O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54

326

7.  saylovchilar guruhiga;

Referendum tashabbusi huquqiga ega bo'lish davlat qarorlarini qabul 

qilish  va  ularga  maxsus  daraja berish  imkoniyatini  beradi.  Oppoziyadagi 

partiyalarga  esa  bunday  huquqqa  ega  bo'lish  davlatni  boshqarayotgan 

partiyalar  bilan  bo'ladigan  bahslarda  xalqqa  bu  bahsni  yechish  bilan 

murojaat qilish imkonini beradi.

Saylovchilar  guruhi  tashabbusi  bilan  o'tkaziladigan  referendum 

petitsion  hisoblanadi.  Chunki  u  uchun  biror  bir  masala  yuzasidan  xalq 

saylovini o'tkazish talabi bilan  petitsiya imzolanishi  kerak.  Masalan,  1949 

yildagi  Vengriya  Konstitutsiyasining  1990  yildagi  tahririda  yozilishicha, 

umumxalq  saylovi  Davlat  Majlisi  tomonidan  tayinlanadi;  Respublika 

Prezidenti bunday tashabbus bilan chiqish huquqiga ega.

Kam sonli  mamlakatiar referendum jarayoni  asoslarini  Konstitutsiya 

orqali tartibga soladi. Masalan,  1991  yilgi Makedoniya Konstitutsiyasi  73- 

moddasiga binoan, parlament deputatlar umumiy sonidan  ko'pchiligi  ovoz 

bergan  taqdirdagina  referendum  tayinlaydi.  Ushbu  moddaning  3-qismiga 

ko'ra, 

150000  saylovchilaming  talabiga  binoan,  ham  parlament 



referendum tayinlaydi.

1990 yilgi  Xorvatiya Konstitutsiyasiga binoan,  referendum  tayinlash 

huquqiga faqat vakiilar palatasi va prezident ega, lekin bu o'rinda hukumat 

raisining  imzosi  orqali  hukumat  taklifi  bilan  bu  huquq  amalga  oshirilishi 

mumkin.

Italiyada  esa  Konstitutsiyasining  75-moddasi  5-qismiga  binoan, 



referendum  500000  saylovchi  yoki  5  ta  viloyat  kengashi  talabi  bo'yicha 

tayinlanadi.

Referendumni  tashkil  etish.  Bu  institut  ya’ni  (referendumni  tashkil 

etish instituti  nazarda tutilmoqda)  davlat va mahalliy organlarga saylovlar 

institutlariga o'xshab ketadi va birga qo'llanilishi mumkin.

Masalan, Ispaniya qonunchiligi bo'yicha:

•  

referendum bo'yicha ish yuritish saylov huquqiga buysunadi;



• 

jamoat  birlashmalari  huquqlari  parlament  siyosiy  guruhlariga 

va parlament saylovlarida 3% dan kam ovoz olmagan  shunday guruhlarga 

ham tatbiq etiladi;

•  

saylov kengashlari referendum tayinlash to'g'risidagi dekretdan 



keyingi  15 ish kuni davomida tashkil qilinadi;

•  


pochta uchun imtiyozli tariflarjoriy qilinadi;

• 

ovozlami  hisoblashni  tekshirish  provitsial  saylov  kengashlari 



tomonidan 5 kunlik ish kuni mobaynida o'tkazilishi kerak;

327

• 

e'tirozlar  ma'muriy 

saylov  bahslari 

bo'yicha  palatalar 

tomonidan  ko'rib  chiqiladi  va  ular  quyidagi  qarorlarni  qabul  qilishi 

mumkin:


a) e’tirozga yul qo'yilmasligi to'g'risida;

v) ovoz berish va uning natijalarining haqiqiyligi to'g'risida;

s)  saylovlarning  xakikiyligi  va  natijalami  yangidan  e'lon  qilish 

zarurligi to'g'risida;

d) saylovlarning haqiqiy emasligi to'g'risida.

Referendumga  qo'yilgan  masalaga  munosabat  albatta,  ovoz 

beruvchilarda  bo'lishi  kerak.  Bu  yerda  ovoz  beruvchi  qo'yilgan  masala, 

ya’ni  qonun  matni,  biror  bir  tadbir  o'tkazilishiga  rozi  ekanligi  asosiy  rol 

o'ynaydi.

Referendumda  javob  “ha”  yoki  “yo'q”  tarzida  bo'lishi  juda  ko'p 

hollarda  uchraydi.  Bundan  tashqari.  xalq  tanlovi  (ya’ni  ovoz  beruvchiga 

masalani  yechishning  ikki  yoki  undarv  ortiq  variantlari,  yo'llari  taqdim 

qilinishi) ham bo'lishi mumkin.  Masalan  afzal ko'rgan variantni belgilash 

(masalan  «xoch»  bilan).  Bundan  tashqari,  qattiq  va  yumshoq  talablar 

mavjud.

Qattik talabda biz yuqorida ko'rib o'tganimizdek,  “ha” yoki  “yo'q” 



deb javob berish talab qilinadi.

Yumshoq  talab  e&a  ma’qul  javob  ikki  yoki  undan  ortiq  variantlar 

bo'lishini  nazarda  tutadi.  Masalan,  Shveysariya  Konstitutsiyasining  12- 

moddasi b-qismiga ko'ra, agar  100000 saylovchi Konstitutsiyasiga tuzatish 

loyihasini taklif qilsa, federal majlis esa, ularga karshi loyihani  ilgari sursa, 

saylovchilarga 3 ta masala taklif qilinishi mumkin;

1. 

Saylovchi 



saylovehilarning 

loyihasini 

amaldagi 

Konstitutsiyasiga muvofiq deb bilish yoki bilmaslik to'g'risida;

2.  Saylovchi  qarshi  loyihani  amaldagi  Konstitutsiyasiga  muvofiq 

deb bilish yoki bilmaslik to'g'risida;

3.  Agar  ikkala  loyiha  ham  referendumda  qo'llab  quvvatlansa, 

ulardan qay birini kirish to'g'risida;

Bundan  xulosa  qilish  mumkinki,  agar  ikkala  loyiha  ham  qo'llab 

quvvatlansa, qaror uchinchi savolga javob berish bilan aniqlanadi.

Yuqoridagi  xalq  tanlovini  bir  nechta  masalalar  qo'yiladigan 

referendumlardan  farqlashimiz  lozim.  Sababi,  xalq  tanlovida  aynan  bir 

masala  bo'yicha  uni  yechishning  ikki  yoki  undan  ortiq  variantlari  taklif 

qilinadi.  Ikkinchi  o'rinda esa,  har bir masala bo'yicha alohida referendum 

o'tkaziladi. So'ngra bir nechta masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilinadi.

Masalan,  Avstriyada, umumiy bitta bulleten  chiqariladi, faqat har bir



328

masala arab raqami bilan belgilab qo'yiladi.

Referendum  natijalarini  aniqlash  uchun  saylovning  haqiqiyligi 

to'g'risidagi  masalani  yechish  kerak  bo'ladi.  Avvalo  referendum  haqiqiy 

deb  topilishi  uchun  unda  qonunchilikda  belgilangan  miqdor  qatnashishi 

shart.  Masalan,  Italiya  qonuni  ovoz  berishda  ro'yxatga  olinganlaming 

ко'pi  ishtirok  etishi  kerakligini  ko'zda  tutadi  (majburiy  votum  amal 

qiladi).

Vengriya  qonunchiligi  bo'yicha  esa,  saylovlarda  saylovchilaming 

yarmidan  ko'pi  ishtirok  etishi  kerak  va  saylovchilaming  yarmidan  ko'pi 

masalaga  bir  xil  javob  berishi  kerak.  Qaror  ovoz  berishda,  ishtirok 

etayotgan  saylovchilaming  ko'pchiligi  tomonidan  yoqlangan  bo'lsa, 

ma’qullangan  deb  hisoblanadi.  Bu  holat  juda  ko'p  davlatlaming 

qonunchiligida  uchraydi.  Masalan,  Avstriya  Federal  Konstitutsiyaviy 

qonuni  bo'yicha  “xalq  saylovini  o'tkazishda qaror oddiy  ko'pchilik ovozi 

bilan qabul qilinadi”.

Makedoniya 

Konstitutsiyasinipg 

73-moddasiga 

binoan, 

ovoz 


berishda  saylovchilar umumiy  sonining  yarmidan  ko'pi  ishtirok  etganligi 

sharti  bilan  qaror  uchun  ko'pchilik  ovoz  bergan  bo'lsa,  u  qabul  qilingan 

deb hisoblanadi.

Namibiyada esa,  1990 yilgi Konstitutsiyasining  132-moddasi 3-qismi 

bo'yicha  Konstitutsiyasiga  tuzatish  kiritish  uchun  umumiy  ovozlar 

sonining  2/3  qismi  yoqlab  ovoz  bergan  taqdirdagina  qaror  majqullangan 

deb hisoblanadi.

329


30-bob. Xorijiy mamlakatlarda davlat boshlig'i

1-§. Davlat boshlig'i tushunchasi

2-§. Prezident-davlat boshlig'i

3-§. Monarx -  davlat boshlig'i

4-§. Davlat boshlig'ining funksiyalari va vakolatlari

l-§. Davlat boshlig'i tushunchasi

Hokimiyatning  "klassik"  tarmoqlari  -   parlament,  hukumat,  sud 

(qonunchilik,  ijro va sud hokimiyati)dan farqli ravishda davlat rahbarining 

amaliy  va  yuridik  holatini  bir  xilda  baholash  mumkin  emas.  Bu  juda 

murakkab  masala:  davlat  rahbari  kim,  uning  yuridik  va  amaliy  maqomi 

qanday? -  U kim qonun chiqaruvchimi, ijro hokimiyatining rahbarimi yoki 

hech  bir  tarmoqqa  tegishli  emasmi?  D?vlat  mexanizmida  davlat  rahbari 

qanday  o'rin  tutadi.  Gap  shundaki,  bar  bir  mamlakatda  bu  mansab 

egasining tutgan  o'm i  o'ziga  xos. Ammo shunga qaramay,  ulaming  davlat 

rahbari  institutiga  bergan  ta'rifini  ifoda  etuvchi  umumiy  belgilari,  o'ziga 

xos aniq tomonlarini alohida ko'rsatish mumkin.

Masalan, L.M.Entonning fikricha, davlat rahbari -bu "Davlat instituti 

iyerarxiyasida  rasman  eng  yuqori  o'rinni  egallagan,  mamlakatning  ichki 

siyosiy  hayotida  va  boshqa  mamlakatlar  bilan  munosabatlarida  oliy 

vakolatni  amalga oshiruvchi  rasmiy  shaxs  (organ)dir".  Buni eng universal 

ta'rif, deyish mumkin.

V.A.Starodubskiy  davlat  rahbariga  lo'ndaroq  ta'rif  bergan,  uning 

fikriga  ko'ra,  davlat  rahbari  -   bu  davlatni  xalqaro  munosabatlarda  ifoda 

etuvchi va oliy davlat aktlarini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.

A.A.Mishinning  talcidlashicha,  davlat  rahbari  ijro  hokimiyatining 

sohibi, davlatning xalqaro munosabatlaridagi oliy vakilidir.

A.M.Osavolyuk  davlat  rahbariga  quyidagicha  ta'rif  beradi:  "Davlat 



rahbari  -   davlat  organlari  tizimida  oliy  lavozimni  egallagan,  mamlakat 

ichkarisida  va  tashqarisida  uning  oliy  vakili,  millat  va  davlat  (xalq  va 

davlat) birligining ramzi bo'lgan lavozimi shaxs yoki organdir.

Umumiy ko'lamda olib qaraganda, davlat rahbari у о monarx (mutlaq 

hokim),  yoki  prezident,  yoxud  (kamdan  kam holatlarda) jamoa  shaklidagi 

organ bo'lishi mumkin.

Xo'sh, 

konstitutsiyalar 



davlat 

rahbari 


institutlarga 

qanday 


yondoshmoqdalar.  Yaponiya  konstitutsisiga  ko'ra,  davlat  rahbari 

"Imperator"  unvoniga egadir.  Konstitutsiyaning  1 -moddasida uning davlat 

organlari  tizimida  tutgan  o'm iga ta'rif beriladi.  Jumladan,  undan  shunday

330


deyilgan:

"Imperator  davlat  ramzi  va  xalqning  ajralmas  birligi  hisoblanadi, 

uning maqomi  suveren hokimiyat sohibi -xalqning xohishi irodasiga qarab 

belgilanadi".

Ispaniyaning  hozirgi  Konstitutsiyasida  davlat  rahbari  -qirolning  roli 

va tutgan  o'm i  to'g'risida  aniq  ma’lumot  keltiriladi.  Uning  50-moddasida 

shunday deyiladi:

"Qirol  Ispaniya davlatining  rahbari,  uning  birligi  va barqarorligining 

ramzidir.  U  davlat  institutlari  tomonidan  to'g'ri  faoliyat  ko'rsatilishining 

kafolati  hisoblanadi.  Xalqaro  munosabatlarda  Ispaniyaning,  ayniqsa, 

tarixan  mushtarak  bo'lgan  millatning  oliy  vakolatini,  shuningdek,  unga 

Konstitutsiya  va  qonunlar  bilan  berib  qo'yilgan  funksiyalami  amalga 

oshiradi".

Fransiya  Konstitutsiyasida,  Prezidentning  tutgan  o'mi,  roli  va 

ahamiyati ancha aniq belgilangan (5-modda);

"Respublika Prezidenti konstitutsiyaga rioya etilishini kuzatib boradi

o'z arbitrajlari orqali davlat organlarining mo'tadil faoliyatini, shuningdek, 

davlat  hokimiyatning  mustaqilligini  ta'minlaydi.  U  milliy  mustaqillik, 

hududiy  yaxlitlik,  hamjamiyatlar  bitimlari  va  shartnomalariga  rioya 

etilishining kafolati hisoblanadi."

Keltirilgan  misollardan  ko'rinadiki,  davlat  rahbari  xalq  tomonidan 

saylangan  prezident  yoki  monarx  bo'lsa  ham  konstitutsiyalarda  ularning 

davlatdagi  haqiqiy  roli  to'liq  bayon  etilmaydi  va  aniq  ta'rif  berilmaydi. 

Davlat rahbari parlament tomonidan saylangan prezident bo'lgan hollarda, 

konstitutsiyada  uning  yuridik,  siyosiy  va  boshqa  o'm i  to'g'risida  hech 

narsa  deyilmaydi.  Bu  konstitutsiyalarda  prezidentni  saylash  tartibi  bayon 

qilinadi  va  uning  muhim  funksiyalari  sanab  o'tiladi  xolos.  Bu 

konstitutsiyaviy  nazariya  nuqtai  nazaridan  unchalik  to'g'ri  emas.  Bunday 

holatlarda  qonun  chiqamvchilar davlat  rahbarining  roli  hammaga  ma'lum 

va m i tushuntirib o'tirishning hojati yo'q, deb o'ylashlari mumkin.

Italiya  va  Germaniya  Fedarativ  Respublikasi  konstitutsiyalarida 

davlat  boshlig'i  qanday  organ  degan  savolga javob  bo'lmaydi.  Masalan, 

Italiya  konstitutsiyaning  83-moddasida  prezident  parlament  a'zolarining 

qo'shma  majlisi  tomonidan  saylanishi  va  uni  saylash  tartibigina  belgilab 

qo'yilgan.

84-moddada  esa  prezidentlik  nomzodlariga  talablar  to'g'risida,  85- 

moddasida prezident 7-yilga saylanishi va saylov o'tkazish muddati haqida 

ma'lumot  beriladi.  86-moddada  prezident  o'z  vazifalarini  bajara  olmagan 

holatlarda,  uning  lavozimini  vaqtincha  boshqarib  turish  tartibi  bayon

331


qilingan.  Faqat  86-moddada respublika prezident! -davlat rahbari ekanligi 

va  u  milliy  birlikning  ifoda  etishi  ma'lum  qilinadi.  Shu  yerda  uning 

konstitutsiyaviy vakolatlari sanab o'tiladi.

Germaniya  Federativ  Respublikasi  konstitutsiyasida  respublika 

prezidenti-davlat  rahbari  yoki  u  milliy  birlikni  ifoda  etishi  haqida  hatto 

eslatilmagan.  Uning  54,  55,  56-moddalarida  prezidentning  vakolatlari, 

saylanish,  qasamyod  etish, 

prezidentni 

lavozimidan  ozod  etish 

ko'rsatilgan.

Yuqorida  aytilganlardan  ko'rinadiki,  davlat  rahbarining  huquqiy  va 

haqiqiy  maqomi,  davlat  hokimiyati  boshqaruvini  amalga oshirishda  uning 

roli,  mazkur  davlatdagi  mavjud  boshqaruv  shakliga,  siyosiy  tizim  va 

boshqa  shart-sharoitlarga,  shuningdek,  mamlakatda  tarkib  topgan 

an'analar, urf odatlar va sud pretsedenti xarakteriga bog'liqdir.

Nomigagina  hokimiyatni  egallab  turgan  davlat  boshlig'i  faqat 

qonunlami imzolaydi. Uning imzosi qonvnni kuchga kirganligini bildiradi.

Davlat rahbari qonun asosida malui * tadbirlardan o'tib,  fuqarolar va 

boshqa  davlatlar  tomonidan  davlat  rahuwi  sifatida  e’tirof  etilgan 

taqdirdagina, 

qonuniy 

o'z 


lavozimiga 

kirishgan 

hisoblanadi. 

Qonuniylashtirish  usullari  turlicha  bo'lishi  mumkin:  agar  u  respublika 

bo'lsa,  saylangan  prezident,  agar  monarxiya  bo'lsa,  o'z  lavozimini  meros 

tariqasida olgan monarx davlat rahbari bo'ladi.

Davlat  rahbari  hokimiyatni  zo'rlik  bilan  egallab  olgan  bo'lsa, 

noqonuniy  hisoblanadi.  Bunday  holatlarda  ham  davlat  rahbari  davlat 

mashinasining  qolgan  bo'g'inlarini  ham  o'ziga  bo'ysundirib,  davlat 

boshlig'i  funksiyasini  bajarishi  mumkin.  Noqonuniy  davlat  rahbari 

diktator,  yoki kuch  ishlatib  hokimiyatni  bosib  olgan  harbiy  xunta bo'lishi 

mumkin.


Davlat  mexanizmi  tizimida  davlat  rahbarining  o'mi  to'g'risidagi 

masala  juda  murakkab.  Uning  haqiqiy  o'mini  belgilashga  harakat 

qilganingizda  har  safar  istisno  qoidalarga,  qarama-qarshi  iikrlar  va 

misollarga  duch  kelasiz.  Ko'pincha  davlat  rahbarini  ijro  hokimiyatiga 

tegishli  ekanligini  ishonch  bilan  ta’kidlaydilar.  AQShning  jahonga 

mashhur 


Konstitutsiyaning 

2-moddasida 

ijro 

hokimiyati 



AQSH 

prezidentiga  tegishli  deb  baholangan,  fikrimizcha,  davlat  rahbari  instituti 

ko'pchilik  holatlarda  alohida  mustaqil  kompleksni  tashkil  qilib, 

hokimiyatning  biror  tarmog'iga  uni  kiritishga  harakat  qilish  noto'g'ri  va 

samarasizdir.

332


2-§. Prezident-davlat boshlig'i

Ko'pgina  manbalarda  ta’kidlanganidek,  respublika  prezidentining 

monarxdan  eng  asosiy  belgi  va  farqi  shundaki,  prezidentlik  saylanadigan 

lavozim hisoblanadi. Respublikada davlat rahbari  bo'lib rasman va yuridik 

jihatdan  belgilangan  barcha  senzlarga  muvofiq  keladigan  har  bir  fuqaro 

saylanishi  mumkin  Monarxiyadan  farqli  ravishda  prezident  muayyan 

muddatga saylanadi, bu lavozimni egallash vaqfinchalik xarakterga ega.

Respublikaning 

uchta 

asosiy 


modeli 

mavjud: 


prezidentlik 

respublikasi, 

parlament 

respublikasi 

va 

aralash 


respublika. 

Bu 


respublikalarning  nomi  davlat  rahbari  lavozimi  bilan  bekorga  bog'langan 

emas.  Respublika  shuning  uchun  ham  prezidentlik  deyiladiki.  unda davlat 

rahbarining alohida maqomi-prezidentlik mustahkamlab qo'yilgan.

Darhaqiqat,  prezidentlik  respublikasida  davlat  rahbari  davlat 

boshqaruv  ishlarida  muhim  rol  o'ynaydi.  Prezident  ijro  hokimiyatini 

boshqaradi,  davlat rahbarligi  bilan  hukumat rahbarligi  bir  shaxs  timsolida 

qo'shib  olib  boriladi.  Prezidentlik  respublikalari  AQSH,  Meksika, 

Venesuella, Misr va boshqa mamlakatlarda haqiqiy vaziyat ana shunday.

Boshqaruvning  aralash  shakli  bo'lgan  mamlakatlarda  ham  (Fransiya 

Portugaliya,  Polsha  va  boshqalar)  prezident  muhim  rol  o'ynaydi. 

Prezidentlik  va  aralash  respublikalarda  davlat  rahbari  asosiy  iqtisodiy 

ustuvorlik  va  yo'nalishlarni  tanlashda,  xalqaro  muammolar  va  ittifoq 

tuzish  bo'yicha  mamlakatning  siyosiy  rahbari  sifatida  juda  katta 

vakoladarga  ega.  Prezident  haqiqiy  ijro  hokimiyatiga  egalik  qiladi,  ayni 

chog'da,  armiyaga  rahbarlik  qilish,  tartibni  saqlovchi  kuchlar  va  boshqa 

turli  fuqarolik xizmati,  ya’ni minglab  davlat  xizmatchilari  bilan  ishlashda, 

muhim vakolatlarga ega.

Davlat  rahbarligi  va  ijro  hokimiyati  rahbarligi  vazifalami  bir  odam 

qo'lida  to'planishi  prinsipiga  turlicha  baho  berish  mumkin,  ammo 

ko'pchilik  mamlakatlarida  uni  risoladagidek,  holat  deb  e’tirof  etishadi. 

Bundan  tashqari,  ba’zi  bir  davlatshunoslar  hisoblaganidek,  prezidentlik 

lavozimi  ijro  hokimiyati  bilan  qo'shib  olib  borilganidagina  ancha 

maqsadga  muvofiq  bo'ladi.  Parlamentar respublika  prezidenti,  yuqoridagi 

holatdan farqli ravishda, iqtisodiyot, ichki va tashqi siyosat sohasida biron- 

bir haqiqiy hokimiyatga ega emas.

Parlamentar 

respublikada 

prezidentning 

rolini 

parlamentga 



monarxiyadagi  monarxning  roli  bilan  qiyos  qilish  mumkin.  Har  ikki 

holatda  ham  davlat  boshlig'i  amalda  davlatni  boshqarmaydi.  Bunday 

holatda ulaming  davlat ishlariga rahbarligi  nisbiy,  ammo bari-bir  ikkinchi 

rejali  ishlami  bajarsa-da,  davlat  ramzi  hisoblanadi.  Ba’zan  holatlarda



333

bunday  "zaif'  parlamentar  respublika  prezidentlik  mamlakatidagi 

vaziyatga,  davlat ishlari  oqimiga jiddiy  ta'sir ko'rsatishi  mumkin.  Odatda, 

bunday  holatlar favqulotda hodisalar-parlament bo'hroni,  tabiiy  halokatlar 

kelib chiqqanida kuzatiladi.

Parlamentar respublikasida prezident hukumatda, ko'pchilikni tashkil 

etgan  partiyaga  mansub  bo'lsa,  siyosiy jarayonning  borishiga jiddiy  ta'sir 

ko'rsatishi  mumkin.  Vaholanki,  ba’zi  bir  mamlakatlar  qonunchiligida, 

prezident  lavozimini  egallaganlarga rasman  siyosiy  partiya  safidan chiqib 

ketishi talab etiladi.

Shu  o'rinda,  muhim  bir jihatni  e'tiborda  tutish  kerak.  Parlamentar 

respublikada  prezidentning  rasmiy  huquqi,  ya'ni  konstitutsiyada  yozilgan 

huquqi  va  vakolati  prezidentlik  respublikasining  "kuchli"  prezidenti 

vakolatlaridan  katta  farq  qilmaydi.  Parlamentar  respublika  prezidentiga 

konstitutsiya  bo'yicha  katta  vakolatlar  'Tiklangan  bo'lsa  ham  amalda  bu 

vakolatlar ijro hokimiyat: Bosh vazir va 1 ukumat qo'lida bo'ladi;

Masalan,  agar  parlamentar  respublika  prezidenti  o 'z   nomidan  biror 

akt  qabul  qiladigan  bo'lsa,  bunda  ushbu  aktlar  konstrassignatsiyadan 

o'tishi,  ya’ni  ijro  hokimiyati  rahbarining  imzon  tasdiqlanishi  talab  etiladi. 

Prezident  imzosi  yonida  bosh  vazir,  yoki  prezident  akti  bilan  tartibga 

solinadigan mazkur sohaga javob beradigan vazirning imzosi turishi kerak. 

Vaziming  (bosh  vazirning)  imzosisiz  prezident  buyrug'i  qonuniy  kuchga 

ega emas.

Italiyada  (parlamentar  respublika)  prezident  rasman  oliy  bosh 

qo'mondon  hisoblanadi.  Konstitutsiya  bo'yicha  u  parlamentni  tarqatib 

yuborishi  mumkin;  favqulodda  hodisa  yuz  bersa  Bosh  vazir  tashabbusi 

bilan  parlament  fraksiyasi  rahbarlari  bilan  maslahatlashib  parlamentni 

tarqatish mumkin.  Prezident esa parlamentni  tarqatish  to'g'risidagi  tayyor 

hujjatga  qo'l  qo'yadi.  Prezident  faqat  parlament  ishonchini  qozongan 

shaxsni  ijro  hokimiyati  rahbari  qilib  tayinlashi  mumkin,  chunki,  yuqorida 

ta’kidlanganidek,  ishonchsizlik  bildirish  instituti  prezidentni  har  qanday 

tashabbusini yo'qqa chiqarishi  mumkin.  Shuning  uchun  ham bu prezident 

ijro  hokimiyat  tomonidan  tayyorlangan  hujjatlarga  (shu  jumladan, 

hukumatini tayinlash va bo'shatish) imzo qo'yish bilan kifoyalanadi.

3-§. Monarx -  davlat boshlig'i

Monarx  huquqiy  va  amaliy jihatdan  bir  qator  o'ziga  xos  belgilarga 

ega, ulardan asosan ikkitasini alohida olib ko'ramiz.

Birinchi  asosiy  belgisi  shundan  iboratki,  monarx  hokimiyati  hech 

kimning  ta’sirida  yuzaga  kelmaydi,  uning  hokimiyati  hech  bir  tuzulma,

334


biror organ, hattoki, xalqqa ham bog'liq bo'lmagan holda mavjud. Monarx 

yo  ilohiy  huquq,  yo  tabiiy  huquq,  yo  o'z  huquqiga  ko'ra,  qadimiy 

an’analariga  muvofiq  o'z  vakolatlarini  amalga  oshiradi.  O'sha  qadimiy 

an'analardan  kelib  chiqib,  monarx  butun  davlat  hokimiyatinmg  manbai 

hisoblanadi.  Butun davlat boshqaruvi monarx nomidan amalga oshiriladi.

Davlat  organlari  tomonidan  chiqadigan  barcha  aktlar  u  yoki  bu 

darajada  rasman  monarx  nomi  bilan  bog'liq:  yo  unga  havola  qilinadi,  yo 

uning  nomi  ta’kidlanadi,  monarx  rasmiy  yoki  norasmiy  ravishda  aktga 

imzo  qo'yadi.  Barcha  davlatning  huquqiy  harakatlar  monarx  nomi,  uning 

lavozimi  bilan  "yoritiladi".  Monarx  nomi  bunday  harakatlarga  mazmun 

beradi hamda uning nomi katta ahamiyat kasb etadi.

Cheklanmagan  hokimiyat  hukmron  bo'lgan  o'rta  asrlarda  monarx 

mutlaq hokimiyat egasi bo'lib, uning ahamiyati  ilohiy darajaga yetgan edi. 

Hozirgi  vaqtda  ham  mutlaq  monarxiya  mavjud  albatta,  ular  o'rta 

asrlardagidan  farq  qiladi,  ammo  monarx  hokimiyati  hanuzgacha 

cheklanmaganligicha  qolmoqda.  Farbiy  Yevropaning  konstitutsiyaviy 

monarxiyasiga kelsak,  u yerda hamma boshqaruv  monarxlar nomidan  ijro 

etiladi, ammo amalda ularning hokimiyatidan hech  narsa qolmadi. Hozirgi 

monarxlarning  huquqiy  maqomini  ifodalashda,  u  yoki  bu  monarxning 

qaysi monarxiya davlat boshqaruvida rahbarligini hisobga olish kerak.

Ma’lumki, 

monarxiya  mutlaq, 

konstitutsiyaviy 

va 


dualistik 

ko'rinishlarga  ega.  Monarxning  huquqiy  maqomi,  uning  vakolati, 

imkoniyatlari  monarxning  mamlakatda  tarkib  topgan  davlat  boshqaruv 

shakllari  bilan  belgilanadi.  Shuni  ham  eslab  o'tish  kerakki,  monarxning 

haqiqiy  holati  me’yoriy  hujjatlarda  yozilganidan  ancha  farq  qiladi. 

Monarxning  rasmiy  vakolati  tashqaridan  qaraganda,  ancha  jiddiyga 

o'xshab  ko'rinadi,  ammo  davlat  boshqaruvida  haqiqiy  hissasi  arzimas 

bo'lishi  mumkin.  Mutlaq  va  dualistik  monarxiyada  monarx  davlat 

mexanizmida  markaziy  o'rinni  egallab,  hukumat  tarkibini  tayinlaydi  va 

ishdan ozod qiladi.  Hukumat parlament oldida emas,  balki  monarx  oldida 

javob  beradi.  Bunday  monarxiyada  monarx  parlamentga  ham jiddiy  ta'sir 

o'tkazadi.  Ba'zi  holatlarda,  u parlamentni  tarqatib yuborishi,  veto qo'yishi 

mumkin.  Shuningdek,  Qurolli  kuchlaming  Bosh qo'mondoni  hisoblanadi, 

davlatning  barcha  yuqori  lavozimlariga  tayinlash  huquqiga  ega, 

shuningdek, sudyalami tayinlaydi va ishdan oladi.

Parlamentar 

yoki 

konstitutsiyaviy 



monarxiyada 

monarxning 

vakolatiga kelsak,  sanab o'tilgan vakolatlar qurolli hokimiyat to'g'risidagi 

qonunlarda,  yoki  konstitutsiyada  rasman  ifoda  etilgan  bo'lishi  mumkin, 

ammo  hayotda  ularning  hammasi:  Masalan,  qirol  rasman  hukumat



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling