O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


se n z i  ham  mavjud.  Mazkur  senz  ahoiining  ko'pchilik  qismi  savodsiz  b o 'lg a n


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54

se n z i 

ham  mavjud.  Mazkur  senz  ahoiining  ko'pchilik  qismi  savodsiz 



b o 'lg a n  

rivojlanayotgan  mamlakatlarda  saylovchilar  miqdoriga  sezilarli

285


salbiy  ta'sir ko'rsatadi.  Ma'lumotlilik  senziga  muvofiq,  fuqaro  (saylovchi) 

davlat  tilida  o'qish  va  yozishni  bilishi  lozim.  Bu  senzni  amal  qilishiga 

sabab,  savodsiz  saylovchining  ovozi  boshqa  shaxslar  ta'sirida  bo'ladi 

deyiladi, chunki  savodsiz odam  saylov bulletenlarini  to'ldirilishida begona 

shaxslar  xizmatidan  foydalanadi,  bu  esa  uning  siyosiy  qarashlari  bir 

muncha  boshqa  shaxslar  ta'sirida  o'zgartirilishiga  ham  olib  keladi.  Bu 

senzni 

yuqordagicha  argument  bilan 



oqlanishi 

agar  biz  qator 

mamiakatlardagi  oliy  ma'lumotli  fuqarolarga  ham bevosita,  ham  bilvosita 

ta'sir  etilishini  e'tiborga  olsak,  mantiqiy  jihatdan  nomuvofiqdir.  Bundan 

tashqari,  saylov  qonunchiligi  “o'qish  va  yozishni  bilish”  tushunchasiga 

ham aniq bir tushuncha bermaydi  va mazkur mezon darajasi mansabdorlar 

ixtiyoriga qoladi.  Keyingi davlarda ba’zi mamlakatlarning konstitutsiyalari 

ma’lumodilik senzini qo'llanilishiga, hatto rasmiy  tus bermoqda.  Masalan, 

Ekvador  Konstitutsiyasida:  “Ovoz  berish  savodlilar  uchun  majburiy, 

savodsizlar uchun erkin”, deb belgilab qo'yilgan.59 Savodsizlami saylovda 

qatnashishi keyingi o'n yilliklarda qabul qilingan konstitutsiyalar bilangina 

belgilanmoqda.  Masalan,  1980  yilgi  Peru  konstitutsiyasi  savodsizlarga 

bergan imkoniyati bilan 857 ming fuqaro saylovda qatnashdi.

Potensial saylovchilarni saylovda saylov huquqidan mahrum qiluvchi 

yana  bir  keng  tarqalgan  huquqiy  vositalardan  bin  -  muqimlik  senzidir. 

Mazkur  senz  o'zida  saylovchilarni  muayyan  hududda  belgilangan  davr 

mobaynida  muqim  istiqomat  qilishligi  talabini  mujassamlashriradi  (bir 

oydan  ikki  yilgacha).  Muqimlik  senzi  ta'sirida  ish  yuzasidan  o'z  yashash 

joyini o'zgartirib turadigan mavsumiy ishchilar saylov huquqidan mahrum 

bo'ladilar.  K o'p  hollarda  shunday  tarzda  saylov  huquqidan  mahrum 

bo'lgan fuqarolar ovozlaridan manfaatdor bo'lgan siyosiy partiyalar ulami 

o'z  mablag'laridan  qidirib  topadilar  va  doimiy  ro'yxatdan  o'tgan  saylov 

okruglarida  ovoz  berishlarj  uchun  imkoniyat  yaratib  beradilar.  Bu 

saylovchilar  ovozini  sotib  olishning  ochiq  shaklidir.  Bunday  shakldagi 

saylovchilarni  “tutib”  kelib  ovoz  berishini  tashkillashtirish  “uchar 

saylovchilar ovi” nomini olgan.

Bir  qator  mamlakatlarda  (Gollandiya,  Turkiya  va  ko'pchilik  Lotin 

Amerikasi  davlatlari)  an’anaviylik  tusini  olgan  harbiylami  ovoz  berishda 

qatnashmaslik 

amaliyoti 

ham 

mavjud. 


1977 

yilgi 


Ekvador 

Konstitutsiyasiga  muvofiq,  harbiy  xizmatni  o'tayotgan  shaxslar  ovoz 

berish  huquqidan  foydalana  olmaydilar.  Pem,  Panama,  Argentina, 

Braziliya  va  Meksikada  unter-ofitserlar  va  armiya,  flot,  politsiya  oddiy 

askarlari,  qamoqxona  xizmatchilari  hamda  majburiy  harbiy  xizmatni

и   1977 yilgi Ekvador FConstitutsiyasi 33-modda

286


o' tamagan  shaxslar  ovoz  berish  huquqidan  mahrumdirlar.  Harbiy 

xizmatchilami  saylov  huquqidan  mahrum  qilish  “armiya-siyosatdan 

tashqarida”  konsepsiyasiga  asoslanadi.  Mazkur  konsepsiya  harbiy 

tuzilmalarni  mamlakatning  ijtimoiy  siyosiy  hayotiga  ko'p  hollarda  hal 

qiluvchi  ta'sir ko'rsatishi  mumkin  bo'lgan  rivojlanayotgan  mamlakatlarda 

reallikdan  kelib  chiqadi  (Lotin  Amerikasi  bir  qator  mamlakatlaridagi 

harbiy to'ntarilishlar bunga yaqqol  misol).

Aksariyat 

mamlakatlarda 

ruhoniylar 

saylov 

kampaniyasida 



qatnashish  huquqidan  mahrumdirlar.  Vaholanki,  ruhoniylik  xizmati  faol 

siyosiy  hayot bilan  birga  qo'shib  olib  borilishi  mumkin  emas.  Bu  fikrdan 

ruhoniylar  saylov  huquqidan  mahrumdir  -   degan  xulosaga  kelmaslik 

kerak.  O'zining  saylovchilarga,  ayniqsa  ayollarga  ideologik  ta'siri  bilan 

ruxoniylar  saylovchilar  ovozi  mutanosibligini  muayyan  partiya,  xususan 

xristian  demokratik  partiyalar  foydasiga  o'zgartirib  yuborishlari  mumkin. 

Bundan  tashqari  cherkov  (masjid)  kuchli  moliyaviy  imkoniyatlarga  ega 

bo'lib,  bu  mablag'lar  muayyan  bir  nomzodlami  qo'llab-quvvatlanishiga 

sarflanishi ham mumkin.

Bir  qator  mamlakatlaming  qonunchiligi  muayyan  shaxslar  doirasini 

saylov  huquqidan  mahrum  qilinishini  ham  nazarda  tutadi.  Xususan, 

(Braziliya,  Argentina,  Urugvay  va boshqalarda)  sud qaroriga ko'ra qamoq 

shaklidagi  ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tayotgan  shaxslar,  siyosiy 

huquqlardan  doimiy yoki  vaqtincha mahrum  qilingan  shaxslar, bankrotlar, 

davlat g'aznasiga qarzdorlar va boshqalar saylov huquqidan mahrumdirlar. 

Qonunchilik  bilan  “ma'naviy”  senzlar  ham  belgilangan  bo'lishi  mumkin. 

Odatda  bunday  senzlar  sharhlanmagan  bo'lib,  bu  senzni  qo'llash  huquqi 

muayyan  doiradagi  mansabdorlar  xohish-irodasiga  bog'liq  bo'lib  qoladi, 

bu  esa  bir  guruh  saylovchilarni  saylovdan  chetlatilishiga  olib  kelishi 

mumkin.  “Ma'naviy”  senzga  javob  bermaydigan  shaxslar  harakatlari, 

odatda  ijtimoiy qoralangan harakatlardir.  Mazkur senzga ko'ra fuqarolami 

saylov  huquqidan  mahrum  qilish  huquqiga  ega  mansabdor  shaxslarning 

sharhlashicha,  gadoylik qiluvchi,  spirtli  ichimliklami  surunkali  suiiste'mol 

qiluvchi,  ota-onasini  ommaviy  haqoratlagan  va  boshqa  shu  kabi  shaxslar 

saylov huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Qonunlar asosida ko'p sonli  senzlar bilan sun’iy ravishda fuqarolami 

saylov  huquqidan  mahrum  qilish  saylov  korpusining  qisqarishiga  olib 

keladi.  Senz  tarafdorlari  bu  holatni  saylovda  faqat  munosib  fuqarolar 

qatnashishlari mumkinligi bilan oqlaydilar.

Sivilizatsiya  rivojlanish  darajasiga  ko'ra  u  yoki  bu  senzlar  inkor 

etildi. Masalan, boshida saylov huquqi  faqat erkaklarga berilgan,  lekin  X X

287


asrga kelib erkaklar va ayollar huquqi tenglashtirilgan,  shuningdek saylash 

va  saylanish  huquqlarida  teng  bo'lgan]ar.  XIX  va  XX  asrlarda  tabaqaviy 

va  mulkiy  senzlar  keng  qo'llaniladi.  Tabaqaviy  senz  shundan  iboratki, 

malum  tabaqaga  mansub  bo'lgan  aholi  saylovlarda  ishtirok  etishiga  yo'l 

qo'yilmagan.  (Masalan,  ishchilar,  dexqonlar,  harbiy  xizmatchilar  va 

boshqalar).  Mulkiy  senzga  ko'ra  esa,  muayyan  mulkka,  foydaga  ega 

bo'lgan shaxslargina saylovga ega bo'lishgan.

  Alohida  davlatlarda  quyidagi  senzlar  mavjud:  yoshiga  ko'ra  (ko'p 

davlatlarda),  ijtimoiy  (masalan,  Tursiyada  harbiy  xizmatchilar  saylovda 

ishtirok  etmasligi,  shuningdek  Buyuk  Britaniya,  Fransiyada),  siyosiy 

(Indoneziyada  kompartiya  a'zolarining  saylovlarda  qatnashmasligi), 

o'troqlilik  senzi  -   nomzodning  muayyan  hududda  vaqtinchalik  yoki 

doimiy  yashashi  (Belgiya,  Avstriya,  Shvetsiya,  Gollandiya,  GFR  va 

boshqalar).\

lAktiv  savlov  huauqida  yosh  chegarasi  turli  mamlakatlarda  turlicha 

belgiianishi  mumkin.  Bu  yosh  belgilanishida  fuqaroning  voyaga  yetishi, 

davlat  hokimiyatining  boshqaruv  organlarida  bo'ladigan  saylovlarid 

ishtirok  etishlari  mumkin.  Braziliya  va  Eronda  fuqarolar  16  yoshdan, 



Indoneziyada 

17  yoshdan  saylash  huquqiga  ega  bo'lsa,  ayrim 

mamlakatlarda  saylash  huquqini  olishga  bo'lgan  chegara  ancha  yuqori 

qo'yilgan. Masalan, Malayziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga 

to'lganidan keyingina saylash huquqiga ega bo'lishadi. Rossiyada 2002 yil 

20  dekabrda  qabul  qilingan  Qonunga  ko'ra  saylov  kunigacha  18  yoshga 

to'lgan  Rossiya  fuqarosi  saylash  huquqiga  ega.  Fransiyada  ham  saylov 

huquqiga ega  bo'lish  uchun  belgilangan  yosh  1974  yil  5  iyuldagi  Qonun 

bilan  18  yosh  qilib  belgilangan.  Qirg'izistonda ham  saylov  huquqiga  ega 

bo'lish uchun fuqarolarnig  18 yoshga to'lgan bo'lishi kerakligi  1999 yil 29 

aprelda qabul  qilingan  Qirg'iziston  Respublikasida  saylovlar  to'g'risidagi 

Kodeks bilan belgilab qo'yilgan.

Fuqarolik  senzi barcha davlatlarda odatiy shartga aylangan bo'lsada, 

ba’zi  hollarda  bunday  senzning  yo'qolib  ketishini  ham  kuzatish  mumkin. 

Masalan,  o'ziga  xos  tuzilma  bo'lgan  Yevropa  Ittifoqining  Parlamentiga 

saylovlar  paytida  Fransiyada  bo'lgan  Germaniya  fuqarosi  Fransiyaning 

Yevropa Ittifoqi  Parlamentiga vakili uchun  ovoz  berish  huquqiga ega.  Bu 

qoida  Yevropa  Ittifoqiga  asos  solgan  1992  yilgi  Maastrixt Shartnomasida 

ko'zda tutilgan.

Sud  tomonidan  muomalaga  layoqatsiz  deb  topilganlar,  ozodlikdan 

mahrum  qilish  joylarida  saqlanayotganlar  saylash  huquqidan  foydalana 

olmaydilar ya'ni, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlaming

288


saylash huquqi vaqtincha to'xtatiladi.

Aktiv  saylov,  ya’ni  saylash  huquqidagi  yosh  senzi  turli  davlatlarda 

ahiolinmg  b^cha qauami  uchun bir xil  belgilansa,  passiv  saylov  huquqida 

yosh  senzi  nomzodning  qaysi  organga  saylanayotganligiga  qarab  turlicha 

belgilanishi  mumkin.  Masalan,  Fransiyada  Milliy  Majlis  deputatligiga, 

Respublika  Prezidentligiga  va  Yevropa  Parlamentiga  nomzodi  qo'yilgan 

shaxs  23  yoshga to'lgan  bo'lishi,  Senatga  saylanish  uchun  esa  35  yoshga 

to'lgan  bo'lishi  shart.  Undan  tashqari  barcha  nomzodlaming  harbiy 

xizmatni to'liq o'tagan bo'lishi ham talab qilinadi.

Rossiyada  2002  yil  20  dekabrda  qabul  qilingan  Qonunning  4- 

moddasiga ko'ra,  Davlat Dumasiga deputat bo'lib  saylanish  uchun  saylov 

kunigacha 21 yoshga to'lgan bo'lishi kerak.

Saylanish  huquqi  ham  ba’zi  mamlakatlarda  ancha  yuqori  bo'lishi 

mumkin.  Masalan,  Italiyada senator bo'lish  uchun  nomzodning 40 yoshga 

to'lgan bo'lishi talab qilinadi.

Saylanish  huquqiga  ega  bo'lish  uchun  yana  boshqa  shartlar  ham 

qo'yilishi  mumkin.  Masalan,  Yevropa  Parlamentiga  nomzodi  qo'yilgan 

fransuz fuqarosidan  1500 yevro garov summasi talab qilinadi. /

Saylovlaming  majburiyligi  prinsipi  ham  barcha davlatlaming  saylov 

to'g'risidagi  qonunchiligida  belgilangan.  Vakiilik  organlariga  saylovlar 

majburiy bo'lib har bir davlatning Asosiy Qonunlarida, konstitutsiyaviy va 

saylov  to'g'risidagi  qonunlarda  ma’lum  bir  belgilangan  muddatlarda 

o'tkazib  borishini  mustahkamlagan.  Shu  o'rinda,  absentizm  tushunchasi 

lotin tilidan olingan bo'lib  (absens) -  yo'qlar, kelmaganlar degan ma’noda 

qo'llanilmoqda.  Saylovchilaming saylov yoki referendumda ovoz berishda 

ixtiyoriy  ishtirok  etmasliklarini  anglatuvchi  atama  zamonaviy  demokratik 

davlatlarda  keng  tarqalgan  hodisa  bo'lib,  ovoz  berish  huquqiga  ega 

bo'Iganlaming 

20-40 

foizgacha 



qatnashmasa 

ham 


saylovning 

huquqiyliligini belgilaydi.

Har  bir  davlat  xalqaro  hamjamiyatning  to'laqonli  a'zosi  sifatida 

saylov  to'g'risidagi  xalqaro  andozalami,  fuqarolaming  saylovga  doir 

huquq  va  erkinliklarini  e’tirof etadi  va  mamlakatda  demokratik  saylovlar 

o'tkazish  borasida  saylovga  doir  huquq  va  erkinliklar  kafolatlanishini 

yanada kuchaytirish uchun izchillik bilan qonunlar qabul qilish va tegishli 

chora-tadbirlarni qo'llamoqdalar.

Saylovlarga oid xalqaro  andozalarda  fuqarolaming  saylov  huquq  va 

erkinliklariga  amal  qilinishini  ta’minlash  har  qanday  demokratik 

davlatning  milliy  qonunlariga  implementatsiya  qilish  masalasi  muhim 

ahamiyat kasb etadi.



289

Mamlakatning  zimmasiga  olgan  xalqaro  majburiyatlarini  quyidagi 

tartibda o'rgan ish mumkin:

1.  Konstitutsiya  va  qonunlaming  umume'tirof  etilgan  xalqaro 

huquq  normalariga  muvofiq  bo'lishini  ta'minlash.  Saylov  jarayonlari 

ishtirokchilarining  saylov  to'g'risidagi  huquqlarini  demokratik  prinsiplar 

va  normalar  asosida  himoya  etilishini,  saylovlar  demokratik  ruhda 

o'tkazilishini,  saylovlarda  fuqarolar  o'z  xohish-irodasini  erkin  ifoda 

etishini,  saylovlarning  haqqoniy  va  qonuniy  (legitimligi)  bo'lishini 

kafolatlash.

2.  Saylov to'g'risidagi qonunlar faqat qonun chiqaruvchi  hokimiyat 

(parlament) tomonidan qabul qilinishi.

3.  Ko'ppartiyaviylik  asosida  o'tadigan  bevosita  saylovlar  chog'ida 

barcha  nomzodlaming  erkin  raqobatlashuvi  uchun  zarur  shart-sharoit 

yaratish.

4.  Saylovga  tayyorgarlik  ko'ribh  va  uni  o'tkazish  chog'ida 

fuqarolaming  saylovga  doir  huquq  va  erkinliklariga  amal  qilinishini 

ta'minlashning  huquqiy,  tashkiliy,  axborot jibatdan  kafolatlash  tizimlarini 

yaratish.

5.  Xotin-qizlarning  say lab  qo'yiladigan  organlarga  saylash  va 

saylanish  huquqlarini  erkaklar  bilan  teng  amal  qilinishi  imkoniyatlarini 

ta'minlash.

6.  Ovoz  berishda barcha  saylovchilar ishtirok etishi  uchun huquqiy 

kafolat va shart-sharoitlar yaratish choralarini joriy etish.

7.  Saylovchilami  yoshi,  fuqaroligi,  turar joyi,  shaxsini  tasdiqiovchi 

asosiy  hujjati  mavjud  ekani  kabi  mezonlarni  ko'zda  tutuvchi  hech  bir 

kamsitishlarsiz 

amalga 

oshiriladigan 



muayyan 

qonuniy-me'yoriy 

protsedura  negizida  ro'yxatga  olish  uchun  tegishli  huquqiy  shart-sharoit 

yaratish.

8.  Saylovchilar  haqida  ma’lumot  taqdim  etuvchi  shaxslaming 

mas'uliyatini,  ma’lumotlaming  haqqoniyligini,  tegishli  ma'lumotlar  to'la 

hajmda  ekani  va  ularning  o 'z  vaqtida  yetkazib  berilishini,  shaxsiy 

ma'lumotlar  maxfiyligi  qonunga  muvofiq  ta'minlanishini  qonuniy 

asoslarda mustahkamlash.

9.  Siyosiy  partiyalar  shakllanishiga  va  ularning  erkin  qonuniy 

faoliyat  yuritishiga  ko'maklashish, 

siyosiy  partiyalar  va  saylov 

jarayonlarining  moliyaviy ta’minlanishini  qonuniy jihatdan tartibga solish, 

siyosiy  partiyalar  va  nomzodlarga  o'z  qarashlari  va  munosabatlarini, 

saylovoldi  dasturlari  qoidalarini  erkin  bayon  eta  olishi  va  saylovchilar

290


buning  bilan  tanishish  kimni  yoqlab  va  kimga  qarshi  ovoz  berish, 

muhokama yuritishi uchun tegishli shart-sharoit yaratish.

10. 

Siyosiy  partiyalar  va  nomzodlaming  hech  bir  kamsitishlarsiz 



ommaviy  axborot  vositalaridan  foydalanishida  huquqiy  yoki  ma'muriy 

to'siqlar  qo'yilishining  oldini  olish,  ijtimoiy  flkr  so'rovlari  natijalariga 

asoslangan  ma’lumotlaming  axborot  bankini  shakllantirish  va  ushbu 

ma’lumotlar  bilan  saylov  jarayonlari  ishtirokchilarining  tanishib  chiqish 

saylovlarning  ochiqligini  ta'minlaydigan,  ovoz  berish  yakunlari  va  saylov 

natijalariga  nisbatan  ishonch  darajasini  oshiradigan  zamonaviy  axborot 

texnologiyalarini joriy etish/

Absentizm  tushunchasi  va  mohiyatUahon  konstitutsiyaviy  huquqida 

absentizm  deb  ataladigan  ibora  mavjud  bo'lib,  ushbu  holat  saylovlarda 

ovoz berishda va referendumda ixtiyoriy  qatnashmaslikni bildiradi.  Bunda 

saylovchilar o'z  ixtiyorlari  bilan  saylovlarda qatnashmaydilar,  chunki  kim 

deputat  bo'lishi,  kim  davlat  boshlig'i  bo'lishi,  qo'yilgan  masalaning 

qanday hal qilinishi ularni qiziqtirmaydi.  Bu esa davlat barqarorligiga xavf 

soladigan  darajadagi  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinki,  buni  2002  yilda 

o'tkazilgan  Fransiyadagi  Prezidendik  saylovi  misolida  ham  ko'rish 

mumkin.  Shunday  qilib,  xorijiy  davlatlarning  saylov  to'g'risidagi 

qonunlarida  erkin  demokratik  saylov  o'tkazishning  asosiy  qoidalari  va 

xalqaro  andozalarda  fuqarolarining  vakiilik  organlariga  saylash  va 

saylanishi  bilan  bog'liq  konstitutsiyaviy  huquqlari  amal  qilishining 

kafolatlari mustahkamlab qo'yilgani e'tiborga sazovordir.

291


27-Bob. Saylov jarayoni

1-§. Saylov jarayoni tushunchasi, bosqichlari va o'tkazilish 

muddatini belgilash tartibi

2-§. Saylov okruglarini tuzish, saylov uchastkalarini 

belgilash va saylov organlarini tashkil etish

3-§. Saylovchilarni ro'yxatdan o'tkazish va nomzodlar 

ko'rsatish tartibi

4-§. Tashviqot-targ'ibot ishlari, ovoz berish, qayta saylov 

va takroriy ovoz berish

5-§. Saylov natijalarini aniqlash va e'lon qilish

l-§. §aylov jarayoni tushunchasi, bosqichlari va o'tkazilish 

muddatini belgilash tartibi

Saylov jarayonlarining boshlanish»m e’lon qilish va uni  o'tkazilishini 

ta’minlash hamma davlatlarda  Konstitutsiya va qonunlar bilan belgilanadi. 

Bu  esa 


o'z-o'zidan 

ravshanki,  uning  ishtrokchilarini  huquqiy  jihatdan 

ta’minlanishi demakdir.

Barcha  demokratik  davlatlarda  parlament  mamlakat  hayotida  hal 

qiluvchi vazifani  bajaradi.  Shuning uchun  saylovni o'tkazilishida AQShda 

Kongress,  Fransiyada  Konstitutsiyaviy  Kengash,  Germaniyada  Federal 

Majlis,  Italiyada  Prezident,  Ispaniyada  Qirol,  Angliyada  Qirolicha, 

Kanadada  Qirol,  Yaponiyada  Imperator,  Gretsiyada  Prezident  va 

Parlament  davlat  va  millat  ramzi  sifatida  parlament  saylovlarini  e’lon 

qiladi  va  uning  haqqoniy  o'tkazilishini  ta’minlaydi.  Siyosiy  partiyalar  va 

ommaviy  harakatlar  saylov  jarayonlarida  bir-birining  faoliyatini  nazorat 

qiladi.  Agar  biror-bir  siyosiy  partiya  yoki  davlat  organi  saylovda 

noqonuniy  xatti-harakatlar  sodir etsa, juda yomon  oqibatlarga olib  kelishi 

mumkin.


Dunyoning  barcha  mamlakatlarming  saylovlarini  o'tkazilishida 

uning  ishtirokchilarini  huquqiy  jihatdan  ta’minlanish  prinsipi  to'g'ri 

amalga  oshirilishi  mamlakat  rivojirjing  kafolati  bo'lib  xizmat  qiladi.  Shu 

o'rinda,  davlat  organlari, jamoat birlashmalari  va  saylovchilar  o'rtasidagi 

munosabatlaming demokratiyaviyligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Har  bir yuridik jarayon  singari  saylov jarayoni  ham  o'zida  huquqiy 

normalar 

tizimini  y  mujassamlashtirgan 

faoliyat 

turidir. 

Davlat 

hokimiyatining  o'zini  o'zi  boshqarish  organlarini  tashkil  etish  uchun 



o'tkaziladigan saylovlami saylov jarayoni deb tushunamiz.  4-

Saylov  jarayoni  huquqiy  tomondan  qat’iy  belgilangan  tartibda,

292


bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:

1)  saylovni  belgilash;  ushbu  bosqich  umuman  bo'lmasligi  ham 

mumkin,  agarda  saylov  o'tkazish  kuni  qonun  bilan  belgilab  qo'yilgan 

bo'lsa.  Masalan,  AQShda  davlat  hokimiyati  va  o'zini  o'zi  boshqarish 

organlariga  saylov  juft  yilning  birinchi  dushanbasidan  keyingi  seshanba 

kuni o'tkazilishi belgilab qo'yilgan.

2) saylov okruglarini belgilash;

3) saylov uchastkalaiini belgilash;

4) saylov organlarini tashkil qilish (saylov organlari va boshqalar);

5) saylovchilami ro'yxatga olish;

6) nomzodlami ko'rsatish;

7) saylov oldi tashviqotlari;

8) ovoz berish;

9) ovozlami hisoblash va saylov natijalami  aniqlash;

10) takroriy ovoz berish yoki takroriy saylovlar;

11) natijalarni e'lon qilish.

Saylov  jarayonlari  bosqichlari  barcha  turdagi  saylovlarda  amalga 

oshiriladi  (ikkinchi  va  to'rtinchi  bosqichda  nazarda  tutilgan  bosqichlar 

saylov jarayonini shakllantirish deb ataladi).

Saylov  jarayonlari  bosqichlari  bevosita  saylov  huquqiga  tegishlidir, 

bilvosita saylovlarda ushbu bosqichlaming ma’lum birlari  bo'lmasligi  yoki 

ma'lum  bir  bosqichlar  qo'shilishi  mumkin.  Masalan,  saylov  okruglari  va 

saylov uchastkalaiini tashkil etish bosqichini  parlamentning ichki tashkiliy 

organi amalga oshirishi mumkin.

Saylov  jarayonining  saylovni  kunini  belgilash  bosqichi  barcha 

demokratik davlatlarda maxsus tuzilgan  organga yoki  mansabdor  shaxsga 

yuklatilgan  bo'lib,  konstitutsiya  va  qonunlari  asosida  mustahkamlangan. 

Agar  saylovning  sanasini  belgilash  qonun  yoki  Konstitutsiya  bilan  aniq 

o'matilmagan  bo'lsa,  qonunda  ushbu  sanani  belgilashga  vakolatli  organ 

ko'rsatiladi.  Masalan,  1992  yil  qabul  qilingan  Chexiya  Konstitutsiyasida 

parlamentning  har  ikkala  palatasiga  saylov  jarayonlari  amaldagi 

parlamentning  vakolat  muddatini  tugashiga  30  kun  qolganida  boshlanadi 

va  parlamentni  vakolat  muddati  tugagan  kunda  saylov  natijalari  e’lon 

qilinadi.  Agar  parlamentning  quyi  palatasi  (deputatlar  palatasi)  tarqatilib 

yuborilgan  bo'lsa,  Konstitutsiyada  saylovni  palata  tarqatib  yuborilgandan 

so'ng 60 kun ichida o'tkazilishi belgilangan.

Chexiya  Konstitutsiyasining  63-moddani  1-  qism  “ye”  bandiga 

muvofiq,  saylov kunini belgilash vakolati mamlakat prezidentiga berilgan. 

Shuningdek,  54-moddasini  2-qismiga  muvofiq,  prezident  parlament

293


palatalarininng  qo'shma  majlisida  saylanadi  va  prezidentlikka  saylovlar 

amaldagi  prezidentning  vakolat  muddati  tugashiga  30  kun  qolganda 

belgilanadi.  Agar  Prezident  muddatidan  oldin  iste’foga  chiqqan  bo'lsa, 

saylov iste'fo berilgan kundan keyin 30 kun ichida o'tkaziladi.

Dunyoning  aksariyat  mamlakatlarida  umumiy  saylovlar  sanasi  dam 

olish  icuniga  belgilanadi.  Masalan,  Avstriya  Federal  Konstitutsiyaviy 

Qonunining 

26-moddasi, 

3-qismiga 

ko'ra, 


Milliy 

Kengashga 

(parlamentning quyi palatasi)  saylovlar yakshanba kuniga yoki  boshqa  bir 

dam  olish  kuniga  belgilanishi  lozim.  Ammo  shu  qatorda  boshqacha 

qoidalar  ham  mavjud,  masalan  AQShda umumiy  saylovlar  seshanba kuni 

o'tkaziladi.  AQSH  va  Avstriya  modellarini  solishtiradigan  bo'lsak, 

Avstriyada  mamlakat  aholisini  o'z  saylov  huquqini  amalga  oshirishlari 

shart  deb  qaraladi,  AQShda  esa  saylovchilaming  saylovlarda  qatnashishi 

erki  irodasiga bog'liq element sifatida q jralib,  saylovlarda qatnashishi  o'z 

xohishidan  kelib  holda  yondashuvdan  /elib  chiqadi.  Umuman  olganda, 

aksariyat  xorijiy  davlatlarda  saylovlarn:  dam  olish  kunida  o'tkazilishi 

belgilanishiga qaramasdan  saylovchining saylovlarda qatnashishi  majburiy 

emas.



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling