O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54

B ) 

Prezident 

Prezidentning 

huquqiy 

holati. 

Prezident 

saylovining asosiy ko'rinishlari

Prezident mamlakatda,  davlat boshlig'i  bo'lib  hisoblanadi.  Ayniqsa, 

prezidentlik  respublikalarida  prezidentning  vakolatlari  hamda  huquqiy 

holati nihoyatda kengdir.

Prezidentni 

saylash  mexanizmi 

oxir-oqibat  uning  mamlakat 

hayotidagi o'm i va rolini belgilab beradi.

Prezidentlik 

respublikasida  va  aralash  boshqaruv  shaklidagi 

respublikada amalda prezident to'g'ridan to'g'ri xalq tomonidan saylanadi. 

Bunday  saylov  Lotin  Amerikasining  ko'pchilik  mamlakatlari:  Meksika, 

Chili,  Peru,  Kolumbiya,  Kosta-Rikada,  Osiyo  mamlakatlaridan:  Filippin, 

Misr,  Yevropa  mamlakatlaridan  Fransiyada  amalga  oshiriladi.  Bunda 

prezident  hokimiyatni  boshqarish  huquqini  beradigan  vakolatlami  xalq 

tomonidan olgan  hisoblanadi.  Shuning  uchun ham uning  vakolat darajasi 

ancha salmoqlidir.

Ba'zi bir mamlakatlarda, prezidentga juda katta vakolat berish xatarli 

ekanligini  hisobga  olib,  uni  saylash  tartibi  parlament  vositasida,  amalga 

oshirish  joriy  qilinadi.  Bunday  xatarga  asos  bor,  chunki  bevosita 

parlamentga  bog'liq  bo'lmagan  va  o'zini  qonun  chiqaruvchi  organga 

qarama-qarshi  qo'yishi  mumkin  bo'lgan  prezident,  ba’zan  parlament 

ustidan  hukmronlik o'matishga  va  hokimiyat  muvozanatini  o 'z   tomoniga 

o'zgartirishga harakat qiladi, buning oqibatida davlat mexanizmi me’yorida 

ishlashi  uchun  zarur bo'lgan hokimiyatlar o'rtasidagi  muvozanat buzilishi 

ro 'y  berishi  mumkin.  Bunday  holatda  boshqaruvning  demokratik  shakli 

avtoritar hokimiyat tartibi bilan almashinadi.

Prezidentlik  respublikasida  bilvosita  saylovlar  (AQSH,  Argentina) 

qo'llaniladi.  Bunday  holatlarda,  saylovchilar  hay’ati  saylanadi,  keyin 

ikkinchi 

turda 

saylovchilar 



nomidan 

prezident 

saylanishi 

mustahkamlangan.  Aytish  kerakki,  konstitutsiyalarda  mustahkamlangan 

bilvosita  saylov  tizimiga  qaramay,  AQShda  to'g'ridan-to'g'ri  saylovlar

346


mavjud.  Saylangan  AQSH  prezidenti  familiyasi  birinchi  turning  o'zida, 

ya’ni ovoz berish natijalaridan keyin, kun oxirida saylovchilar o 'z  xohish- 

irodalarini ifodalaganidan so'ng ma’lum bo'ladi.

Prezident  to'g'ridan-to'g'ri  yoki  bilvosita  saylanadigan  barcha 

mamlakatlarda  u  haqiqatda  keng  hokimiyat  egasi  bo'ladi.  Ular jumlasiga 

yuqorida  tilga  olingan  mamlakatlar  (Fransiya  va  AQSH)gina  emas,  balki 

Avstriya, Irlandiya, Islandiya, Afrikadagi mamlakatlar (Kamerun, Senegal) 

ham kiradi. Bu mamlakatlarda prezidentlik mandati fuqarolardan olinadi.

Bilvosita  tartibda  saylangan  prezident  o 'z  faoliyatini  pariamentdan 

deyarli  mustaqil  amalga  oshiradi.  Chunki  uni  to'g'ridan  to'g'ri  xalq 

saylagan.  Bunday  saylov  turi  parlament  ishtirokisiz  davlat  rahbarini 

saylash deb aytiladi.

Parlamentar respublikalarda qoidaga ko'ra,  prezident ko'p  bosqichli 

saylov  usuli  asosida  saylanadi.  Bu  ko'pincha  ikki  bosqichli,  ba'zan  uch 

bosqichli tartibda o'tkaziladi.

Parlamentar  respublikada,  prezidentlik  saylovining  uch  varianti 

mavjud.

1. 


Prezident  faqat  parlament  tomonidan  saylanadi,  bu  tartibdagi 

saylovda  boshqa  biror  mansabdor  shaxs  va  hokimiyat  vakillari 

qatnashmaydi.  Turkiya  va  Isroil  mamlakatida  prezident  saylov  tizimi 

Shunday.


2.  Parlament deputatlari  va o'zini  o 'zi  boshqarish organlari  vakillari 

tarkibidan  prezident  saylash  uchun  maxsus  saylov  hay'ati  tuziladi.  Ular 

turli  darajadagi  hokimiyat  vakillaridir.  Bunga  Italiyadagi  saylov  tizimi 

misol  bo'la  oladi.  Italiya  Respublikasi  prezidenti  har  ikki  palataning 

qo'shma  majlisida  saylanadi.  Parlament  a’zolariga  viloyatdagi  vakiilar 

kelib qo'shiladi  (har bir viloyatdan  3  tadan vakil, eng kichik viloyat-Vale 

d’ Aostadah  bir  vakil  qatnashadi).  Amalda  davlat  rahbari  har  ikki  palata 

a’zolari  tomonidan  saylanadi,  chunki,  viloyatlardan  kelgan  vakiilar  faqat 

58 kishini, parlament a'zolari 935 nafami tashkil etadi.

Hamma  hollarda  ham  prezident  saylovida  faqat  Oliy  hokimiyat 

vakillari  emas,  balki  mintaqa  vakillari  ham  faol  ishtirok  etadi.  Mintaqa 

vakillarining  saylovda  ishtiroki  prezidentning  parlamentga  to'liq  qaram 

bo'lmasligi  uchun  uyushtirilgan  bo'lishi  ham  mumkin.  Italiya  prezidenti 

lavozimiga  nomzodlar  50  yoshdan  kam  bo'lmasligi  kerak  degan  talab 

o'matilgani  bejiz  emas,  bu  kamolga erishgan  yetuk  yosh  hisoblanadi.  Bu 

variant federativ davlatlarga tegishli.

3.  Ba’zi  bir  federativ  davlatlarda  prezident  saylash  uchun  alohida 

hay’at  shakllantiriladi,  ular  federal  parlament  deputatlari  va  federatsiya

347


subyektlari  vakillaridan  tashkil  topadi.  Bu  yerda  itaJiyaliklar modeli  bilan 

muayyan  o' xshashliklar  bor,  ammo  Italiyadagi  prezident  saylovida 

huquqiy  birliklardan  vakillar  ishtirok  etadi,  mazkur  holatda  esa  davlat 

tuzilmasi-federatsiya 

subyektlari 

qatnashadi. 

Germaniya 

Federativ 

Respublikasi  bunga  misol  bo'la  oladi,bu  yerda  prezident  Bundestag 

a'zolari (parlament quyi palatasi) va proporsional vakillik prinsipi bo'yicha 

federatsiya  su'bektlarining  qonun  chiqaruvchi  organlari  tomonidan 

(landtaglar)  saylangan  vakillardan  iborat  federal  majlis  tomonidan 

saylanadi.

Prezidentni  saylash  uchun  Federal  Majlis  a'zolarining  mutlaq 

ko'pchiligining ovozi talab etildi.

Hindistonda  ham  shunga  o'xshash  holatni  kuzatish  mumkin.  Bu 

yerda  prezident  parlamentning  har  ikki  palatasi  a'zolaridan  (ularda 

"federal"  so'zi  ishlatilmaydi) saylangan va shtatlaming qonun chiqaruvchi 

majlis  a'zolaridan  saylangan  vakillardan  iborat  alohida  saylov  hay'ati 

tomonidan saylanadi.

Hatnma holatda ham prezident  saylovi  parlament tomonidan  amalga 

oshiriladi.  Adabiyotlarda  ta'kidlanishicha,  agar  davlat  rahbari  mandatni 

parlamentdan  oladigan  bo'lsa,  bu  ikkilamchi,  yasama hokimiyat egasidir. 

U  bevosita  xalq  tomonidan  saylangan  emas,  shuning  uchun  parlamentga 

hisobdordir.  Shunday  qilib  parlament  tomonidan  saylangan  prezidentning 

davlat  boshlig'i  tomonidan  saylanadigan  prezidentlik  va  aralash 

respublikadagi  kabi  davlat  hayotida  ishtiroki  ham  tabiiy  yuqori  darajada 

faol bo'lmaydi.

Shu  munosabat  bilan  tadqiqotchilar  ta’kidlaydilarki,  saylovning 

parlamentar  tizimi  davlat  boshlig'i  tomonidan  hokimiyatni  zo'riik  bilan 

bosib olish va hokimiyat vakolatini suiiste'mol qilishning birmuncha oldini 

oladi.


A.A.Mishinning  ko'rsatishicha,  prezident  parlament  tomonidan 

saylanganda, davlat rahbarini saylash tizimi ancha demokratik hisoblanadi. 

Eng  muhimi,  prezidentni  saylash  usulida  emas,  hokimiyatining  real 

bo'linishi va "tutib turish va posangi bo'lish" tizimidadir. Bu davlat rahbari 

tomonidan boshqalar vakolatini egallab olinishiga yo 'l qo'ymaydi. Hamma 

holatda  ham,  hattoki,  prezident vakolatini  xalqdan  olsa  ham  "tutib  turish 

va muvozanatda bo'lish" tizimi yaxshi ishlab chiqilgan bo'lib, hokimiyatni 

zo'riik  bilan  egallab  olinishiga  yo 'l  qo'yilmaydi.  Bulardan  tashqari, 

barqaror  dehiokraitik  an’analar,  siyosiy  elitaning  mayjudligi,  yuqori 

madaniyat,  mamlakat  fuqarolarming  mentalited  Amerika  Prezidentini 

qonundan chetga chiqishidan saqlab turadi.

348


Agar  muddatdan  oldin  prezident  vafot  etsa,  iste'fo  bersa,  yoki 

impichment  tartibida  hokimiyatdan  chetlashtirilsa,  bo'sh  qolgan  o'rniga 

nomzod  to' g'risidagi  masala  turli  usullar  bilan  yechiladi.  Ba’zi 

mamlakatlarda vitse - prezident uning o'mini egallaydi.  (masalan, AQShda 

shunday 

tartib 


bor) 

va 


muddatidan 

oldin 


prezidentlik 

saylovi 


o'tkazilmavdi. 

Parlamentar  respublikada, 

prezidentlik  o'm i 

bo'sh 


qolganda,  muddatidan  oldin  saylov  o'tkaziladi.  O'm i  bo'sh  qolgan 

lavozim  yangi  prezident  ishga  tushguncha  boshqa  lavozimli  shaxs 

tomonidan boshqarib turiladi. Masalan, davlat rahbari vazifasini parlament 

yuqori  palatasining  rais  (Fransiyada  va  Italiyada  Senat  raisi,  GFRda  esa 

Bundestag  boshlig'i)  bajarib  turadi.  Ba’zi  mamlakatlarda  bunday 

funksiyani  hukumat  rahbari  (masalan,  Finlandiya  va  Avstriyada  bosh 

vazir) bajarib turadi.

\

349



32-bob,Xorijiy mamlakatlarda parlament

1-§. Parlamentning tushunchasi, ijtimoiy vazifasi va

vakolatlari

2-§. Parlament -  davlatning umummilliy vakillik organi

3-§. Parlamentning vujudga kelishi va rivojlanish

bosqichlari

4-§. Parlament va parlamentarizm

5-§. Parlament nazorat funksiyaiari

l-§. Parlament tushunchasi, ijtimoiy vazifasi va

vakolatlari

Parlament fransuzcha «Parler»  so' zidan olingan bo'lib,  «gapirmoq», 

«so'zlam oq»  ma’nolarini  anglatadi.  Parlament deganda,  qonunchilik hoki­

miyatini  amalga  oshiruvchi  oliy  vakillik organi  tushuniladi.  Davlat hoki- 

miyatining  oliy  vakillik  organini  belgilashda,  parlament  atamasi  Buyuk 

Britaniya,  Fransiya,  Belgiya,  Kanada,  Italiya, Moldova,  Qozog'iston  kabi 

davlatlarda  ishlatiladi.  Ba’zi  mamlakatlarda  esa  «M a jlis»  «Kengash» 

«Assambleya»  kabi  atamalar keng qo'llaniladi.  Bundan tashqari, davlatlar 

o 'z   tarixiy  tajribasidan  kelib  chiqib,  parlamentlami  shunga  muvofiq 

nomlaydilar, masalan, Latviya va Litvada qonunchilik organi  «Seym » deb 

nomlansa,  Turkiyada  «Buyuk  Millat  M ajlisi»  deb  ataladi.  Amerika 

Qo'shma  Shtatlarida  va  aksariyat  Janubiy  Amerika  mamlakatlari 

parlamentlari «Kongress» deb nomlanadi.

Aksariyat ikki palatali parlamentlarda palatalaming nomi  bir-biridan 

farq qiladi.  Masalan,  Amerika Qo'shma Shtatlari  Kongressi  quyi  palatasi 

«Vakillar  Palatasi»,  Yuqori  palatasi  esa  «Senat»  deb  nomlanadi. 

Parlamentning yuqori palatasini «Senat» deb nomlash odat tusiga kirgan.

Dunyoning  ko'pchilik  rivojlangan  mamlakatlarida,  parlament  ikki 

palatali ko'rinish hosil qilgan.  Bunda quyi'palata asosan to'g'ridan-to'g'ri 

saylovlar  asosida  shakllantirilishi  bois liberal  xarakter kasb  etadi.  Yuqori 

palatada esa aksincha,  tayinlash, mandatni  meros asosida qabul  qilib olish 

kabi  usullar  uchrab  turishi  bois,  bu  palata  konservativ  xususiyatga  ega 

hisoblanadi.

Monokameral,  ya’ni  bir  palatali  tizim  ham  dunyo  tajribasida  keng 

qo'llaniladi.  Bundan  tashqari  ba’zi  Afrika  va  Okeaniya  davlatlari 

parlamentlarida  maxsus  tashkillashtirilgan  qo'shimcha  palatalar  ham 

uchrab  turadi.  Parlament  demokratik  davlatlardagi  vakillik  organi  bo'lib, 

qonun chiqarish faoliyati bilan shug'ullanadi.

350


Zamonaviy  parlament  bu  yuqori turuvchi  organ  bo'lib,  xalq xohish- 

irodasini  ifoda  etadigan,  qonun  chiqarish  yuli  bilan  jamiyatdagi  barcha 

ijtimoiy munosabatlami  tartibga soladigan,  ijroiya hokimiyati  organlari  va 

mansabdor  shaxslar/ustidan  umumiy  nazorat  olib  boradigan  markaziy 

organ hisoblanadi.

Bundan  tashqari  parlament  boshqa  davlat  organlarining  faoliyatini 

ham  tashkil  qiladi.  Parlament  vakolatlarining  hajmiga  qarab  uning 

quyidagi uch xil-turini belgilash mumkin:

1. Cheklanmagan vakolatli parlament;

2. Mutlaq cheklangan vakolatli parlament;

3. Nisbatan cheklangan vakolatli parlament.

Parlamentar  boshqaruv  shakliga  ega  bo'lgan  aksariyat  davlatlarda 

parlament vakolatlari  cheklanmagan  hisoblanadi.  Bunga  Buyuk  Britaniya 

parlamenti  klassik  misol  bo'lishi  mumkin.  Ingliz  huquqshunos  olimlari- 

ning  ta’kidlashicha,  Parlamentning  ustuvorligi  quyidagilarni  nazarda 

tutadi:


1. Qonun  qabul  qilish  sohasidagi  ustunlik.  Qonun  faqat  parlament 

tomonidan qabul qilinishi mumkin, o 'z  navbatida qonun normativ huquqiy 

aktlar iyerarxiyasida birinchi o'rinni egallaydi;

2. Davlat budjetini tasdiqlash va soliqlarni joriy qilish huquqi;

3. Hukumatning parlament oldidagi javobgarligi;

4. Sudyalarni o 'z  lavozimiga tasdiqlash huquqi;

Parlament  vakolatlariga  o'xshash  vakolatlami  amalga  oshiruvchi 

raqobatchi hokimiyatning mavjud emasligi.73



Huquqshunos 

P.  Bromxed  mutlaq  vakolatli  parlament  g'oyasini 

yoqlab 

chiqadi. Uning 

ta'kidlashicha, qonun mazmuniga doir hech qanday 



cheklovlar, uni qabul 

qilishga hech qanday to'siqlar mavjud emas.74

Parlamentni davlat hokimiyatning oliy vakiilik  va yakka qonunchilik 

organi  sifatida  belgilagan  Yaponiya  Konstitutsiyasida  parlament  vakoiat- 

lari aniq sanab ko'rsatilmaydi. Bu esa, o 'z  navbatida, Yaponiya Parlamenti 

cheklanmagan vakolatli parlament organi ekanligini tasdiqlaydi.

Parlamentning  qonunchilik  sohasidagi  vakolatlarining  muayyan 

doiraga  kiritilishi,.  uni  mutlaq  cheklangan  vakolatli  parlament  sifatida 

e’tirof  etish  imkonini  beradi.  Fransiya  Konstitutsiyasining  34,  35,  49- 

moddalari  parlamentning  qonunchilik  y o 'li  bilan  hal  qilishi  mumkin 

bo'lgan  masalalar  ro'yxatini  belgilab  beradi.  Qolgan  masalalar  bilan 

asosan hukumat shug'ullanadi. Fransiya parlamenti o 'z  vakolati doirasidan

”  

Уэйд 


E., Филлипс Г. Конституционное право. -М .: ИЛ, 

1950. С.70.



и

 Е ром кеа П . 

Эволюция Британской 

конституции. - М . :  Ю Л ,  1978. С.199.

351


chetga  chiqib,  qonun  qabul  qiladigan  bo'lsa,  bu  hujjat  Konstitutsiyaviy 

Kengashning  xulosasiga  asosan  hukumat  dekreti  bilan  bekor  qilinishi 

mumkin.

Rivojlanayotgan  davlatlar  parlamentlaii  vakolatlarini  ham  ko'p 



hollarda,  mutlaq  cheklangan  vakolatlar  sifatida  qayd  etish  mumkin. 

Senegal,  Gabbon  kabi  ilgari  Fransiya  mustamlakasi  bo'lgan  davlatlarda, 

parlament, aynan, fransuz modeli asosida joriy qilingan.

Nisbatan  cheklangan  vakolatli  parlamentlar  ko'proq  uchrab  turadi. 

Bu  kabi  parlamentlar  asosan  federativ  yoki  markazlashmagan  unitar 

tuzilish  shakliga  ega  bo'lgai^  mamlakatlarga  xos.  Sababi  bunday 

davlatlarda  markaziy  hokimiyat  organlarining  vakolatlari  federatsiya 

subyektlari huquqlari bilan cheklanadi, shunga asosan parlament faqat ma- 

halliy hokimiyat organlari  huquqi bilan cheklangan doiradagina o 'z   faoli- 

yatini  yuritishi  mumkin.  Masalan, AQSH  Kongressi  faqat  Konstitutsiyada 

aniq ko'rsatib qo'yilgan vakolatlarnigina amalga oshirishi mumkin.

Ispaniya  Konstitutsiyasida  ham  shunga  o'xshash  tartib  o'rnatilga^i 

bo'lib,  unga  binoan,  Konstitutsiyada  bevosita  davlat  vakolati  doirasiga 

kiritilmagan  masalalar,  avtonom  uyushmalar  ixtiyoriga  ulaming  NiZom- 

lariga asosan beriladi.

Umuman  olganda,  parlament  qanday  turdagi  vakolatlarga  ega 

bo'lishi  ko'p  jihatdan  uniijg  tuzilish  va  boshqaruv  shakliga,  siyosiy 

tartibiga  bog'liq.  Bundan  tashqari  parlament  vakolatlariga  bevosita 

davlatning  demokratiyaviylik  darajasi,  u  yuritayotgan  siyosat  ham  ta'sir 

etishi  mumkin.  Masalan,  Prezidentlik  respublikalarida  parlament  huku­

matni  shakllantirishda, deyarli  ishtirok etmaydi, ijroiya hokimiyati  ustidan 

nazorati  ham  u  qadar  keng  emas.  Parlamentar  Respublikalarda  esa 

parlament ijroiya hokimiyatini shakllantirishda faol ishtirok etadi, hukumat 

rahbarini  saylaydi,  faoliyati  ustidan  kuchli  nazorat  olib  boradi.  Totalitar 

siyosiy  tizim  sharoitida  Konstitutsiya  va  joriy  qonunlarda  parlamentga 

keng  vakolatlar  berilishi  mumkin,  biroq  amalda  ularda  qiyinchilik  bilan 

hayotga tatbiq qilinadi.

Parlamentning  eng  muhim  vakolatlari  sifatida  qonun  qabul  qilish, 

moliyaviy 

fimksiyalami 

amalga  oshirish, 

xalqaro 


shartnomalami 

ratifikatsiya  va  denonsatsiya  qilish,  davlat  organlarini  shakllantirishda, 

ishtirok etish kabilami e'tirof etish mumkin.

M oliyaviy  vakolatlar  qatoriga  davlat budjetini  tasdiqlash,  soliqlami 

joriy qilish kiradi. Davlat budjeti, odatda, qonun hujjati ko'rinishida qabul 

qilinadi.  Fransiya,  Germaniya,  Rossiya  kabi  davlatlarda  aynan  shunday 

tartib  o'matilgan.  Biroq  Yaponiya,  Buyuk  Britaniya,  AQSH  kabi

352


davlatlarda  davlat  budjeti  dastur  sifatida  ishlab  chiqiladi  va  bir  qancha 

qonunlardan tarkib topadi.

Parlamentning  soliqlami  joriy  qilish  vakolati  nihoyatda  muhim 

siyosiy  ahamiyatga  ega.  Aynan  shu  vakolat  orqali  davlatning  butun 

iqtisodiy  hayotiga  ta'sir  ko'rstish  mumkin.  K o'p   hollarda,  bu  vakolat 

bevosita  konstitutsiyada  ko'rsatib  o'tiladi.  Masalan,  Bolgariya  Konsti- 

tutsiyasining  60-moddasiga  binoan,  soliq  va  yig'imlar,  bu  sohadagi 

imtiyoz  va  majburlovlar qonun  bilan  belgilanadi,  ularni joriy  qilish  Xalq 

majlisi mutlaq vakolatiga kiritiladi.

Xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish nihoyatda 

muhim parlament vakolatlaridan biri hisoblanadi. Ratifikatsiya - u yoki bu 

shartnomaga  qo'shilishda,  davlatning  so'ngi  roziligidir.  Muayyan  vaqt 

davomida,  xalqaro  shartnomalarni  ratifikatsiya  va  denonsatsiya  qilish 

vakolati  an’anaviy  tarzda  davlat  boshlig'iga  berilgan.  Biroq  vaqt  o'tishi 

bilan  xalqaro  shartnomalar  tobora chuqurroq  davlat ichki  huquq  tizimiga 

kirib 


bordi, 

xalqaro 


shamomani  imzolagan 

davlatga  o 'z 

ichki 

qonunchiligini  unda ko'rsatilgan  qoida  va  tamoyillarga  muvofiqlashtirish 



majburiyati  yuklatildi.  Hozirda,  xalqaro  shartnomalar  Germaniya  va 

Avstriya  Federal  Konstitsiyalariga  muvofiq  federal  huquqning  tarkibiy 

qismi  sifatida  e'tirof etiladi.  Fransiya  Konstitutsiyasiga ko'ra,  esa,  davlat 

tomonidan  ratifikatsiya  qilingan  xalqaro  shartnomalar  davlat  chiqargan 

qonunlardan ustun hisoblanadi.

Xalqaro shartnomalaming ichki qonunchlik tizimiga bu qadar kuchli 

ta'siri,  parlamentning  xalqaro  shartnomalarga  qo'shilish  borasidagi 

vakolatni  amalga  oshirishda,  ishtiroki  zaruratini  keltirib  chiqardi.  Aks 

holda,  davlat rahbari  bu  boradagi  mutlaq  vakolatidan  foydalangan  holda, 

hatto,  parlament  qabul  qilgan  qonunlami  xalqaro  shartnomaga  qo'shilish 

orqali o'zgartirishi yoki umuman bekor qilishi mumkin bo'lib qolar edi.

2-§. Parlament -  davlatning umummilliy vakillik organi

Parlamentning  davlat  mexanizmida  tutgan  o'm i  haqida  gapiradigan 

bo'lsak,  J.  Lokk va SH.  Monteskye kabi  davlat hokimiyatining  bo'linishi 

g'oyasi tarafdorlari uning vakolatlarini asosan qonun ijodkorligini amalaga 

oshirish bilan cheklashga intilishgan. JJ.  Russo esa davlat hokimiyatining 

yaxlitligi  haqida  so'z  yuritadi  va  qonunchilik  organining  ijroiya 

hokimiyatni nazorat qilish g'oyasini ilgari suradi.

Zamonaviy  parlament  bu  -  qonun  qabul  qilish  funksiyasini  amalga 

oshiruvchi  davlat  hokimiyatining  oliy  vakillik  organi.  Bu  funksiya  o 'z 

navbatida,  bir  qator  moliyaviy  vakolatlarni,  jumladan,  davlat  budjetini

353


qabul  qilish  va uning  ijrosini  nazorat qilish vakolatini ham qamrab oladi. 

Davlat boshqaruv tizimiga qarab, u yoki bu darajada parlament hukumatni 

nazorat  qilish  vakolatiga  ham  ega  hisoblanadi.  Masalan,  Ispaniya 

Konstitutsiyasiga  muvofiq,  General  Korteslar  (Ispaniya  Parlamenti) 

qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, davlat budjetini qabul qiladi va 

hukumat faoliyatini nazorat qiladi. Biroq jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, 

ba'zi  hollarda  parlamentning  o 'z i  hukumat  siyosati  ta’siri  ostida  qolib 

ketishi  va nisbatan  mustaqilligini  yo'qotishi mumkin.  Bu jarayonni  sobiq 

Sovet  davlatlari  parlamentlari  misolida  yaqqol  kuzatish  mumkin. 

Qolaversa,  ayrim  rivojlanayotgan  Aftika  va  Osiyo  mamlakatlari  oliy 

vakillik organlari  garchand rivojlangan  arab  mamlakatlari  modeli  asosida 

shakllantirilgan  bo'lsa-da,  amalda  real  hokimiyatdan  mahrum  holda 

faoliyat yuritadilar.

Parlamentning vakillik xususiyati shundaki,  u butun millat, fuqarolar 

nomidan  ish  yuritadi.  Shu  sababli  ko'p  hollarda  parlamentni  nomlashda, 

“M illiy” , “ Xalq”  atamalaridan keng foydalaniladi.

18-19-asrlardayoq,  vujudga  kelgan  milliy  vakillik  konsepsiyasi 

quyidagi tamoyillarning majmui sifatida e’tirof etilishi mumkin:

1. M illiy vakillik konstitutsiya vositasida joriy qilinadi;

2. Suverenitetning  mutlaq  egasi  sifatida  millat  parlamentga  o 'z 

nomidan ish yuritish vakolatini beradi;

3. Parlament  a'zosi  uni  saylagan  fuqarolaming  emas,  balki  butun 

millatning  vakili  hisoblanadi,  shu  sababli  o 'z   saylovchilariga  qaram ham 

bo'lmaydi.

L.  Dyugi  va  M.  Prelo  kabi  olimlaming  ta'kidlashicha,  parlament 

butun  millat  o 'z   nomidan  ish  yuritish  vakolatini  bergan  organ,  u  xalq 

irodasini  mustaqil tarzda anglab yetadi va konstitutsiya doirasida faoliyat 

yuritadi,  ya’ni  parlament  hech  kimga,  shu  jumladan,  fuqarolarga  ham 

bo'ysuimiagan tarzda millat manfaatidan kelib chiqqan holda, faoliyat olib 

boradi, uning milliylik xususiyati ham aynan shunda.75

Ba’zi 

olimlar 


parlamentning 

vakillik 

xususiyatiga  bu 

kabi 


yondashuvni qoralab chiqqanlar, ularning fikricha, bu holat parlamentning 

demokratik  tabiatini  butunlay  yo'qqa  chiqaradi  va  parlamentni  fuqarolar 

ta’siri doirasiga tushirish imkoniyatidan mahrum qiladi.

Biroq tajriba  shuni  ko'rsatmoqdaki,  amalda parlamentni  to'laligicha 

fuqarolar  ta’siri  doirasiga tushirish juda  mushkul.  Bu  holat,  ayniqsa,  ikki 

palatali  tizimga  ega  davlatlar  misolida  yaqqolroq  ko'rinadi.  Jumladan,



75

 Дюги 


Л.

 Коиституцчоfmoe  прево.  М..  (908. 



416-6.

  Прело М. Конституционное правоФранции. М.,  1957. 436- 



6

.

354


Fransiya  Konstitutsiyasiga  asosan,  Parlamentning  yuqori  palatasi  -  Senat 

ma'muriy-hududiy 

birliklar 

vakilligini 

ta'minlaydi. 

Senatorlarning 

ma'muriy-hududiy birliklar - departamentlar aholisi tomonida saylanishini 

hisobga  olib,  bu  vakillami  parlamentda,  tegishli  departament  aholisining 

bevosita manfaatini  ta'minlaydi  deb  hisoblash mumkin  edi.  Ammo  aynan 

departament  fuqarolari,  senatorga  bevosita  ta’sir  o'tkazish,  uni  nazorat 

qilish  konstitutsiyaviy  imkoniyatidan  mahrum  hisoblanadi.  Bu  holat 

parlament  a’zosini  saylovchilaming  doimiy  ta'sir  doirasida  ushlab  turish 

imkoniyalini yo'qqa chiqaradi.

Istisno  tariqasida  Germaniya  parlamentining  yuqori  palatasi  - 

Bundesratni  keltirish  mumkin.  Bundesrat  a'zolari  Germaniya  yerlari 

hukumatming  rasmiy  vakillari  hisoblanadilar  va  o 'z   hukumatlariga 

bo'ysunishga majbur hisoblanadilar.76

Parlamentning yuridik nuqtai nazardan aholi ta'siri doirasidan chetda 

bo'lishi, uning demokratiklik xususiyatini faktik jihatdan istisno qilmaydi. 

Sababi, parlamentni shakllantirishda partiyalar muhim o'rin egallaydi. O 'z 

navbatida,  partiya  ro'yxati  asosida,  deputatlik  o'rinlariga  ega  bo'lgan 

parlament  a'zolari  aksariyat  hollarda,  partiya  ko'rsatmalarida  chetga 

chiqmaydi,  o 'z   navbatida,  partiyalar  kelajakda  parlamentdagi  o 'z 

o'rinlarini  saqlab  qolish  maqsadida,  saylovchilaming  fikri,  irodasi  va 

manfaatlari bilan hisoblashishga majbur bo'ladilar. Bu holat millat irodasi 

va deputat faoliyati o'rtasidagi uzviy bog'liqlikni keltirib chiqaradi.




Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling