O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54

3-§. Federativ davlat

Xorijiy  mamlakatlaming  hududiy  davlat  tuzilishi  shakli  ichida 

federatsiya  muhim  rol  o 'у nay di.  Ma'lumki,  davlatlar  tuzilish  shakliga 

ko'ra,  oddiy  va  murakkab  tuzilish  shakllariga  bo' linadi.  Olimlar, 

mutaxassislar  davlat  tuzilish  shaklining  oddiy  shakliga,  odatda,  unitar 

davlatlarni  kiritishadi,  murakkab  davlat  tuzilishi  shakliga  esa,  federatsiya 

va konfederatsiyani kiritishadi.

Federativ davlat tuzilish shakli haqida gapirishdan  oldin, bu so'zning 

lug'aviy  ma'nosini  anglab  olish  zarur.  Federatsiya  atamasi  lotin  tilidagi 

“foederatio”  so'zidan  kelib  chiqqan  bo'lib,  “ittifoq”,  "birlashma” 

ma'nolarini anglatadi.

Federatsiya  bu  -  davlatlar  ittifoqi  bo'lib,  lining  tarkibiga  itti/oq 

huquqlari  bilan  rasmiy  cheklangan,  yuridik  mustaqillikka  ega  bo'lgan 

davlat  tuzilmalari  kiradi.  Federativ  davlat  unitar  davlatdan  farq  qiladi,  bu 

farq  Federatsiya  tarkibiga  kirgan  tarkibiy  qismlaming  ma'muriy  hududiy 

bo'lak emas, balki davlat tuzilmalaridan iborat ekanligidadir.

Federativ  davlatlar  tarkibiga  kirgan  davlat  tuzilmalari  turlicha 

nomlanadi Germaniyada yerliklar, AQSH, Hindistonda shtatiar, Kanada va 

Pokistonda  provinsiyalar,  Birlashgan  Arab  Amirliklarida  amirliklar, 

Shveysariyada  kantonlar  deb  ataladi.  Ilmiy  adabiyotlarda  va  amaliyotda 

ularni  umumlashtirib  federatsiya  a’zolari  yoki  subyektlari  deb  atash  keng 

tarqalgan.

Federatsiyalarni tashkil topilish asoslariga qarab ikki guruhga ajratish 

mumkin:


- shartnomaga asoslangan,

- shartnomaga asoslanmagan

Shartnoma  asosida  tashkil  topgan  Federatsiya  bu  qoidaga  ko'ra, 

bo'lajak  Federatsiyaning  a'zolari  bo'lmish  mustaqil  davlatlar  o'rtasida 

tuzilgan  shartnoma  asosida  tashkil  topgan  ittifoq  davlatidir.  Bunday 

Federatsiyalarga  misol  qilib,  Shveysariya,  AQSH,  Avstraliya  va 

Malayziyalarni keltirish mumkin.

“Shartnomaga  asoslanmagan  federatsiyalarda  esa,  davlat  hokimiyati 

ma'muriy  birliklami  huquqlarini  kengaytirishi  asosida,  ular  federatsiya

256


subyektlariga  aylanadi.  Bunday  o'zgarish  avval  unitar  shaklda  bo'lgan 

davlatning  ixtiyoriga  binoan  amalga  oshiriladi.  Bunday  federatsiyalarga 

misol qilib, Kanada, ffindiston, Pokiston, Nigeriyalami keltirish mumkin.” 

deb  yozadi  Chudakov  M.F.  Bunday  federatsiyaning  subyektlari 

shartnomali  federatsiyalardan  farq  qilgan  holda,  suverenitetga  ega 

bo' lmaydilar.

Aytish  kerakki,  federatsiyalarni  yuqorida  keltirilgan  tarzda  ikki 

guruhga  bo'linishi,  asosan  tarixiy  xarakterga  ega  bo'lib,  hozirgi  kunda, 

deyarli  barcha  federatsiyalarning  tashkil  etilish  asosida  ikkala  holat  ham 

ifodalanadi.

Chirkin  V.YE.ning  federatsiyalarning  o'ziga  xos  belgilarini  ikki 

guruhga ajratadi:

- faktik tarkib topgan belgilar;

- yuridik mustahkamlangan belgilar.

Federatsiyaning faktik, real mavjud belgilariga quyidagilar kiradi:

1.  Davlat-siyosiy  tuzilmalammg  birlashuvi  jo'g'rofiy  xarakterga, 

qo'shnichilik yoki umumiy iqtisodiy, harbiy, bojxona,  savdo manfaatlariga 

mos tarzda amalga oshiriladi.

2.  Federatsiyadan  chiqish  huquqining  mavjud  emasligi 

(setsessiyci). 

Aytish  joizki,  bunday  prinsip,  odatda,  huquqiy  jihatdan  mustahkamlab 

qo'yilmaydi,  biroq  nazarda  tutiladi.  Istisno  tariqasida,  ayrim  misollar 

mavjud,  masalan,  Malayziya  Federatsiyasidan  1965  yili  Singapur  ajralib 

chiqqan.

3.  Federatsiya  a’zolarining  huquqiy  maqomi  bir  xil  bo'lmasligi, 

bunday  Federatsiyalarni  ba'zan 

assimetrik

  federatsiya  ham  deyishadi, 

Aholisi,  hududi  katta  bo'lgan  federatsiya  subyektlarining  huquqi  ham 

odatda ancha keng bo'ladi.

4.  Federatsiyaning  hududi  uning  tarkibiga  kiruvchi  subyektlar 

hududiy  yig'indisidan  iborat  bo'ladi.  Mana  shu  belgilari  bilan  federatsiya 

unitar davlatdan farq qiladi.

Federatsiyaning yuridik belgilariga:

-  federatsiya  davlat  sifatida  umumiy  Konstitutsiyaga  ega  bo'ladi  va 

ushbu  Konstitutsiyaga  subyektlaming  Konstitutsiyalari  to'la  mos  kelishi 

lozim;

-  federatsiya qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va  sud hokimiyatlariga 



ega va ulaming vakolatlari butun mamlakat hududida amal qiladi;

-  federatsiya subyektlari  ham  o'z  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi  va 

sud organlari tizimlariga ega va ular markaziy organlar kompetensiyasidan 

farq qiladi;

257


-  federatsiya  bilan  federatsiya  subyektlari  o'rtasida  vakolatlar  aniq 

chegaralangan  bo'ladi,  ayrim  masalalami  faqat  federativ  organlar,  ayrim 

masalalami  esa faqat federatsiya subyektlari amalga oshiradi,  ayni  paytda, 

federatsiya  bilan  uning  subyekti  birgalikda  amalga  oshiradigan  masalalar 

doirasi ham o'zaro aniqlab olinadi;

-  federatsiyaning  Oliy  sudlari  butun  mamlakat  uchun  eng  oliy 

instansiya  sudi  hisoblanadi.  Federatsiya  konstitutsiyaviy  nazorat  sud 

organlari  ham  mavjud  bo'lib,  ular  Federatsiya  subyektlari  qonun 

hujjatlarining  federal  konstitutsiyaga  muvofiqligi  ustidan  konstitutsiyaviy 

nazorat funksiyasini amalga oshiradi;

-  federatsiya  miqyosida  yagona  federal  fuqarolik joriy  etiladi.  Ba'zi 

hollarda,  Federatsiya subyektlarining ham  fuqaroligi  rasman  e'tirof etiladi, 

lekin bu shartli xarakterga ega xolos;

-  federatsiyaning  yana  bir  muhim  belgisi  bo'lib,  unda  ikki  palatali 

parlamentning 

mavjudligi 

hisoblanadi. 

Ko'pgina 

federatsiyalarda 

parlamentning  yuqori  palatasini  shakllantirish  federatsiya  subyektlarining 

teng  sonli  vakillik  prinsipi  asosida  amalga  oshiriladi.  Bunday 

federatsiyalarga  AQSH,  Meksika,  Avstraliya,  Venesuela,  Braziliya  kabi 

davlatlarni  ko'rsatish  mumkin.

Federatsiya  sharoitida  eng  muhim  masala  federatsiya  bilan  uning 

subyektlari  o'rtasida  kompetensiyalarning  taqsimlanishi  hisoblanadi. 

Ulami uchga ajratish mumkin:

- federatsiyaning mutlaq vakolatlari;

-  federatsiya  va  uning  subyektlari  birgalikda  hal  etadigan  masalalar 

bo'yicha vakolatlar;

- federatsiya subyektining mutlaq vakolatlari.

Birinchi  masala,  ya’ni  federatsiyaning  mutlaq  vakolatlarini  tashkil 

etuvchi  masalalarga  mudofaa,  tashqi  ishlar,  pul  muomalasi,  soliqlar, 

federal  organiami  tashkil  etish,  federatsiya  bilan  uning  subyektlari  va 

subyektlar o'rtasidagi  nizolami hal  etish kabi masalalar kiradi.

Birgalikdagi  kompetensiyaga  kiruvchi  masalalami  federatsiya  ham, 

subyektlar  ham  hal  qilishi  mumkin  (ko'pchilik  hollarda  ustuvorlik 

federatsiya tomonida bo'ladi).

Federatsiya  subyektining  mutlaq  vakolatlariga  kiruvchi  masalalar 

qatoriga mahalliy  organlarni tashkil  etish, jamoat  tartibini  saqlash,  yo'llar 

qurish, atrof - muhitni muhofaza qilish, mahalliy miqyosda normativ aktlar 

qabul  qilish, madaniyat, ta'lim, tibbiyot masalalarini kiritish mumkin.

Shunday  qilib,  federatsiya  davlat  tuzilish  shakli  hozirgi  kunda,  bir 

qancha davlatlarda amal qilib, o'zining samarali ekanligini ko'rsatmoqda.

258


4-§. Konfcdcratsiya

Xorijiy  mamlakatlaming  davlat  tuzilish  shakllari  ichida  xalqaro 

shartnomalar  asosida  tashkil  topgan  tuzilmalar  ham  mavjud.  Bunday 

davlat-hududiy tuzilmalami konfederatsiya deb atashadi.

Konfcdcratsiya  bu  -  ma'lum  bir  maqsadlarda  birlashgan  mustaqil 

davlatlar  ittifoqidir.  Konfederatsiya  federatsiyadan  farq  qilgan  holda,  u 

ittifoq  davlati  emas,  balki  davlatlar  ittifoqi  hisoblanadi.  Konfederatsiya 

iqtisodiy,  siyosiy,  harbiy,  bojxona  va  boshqa  maqsadlarda - tuzilishi 

mumkin.

Konfederatsiya o'z oldiga qo'ygan  maqsadga erishish uchun  va a'zo 

davlatlaming  harakatlarini  muvofiqlashtirish  uchun  oliy  organlar  tuzishi 

mumkin, biroq bu organlar a'zo davlatlaming hukumatlari bilan muloqotda 

bo'lishi, bevosita aholiga murojaat qilish huquqiga ega emas.

Konfederatsiya a’zolari  nullifikatsiya huquqiga egadirlar, ya'ni  ittifoq 

aktini 

a'zo 

davlat 

qabul 

qilmasligi, 

tasdiqlamasligi 

mumkin. 

Konfederatsiyaning  umumiy  organlari  qabul  qilgan  aktlar  uning  barcha 

a'zo  davlatlari  tegishli  organlari  tomonidan  ratifikatsiya  qilinganidan 

keyingina, butun konfederatsiya hududida amal qiladi.

Talddlash  kerakki,  konfederatsiya  federatsiyaga  nisbatan  uncha 

mustahkam emas, chunki, u odatda, biron-bir masalalani hal etish ehtiyoji 

orqali  tashkil  etiladi.  Tarixda  ham  konfederatsiyalar  uncha  ko'p 

bo'lmagan,  bo'lgan lari  ham  keyinchalik  yo  federatsiyaga  aylanishgan, 

yoki alohida-alohida unitar davlatlarga bo' linib ketishgan.

M.F.  Chudakov  va  V.YE.Chirkinning  yozishicha,  konfederatsiyaga 

1579-1795  yillar  davomida  amal  qilgan  Niderlandlar  konfederatsiyasin i, 

1776-1787  yillardagi  AQSH  konfederatsiyasini  hamda  1291-179B 

yillardagi  Shveysariya  konfederatsiyasini  misol  tariqasida  keltirilgan. 

Hozirgi kunda, Shveysariya rasman konfederatsiya deb nomlansada, biroq 

aslida  federatsiya hisoblanadi.  1815-1866 yillardagi  German  ittifoqi  ham 

konfederativ tuzilmaga yaqin bo'lgan.

Hozirgi  zamon  yangi  tarixida konfederatsiyaga  misol qilib,  1982  yil 

fevralida  tuzilib,  1989  yilda  tarqalib  ketgan  Senegal  bilan  Gambiya 

konfederatsiyasini Senegambiyani misol qilib keltirish mumkin.

Arab davlatlaridan Misr bilan Suriya  1952  yili  birlashib,  Birlashgan 

Arab  Respublikasi  konfederatsiyasini  tashkil  etishga  urinib  ko'rishgan, 

biroq  ma'lum  vaqtdan  keyin  bu  davlatlar  ittifoqi  tarqab  ketgan.  Hozirgi 

kunda,  Bosniya va  Gersegovina Respublikasini mohiyatan  konfederatsiya 

deyish mumkin.

259


\

5-§. Avtonomiya

Davlatlarning  hududiy  tuzilishi  haqida  gap  ketganda,  albatta, 

avtonomiya  shakliga  to'xtalish  lozim.  Avtonomiya  tushunchasi,  odatda, 

hududiy  avtonomiya  tarzida  tushuniiadi.  Bu  so'z  aslida  yunoncha  so'z 

bo'lib, “o'zini o'zi boshqarish” ma'nosini anglatadi.

Avtonomiya  bu  -  davlatning  muayyan  qismining  ichki  o'zini  o'zi 

boshqarishi  bo'lib,  bu  qism  davlatning  boshqa  qismlaridan  ba'zi  maxsus 

jihatlari,  masalan  tarixiy,  madaniy,  diniy,  maishiy,  til,  jo'g'rofiy,  milliy 

jihadari  bilan  farqlanadi.  Demak  avtonomiya,  bu  o'sha  hududda  zich 

yashaydigan  aholining  tarixiy,  madaniy,  diniy,  til,  jo'g'rofiy,  milliy  va 

boshqa  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda,  tashkil  etiladigan  alohida 

siyosiy-hududiy birlikdir,

Avtonomiyaning  turlari  juda  ko'p  va  shunga  muvofiq  ularning 

tasniflari ham ko'p:

- siyosiy avtonomiya;

- ma'muriy-hududiy yoki etnohududiy avtonomiya;

- madaniy-milliy avtonomiya:

a) personal avtonomiya;

v) korporativ avtonomiya;

s) milliy-hududiy avtonomiya;

Siyosiy  avtonomiyada,  avtonomiya  subyekti  deyarli  barcha 

davlatning  tashqi  belgilariga,  ya'ni  o'z  parlamentiga,  hukumatiga, 

fuqaroligiga,  mahalliy qonunchiligiga,  davlat ramzlariga ega bo'ladi. Ba'zi 

hollarda  esa  o'z  Konstitutsiyasiga  yoki  uning  o'mini  bosadigan  maxsus 

aktga ega bo'ladi.  Siyosiy avtonomayaga misol qilib, Shimoliy Irlandiyani 

keltirish mumkin.

Shimoliy  Irlandiyadan  tashqari  yana  Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy 

Irlandiya  Birlashgan  qirolligi  tarkibiga  kirmaydigan  Normand  orollari  va 

Men  orolini  ham  siyosiy  avtonomiya  subyektlari  deyish  mumkin.  Bundan 

tashqari,  Daniyaga  qarashli  yana  Grenlandiya  va  Farer  orollarini  ham 

siyosiy avtonomiyalar turkumit kiritsa bo'ladi.

M a’m uriy-hududiy  avtonomiya  hududiy  birlikning  o'ziga  xos 

jo'g'rofiy  joylashganligi  munosabati  bilan  tashkil  etiladi,  masalan,  orol 

yoki borish qiyin bo'lgan joylarda, tog'li rayoniarda joylashgan bo'lsa, bu 

shakl  amal  qiladi.  Ma’muriy-hududiy  avtonomiyaning  huquqiy  maqomi 

siyosiy  avtonomiyadagidek,  keng  emas.  Bunday  avtonomiyalarda  ham 

o'zlarining  qonun  chiqaruvchi  organi,  o'z  hukumati,  boshqaruv  tizimi 

bo'lishi  mumkin.  Bunday  avtonomiyaga  odatda,  Italiyaning  Sitsiliya,



260

Sardiniya  orollarini,  Portugaliyaning  avtonomiyasi  hisoblangan  Azor  va 

Madeyra orollarini  kiritish  mumkin.



Madaniy-milliy  avtonomiya  bunda  muayyan  bir  etnik  guruhga 

o'zlurining  milliy  rivojlanishini  ta'minlash,  ya'ni  milliy  madaniyatini 

rivojlunlirisli, 

o 'г

 

ona 



tilidu 

maktablar, 

teatrlar 

ochish, 


rudiotelcko  rstttuvlarlar  olib  borish  imkoni  beriladi.  Masalan,  Iroq 

Kurdisitonini  misol qilib ко'mulish mumkin,

Chudakov  M.F.  vu Chirkin  V.YE.ning  fikricha,  etnik omilga bog'liq 

holda,  amal  qiladigan  avtonomiyaning  yana  quyidagi  turlarini  ko'rsatish 

mumkin:

personal avtonomiya

 - milliy ozchilikni  tashkil etgan etnik guruhning 

fikrini  hisobga  olish  ta'minlanadi.  Bunda  markaziy  organlar  yoki  maxsus 

tashkil  etilgan  organlar  faoliyatida  mazkur  etnik  guruxning  vakilligi 

ta’minlangan  bo'ladi.  Bunga  misol  qilib,  Shvetsiya,  Norvegiya  va 

Finlyandiyada  yashaydigan  saami  etnik guruhini  misol  tariqasida keltirish 

mumkin,  chunki,  bu  uch  davlatda  ham  saam  parlamentlari  tashkil  etilgan 

bo'lib, ular madaniy-siyosiy organlar liisoblanadi;



korporativ  avtonomiya

  -  davlatning  markaziy  organlarida  muayyan 

bir  millatni  tashkil  etuvchi  mutaxassislar  uchun  ma'lum  sonli  o'rinlar 

zahira  tarzida  belgilab  qo'yiladi,  ya’ni  mahalliy  aholi  uchun  ma'lum  bir 

darajada kvota ajratiladi. Davlat apparati xodimlari mahalliy tilni bilishlari 

kerak;


milliy-hududiy avtonomiya

 milliy ozchilikni tashkil etgan etnik guruh 

zich joylashgan bo'lsa - bunday avtonomiya shakli tashkil etilishi mumkin. 

Bu  holda,  o'sha  tashkil  etilgan  birlikning  nomida  etnik  guruhning  nomi 

ko'rsatilgan  bo'ladi.  Bunday  avtonomiyaga  misol  qilib,  Ispaniyadagi 

Basklar diyori va Kataloniyani keltirish mumkin.

Avtonom  tuzilmalar,  qoidaga  ko'ra,  alohida  qonun  va  statut  bilan 

mustahkamlangan  bo'ladi  va  avtonomiyaning  qonun  chiqaruvchi  organi 

tomonidan  qabul  qilinadi  hamda  umumdavlat  parlamenti  tomonidan 

tasdiqlanadi.  Bu  qonunlar  umumdavlat  qonunchiligiga  mos  holda  qabul 

qilinadi.  Maboda  avtonom  birlik  umumdavlat  qonuniga  zid  ish  tutsa, 

markaziy hukumat unga o'z irodasini o'tkazadi.

Aytish  kerakki,  ayrim  avtonom  tuzilmalar  juda  keng  huquqlardan 

foydalanishadi (masalan, Italiya va Ispaniyadagi avtonomiyalar).

Avtonom  birliklardan  tashqari  yana  tobe  hududlar  maqomidagi 

joylar ham mavjud. Tobe hududlar avtonomiya hisoblana olmaydi, chunki, 

ulaming  huquqlari  ancha  kam.  Odatda,  tobe  hududlar  sobiq  koloniyalar 

hisoblanadi. Tobe hududlar garchi turli maqomga ega bo'lsalarda,  ulardagi

261


umumiy  jihatlar  quyidagilardir:  suverenitetga  ega  emaslik,  vakillik 

organining yo'qligi va boshqalar.

Undan  tashqari  jahon  amaliyotida  davlatlam ing  hamkorlik 

shakllari  ham  mavjuddir.  Ularga  qo'yidagilar  kiradi:  hamdo'stlik, 

hamjamiyat,  ittifoqlar,  uniyalar,  protektorat.  Misol  tariqasida,  hozirgi 

kunda  davlatlar  o'rtasida  harbiy,  iqtisodiy  va  boshqa  masalalar  bo'yicha 

tuzilgan  ko'plab  birlashmalar,  hamdo'stlik  shaklidagi  ittifoqlar  mavjud. 

Ularga,  masalan,  Shimoliy  Atlantika  harbiy  ittifoqi  NATO,  Yevropaning 

eng  ilg'or  davlatlarini  birlashtirgan  Yevropa  Ittifoqi,  Mustaqil  davlatlar 

Hamdo'stligini 

kiritish 

mumkin. 


Ba’zi 

adabiyotlarda 

ularni 

konfederatsiyaga kiritishsa, ba'zilarida kiritishmaydi.



262

25-bob. Xorijiy mamlakatlarda saylov huquqi

1-§. Saylovning tushunchasi va ijtimoiy vazifasi

2-§. Saylov turlarl:  to'g'ri va egri; umumiy va qisman;

millly va mahalliy:  havbatdagi va navbatdan tashqari

3-§; Saylovlarnlng davriyligi. Saylash huquqi: aktiv va

passlv

l-§. Saylovning tushunchasi va ytlmoiy vazifasi

Saylov  huquqi  eng  muhim  siyosiy  huquqlardan  bin  bo'lib,  u 

fuqarolarga  nafaqat  vakillik  organlarini  tashkil  etish,  balki  bunday 

organlarga  o'z  vakillarini  yuborish  imkoniyatini  ham  beradi.  Fuqarolar 

tomonidan  o'z  saylov  huquqlarining  hech  qanday  to'siqsiz  amalga 

oshirilishi  ularning  davlat  boshqaruvidagi  ishtirokining  eng  muhim 

shakllaridan bin hisoblanadi.

Erkin 


saylov 

huquqining 

amalga  oshirilishi,  erkin  hamda 

chinakamiga  ifoda  etiladigan  xalq  irodasi  hokimiyat  va  har  qanday 

hukumat  qonuniyligining  asosi  ekanligi  va har bir shaxsning o'z  davlatini 

boshqarishda bevosita yoki o'z vakillari orqaii qatnashish huquqi ko'pgina 

xalqaro  hujjatlarda51,'  jumladan,  YEXHTning  Kopengagenda  qabul 

qilingan • hujjatida  ham  ta'kidlangan.  Ushbu  hujjat  talablariga  ko'ra, 

«Ishtirok  etuvchi  davlatlar  tegishincha  o'z  fuqarolarining  bevosita  yoki 

haqiqiy  saylov  jarayonida  o'zlari  erkin  saylaydigan  vakillari  orqaii 

mamlakatni  boshqarishda,  qatnashish  huquqlarini  hurmat  qiladilar»52.  Bu 

huquqning  amalga oshirilishi uchun yaratilgan  imkoniyatga qarab,  u  yoki 

bu davlatning qay darajadagi  demokratiya asosida yashayotganligiga baho 

berish mumkin.

Saylov  huquqi  termini  ikki ma’noda qo'llaniladi.  Birinchi  ma’nodagi 

saylov  huquqi  saylovni  tashkil  qilish  va  o'tkazishni  tart’bga  soluvchi 

huquqiy  me’yorlar  yig'indisi  bo'lsa,  ikkinchi  ma'nodagi  saylov  huquqi 

fuqarolarning  saylov  huquqlari,  ya’ni  ovoz  berish,  saylanish,  saylov 

davridagi 

boshqa  tadbirlarda,  nomzodlar  ko'rsatish,  nomzodlarni 

muhokama qilish,  saylov komissiyalari tarkibida ishtirok etish huquqlarini 

o'z  ichiga  oladi.  Har  ikki  ma'nodagi  saylov  huquqi  tegishli  davlatning 

Konstitutsiyasi va saylov to'g'risidagi qonunlari bilan belgilanadi.

Demokratik 

davlatlarda  saylov 

huquqiga,  jinsidan, 

irqidan,

51  Qarang:  194$  yilgi  Butunjahon  inson  huquqlari  deklaratsiyasining  21-  moddasi,  1966  yilgi  Fuqarotik  va  siyosiy 

buquqlar lo'ljrisidagt xalqaro pakming 25- moddasi.

Qaitmg:  YEXHKning  insoniylik  mezonlari  bo'yicha  Kopengagcn  kengashi  xujjalining  1  qism  6-moddasi. 

«YEXHTning insoniylik mezonlari bo'yicha huijatlari». A.Saidov muxarrirligi ostida, Т., 2002 yil, 52 bet.

263


millatidan,  ijtimoiy  mavqeidan  qat'i  nazar,  18  yoshga  to'lgan  barcha 

fuqarolar  ega.  Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganlar, 

shuningdek,  sud  hukmi  bo'yicha  ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida 

saqlanayotganlar saylov huquqidan foydalanmaydilar.

Demokratik  davlatlarda  saylovlar  umumiy,  ya’ni  ularda 

m am lakat 

(viloyat,  tuman,  shahar)  barcha  aholisi  ishtirok  etadi,  saylovchilaming 

imkon  qadar  ko'p  miqdori  qatnashadi.  Saylovlar  teng  saylov  huquqi 

asosida  o'tkaziladi  -   har  bir  saylovchi  bir  ovozga  ega  va  hamma 

saylovchilar  teng  asoslarda  qatnashadilar.  Bunda  saylov  okruglari  aholi 

soniga  ko'ra  teng  bo'lishi  lozim.  Saylovlar  to'g'ridan-to'g'ri  amalga 

oshiriladi, ya'ni saylovchilar ko'ppartiyaviylik asosida yashirin ovoz berish 

yo'li  bilan  bevosita  nomzod  uchun  ovoz  beradi.  Yashirin  ovoz  berish 

saylovchilaming  o'z  irodasini  ifodalashi  ustidan  hech  bir  nazorat 

yo'qligini  nazarda tutadi.

Saylovlar  siyosiy  hayotning  barometri  bo'lib  hisoblanadi.  Ushbu 

jarayon  natijasida,  partiyalar  va  boshqa jamoat  siyosiy  birlashmalari  o'z 

manfaatlari,  qarashlarini  ifoda  etadi.  Saylovlaming  natijalari  ushbu 

birlashmalaming  jamiyat  hayotidagi  rolini,  shuningdek,  saylovchilaming 

siyosiy hayotga bo'lgan qiziqish darajasini belgilaydi.

2-§. Saylov turlari:  to'g'ri va egri; umumiy va qisman;

milliy va mahalliy: navbatdagi va navbatdan tashqari

Xorijiy  mamlakatlarda  saylov  huquqi  turlari  yuridik  adabiyotlarda 

saylovlaming  turli  xil  asoslarga  ko'ra,  bir  qancha  ko'rinishlari  sanab 

o'tilgan. Biz hozir ushbu saylov turlariga to'xtalib o'tamiz.

Saylovlar  to'g'ri  va  egri  saylovlarga  bo'linadi.  To'g'ri  (bevosita) 

saylov  yo'li  bilan  fuqarolar  saylov  masalasini  o'zlari  hal  etishadi,  ya’ni 

fuqarolarning  saylunadigan  organ  yoki  saylanadigan  mansabga  bevosita 

saylashlari  yoki  saylanishlarini  angalatadi.  Ushbu  usul  bilan  ko'pincha 

parlamentlarning  quyi  yoki  yagona  palatasi,  prezident  respublikalarida  va 

aralash respublikalarda prezident saylanadi.

Egri  saylovda  esa  saylov  masalasi  fuqarolar  tomonidan  emas,  balki 

ular  tomonidan  vakolat  berilgan  shaxslar,  masalan  deputatlar  tomonidan 

amalga oshiriladi.  Egri saylovlar ikki,  uch va ko'plab bosqichlardan iborat 

bo'lishi  mumkin.  Masalan,  Fransiyaning  Senati  (parlamentning  yuqori 

palatasi) yoki AQShd„a.p.rezidentning saylanishi.

Saylovlar shuningdek, umumiy va qisman bo'lishi mumkin. Umumiy 

saylovlarda  ushbu  davlatdagi  barcha  fuqarqlar  qatnashadi  (masalan, 

prezidentni, parlamentning quyi yoki  yagona palatasiga saylovlar).

264


Qisman  saylovlar  esa  biron  -   bir  deputat  chaqirib  olinganda,  vafot 

etganda  va  hnkazo  hollarda  parlament  tarkibini  to'ldirish  maqsadida 

o'tkuziludi.  Ba'/.un  ushbu  saylov  turini  qo'shimcha  saylovlar  deb  ham 

atashadi.

Hundnn  tashqari  saylovlaming  umummilliy,  regional,  mahalliy 

saylovlar  kabi  ko'rinishlari  mavjud.  Umummilliy  saylovlar  butun  davlat 

hududida  o'tka/ilib,  unda  barcha  saylovchilar  ishtirok  etishadi.  Bunday 

saylovlar  har  qaysi  demokratik  davlatda  o'tkaziladi.  Bti  saylovlarda 

qatnashish  ba'zi  mamlakatlar  (Argentina,  Turkiya,  Gretsiya,  Belgiya) 

uchun  fuqarolaming  burchi  hisoblansa,  ba'zi  mamlakatlarda  esa  ixtiyoriy 

(Qirg'iziston, Rossiya).

Regional  saylovlar esa  ma'lum  bir hududiy  birliklar doirasida  amalga 

oshiriladi.  Bunda  ma'lum  hudud  doirasidagi  masalalar  hal  qilinadi. 

Masalan,  Rossiya davlatida shahar meri  yoki  viloyat gubematorini  saylash 

bunga misol bo' la oladi.

Mahalliy  saylovlar  (ba'zan  ularni  ma'muriy  saylovlar  ham  deb 

atashadi)  mahalliy  o'z-o'zini  boshqaruv  organlarini  shakllantirish 

maqsadida,  o'tkaziladi.  Ba'zi  mamlakatlarda  mahalliy  saylovlaming 

maxsus  nomlari  mavjud.  Masalan,  Fransiyada  mahalliy  saylovlarini 

kantonal  saylovlar  deb  atashadi,  ya'ni  bunda  saylov  okruglari  bo'lib 

o'zining  boshqaruv  organi  bo'lmagan  tarixiy  birliklar -   kantonlar  xizmat 

qiladi.


Agarda,  saylov  natijalari  bir  marotabada  aniqlangan  bo'lsa,  unda 

ushbu  saylov  bir  turda  o'tkazilgan  hisoblanadi,  agarda  saylov  natijalarini 

aniqlashda, birinchi  marotaba o'tkazilgan  saylov yetarli  bo'lmasa va qayta 

saylovlar  o'tkazishga  ehtiyoj  tug'ilsa,  ikkinchi  tur  yoki  bir  qancha  turlar 

orqali  saylov  nadjasi  belgilanadi.  Ikkinchi  va  boshqa  bir  qancha  turlar 

orqali  saylovlar o'tkazish qayta saylovlar deb nomlanadi.

Agarda,  saylovlar  bo'lib  o'tmagan  bo'lsa  yoki  uni  o'tkazish 

jarayonida  qo'pol  ravishda  qonunlar  buzilishi  natijasida,  ushbu  saylov 

haqiqiy emas deb topilsa, yangi saylovlar o'tkaziladi.

Shuningdek,  saylovlar navbatdagi  va  navbatdan  tashqari  saylovlarga 

bo'linadi. Asosan, ushbu hoi parlamentga bo'ladigan saylovlarda uchraydi.

Navbatdagi  saylovlar  Konstitutsiyada  yoki  qonunlarda  to'g'ridan  -  

to 'g 'ri  ko'rsatilgan  muddatlarda,  yoxud  parlamentning  vakolat  muddati 

tugashi bilan tayinlanadi.

Navbatdan  tashqari  saylovlar esa  parlament  yoki  palata  muddatidan 

oldin tarqatib yubcxrilganda o'tkaziladi.

265

1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling