O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54

3-§. Saylovlaming davriyligi.

Saylash huquqi: aktiv va passiv

Saylovlarda  davriylik  (Periodichnost  viborov).  Saylovlaming 

davriyligi  asosan  vakillik  organlarining  vakolat  muddatlari  bilan 

belgilanadi.  Saylovlardagi  davriylik  saylovchilarga  vakillik  organining 

tarkibini yangilash yoki saqlab qolish imkonini beradi.

Saylovlar  jamiyat 

siyosiy  :tizimining 

vakillik 

idoralarining 

shakllanishi  bilan  bog'liq  bo'lgan  muhim  qismidir.  «Saylov»  atamasi 

qandaydir  organning  (davlat,  jamoat,  xalqaro)  ovoz  berish  yo'li  bilan 

shakllantirilishini anglatadi.  Shu boisdan saylash uchun bir necha muqobil 

obyekt  mavjud  bo'ladi  yoki,  hech  bo'lmaganda,  muqobil  obyektsiz 

saylovda saylashdan voz kechish imkoniyati kafolatlanishi lozim.

Saylovlami  demokratik  o'tkazishning  o'ziga  xos  bo'lgan  quyidagi 

uch sharti mavjud:

Birinchidan, muqobillik;

Ikkinchidan, saylov kompaniyasini o'tkazishda erkinlik;

Uchinchidan, saylovchilar xohish va irodalarining erkin ifoldalanishi.

Saylov  zamonaviy  demokratiyaning  eng  muhim  institutlaridan 

biridir,  xalq irodasining ifodalanishi, siyosiy jarayonda ishtirok etishininng 

asosiy  shakllaridan  biri,  shu  bilan  birga,  vakillik  organlari  (parlament, 

mahalliy  o'zini  o'zi  boshqarish organlari)  tashkil topishi  va bir necha oliy 

mansablami (masalan, prezident) band etish usulidir.

Fuqarolarning  saylov  huquqlarini  o'z • navbatida  aktiv  va  passiv 

saylov huquqlariga bo'lish mumkin.

Aktiv  saylov  huquqi  ya’ni  saylash  huquqi  bevosita  demokratiyaning 

bir  ko'rinishi  bo'lib,  u  har  bir  fuqaroning  davlatni  boshqarishda"  o'z 

vakillarini  saylash  bilan  ishtirok  etishini  ko'zda  tutadi.  Bu  huquqqa 

qonunda  belgilangan  ma'lum  yoshga  yetgan,  muomalaga  layoqatli 

mamlakat fuqarolari ega bo'ladilar.

Yosh  chegarasi  turh  mamlakatlarda  turlicha'belgilanishi  mumkin. 

Braziliya  va  Eronda  fuqarolar  16  yoshdan,  Ind&neziyada  17  yoshdan 

saylash  huquqiga  ega  bo'lsa,  ayrim  mamlakatlarda  saylash  huquqini 

olishga bo'lgan chegara yosh ancha yuqori qo'yilgan. Masalan, Malayziya, 

Marokash,  Boliviyada  fuqarolar  21  yoshga  to'lganidan  keyingina  saylash 

huquqiga  ega bo'lishadi.  Rossiyada,  2002  yil  20  dekabrda  qabul  qilingan 

qonunga  ko'ra,  saylov  kunigacha  18  yoshga  to'lgan  Rossiya  fuqarosi 

saylash huquqiga ega.  Fransiyada ham  saylov huquqiga ega bo'lish uchun 

belgilangan  yosh  1974  yil  5  iyuldagi  qonun  bilan  18  yosh  qilib 

belgilangan.  Qirg'izistonda  ham  saylov  huquqiga  ega  bo'lish  uchun

266


fuqarolamig  18 yoshga to'lgan bo'lishi kerakligi  1999 yil 29 aprelda qabul 

qilingan  «Qirg'iziston  Respublikasining  saylovlar  to'g'risida»gi  Kodeksi 

bilan belgilab qo'yilgan.

Fuqarolik senzi barcha davlatlarda odatiy  shartga aylangan  bo'lsada, 

ba'zi  hollarda  bunday  senzning  yo'qolib  ketishini  ham  kuzatish  mumkin. 

Masalan,  o'ziga  xos  tuzilma  bo'lgan  Yevropa  Ittifoqining  Parlamentiga 

saylovlar  paytida,  Fransiyada  bo'lgan  Germaniya  fuqarosi  Fransiyaning 

Yevropa Ittifoqi  Parlamentiga nomzodi  vakili uchun ovoz berish huquqiga 

ega.  Bu  qoida  Yevropa  Ittifoqiga  asos  solgan  1992  yilgi  Maastrixt 

Shartnomasida ко' zda tutilgan.

Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganlar,  ozodlikdan 

mahrum  qilish  joylarida  saqlanayotganlar  saylash  huquqidan  foydalana 

olmaydilar ya'ni, ozodlikdan  mahrum qilish joylarida saqlanayotganlaming 

saylash huquqi vaqtincha to' xtatiladi.

Passiv  saylov  huquqiga,  ya’ni  saylanish  huquqiga  ham  ma'lum 

yoshga yetgan, muomalaga layoqatli fuqarolar ega bo'ladilar.

Turli davlatlarda turli davlat organlariga saylanish  uchun belgilangan 

yosh chegarasi turlicha bo'lishi mumkin.

Aktiv  saylov,  ya’ni  saylash  huquqidagi  yosh  senzi  turli  davlatlarda 

aholining barcha qatlami  uchun bir xil  belgilansa,  passiv  saylov  huquqida 

yosh  senzi  nomzodning  qaysi  organga  saylanayotganligiga  qarab  turlicha 

belgilanishi  mumkin.  Masalan,  Fransiyada  Milliy  Majlis  deputatligiga  va 

Yevropa  Parlamentiga  nomzodi  qo'yilgan  shaxs  23  yoshga  to'lgan 

bo'lishi,  Senatga  saylanish  uchun  esa  35  yoshga  to'lgan  bo'lishi  shart53. 

Undan  tashqari  barcha  nomzodlaming  harbiy  xizmatni  to'liq  o'tagan 

bo'lishi ham talab qilinadi.

Rossiyada,  2002  yil  20  dekabrda  qabul  qilingan  Qonunning  4- 

moddasiga  ko'ra,  Davlat  Dumasiga  deputat  bo'lib  saylanish  uchun 

nomzod saylov kunigacha 21  yoshga to'lgan bo'lishi kerak.

Saylanish  huquqi  ham  ba’zi  mamlakatlarda  ancha  yuqori  bo'lishi 

mumkin.  Masalan,  Italiyada senator bo'lish uchun  nomzodning 40 yoshga 

to'lgan bo'lishi talab qilinadi.

Saylanish  huquqiga  ega  bo'lish  uchun  yana  boshqa  shartlar  ham 

qo'yilishi  mumkin.  Masalan,  Yevropa  Parlamentiga  nomzodi  qo'yilgan 

fransuz fuqarosidan  1500 yevro garov summasi talab qilinadi.

Saylov  o'tkazish jarayonida  xorijiy,  hamda  milliy  kuzatuvchilaming 

hozir  bo'lishi  saylov  o'tkaziladigan  davlat  uchun  saylov  jarayonining 

obro'sini  oshirishi  mumkin  ekanligi  xalqaro  hujjatlarda  e’tirof  etilgan

53 Qarang: Droit constitutionnel et libertes, Edition SIREY,  1998, pp 50-52

267


Bunday  kuzatuvchilar  saylov  jarayoniga  aralashmagan  holda,  ma'lum 

davlatda  fuqarolar  saylov  huquqlarining  amalga  oshirishlari  uchun  qay 

darajada  sharoit  yaratilganligiga va  buning  natijasi  o'laroq,  mamlakatdagi 

demokratik jarayonning qanday kechayotganligiga baho beradilar.

Erkin  saylov  huquqining  amalga  oshirilishi  fuqarolar  ijtimoiy 

faolligining  oshib  borishiga  xizmat  qiladi.  Bunday  jamiyatda  fuqarolar 

turli  sohalarda  davlat  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  siyosiy 

islohotlarga  befarq  bo'lmaydilar.  Turli  qatlamdagi  aholi  manfaatlarini 

hisobga olmasdan  yuritiladigan  davlat siyosati  salbiy oqibatga olib  kelishi 

mumkin.  Buning  natijasida,  fuqarolarning  faolligi  pasayib,  ulaming 

saylovlarda qatnashishi kamayib ketishi mumkin.

Qisqa  vakolat  muddati  saylovchilaming  erkini  va  ruhiyatini 

aniqlashda  keng  qo'l  kelsa,  ushbu  hoi  saylangan  shaxslarga  o'zlarini 

butunlay  ko'rsatishga  imkon  bermaydi.  Masalan,  AQShda  Kongress 

(parlament)  ning  vakillar  palatasi  ikki  yil  muddatga  saylanadi.  Bu 

jahondagi  eng  qisqa  muddatlardan  biri  bo'lib  hisoblanadi.  Ushbu  hoi 

Amerika yuridik adabiyotlarida bir yil  o'tar-o'tmas,  yana Kongressmenlar 

saylovlarga  hozirlik  ko'rishi  emas,  o'zini  ko'rsatishi  uchun  biroz  vaqt 

kerakligi  lozimligi ta'kidlanadi.

268


26-bob. Xorijiy mamlakatlarda saylov huquqining konstitutsiyaviy 

huquqiy tamoyillari

1-§.Saylov huquqi tamoyillari tushunchasi va uning 

ahamiyati

2-§.Umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita, oshkora va 

yashirin ovoz berish saylov huquqi

3-§.Saylov senzi. Saylovlarda ixtiyoriy va majburiy 

ishtirok etish. Absentizm tushunchasi va mohiyati

l-§.Saylov huquqi tamoyillari tushunchasi va uning 

ahamiyati

t  “Saylov"  so'zining  tushunchasi  yoki  ma’nosi  jahondagi  barcha 

demokratik  ~~3av1atlarda 

fuqarolarning 

jamoat 

tashkilotlari 



va 

birlashmalariga  birlashib  o'z  davlat  hokimiyat  organlarini  tashkil  etishda 

ishtirok etishidir.

Prinsip deganda, jamiyat va davlat rivojining  maqsad va vazifalarini, 

burch  va  majburiyatlarini  bildiruvchi  ijtimoiy  munosabatlarida  eng  ulug' 

hisoblangan  umuminsoniy  qadriyatlarni  o'zida  ifodalagan  va  inson 

hayotining  taraqqiyot  mazmunini  aks  ettiruvchi  g'oyalar  yig'indisi 

tushuniladi.

Saylov  huquqi  tamoyillari  -   bu  saylov  qonunchiligining  shakllanish 

jarayoni,  rivojlanishi  va  harakatlanishning  rahbariy  g'oyasi,  qoidasi, 

yetakchi  mezonidir.  Xorijiy  mamlakatlarda  saylov  huquqining  asosiy 

tamoyillari  bo'lib umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri  va yashirin ovoz berish 

hisoblanadi.  Mazkur  tamoyillaming  amalga  oshirilishini  huquqiy 

mexanizmlari  fuqarolarning  davlat  boshqaruvida  bevosita  va  o'z  vakillari 

orqaii  ishtirok etish imkoniyatini yaratishga qaratilgandir.  /

Bizga ma’lumki, barcha demokratik davlatlarrimg’saylov to'g'risidagi 

qonunchiligida  saylov  o'tkazishning  asosiy  prinsiplari  umumiy,  teng, 

to'g'ridan-to'g'ri va yashirin ovoz berish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Jahon  rnamlakatlari  tajribasida  saylovlami  tashkil  qilish  va  uni 

o'tkazishni  amalga  oshirilishida  hozirgi  davrda  ma'lum  bir  tajribalarga 

erishildi.  Buning  natijasida,  saylov  o'tkazishning  demokratik  prinsiplari 

aniqlanib,  barcha davlatlaming  saylov  to'g'risidagi qonunlarida o'z  aksini 

topdi.

Demokratik  davlatlarda  yuqorida  ta’kidlab  o'tilgan,  umume'tirof 



etilgan  tamoyillar  asosida  shakllangan  va  amal  bo'lgan  saylov 

o'tkazishning demokratik prinsiplari  mazmun-mohiyatini  quyidagi  tartibda

269


o'rganish mumkin:

1)  konstitutsiyaviy  davlat  tuzilishiga  mos  bo'lgan  saylov  tizimi  va 

saylov huquqining zamonaviyligi prinsipi;

2)  saylovni  tashkil  etish  va  uni  o'tkazishda  qonun  ustuvorligiga 

erishish prinsipi;

3)  saylovning xalqchilligi prinsipi;

4)  saylovning tejamkorligiga erishish prinsipi;

5)  saylovda  barqarorlik,  haqqoniylik,  yuksak  ma’naviyat  va  inson 

huquqlarining hu-rmat qilinish prinsipi;

6)  saylovning uyushqoqligiga erishish prinsipi; 



<

$  Ushbu  pnnsiplar  jahon  mamlakatlari  hayotida,  tarixiy  rivojlanish 

tajribalari  asosida  tabiiy  ravishda  vujudga  kelgan  bo'lib,  bu  prinsiplarga 

to'liq  amal  qilgan  jamiyatgina  demokratik  huquqiy  davlat  qurish 

maqsadiga erishish mumkin.

Demokratik huquqiy davlat shakllanishida, Konstitutsiyadan boshlab, 

to  barcha  qonunlarda  ularnmg  maqsad va  vazifalari  prinsiplar  tarzida  o'z 

ifodasini topgan. 



^

Har  qanday  demokratik  huquqiy  davlatning  Konstitutsiya  va 

qonunlarining  yaratilishida  ijtimoiy-huquqiy  munosabatlarini  belgilab 

beruvchi  prinsiplarga  tayanadi.  Demak,  Konstitutsiya  va  qonunlaming 

maqsad va vazifalarini belgilanishi boshlang'ich moddalarida o'z ifodasini 

topgan prinsiplari asosida bo'lishligini g'oyaviy mazmunida aks ettiradi.

Yanada  kengroq  tushuncha  berilganda.  dastlab  Konstitutsiyaning 

asosiy  prinsiplarida  davlat  tuzilishining  shakli  va*  maqsadi,  kelajak 

istiqbollari  belgilab olinadi.  Undan keyingi  bo'limlarida davlat boshqaruvi 

mexanizmi  unga  mos  ravishda  yaratiladi,  qonun  va  boshqa  me!yoiiy 

hujjatlar  asosida  unga  amal  qilinishi  ta’minlanadi.  Shuning  uchun  ham 

davlatlarning* 

asosiy 

qonunlarida 



belgilangan 

prfnsiplar 

davlat 

boshqaruvining  huquqiy  poydevorini  mustahkamlanishida  dastur  bo'lib 



xizmat qilmoqda. 

Shu o'rinda,  xorijiy demokratik davlatlardagi  saylov  o'tkazilishining 



asosiy  prinsiplarini  (shartli  ravishda)  quyidagi  tartibda  tahlil  qilib 

chiqishimiz mumkin:



1) 

konstitutsiyaviy davlat tu/umiga mos  bo'lgan saylov tizimi va 

saylov huquqining yaratilish prinsipi;

Demokratik  davlat  hokimiyati  organlarining  tashkil  topishi  xalqning 

bevosita ishtirokida amalga oshiriladi.  Xalq davlat hokimiyatining birdan- 

bir  manbaidir.  Uni  amalda  tatbiq  etilishi  uning  ishtirokini  ta'minlanishi 

bilan  hal  etiladi.  Shuning  uchun  ham  saylov  tizimi  tartibda  saylab

270


qo'yiladigan vakillari orqaii  qonunda belgilanadi.  Saylov huquqi vakolatli 

davlat hokimiyati organlari orqaii ta’minlanishi kafolatlanadi.

Fuqarolar  davlat  va  jamiyat  ishlarini  boshqarishda  bevosita  va  o'z 

vakillari  orqaii  ishtirok  etish  huquqiga  egadirlar.  Bunday  ishtirok  etish 

o'zini  o'zi  boshqarish,  referendumlar  o'tkazish  va  davlat  organlarini 

demokratik tarzda tashkil etish yo'li bilan amalga oshiriladi.

Demokratik  davlatlaming  konstitutsiyaviy  tuzumi  o'z  xalqining 

xohish  irodasini  ifoda  etadi.  Asosiy  Qonunida  belgilangan  xalq 

hokimiyatchiligi  prinsipi  turli  xil  shakllarda  amalga  oshirilishi  mumkin. 

Lekin  uning  zamirida  inson  huquqi  yotadi,  ya'ni  inson  qadri  oliy  ne'mat 

deb tan olinadi.

Fransiya  demokratik  Respublikasi  Konstitutsiyasining  to'rtinchi 

qism,  3-moddasida  saylov  huquqi  mustahkamlangan  bo'lib,  irqi-jinsi  va 

millatidan  qat'i  nazar  respublika  fuqarolarining  voyaga  yetganlari  saylov 

huquqiga 

egadirlar, 

deb 

belgilangan. 



1857 

yildan 


boshlab 

takomillashtirilib  kelingan  “Saylov  kodeksi”ning  2-moddasiga  muvofiq, 

saylovchilar  -  18  yoshga  yetgan  siyosiy  huquqlarga  va  muomala 

layoqatiga ega bo'lgan fransuz fuqarolaridir5  .

Yuqoridagilardan  xulosa  qilib  aytishimiz  mumkinki,  hozirgi 

rivojlanish  bosqichida  o'zini  demokratik  davlat  deb  e'lon  qilgan 

mamlakatlarda saylov o'tkazishning asosiy prinsiplaridan biri  hisoblangan 

teng saylov huquqning kafolatlanishi konstitutsiyaviy tuzum negizini ifoda 

etadi.

2) 

Saylovni  tashkil  etish  va  uni  o'tkazishda  qonun  ustuvorligiga 

erishish prinsipi.

Davlat hokimiyati  vakillik organlari  faoliyat prinsiplari  ulami tashkil 

etilishi  va  faoliyatining  huquqiy  asosi  demokratik  prinsiplarga  mos 

ravishda,  har bir mamlakatning o'z xalqini boy  tarixiy,  madaniy-ma'naviy 

merosiga tayangan holda belgilanadi.

Xorijiy  mamlakatlaming  davlat  hokimiyat  organlarini  tashkil  etish 

saylov  prinsiplari  orqaii  o'z  xalqining  oldida  turgan  kelajak  istiqbollarini 

ifodalaydi  va maqsad,  vazifalarini  belgilanish  poydevori  hisoblanadi.  Shu 

jihatdan  demokratik  davlatlarda  amalga  oshirilayotgan  saylovlarda 

Konstitutsiya va uning  asosida qabul qilingan qonunchilikning ustuvorligi 

so'zsiz tan olinishi e'tirof etilgan.

Xorijning  demokratik  mamlakatlarda  saylovlaming  o'tkazilish 

prinsiplari  har  bir  davlatda  o'ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo'lib,  xalq

54  Konstitutsionnove  (gosudarstvennoye)  pravo  zarubejnix  siran.  (uchebnik).  -   Osobennaya  chast.  Strani  Yevropi. 

(Avtorskiy kollektiv). -М .: Bek,  1997. S .121.


hokimiyatchiligi  yoki  millat  hokimiyatchiligi  prinsiplarining  amalga 

oshirilish shaklini namoyon etadi.

Xorijiy  davlatlarning  siyosiy  boshqaruvi  amaliyotida  saylovlami 

tashkil  qilish  va  o'tkazish  qonun  ustuvorligiga  erishish  prinsipi  asosan 

jamoatchilik nazoratiga tayanadi va bunga oshkoralik prinsipi  orqali  to'liq 

erishiladi.  Bu  masalaning  bir  tomonini  ochib  bersada,  ammo  bu 

prinsipning as)  mazmuni va mohiyatini yoritib bermaydi.

Saylovlami  o' tkazilishida  qonun  ustuvorligining  so'zsiz  tan  olinishi 

prinsipini  asl  mohiyati  uning  natijasiga  qarab  aniqlanadi,  ya’ni  namoyon 

bo'ladi.


3) Saylovning xalqchillik prinsipi.

Saylovning  xalqchillik prinsipi  saylovlarda  barcha fuqarolar ishtirok 

etishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar  va  imkoniyatlami  yaratilishi  bilan 

amalga  oshiriladi.  Saylovlarda  fuqarolarga  o'z  xohish  -  irodasini  erkin 

ifoda etish  imkoniyatlari  yaratiladi.  Mavjud davlat boshqamvining  siyosiy 

amaliyoti  o'z  xalqining  milliy  va  tarixiy  rivojlanish  xususiyatlari  asosida 

belgilanadi.

Demokratiyaning  eng  muhim  prinsipi  -   davlat  boshqaruvida 

fuqarolarining  keng  ishtirok  etishiga,  davlat  xizmatini  o'tashga  tobora 

ko'proq  muntazam  jalb  qilishdir.  Mazkur  prinsipning  amalga  oshirilishi 

dastlab saylovlami qay darajada o'tkazilishi bilan bog'liqdir.

Darhaqiqat,  AQSH, Fransiya,  Italiya, Germaniya, Angliya va boshqa 

davlatlar  demokratiyani  rivojlantirish  borasida  eng  uzoq  tarixiy 

jarayonlami  boshdan  kechirgan.  Shunday  davlatlar  tajribasidan  kelib 

chiqqan  holda  endigina  o'z  mustaqilligini  qo'lga  kiritib  rivojlanayotgan 

xalqlar  o'z  davlat  tuzumini  belgilashga  harakat  qiladi.  Buni  amalga 

oshirishda  eng  birinchi  navbatda inson  huquqlari  yotadi.  Qaysi jamiyatda 

inson  huquqi  ulug'lanar  ekaxi  u  tez  orada  taraqqiyot  sari  ildam  qadam 

tashlay  boshlaydi.  Buning  negizida  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish 

prinsiplari  muhim  o'rin  tutadi.  Davlat  hokimiyatini  tashkil  etilishining 

demokratiyaviyligi  saylovning  xalqchilligiga  erishish  orqali  amalga 

oshiriladi.

Saylovning  xalqchilligi  tashkil  etilayotgan  organning  milliyligiga 

ham  ko'p  jihatdan  bog'liqdir.  Demak,  saylovda  xalqchillik  prinsipiga 

erishish  birinchi  navbatda  erkinlik,  umumiylik,  tenglik  prinsiplarini 

ta’minlanishi  bilan  bog'liq  bo'lsa,  ikkinchi  jihatdan  davlat  hokimiyati 

organlarini  tashkil  etishda  har  bir  millat  o 'z  tarixiy  davlat  boshqaruvi 

tajribasiga  tayanib  uning  tuzilishini  belgilab  oladi  va  o'z  oldiga  qo'yilgan 

maqsadiariga  erishish  uchun  shart-sharoit  yaratadi.  Shuningdek,  saylovni

272


xalqchil-ommaviy  bo'lishini  uyushtirishda  ko'pgina  davlatlarda  uni 

o'tkazish  kuniga katta  e'tibor  beriladi.  Bu  ham  o'z  navbatida  saylovlami 

ommaviylashtirishga xizmat qiladi.

4)Saylovning tejamkorligiga erishish prinsipi.

Dunyo  demokratik  davlatlari  qonunchiligida  saylovlarning  tashkil 

etilishi  va  o'tkazilishini  ta’minlash  uchun  davlat  budjetidan  mablag' 

ajratiladi.  Saylov  uchun  ajratilgan  mablag'lar  uni  tashkil  etuvchi  alohida 

organ  tomonidan  tejamli  sarf-xarajat  qilinish  rejalari  asosida  belgilanadi. 

Tizimdan kam vaqt va mablag'  sarflab samarali  natijaga erishishga barcha 

shart-sharoitlar yaratilgan bo'lmog'i lozim.

Barcha  davlatlarda  anialga  oshirilayotgan  saylovlarda  qilinadigan 

sarf-xarajatlar  davlat  budjetidan  qoplanadi.  Siyosiy  partiyalar,  jamoat 

birlashmalar  va  fuqarolar  o'z  mablag'larini  ixtiyoriy  ravishda  saylov 

o'tkazish  uchun  berishlari  mumkin.  Bu  mablag'lar  maxsus  saylovni 

o'tkazish  uchun  tuzilgan  organ  tomonidan  qabul  qilib  olinadi.  Bu  esa 

saylovlami  tenglik  prinsipida  o'tkazilishini  ta'minlaydi.  Barcha  turdagi 

saylovlarda  ortiqcha  dabdababozliklarning  bo'lishiga  chek  qo'yadi  va 

boshqa  manbaaiardan  kelib  tushadigan  mablag'lami  xarajat  qilinishi 

maqsadli bo'ladi.

Fransiya 

Respublikasining 

saylovini 

tejamli 


o'tkazilishini 

ta'minlashda nomzodlarga mas'uliyat yuklaydi.

Masalan,  Prezidentlikka  saylov  to'g'risidagi  qonunning 

14- 


moddasiga  binoan,  nomzod  o'z  shaxsini  xalqqa  tanishtirish  va  dasturini 

e’lon qilish  tadbirlari  shaxsiy hisobidan  bo'lishi  belgilangan.  Yana shunisi 

e'tiborga  loyiqki,  qonunning  5-moddasiga  binoan,  nomzod  saylov  kuni 

e’lon qilinganidan  key in  17  kun ichida,  yashash joyida joylashgan omonat 

kassaga  10000 frank qo'yishi kerak.

Siyosiy  partiyalardan  saylov  uchun  o'tkazilgan  mablag'lar  ham 

Milliy  Komissiya  nazorati  ostida  tenglik  prinsipi  rioya  etilgan  holda 

xarajat qilinadi.

"Respublika Prezidenti sayloviga ommaviy ovoz berish to'g'risida"gi 

1964 yil  14 martdagi  Fransiya davlatining qonunida,  saylovni tashkil  etish 

va  uni  o'tkazish  uchun  ketadigan  xarajatlar,  saylov  Konstitutsiyaviy 

Kengash tomonidan e’lon qilinganidan keyin saylov kompaniyasi qonunda 

belgilangan  tartibda  o'tkazilishini  nazorat  qilish  uchun  tuzilgan  Milliy 

Komissiya  ixtiyori  bilan  amalga  oshiriladi.  Shuningdek,  Prezidentlikka 

nomzodlar  o'rtasidagi  tenglikni  ta’minlanishiga  doir  va  boshqa  saylov 

muammolari  bilan  bog'liq  masalalami  hal  etish  uchun  tegishli  vakolatli

273


organlarga murojaat qilish mumkin.55

Fransiya  Respublikasi  saylovlarida  davlat  budjetidan  o'tkazilgan 

mablag'  asosan,  saylov  bulletenlarini  nashr  qilish  va  uni  ovoz  berishga 

tayyorlash,  saylov  uchun  ketadigan  qog'ozlaming  xarajatini,  afishalar 

tayyorlash  va  uni  tegishli  joylarga  yopishtirish  va  komissiyalar  faoliyati 

uchun ketadigan sarf-xarajatlardan iboratdir.

Germaniya  Federativ  Respublikasining  1975  yil  1  sentabrda  qabul 

qilingan  "Bundestag  saylovi  haqida”  qonunida  davlat  budjetidan  saylov 

uchun  ajratilgan  mablag'lar federal  saylovini  o'tkazish  rahbari  tomonidan 

taqsimlanadi.  Federal  saylovini  o'tkazish  rahbari  qonunda  ichki  ishlar 

vaziri  tomonidan  tayinlanadi.  Rahbar  o'lkalar  bo'yicha  tuzilgan  saylov 

okruglari  va  saylov  komissiyalari  faoliyatini  moliyaviy  ta’minotini 

belgilaydi va uni nazorat qiladi. Ulaming rahbarlari va o'rinbosarlari o'lka 

hukumati  tomonidan  tayinlanadi.  Bu  esa  saylovning  o'tkazilishida  bir- 

birining  ustidan  nazoratni  kuchaytirish  prinsipini  ta'minlaydi  hamda 

ajratilgan  mablag'ning  aniq  maqsadga  ishlatilishini  kafolatlaydi.  Yana 

shunisi  diqqatga  sazovorki,  davlat  budjetidan  saylovda  siyosiy  partiyal ir 

faoliyatining  ta'minlanishi  uchun  mablag'  ajratilishi  Asosiy  Qonunida 

belgilangan. Shuningdek,  "Siyosiy partiyalar haqida"gi qonunida, saylovda 

siyosiy  partiyalardan  ko'rsatilgan  nomzodlarga  saylovchilaming  bergan 

ovoz  soniga  qarab  davlat  tomonidan  beriladigan  summa  miqdori 

ko'rsatilgan.  Bu  esa  siyosiy  partiyalar  faoliyatida  saylovchilaming  ovozi 

uchun 

keskin 


kurashni 

keltirib 

chiqaradi. 

Albatta, 

Germaniya 

qonunchiligida  bunday  holatning  belgilanishi  milliy  tafakkur  mahsulidir. 

Shunday  bo'lsa  ham,  har qaysi  davlatda  saylovlaming  tejamli  o'tkazilish 

prinsipi  doimo dolzarbligicha qolmoqda. Chunki, uning o'tkazilishi  uchun 

juda katta mablag'  xarajat qilinadi.



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling