyasi. 2001.436-437-bctlar.

250


davlat tuzilishi  tushunchasining  tarkibiy qismi  bo'lib,  davlat o 'z  vazifa va 

funksiyalarini  bajarishi  uchun,  muayyan  eheklangan  hududini  ma’lum bir 

hududiy  (ma'muriy-hududiy)  bo'laklarga  bo'linishini,  ulaming  mahalliy 

organlari  bilan  markaziy  organlari  o'rtasidagi  o'zaro  aloqalaming 

xususiyatlari  tushuniladi.  Ushbu  hududiy  bo'laklarda,  davlat  apparati 

mahalliy  organlarining  strukturasi  tuziladi.  Shuning  uchun  davlatning 

hududiy tuzffishini ma'muriy-hududiy tuzilish deb ataymiz.

Davlatni  hududiy  jihatdan  tashkilashtirish  o'z 



m aqsadi

  va 


vazifalariga

 ko'ra,  nafaqat 



ma'muriy-hududiy,

 balki:


iqtisodiy-hududiy

 (masalan, erkin savdo qiluvchi zonalar);



harbiy-hududiy

  (masalan,  mamlakat  hududini  harbiy  okruglarga 

bo'linishi);

siyosiy-hududiy

  (masalan,  barqarorlikni  saqlash  va  etnik  masalalami 

hal qilish uchun ajratiladigan mintaqalar);

ekologik-hududiy

 shakllarda namoyon bo'lishi  mumkin.

Federativ davlatlarda ma'muriy -  hududiy birliklar o'zining muayyan 

hokimiyat organlari tizimiga, Konstitutsiya va qonunchiligiga, shuningdek, 

hududiy ramzlariga ega bo'ladi.

M a'm uriy  -   hududiy  birlik  -   davlat  ma'muriy  -hududiy  tuzilishi 

tizimining  mustaqil  tarkibiy  qismi  bo'lib,  bir  necha  pog'onada  tashkil 

etilishi mumkin.

Tegishli  ma'muriy  hududni  alohida  ma'muriy-hududiy  birlik  sifatida 

e'tirof etish uchun  faqat davlat hokimiyati  mahalliy organlami tashkil etish 

bilan  chegaralanmasdan,  balki  mahalliy  hududning  iqtisodiy-madamy 

rivojianganligi darajasi, ahoiining hududiy uyushishi bilan ham bog'liqdir.

Davlatning hududiy-siyosiy tuzilishi bu davlatning hududiy-siyosiy 

tuzilmasi, ya'ni yaxlit davlat hududining qismlarga bo'linishining muayyan 

tartibi,  ularning  huquqiy  holati,  markaziy  organlarining  hududiy 

bo'linmalar bilan o'zaro munosabatidir.

Davlat tuzilishi shakliga qo'yidagi turli xil omillar ta’sir etadi:

1) davlat va jamiyat oldida turgan iqtisodiy vazifalar;

3) davlatdagi siyosiy kuchlarning o'zaro nisbati;

4)  davlat hududida  istiqomat qilayotgan  ahoiining  ko'p  millatligi  va 

o'zaro munosabati;

5) davlat hududining katta yoki kichikligi ta'sir etadi;

6) uzoq yillar davomida shakllangan tarixiy an'analar;

7) jamiyatdagi mavjud ijtimoiy ongga.

Demak,  davlatning  hududiy  siyosiy  tuzilishi  o'zida  mana  shu 

masalalarni  ifoda  etadi  va  ular  ta'siri  ostida  shakllanadi.  Shu  munosabat

251


bilan  xorijiy  mamlakatlar  konstitutsiyasida  davlatning  hududiy-siyosiy 

tuzilishi  qanday  mustahkamlanganligi  masalasi  muayyan  qiziqish 

uyg'otadi.

Ta'kidlash  kerakki,  deyarli  barcha  davlatlarning  Konstitutsiyalari 

davlatning hududiy tashkil etilishini  mustahkamlaydi, faqat bir xilda emas, 

ya’ni  ba'zi  davlatlar  Konstitutsiyalari  aniq  qilib,  davlatning  hududiy 

tuzilishini 

belgilab 

qo'ygan 

bo'lsa, 


boshqalari 

to'g'ridan-to'g'ri 

mustahkamlab  qo'ymaydi,  biroq  konstitutsiyaning  boshqa  moddalaridan 

ushbu  davlatning  hududiy  tuzilish  shakli  qanaqa  ekanligi  bemalol  ayon 

bo'lib turadi.

Hatto,  ba'zi  Konstitutsiyalarda  davlatning  bir  tuzilish  shakliga  ega 

ekanligi  ko'rsatilgan  holda,  aslida,  amalda  boshqa  shaklga  mansub 

bo'ladigan hollar ham uchrab turadi. Masalan, Shveysariya, konfederatsiya 

deb atalsada, aslida u federativ tuzilish shakliga ega,

Davlatning  hududiy  tuzilish  shakliga  oid  normalar,  odatda  quyidagi 

masalalami o'zida ifoda etadi:

-  davlatning  hududiy  tuzilishining konkret  shaklini,  masalan,  unitar, 

federativ,  konfederativ,  avtonomiya  va  boshqa  shakllardan  qaysi  biri 

mavjud bo'lsa, o'sha mustahkamlab qo'yiladi;

-  davlatning  tarkibiy qismlarini  huquq va majburiyadari  yig'indisini, 

ya'ni kompetensiyasi mustahkamlanadi;

-  davlat  hududi  aniqlanadi  -  davlatning  huquqiy  ta'siri  tarqaladagan 

makon belgilanadi;

-  davlatning  markaziy  organlari  bilan,  bevosita  uning  tarkibiga 

kirmaydigan,  biroq  unga  tobe  bo'lgan  hududlar  o'rtasidagi  munosabatni 

mustahkamlaydi.

Ba’zi  davlatlarning  Konstitutsiyasida,  agar  ular  federativ  tuzilish 

shakliga  mansub  bo'lsa,  shu  Federatsiya  tarkibiga  kiruvchi  barcha 

subyektlar  ro'yxati  ko'rsatilishi  ham  mumkin  (masalan,  Rossiya 

Fedaratsiyasi Konstitutsiyasi).

Shunday  holatlar  ham  bo'ladiki,  ba’zi  davlatlardagi  davlat  tuzilish 

shaklini  yuqorida  aytib  o'tilgan  omillar  ta'siri  bilan  tushuntirish  qiyin, 

ulardagi  tuzilish  shakli  o'sha  davlatning  bir  xususiyati,  o'ziga  xos  jihati 

sifatida namoyon bo'ladi.

Bundan  tashqari,  davlatning  tuzilish  shakli  bilan  uning  ko'p 

millatlilik  darajasi  o'rtasida  ham chuqur  aloqadorlik  yo'q,  masalan  unitar 

davlat  bo'lgan  Bolgariya  ko'p  millatli,  Federativ  davlat  bo'lgan 

Germaniya  asosan  bir millatli,  demak,  federativ  davlat  ham  ko'p  millatli, 

ham bir millatli bo'lishi mumkin,  xuddi  shuningdek, unitar davlat ham yo

252


ko'p millatli у о bir millatli bo'lishi ham mumkin.

Hozirgi kunda, davlatning quyidagi tuzilish shakllari mavjud:

- unitar;

- federatsiya;

- konfederatsiya;

- avtonomiya va boshqa shakllar.

Shunday  qilib,  davlatning  hududiy  tuzilish  shakli  har  bir  davlat 

hududining  qanday  tashkil  etilganligi,  uning  markaziy  organlari  bilan 

tarkibiy  qismlari  o'rtasidagi  o'zaro  munosabatning  asoslari  va  tartibini 

ko'rsatadi.



2-§. Unitar davlat

Davlat  tuzilish  shaklining  bir ko'rinishi  bo'lgan  unitar davlat haqida 

fikr  yuritishdan  oldin,  bu  atamaning  lug'aviy  ma'nosini  bilib  olish  lozim. 

"Unitar"  iborasi  lotincha 



"unitas"

  so'zidan  olingan  bo'lib,  "birlik"  degan 

ma'noni  anglatgan,  tarjimasi  esa  "yagona",  "yaxlit  degan  ma'nolami 

anglatadi.

Unitar davlat bu  yagona,  yaxlit davlat bo'lib, uning  tarkibiy qismlari 

mustaqillikka  ega  emas,  ya'ni  davlat  tuzilmalari  hisoblanmaydi.  Biroq 

unitar  davlat  tarkibida  avtonom  tuzilmalar  bo'lishi  mumkin.  Masalan, 

Ozarbayjon  tarkibida,  Tog'li  Qorabog'  avtonom  tuzilmasi  mavjud.  Unitar 

davlatning tarkibiy qismlari, odatda, ma'muriy hududiy bo'laklardan iborat 

bo'ladi:  viloyat,  provinsiya,  guberniyalar,  ular  keyin,  tegishlicha  yana 

may da  bo'linmalarga bo'linib  ketishadi,  masalan,  rayon,  tuman,  uyezd va 

boshqalar.

Hozirgi kunda, aksar ko'pchilik davlatlar unitar davlatlardir, ulaming 

soni  160ga yaqin.  Buning boisi  shundaki, unitar davlatni boshqarish ancha 

samarali  hisoblanadi.  Unitar  davlatlar  jumlasiga  Fransiya,  Buyuk 

Britaniya,  Italiya,  Shvetsiya,  Gretsiya,  Ispaniya,  Gollandiya va boshqa bir 

qator davlatlar kiradi.

Chudakov  M.F.ning  «Konstitutsionnoye  (gosudarstzennoye)  pravo 

zarubejnix stran» kitobida unitar davlatning qator belgilari ko'rsatilgan:

-  yagona  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatning  mavjudligi  -butun 

mamlakat uchun umumiy bo'lgan parlamentning borligi;

- yagona ijro hokimiyatining mavjudligi;

- butun mamlakat miqyosida yagona sud hokimiyatining mavjudligi;

- butun mamlakat hududida amal  qiladigan  yagona Konstitutsiyaning 

mavjudligi;

- yagona qonunchilik tizimi - mamlakat hududida istiqomat qiladigan

253


barcha  aholi  uchun  umummajburiy  bo'lgan  yagona  huquq  tizimining 

mavjudligi;

- mamlakat hududini siyosiy mustaqillikka ega bo'lmagan ma'muriy- 

hududiy bo'laklarga bo'linganligi;

- yagona fuqarolikning mavjudligi.

Har  bir  unitar  davlatning  ma'muriy  hududiy  bo' laklari  soni  turlicha 

bo'lishi  mumkin.  Ma'muriy-hududiy  bo'lmmalar  ikki,  uch  va  to'rt 

bo'g'inli bo'lishi  mumkin,  masalan,  ikki  bo'g'inli bo'lsa,  viloyat,  tuman, 

uch  bo'g'inli  bo'lsa,  taxminan  viloyat  -  tuman  -  jamoa,  to'rt  bo'g'inli 

bo'lsa, masalan, Fransiyada region -  okrug -  departament - jamoa shaklida 

bo'lishi  mumkin,.  Kichkina,  mitti  davlatlarning  ba'zilarida  umuman 

ma'muriy-hududiy  bo'linish  amalga  oshirilmagan,  masalan,  Okeaniyada 

joylashgan Nauru va Tuala, Monako, San-Marino.

Unitar  davlatlar  yana  tarkibidagi  ma'muriy  hududiy  birliklarining 

huquqiy maqomi va xususiyatlariga ko'ra:

Oddiy  unitar  davlat.  Bunday  davlatlarning  ma'muriy  hududiy 

tuzilishi  sodda  bo'lib,  ma'muriy  hududiy  birliklar  bevosita  markazga 

bo'ysunadi  va  huquqiy  maqomi,  nomlanishi  hamda  ijtimoiy  tarkibi 

jihatdan  aksariyat  hollarda  bir  xil  bo'lishi  kuzataladi.  Ulaming  tarkibida 

hududiy  avtonomiyalar  mavjud  bo'lmaydi  (Polsha,  Misr,  Qozog'iston  va 

boshqalar).

M urakkab  unitar  davlat.  Ko'pchilik unitar davlatlarda bir yoki bir 

necha ma'muriy-hududiy  birliklarga,  o'lkalarga  imtiyozli  huquqiy  maqom 

beriladi  (masalan,  Buyuk  Britaniya,  Fransiya,  Ozarbayjon  va  boshqalar). 

Bunday  unitar  davlat  ma'muriy  avtonomiyaga  ega  bo'ladi.  Qayd  etilgan 

davlat  tuzilishi  shakli  hududiy  o'lkalaming  maxsus  manfatlariga  e’tibor 

berish  zarur bo'lgan hollarda qo'l  keladi.  Bunday holat alohida millatning 

o'z  taqdirini  o'zi  belgilashi,  etnik  va  milliy  kamsitilishini  oldini  olish, 

ozehilikni  tashkil  etuvchi  millatlaming  madaniyatini  saqlab  qolish  va 

hokazolarda  kuzatiladi.  Mazkur  avtonomiyalarda  o'zini  o'zi  boshqarish 

huquqi  mamlakat  aholisining  boshqa  qismiga  qaraganda,  bir  muncha 

kengroq  bo'ladi.  Lekin  ulaming  mustaqilligi  markaziy  hokimiyat 

belgilagan doiradagina saqlab qolinadi. Amaliyotda ayrim hollarda bunday 

avtonomiyalar mustaqillik uchun kurash olib borishlari  kuzatilib, aksariyat 

hollarda  ayanchli  oqibatlar,  jumladan,  fuqarolik  urushlarini  keltirib 

chiqarishi mumkin.

Markaziy  hokimiyat  bilan  mahalliy  hokimiyat  idoralari  o'rtasidagi 

munosabatning 

xususiyatlaridan 

kelib 


chiqib, 

unitar 


davlatlar 

markazlashgan,  nisbiy  m arkazlashgan  va  markazlashm agan  turlarga

254


bo'linadi.

Markazlashgan  unitar  davlatlarda,  ma'muriy-hududiy  birliklarni 

boshqarish  davlat  hokimiyati  markaziy  organlari  tomonidan  bevosita 

amalga  oshiriladi.  Bunda  markazdan  tayinlanadigan  mansabdor  shaxslar 

tegishli  ma'muriy  hududni  boshqaradi.  Bunga  xorijdan  misol  tariqasida, 

Indoneziya, Tailand davlatlarini  keltirish mumkin.

Nisbiy  markazlashgan 

unitar  davlatlarda  ma'muriy  hududiy 

birliklarni  boshqarish  bir  vaqtni  o'zida  markazdan  tayinlanadigan 

mansabdor  shaxslar  hamda  mahalliy  vakillik  organlari  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 

Bunga 


Fransiya 

mahalliy 

boshqaruvidagi 

markazdan 

tayinlanadigan  prefektlar  va  munitsipal  Kengashlami  misol  qilib  keltirish 

mumkin.


Markazlashmagan  unitar  davlatlarda  esa  ma'muriy  hududiy  birliklar 

ancha mustaqil  bo'lib, markazga umuman bo'ysunmaydi hamda boshqaniv 

to'la-to'kis  mahalliy  vakillik  organlari  vakolat  doirasiga  kiritiladi  (Buyuk 

Britaniya  grafliklari,  AQSH  shtatlari,  Kanada  provinsiyalaridagi  mahalliy 

boshqaruvni  saylab qo'yiladigan organlar amalga oshiradi.)

Nomarkazlashgan  unitar  davlatlarda, joylarga  amaldorlami  tayinlash 

holati  yo'q  ahoiining yig'inlari, Kengashlari  mahalliy  boshqaruvni  amalga 

oshiradi  yoki  amaldorlar joylik  aholi  tomonidan  saylab  qo'yiladi:  Buyuk 

Britaniya, va boshqalar.

Chudakov  M.F.ning  ta’kidlashicha,  bunday  tizimni  tasnifga  kiritish 

ma'lum  nia’noda  shartli  xarakterga  ega,  chunki,  ikki  organning  birgalikda 

kelishi,  odatda,  unitar  davlatning  barcha  bo'g'inlarida  uchramasligi 

mumkin,  masalan,  jamoalarda  tayinJab  qo'yiladigan  lavozimning  o'zi 

yo'q,  ba'zilarida  esa  saylab  ko'yiladigap  organ  yo'q,  masalan,  Germaniya 

va Fransiyaning ba’zi ma'muriy-hududiy bo'laklarida va hokazo.

Unitar  davlat  tarkibidagi  ma'muriy-hududiy  bo'laklaming  tashkil 

etilish  prinsipi  ham  e’tiborga  sazovor.  Bu  prinsiplar  ham  bir  necha  xil 

bo'lishi  mumkin:

- ahoiining teng sonliligi prinsipi;

-  yirik  iqtisodiy,  sanoat  va  jo'g'rofiy  markazlar  atrofida  ma'muriy- 

hududiy birlik tashkil etish prinsipi.

Chudakov  M.F.ning  fikricha,  birliklar  davlat  hokimiyatini  amalga 

oshirishni,  mamlakatni  boshqarishni  yengillashtirishni  nazarda  tutadi. 

Bundan  tashqari  ayrim  davlatlarda  oddiy  ma'muriy-hududiy  bo'laklardan 

tashqari  maxsus  bo'linmalar  ham  mavjud,  xususan,  mamlakat  hududi 

standart  ma'muriy  bo'linmalarga,  maktab  okruglariga,  sud  va  harbiy 

okruglarga,  saylov  okruglariga  bo'linishi  ham  mumkinligi  ta'kidlanadi.

255

1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling