O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54

335

tarkibini  tuzishi  mumkin,  ammo  bu  hukumat  parlamentni  ishonchiru 

qozongan  bo'lishi  kerak.  Qirol  rasman  (maxsus  buyruq  chiqarib) 

parlamentning  tarqatib  yuborishi  mumkin,  ammo  u  bu  ishni  faqat  Bosh 

vazir taklifi bilan amalga oshiradi.

Qirol  barcha qonunlarni imzolaydi, odatda, qonunlarni imzolamaslik 

holati 


uchramaydi. 

Bunday 


monarxiya 

boshqaruvi 

shaklidagi 

mamlakatlarda davlat rahbarining amaliy va yuridik maqomi o'rtasida farq 

juda katta.

Monarxiyaning  ikkinchi  asosiy  belgisi  monarx  hokimiyati  meros 

qoladi.  Boshqacha  aytganda,  mansab,  taxt,  toj  monarxning  nasliga 

tegishlidir. U meros tariqasida, qabul qilinadi va meros bo'lib qoladi.



4-§. Davlat boshlig'ining funksiyalari va vakolatlari

Davlat  rahbari  -   davlatning  shunday  huquqiy  va  siyosiy  arbobiki, 

uning  barcha  fazilatlari  o'ziga  xos  Vb  o'ziga  mosdir.  Biz  faqat  uning 

umumiy  vakolatlarini  tahlil  qilamiz,  handa  respublika  va  monarxiya 

shakllarini  alohida  ham  ajratib  o'tirmaymii;,  Davlat  rahbarlarini  umumiy 

vakolatlarini  yoritishda,  ular haqiqatdan  ham  monarx  uchun  va prezident 

uchun  universal  yoki  xarakterlimi  yoxud  ularning  ba'zilarida  bu 

xususiyatlar mavjud emasmi degan savollarga to'xtalamiz.

Adabiyot,  manbalarda  davlat  rahbarining  vakolatlariga  oid  turli 

ma’lumotlar keltiriladi,  ularni  umumlashtirganda eng asosiy va o'ziga xos 

vakolatlarini ajratib ко'rish mumkin.

Fikrimizcha, ular orasida eng universali davlat rahbarlarining vakiilik 

funksiyalaridir.  Davlat  rahbari  mavjud  urf-odatlar,  qoidalar- va  qonun 

normalariga muvofiq, o 'z  mamlakatini ichki va tashqi munosabatlarda aks 

etadi, bunday munosabatlar ildizi aslida qadimiy davrlarga borib taqaladi.

Vakiilik  etish  funksiyasi  asrlar  mobaynida  amal  qilib  kelayotgan 

qoidalarga muvofiq bajariladi. Davlat rahbari turli tantanali marosimlar va 

milliy  bayramlarni  boshqaradi.  U   muhim  tantanalarda  ishtirok  etadi. 

Muhim  sanalar,  voqealar  munosabati  bilan  o 'z   xalqiga  tabriklar  va 

maktublar yo'llaydi, parlamentga rasman murojaat qiladi. Bu. maktublar va 

murojaatlar  diniy  marosim,  eskicha  urf-odat  xarakteriga  ega  bo'lib, 

mamlakatdagi biror voqea bilan bog'liq.

O'sha  ko'p  asrlik  an'analarga  ko'ra,  davlat  boshlig'i  xorijiy 

mamlakatlarda,  o 'z   vakillarini  diplomatik  akkreditatsiyadan  o'tkazadilar. 

Davlat rahbari xorijiy  davlat vakillarini qabul qiladi,  ular ishonch yorlig'i 

va  elchini  chaqirib  olish  yorlig'ini  topshiradilar.  Xorijiy  elchilar

336


mamlakatga 

kelib, 


davlat 

boshlig'i 

qabulida 

bo'lganidan 

keyin 

akkreditatsiyadan o'tgan hisoblanadilar.



Davlat  rahbari  rasmiy  safarda  bo'ladi,  boshqa  davlatlaminig 

rahbarlari  bilan  uchrashadi,  turli  xalqaro  anjumanlarda  ishtirok  etadi. 

Davlat  rahbari  biror  davlatga  tashrif  buyurganda,  unga  izzat-ikrom 

ko'rsatiladi,  faxriy  qorovul  saf  tortadi,  davlat  madhiyasi  yangraydi, 

mamlakatlaming gimnlari ijro etiladi.

Bunday  safarlar  xalqaro  aloqalarni  mustahkamlaydi,  tantanali 

uchrashuv  mamlakatga  bo'lgan  hurmatni  ifodalaydi.  Davlat  rahbari 

muzokaralar o' tkazish, xalqaro shartnoma va bitimlami imzolash huquqiga 

ega.  Buning  uchun  hukumat  tomonidan  ma'lum  topshiriq  talab  etilmaydi, 

bunday  huquqni  uning  lavozimi  taqozo  etadi.  Davlat  rahbari  har  doim 

keng  ma'nodagi  turli  aloqalarda,  mamlakat  ichkarsida  va  tashqarisida 

davlat,  millat,  xalq  vakili  hisoblanadi.  Shuning  uchun  vakillik  funksiyasi 

uning mamlakat bosh diplomati ekanligini ifodalab beradi.

Ba'zan  davlat  rahbari  vakolati  to'g'risida  to'xtaganimizda,  xalqaro 

munosabatlar yoki  tashqi  siyosat sohasidagi  faoliyatlari  ham  tilga olinadi. 

Agar  prezident  yoki  mutlaq  monarx  kuchli  bo'lsa,  uning  xalqaro 

munosabatlar va tashqi siyosiy sohadagi vakolatlari ham salmoqli va aniq- 

ravshan  bo'ladi.  U  o 'z   tashabbusi  bilan  uchrashuvlar  о  tkazadi, 

muzokoralar 

olib 


boradi, 

shartnomalarga 

imzo 

qo'yadi, 



ya’ni 

mamlakatdagi "birinchi" shaxs vakolami amalga oshiradi.

Agar  parlamentar  respublikaning  pxezidenti  yoxud  konstitutsiyaviy 

monarxiyaning 

monarxi 

bo'lsa, 


bu 

harakatlaming 

hammasini 

hokimiyatning  kuchli  tarmoqlari  hisoblangan  ijro  va  qonun  chiqaruvchi 

hokimiyat  topshirig'i  bilan  amalga  oshiradi.  Bunday  holatda,  davlat 

rahbari ikkinchi vakolatli shaxs funksiyasini bajaradi.

337


31-bob. Davlat boshlig'ining huquqiy holati

1-§. Davlat boshlig'ining davlat boshqaruvidagi 

vakolatlari

2-§. Davlat boshlig'ining qonun chiqarish jarayonida 

ishtiroki. Qonunchilik tashabbusi, parlamentga noma 

yuborish (A Q S H )

3-§. Veto huquqi va uning turlari

4-§. Davlat boshlig'ining X alqaro munosabatlar, 

xavfsizlik va mudofaa sohalaridagi vakolatlari.

Davlat boshlig'ining favqulodda vakolatlari

A ) M onarx. Monarxning huquqiyhoiati va uning o'ziga xos 

xususiyatlari. Vorislik tartibi

B ) Prezident. Prezidentning huquqiy holati. Prezident 

saylovinmg asosiy ko'rinishlari

l-§ . Davlat boshlig'ining davlat boshqaruvidagi 

vakolatlari

Xorijiy  mamlakatlarda  davlat  boshlig'ining  vakolatlarini  bir  necha 

guruhlarga 

bo'lishimiz 

mumkin. 

Davlat 


boshlig'ining 

boshqaruv 

sohasidagi vakolatlari nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

Bu vakolatlar quyidagilardir:

davlat  rahbari  barcha  hollarda  ham  hukumatni  tayinlash  va  uni 

iste'foga  chiqarish  tadbirlarida  ishtirok  etadi,  ya'ni  ijro  hokimiyatini 

shakllantirishda  qatnashadi.  Uning  bu  boradagi  real  huquqi  va  vazifasi 

belgilangan.

Parlamentar  respublikalarda  va  monarxiyalarda  davlat  rahbari 

mavjud qonun, urf-odatlar va sud pretsedenti, jami yozilgan va yozilmagan 

qonunlar  bo'yicha  parlament  ishonchini  qozongan  shaxsni  Bosh  vazir, 

hukumat boshlig'i qilib tayinlashga majbur. Qoidaga ko'ra, bular saylovda 

g'alaba  qozongan  partiyalaming  rahbarlari  bo'lishadi.  Bunga  Buyuk 

Britaniya  misol  bo'la  oladi.  Buyuk  Britaniya  Qirolichasi  parlamentning 

quyi  palatasiga  bo'lgan  saylovlarda  g'alaba  qozongan  partiya  rahbarini 

Bosh  vazir  vazifasiga  tayinlaydi.  Monarxning  bu  tayinlashi  esa  saylov 

natijalariga bog'liq, o'zi tanlash imkoniyatiga ega emas.

Davlat  rahbari  ijro  hokimyatiga  ham  egalik  qilsa,  ya’ni  kuchli 

prezident modeli mavjud bo'lsa, ularning vakolati ancha salmoqli va keng 

hisoblanadi.  Prezidentlik  respublikasida  prezident  barcha  vazirlar  va 

qoidaga a’zolarini tayinlaydi va mahkamaga ko'ra, ushbu mahkamani o 'zi

338


boshqaradi.  T o'g'ri,  vazirlami  tayinlash  yoki  ishdan  olish  yuzasidan 

qo'shimcha  shardar  va  qoidalar  bo'lishi  hamda  ular  mustahkamlanib 

qo'yilishi  mumkin,  ammo  ular  davlat  rahbari  vakolatiga  jiddiy  ta'sir 

etmaydi.  Masalan,  AQShda  vazirlar  (ular  davlat  kotiblari  deyiladi). 

Senatning  "kengashi  va  roziligiga"  muvofiq  prezident  tomonidan 

tayinlanadi.  Aksariyat holatlarda, Senat prezident к о 'rsatgan  nomzodlarga 

e'tiroz  bildirmaydi.  Parlamentar  respublika  hisoblangan  Italiyada  esa 

prezident parlament tomonidan ko'pchilik ovoz bilan qo'llab-quvvatlangan 

hukumat  a’zolarining har qanday ro'yxatini tasdiqlaydi.  U  yerda prezident 

va parlament o'rtasidagi munosabatlaming o'zgacha modeli amal qiladi.

Davlat boshqaruvi  sohasidagi  davlat rahbari vakolatiga uncha yuqori 

darajada bp'lmagan boshqa mansabdor shaxslami tayinlashni ham kiritish 

mumkin.  Bunday  mansabdor  shaxslaming  qatoriga  sud  hokimiyati 

vakillari  kiradi.  Ba’zi  bir  mamlakatlarda,  sudyalaming  tayinlanishi  davlat 

rahbarining o 'z  nomidan e'lon qilingan hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.

Ba’zi  bir mamlakatlarda ijro hokimiyatining  muhim hujjatlari  davlat 

rahbari  nomidan  e'lon  qilinadi.  Yagona  qoida-tartibni 

ijro  etish 

kontrassignatsiya asosida bo'ladi.

2-§. Davlat boshlig' ining qonun chiqarish jarayonida 

ishtiroki. Qonunchilik tashabbusi, parlamentga noma 

yuborish (A Q S H )

Davlat  rahbarining  navbatdagi  vakolatlar  guruhiga  parlament 

faoliyati  bilan  bog'liq  bo'lgan  vakolatlari  va  qonunchilik  sohasidagi 

vakolatlarini kiritish mumkin. Ba'zan bu vakolatlami  ajratib tahlil etishadi, 

bizniagcha,  u bir-biriga juda yaqin,  chunki,  parlamentga nisbatan vakolat 

har doim qonun chiqaruvchi organ bilan munosabatini anglatadi.

Bir qator mamlakatlarda, davlat rahbari parlamentning navbatdagi  va 

navbatdan tashqari  sessiyasini chaqirish,  sessiyani ochish va yopish,  ba'zi 

hollarda, quyi  palatani  (yoki har ikki  palatani) tarqatib  yuborish va yangi 

parlament saylovini o'tkazish kabi huquqlarga ega.

Jahondagi  barcha  mamlakatlarda  amalda davlat  rahbari  qonunchilik 

sohasida ma'lum (huquqiy nuqtai nazardan ancha muhim) huquqlarga ega: 

qonunchilik  tashabbus  huquqi,  qonunlarni  tasdiqlash  va  imzolash  huquqi 

yoki  qonunlarni  matbuot  sahifalarida e’lon  qilish  huquqi  shular jumlasiga 

kiradi.  Barcha  davlat  rahbarlari  qonunchilik  tashabbusi  huquqiga  ega 

emas,  ammo ko'pchilik mamlakatlarda,  davlat rahbari  bunday  huquqlarni 

saqlab qolganlar, hatto ayrim mamlakatlarda,  "prezident tashabbusi" degan

339


a lama  ko'p  qo'llaniladi.  Vaholanki,  bu  yerda  gap  hukumat  qonunchilik 

tashabbusi ustida borayotgan bo'ladi.

Ba’zi 

hollarda, 



hukumat 

davlat 


rahbarining 

qonunchilik 

tashabbusidan foydalanib, u orqali o 'z  qonunlarini (aniq qonun loyihasini) 

o'tkazib  oladi.  Davlat  rahbari  o 'z   nomidan  parlamentga qonun  loyihasini 

kiritadi, bu aslida hukumat tomonidan tuzilgan qonun loyihasi hisoblanadi.  ^

Ba’zi  bir  mualliflar  davlat  rahbarining  qonunchilik  sohasidagi 

vakolatiga  parlamentning  yuqori  va  quyi  palatalari  a’zolarini  tayinlash 

huquqini  qo'shishni  taklif  etadilar.  Masalan,  Buyuk  Britaniya  monarxga 

lordlar  Palatasi  a'zoligiga  o 'z  vakili  nomzodini  tayinlash  huquqi 

berilganligi  ma’lum.  Kanadada Britaniya monarxini  ifodalovchi  va amalda 

davlat rahbari  bo'lgan general-gubernator monarx nomidan parlamentning 

yuqori  palatasi  -Senat  a’zolarini  tayinlash  huquqiga  ega.  Bunday  huquq 

biroz  chegaralangan  tarzda,  Hindiston  va  Italiya prezidentlariga berilgan: 

ular yuqori palatani bir necha a’zolarini tayinlash huquqiga egadir.

Umuman  olganda,  qonunchilik  sohasida,  davlat  rahbarining  huquqi 

qonun  tayyorlash jarayonining boshlanishida va oxirida, ya’ni  qonunchilik 

tashabbusi  bosqichida  va  matbuotda  e’lon  qilish  bosqichida  amalga 

oshiriladi.  Ko'pgina  mamlakatlarda,  davlat  rahbari  qonun  loyihasini 

tasdiqlashga qarshi chiqishi va uni rad etishi mumkin.  Bunga veto qo'yish 

(tasdiqlash) huquqi deyiiadi.



3-§. Veto huquqi va uning turlari

Veto lotincha veto -  taqiqlayman degan so'zdan olingan bo'lib, u:

1. 

davlat  huquqida  davlat  hokimiyatining  biror  organi  tomonidan 



qabul  qilingan  qaroming  uning  biron  bir  organi  (davlat  boshlig'i) 

tomonidan  bekor  qilinishi;  Veto  tartibi  Qadimgi  Rimda  vujudga  kelgan. 

Hozirgi  zamon  burjua  tizimlarida,  odatda,  davlat  boshlig'iga  parlament 

qabul qilgan qonunlarga nisbatan veto qo'yish huquqi beriladi.

Vetoning quyidagicha ko'rinishlari mavjud bo'lishi mumkin:

1.  Mutlaq (Absolut yoki rezolyutiv);

2.  Nisbiy (Taalluqli);

Mutlaq  vetoda,

  qonun yoki qonun loyihasi  veto  qo'yilganidan  so'ng 

ushbu  qonun  loyihasi  qaytib  ko'rib  chiqilmaydi.  Bu  asosan  o'tmishda 

absolut va dualistik monarxiyalarda mavjud bo'lgan.



Nisbiy  veto

  yoki 


taalluqli  veto

  shuni  anglatadiki,  Prezident 

tomonidan imzolanmagan qonun yoki qonun loyihasi parlamentga qaytarib 

yuboriladi. Buning ham ikki usuli mavjud:

1.  Oddiy nisbiy veto;

340


2.  Murakkab nisbiy veto.

Oddiy  nisbiy  veto:  agarda,  parlament  tomonidan  Prezident  veto 

qo'ygan qonun qayta qabul qilinsa, u holda qonun prezidentning imzosisiz 

kuchga kiritiladi. Bunday holatga Fransiyada guvoh bo'lishimiz mumkin.

Murakkab nisbiy  veto:  masalan,  AQShda prezident qonun loyihasiga 

veto  qo'ysa,  ushbu  qonun  tasdiqlanishi  uchun  parlamentning  2/3  qism 

deputatlarining ovozi talab qilinadi.

Vetolaming yana quyidagicha turlari mavjud:

1.  Umumiy;

2.  Xususiy (tanlama);



Umumiy  vetoda

  qabul  qilingan  qonun  to'laligicha  bekor  qilinishi 

bilan boshqa veto turlaridan ajralib turadi.

Xususiy vetoda

 esa veto tatbiq qilinayotgan qonunning ayrim qismlar 

harakati to'xtatiladi yoki bekor qilinadi69.

Shuningdek,  “ cho'ntak  vetosi”   degan  tushuncha  ham  mavjud.  Bu 

vetoga yuridik adabiyotlarda quyidagicha ta'rif keltirib o'tilgan:

"

Cho'ntak"   vetosi

  -   AQShning  konstitutsiyaviy  amaliyotida,  ba'zi 

holatlarda  Prezident  o'ziga  noqulay  bo'lgan  qonun  loyihasining  kuchga 

kirishiga y o 'l qo'ymaslik uchun ishga soladigan alohida usul” 70.

AQ SH   konstitutsiyasiga  muvofiq,  Prezident  Kongess  tomonidan 

taqdim  qilingan  qonun  loyihasini  10  ish  kuni  davomida  ma’qullashi  yoki 

rad etishi lozim.

Agar  qonun  loyihasi  Prezidentga  Kongress  sessiyasi  tugashiga  10 

kundan  kam  vaqt  qolganda  kelib  tushsa  yoki  Prezident  qonun  loyihasini 

sessiya  yopilgunicha  (u  bo'yicha  hech  qanday  qaror  qabul  qilmasdan) 

ushlab  turishi  mumkin,  shundan  keyin  qonun  rad  qilingan,  deb 

hisoblanadi71.

S.N.Adrianov  tomonidan  veto  huquqining  quyidagi  ko'rinishlari 

ilgari surilgan va ta'rif berilgan:

1.  Absolute  veto  -   oxirgi  (hal  qiluvchi)  veto.  Asosan  mutlaq 

monarxiya  shaklidagi  davlatlarda  qo'llanadi.  Boshqalardan  farqlovchi 

belgisi u qo'llangandan so'ng qonun o 'z  kuchini yo'qotadi;

2.  Executive  veto  -   ijro  hokimiyatining  boshlig'i  tomonidan 

qo'yiladigan  veto  (Masalan,  AQSH  Prezidenti  va  gubematori  tomonidan 

qo'yiladigan veto);

69  Karang:  «Yuridik  aiamalar  komusiy  lugkati», 

-Т .: 

«Sharq»  nashriyoi-matbaa  ak&iyadoriik  kompaniyasi  Bosh



taxririyati. 2003.  108-Ь.

70  Qarang:  «Yuridik  cnsiklopcdiya»,  //  U.Tadjixanov  lahriri  osiida.  - Т .:  «Sharq»  nashriyol-maibaa  aksiyadorlik 

kompaniyasi 

bosh

 lahririyaci, 



21X11. 538-b.

71  Qarang:  «Yuridik ensiklopediya», 



U

 U.Tadjixanov  tahriri  ostida,  To&hkent,  «Sharq»  nashriyot-matbaa aksiyadorlik 

kompaniyasi ЬояН tahririyati, 2001 yil, 53Я - bet

341


3.  Legislative  veto  -   qonunchilik  organi  tomonidan  qo'yiladigan

veto;


4.  Outright veto -  vetoning  ijobiy hal  etilishi  («cho'ntak  vetosi»dan 

farqli  ravishda),  vetoning  Amerika  Qo'shma  Shtatlariga  xos  bo'lgan 

ko'rinishi;

5.  Overridden veto -  bartaraf etilgan veto;

6.  Pocket  veto  -   «cho'ntak  veto»si  deb  nomlanadigan  veto 

ko'rinishi;

7.  Presidental  veto  -   Prezident  tomonidan  qo'yiladigan  veto, 

Prezidentlik vetosi;

8.  Regular  veto  -   odatiy  veto  («cho'ntak  vetosi»dan  farqli)  AQSH 

uchun xos;

9.  Retroactive veto -  orqaga qaytish kuchiga ega bo'lgan veto;

10.Royal veto - qirollik vetosi, Angliya uchun xos;

11. 

Suspensive (suspensory) veto -  suspenziv veto bo'lib, to'xtatib 



turish  kuchiga  ega.  Ushbu  veto  ko'llanganda  qonunning  ijrosi  amalga 

oshirilmay turadi;

12. 

Two  -   houses  veto  -   AQSH  Kongressining  ikkala  palatasi 



tomonidan  ham  aynan  bir  qonun  hujiatiga  yoki  uning  ayrim  qism  yoki 

moddalariga nisbatan qo'llanilgan veto 



2.

4-§. Davlat boshlig'ining Xalqaro munosabatlar,

xavfsizlik va mudofaa sohalaridagl vakolatlari.

Davlat boshlig'ining favqulodda vakolatlari

Shaxslaming huquqiy maqom sohasidagi  vakolat ham davlat rahbari 

vakolati  jumlasiga  kiradi.  Gap  alohida  fuqarolarga  qaratilgan  vakolat 

to'g'risida  bormoqda.  Bu  orden  va  medallar  bilan  mukofotlash,  turli 

unvonlar, fuqarolik maqomini berish kabilami o 'z  ichiga oladi.

Jahondagi  ko'pgina  mamlakatlarda  davlat  rahbari  xorijliklarga 

fuqarolik  berish  masalalarini  hal  qiladi.  Davlat  rahbari  nomidan 

shaxslaming  fuqaroligidan  mahrum  etishlik  mumkin.  Davlat  rahbarining 

akti  bilan  yoki  uning  nomidan  fuqarolik  tiklanishi,  xuddi  shunday  tarzda 

siyosiy boshpana berilishi ham qabul qilingan.

Davlat  xavfsizligi  sohasida  muayyan  vakolat  ko'pchilik  davlat 

rahbarlariga  xos  vakolatdir.  Razvedka,  kontrazvedka,  qo'poruvchilik 

faoliyatiga  qarshi  kurash  bilan  bog'liq  masalalarni  muvofiqlashtirish 

huquqi prezidentning xavfsizlik sohasidagi vakolat doirasiga kiradi.

”  English Russian Law Dictionary., S.N.Andrianov, A.SJBerson, A..S.Nifikorov., Moskow, «R U SS O *, 2000. page 450- 

451.


342

Davlat  rahbari  ko'pincha  ushbu  soha  bilan  shug'ullanuvchi  (milliy 

xavfsizlik  kengashi)  maxsus  idoralararo  organlami  boshqaradi,  milliy 

xavfsizlik bo'yicha yordamchilarga ega bo'ladi.

Davlat  rahbari vakolatining  muhim qismi  harbiy  soha bilan  bog'liq, 

jahondagi  ko'pchilik  mamlakatlarda,  davlat  rahbari  rasman  (yuridik 

jihatdan)  oliy  Bosh  qo'mondon  deb e'lon  qilinadi.  Bo'hronli  vaziyatlarda 

va  harbiy  harakatlarda  davlat  rahbarining  imzosi  bilan  maxsus  harbiy 

aktlar, qonunlar, direktivalar chiqariladi.

"Kuchli"  prezidentlik va monarxiya mamlakatlarida, bir qator harbiy 

masalalarni  yechish  davlat rahbarining  real  huquqi  hisoblanadi.  Masalan, 

amerikaliklar bu  sohani  prezident  huquqi  tarkibiga  kiritadilar va  uni  oliy 

bosh qo'mondon deb ataydilar.

Prezident harbiy paradni  qabul  qiladi,  faxriylami  tabriklaydi,  harbiy 

qo'shinlami mudofaa qobilyatini nazorat qiladi va h.k. Bu sohada kundalik 

vakolat  professional  harbiylar  tomonidan  amalga  oshiriladi:  shtab 

genarallari,  mudofaa  vazirligi  va  qo'shin  turlarining  turli  shtablari  shular 

jumlasidandir.  Davlat  rahbari  yuqoridagi  professional  harbiylar harakatini 

muvofiqlashtirib turadi.

Parlamentar 

respublikalarda 

va 

monarxiyalarda 



bunday 

muvofiqlashtirishni  ijro  hokimiyati  boshlig'i  Bosh  vazir amalga  oshiradi. 

Direktivalar harbiy sohadagi qarorlar agar zarur bo'lsa, davlat rahbarining 

nomidan chiqariladi.

Davlat boshlig'ining Bosh qo'mondon sifatidagi bir guruh vakolatlari 

ichidan  ayrimlarini  ajratib  ko'rsatish  mumkin,  bu  urush  va  tinchlik 

masalasi bilan bog'liq huquqidir.

Urush  e’lon  qilish  va  tinchlik  bitimini  tuzish  bilan  bog'liq.  ko'p 

hollar,  bunday  harakatlarga  parlament  sanksiyasini  talab  etadi.  Bu 

harakatlaming  barchasi  davlat  rahbari  siymosida  ijro  etiladi.  U  bo'hronli 

vaziyatlardan chiqish,  harbiy holatni e’lon qilish harbiy qo'shinlami qaysi 

frontga  kiritish  yoxud  harbiy  harakatlarni  to'xtatish  to'g'risida  xalqqa 

axborot beradi.

Bir  qator  mamlakatlarda,  qonunchilik  davlat  rahbariga  favqulodda 

holat  joriy  etish  huquqini  bergan.  Shunday  qilib,  davlat  rahbarini 

favqulodda  vaziyat  sohasida  vakolati  yoki  favqulodda  vakolati  mavjud. 

Ko'pchilik  mamlakatlarda,  bu  vakolat  konstitutsiya  moddalarida  nazarda 

tutilgan.  (Masalan,  Fransiya  konstitutsiyasining  16  moddasi),  ba’zi 

mamlakatlarda,  maxsus  qonunlar  ishlab  chiqilgan.  GFRda  favqulodda 

qonunchilikka  bag'ishlangan  qonunlar  majmui  mavjud.  Mamlakatda 

bunday  qonunlarda  ko'zda  tutilgan  vaziyat  vujudga  keysa,  favqulodda

343


holat  e'lon  qilinadi.  Bunda  qonun  bo'yicha  mamlakatga  prezident  emas, 

balki hukumat boshlig'i-kansler rahbarlik qiladi, chunki, GFR parlamentar 

respublika hisoblanadi.

A ) 

Monarx.  Monarxning  huquqiy  holati  va  uning  o'ziga  xos 

xususiyatlari. Vorislik tartibi

Hokimiyatga  ma'lum  bo'lgan  funksiya davlat rahbarining  mamlakat 

yo'lboshchisi  ekanligidir.  Yo'lboshchi  tushunchasi  rasmiy  va  amaliy 

bo'lishi mumkin.  U ushbu har ikki sifatni o'zida mujassamlashtirish, ya’ni 

deyure (rasman) va defakto  (amalda) rahbar bo'lishi kerak.  Bunga mutlaq 

monarx  yoki  xalq  saylagan  respublika  prezidenti  misol  bo'la  oladi. 

Mamlakatning  bu  yo'lboshchisi  belgilangan  tartibda  hokimiyatni  qo'lga 

kiritgan va xalq tomonidan e’tirof etilgan qonuniy yo'lboshchi hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, monarx alohida unvon huquqiga ega bo'lib, 

mamlakatda  faqat  bir  kishi  shunday  unvon  sohibi  bo'lishi  mumkin. 

Unvonlar  turlicha  nomlanishi  mumkin:  qirol,  ulug'  gersog,  ulug'  knaz, 

imperator;  sharqda esa sulton,  amir,  shoh va boshqa nomlar bilan  ataladi. 

Eronning oxirgi monarxi o'zini shahon - shoh deb atagan.

Monarxda hokimiyat ramzlariga egalik huquqi mavjud.

Hokimiyatning  bu  ramzlari-toj,  aso  va  boshqalar  bilan  hozirgi 

monarxlar deyarli foydalanmaydi, ular ko'proq davlat ramzlaridan, pochta 

markalarida  tasvirlanadi.  Buyuk  Britaniya  va  Shimoliy  Irlandiya 

qirolichasi  Yelizaveta  П  monarxga  tegishli  barcha  tashqi  belgilar  va 

ramzlardan  foydalanadigan  yagona  monarxdir.  U  o'tkaziladigan  barcha 

muhim  tantanali  marosimlarda  toj  va boshqa  maxsus  qirollik kiyimlarida 

ishtirok etadi.

Alohida marosimlar-monarxning taxtga o'tirishida tantanali marosim 

o'tkaziladi,  uning  tashrif,  uchrashuv,  qabullarga  alohida  tus  beriladi, 

monarx  va  uning  oilasini  tanishtiruv  jarayoni  ham  tantanovor  o'tadi. 

Bunday  tantanali  marosimlarda  alohida  axloq  va  odob  qoidalari  joriy 

etiladi. Masalan, monarx ishtirok etgan bunday yig'inlarda uning ruxsadsiz 

o'tirish  mumkin  emas,  ayollar  maxsus  ta’zim  bajo  keltirishiari  kerak. 

Monarxga orqa bilan turish man etiladi, va h.k.

Monarxlaming  unvoni  va  taxt  -  toji  ularga  umrbod  beriladi, 

saylanadigan  monarxiya  bundan  mustasno.  Taxt  vorisligining  bir  necha 

usullari  mavjud.  U   maxsus  qonunlarda,  yo  konstitutsiyada  yoki  har 

ikkisida  ham,  shuningdek,  sud  qarorlarida  va  huquqiy  urf  -  odatlarda 

mustahkamlab qo'yiladi.

Taxt  vorisligining  eng  qadimiy  usuli  merosxo'rlikning  (Sali)  sali 

tizimidir.  Bu  tizimga ko'ra,  taxt  va  toj  faqat  erkaklarga  qoldiriladi,  ya’ni

344


meros  erkak  nasliga  tegishli  bo'ladi.  Hozir  sali  merosxo'rligiga  faqat 

Sharq  mamlakatlarida: 

Tailand, 

Ummon, 


Saudiya  Arabistoni  va 

Yaponiyada  amal  qilinadi.  Yaqin  -yaqinlargacha  bunday  merosxo'rlik 

tizimi  Yevropaning  Norvegiya,  Shvetsiya  kabi  mamlakatlarida  ham 

mavjud  edi.  Faqat  X X   asr  oxirida,  norvegiyaliklar  va  shvedlar  bunday 

amaliyotdan  voz  kechdilar  va  bu  sohadagi  qonunlariga  tuzatishlar 

kiritdilar.

Taxt  vorosligining  ikkinchi  usuli  kastiliva  (Castilla)  deyiladi,  uning 

ikki xil ko'rinishi mavjud: an’anaviy va zamonaviy. An’anaviy ko'rinishiga 

ko'ra  taxt  vorislari  farzandlardan  eng  kattasi,  bunda  o'g'illarga  ko'proq 

irotiyoz  berilgan  va  shunday  qoida  mavjud  bo'lgan:  "kichik  o 'g 'il 

tug'ishgan  opasiga  qaraganda  imtiyozga  ega".  Taxt  vorisligining  bunday 

usuli  Buyuk  Britaniya,  Ispaniya  va  boshqa  bir  qator  mamlakatlar  uchun 

xos bo'lgan.

Taxt  vorisligiga kastiliya tizimining  zamonaviy ko'rinishda jinsidan 

qat'i nazar yoshi katta farzand ega bo'ladi. Taxt vorisligining bunday usuli 

Norvegiya va Shvetsiyada ham mavjud.

Uchinchi  usul  Gabsburg  yoki  Avstro-venger  ko'rinishiga  ega. 

Gabsburglar  nomi  Gabsburglar  sulolasi  sharatiga  qo'yilgan  bo'lib, 

ularning sulolasi Avstro-vengriyada imperatorlik qilganlar.  Bu  usul  ancha 

qiziqarli  unga  ko'ra,  taxt  vorisligiga  erkaklar  naslidan  ham,  avollar 

naslidan  bo'lganlar  ham  egalik  qilganlar,  ammo  asosan  erkak  naslidan 

chiqqanlar imtiyozga ega bo'Iganlar.  Bu yerda nasida erkaklar bo'lmagan 

taqdirdagina  ayollar  taxtga  egalik  qilganlar.  Bunday  variantning  shunday 

ta’riflash mumkin edi: “ Qirolning har qanday darajadagi erkak jiyani uning 

qiziga  Karaganda,  taxtni  egallashda  ustunlikka  ega".  Bu  usul  1797-1917 

yillarda Rossiyada ham mavjud edi. Uni imperator Pavel 1 joriy qilgan.

Ushbu  usul  Romanovlar  sulolasi  bilan  birga  barham  topdi.  Taxt 

vorisligining to'rtinchi usulini,birinchi marta Petr  1  tavsiya etgan, shuning 

uchun  ham  uni  Petr  usuli  deb  atash  mumkin.  Uning  mohiyati  shundaki, 

monarxning  o'zi  taxt  vorisini  belgilaydi.  Ma'lumki,  1721  yilda  Petr  o 'z 

o'g 'li, shahzoda Aleksey vafotidan so'ng uning taxtiga kim vorisligini o'zi 

belgilab  berish  qoidasini  mustahkamlab  qo'ydi.  Ammo,  Petr  o 'z   vorisini 

tayinlashga ham ulgirmadi.

Bu  usulni  birinchi bo'lib,  imperator Anna loanovna  amalga oshirib, 

o 'z vorisini  belgiladi. Taxt vorisligining boshqa usullari va variantlari ham 

mavjud  masalan,  arab  monarxlarida  taxt  voiisligi  to'g'risidagi  masalani 

har  bir  hoiatda  qurollik  oilasi  hal  qiladi,  bunga  ko'ra,  sulola  taxtni 

qirolning katta o'g'liga berishi  shart emas, ya'ni qiroltik oilasidan chiqqan

345


boshqa  vorislarga  ham  berish  mumkin.  Ba'zi  hollarda,  taxtni  egallashda 

parlament roziligini olish kerak.

Agar monarx  voyaga yetmagan bo'lsa, bunday holatda, monarxiyada 

regentlik (mamlakatni vaqtinchalik boshqarib turish) joriy etiladi.  Monarx 

voyaga yetgandan keyin o 'z i mustaqil qaror qabul qilaveradi.

Davlat  boshlig'ining  asosiy  roli,  funksiyasini  belgilashga  harakat 

qilinsa,  uning  o'mini  aniq  belgilab  beradigan  biror  xususiyatni  ifodalash 

mumkin  bo'lsa,  bunda  davlat  rahbarini  ikki  asosiy  belgisini  ajratib 

ko'rsatish mumkin.



Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling