O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54

bo'linivshi, 

-  xulosa qiladi Bentam, -  palatalaming har qanday 

tarkibida islohotlarga kuchli qarshilik qiladi.

Har  xil  parlamentlaming  roli,  o'm i,  maqsadi  va  vazifalarini 

yaxshiroq  tushunish  uchun  ulami  tasniflash  lozim.  Parlamentlar 

bir 

palatali

  va 


ikki  palatali

  parlamentlarga  bo'linadi.  Bir  palatalali 

parlamentlami 

monokameralizm,

  ikki  palatalikni  esa 



bikameralizm

  deb 


nomlaydilar.

Xorijiy  mamlakatlar  konstitutsionalizmida  parlamentlami  vakolati 

hajmiga ko'ra, 4 ta guruhga bo'lish ko'proq uchraydi:

Vakolatlari  cheklanmagan parlamentlar

 -  Bunday  parlamentlaming 

vakolatlari  huquqiy jihatdan  belgilanmagan,  ya'ni  har  qanday  munosabat 

yuzasidan 

huquqiy 

akt 


chiqarish 

huquqiga 

egadirlar. 

Bunday 


parlamentlarga quyidagi mamlakadaming  parlamentlari  misol  bo'la oladi: 

Buyuk Britaniya, Italiya, Irlandiya, Yangi Zelandiya.



Vakolatlari  mutlaq  cheklangan  parlamentlar.

  Bunday  parlamentlar 

uchun konstitutsiya va qonunchilik ulaming vakolatlari doirasini, ya'ni ular 

hal qilishlari mumkin bo'lgan savollar doirasini aniq qilib belgilab beradi. 

Bunday  parlamentlar  konstitutsiyada  belgilangan  vakolatlardan  chetga 

chiqa  olmaydilar,  aks  holda  ulaming  me'yoriy  hujjatlari  tegishli 

konstitutsiyaviy  nazorat organi  tomonidan  bekor qilinadi.  Xuddi  shunday 

usul Fransiyada ham qo'llanilgan. Fransiya Konstitutsiyasining 34, 35, 39, 

40-moddalarida parlament vakolatlari mustahkamlab qo'yilgan, parlament

363


faqatgina shu masalalar yuzasidan qonun qabul qiladi. Qolgan masalalarni 

hal  etish  hukumat  yelkasiga  tushadi.  Bunday parlamentlami  biz  Senegal, 

Gabon,  Madagaskar  davlatlarida  ko'rishimiz  mumkin.  Parlamentlaming 

ikkinchi 

modeli

 

o'zida 



parlamentlik 

va 


prezidentlik 

tizimining 

elementlarini  mujassamlashtirgan  boshqaruvning  aralash  shakli  mavjud 

bo'lgan  mamlakatlarda  faoliyat  ko'rsatadi.  Bu  yerda  parlament  va  ijro 

hokimiyati o'rtasidagi munosabatlar boshqacha.  Bir tarafdan,  parlamentga 

ishonchsizlik  votumidan  foydalanish  huquqi  berilgan,  hukumatning 

parlament oldidagi javobgarligi  mavjud, boshqa tarafdan  esa prezident bir 

qator  kuchli  vakolatlarga  ega,  xususan  u  parlamentni  tarqatib  yuborish 

huquqiga 

ega. 


Bu 

modelga 


klassik 

namuna 


sifatida 

Fransiya 

Respublikasini  keltirish  mumkin.  Oxirgi  vaqtlarda,  bir  necha  M DH 

davlatlari (Qozog'iston) bunga misol bo'lishayapti.



Vakolatlari  nisbiy  (qisman)  cheklangan

  parlamentlarga  klassik 

namuna bo'lib AQ SH Kongressi xizmat qiladi.  AQSH Konstitutsiyasining 

8-bo'limi,  1-moddasi  8ta  punktdan  tashkil  topgan  bo'lib,  ularda 

Kongressning  vakolatlari  doirasi  belgilab  qo'yilgan.  9-bo'limda  esa 

Kongress  vakolatlariga  nimalar  kirmasligi  sanab  o'tilgan.  Shunday  qilib, 

qonunchilik  organining  vakolatlari  doirasi  qonunchilik  bilan  chegaralab 

quyilgan.  AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan  10-o'zgartirish ham  Kongress 

faqatgina,  Konstitutsiyada  belgilangan  vakolatlarnigina  amalga  oshira 

olish  va  shtatlarga  taqiqlangan  vakolatlami  amalga  oshirish  mumkinligi 

belgilangan.

To'rtinchi  model

  parlamentlarga  deyarii  dekorativ  rol  o'ynaydigan 

parlamentlar  kiradi.  Ba'zida  ularga  nisbatan  «konsultativ  parlament» 

(Qatar)  atamasi  qo'llaniladi.  Bunday  parlament  bir  qator  islom 

mamlakatlarining  (Quvayt,  Baxrayn,  Birlashgan  Arab  Amirliklari) 

Konstitutsiyalarida  ko'zda  tutilgan.  Absolut  monarx  qo'li  ostidagi 

parlamentlar 

kvaziparlamentlar

 deb  ataladi.  Ular  tarqatilib  yuborilishi  va 

qayta  shakllantirilishi  mumkin.  Parlamentariylar  fuqarolar  tomonidan 

saylanishi ham mumkin, monarx tomonidan tayinlanishi ham mumkin.

Shu 

guruhning 



o'ziga 

sotsialistik 

tuzum 

saqlanib 



qolgan 

mamlakatlarning  parlamentlarini  ham  kiritish  mumkin.  Bular  KXDR, 

Kuba, XXR, Vyetnam.

Bunday  mamlakatlarda  parlament  mavjud  bo'lsa-da,  lekin  asosiy 

qarorlar va qonunlar ular tomonidan qabul qilinmaydi.

364


2-§. Palata shakllanishida turli usullar: to'g'ridan-to'g'ri

saylov, tayinlash, meros yo'li va boshqalar

Parlamentga bo'ladigan saylovlarda ham proporsional, ham majoritar 

tizim uchrab turadi. Yaponiya parlamentiga bo'ladigan saylovlarda, aynan 

shunday tartib belgilangan.  Konstitutsiyaga muvofiq  Yaponiya parlamenti 

ikki  palatali  ko'rinishga  ega  bo'lib,  palatalar  butun  xalq  manfaatlarini 

ifoda  etuvchi  saylangan  a'zolardan  tarkib  topadi.  Har  ikki  palataga 

to'g'ridan-to'g'ri  saylovlar  o'tkaziladi.  Yaponiya  parlamenti  Vakiilar 

palatasi  a'zolari  252  nafar  bo'lsa,  Maslahatchilar  palatasi  500  nafar 

deputatdan  tarkib  topgan.  Yuqorida  ta'kidlab  o'tilganidek,  har  ikki  palata 

a'zolari fuqarolar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri saylanadi.

Jahon 

mamlakatlari 



parlamentlarida 

asosan 


yuqori 

palatani 

shakllantirishda  muayyan  farqlar  mavjud  hisoblanadi.  Masalan,  Buyuk 

Britaniya  parlamenti 

LoTdlar 

palatasini  shakllantirish  tartibi  umuman 

o'ziga xos xususiyatga ega. Bu tartib o'zida feodal tuzumning qoldiqlarini 

mujassamlashtirgan. Lordlar palatasining asosiy qismini saroy unvonlariga 

ega perlar tashkil etadi. Perlar an’anaga ko'ra, parlamentdagi o 'z  o'rinlarini 

meros asosida egallaydilar. Qirolicha hukumatning taqdimiga binoan yangi 

perlami taynlashi mumkin.

Ikki  palatali  parlamentni  shakllantirish  bir  necha  usullarda  amalga 

oshiriladi.  Bunda  quyi  palata  asosan  to'g'ridan-to'g'ri  bevosita  saylovlar 

asosida 


shakllantiriladi. 

Yuqori 


palata  esa  bir  necha  usullarda 

shakllantiriladi. Ular quyidagilarga bo'linadi:

1.  Palatani 

bilvosita  bir  necha  bosqichli 

saylovlar 

asosida 


shakllantirish. Bu vaziyatda dastlab mahalliy vakiilik organlariga saylovlar 

tashkil  etiladi.  Shundan  so'ng,  mahalliy  vakiilar  o 'z   oralaridan 

parlamentning yuqori palatasi a'zolarini saylab oladilar.

2.  Bilvosita  saylovlar  asosida  yuqori  palatani  shakllantirish.  Bu 

usulda quyi palataga bo'ladigan to'g'ridan-to'g'ri saylovlardan bir oz farq 

qilib, unda ko'proq majoritar tizim qo'llaniladi.

3.  Yuqori  palatani  tayinlash  asosida  shakllantirish.  Bu  tizim 

to'laligicha Kanadada va qisman Italiyada uchraydi. Bunda parlamentning 

yuqori palatasi a’zolari davlat rahbari tomonidan tayinlanadi.

4.  An'anaviy  feodal  usul  ham  yuqori  palatani  shakllantirishda, 

uchrab turadi. Bu usulga binoan yuqori palata a'zoligi saylov asosida emas, 

balki dvoryanlik maqomi asosida qo'lga kiritiladi.

5.  Yuqori 

palatani 

shakllantirishda, 

aralash 


usuldan 

ham 


foydalaniladi. Bu usul ham saylov, ham tayinlov xususiyatlarini o 'z  ichiga 

qamrab oladi.

365


Barbados,  Beliz,  Iordaniya,  Grenada,  Tailand  kabi  davlatlarda, 

yuqori  palata  butunligia  tayinlash  asosida,  shakllantiriladi.  Malayziya 

Senatining jami 69 nafar a’zosidan 43 nafari tayinlanadi.

Germaniya  yuqori  palatasini  tashkil  etish  tartibi  ham  o'ziga  xos 

xususiyatga  ega.  Bundesrad  ma'muriy  hududiy  birliklar  -  yerlar 

hukumatining  vakillari  hisoblanadi  va  ana  shu  hukumat  tomonidan 

tayinlanadi.  Mahalliy  hukumatning  o'zgarishi  bevosita  Bundesradning 

tegishli a'zosi almashinuviga ham olib keladi.

AQSH,  Polsha,  Shveysariya  parlamentlarining  yuqori  palatasi 

to'g'ridan-to'g'ri  saylovlar  asosida  shakllantiriladi.  Italiyada  315  nafar 

senator  ham  to'g'ridan-to'g'ri  saylov  asosida  saylanadi,  qolgan  5  nafari 

esa Prezident tomonidan tayinlanadi.

Bilvosita  saylovlar  Parlament  yuqori  palatasini  shakllantirganda 

ancha  keng  qo'llaniladi.  Masalan,  Fransiyada  mahalliy  vakiilik  organlari 

vakillaridan  tashkil  topuvchi  Saylov  kollegiyasi  yuqori  palata  a’zolarini 

saylash huquqiga ega hisoblanadi.

Belgiyada,  parlament  yuqori  palatasini  shakllantirishda  aralash 

usuldan  foydalaniladi.  Shunga  ko'ra,  yuqori  palata  a'zolarining  bir  qismi 

to'g'ridan-to'g'ri  saylovlar,  yana  bir  qismi  mahalliy  vakiilik  organining 

ovoz berishi asosida saylanadi.

Odatda,  yuqori  palata  quyi  palataga  nisbatan  uzoqroq  muddatga 

saylanadi. Masalan, Yaponiya Konstitutsiyasiga muvofiq Vakiilar palatasi, 

ya'ni quyi palata to'rt yilga, Maslahatchilar palatasi, ya’ni yuqori palata esa 

6 yilga saylanadi.

AQShda, Vakiilar palatasi 2 yilga saylanadi va har safar butunligicha 

yangilanadi.  Senat esa 6 yilga saylanadi,  ammo har ikki  yilda 3/1  qismga 

yangilanadi.  Fransiyada,  M illiy  Majlis  besh  yilga  saylanib,  to'laligicha 

yangilanadi,  Senatorlar  esa  to'qqiz  yilga  saylanadi  va  har  uch  yilda  3/1 

qismga yangilanadi.

Dunyo parlamentlari  palatalarining shakllanish  tartibi  shundan darak 

beradiki,  parlamentning  qonun  chiqaruvchi  quyi  palatasi,  asosan, 

mamlakatning  saylanish huquqiga ega  bo'lgan barcha aholisi  ishtirokida, 

o'tkazilgan  bevosita  va  teng  huquqli  saylov  bilan  shakllanadi.  Yuqori 

palataning  shakllanish  tartibi  turli-tumanligi  bilan  farqlanadi.  Bevosita 

saylovlar  yo'li  bilan  Polsha,  Ruminiya  va  Chexiya  senatlari  shakllanadi. 

Belgiyada,  40  senator  lisoniy  kvotalar  bo'yicha,  proporsional  vakolatlar 

asosida  ochiq  ovoz  berish  yo'li  bilan  saylanadi,  21  senator  esa  lisoniy 

jamoalar kengashi tomonidan kvotalar bo'yicha saylanadi.

Yevropa  mamlakatlari  parlamentlarining  shakllanish  tartibida,

366


yagona asosiy  xususiyat  vakolatlaming  hududiy  bo'linishidir.  U  bevosita 

saylovlar  (Shveysariya,  Italiya,  Polsha),  bilvosita  saylovlar  (Fransiya, 

Niderlandiya,  Sloveniya)  aralash  saylovlar  (Ispaniya),  yoki  palata 

 



a'zolarini  tayinlash  (Germaniya,  Rossiya)  asosida  aksari  palatalarning 

tarkibini belgilaydi.

Irlandiya  tajribasi  bo'yicha  60  senatordan  11  tasini  Prezident



tayinlaydi,  49  senator  saylanadi  (universitetlar  tomonidan  6,  turli  xil 

kasbiy guruhlar tomonidan 43 senator).

Parlament  faoliyatining  asosiy  masalalaridan  bin  palata  a'zolarining 

sonidir.  Chet  el  tajribalari  shuni  ko'rsatadiki,  yuqori  palatada,  deputatlar 

soni  quyi  palataga  nisbatan  kamroq  bo'ladi.  Buning  sababi  shundaki, 

Parlamentning  qonunchilik  va  nazorat  faoliyatini  asosan  quyi  palata 

bajaradi.  Masalan,  Belgiyada quyi  palatada,  150  deputat,  yuqori  palatada 

esa  71  deputat  faoliyat  ko'rsatadi,  Niderlandlardagi  nisbat  150:72, 

Norvegiyada  124:42,  Shveysariya konfederatsiyasida 200:46, Yaponiyada 

500:252,  Italiyada  630:315,  Polshada  460:100.  Parlamentning  asosiy 

masalalaridan  yana  biri  palatalarning  faoliyat  muddatidir.  Chet  el 

tajribalarida bu masala 2 variantda hal qilinadi.

Ba'zi  mamlakatlarda  palatalarning  vakolat  muddati  bir-biriga  mos 

tushsa  (Norvegiya,  Niderlandlar,  Ispaniya,  Italiya,  Polsha),  boshqalarida 

mos  tushmaydi.  (Irlandiya,  Yaponiya).  Masalan,  Yaponiyada  quyi 

palataning  vakolati  4  yil  bo'lsa,  yuqori  palata  faoliyati  6  yilga 

mo'ljallangan,  shu bilan birga, har uch yilda parlament a'zolarining yarmi 

qaytadan saylanadi.

Ma'lumki,  dunyo  bo'yicha  parlamentning  konstitutsiyaviy-huquqiy 

maqomi  davlatning  asosiy  qonunlari  bilan  belgilanadi.  Parlament 

mexanizmining  haqiqiy  faoliyati  esa,  ko'p  hollarda,  mavjud  davlatdagi 

partiyaviy tizimga bog'liq (birpartiyali yoki ko'ppartiyali).

Ikki  yoki  undan  ortiq  partiyadan  (parlament  fraksiyalardan)  tashkil 

topgan  parlament  ko'ppartiyali  parlament  hisoblanadi.  Jumladan,  Buyuk 

Britaniya,  Avstraliya,  Irlandiya,  Kanada  parlamentarizmi  modelini 

tanlagan  boshqa  davlatlar  parlamenti  ikki  partiyalidir.  Avstriya, 

Germaniya,  Italiya,  Ispaniya,  Rossiya,  Norvegiya,  Fransiya,  Yaponiya  va 

boshqa  ko'pgina  davlatlaming  parlamentida  firaksiyalar  soni  ikkitadan 

ortiq.  Ularning  soni  u  yoki  bu  partiyaning  parlamentdagi  o'm i  bilan 

aniqlanadi.

367


34-Bob. Parlament ish tartibi va parlament a'zolarining huquqiy

maqomi

1-§. Parlament faoliyatining asosiy shakllari va ish 

tartibi

2-§. Sessiya: tushunchasi, turlari (navbatdagi va navbatdan 

tashqari)

3-§. Navbatdan tashqari va odatdagi majlislar.

Ochiq yoki yopiq turdagi yalpi majlislar

4-§. M andat vakolatining yuridik tabiati: 

imperativ mandat (vakolat) va erkin mandat

1-§. Parlament faoliyatining asosiy shakllari va ish 

tartibi

Ma'lumki, parlament o'zining faoliyatini  quyidagi  shakllarda amalga 

oshiradi: 

sessiyalar,  palatalaming  alohida  va  qo'shma  majlislari, 

navbatdan  tashqari  va  navbatdagi  majlislar,  qo'mitalar  hamda  doimiy 

komissiyalarda 

ishlash 

orqali, 

parlamentdagi 

organlari 

orqali 

deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyati.

Parlament ish  tartibi

 odatda, tegishli ravishda o'matilgan qoidalarga 

(konstitutsiya,  reglament)  yoki  tarixiy  an'analarga  (Buyuk  Britaniya) 

asoslangan  bo'lib,  parlament  palatalarining  normal,  samarador  faoliyat 

ko'rsatishini ta'minlaydi.

Xorijiy  mamlakatlarda,  parlament  faoliyatining  asosiy  shakllaridan 

biri  sessiya  hisoblamb,  zaruratga  qarab  turli  mamlakatlarda  yiliga  1-4 

marta  chaqiriladi.  Parlament  sessiyasida  odatda,  eng  muhim  masalalar 

muhokama qilinib, asosiy tashkiliy ishlar hal qilinadi.

Xorijiy mamlakatlarning parlament palatalaming alohida va qo'shma 

majlislarida odatda qonunchilik jarayoni bilan bog'liq bo'ladi.

Yuqorida  sanab  o'tilgan  parlament faoliyatining  shakllariga keyingi 

paragraflarda to'xtalib o'tamiz.

2-§.Sessiya: tushunchasi, turlari 

(navbatdagi va navbatdan tashqari)

Aksari  mamlakatlarda,  parlament  faoliyatining  asosiy  shakli  bo'lib, 



sessiya

  hisoblanadi.  Sessiya  bu  parlament  palatalarining  muayyan  davr 

ichida  yalpi  majlis  uchun  palatalar  yig'iladigan  vaqt  oralig'idir.  Qolgan 

vaqtda  esa  parlament  ta'tilda  bo'ladi  yoki  ma'lum  muddat  davomida 

deputatlar  o'zining  saylov  okruglarida  ishlaydi,  deputatlik  faoliyatining

368


boshqa turlari bilan shug'ullanadi, jumladan, qonun loyihalarini o'rganadi, 

muhokamaga tayyorgarlik ko'radi va boshqalar.

Xorijiy mamlakatlar parlamentlari  sessiyalari yiliga bir, ikki, uch  va 

to'rt  martagacha  chaqiriladi.  Masalan,  Xitoyda,  parlamentning  yildagi 

yagona sessiyasi  2-3  hafta davom etadi.  Kuba davlatining xalq hokimiyati 

Milliy  Assambleyasining  har  bir  2ta  sessiyasining  davomiyligi  2-3  kun 

davom etadi.

O'tgan  asrda  parlamentning  sessiyalarini  chaqirish  odatda,  davlat 

boshlig'i  tomonidan  amalga  oshirilardi.  Hozirda  esa  holat  o'zgarmoqda: 

parlamentlar  ko'proq  o'zining  huquqi  bo'yicha  yoki  o'zining  raislari 

tomonidan chaqirilish tendensiyasi kuzatilmoqda. Shuningdek, hukumat va 

parlament  a'zolari  guruhi  talabi  bilan  parlament  sessiyasini  chaqirish 

holatlari ko'zga tashlanyapti.

Ko'pincha  sessiya  tushunchasi  faqat yalpi  majlisga  tegishli  ekanligi 

noto'g'riligi 

ayrim 


mualliflar 

tomonidan 

ta'kidlangan.79 

German 


huquqining  ayrim  mamlakatlarida, 

(Avstriya,  Germaniya)  sessiya 

tushunchasi  mavjud  emas,  u  yerda  parlament  doimiy  sessiya  holatida 

bo'lib,  yig'ilishlar  faqat palata  raisi  tomonidan  yalpi  majlis  kun  tartibiga 

qanday masalalar qo'yilganiga qarab chaqiriladi.

Sessiyalar 



navbatdagi

 va 


navbatdan tashqari

 (favquloddagi) bo'ladi. 

Navbatdagi sessiyalar davlat boshlig'i (totalitar sotsializm mamlakatlarida- 

parlamentning doimiy  faoliyat ko'rsatadigan  organi)  tomonidan  yiliga bir 

marta  (Buyuk  Britaniya  va  Misrda  sessiya  yilda  bir  marta  chaqirilib, 

taxminan  7  oy  davom  etadi)  yoki  yiliga  ikki  marta  (ko'pchilik 

mamlakatlarda, 

masalan, 

Fransiya  konstitutsiyasining  28-modasida 

parlamentning  yiliga  2  marta  sessiya  o'tkazishi  ko'zda  tutilgan) 

chaqiriladi.

Navbatdan  tashqari  sessiya  deputatlaming  bir  qismi  talabi  bilan 

(ayrim davlatlarda deputatlaming  1/3 qismi, boshqalarida 

Yz

 qismi, alohida 

rivojlanayotgan mamlakatlarda 2/3  qismi),  Fransiyada esa hukumat talabi 

bilan prezident tomonidan chaqiriladi.  Shu bilan birga bunday sessiya kim 

tomonidan  va  qanday  tartibda  tuzilishi,  shuningdek,  qanday  masalalar 

bilan  shug'ullanishi  belgilanadi.  Filippinda  maxsus  (navbatdan  tashqari) 

Kongress  sessiyasi  faqat  Prezident  tomonidan  va  u  istagan  paytida 

chaqirilishi mumkin (Konstitutsiyasining 6-moddasi  15-bo'limi 2 jumlasi).



79

 Конституционное  (государственое)  право  зарубежных стран:  В  4  т.  Тома  1-2.  Часть  общая;  Учебник/  Отв. 

Ред. Проф. К А. Страшун- 3-е изд., обноял. и дораб.-М.’.Издательство ВЕК, 2000. С.784.

369


3-§.Navbatdan tashqari va odatdagi ,ochiq va yopiq turdagi

yalpi majlislar

Yalpi  majlis

  -  belgilangan  tartibda  chaqiralidigan  va  o'tkaziladigan 

palatalar a’zolari yig'ilishi bo'lib. qarorlar qabul qilishga imkon beradi.

Palatalar  (bir  palatali  parlament  ham)  yig'ilishi  ichida  umumiy 

saylovlardan  so'ng  o'tkaziladigan 

tashkiliy  yoki  ta'sis

  majlislariga  e’tibor 

berish  lozim.  Bunday  majlislarda  odatda,  parlament  organlari  rahbariyati 

saylanadi,  ishchi  organlar  tuziladi,  u  yoki  bu  davlat  organlari  tarkibi 

tasdiqlanadi.  Ma’lumki,  Norvegiya  Stortingi  va  Islandiya  Altingi 

saylovdan so'ng birinchi yig'ilishlarida o'zining yuqori palatalarini tuzadi.



Odatdagi

  majlislar  o'tkazish  tartibi  parlamentlar  reglamenti  bilan 

tartibga 

solinadi. 

Ularning 

asosiy 


tamoyillari 

konstitutsiyalarda 

ifodalanishi  bu  -   ko'rinishdan  oddiy  bo'lgan  muammolarning  naqadar 

dolzarbligidan  dalolat  beradi.  Chunki,  gap  bir  necha  yuz  kishidan  iborat 

bo'lgan palataning samarador ishlashi, bema’ni bahslarga qimmatli  vaqtini 

sarflamasligi  haqida  ketib,  bir  vaqtning  o'zida  majlis  qatnashchisi 

muhokama  qilinayotgan  muammoni  hal  qilishga  hissa  qo'shishiga,  real 

imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak.

Palata  qaror  qabul  qilish  uchun 

kvorum,

  ya’ni  majlisga  yig'ilgan 

parlament  a'zolarining  eng  minimal  soni  kerak  bo'ladi.  Yaponiya 

Konstitutsiyasiga  ko'ra,  har  bir  palata  o 'z   ishini  a'zolarining  umumiy 

sonining  kamida  1/3  qismi  hozir  bo'lgandagina  boshlashi  mumkinligi 

ko'rsatilgan  bo'lsa,  Buyuk Britaniya  Parlamentida,  Jamoalar palatasining 

40 ta a'zosi (659tadan), Lordlar palatasida esa 3ta per yig'ilsa (1200tadan), 

kvorum bo'lishi an’ana bo'lgan.

Xorijiy  mamlakatlar  parlament  palatalari  yalpi  majlislari  odatda, 

ochiq

  bo'ladi,  lekin  ayrim  sharoitlarda 



yopiq

  tarzda  o'tkazilishi  mumkin. 

Masalan,  Germaniya  Federativ  Respublikasi  Asosiy  Qonunining  42- 

moddasiga ko'ra, majlislar ochiq tarzda o'tkaziladi; Bundestag a’zolarining 

1/10 qismi yoki Federal hukumatning taklifi bilan, shunda agar Bundestag 

deputatlarining  2/3  qismi  rozilik  bersagina,  yopiq  tarzda  o'tkazilishi 

mumkin 80.

Har qanday  parlamentda,  mehmonlar uchun  maxsus joylar  (balkon, 

o'rindiqlar)  ruxsatnoma  asosida  beriladi.  Buyuk  Britaniyada  mehmonlar 

ro'yxati  palata  spikeri  tomonidan,  jumalistlar  ro'yxati  esa  palata  kotibi 

tomonidan  tasdiqlanadi.  Mehmonlar  biron-bir  luqma  tashlashi,  tartibni 

buzishi taqiqlanadi.

“   Конституционное  (государственое)  право  зарубежных  стран:  В  4 т.  Тома  1-2.  Часть  общая:  Учебник/ Отв. 

Ред. Проф. Б.А. Страшун- 3-е изд., обновл. и дораб. -М .: Издательство БЕК, 2000. С.784.

370


4-§. M andat vakolatining yuridik tabiati: imperativ 

mandat va erkin mandat

Parlamentarizmning rivojlanish  tarixi deputatlar mandatining  asosan 

ikki  turi: 

imperativ deputat mandati  va  erkin  deputat mandati

  farqlanishi, 

uning  xususiyati  deputat  va  unga  ovoz  bergan  saylovchilaming  o'zaro 

munosabatlari prinsiplari bilan belgilanishini ko'rsatadi.

Deputat  mandati  muammosi  deputat  parlament  a'zosi  sifatida 

kimning  xohish-irodasini  ifoda  etishi,  parlament,  uning  palatalari 

qarorlarini  qabul  qilishda  ishtirok  etar  ekan,  u  kimning  manfaatlarini 

himoya  qilishi  lozim,  o'zining  parlamentdagi  faoliyati  uchun  deputat 

q

'

z



 

saylovchilari  oldida  siyosiy-huquqiy  javobgar  bo'ladimi,  saylovchilar 

deputatlarga  ijro  etish  majburiy  bo'lgan  yo'1-yo'riqlar  berish  va  uni 

chaqirib olishga haqlimi, degan savollar bilan bog'liq.



Imperativ deputat mandati prinsipi

  1871  yilgi Parij  Kommunasining 

tajribasiga 

tayanib, 

mazkur 

prinsipni 



o 'z  

qonun 


hujjatlarida 

mustahkamlagan  sotsialistik mamlakatlarda e'tirof etildi.  Deputat  mandati 

tabiatining mazkur talqiniga nazariy  asos  bo'lib,  K.  Marksning qarashlari 

xizmat  qildi.  Uning  fikriga  ko'ra,  Parij  Kommunasi  jamiyatni  siyosiy 

tashkil  etishning  shunday  bir yangi  tipini  shakUantkdiki,  unda  deputatlar 

o 'z   saylovchilarining  yo'1-yo'riqlariga  qat'iy  rioya  qilishlari  lozim  va 

istalgan 

vaqtda, 


almashtirilishlari 

mumkin81. 

Ammo, 

sotsializm 



sharoitlarida shoshilinch masalalarni tez hal qilishga ko'maklashmaydigan, 

davlat  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  organining  ijodiy  faoliyatini 

bo'g'adigan imperativ mandat to'g'risida so'z yuritish uchun hech qanday 

asos  yo'q,  degan  qarashni  ilgari  suruvchi  olimlar  hatto,  SSSRda  ham 

topilar  edi.82  Shunga  qaramay,  deputatlar  va  saylovchilaming  o'zaro 

munosabadari  xususiyati  sovet  davrida  saylovchilaming  o 'z   deputatlariga 

yo'1-yo'riqlar  berish  (mazkur  yo'1-yo'riqlar  asosan  xo'jalik  ahamiyatiga 

ega bo'lib, saylovchilaming muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq, 

ular orasida qonunlami muhokama qilishda ovoz berishga taaulluqli  yo'l- 

yo'riqlar  yo'q  edi),  shuningdek,  saylangan  deputatlarni  chaqirib  olish, 

ularning 

hisobotlarini 

tinglash 

huquqining 

qonun 

hujjatlarida 



mustahkamlanishi  bilan  belgilanar  edi.  Shunday  qilib,  sovet  imperativ 

mandati  mustabid  siyosiy  tuzum  sharoitlarida  ko'p  jihatdan  rasmiy 

xususiyatga  ega  bo'lgan  uch  institut:  deputatlarni  chaqirib  olish  huquqi, 

deputatlarga yo'1-yo'riqlar berish huquqi va ularning hisobotlarini tinglash

“   By хакла ка ранг: Конституционное  право России. В  3-х томах, т.2, -М .. 2001. С.637.

и  Кдранг: 9 ш а  ерда, Й37-638-бетлар.

371


huquqini  o 'z  ichiga  olar  edi.  Hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi  organida 

ovoz berishda,  deputat kimning  xohish-irodasini ifoda etishi lozim,  degan 

masalaga  kelsak,  u  quyidagicha  hal  qilinardi.  Sovet  deputati  nafaqat  o 'z  

saylovchilari,  balki  davlat  hokimiyatining  ham  vakili  hisoblanardi. 

Binobarin,  «u  o 'z   faoliyatida,  umumdavlat  manfaatlari,  butun  sovet 

xalqining  manfaatlaridan  kelib  chiqishi  lozim.  Shu  bilan  birga,  u  o 'z  

faoliyatida  aholining  ehtiyojlarini,  o'zi  saylangan  yoki  o 'z   saylov  okrugi 

joylashgan  ittifoqdosh  respublika,  avtonom  respublika,  avtonom  viloyat, 

avtonom okrugning iqtisodiy,  madaniy va boshqa xususiyatlarini  e'tiborga 

oladi»83. Professor B.A.Strashun tahriri ostidagi «Chet el mamlakatlarining 

konstitutsiyaviy  (davlat)  huquqi»  nomli  4  jildli  darslik  mualliflarining 

quyidagi  fikriga  qo'shilish  lozim:  «...imperativ  mandat  g'oyasi  o'zining 

tom  ma’nosida  yashovchi  g'oya  emas.  Agar  deputat  har  bir  masala 

yuzasidan o 'z saylovchilarining fikrini oldindan aniqlaydigan bo'Isa, hatto 

bugungi  kunda,  mavjud  texnik  qiyinchiliklami  e'tiborga  olmaganda ham, 

parlamentda  qarorlar  qabul  qilish  mumkin  bo'lmay  qolardi:  parlament 

a'zolari  murosaga  kelish  huquqiga  ega  bo'lmas  edilar.  Ammo,  imper itiv 

mandafni  kengroq,  ya’ni  parlament  a'zosining  o 'z   saylovchilarining 

to'g'ridan-to'g'ri bildirilgan xohish-irodasini  bajarish, qolgan  hollarda esa 

erkin harakat qilish majburiyati deb tushungan taqdirimizda ham imperativ 

mandat  g'oyasi  jiddiy  e’tirozlar  tug'diradi:  agar  parlament  a’zosi  o 'z  

saylovchilarining  xohish-irodasini  milliy  manfaatlarga  zid  deb  topsa,  u 

mazkur  xohish-irodani  bajarishi  yoki  iste’fo  berishi,  yoki  bo'lmasa 

chaqirib  olinishi  lozim.  Imperativ  mandat  jamiyatga  tizim  deb  qarash 

g'oyasiga  zid.  U  jamiyatga  o 'z   xususiyatlari  va  manfaatlariga  ega  yaxlit 

hodisa deb emas,  balki jamiyat tarkibiy  qismlarining oddiy  yig'indisi  deb 

qarashdan kelib chiqadi»84.

Aksariyat  mamlakatlarda,  deputatlar  va  senatorlar 



erkin  mandatga 

ega:  ular butun  millat,  xalq  vakillari  hisoblanadilar,  hech  kim  ularga  ijro 

etish majburiy bo'lgan yo'1-yo'riqlar berishga haqli emas; ular muddatidan 

ilgari  chaqirib  olinishi  mumkin  emas85.  Bu  mazkur  mamlakatlarning 

konstitutsiyaviy  qonun  hujjatlarida  ham  mustahkamlangan.  Jumladan, 

GFR 


Asosiy 

Qonunining 

38-moddasiga 

muvofiq, 

Germaniya 

Bundestagining  deputatlari  «butun  xalq  vakillari  hisoblanadilar,  yo'l- 

yo'riqlar 

va 


ko'rsatmalar 

bilan 


bog'liq 

bo'lmaydilar 

va 

o 'z 


vijdonlarigagina bo'ysunadiiar». Italiya Konstitutsiyasining 67-moddasida:

M Sovctskoye gosudarstvennoye pravo. U chebmk/Pod red. S.S. Kravchuka. -  М.:  1980. S.438.



м

 Конституционное (государственное) право зарубежных стран. Общая часть. 3-е издание. Тома  1-2. -М ., 1999.

С.503.

м

 Каранг: Чиркни В Л . Конституционное право зарубежных. стран. -М ., 1997. С.243.

372


«Parlamentning  har  bir  a'zosi  millat  manfaatlarini  ifoda  etadi  va  o'z 

vazifalarini imperativ mandatsiz amalga oshiradi», deb belgiiab qo'yilgan. 

Fransiya  Konstitutsiyasiga muvofiq,  «har qanday  imperativ  mandat bekor 

qilinadi»  (27-modda).  Erkin  deputat  mandatining  mazmunini  umumiy 

tarzda  quyidagicha  tavsiflash  mumkin:  a)  mandat  umumiy  hisoblanadi 

(ya'ni saylov okruglari bo'yicha saylangan deputatlar butun millat nomidan 

ish  ko'radi);  b)  mandat  imperativ  emas,  balki  fakultativdir,  chunki  uni 

amalga  oshirish  majburlovdan  holi  (deputat  o 'z   saylovchilarining  fikrini 

e’tiborga olislii  shart emas); v ) mandat chaqinb olinishi  mumkin emas;  g) 

mandat  o'zini  amalga  oshirishda  mandatni  beruvchining  harakatlarini 

ma'qullashm  talab  etmaydi  (deputatlaming  xohish-irodasi  xalq  xohish- 

irodasi bilan birligi shak-shubhasizdir)  .

Shu  bilan  birga,  erkin  deputat  mandati  prinsipini  mutlaqlashtirish 

ham  yaramaydi.  Bu  o'rinda  partiya  ro'yxatlari  bo'yicha  saylangan 

deputatlar  parlamentda ovoz  berishda ko'pincha,  hatto  ular  ko'rilayotgan 

masala  yuzasidan  boshqacha  fikrga  ega  bo'lgan  hollarda  ham,  partiya 

intizomiga  bo'ysunib,  o 'z   fraksiyasining  yo'rig'iga  yurishga  majbur 

bo'lishlarini  e’tiborga  olish  lozim.  T o'g'ri,  deputat  partiya  intizomiga 

bo'ysunmaslikka  haqli.  Ammo  bu  holda,  mohiyat  e’tibori  bilan,  u 

fraksiyadan  chiqadi  yoki fraksiyadan chiqariladi.  Shunday  qilib,  saylovda 

va  parlament  faoliyatida  partiyalar  rolining  o'sib  borishi  nafaqat  ijobiy, 

balki  salbiy  ahamiyatga  ham  ega.  Aksariyat  hollarda,  deputatning 

partiyaga  tobeligi  siyosiy  xususiyatgagina  ega  bo'ladi,  ya'ni  uning 

mqnHatini  bekor  qilish  uchun  asos  bo'lib  xizmat  qilmaydi.  Masalan, 

Hindistonda  nafaqat  partiyadan  o 'z   ixtiyoriga^  ко ra  chiqish,  balki 

o'zboshimchalik bilan ovoz berish yoki partiya ko'rsatmasiga zid ravishda 

ovoz bermaslik ham deputatlik mandatini bekor qilish uchun asos bo'lishi 

mumkin87. Deputatning partiyaga tobeligi masalasini hal qilishga nisbatan 

mn7kiir  yondashuvni  to'g'ri  deb  bo'lmaydi.  Zero,  ayni  holda,  imperativ 

mandat  inkor  etilishiga  qaramay,  uning  o'm iga  deputatni  partiyaga  tobe 

qilib  qo'yadigan,  unga  o 'z   vijdoni  va  e’tiqodlariga  muvofiq,  partiya 

manfaatlaridan  emas,  balki  milliy  manfaatlardan  kelib  chiqib  ish  tutish 

imkoniyatini doim ham beravermaydigan partiya mandati e’tirof etiladi. Bu 

juda 


muammo  bo'lib,  parlament  a'zosining  maqomini

belgilaydigan qonun hujjatlarida o 'z  yechimini topishni taqozo etadi.

Shu  bilan  birga,  umumiy,  to'g'ridan-to'g'ri  saylovda  aholi 

tomonidan  emas  saylash  orqali  emas,  balki  tayinlash  yo'li  bilan  (yoki

“  Каванг- 

Прело М. Конституционное право Франции. -М ..  1457. С.437-43Ч. 

ю 

Конституционное (государственное! 



зарубежных стран. О б п » «  часть, С. 50S.

373


boshqa  usulda)  shakllantiriladigan  parlament  palatasi 

a'zolarining 

mandatini  doim  ham  erkin  deb  belgilab  bo4 lavermasligini  e'tiborga  olish 

lozim.  Zotan,  u  imperativ  mandat  unsurlariga  ega  bo'lishi  ham  mumkin. 

Masalan,  Rossiya  parlamenti  Federatsiya  Kengashi  (yuqori  palatasi)ning 

a'zolari  Rossiya  Federatsiyasi  subyektlari  davlat  hokmdyatining  tegishli 

organlari  tomonidan  tayinlanadi  (saylanadi)  (birini  hokimiyatning  qonun 

chiqaruvchi  organi  saylaydi,  ikkinchisini  -   Federatsiya  subyektining  oliy 

mansabdor  shaxsi  tayinlaydi).  Ulaming  vakolatlari  muddati  Rossiya 

Federatsiyasi 

subyektlarining 

yuqorida 

zikr 

etilgan 


hokimiyat 

organlarining  vakolat  muddatlari  bilan  belgilanadi.  Mazkur  hokimiyat 

organlari  Rossiya  parlamenti  yuqori  palatasining  o'zlari  tayinlagan 

(saylagan)  a'zolari  vakolatlarini  muddatidan  ilgari  tugatish  to'g'risida 

qaror qabul qilishga haqlidirlar.

Erkin deputat mandati parlament a’zosining mustaqilligini ta’minlashi 

lozim.  Ammo  yuqorida  qayd  etib  o'tganimizdek,  deputat  o'zi  mansub 

partiya  fraksiyasiga  ma’lum  darajada  tobe  bo'ladi.  Bundan  tashqari, 

parlament  a'zolariga  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  masalalar  yuzasidan 

muayyan  qarorlar  qabul  qilinishidan  manfaatdor  bo'lgan 



ta'sir  guruhlari 

(lobbistlar)

  ham  ta’sir  ko'rsatishlarini  e'tiborga  olish  lozim.  Lobbistlar 

parlament qo'mitasi yoki  komissiyasida muayyan masalani ко4 rib chiqish 

va  hal  qilishda  parlament  a'zolarining  qarashlariga  ta'sir  ko'rsatishga 

harakat  qilayotgan  korporatsiyalar,  firmalar,  banklar,  kasaba uyushmalari 

va  boshqa  tashkilotlaming  vakillaridir.  Bir  qator  mamlakatlarda, 

professional lobbistlar faoliyat ko'rsatadi, ulaming faoliyati maxsus qonun 

hujjatiari  bilan  tartibga  solinadi  (masalan,  AQShda  lobbizmni  tartibga 

solish  to'g'risidagi  maxsus  qonun  amal  qiladi).  1987  yilda  AQSH 

Kongressida  23  mingta  lobbist  ro'yxatga  olingan88.  Lobbizm  o'zining 

AQSH,  Germaniya,  Buyuk  Britaniya  va  boshqa  mamlakatlardagi 

ko'rinishida  ikki  asosiy  jihatni:  a)  monopoliyalar  turli  idora  va 

agentliklarining, 

avvalambor, 

qonunchilik 

organlaridagi 

norasmiy 

faoliyatini;  b)  qonunlarni  tayyorlash  va  qabul  qilish  jarayoniga  mazkur 

tashkilotlar 

tomonidan 

alohida  monopoliyalar, 

korporatsiyalar  va 

firmalarning  manfaatlarida bevosita yoki bilvosita ta’sir ko'rsatilishini  o 'z 

ichiga  oladi89.  Parlamentarizm  amaliyoti  uning  hozirgi  sharoitlarda 

rivojlanishi muayyan qonunlarni qabul qilish jarayoniga ma'lum siyosiy va 

iqtisodiy  doiralar  tomonidan  ta'sir  ko'rsatilishi  muammosini  keltirib 

chiqarishi  muqararrar  ekanligini  ko'rsatadi.  Shuning  uchun  ham

Х8К^ранг:Конституционное (государственное) право зарубежных стран. Общая часть. C506-S07.

Бу 

хакда караш*: 



Любимов 

А.П. 


Консхт-уционно-цравоаыс основы 

формирования 

лоббистских отношении 

в 

открытом обществе (Литикоррупционный проект). -  



М., 

2000.


374

parlamentarizmning 

shakllanish 

jarayonlari 

sodir 


bo'layotgan 

mamlakatlarda,  yuqorida  zikr  etilgan  muammolarni  o'rganish,  ma'lum 

tajriba  to'planishiga  qarab,  chet  el  amaliyotidan  kelib  chiqqan  hoida, 

mazkur  muammolarni  qonunchilik  yo'li  bilan  hal  qilishga  tayyor  turish 

lozim.  Bu  nuqtai  nazardan  Buyuk  Britaniya  tajribasi  diqqatga  sazovor. 

Ta'sir  guruhlari,  lobbistlarning  tashkilotlari  bilan  yaqin  aloqada  bo'lgan 

parlament  a’zolarining  «shaxsiy  manfaatlari»  masalasi  Buyuk  Britaniya 

parlamenti  uchun  muhim  ahamiyatga  ega.  Parlament  qoidalari  mazkur 

aloqalarni  taqiqlamaydi,  ammo  deputatlarning  yuqorida  zikr  etilgan 

tashkilotlar foydasiga amalga oshirgan faoliyati va uning  uchun  to'langan 

haq  haqida  palataga  ma'lumot  berishni  talab  etadi:  jamoalar  palatasi 

deputatlarining 

«manfaatlari»ni 

majburiy  tartibda  ro'yxatga  olish 

belgilangan.  Deputat  o'zining  parlamentdagi  xulq-atvori,  unda  ovoz 

berishiga  ta'sir  ko'rsatishi  mumkin  bo'lgan  har  qanday  moddiy 

manfaatdorligi haqida jamoalar palatasiga axborot berishi shart  .

*—

________________

90 Каранг- Парламенты миро. -  М., 1991, с. 98-99.

375

1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling