O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


-§. Sud hokimiyatining oliy organlari


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54

4-§. Sud hokimiyatining oliy organlari

Sudiar  oliy  organlarining  vazifasi  sud  hokimiyati  manfaatlarini 

ko'zlash  hamda  himoya  qilish,  kadrlar  masalasini  hal  qilishda,  ishtirok 

etishdan  iborat.  Bunday  organlar Italiyada,  Fransiyada,  Ruminiyada  -   bu 

organ  magistratura  Oliy  Kengashi,  Ispaniyada  -  sud  hokimiyati  Bosh 

Kengashi,  Kolumbiyada  -   sudyalar  korpusi  Oliy  Kengashi  (judicatura), 

Polshada-Umumpolsha 

sudiar 


korpusi 

Kengashi 

(Ktajowa  Rada 

Sadownictwa), Bolgariyada-Oliy  sud Kengashi deb ataladi.  Sanab o'tilgan 

mamlakatlarda,  bunday  organlar  konstitutsion  organlar hisoblanadi.  Ba’zi 

konstitutsiyalar  esa  ulaming  maqomini  ancha  batafsil  tartibga  soladi 

(masalan, Bolgariya, Fransiya, Italiyada).

Masalan,  1991  yilda  qabul  qilingan  Bolgariya  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  130-moddasiga muvofiq  Oliy  sud kengashi  (OSK)  25 

a’zodan  iborat,  shuningdek,  Oliy kassatsion  sud  Raisi,  Oliy  ma'muriy  sud 

Raisi  va  Bosh  prokuror  uning  huquq  bo'yicha  a’zolari  hisoblanadilar. 

Kengashning qolgan a'zolari sifatida  15  yildan ortiq yuridik malakaga ega,

463


yuqori  professional  va  ma’naviy  sifatlar  sohibi  bo'lgan  huquqshunos 

(yurist)lar  saylab  qo'yiladi.  Warning  yarmisi  Xalq  majlisi  tomonidan, 

qolgan  yarmisi  -   sud  hokimiyati  organlari  tomonidan  besh  yil  muddatga 

qayta  saylanish  huquqisiz  saylab  qo'yiladi.  OSK  majlislarida  Mudofaa 

Vaziri  raislik  qiladi,  lekin  u  ovoz  berishda  ishtirok  etmaydi.  OSKning 

sudyalar,  prokurorlar  va  tergovchilami  tayinlash,  boshqa  lavozimlarga 

o'tkazish  va  lavozimdan  ozod  qilish  haqidagi  qarorlari,  shuningdek 

Prezidentga tayinlash  uchun  taqdim  etiladigan  Oliy  Kassatsion  sud  Raisi, 

Oliy  ma'muriy  sud  Raisi  va  Bosh  prokuroming  nomzodlarini  taklif etish 

haqidagi  qarorlari  yashirin  ovoz  berish  yo'li  bilan  qabul  qilinadi  (129- 

modda  1  va  2-qismlar,  131-modda),  bir  marta  qaytarilgan  taqdimnoma 

o'zgarishsiz takroran berilganda prezident e’tiroz bildirmaydi.

Ispaniya  Konstitutsiyasida  Sud  Hokimiyati  Bosh  Kengashi  (S'HBK) 

roli biroz boshqacharoq belgilab  qo'yilgan.  S’HBK konstitutsiyaning  122- 

moddasi  2-  va 3-qismiga muvofiq  -  sud hokimiyatining  boshqaruv organi 

hisoblanadi.  Unga  S’HBKda  raislik  qiluvchi  Oliy  tribunal  Raisi  va  Qirol 

tomonidan  5 yil  muddatga tayinlab qo'yiladigan  20 ta a’zo kiradi.  Ulardan 

12 tasi organik qonunlarda belgilangan shartlarga muvofiq, to'rttasi barcha 

sud  toifasidagi  magistrat  sudyalar  ichidan,  4  tasi  -   deputatlar  kongressi 

taklifiga binoan, у ana to'rttasi-Senat taklifxga ko'ra,  tayinlanadi.  Palatalar 

a’zolari  ichidan  ularning  3/5  qismi  ovozi  bilan,  15  yil  ish  stajiga  ega 

bo'lgan  advokatlar  va  boshqa  yuristlar  ichidan  saylab  olinadi.  S’HBK 

a’zolariga  o'z  shaxsiy  yoki  oilaviy  mulklarini  boshqarishdan  o'zga 

mashg'ulotlar  bilan  shug'ullanishga  ruxsat  etilmaydi.  Ular  Oliy  tribunal 

magistratlarga xos immunitetlarga ega bo'ladilar.

S’HBK Rais, Rais o'rinbosari, Plenum, Doimiy komissiya, Intizomiy 

komissiya  va  Malaka  komissiyasini  o'z  ichiga  oladi.  Oliy  tribunal  va 

S’HBK  Raisi  professional  sudyalar  yoki  yuridik  kasb  sohasida  15  yildan 

ortiq  ishlagan,  qobiliyati  tan  olingan  yuristlar  ichidan  tashkiliy  majlisda 

qabul  qilingan  S’HBK  taklifiga  binoan  tayinlanadi.  Ushbu  tayinlov  Qirol 

dekreti  bilan  rasmiylashtiriladi.  Takroriy  tayinlov  faqat  bir  marotaba 

amalga  oshirilishi  mumkin.  Rais  o'rinbosari  nomzodi  ham  xuddi  shu 

tartibda tayinlanadi.

Yuqorida  ta’kidlanganlardan  tashqari  S'HBKning  vazifalari  va 

vakolatlariga  quyidagilar  ham  kiradi:  lavozimlaming  to'ldirilishi, 

takomillashtirilishi,  taqsimlanishi,  sudyalar va magistratlarni lavozimlarga 

ko'tarish,  ularning  ma'muriy  holati  hamda  intizomiy  rejimi;  magistrat  va 

rais  lavozimlariga  nomzodlami  qirol  dekreti  bilan  adliya  vaziri 

kontrasignaturasi  bilan  tayinlash  uchun  taqdim  etish;  S’HBKga  tobe

464


bo'lgan kabinetlar yoki xizmatlar bosh sekretari va a'zolarini tayinlash; sud 

tadqiqodari  markaziga  nisbatan  qonunda  ko'zda  tutilgan  vakoladami 

amalga  oshirish;  o'z  budjeti  loyihasini  oldindan  ishlab  chiqish;  o'z 

tarkibining  3/5  qismi  ovozi  bilan  o 'z  xodimlari  haqidagi  nizomni  qabul 

qilish; Oliy tribunal sud amaliyoti to'plamini rasmiy nashr etish va hokazo.

5-§. Sudning faqat qonunga bo'ysunishi, sud

mustaqilligining kafolatlari

Sudyalaming faqat qonunga bo'ysunishlari haqidagi  konstitutsiyaviy 

prinsip  (tamoyil)  juda  keng  tarqalgan  (Italiya  Konstitutsiyasining  101- 

moddasi,  2-jumla;  Germaniya Asosiy Qonunining 97-moddasi,  t-qismi  va 

boshqalar).  Bu  demakki,  sudya  ishlami  hal  etayotganida,  hech  kimdan 

hatto,  yuqori  sudlardan  ham  ko'rsatma  olmasligi  kerak,  balki  qonunga 

nisbatan  pastroq  turuvchi  me'yoriy  hujjatlar  sud  uchun,  ular  qonunga 

qanchalik  yaqin  tursa,  shunchalik  ahamiyatga  ega  bo'lishi  kerak.  Ammo 

bunday konstitutsiyaviy tamoyilni oddiygina tushunmaslik kerak.

“Hozirgi  murakkab  ijtimoiy voqelikda,  deb yozadi  YU.P.  Uryans  va 

V.A.Tumanovlar,-  sudyaning  qonunga  bo'ysunish  tamoyili  hukmron 

bo'lib  qolaveradi.  Ammo  buning  zamirida,  sud  amaliyotining  huquq 

manbai  sifatida tutgan  o'm i qanchalar yuksalganligi;  odil  sudlovdan  bosh 

tortishga  yo'l  qo'yilmasligi;  konstitutsiyalar  matniga  kirgan  qonun  va 

huquqning  bir-biridan  farq  qilinishi  (GFR  Asosiy  qonunining  20- 

moddasi);  ekologiya,  tibbiyot,  genetika  sohasida  oldindan  ko'zda 

tutilmagan  huquqiy  vaziyatlar sonining  oshishi;  xalqaro huquqning  milliy 

huquqdan  ustunligini  e'tirof  etilishi;  huquqni  buzuvchi,  yuridik  amalda 

bo'lgan,  umumiy  e'tirof  etilgan  axloq  va  insoniylik  tamoyillariga  zid 

bo'lmagan  qonunchilikning  mavjudligi  yotadi.  Bu  muammoning  barchasi 

sudyaning qonun bilan bog'liqligi, uning ichki erkinligi, sud nuqtai nazari, 

ixtiyoriy  chegaralari  haqidagi  masalani  o'ta  chigallashtirib  yuboradi”. 

Bunga  у ana  shuni  qo'shimcha  qilish  mumkinki,  konstitutsion  sudlarning 

sudyalari oddiy qonunlarga emas, faqat konstitutsiyagagina bog'liqdirlar.

Odil  sudlovning  faqat  sud  tomonidan  amalga  oshirilishi,  sud 

hokimiyatining mustaqilligi berilgan.

Sudyalar  mustaqildirlar,  faqat  qonunga  bo'ysunadilar.  Sudyalaming 

odil  sudlovni  amalga  oshirish  borasidagi  faoliyatiga  biron  bir  tarzda 

aralashishga  yo'l  qo'yilmaydi  va  bunday  aralashuv  qonunga  muvofiq 

javobgarlikka sabab bo'ladi.

Sud  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlardan, 

siyosiy  partiyalardan  va  boshqa jamoat  birlashmalaridan  mustaqil  holda

465


ish yuritadi.

Faqat  qonunda  alohida  ko'rsatilgan  hollardagina  sud  majlisi  yopiq 

olib borilishi mumkin

Bular quyidagi kategoriyadagi ishlardir:

1. Davlat siri bilan bog'liq bo'lgan ishlar;

2.Protsess  ishtirokchilarining  ishining  oilaviy  yoki  shaxsiy  sirligini 

aytib suddan sud majlisini yopiq olib borishni iltimos qilsalar;

3.  16  yoshga  to'lmagan  shaxslar  tomonidan  sodir  qilingan  jinoiy 

ishlar.

Xorijiy  mamlakatlarining  aksariyatida  sudlov  olib  borilayotgan  tilni 



bilmaydigan  sudda  qatnashuvchi  shaxslarning  taijimon  orqali  ish 

materiallari  bilan  to'la  tanishish  va  sudlov  harakatlarida  ishtirok  etish 

huquqi hamda sudda ona tilida so'zlash huquqi ta'minlanadi.

Mamlakat  fuqarolari  davlat  boshqaruvi  idoralari  va  mansabdor 

shaxslar har kanday g'ayriqonuniy xatti-harakatlaridan, shuningdek, sha’ni, 

qadr-qimmati,  hayoti  va  sog'lig'i,  shaxsiy  erkinligi  va  mulki,  boshqa 

huquq  va  erkinliklariga  tajovuz  sud  himoyasida  bulish  huquqiga  ega 

korxona, muassasa va tashkilotlar ham sud himoyasida bo'lishga xakli.

Ayblanuvchiga, 

sudlanuvchiga 

himoya 

huquqi 


ta'minlanadi. 

Sudlovning  har kanday  bosqichida  malakali  yuridik  yordam  olish  huquqi 

kafolatlanadi.  Ayblanuvchi,  uning  aybi  qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda 

isbotlanmaguncha  va  sudning  qonuniy  kuchiga  kirgan  hukmi  bilan 

aniqlanmaguncha, aybsiz hisoblanadi.

Hech  kirn  qiynoqqa  solinishi,  zo'ravonlikka,  shafqatsiz  yoki  inson 

qadr-qimmatini  kamsituvchi  boshqa  tarzdagi  tazyiqqa  duchor  etilishi 

mumkin emas.

466


41-bob. Sud tizimining tashkil etilishi va faoliyatining 

konstitutsiyaviy-huquqiy prinsiplari

1-§. Sudlarning tashkil etilish tamoyillari

2-§.Sudlarning mustaqilligi (daxlsizligi)

3-§.lJmumiy yurisdiksiya sudlari tizimi: anglosakson va

romano-german

4-§.Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilishi

l-§. Sudlarning tashkil etilish tamoyillari

Ushbu  masalada,  konstitutsiyalaming  ko'pchiligida  qisqa  to'xtalib 

o'tiladi.  Ularda  sud  tizimlari  va  mamlakatda  faoliyat  ko'rsatayotgan 

sudlarning turlari  belgilab qo'yiladi,  umumiy yurisdiksiya sudlari  bilan bir 

qatorda, maxsus sudiar ham tashkil etilishi mumkinligi ko'rsatiladi.

^S ud  hokimiyatiga  ta'sir  ko'rsatadigan  prinsiplar  -   qonunga 

bo'ysunuvchi  sudyalaming  mustaqilligi  kafolatlarmi  ko'zda  tutadi: 

almashtirilmaslik, 

daxlsizlik, 

lavozimda 

torgan 


paytda, 

rag'batlantirilishning kamaytirilmasligi va hokazo. Ba’zi konstitutsiyalarda 

ushbu 

tamoyillar 



sud 

hokimiyatining 

ma'muriy 

va 


moliyaviy 

avtonomiyasi,  odil  sudlovni  faqat  qonuniy  ravishda  belgilab  qo'yilgan 

sudiar  tomonidan  amalga  oshkilishi,  favqulodda  sudlarning  faoliyati 

taqiqlanganligi kabi prinsiplar bilan to'ldiriladi.

Ko'pchilik  konstitutsiyalarda  odil  sudlovni  amalga  oshirishda  xalq 

vakillarining ishtiroki  ko'zda tutiladi.  Shu bois haqamlik instituti  va bizga 

ma'lum  bo'lgan  xalq  maslahatchilari  instituti  orasidagi  farqni  tushuntirib 

berish  kerak  bo'ladi.  Xalq  maslahatchilari  instituti  hozirgi  kunda, 

postsotsialistik  mamlakatlarda  qo'llanib  kelinmoqda.  Ushbu  institut 

Germaniyadagi  Sheffenlar  sudidan  taqlid  qilib  olingan.  Sheffenlarda ham 

xuddi 

sotsialistik 



mamlakatlardagi 

singari 


sudlardagi 

xalq 


maslahatchilarining  sudyalar  bilan  teng  huquqliligi  rasmiyatchilikdan 

boshqa narsa emas.  Ular mehnat jamoalari  va vakillik  organlari  tomonidan 

"saylanadilar"  (saylanadilar  so'zini  ham  qo'shtirnoq  ichida  tushunish 

mumkin),  amalda  esa,  yuridik  ma'lumotga  ega  bo'lmagan  xalq 

maslahatchilari sudya so'zsiz qaroriga qo'shiladilar. Shuning uchun, ulami 

“bosh  qimirlatuvchilar”  deb  atash  bejiz  emas.  Haqiqatdan  ham  ular  faqat 

sudyaning gapini tasdiqlagan holda, bosh qimirlatishadi, xolos.1^

H aqam lar  saylanishi  mumkin  emas.  Shuning  uchun,  mahalliy 

ma’muriyat  tomonidan  tuzilgan  fuqarolar  ro'yxatidan,  maxsus  uslub 

asosida  tanlab  olinadi.  Ro'yxatga  qonunda  belgilangan  talablarga  javob

467


beradigan barcha fuqarolar kiritiladi. Tanlov ko'pincha qur'a tashlash yo'li 

bilan  o'tkaziladi  va  bunda  fuqaro  hech  bir  uzrli  sababsiz  bosh  tortishga 

haqli emas. Bu yerda maslahatchilar va haqamlaming asosiy farqi ularning 

sonida  bo'imay,  balki  haqamlarning  huquq  masalalarim  emas,  balki 

maxsus  yuridik biHm  talab  etilmaydigan  dalillami  ko'rib  chiqishlaridadir. 

Jinoyat  ishi  ko'rib  chiqilayotgan  vaqtda,  haqamlar  sudlanuvchi  qo'yilgan 

jinoiy harakatlami haqiqatdan ham sodir etganmi, u aybdormi, agar aybdor 

bo'Isa,  uni  kechirish  mumkinmi  yoki  yo'qmi,  shuni  aniqlashlari  lozim. 

Bunga  o'xshash  har  qanday  masala  bo'yicha  haqamlarlaming  qarorlari 

ko'pchilik  ovoz  bilan  yoki  bir  ovozdan  qabul  qilinadi.  Hakamlaming 

qabul  qilgan  qarorlari  (verdikt)ga  ko'ra,  sudya  sudlanuvchiga  jazo 

tayinlaydi  yoki  uni  oqlaydi.  Ingliz  tilida  so'zlashuvchi  mamlakatlarda 

hakamlar o'tiradigan kursilar katta yoki kiehik hay'at deb yuritiladi, Frank 

tilida  gaplashuvchi  mamlakatlarda  hakamlar  ishtirok  etuvchi  sudlar 

“assiz"lar sudi deyiladi,  ular sudyalar bilan  birgalikda  sudlanuvchiga jazo 

chorasi tayinlashda ham ishtirok etadilar.

Ta’kidlash 

joizki, 


so'ngi 

o'n 


yillikda 

hakamlar 

sudining 

qo'llamlishini  kamayishi,  uning  ahamiyatini  pasayishi  bilan  tavsiflanadi. 

Ko'pincha  jinoiy  ish  hakamlar  sudida  sudlanuvchiga  og'ir  jazo  nazarda 

tutilayotgan  bo'lsagina,  faqat  uning  talabiga  ko'ra  muhokama  qilinadi. 

Anglosakson  sud  tizimida hatto  sud  muhokamasi jarayonida  ham  taraflar 

orasida  kelishuv  amaliyoti  kuzatiladi.  Agar  sudlanuvchi  qandaydir jazoni 

yumshatish  sharti  evaziga o'z aybini  tan  olsa,  hakamlarga hojat qoimaydi 

va  ularning  vazifasi  bajarilgan  hisoblandi,  Angiiya  sudlarida  jinoiy 

ishlaming  90%  ga  yaqini  sudlar  tomonidan  hakamlar  ishtirokisiz 

muhokama qilinadi.

Nihoyat,  sud  qarorlari  ustidan  shikoyat  qilish  huquqini  beruvchi 

instansiyaviylik  tamoyili  ustida  to'xtalib  o'tamiz.  Bunda  kuchga 

kiritilmagan  sud  qarori,  ya'ni  birinchi  sud  instansiyasi  tomonidan  ko'rib 

chiqilib hal  etilgan  ish  undan yuqori  turuvchi  sud tomonidan qayta ko'rib 

chiqilishi  mumkin.  Birinchi  instansiya  sudi  qarori  ikkinchi  sud 

instansiyasida  yoki  ikkinchi  sud  instansiyasi  tomonidan  qabul  qilingan 

qaror uchinchi sud instansiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi. Bu jarayon uch 

sud  instansiyasi  mavjud  bo'lgan  mamlakatlarda,  sud  qarori  ustidan  ariza, 

shikoyat  yoki  protest  keltirilganda  amalda  bo'ladi.  Masalan,  AQSH 

Konstitutsiyasining Ш bobi  2-moddasida belgilanishicha,  konstitutsiya  va 

qonun bilan belgilab qo'yilgan istisnolardan tashqari  Oliy sud ham huquq, 

ham  fakt  (dalil)ga  nisbatan  apellatsiya  yurisdiksiyasiga  ega  bo'ladi,  ya'ni 

qo'yi  darajadagi  sudlar  qabul  qilgan  qarorlar  bo'yicha  apellyatsion

468


shikoyatlami  к о 'rib  chiqadi  va hal  qiladi.  Italiya  Konstitutsiyasining  111- 

moddasiga muvofiq,  umumiy  va maxsus  sud organlari  tomonidan  shaxsiy 

erkinlikka nisbatan qabul qilingan qarorlar bo'yicha qonun buzilishi hollari 

mavjud  bo'lsa,  bunday  hollarda,  Kassatsion  shikoyatlarga  ruxsat  etiladi. 

Faqat  urush  vaqtida,  harbiy  tribunal  hukmlarigagina  bunday  me'yorlar 

istisno  etiladi”;  “Davlat  Kengashi  va  Hisob  sudi  qarorlari  ustidan 

kassatsiya shikoyati faqat sudlanganlik motivi bo'yicha ruxsat etiladi”.

Keltirilgan  misollardan  ko'rinadiki,  shikoyat  qilishning  ikki  asosiy 

shakli  mavjud  ekan;  apellatsiya va kassatsiya.  Oliy  (ya’ni  eng yuqori)  sud 

apellatsiya  tartibida  quyi  turuvchi  sud  oldin  ko'rgan  ishni  yangi  taqdim 

etilgan dalil-isbotlar bilan tekshiradi, ya’ni qaytadan ко'rib chiqadi va quyi 

turuvchi  sud qarorini  bekor qilishi  yoki  o'zgarishsiz  qoldiradi.  Kassatsiya 

tartibiga  ko'ra,  esa  yuqori  turuvchi  sud  faqat  quyi  pog'onadagi  sudning 

qaror  qabul  qilishida  qonunga  amal  qilgan  yoki  qilmaganligini  tekshiradi 

va  ishning  asl  ichiga  kirib  bormaydi,  faqat  shikoyat  doirasidagina  ish 

ko'radi.  Agar  quyi  turuvchi  sud  qarori  kassatsion  tartibda,  yuqori  turgan 

sud  tomonidan  bekor  qilingan  bo'lsa,  ish  qaytadan  yana  yuqori  turuvchi 

sud tomonidan muhokama qilinadi, faqat sudyalar tarkibi boshqa bo'ladi.

Kuchga  kirmagan  sud  qarorlari  ustidan  shikoyat  qilishning  asosiy 

shakllari  bilan  bir qatorda aralash shakl ham mavjud, bu - ham  apellatsiya, 

ham  kassatsiya  xususiyatlarini  o'zida jamlagan taftish  shaklidir.  Bu  shakl 

turli  mamlakatlarda,  turlicha  namoyon  bo'ladi.  Deviziya,  ya’ni  taftish 

shaklida yuqori turuvchi sud quyi  sud qarorining qonuniyligini emas balki 

shikoyat  doirasiga  bog'liq  bo'lmagan  jihat  -   qaroming  asoslanganligini 

ham  tekshiradi.  U  xuddi  appelyatsiyadagidek,  quyi  sud  qarorini 

o'zgartirmasligi yoki  ishni qayta ko'rib chiqish uchun quyi  sudga qaytarib 

yuborishi  ham  mumkin.  Bundan  tashqari  quyi  sud  qarorini  bekor 

qilmasdan, tuzatish kiritib qo'yaqolish ham mumkin.

Anglosakson  huquq  tizimiga  asoslangan  mamlakatlarda  faqatgina 

apellatsiya shikoyati shakli qo'llaniladi. Romano-german huquq  tizimidagi 

mamlakatlarda  esa  ikkinchi  instansiya  bo'yicha  apellatsiya  va  uchinchi 

instansiya  bo'yicha-kassatsiya  usuli  mavjud  (xolbuki,  biz  misolda 

ko'rganimiz 

kabi, 


Italiyada 

faqat 


kassatsiya 

shakli 


mavjud). 

Germaniyadagi  tizim  ikkinchi  instansiya  bo'yicha  deviziya  (taftish) 

imkoniyati  usuli  bilan  birlashtirilgan  holda,  olib  boriladi.  Kuchga  kirgan 

sud qarorlari favqulodda tartibda, qayta ko'rib chiqiladi.

Sud  jarayonining  konstitutsiyaviy  tamoyillari  orasida  ko'pincha 

oshkoralik  tez-tez  uchrab  turadi  (ommaviylik,  sud  majlislarining  ochiq 

o'tkazilishi).  Ushbu  tamoyil  AQSH  Konstitutsiyasining  IH  moddasi,  1-

469


qismida, shuningdek, konstitutsiyaning VI tuzatishida o'z ifodasini topgan, 

Yaponiya  Konstitutsiyasining  82-moddasi  va Tspaniya  Konstitutsiyasining 

120-moddasi  1-qismida  va  hokazo.  В ularda  istisno  holatlarda  yopiq  sud 

majlislarining  o'tkazilishi  ta'kidlab  o'tilgan,  lekin  ish  bo'yicha  qabul 

qilingan  qaror  omma  oldida,  e'lon  qilinishi  mustahkamlangan.  Masalan, 

1831  yildagi  Belgiya  Konstitutsiyasining  148-moddasining  1993  yildagi 

tahririda  shu  narsa  belgilangan:  “Agar  sud  majlislarining  omma  oldida 

o'tkazish axloq uchun xavfli bo'lmasa, ochiq o'tkazilishi mumkin.

Siyosiy  jinoyatlar  va  matbuot  jinoyatlari  haqidagi  ishlar  yuzasidan 

yopiq  majlis  haqidagi  qaror  faqat bir  ovozdan  ovoz  berilgandagina  qabul 

qilinishi mumkin”.

Italiya  Konstitutsiyasi  101-moddaning  1-jumlasida  odil  sudlovning 

xalq nomidan  amalga oshirilishi ko'zda tutiladi,  111-moddaning  1-qismida 

esa  sud  choralarining  sabab-oqibadari  ko'rsatilishi  lozimligi  aytiladi. 

Xuddi  shu narsa Ispaniya Konstitutsiyasining  120-moddasi 3-qismida ham 

mavjud, faqat unga sud qarorlarining har doim omma oldida e’lon qilinishi 

qo'shimcha  qilingan.  120-moddaning  2-qismida  ko'rsatilishicha  sud 

muhokamasi,  ayniqsa jinoiy  ishlar bo'yicha  sud  asosan  og'zaki yuritilishi 

lozim,  121-moddada  esa  sud  aybi  bilan  yetkazilgan  ziyon,  yoki  odil 

sudlovning noto'g'ri  amalga oshirilishi oqibatida keltirilgan zarar qonunga 

muvofiq davlat hisobidan qoplanishi lozim.

Sudyalarning  faqat qonunga bo' ysunishlari  haqidagi konstitutsiyaviy 

prinsip  (tamoyil)  juda  keng  tarqalgan  (Italiya  Konstitutsiyasining  101- 

moddasi,  2-jumla;  Germaniya Asosiy Qonunining  97-moddasi,  1-qismi  va 

boshqalar).  Bu  demakki,  sudya  ishlami  hal  etayotganida  hech  kimdan, 

hatto  yuqori  sudlardan  ham  ko'rsatma  olmasligi  kerak,  balki  qonunga 

nisbatan  pastroq  turuvchi  me'yoriy  hujjatlar  sud  uchun,  ular  qonunga 

qanchalik  yaqin  tursa,  shunchalik  ahamiyatga  ega  bo'lishi  kerak.  Ammo 

bunday konstitutsiyaviy tamoyilni oddiygina tushunmaslik kerak.

“Hozirgi  murakkab  ijtimoiy  voqelikda,  deb  yozadi YU.P.  Uryans  va 

V.A.Tumanovlar,  -   sudyaning  qonunga  bo'ysunish  tamoyili  hukmron 

bo'lib  qolaveradi.  Ammo  buning  zamirida  sud  amaliyotining  huquq 

manbai  sifatida  tutgan  o'm i  qanchalar yuksalganligi;  odil  sudlovdan bosh 

tortishga  yo'l  qo'yilmasligi;  konstitutsiyalar  matniga  kirgan  qonun  va 

huquqning  bir-biridan  farq  qilinishi  (GFR  Asosiy  qonunining  20- 

moddasi);  ekologiya,  tibbiyot,  genetika  sohasida  oldindan  ko'zda 

tutilmagan  huquqiy  vaziyatlar sonining  oshishi;  xalqaro  huquqning  milliy 

huquqdan  ustunligini  e’tirof  etilishi;  huquqni  buzuvchi,  yuridik  amalda 

bo'lgan,  umumiy  e'tirof  etilgan  axloq  va  insoniylik  tamoyillariga  zid

470


bo'lmagan  qonunchilikning  mavjudligi  yotadi.  Bu  muammoning  barchasi 

sudyaning qonun bilan bog'liqligi, uning ichki erkinligi,  sud nuqtai nazari, 

ixtiyoriy  chegaralari  haqidagi  masalani  o'ta  chigallashtirib  yuboradi”. 

Bunga  yana  shuni  qo'shimcha  qilish  mumkinki,  konstitutsion  sudlarning 

sudyalari oddiy qonunlarga emas, faqat konstitutsiyagagina bog'liqdirlar.

2-§.Sudlarning mustaqilligi (daxlsizligi)

Odil  sudlovning  faqat  sud  tomonidan  amalga  oshirilishi,  sud 

hokimiyatining mustaqilligi berilgan.

Sudyalar  mustaqildirlar,  faqat  qonunga  bo'ysunadilar.  Sudyalaming 

odil  sudlovni  amalga  oshirish  borasidagi  faoliyatiga  biron  bir  tarzda 

aralashishga  yo'l  qo'yilmaydi  va  bunday  aralashuv  qonunga  muvofiq 

javobgarlikka sabab bo'ladi.

Sud  hokimiyati  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  hokimiyatlardan, 

siyosiy  partiyalardan  va  boshqa  jamoat  birlashmalaridan  mustaqil  holda 

ish yuritadi.

Demokratik 

rivojlangan 

mamlakatlaming  deyarli 

hammasida 

sudyalar  daxlsiz  hisoblanadi.  Sudyalar  daxlsizligining  quyidagi  turlari 

mavjud:


1) 

shaxsiy daxlsizlik;

2) 

mulkiy daxlsizlik;



3) 

xat,  banderol  va  boshqa  pochta  jo'natmalarining,  telefon 

so'zlashuvlaiining sir tutilishi;

4) 


turar-joy daxlsizligi;

Sudyalarni  shaxsiy  tintuv  o'tkazish,  jinoiy  javobgarlikka  tortish 

taqiqlanadi.  Ammo  bundan  istisnolar  ham  bo'lishi  mumkin.  Masalan, 

bevosita  jinoyat  sodir  etish  paytida  qo'lga  tushgan  sudya  hech  qanday 

to'siqlarsiz ushlab turilishi  mumkin.

Shuningdek,  sudyalaming  korrespondensiyasi  tekshirilishi,  telefon 

so'zlashuvini eshitib turish rivojlangan mamlakatlarda taqiqlanadi. Bunday 

harakatlami sodir etgan shaxslar qonun bo'yicha javobgarlikka tortiladi.

Sudyalaming  mulkiy  daxlsizligi  ulaming  mol-mulki  ulaming  olib 

borayotgan kasbiy  faoliyati bilan bog'liq  holda musodara qilinishiga yoki 

boshqacha tarzda nobud bo'lishiga yo'l qo'yilmasligini anglatadi.

Xorijiy 


mamlakatlaming 

ko'pchiligida 

sudyalar 

huquqiy 


maqomimng  asosiy  tarkibiy  qismi  bo'lmish  turar-joy  daxlsizligi 

hisoblanadi.  Sudyalaming turar-joyida tintuv o'tkazish  taqiqlanadi.  Aksari 

davlatlarda  yuqorida  sanab  o'tilgan  sudyalar  daxlsizligi  turlari  yuqori 

turuvchi sud organlari tomonidan mahrum qilinishi mumkin.

471

1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling