O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


partiyalar uchun mutanosiblik tizimi (proporsional)


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
partiyalar uchun mutanosiblik tizimi (proporsional).

Proporsional saylov tizimining ko'rinishlari

l-§. Xorijiy mamlakatlarda saylov tizimi turlari

Saylov  tizimining  xalqchilligi,  barcha  fuqarolar uchun  tushunarli  va 

qulay  bo'lishi.  Saylovlar  fuqarolarga  ularning  o'z  xohish-irodasini  erkin 

ifodalash imkoniyatini  yaratadi.  Mavjud siyosiy  amaliyot milliy va tarixiy 

xususiyatlarimiz hamda imkoniyalarimizdan kelib chiqadi.

Demokratiyaning  eng  muhim  prinsipi  -   davlat  hayotida  ishtirok 

qilishga,  o'z  davlatini  boshqarishga,  davlat  xizmatini  o'tashga  tobora 

ko'proq  fuqarolami  muntazam jalb  qilishdir.  Mazkur  prinsipning  amalga 

oshirilishi dastlab saylovlami qay darajada o'tkazilishi bilan bog'liqdir.

Darhaqiqat,  AQSH, Fransiya, Italiya,  Germaniya,  Angliya va boshqa 

davlatlar  demokratiyani  rivojlantirish  borasida  eng  uzoq  tarixiy 

jarayonlarni  boshdan  kechirgan.  Shunday  davlatlar  tajribasidan  kelib 

chiqqan  holda  endigina  o'z  mustaqilligini  qo'lga  kiritib  rivojlanayotgan 

xalqlar  o'z  davlat  tuzumini  belgilashga  harakat  qiladi.  Buni  amalga 

oshirishda  eng  birinchi  navbatda  inson  huqumari  yotadi.  Qaysi jamiyatda 

inson  huquqi  ulug'lanar  ekan  u  tez  orada  taraqqiyot  sari  ildam  qadam 

tashlay  boshlaydi.  Buning  negizida  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish 

prinsiplari  muhim  o'rin  tutadi.  Davlat  hokimiyatini  tashkil  etilishining 

demokratiyaviyligi  saylovning  xalqchilligiga  erishish  orqali  amalga 

oshiriladi.

Saylovning  xalqchilligi  tashkil  etilayotgan  organning  milliyligiga 

ham  ko'p  jihatdan  bog'liqdir.  Demak,  saylovda  xalqchillik  prinsipiga 

erishish  birinchi  navbatda  saylov  tizimining  to'g'ri  belgilanishi  har  bir 

millat  o'z  tarixiy  davlat  boshqaruvi  tajribasiga  bog'liq  bo'lsa,  o'z  oldiga 

qo'yilgan maqsadlariga erishish uchun shart-sharoit yaratadi.

Saylov  tizimi  deganda  saylov  o'tkazishga  taalluqli  barcha  huquqiy 

hujjatlar,  saylov  tizimi  tamoyillari,  fuqarolaming  saylov  huquqlarini  o'z 

ichiga  olgan  saylov  o'tkazish  tartibiari  hamda ularni  o'rnatuvchi  huquqiy 

normalaming yig'indisi tushuniladi.

Saylov  tizimi  tor  ma'noda  saylov  natijalariga  ko'ra  nomzodlar

310


o'rtasida  mandatlami  taqsimlash  uslubi  hisoblanadi.  Bunda  uslublar  turli 

huquqiy  vositalar  shakllarida  bo'lib,  qo'llanilishiga  ko'ra  saylovlaming 

natijasi barcha davlatlarda turlicha bo'lishi mumkin.

Saylov  tizimlari  bir davlatda  amalda bo'lib,  ikkinchi  davlatda o'zini 

oqlamasligi  mumkin.  Bir  saylov  tizimini  amalga  kiritishdan  oldin 

mamlakatdagi siyosiy kuchlar va etnik guruhlaming  muvozanati yaxshilab 

o'rganilishi lozim.

Mamlakatdagi  mavjud  ijtimoiy  va  siyosiy  sharoitni  turli  etnik 

guruhlarning  o'ziga  xosligini,  ko'ppartiyaviy  siyosiy  tizimning  qay 

darajada shakllanganligi  va eng muhimi elektoratining  saylov tizimiga qay 

darajada  tayyor  ekanligi  hisobga  olgan  holda  demokratik  jamiyat 

poydevorining mustahkamligini o'rganish mumkin.

Saylov  tizimi  saylov  okruglari  va  uchastkalarini  tashkil  qilish, 

nomzodlami  ko'rsatish,  saylovchilami  ro'yxatga  olish,  saylovlami 

o'tkazishdagi  mas'ul  organlar  (shaxslar)  mas'uliyati  kabi  muhim  bo'lgan 

masalalami ham o'z ichiga oladi.

Saylov  tizimining  o'ziga  xosligi  ko'p jihatdan  saylov  okruglarining 

qanday  tashkil  etilganligiga  bog'liq.  §aylov  okruglari  hududiy  bo'linish 

asosida  tashkil  etilib,  ularda  belgilangan  miqdordagi  deputatlar  yoki 

saylashga vakil qilingan kishilar saylanadi63.

Saylov okruglari bir mandatli,  ko'p mandatli va umummilliy bo'lishi 

mumkin:


bir  mandatli  saylov  okruglarida  har  bir  okrugdan  ko'rsatilgan 

nomzodlaming  bittasi  saylanadi  ya'ni  bu  tizim  prinsiplariga  binoan, 

tegishli  saylov  okrugida  belgilangan  ko'pchilik  saylovchining  ovozini 

olgan nomzod g'olib chiqqan hisoblanadi;

ko'p  mandatli  saylov  okruglarida  esa  bir  necha  nomzodlar  saylanib 

mandatlarga ega bo'ladilar;

umummilliy  saylov  okruglari  davlat  boshlig'ini  saylashda  va 

proporsional  saylov  tizimlarida  tashkil  qilinishi  mumkin.  Bunda 

nomzodlar  alohida  bir  hiiduddagi  saylovchilaming  emas,  balki  butun 

mamlakat  saylovchilarining  qo'llab-quvvatlashlariga  umid  qilishlari 

mumkin.

Ba’zi  mamlakatlarda  malum  mansabdor  shaxs  yoki  davlat  vakiilik  orgaitini  saylash  uchun  bavosita  saylovlar 



o'tkaziladi  va  bu  saylovlarda  aynan  shu  niaqsadda  bir  martalik  saylov  uchun  saylangan  vakiilar  yoki  o 'z   xizmat 

lavoziini yuzasidan bu vaknlatga ega bo'lgan shaxslar qatnashadi.  Bu saylovlar ikki yoki undan ortiq pog'onali bo'lishi 

mumkin.  Masalan,  AQSH  va Fiulyandiya  davlatlari  Prczidentlari  yoki  Hindiston parlamentining  yuqori  palatasi  ikki 

pog'onali  saylov  yo'li  bilan  saylanadi.  Fransiya  Senati  a'zolarini  saylashda  esa  bunday  vakillarning  saylovda 

qatnashishining  ikki  yoki  uch  pog'onasini  kuzatish  mumkin.  Senatorlami  saylashda  munitsipal  masiahatchilar,  bosh 

maslahatchilar,  miniaqaviy  maslahatchilar  va  deputatlar  qainashadilar  va  buni  ikki  pog'onali  saylov  uiriga  klriiisb 

mumkin.  Ba'zi kichik kommunalarning maslahatchilari  saylovda bevosita  qatnashmay, o 'z  vakillarini belgilaydilar.  Bu 

esa bavosita saylovning uch pog'onali rnrtga kiradi.

311


Hozirgi  davrda  dunyo  mamlakatlari  tajribasida  saylov  tizimlarining 

uchta shakli mavjud. Bu majoritar, proporsional va aralash saylov tizimlari 

bo'lib, ular ham o'z navbatida turi  shakllarga bo'linadi.

Eng  keng  tarqalgan  saylov  tizimlaridan  biri  bu  mojaritar1  saylov 

tizimi  bo'lib,  saylov  natijalarini  aniqlashda  ko'pchilik  ovoz  tamoyiliga 

asoslanadi.Majoritar  saylov  tizimi  o'z  navbatida  mutlaq,  maiakali  va 

nisbatan ko'pchilik ovoziga asoslangan saylov turlariga bo'linadi.

2-§. Nisbiy ko'pchilikka va mutlaq ko'pchilikka asoslangan

mojaritar saylov tizimlari

Mutlaq  ko'pchilik saylov  tizimi  shundan  iboratki,  nomzod  saylangan 

deb  hisoblash  uchun  u  saylovchilaming  yarmidan  ко'pining  qo'llab- 

quvvatlanishiga,  ya’ni  50%+l saylovchilar  ovozini  olishi  lozim.  Masalan, 

saylov  mavzesida  saylanish  uchun  3  ta  nomzod  qo'yilgan  (A,B,V). 

Berilgan  10.000  ovoz  quyidagicha  taqsimlandi:  A-  3000,  B-  1990,  V  - 

5010.  Bunda  5010  ovoz  olgan  V  mutlaq  ko'pchilik  ovozini  olgan 

hisoblanib, saylanadi.

Ushbu  tizim  amalda bo'lgan  mamlakatlarda,  odatda  saylovlar bo'lib 

o'tganligini  tasdiqlash  uchun  asos  bo'ladigan  saylovda  saylovchilarning 

qatnashganligining quyi foizi belgilangan bo'ladi. Agar qonun yoki boshqa 

normativ  hujjatlarda  belgilangan  miqdorda  ovoz  beruvchilar  saylovlarda 

qatnashmasa, saylovlar o'tmagan hisoblanadi.

Mutlaq  ko'pchilik  ovoziga  asoslangan  majoritar  tizimning  o'ziga 

xosligi  shundan  iboratki,  yuqorida  keltirilgan  misolimizda  mutlaq 

ko'pchilik  (5010)  ovozini  olgan  V  nomzod  saylandi,  qolgan  ikki 

nomzodga  berilgan  (4990,  salkam  50%)  ovoz  esa  «yo'qolib»  ketadi  va 

natijada  A  va  В  nomzodlarga  ovoz  bergan  saylovchilar  o'z  vakillarini 

parlamentga o'tkaza olmaydilar.

Undan 

tashqari  majoritar  tizimning  bu  turida  belgilangan 



mandatlarga  ega  bo'lishda  kichik  partiyalaming  imkoniyatlari  yo'q. 

Umuman  olganda,  saylovda mutlaq  ko'pchilik  ovoz  olish  imkoniyatining 

kamligi  saylovni  natijasiz  tugashiga  va  qayta  ovoz  berish  bilan  bog'liq 

xarajatlaming ko'payib ketishiga sabab bo'lishi mumkin.  Ba’zi davlatlarda 

bu  muammoni  hal  qilish  uchun  ikkinchi  bosqich  o'tkazib  unda  saylov 

natijalarini  nisbatan  ko'pchilik  ovoz  bilan  aniqlash  tartibi  belgilangan. 

Masalan, Fransiyada 1962 yilda o'tkazilgan referendum asosida 1965 yilda 

bo'lib  o'tgan  Prezident  saylovlaridan  boshlab  shunday  tartib  amal  qilib

* majorite fransuz trlidan «ko'pchilik» degan ma’noni bildiradi.

312


keladi64.

Mutlaq  ko'pchilik  saylov  tizimining  у ana bir o'ziga xosligi  shundan 

iboratki,  u  har  doim  ham  birinchi  turda  natija  beravermaydi.  Bunday 

vaziyatlar  yuzaga  kelgan  holatlarda ko'pchilik  mamlakatlarda  saylovlami 

bir  necha  bosqichlarda  o'tkazilishiga  sabab  bo'lmoqda.  Bu  esa 

saylovchilami  saylovlarda  faol  qatnashishlarini  susayishiga,  saylovlarda 

soxtalashtirish holatlariga olib kelishi  mumkin.

Shuningdek,  mutlaq  ko'pchilik  ovozga  asoslangan  bu  saylov  tizimi 

parlamentdagi  ko'pchilik  qo'llaydigan  barqaror  hukumatni  tashkil  etish 

imkoniyatini beradi.

Xorijiy  davlatlar  tajribalarida  proporsional  saylov  tizimi  asosida 

tashkil  etilgan  hukumatning  beqarorligini  bartaraf  etish  maqsadida  bu 

tizimdan  voz  kechib  majoritar  saylov  tizimiga  o'tish  hollari  ham  bo'lgan. 

Buni Fransiya misolida ko'rish  mumkin.  IV Respublika davrining  so'nggi 

yillardagi 

siyosiy 


beqarorlikning 

asosiy 


sababi 

hukumatdagi 

kelishmovchiliklar  tufayli  vujudga  kelgan  edi.  Bu  esa  iqtisodiy 

qiyinchilikka,  xalq  turmush darajasining pasayishiga olib kelgan edi.  Buni 

barham  berish  maqsadida  hokimiyat  tepasiga  kelgan  General  de  Gol 

proporsional saylov tizimi o'miga majoritar saylov tizimini joriy qildi.  O'z 

vaqtida o' tkazilgan bu siyosiy islohot natijasida Fransiya qisqa vaqt ichida 

“siyosiy va parlament barqarorligini ta'minlashga imkoniyat yaratdi”65.

Saylov  natijalarini  mutlaq  ko'pchilik  ovozi  asosida  aniqlash 

usullaridan  biri,  bu preferential66  ovoz  berishdir.  Bu  saylov  tizimi  asosan 

Avstraliya  va  uning  atrofidagi  hamda  Irlandiya  va  Hindiston  kabi 

davlatlarda qo'llanilmoqda.

Bu  ovoz  berish  tunning  natijasi  juda  samarali  bo'lib,  ikkinchi 

bosqichni  o'tkazishga  imkoniyat  qoldirmaydi.  Saylovchilarga ro'yxatdagi 

nomzodlar  o'mini  o'z  xohishlari  bo'yicha  o'zgartirishlariga  ruxsat 

beriladi.  Saylovchi  ro'yxatdagi  har  bir  nomzodning  familiyasi  oldiga 

tegishli  1,  2,  3  raqamlarini  qo'yish  bilan  nomzodlarga  bo'lgan 

munosabatini  bildiradi,  ya'ni  saylovchi  birinchi  navbatda  saylamoqchi 

bo'lgan  nomzod  familiyasi  oldiga  1  raqamini,  ikkinchi  navbatda 

saylamoqchi  bo'lgan  nomzod  familiyasi  oldiga  2  raqamini  qo'yadi  va 

hokazo.

**  Ushbu  referendum  natijaiariga ko'ra.  Fransiya Prezidentini  saylashda bevosita saylovlar bekor qilinib.  u  to'g  ridan- 



to'g'ri  saylovlar  asosida  saylanadigan  bo'ldi,  qarang:  France..  Ministyert  des  Affaires  etrangeres.  Editiou  La 

documentation francaise. Paris,  1999,52 p.

65 Ushbu  referendum  natijaiariga ko'ra.  Fransiya Prezidentini  saylashda bevosita  saylovlar  bekor qilinib,  u  to g  ridan- 

to'g'ri  saylovlar  asosida  Raylanadigan  bo'ldi,  qarang:  France..  Minislyere  des  Affaires  eirangeres.  Edition  La 

documentation franchise. Paris,  1999,53 bet.

M

 Fransuz tilidan preference -  «afzal ko'rish» degan  ma’noni bildiradi.

313


Bu saylov tizimi-saylovchilarga o'z xohish istaklarini  bildirib, o'zlari 

afzal  ko'rgan nomzodlami  saylash imkoniyatini berganligi uchun ham uni 

“prefensial  ovoz berish” deb ataladi.

Avstraliyada  bu  tizim  1918  yil  konservator  kuchlar  qo'lida  bo'lgan 

hukumat  tomonidan  o'z  tarafdorining  ko'plab  saylov  okruglarida 

saylanishiga  imkoniyat  yaratish  va  leyboristlar  partiyasi  ta’sirini 

kamaytirish maqsadida kiritilgan edi.

Ovoz  berish  natijalarini  mutlaq  ko'pchilik  ovozi  asosida  aniqlashga 

asoslangan  bu  saylov  turi  Papua-Yangi  Gvineyada  u  Avstraliya  vasiyligi 

ostida bo'lgan yillari amalda bo'lgan.  1975  yilda mustaqillikka erishgach, 

Papua-Yangi  Gvineya  bu  saylov  turini  nisbatan  ko'pchilik  ovozi  asosida 

aniqlash turiga almashtirdi.

Preferensial  yoki  muqobil  ovoz  berish  usulining  afzalligi  shundaki, 

unda  turli  etnik  guruhlaming  o'z  vakillarini  vakiilik  organlariga  saylash 

imkoniyati bo'ladi, chunki bu usul yirik partiyalami kichik partiyalar bilan 

hamkorlik  qilishga  undaydi.  Bu  usulning  o'zgartirilgan  shakli  Nauru 

(Tinch  okeanining  janubiy-g'arbi)  davlatida  uchraydi.  Unda  saylov 

natijalarini  aniqlashni  osonlashtirish  maqsadida  ovoz  olishda  birinchi 

navbatda  berilgan  ovoz  bir  ovozga,  ikkinchi  o'rindagi  yarim,  uchinchi 

o'rindagi uchdan bir ovozga teng qilib belgilanadi.

Agar  hech  qaysi  nomzod  mutlaq  ko'pchilik  ovozni  olmasa,  keyingi 

o'rindagi  ovozlar  sanaladi  va  shu  tariqa  eng  ko'p  ovoz  olgan  nomzod 

saylovda yutib chiqqan hisoblanadi.

Mutlaq  ko'pchilik  saylov  tizimi  amalda  bo'lgan  davlatlarda 

mamlakatdagi  hududlami  saylov okruglariga bo'lishda,  birinchi  navbatda, 

subyektivizmga  yo'l  qo'ymaslik lozim  bo'ladi.  Ushbu  holatni  raqamlarda 

ко'rib chiqadigan bo'lsak, u quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi. Masalan, 20 

mingtadan  saylovchi  bo'lgan  5  bir  mandatli  saylov  okruglariga  bo'linishi 

ko'zda  tutilgan  muayyan  geografik  hududda  ikki  partiya  -   A  va  В 

partiyalari  raqobatlashadi.  A  partiyani  ushbu  hududda  60  mingta,  В 

partiyani  esa  40  mingta  tarafdorlari  bor.  Agar  ushbu  hudud  A  partiya 

tarafdorlari  tomonidan  okruglarga  bo'linadigan  bo'lsa,  unda  bo'luvchi  A 

partiya  tarafdolari  shunday  qiladiki,  A  partiyani  qo'llab  -   quvvatlovchi 

saylovchilar  har  bir  okrugda,  ko'pchilik  qismni  tashkil  qilishi  nazarda 

tutilgan  tarzda  hududni  okruglarga  bo'ladilar.  Bunday  holatda,  A  partiya 

ushbu hududda barcha beshta mandatni  egallaydi.  Agar mazkur geografik 

hudud  В  partiya  tarafdorlari  tomonidan  okruglarga  bo'linsa,  unda  ular 

hududni В  partiyani qo'llab-quvvatlovchi saylovchilar ko'pchilikni  tashkil 

qiladigan  tarzdagi  okruglarga  bo'lib  chiqadilar  va  В  partiya  okruglarda

314


uchta  mandatga  ega  bo'ladi,  vaholanki  A  partiyaning  тагкиг  hududdagi 

tarafdorlari ko'pchilik qismni tashkil etsa-da.

1 -  ilova 

I -holat


Saylov okruglari

Egallangan

I

II

Ш

IV

V

o'rin soni

A  partiya

12 ming

12 ming

12 ming

12 ming

12 ming

5 ta

В  partiya

8  ming

8 ming

8  ming

8 ming

8 ming

0 ta

2 -  ilova 

2-holat

Saylov okruglari

Egallangan

I

П

П1

IV

V

o'rin soni

A partiya

18 ming

18 ming

8 ming

8 ming

8 ming

2 ta

В  partiya

2 ming

2 ming

12 ming

12 ming

12 ming

3 ta

Shuningdek,  majoritar va proporsional saylov tizimlarini birlashtirish 

tamoyiliga asoslangan aralash saylov tizimi mavjuddir.

Bu  tizim  Yaponiya,  Gvineya,  Albaniya,  Janubiy  Koreya,  Litva, 

Samali  va  Tayvan  kabi  davlatlarda,  MDH  doirasida  esa  Armaniston, 

Ozarbayjon, Gruziya va Rossiya Federatsiyasi davlatlarida amal qiladi.

Rossiya  saylov  tizimi  siyosiy  partiyalaming  ro'yxatiga  asoslangan 

proporsional  vakiilik  va  majoritar  tizimning  oddiy  ko'pchilik  ovoziga 

asoslangan birlashuvidan iborat.

Davlat  Dumasining  450  deputatidan  225  tasi  bir  mandatli  saylov 

okruglaridan  majoritar  usulda  saylansa,  qolgan  225  deputat  proporsional 

vakiilik  asosida  saylanadi.  Bunda,  Rossiya  Federatsiyasining  Rossiya 

Federal  Kengashi  Davlat  Dumasiga  deputatlaming  saylovi  to'g'risidagi 

federal  Qonunning  13-  moddasiga67  binoan  Federatsiya  hududi  yagona 

saylov okrugiga aylanadi.

Har  bir  partiya  o'z  nomzodlari  ro'yxatini  tuzadi  va  bu  ro'yxatga 

kirgan  nomzod bir mandatli  saylov okrugida o'tkaziladigan  saylovda ham 

qatnashishi  mumkin.  Buning  uchun  nomzodning  federal  saylov  okrugiga 

ham,  bir  mandatli  saylov  okrugiga  ham  aynan  bir  saylov  birlashmasidan 

yoki  saylov  blokidan  ko'rsatilishi  shart  qilib  qo'yilgan.  Natijada,  federal 

okrug  bo'yicha proporsional  saylov asosida yutib chiqqan partiya yana bir 

qo'shimcha mandatga ega bo'ladi.

Bunda  mandatlar  taqsimlashiga  federal  okrug  bo'yicha  5%Iik 

chegaraga yetgan va undan oshgan partiyalargina qo'yiladi.

Aralash  tizimning  qo'llanilishi  qat’iy  proporsional  tizimda  mavjud 

bo'lgan  may da  partiyalaming  ko'payib  ketishini  oldini  oladi.  Undan 

tashqari mavjud kichik partiyalar bir mandatli majoritar tizimli saylovlarda

67 Sobraniye zakonodatelstva Rossiyskoy Federatsii, №26,  I999v s.577.

315


yutqazsalarda,  proporsional  saylovlar  bilan  buning  o'mini  to'ldirib 

olishlari  mumkin.  Lekin,  Rossiyada  mavjud  bo'lgan  5%  li  to'siqning 

bo'lishi  buning amalga oshishiga ancha to'sqinlik qiladi.

Aralash 


tizimning 

qo'llanilishi 

ikki 

turdagi 


deputatlaming 

saylanishiga  olib  keladi.  Birinchisi  saylov  okrugidagi  saylovchilar  bilan 

ancha  bog'liq  bo'lgan  deputat  bo'lib  o'z  saylovchilari  oldida  o'z 

mas'uliyatini  sezadi.  Ikkinchisi  partiya  ro'yxati  vositasida  saylangan 

deputat  bo'lib,  u  ma’lum  okrug  saylovchilariga  uncha  tanish  bo'lmasligi 

mumkin,  chunki,  saylovchi  ovoz  berganda,  alohida  nomzod  uchun  emas, 

balki  partiya  ro'yxati  uchun  ovoz  beradi.  Natijada,  saylangan  deputat 

o'zini  muayyan  saylov  okrugi  saylovchilari  oldida  emas,  balki  uni 

ro'yxatga kkitgan partiya rahbarlari oldida hisobdor sezadi.

Aralash  saylov  tizimining  у ana bir shakli yagona ovoz berish bo'lib, 

u  Iordaniya  va  Vanuatu  (Okeaniya)ning  parlament  saylovlarida,  Tayvan 

parlamentining  bir  qismini  saylashda  qo'llaniladi.  1948  yildan  1993 

yilgacha bu  usul  Yaponiya parlamentining  qo'yi  palatasini  saylashda ham 

qo'Ilanilgan.

Saylovning bu  shaklida saylov /bkrugida bir necha mandat bo'lsa-da, 

har bir saylovchi faqat bir ovozga ega bo'ladi. Saylovchi partiya ro'yxatiga 

kiritilgan  o'ziga  ma'qul  bo'lgan  nomzodni  yoqlab  ovoz  berishi  mumkin. 

Bunda  nomzodning,  masalan,  4  mandatii  saylov  okrugida  yutib  chiqishi 

uchun 20% ovoz to'plashi kifoya qiladi.

Bunday  ovoz  berish  ko'p  mandatli  saylov  okruglarida  mandatlar 

bo'linishining  olingan  ovozlarga  mutanosibligini  ancha  ta'minlasa-da, 

saylovchi-deputat  munosabatlarini  susaytiradi.  Chunki,  saylovchining 

faqatgina  bir  ovozga  ega  bo'lishi,  partiyalaming  saylovchilar  e’tiborini 

qozonishga  unchalik  harakat  qiimasalar-da,  osongina  mandatlarga 

erishishini ta’minlaydi.

3-§. Malakaviy ko'pchilik uchun saylov tizimi. Siyosiy

partiyalar uchun mutanosiblik tizimi (proporsional).

Proporsional saylov tizimining ko'rinishlari

Malakali  ko'pchilik  saylov  tizimi  amalda  bo'lgan  mamlakatlarda 

nomzod yoki nomzodlar muayyan okrugdan malakali ko'pchilik (2/3 qism 

yoki  65  %)  ovoz  to'plaganlarida  saylangan  hisoblanadi.  Bunday  saylov 

tizimi  juda  ham  kam  uchraydi,  chunki  mazkur  tizim  o 'z  xususiyatiga 

ko'ra, juda ham kam natija beradi,  ya'ni nomzodlar doim ham belgilangan 

miqdordagi saylovchilami ovozlarini to'play olmaydilar, buning natijasida, 

saylov  ko'plab  turlarda  o'tkazilishiga  olib  keladi.  Hozirda,  Chili

316


Parlamentining  quyi  palatasiga  saylovlarda  mazkur  tizimdan  (2/3qism) 

foydalaniladi,  shuningdek,  bir  muddat  oldin  Italiyada  ham  bir  mandatli 

saylov  okruglaridan  saylanuvchi  senatorlar  ham  saylovchilaming  65 

foizini qo'llab-quvvatlashiga erishishi talab qilinar edi.

Tarixdan  ma'lumki,  birinchi  saylov  tizimi  sifatida  majoritar  saylov 

tizimi  vujudga  kelgan.  Ushbu  tizimga  ko'ra,  nomzod  belgilangan 

me’yordan ko'proq ovoz olganda, saylangan hisoblanadi.

Nisbiy  ko'pchilik  saylov  tizimi  boshqa  saylov  tizimlariga  nisbatan 

ancha  sodda  hisoblanib,  bunday  tizim  amalda  bo'lgan  mamlakatlarda, 

saylovda  qatnashayotgan  nomzodlardan  qaysi  biri  raqiblariga  nisbatan 

ko'proq  ovoz  olsa,  u  saylangan  hisoblanadi.  Ushbu  tizim  o'zining 

xususiyatiga  ko'ra,  faqat  bir/turda  natija  berishligi  bilan  samaralidir. 

Nisbiy  ko'pchilik  saylov  tizimida  faqat  bir  holatda  ikki  yoki  undan  ortiq 

nomzodning  bir  xil  ovoz  olganlaridagina  g'olib  aniqlanmay  qolishi 

mumkin,  lekin  bunday  holat  juda  ham  kam  uchraydi.  Ushbu  tizim 

jahonning  150  mamlakatida  qo'llanib,  odatda,  saylov  bo'lib  o'tganligi 

uchun  asos  sifatidagi  saylovchilaming  qatnashish  me'yori  belgilanmaydi: 

agar  saylovda  birgina  saylovchi  qatnashgan  bo'lsa  ham  saylovlar  bo'lib 

o'tgan hisoblanadi.

Nisbiy ko'pchilik saylov tizimining kamchilik tomoni shundaki,  ta'sir 

jihatdan  o'rta  va  kichik  partiyalarga  davlat  miqyosi  darajasiga  chiqishga 

imkoniyat kam yaratadi. Misol tariqasida ellik ming saylovchi bor bo'lgan 

muayyan  saylov  okrugidan  to'rtta  nomzod  ko'rsatilganda,  A  partiya 

nomzodi  19  ming,  В  partiya  nomzodi  12  ming,  V  partiya  nomzodi  10 

ming,  G  partiya  nomzodi  9  ming  ovoz  olganda  deputatlik  mandati  A 

nomzod 

partiyasiga 



tegishli 

bo'ladi, 

vaholanki, 

unga 


qarshi 

saylovchilaming yarmidan ко'pi (31  mingta) ovoz bergan.



Proporsional  saylov  tizimi  saylovlarda  keng  omma  vakilligini 

ta’minlash  maqsadida  kiritilgan,  saylov  tizimi  bo'lib,  Yevropa,  Lotin 

Amerikasi  davlatlarining  ko'pchiligida,  Afrika  davlatlarining  uchdan  bir 

qismida uchraydi.

Bu  tizimning  asosiy  maqsadi  saylovlarda  olingan  ovozlar  bilan 

amalda  parlamentda  egallangan  mandatlar  mutanosibligini  ta'minlashdir. 

Ya'ni,  masalan,  bir  partiya  saylovda  30%  ovoz  olgan  bo'lsa,  parlamentda 

30%  mandatga  ega  bo'lishi,  saylovda  15%  ovoz  olgan  partiya  esa 

tegishlicha 15% mandatga ega bo'lishi kerak.

Proporsional  saylov  tizimlarining  ko'pchilik  ovoz  tamoyiliga 

asoslangan majoritar saylov tizimlaridan asosiy farqi ham shunda.

Proporsional  saylov  tizimlarida  katta-katta  saylov  okruglari  tuzilib,

317


har  bir saylov okrugidan  bir nechta  deputatlar saylanadi.  Saylov okruglari 

qancha  katta  bo'lsa,  olingan  ovozlar  va  egallangan  mandatlar  shuncha 

mutanosib bo'ladi.

Bunga  erishish  maqsadida,  bu  tizimni  qo'llaydigan  davlatlarda  bir 

nechta  mintaqalardan  va  hatto  butun  davlat  hududidan  bir  saylov  okrugi 

tashkil qilinadi.

Bu  tizimda  har  bir  partiya  o'z  nomzodlari  ro'yxatini  tuzadi  va 

saylovchilar  alohida  olingan  nomzodga  emas,  balki  ma’lum  partiya 

ro'yxatiga  ovoz  beradi.  Ba’zi  hollarda  saylovchilarga  nomzodlarga 

nisbatan o'z munosabatlarini bildirishga ham imkoniyat berilishi mumkin.

Saylovlar  natijasini  aniqlashda  har  bir  deputatlik  mandatini  olish 

uchun zarur bo'lgan ovozlar miqdori belgilanadi. Bu miqdor har bir saylov 

okrugi uchun alohida qilib belgilanishi yoki butun davlat hududi uchun bir 

xil bo'lishi ham mumkin.

Proporsional  saylov  tizimida  mandatlami  taqsimlashda,  olingan 

ovozlarni  sanab  chiqish  usuli juda muhim o'rin tutadi.  Ovozlarni  hisoblab 

chiqishda,  turli  matematik  usullami  qo'llash  bilan  bog'liq  bo'lgan  bir 

nechta  usullar  bo'lib,  bulardan  eng  osoni  ingliz  olimi  T.Xer  tomonidan 

taklif qilingan usuldir. Bunga ko'ra^mandatlar hissasini (kvota-Q) aniqlash 

uchun  saylovda berilgan umumiy ovozni  (X)  saylov okrugidagi  mandatlar 

soniga (U) bo'lamiz. Buni qo'yidagicha shartli ifoda bilan berish mumkin:



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling