O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


)  Saylovda  barqarorlik,  haqqoniylik,  yuksak  ma'naviyat  va


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54

5) 

Saylovda  barqarorlik,  haqqoniylik,  yuksak  ma'naviyat  va 

inson huquqlarining hurmat qilinish prinsipi.

Xorijiy  mamlakatlarda  amalga  oshirilayotgatt  barcha  islohotlar  va 

tadbirlar  aholiga  normal  hayot  tarzini  ta'minlash  hamda  siyosiy 

plyuralizmni  rivojlantirishga  qaratilgandir.  Saylovlarda  haqqoniylikka 

erishish barqaror rivojlanish  va  inson  huquqlari  ta'minlanishining  kafolati 

hisoblanadi.

Davlat  boshlig'i  va  qonunchilik  organi  parlament  tinchlik, 

barqarorlik  va  haqqoniylik  ramzidir  hamda  har  qanday  demokratik 

jamiyatda inson huquqlari  va erkinliklarining kafilidir.

Saylovlarda  inson  huquqlari  va  axloq  qoidalariga  rioya  qilinishi

я  Чиркин B.E. Конституционное право зарубежных стран. 4-64. Практикум. -  М., Юрист,  1999.163 с.

274


mazkur  amaliyotning  yuqori  saviyada  hamda  chet  kuzatuvchilarining 

hurmatiga  sazovor  bo'lishga  olib  keladi.  Saylov  oldi  kampaniyasida 

nomzodlaming  bir birini  obro'sini  to'kishi  fuqarolarning  ishonchsizligiga 

sabab  bo'ladi.  Bunday  holatlar  ayniqsa,  Rossiya Federatsiyasining  Davlat 

Dumasiga o'tkazilgan saylovlarda matbuot orqaii  berib borildi. Ularda bir- 

birini  saylovda  obro'sini  to'kish  tabiiy  hoi  deb  qaralib,  demokratiyaning 

axloq chegaralaridan chiqib ketildi.

Saylov  jarayonlarida  barqarorlik,  haqqoniylik,  yuksak  manaviyatli 

o'tkazilishiga  erishish  va  uning  natijasida  inson  huquqlari  va 

erkinliklarining ta'minlanishi muhim bo' lib hisoblanadi.

Xorijiy  mamlakatlar  tajribasida  mazkur  prinsiplamjng  doimiy  amal 

qilishini  ta'minlanishi  uchun  shunday  mexanizm  yaratilganki,  tabiiy 

ravishda  saylov  jarayonlarida  turli  xil  siyosiy  kuchlarning  o'zaro 

munosabatlarida unga rioya etilishi qat'iy nazorat qilinadi.

Vaholanki,  saylovni  o'tkazilishida  AQShda  Kongress,  Fransiyada 

Konstitutsiyaviy  Kengash,  Germaniyada  Federal  Majlis,  Italiyada 

Prezident,  Ispaniyada  Qirol,  Angliyada  Qirolicha,  Kanadada  Qirol, 

Yaponiyada Imperator, Gretsiyada Prezident va Parlament davlat va millat 

ramzi  sifatida  parlament  saylovlarini  e'lon  qiladi  va  uni  haqiqiyligini 

belgilaydi.  Bu davlatlarda siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar saylov 

jarayonlarida  bir-birining  faoliyatini  nazorat  qiladi.  Bu  esa  saylovda 

belgilangan  maqsadga  erishish  uchun  eng  birinchi  navbatda  inson 

huquqlari va erkinhklarining qat'iy rioya etilishini kafolatlaydi.

6) Saylovning uyushqoqligiga erishish prinsipi.

Ciyosiy  partiyalar  turli  tabaqa  va  guruhlaming  siyosiy  irodasini 

ifodalaydilar  va  o'zlarining  demokratik  »y0'l  bilan  saylab  qo'yilgan 

vakillari  orqaii  davlat  hokiiftiyatini  tuzishda  ishtirok  etadilar.  Bu  saylov 

prinsipida  eng 

avvalo 


saylovning 

ommaviy 


uyushqoqlik 

bilan 


o'tkazilishida fuqarolarga keng erkinliklar beradi.

Germaniya  Federativ  Respublikasining  Asosiy  Qonunini  3- 

moddasida;  barcha nemislar ittifoqlar va jamiyatlar tashkil etish huquqiga 

egadirlar,  20-moddasini  ikkinchi  bandida;  butun  davlat hokimiyati  xalqqa 

asoslanadi.  U  xalq  tomonidan  saylov  va  ovoz  berish  yo'li  bilan  maxsus 

qonun chiqarish organlari, ijro etuvchi hokimiyat va odil sudlov vositasida 

amalga  oshiradi,  21-moddasining  birinchi  bandida;  partiyalar  xalqning 

siyosiy  irodasini  shakllantirishga  ko'maklashadi.  Ular  erkin  ravishda 

tashkil  etilishi  mumkin.  Ulaming  ichki  tuzilishi  demokratik  tamoyillarga 

mos  kelishi  lozim.  Saylovlami  uyushqoqlik  bilan  o'tishi  xalqning 

tafakkuri,  siyosiy  faolligi  va  davlat  organlari  amalga  oshiradigan

275


o'zgarishlarga ishonchi bilan belgilanadi.

2-§. Umumiy, teng, to'g'ridan-to'g'ri, bilvosita, oshkora va

yashirin ovoz berish saylov huquqi

1  Umumiy  savlov huquqi  tamoyilida  -  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  ijtimoiy 

va rmilkiy  mavqei,  irqiy  va  milliy  mansubligi, jinsi,  ma’lumoti,  tili,  dinga 

munosabatidan  qat’i  nazar  ma'lum  bir yoshga  yetgan  mamlakat  fuqarolari 

saylash  huquqiga  egadirlar.  Ayrim  sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz 

deb  topilgan  fuqarolar,  shuningdek,  sud  hukmi  bilan  ozodlikdan  mahrum 

etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas. 

[

Д Teng  saylov  huquqi  tamoyilida  har  bir  fuqaro.saylovchi  bir  ovozga 

ega.  Barchi*turda^saylovlarda hamma teng asoslarda qatnashadi.  Har bir 

saylovchi  ovoz  berish  uchun  faqat  bitta  ro'yxatga kiritiladi.  Saylovda  har 

bir mandat uchun saylochilar soni  teng asoslarda bo'linadi. Siyosiy partiya 

va  tashabbuskor  guruhlarga  saylov  oldi  tashviqot  yuritishi  teng  asosda 

tashkil etiladi.

To'g'ridan-to'g'ri  saylov  huquqi  tamoyili  bevosita  saylovchilar 

tomonidan  saylanadigan  nomzodga  ovoz  berish  tushuniiadi,  bunda 

saylovchi  va  nomzod  o'rtasida  hech  qanday  vositachilarga  yo'l 

qo'yilmaydi.  Fuqarolar  o'z  erki-irodasini  bevosita  o'zlari  ifodalashlari 

kafolatlanadi.

Fuqaroning  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  saylash  va 

saylanish  (bilvosita)  huquqlari,  uni  amalga  oshirish  tartib-qoidalari 

insonning  umume’tirof  etilgan  huquq  va  erkinliklari  qonuniy  manfaatlari 

cheklanmaydi,  bu  borada  hech  qanday  kamsitishlar  ko'zda  tutilmasligi 

e'tiborga olingan.

Yashirin  ovoz  berish  tamoyili  -  saylovchining  irodasini  bildirish 

ustidan  nazorat qilishga  yo'l  qo'yilmaydi.  Saylov  bulleteni  ovoz  beruvchi 

tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida to'ldiriladi.  Saylov 

bulletenini  to'ldirish  vaqtida  ovoz  beruvchidan  boshqa  shaxslarni  hozir 

bo'lishi taqiqlanadi.

Hozirgi  zamon  saylov  huquqi  xalq  hokimiyatchiligini  namoyon 

qiladigan 

muhim 

konstitutsiyaviy  institutdir. 



Xorijiy 

davlatlarda 

o'tkazilayotgan 

erkin 


demokratik 

saylovlar 

xalqaro 

huquqning 

umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga to'la mos keladi.  )

Ma'lumki,  XX  asming  ikkinchi  yarmidan  boshlab  fuqaroning  saylov 

huquqlari  va  erkinliklari  mavzusi  nuiuzli  xalqaro  tashkilotlarning  asosiy 

shug'ullanadigan  masalalaridan  biriga  aylangan  edi.  Hozirgi  paytda 

dunyoda  insonning  saylov  huquqlari  va  erkinliklarini  ta'minlash,  erkin

276


demokratik  adolatli  saylovlami  tashkil  etish va o'tkazish sohasiga doir 20 

dan ziyod xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar mavjud56.

Saylov  huquqi  sohasiga  taalluqli  prinsiplar  va andozalar  Birlashgan 

Millatlar Tashkilotining bir qancha xalqaro universal hujjatlarida, xususan, 

Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasining  (1948  yil)  21-moddasida, 

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktning (1966 yil) 25- 

moddasida,  Irqiy  kamsitishning  barcha  shakllarini  tugatish  to'g'risida 

xalqaro  konvensiyaning  5-moddasida,  Irqiy  kamsitishning  barcha 

shakllarini  tugatish  to'g'risida  BMT  deklaratsiyasining  (1963  yil)  6- 

moddasida mustahkamlab qo'yilgan57.

Davlat  hokimiyati  vakillik  organiga  saylov  masalalariga  o'zida  145 

davlat  parlamentlarini  birlashtirgan  va  shu  jumladan,  O'zbekiston 

Respublikasi ham a'zo  hisoblanuvchi  Parlamentlararo  ittifoq  ayniqsa katta 

e'tibor  qaratadi.  1994  yili  Parlamentlararo  ittifoq  Kengashi  «Erkin  va 

adolatli saylov prinsiplari to'g'risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi58. Ushbu 

Deklaratsiya  barcha  mamlakatlar  hukumatlari  va  parlamentlarini  mazkur 

hujjatda  belgilangan  saylov  huquqi  sohasiga  doir  xalqaro  prinsiplar  va 

normalarga amal qilishga da'vat etadi.

Mintaqaviy  xalqaro  tashkilotlar  ham  o'zlarining  Inson  huquqlari  va 

asosiy erkinliklarini himoyalash to'g'risidagi Yevropa konvensiyasi  (1950 

yil),  Inson huquqlari  to'g'risidagi Amerika konvensiyasi  (1969  yil),  Inson 

va  xalqlar huquqlarining  Afrika xartiyasi  (1986  yil)  kabi  xalqaro-huquqiy 

hujjatlari  timsolida  xalqaro  saylov  andozalariga jiddiy  ahamiyat  qaratadi. 

Xususan,  Yevropada  Xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotining  (YEXHT) 

demokratik  saylovlar  sohasidagi  asosiy  andozalari  Insoniylik  mezonlari 

bo'yicha  Kopengagen  hujjatida  (1990)  o'z  aksini  topgan.  YEXHTning 

saylov  prinsiplarini  quyidagi  yettita  so'z  -   universallik,  tenglik,  eririnlik, 

adolatlilik,  yashirinlilik,  ochiqlik  va  hisobdorlik  misolida  to'la  ifodalash 

mumkin.  Bu  har  bir  ovoz  e’tiborga  olinishi  va  fuqaro  davlat  hokimiyati 

vakillik  organlarini  shakllandrishga  ko'maklashishi  mumkin  ekanligining 

o'ziga xos dalolatidir.

\

 Hozirgi  zamon  xalqaro  huquqida  saylov  huquqi  sohasiga  taalluqli 

quyidagi prinsiplar e'tirof etiladi:

- umumiy saylov huquqi;

- teng saylov huquqi;

 Саидов Л.Х. Международное право н избирательное законодательство. -  Т.: ТГЮИ, 2004. -  С.  19-33.

57  Inson  huquqlari  bo'yicha  xalqaro  shartnomalar  /  MaVul  muharrir  A..X.  Saidov.  -Т .;  /Vdolat.  2004.  34;  45;  86-87- 

betlar.


58 Deklaratsiya о prin&ipax svobodnix i spravedlivix viborov//V kn.:  Saidov A.X. Mejparlamentsklyc organizatsii mira: 

Spravochnik, -М.: Mejdunarodnie otnosheniya, 2004. -  



S.

 295-300.



211

- to'g'ridan-to'g'ri saylov huquqi;

- yashirin ovoz berish yo'li bilan saylash;

- muntazam va majburiy saylovlar;

- ochiq va oshkora saylovlar;

- erkin saylovlar;

- haqiqiy saylovlar;

- adolatli saylovlar;

- saylovlaming mustaqil saylov komissiyalari tomonidan o'tkazilishi;

- saylovlaming 

va 


nomzodlar, 

siyosiy 


partiyalar 

saylov 


kampaniyasining davlat tomonidan moliyaviy ta'minlanishi;

- saylovlar  va  tashviqot  faoliyatining  davlat  tomonidan  axborot 

jihatdan qo'llab-quvvatlanishi;

- saylovlarda milliy va xalqaro kuzatuvchilaming ishtiroki;

- fuqarolaming  o 'z  saylov  huquqlari  va  erkinliklari  buzilganligi 

ustidan  shikoyat  qilishi  va  buning  uchun  tegishli  javobgarlik  ko'zda 

tutilganligi;

- kamsitish deb hisoblanmaydigan chora-tadbirlar.

Ana  shu  prinsip  va  huquqlaming  barchasi  jamlangan  holda  xalqrro 

saylov andozalarini tashkil etadi.

Xorijiy  davlatlarning  hozirgi  saylov  qonunchiligida  asosiy  xalqaro 

saylov andozalarining barchasi implementatsiya qilingan.

Davlatlarning  milliy  saylov  to'g'risidagi  qonunlarida  xalq  davlat 

hokimiyatini  tashkil  etishda  o'z  xohish-irodasini  to'g'ridan-to'g'ri 

ro'yobga chiqarishinmg oliy ifodasi ekanligini namoyon etadi.\

^Saylov 


qonunchiligida 

umumiy 


saylov 

huquqi 


prinsipi 

mustahkamlangan.  Har bir fuqaro  saylov kuniga qadar yoki saylov kunida 

Konstitutsiyada  va  saylov  to'g'risidagi  qonunlarda  belgilangan  muayyan 

yoshga  to'lishi  bilan  davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  saylash  va 

saylanish huquqiga ega hisoblanadi.  Umumiy saylov huquqi fuqarolaming 

ijtimoiy  kelib  chiqishi,  ijtimoiy  va  mulkiy  mavqei,  irqiy  va  milliy 

mansubligi,  jinsi,  ma’lumoti,  till,  dinga  munosabati,  mashg'ulotining  turi 

va  xususiyati  kabi  holatlardan  qat’i  nazar,  hech  qanday  kamsitishlarsiz 

ro'yobga  chiqariladi.  Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan 

fuqarolar, shuningdek,  sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida 

saqlanayotgan 

shaxslar 

saylanishi 

mumkin 


emas 

va 


saylovda 

qatnashmaydilar.  \

Teng  saylov  huquqi  prinsipida  har  bir  saylovchi  bir  ovozga  ega 

bo'ladi  va  fuqarolarga  mazkur  huquqini  amalga  oshirishlari  uchun  keng 

imkoniyatlar yaratib beriladi.  Bir mandatli  saylov okruglari  bo'yicha ovoz

278


berishda  saylov  okruglari  aholining  (saylovcliilaming)  soniga  qarab 

tenglik  asosida  tashkil  etilishi  ta'minlanadi.  Bir  mandatli  saylov 

okruglarining saylovchilar soniga qarab tuzilishi  tenglikka amal  qilishning 

o'ziga  xos  mezonidir.  Har  bir  saylov  okrugidan  bitta  deputat  saylanadi. 

Har  bir  saylovchi  o'zining  erkin  ovoz  berishda  ishtirok  etish  huquqidan 

foydalanish  maqsadida  saylov  uchastkasiga,  shuningdek,  ovoz  berish 

xonasiga  teng  asoslarda  va  hech  qanday  to'siqlarsiz  kirish  huquqiga 

egadir.  Har  bir  fuqaro  saylovda  o'z  nomzodini  ko'rsatish  imkoniyatidan 

foydalanishda ham teng huquqlarga ega.

Saylov  qonunchiligida  to'g'ridan-to'g'ri  saylov  huquqi  prinsipi  ham 

o'z  aksini  topgan.  Fuqarolar  saylovda  nomzod  uchun  bevosita,  ya'ni 

to'g'ridan-to'g'ri ovoz beradilar.

Saylov  qonunchiligida  yashirin  ovoz  berish  prinsipi  mustahkamlab 

qo'yilgan.  Ushbu  prinsip  saylovchilaming  xohish-irodasining  qanday 

tarzda  bo'lmasin  nazorat  qilinishini  istisno  etish,  erkin  saylov  uchun  teng 

shart-sharoit  ta’minlash kabi maqsadlarni ko'zda tutadi.  Saylovlar yashirin 

ovoz berish protsedurasidan foydalangan holda o'tkaziladi.

Saylov  qonunchiligida  saylovlaming  oehiqligi  va  oshkoraligi 

prinsipiga  alohida  o'rin  berilgan.  Parlamentning  saylovlariga- tayyorgarlik 

ko'rish  va  uni  o'tkazishni  maxsus  tuzilgan  davlat  prganlari  ochiq  va 

oshkora  amalga  oshiradilar.  Mazkur  organlar  saylovlami  belgilash, 

tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish, fuqarolaming saylov huquqini ta’minlash 

va  himoyalash  bilan  bog'liq  qarorlar  saylov  to'g'risidagi  qonunlarda 

ko'zda  tutilgan  tartibda  va  muddatlarda  rasmiy  e’lon.  qiladi  va 

ko'pchilikning  e'tiboriga  havola  etadi.  Ushbu  prinsipga  amal  qilinishi 

sayloy jarayonlarini  milliy va xalqaro  doiralarda kuzatishni  yo'lga qo'yish 

uchun ham tegishli shart-sharoit'yaratadi:.

Fuqarolaming  saylovda  ishtirok  etishi  erkin  va  ixtiyoriydir.  Hech 

kitri  ularning  muayyan  nomzod  uchun.  «tarafdor»  yoki  «qarshi»  6voz 

berishga majbur etish htiquqiga ega emas. Hech kim fuqarbga uni saylovda 

ishtirok  etishga  yoxud  ishtirok  etmaslikka  majburlash  maqsadida  ta'sir 

o'tkazishga,  shuningdek,  o'z  xohish-irodasini  emin-erkin  ifoda  etishi 

uchun  majburlashga  liaqli  emas.  Har  bir  davlatning  parlament  a'zoligiga 

saylovida  erkin  va  yashirin  ovoz  beriladi.  Ovoz  beruvchilarining  xohish- 

irodasi  nazorat  qilinishiga  yo'l  qo'yilmaydi.  Fuqarolaming  saylov 

bulletenni  belgilash  paytida  ovoz  berish  xonasida  ovoz  bemvchidan 

boshqa shaxslarning hozir bo'lishi taqiqlanadi.

Saylovlar  xalqning  erkini  xohish-irodasini  aniqlaydi  va  uning 

bevosita  ro'yobga  chiqarilishini  ta'minlaydi.  Saylovchilarga  nomzodlami

279


tanlash,  saylash  imkonini  beradi.  Hozirgi  demokratik  davlatlarda  siyosiy 

plyuralizm,  g'oyalarning  xilma-xilligi  va  ко' ppartiyaviylik  tizimi  amal 

qilmoqda,  parlament  a'zolarini  saylash  ко'ppartiyaviylik  asosida  amalga 

oshirilmoqda. 

Saylovlarda 

saylovchilarga 

siyosiy 

partiyalardan 

ko'rsatilgan  nomzodlaming  ro'yxatlari,  shuningdek,  saylov  jarayonlari 

to'g'risida  axborotga  ega  bo'lish,  nomzodlar  va  siyosiy  partiyalaming 

ommaviy-axborot vositalaridan  foydalanish imkoniyatlari  ta'minlanmoqda. 

Saylovlaming  belgilangan  muddat  va  tartiblari  nomzodlar,  siyosiy 

partiyalar  va  fuqarolarning  tashabbuskor  gumhlari,  saylov  jarayonining 

barcha  ishtirokchilari  to'laqonli  saylovoldi  tashviqot  kampaniyasini 

uyushtirishlari  uchun  imkon  beradi.  Mamlakatda  haqiqiy  saylovlar 

o'tkazilishini  ta'minlash  maqsadida  barcha  nomzodlar  va  siyosiy 

partiyalami  ro'yxatga  olish  uchun  teng  huquqiy  shart-sharoit  yaratilishi 

lozim.  Ro'yxatga  olish  bilan  bog'liq  talablar juda  aniq  bo'lishi  va  unda 

qaysidir  siyosiy  partiya  yoki  nomzodga  imtiyoz  berish  yoxud  kamsitish 

mazmunidagi  biron-bir  shart  ko'zda  tutilmagan  bo'lishi  shart.  Alohida 

shaxslar  yoki  organlar  tomonidan  ovoz  berish  yakunlari  va  saylov 

natijalarini  soxtalashtirishga  yoxud  fuqarolarning  o'z  saylov  huquqlar.ni 

ro'yobga  chiqarishiga  to'sqinlik  qilishga  qaratilgan  xatti-harakatlar 

qonunga muvofiq jazolanadi.

^  Adolatli  saylovlar  prinsipi  saylov jarayonining  barcha  ishtirokchilari 

uchun  teng  huquqiy  shart-sharoitni  ta’minlashga  qaratilgandir.  Adolatli 

saylov-lar prinsipini joriy etish orqaii quyidagilarning ta'min etilishi ko'zda 

tutiladi:

- umumiy va teng saylov huquqi;

- har  bir  nomzod  yoki  har  qaysi  partiyaga  saylov  kampaniyasida 

ishtirok  etish,  shu  jumladan,  ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanish 

borasida teng shart-sharoit yaratib berilishi;

- saylovlaming, 

nomzodlar  va  siyosiy  partiyalaming  saylov 

kampaniyalarini adolatli va oshkora moliyalashtirilishi;

- ovoz  berish  va  ovozlami  sanab  chiqish  chog'ida  halollikning 

ta'minlanishi,  saylovning jami  yakunlarini  rasmiy  nashr ettirish  yo'li  bilan 

ovoz berish natijalaridan to'la va tezkor xabardorlikni yo'lga qo'yish;

- saylov  jarayonlarining  mustaqil  saylov  komissiyalari  tomonidan 

tashkil  etilishi  va  ushbu  komissiyalaming  jamoatchilik  va  xalqaro 

kuzatuvchilar nazoratida ochiq va oshkora ishlashi;

-fuqarolar,  siyosiy  partiyalar  nomzodlari,  saylovning  boshqa 

ishtirokchilari  saylov  huquqlari  va  erkinliklari  buzilganUgi  ustidan  qilgan 

shikoyatlari  sudlar  va  qonun  bo'yicha  tegishli  vakolat  berilgan  boshqa

280


organlar  hamda  mansabdor  shaxslar  tomonidan  saylov  jarayonlarining 

tegishli bosqichlari uchun  belgilangan  muddatlar doirasida tez  va samarali 

к о 'rib chiqilishi.\

Saylovlaming  mustaqil  organlar  tomonidan  o'tkazilish  prinsipi 

mustahkamlanadi.  Saylovga  tayorgarlik  ko'rish  va  uni  o'tkazish, 

fuqarolarning  saylov  huquqlari  va  erkinliklarini  ta'minlash  va  himoyalash 

hamda  ularga  rioya  etilishini  nazorat  qilish  vazifalari  qonunchilik 

hujjatlarida  belgilangan  vakolatlar  doirasida  faoliyat  yuritadigan  mustaqil 

organlar zimmasiga yuklatiladi.  Maxsus  organ  tuzish,  uning  vakolatlari  va 

ishini  tashkil  etish  tartibi  qonunlarda  belgilanadi.  Maxsus  organning 

qonunda  belgilangan  vakolatlari  doirasida  qabul  qilingan  qarorlari  va 

normativ  hujjatlari  barcha  davlat  organlari,  siyosiy  partiyalar  va  boshqa 

jamoat  birlashmalarining  ijrosi  uchun  majburiydir.  Davlat  organlari  va 

jamoat  birlashmalari  organlari,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar, 

mansabdor  shaxslar maxsus  organning o'z vakolatlarini  amalga oshirishda 

yordam berishlari, ulaming ishi uchun zarur ma'lumotlami  taqdim etishlari 

shart.

Saylov  kampaniyasining  davlat  tomonidan  moliyaviy  ta'minlanishi 



prinsipiga  amal  qilinadi.  Davlat  saylov  kampaniyasi  bilan  bog'liq  barcha 

sarf-xarajatlarni o'z zimmasiga oladi.

Davlat  saylovda  ishtirok etayotgan  nomzodlar,  siyosiy  partiyalar o'z 

saylov  kampaniyasmi  moliyalashtirishi  uchun  ularga  qonunda  ko'zda 

tutilgan  hollarda  va  tartiblarda  budjet  mablag'i  ajratilishini  ta’minlaydi. 

Parlament 

a'zohgiga  nomzodlarning  boshqa  mablag'lar  hisobiga 

moliyalashtirilishi  va  moddiy  qo'llab-quvvatlanishi  taqiqlanadi.  Saylov 

kampaniyasida  siyosiy  partiyalar,  korxona,  muassasa,  tashkilodar  va 

fuqarolar  ixtiyoriy  ravishda  o'z  mablag'lari  bilan  ishtirok  etishlari 

mumkin.  Ushbu  mablag'lar  maxsus  organ  tomonidan  qabul  qilinib, 

saylovda ishtirok etayotgan nomzodlar uchun teng taqsimlanadi.

Saylovda  ishtirok  etayotgan  nomzodlar,  siyosiy  partiyalaming 

qandaydir  xorijiy,  shu  jumladan,  chet  el  jismoniy  va  yuridik  shaxslari, 

xalqaro  tashkilotlar,  xalqaro  ijtimoiy  harakatlar,  fuqaroligi  bo'lmagan 

shaxslardan xayriyalar olishiga yo'l qo'yilmaydi.

Saylovlarda  tashviqot  faoliyatining  davlat  tomonidan  axborot 

jihatdan  qo'llab-quvvatlanishi  prinsipi  nazarda  tutilgan.  Davlat  saylov, 

nomzodlar  to'g'risidagi  axborotni  izlash,  yig'ish  va  tarqatish  erkinligini, 

saylov jarayonlarining ommaviy  axborot vositalarida xolisona yoritilishini 

ta'minlaydi.  Ommaviy  axborot vositalari  qonunga muvofiq  aholini  saylov, 

nomzodlar 

ko'rsatish, 

ulaming 


saylovoldi 

dasturlari, 

saylov

281


kampaniyasining  borishi,  ovoz  berish  yakunlari. va  saylov  natijalaridan 

xabardor etib  borish,  o'z  faoliyatini  qonun,  qonun  hujjatlari va davlatning 

xalqaro majburiyatlari doirasida amalga oshirish uchun mas'ul'hisoblanadi.

Davlat  fuqarolar,  nomzodlarga,  tegishli  tartibda  ro'yxatdan  o'tgan 

nomzodlarini  ko'rsatgan  siyosiy  partiyalar,  saylovchitening  tashabbuskor 

guruhlariga  qonunda  belgilangan»tartib  va  mudclatlarda  qonun  yo'.l 

qo'yadigan har qanday shaklda va har qanday qonunjy yo'l bilan  tashviqot 

faoliyatini amalga oshirishi erkinligini ta'minlaydi.

Saylovda  ishtirok  etadigan  barcha  nomzodlar,  siyosiy  partiyalar, 

qonunlarga  va  boshqa  qonun  hujjatlariga  muvofiq,  o'z  tashviqotini  olib 

borishi 

uchun 


ommaviy 

axborot 


vositalaridan 

foydalanishlari, 

radioeshittirish,  teleko'rsatuvlarda  saylovoldi  dasturlari  bilan  chiqishlari 

uchun  teng  va  adolatli  shart-sharoit  yaratiladi.  Tashviqot  faoliyatini 

yuritishda ommaviy axborot erkinligi  suiiste’mol  qilinishiga, shu juml.adan, 

davlatning  suvereniteti,  yaxlitligi  va  xavfsizligiga  qarshi  qaratilgan, 

xalqning  sog'ligi  va  ma’naviyatiga  tajovuz  qiladigan,  urush,  milliy,  irqiy 

va  diniy  adovatni  targ'ib  etadigan,  konstitutsiyaviy  tuzumni  zo'rlik  bilrn 

o'zgartirishga,  fuqarolaming  konstitutsiyaviy  huquqlari  va  erkinliklarini 

kamsitishga qaratilgan da'vatlarga yo'l qo'yilmaydi.

Shuningdek,  saylovlarda milliy va xalqaro kuzatuvchilaming ishtirok 

etishi  prinsipi  ta'minlanadi.  Saylov  kuni  ovoz  berish  xonalarida  va 

ovozlami  sanab  chiqishda,  qonunda belgilangan  tartibda,  har bir nomzoct, 

har qaysi  siyosiy  partiya,  saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan  bittadan 

kuzatuvchi  qatnashish  huquqiga  egadir.  Xalqaro  kuzatuvchilaming 

ishtiroki  saylovlaming  ochiq  va  oshkora  o'tishiga,  davlatning  xalqaro 

majburiyatlariga rioya etilishiga ko'maklashadi.

Xalqaro  kuzatuvchilar  faoliyati  xalqaro-huquqiy  hujjatlar,  xususan, 

YEXHTning  Demokratik  institutlar  va  inson  huquqlari  bo'yicha  byurosi 

(DUHB)  hujjatlari hamda tegishli  davlat qonunlari  bilan tartibga  solinadi. 

Xalqaro  kuzatuvchilar  qonunda  belgilangan  tartibda  mamlakatga  kirish 

uchun  ruxsat  oladilar  va  tegishli  taklifhoma  mavjud  bo'lgan  taqdirda, 

maxsus  saylovni  o'tkazish uchun  tuzilgan  organ  tomonidan  akkreditatsiya 

qilinadi.  Maxsus  organ  xalqaro  kuzatuvchiga  akkreditatsiya.  qilingani 

to'g'risida  belgilangan  namunadagi  guvohnoma  taqdim  etadi.  Bunday 

guvohnoma  xalqaro  kuzatuvchiga  saylovga  tayyorgarlik  ko'rish  va  uni 

o'tkazish davrida kuzatish huquqini beradi.

Shu  o'rinda,  fuqarolaming  o'z  saylov  huquqlari  va  erkinliklari 

buzilganligi  ustidan  shikoyat  qilishi  va  buning  uchun  tegishli javobgarlik 

prinsipi  ko'zda  tutilgan.  Fuqaroning  saylov  huquqlari  va  erkinliklari

282


buzilgan  taqdirda,  jabrlangan  shaxs  yoki  shaxslar  mustaqil  sudlarga 

murojaat  qilish  huquqiga  ega,  qonunda  va  boshqa  qonun  hujjatlarida 

taqiqlangan harakat (harakatsizlik)  sodir etganlikda ayblangan shaxslar esa 

qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Xalqaro  saylov  huquqida  yana  bir  prinsip  borki,  unda  kamsitish deb 

hisoblanmasligi 

zarur 

bo'lgan 


chora-tadbirlar 

ko'zda 


tutiladi. 

Fuqarolarning  saylovga  doir  yuqorida  sharhlab  o'tilgan  huquq  va 

erkinliklari  quyidagilarni  nazarda  tutgan  holda  qonun  bilan cheklanishi  va 

bu hoi kamsitish deb hisoblanmasligi  mumkin:

- mamlakat  aholisining  siyosiy,  iqtisodiy,  diniy,  ijtimoiy,  tarixiy  va 

madaniy  shart-sharoit  sababli  siyosiy  huquqlar  borasidagi  qoidalardan 

ahoiining  asosiy  qismi  bilan  tengma-teng  ravishda  foydalanish  imkoniga 

ega  bo'lmagan  muayyan  qismi  muqobil  vakilligini  ta’minlash  uchun 

ko'riladigan alohida chora-tadbirlar;

- sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilgan,  shuningdek, 

sud  hukmi  bilan  ozodlikdan  mahrum  etish  joylarida  saqlanayotgan 

fuqarolarning saylash va saylanish huquqlari cheklanishi.

Nomzodlar,  siyosiy  partiyalar  ro'yxatlarini  ko'rsatishda  saylov 

huquqlari  va  erkinliklari  borasidagi  cheklashlarga  bunday  cheklashlar 

fuqarolarimizning ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy 

va  milliy  mansubligi,  jinsi,  ma'lumoti,  tili,  dinga  munosabati, 

mashg'ulotining tori  va xususiyati  hamda boshqa shu kabi boshqa belgilar 

asosida  kamsitish  bilan  bog'liq  bo'lmagan  hollardagina  yo'l  qo'yiladi. 

Cheklashlar  faqat  Konstitutsiya  va  qonunlarda  belgilangan  bo'lishi  zarur 

va milliy xavfsizlik, jamoat tartibini  saqlash,  ijtimoiy  farovonlik,  axloq  va 

ma'naviyatni  asrab-avaylash,  shuningdek,  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini  himoyalash  manfaatlaridan  kelib  chiqqan  holda  asosli 

qo'llanilishi  darkor, bunda cheklashlar davlatning xalqaro majburiyatlariga 

muvofiq kelishi shart.

3-§.Saylov senzi. Saylovlarda ixtiyoriy va m ajburiy

ishtirok etish. Absentizm tushunchasi va mohiyati 

jSaylov  senzlari  -aktiv  yoki  passiv  caylov  huquqini  amalga  oshirish 

uchun  o'matilgan  shart  va  cheklovlar  tizimi.  Senzlar  turli  xil  bo'lishi 

mumkin;  jins  va  yosh  senzi  (ayollaming  saylov  huquqini  amalga 

oshirishga ruxsat berish  yoki  cheklash,  muayyan  yoshga to'lganda saylov 

huquqini  amalga  oshirish);  ijtimoiy  va  mulkiy,  ma’lumotlilik  darajasi, 

o'troq  (mazkur  hududda  doimiy  yoki  muayyan  vaqt  davomida 

yashaganligi),  fuqarolik  (mamlakat fiiqarolari  saylov huquqini  berish  yoki

283


chet  el  fuqaroligi  va  fuqaroligi  bo'lmagan  shaxslaming  saylov  huquqini 

cheklash) va boshqalar.  /I

XX  asr  saylov  huquqining  rivojlanishi  va  uning  tom  ma'nodagi 

xalqchil mazmun bilan boyishida yangi bosqich bo'ldi. Bu davrda ba'zi bir 

mamlakatlarda  saylov  huquqi  sohasidagi  ayrim  cheklashlar  bekor  qilindi. 

Jumladan,  1920  yili  AQShda,  1928  yili  Angliyada,  1944  yili  Fransiyada, 

1945 yilda Italiyada xotin-qizlarga saylash huquqi berildi.  Keyingi yillarda 

partiyalami  mablag4  bilan  ta'minlash  to'g'risidagi  qabul  qilingan  maxsus 

qonunlarda  partiyalarning  saylovlarda  qatnashishlariga  keng  imkoniyatlar 

beruvchi qoidalar o'z aksini topdi.

fSaylov  huauaining  rivojlanishi  saylovda  qatnashish  jarayonida 

mavjud  bo'lgan  bir  qator  to'siqlami  yengib  o'tilishi  bilan  bog'liqdir. 

Mazkur  to'siqlar odatda  saylov  senzlari  deb  atalib,  ular turli  davrlarda va 

turli  mamlakatlarda  har  xil  mezonlardan  iborat  bo'lgan.  Saylov  senzlari, 

ya'ni  ovoz  berish  huquqiga  da'vogar  bo'lgan  fuqaro  javob  berishi  kerak 

bo'lgan  qonun  bilan  belgilangan  mezonlardir.  Odatda  ushbu  mezonlar 

aholining  muayyan  qismini  saylov  huquqidan  qonuniy  ravishda  mahrum 

qilish  maqsadida  qo'llaniladi.  Senzlar  saylov  huquqining  bir  qator 

prinsiplariga  (tenglik  va  umumiylik)  zid  tuyuladi,  vaholanki  bu  bilan 

potensial  saylovchilami  notenglik  holatiga  olib  keladi,  bu  esa  saylov 

korpusini bir qator sustlashishiga sabab bo'ladi.  \

\  Ayni paytda ko'pchilik senzlar bekor qilinib, demokratiya talablariga 

mos  a a r ^ K  qisqartirilgan.  Uzoq tarixiy  davr mobaynida  amalda  bo'lgan 

bir  qator  saylov  senzlari  o'z  xususiyatiga  ko'ra  nodemokratik  mulkiy 

xarakterda bo'lganligi sababli bekor qilingan д

Qadimiy va eng ko'p tarqalgan saylov senzlaridan biri bu mulk senzi 

bo'lib,  u  muayyan  miqdordagi  mulkka  (ko'chmas  mulk,  moliyaviy 

mablag',  belgilangan  soliq  summasini  to'laganlik  va  boshqalar)  ega 

bo'lmagan fuqarolami  saylov huquqidan mahrum qilgan.  1964 yilga qadar 

AQShning  bir  qator  shtatlarida  ovoz  beruvchilarga  belgilangan  saylov 

solig'ini  to'lashlik  talabi  qo'yilgan.  Mulk  senzi  o'z  xususiyatiga  qo'ra 

mutlaqo nodemokratik xarakterga ega bo'lgan, uning amal  qilishi  umumiy 

saylov  huquqi  asoslariga  zid  amaliyot  sifatida jahonning  deyarli  barcha 

mamlakatlarida bekor qilingan.

Uzoq  davr  mobaynida  saylov  huquqi  faqat  erkak  jinsiga  mansub 

aholining  huquqi  sifatida  e'tirof  etilgan.  Shuni  aytish  mumkinki,  1917 

yilga  qadar  ayollaming  aktiv  saylov  huquqi  mavjudligi  sanoqli 

mamlakatlardagina  (Avstraliya,  Daniya,  Islandiya,  Yangi  Zelandiya, 

Norvegiya)  qayd  qilingan.  Mazkur  senzning  rasmiy  tus  olishi  jamiyatda

284


ayollar  vazifasi  faqat  uy  xo'jalik  yumushlaridan  iborat  degan  tushuncha 

yakkaliokim bo' lganligi bilan ifodalanadi.  Bu  tushuncha o'sha davrlardagi 

uch  “k”  harflari  bilan  (Kirche,  Kuchc,  Kinder-  uy,  oshxona  va  bola) 

ifodalangan.  Jamiyat  ongiga  uzoq  davr  singib  qolgan  ayollarning 

jamiyatdagi  roli  haqidagi  bu  tushuncha  ayollarni  siyosiy  jarayonlarga 

kirishiga  to'sqinlik  qilgan.  Biroq  jahondagi  siyosiy  o'zgarishlami 

rivojlanishi,  ayollarning  siyosiy  ongini  o'sishi  va  uni  ijtimoiy-iqtisodiy 

hayotga  kirib  kelishi  hamda  faollashishi  bir  qator  mamlakatlarda  asr 

boshlarida  ayollarga  saylov  huquqini  qo'lga  kiritish  imkoniyatini  yaratdi 

(Buyuk  Britaniyada  -   1918  yil,  AQShda  -   1920  yil,  Fransiya,  Italiya  va 

Yaponiyada  -   1945  yil  va  boshqalar).  Jahonning  eng  rivojlangan 

demokratik  davlatlaridan  biri  Shveysariyaning  ayollari  saylov  huquqiga 

1971  yilda  ega  bo'ldilar.  Ba’zi  bir  musulmon  davlatlarida  ayollar 

hozirgacha  saylov  huquqiga  ega  emaslar.  Alohida  mamlakatlarda 

saylovlarda  ayollar uchun  erkaklarga nisbatan  mavjud  bo' Imagan ba’zi  bir 

cheklovlar mavjud.  Ayni davrda ayollarning saylov jarayonida va ijtimoiy- 

iqtisodiy  hayotda  o'm i  va  roli  ortib  bormoqda,  hatto  keyingi  o'n  yillikda 

ba’zi  mamlakatlarda (Argentina, Filippin, Irlandiya,  Islandiya,  Shri  Lanka) 

ayollar prezidentlik lavozimiga ham saylanganlar.

Uzoq  davr  mobaynida  yuqori  yosh  senzi  (21-23  yosh)  amal  qilgan. 

Mazkur  senz  vakillik  organlarini  shakllantirishda  millionlab  tuqarolami 

qatnashishdan  ajratib  turgan.  Mazkur  senzning  amal  qilish  tarafdorlari, 

shaxsning  aynan  shu yoshga  to'lgandan  keyingina  o'z harakatlariga  hisob 

bera  oladi  degan  tushuncha  bilan  oqlaydilar.  Bunday  yuqori  yosh  senzi 

orqaii  millionlab  yigit  qizlaming  siyosiy  hayotdan  chetlatilishi  adolat 

mezonlariga  ziddir,  chunki  ahohning  aynan  shu  qismi  nisbatan  faol  va 

intiluvchan  bo'ladi.  Ular  ahoiining  boshqa  qatlamlariga  nisbatan 

davlatdagi  iqtisodiy  va  ijtimoiy  o'zgarishlami  tarafdoridirlar.  Jamiyatda 

yoshlar  va  talabalar  harakatining  ommaviy  ravishda  o'sishi  70-yillarda 

ko'pchilik  davlatlarda  yosh  senzini  18  yoshgacha  pasaytirilishiga  olib 

keldi  (Buyuk  Britaniya,  GFRda  -   1970  yil,  AQSH  da  -  1971  yil, 

Fransiyada  -   1974  yil,  Italiyada  -1975  yil  va  hokazo).  Hozirgi  paytda 

jahonning  deyarli  barcha  mamlakatlarida  fuqarolarga  18  yoshdan  saylov 

huquqi  berilgan.  Braziliya,  Nikaragua,  Kuba  va  Eronda  fuqarolar  16 

yoshdan saylov huquqiga ega bo'ladilar.

Mulk senzining mantiqiy davomi sifatidagi hozirgi davming bir qator 

mamlakatlarida  amalda  bo'lgan  ma’lumotlilik  (ta’lim  nuqtai  nazaridan) 



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling