O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar
-§. X orijiy m am lakatlar K onstitutsiyalarining tasniflanishi
Download 18.02 Mb. Pdf ko'rish
|
4-§. X orijiy m am lakatlar K onstitutsiyalarining tasniflanishi Konstitutsiyalarning tasniflanishi deyilganda, turli mainlakatlardagi konstitutsiyalarni turli mezonlarga (kriteriyalarga) asoslanib har xil guruhlarga (turlarga) bo'lish tushuniladi. Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqida Konstitutsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: Birinchidan, Konstitutsiyalarni ulam ing mohiyatiga ko'ra, quyidagi turlarga bo'lish mumkin: Yuridik Konstitutsiya (formal) davlatning Asosiy Qonuni bo'lib, alohida tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega. Bunga Rossiya, Fransiya, Bolgariya, Vengriya konstitutsiyalar misol bo'ladi. Faktik Konstitutsiya (moddiy) amaldagi real ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiya hisoblanadi.
Tirik Konstitutsiya - hozirda amal qilayotgan Konslitutsiyalarning barehasi tirik Konstitutsiyalar hisoblanadi. Fiktiv (soxta) Konstitutsiya - amalda jamiyat hayotini belgilab be ruvchi qoidalar mavjud, lekin bu qoidalar jamiyat hayotida qo'llanilmaydi. Masalan, SSSRning S936 yil Konstitutsiyasi. Ik k in ch id a n , Konstitutsiyalarni shakliga ko'ra, quyidagi turlarga bo' lish mumkin: Ynzma konstitutsiyalar - mamlakalning oliy organi tomonidan yoki referendum yo'li bilan qabul qilingan, oliy yuridik kuchga ega bo'lgan davlatning asosiy qonuni bo'lib hisoblanadi. Bunga AQvSH, Yaponiya, Niderlandiya, Belgiya, Avstriya va boshqa davlatlar Konstilutsiyalarini misol qilib keltirish mumkin. Yozilmagan konstitutsiyalar aynan bir Konstitutsiya holatiga keltirilmasdan bir qancha davrlar oralig'ida qabul qilingan qonunlardan ibora! bo'ladi. Bu qonunlarga Konstitutsiyaviy qonun maqomi beriladi. Masalan, fsroil. Yangi Zclandiya, Butan kabi davlatlar Konstilutsiyalari. Yaxlit konstitutsiyalar Konstitutsiya matni yaxlit bo'lib, bir vaqtda qabul qilinadi. Masalan. Rossiya, Braziliya Konstilutsiyalari yaxlit Konstitulsiyalarga misol bo'la oladi. Yaxlit bo'lmagan (noyaxlit) konstitutsiyalar bunday Konstitutsiya matni bir necha davrlar oralig'ida qabul qilinadi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya konstilutsiyalari. Doimty konstitutsiyalar - Xorijiy mamlakatlarda qabul qilingan aksariyat konstitutsiyalar doimiy Konstitutsiyalar hisoblanadi. Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar - ma’lum bir muddat davomida amal <]ilnvchi Konstitutsiyalar tushuniladi. Masalan, 1970 yil Iroqda, 1971 yilda Birlashgan Arab Amirligida harakatda bo'lgan konstitutsiyalar. Shuningdek, Jahon konstitutsiyaviy amaliyotida Konstitutsiyalar o'zgartirish lartibining murakkabligiga qarab “yumshoq” va “qattiq” !:oi.stilutsiyalarga ajratiladi. “Yumshoq” konstitutsiya deganda nisbatan oson o'zgartiriladigan, o'zgartirish kiritish tartibi sodda bo'lgan konstitutsiya tushuniladi. ■‘Qattiq” konstitutsiya deganda esa, o'zgartirish kiritish tartibi murakkab bo'lgan, birmuneha muddat davom etadigan konstitutsiya tushuniladi. “Yumshoq” konstitutsiyalar oddiy qonunlar uchun belgilangan tartib asosida o'zgartiriladi yoki to'Idiriladi. «Qattiq» konstitutsiyalar alohida o'rnatilgan tartibga muvofiq (qo'shimchalar taqdim eliigandan so'ng ma'lum vaqt o'tgach yoki malakali ovoz berish - deputatlarning 2/3 qismi 44
ovozi bilan, federatsiya sub'yektiarining hammasi ratifikatsiya qilgan taqdirda va hokazo) o'zgarishi mumkin. Masalan, AQSH Konstitutsiyasida ikki yuz. yildan ortiq amal qilishi mobaynida atigi 27 ta (uzatish kiritilgan . Uchinchidan, Konstitutsiyalarni ulami ijtimoiy mazmuniga qarab ham bir necha turga bo'lish mumkin. Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq Konstitutsiya bor (federativ davlatlar sub’yekUarining Konstitutsiyalari bilan birga). Bu Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul)qilingan bo' iib, har xil ijtimoiy mazmunga ega. 1. IJarh mamlakatlari Konslilutsiyalari. 2. Rivojlanayolgan mamlakallar Konslilutsiyalari. 3. O'tish davri mamlakutlari Konslilutsiyalari. 4. Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari. Shuningdek, Xorijiy
mamlakallar Konstitutsiyaviy huquqida Konstitutsiyalar Demokratik Konstitutsiyalar, Avtoritar Konstitutsiyalar va totalitar Konstitutsiyalar kabi turlarga ham ajratiladi. A Q S H K o r> stitu tsiy as* . Т .: A d o la l, 2 0 0 4 ,
5-bob. Xorijiy m am lakatlar konstitutsiyaviy nazorat instituti 1-§. K onstitutsiyaviy nazorat tushunchasi va obyekti 2-§. Konstitutsiyaviy nazorat organlarining turlari 3-§.U m um iy yurisdiksiyali sudlar ham da m axsus yurisdiksiyali sudlar tom onidan konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish 4-§. Nosudlov konstitutsiyaviy nazorat organlari 5-§ K onstitutsiyaviy nazorat organlarini shakllantirish tartibi l-§ . K onstitutsiyaviy nazorat tushunchasi va obyekti Barcha davlatlarda albatta, agar u demokratik davlat bo'ladigan bo'lsa, qonun chiqaruvchi vakolatli organning qonunlari va boshqa normativ huquqiy akt chiqarish huquqiga ega bo'lgan davlat organining chiqargan huquqiy aktlarni tekshirish uchun konstitutsiyaviy nazorat organi tashkil etilgan. Konstitutsiyaviy nazorat instituti o'z ichiga bu faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarini ham oladi. Asosan 6u faoliyatni sud organlari amalga oshiradi. Konstitutsiyaning jamiyatda mavjud bo'lgan muno sabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatidan uning huquqiy aktlar ti/.imidagi oliyligini ta'minlash zaruriyatini kcltirib chiqaradi. Konstitutsiyaning huquqiy himoyasi deganda, shunday vosita va yo'llarni tushunish kerakki, ularning yordamida konstitutsiyaning qonuniyligiga qattiq rioya etish rejimiga erishish kerak, boshqa barcha davlat organlari tomonidan qabul qilingan huquqiy aktlar unga mos bo'lishi kerak, konstitutsiyaga mos bo'lmagan huquqiy aktlarni, shuningdek, alohida normalami konstitutsiyaga mos emasligi tufayli bekor bo'lish prinsipi tushuniiadi. Konstitutsiyaviy nazorat - davlatda huquqni himoya qilish laoliyatining alohida turi bo'lib, mazkur davlat qonunlari va boshqa normativ hujjatlarining konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirishida o 'z ifodasini topadi.4 Konstitutsiyaviy nazorat 19 asrda AQShda, keyinchalik 1848 yilda Yevropada (Shveysariyada) paydo bo'lgan. Endilikda jahonning deyarli barcha konstitutsiyalari buni e'tirof etgan. Konstitutsionalizmning tarixiy rivojlanishi va amaliyoti shuni korsatadiki, konstitutsiyaning ustunligi tamoyilini amalga oshirish uchun konstitutsiyaning o'zida bu tamoyilni mustahkamlash yetarli emas. Bu mamlakatda konstitutsiyaning ustunligi nafaqat konstitutsiyaning ustunligi e'lon qilinganligi bilan bog'liq, balki konstitutsiyaviy sud ' Y u i i d ik c t K i k l o p e d i y a . - Т . : S h a r q n a s h r iy o t - m a tb a a a k s i y a d o r l ik k o m p a n iy a s i bo.->h ta li r i r i y a t i . 2 0 0 1 y .
2 4 4 - b .
46 nazorati bilan ham ta'minlanishi lozim. Konstitutsiyaviy nazorat institutining mavjud bo'lmasligi har qanday kuchli davlat bo'lmasin, uning uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi tayin. Huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri bu konstitutsiya va qo- nunlaming ustunligini ta'minlashdan iboratdir. Bu vazifa konstitutsiyaviy nazorat organlari ya’ni konstitutsiyaviy sudlov organlariga tegishlidir. Konstitutsiyaviy nazoratni obyekti sifatida har bir davlat qonunchiligiga ko'ra qonun chiqaruvchi organ, ya’ni parlament tomonidan chiqarilgan qonunlar, ayrim davlatlarda parlament reglamentlari, hukumat tomonidan chiqarilgan turli normativ va normativ xarakterda bo'lmagan aktlar, davlat boshliqlari tomonidan chiqarilgan normativ huquqiy aktlar, davlat organlari, mansabdor shaxslar tomonidan chiqarilgan normativ huquqiy aktlar, xalqaro va davlatlararo shartnoma hamda bitimlar amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy nazoratning obyekti bo' lishi mumkin. 2-§. K onstitutsiyaviy nazorat organlarining turlari Xorijiy mamlakatlarda konstitutsiyaviy nazorat instituti har xil ko'rinishda amalga oshiriladi. Bu asosan davlatlarning siyosiy rejimi yoki davlat shakliga bog'liq bo'ladi. Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish ko'rinishlariga asosan: Birinchisi - Yevropacha model (markazlashgan) tizim. Ushbu tizimda Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi maxsus sud Konstitutsiyaviy nazorat sudi tashkil etiladi, Konstitutsiyaviy nazorat sudi fuqarolik va jinoyat ishlarini konstitutsiyaga Konstitutsiyaviy sud uchun nazorat funksiyasi asosiy va yagona hisoblanadi. Bularga GFR, Avstriya, Italiya, Ispaniya kabilar kiradi. Ikkinchisi - konstitutsiyaviy nazoratni maxsus organ tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutiladi bunda konstitutsiyaviy nazoratni amalgaoshirish uchun maxsus organlar tashkil etilib, ushbu organlar sud deb nomlanmaydi. Ushbu tizimning klassik timsoli Fransiya hisoblanadi. Fransiyada konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi Konstitutsiyaviy Kengash faoliyat yuritadi. Sobiq ittifoqda konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi maxsus komitetlar mavjud bo'lgan. Ushbu maxsus organlar konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sudlardan faoliyati bo'yicha farq qiladi. Maxsus konstitutsiyaviy na/orai sudlari sud ish yuritish tartibiga rioya etadilar. Ya’ni ish yuzasidan ko'rsatmalar eshitiladi, sud ish tartibi yurililadi. guvohlar eshitiladi, majlisga rais rahbarlik qiladi. 47
Ushbu organlar konstitutsiyaviy nazoratdan tashqari yana boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Ba'zida konstitutsiyaviy nazoratni uchga emas balki ikki ko'rinishga ajratib ko'rsatishadi. Umumiy va maxsus vakolatli sudlar tomonidan amalga oshirish, hamda nosudlov faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tomonidan amalga oshirish. Yuqorida Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlaming turlari to'g'risida to'xtalib o'tdik. Bundan tashqari. konstitutsiyaviy nazoratni bir necha mezonlarga ko'ra, turlarga bo'lish mumkin. Amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy nazoratning mazmuniga ko'ra, konstitutsiyaviy nazorat klassifikatsiyasi: 1. Formal konstitutsiyaviy nazorat - qonunlarni va boshqa normativ huquqiy hujjatlarni qabul qilish uchun o'matilgan tartib qoidalarga rioya qilinganligini tekshirish uchun amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy nazorat.
2. Moddiy konstitutsiyaviy nazorat - davlatning qonunlarining va boshqa
normativ huquqiy
hujjatlarining konstitutsiya mazmuniga muvofiqligini o'rganish uchun o'tkaziladigan konstitutsiyaviy nazorat. 3. Mavhum konstitutsiyaviy nazorat - ma'lum bir vakolatga ega bo'lgan sub’yektlarning tashabbusi bilan aniq bir sabablarga ega bulmay turib o'tkaziladigan konstitutsiyaviy nazorat. 4. Aniq konstitutsiyaviy nazorat - faqatgina aniq qandaydir bir sud ishi bilan bog'liq ravishda amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy nazorat. Keltirib chiqargan huquqiy oqibatlariga qarab konstitutsiyaviy nazoratning quyidagi 2 turi mavjud: 1) Nazorat qiluvchi - huquqiy hujjat o 'z kuchini yo'qotadi. 2) Tavsiya qiluvchi - huquqiy hujjatni qabul qilgan organga uni bekor qilish tavsiya qilinadi. Konstitutsion nazoratning yana 2 turi bor: 1) Hal qiluvchi - konstitutsion nazorat qo'llangan qonun (qonun loyihasi) bekor qilinadi. 2) Maslahat beruvchi - tavsiya xarakteriga ega.5 Majburiylik darajasiga qarab konstitutsiyaviy nazoratning quyidagi 2 turi mavjud: 1) Majburiy qonun talablariga muvofiq o'tkaziladi. 2) Fakultativ sub’yektlarning tashabbusiga ko'ra o'tkaziladi. Konstitutsiyaviy nazorat organining qabul qilgan qarori ham farqlanadi: 5 V .Y E .C h irk in . K o n stitu isio n n o y e p rav o z a m b e jn ix stran. М .. «Y u rist» . 2001. str-54. 48
• Qrqaga qaytish kuchiga ega(bunday qavorlar extuns qarorlar deb nomlanadi) bo'lgan qarorlar; •
Faqat qabul qilinganidan so'ng kuchga kiruvchi qarorlar (bunday qarorlar exnunc deb nomlanadi). Birinchi variant k o 'p noqulayliklar tug'dirganligi sababli, odatda, ko'pchilik mamlakatlarda faqat ikkinchi shakli qo'llanadi.6 Konstitutsiyaviy nazorat amalga oshirilish joyiga ko'ra 2 turga bo'linadi: 1) Ichki konstitutsiyaviy nazorat akt chiqargan organning o'zi amalga oshiradi. 2) Tashqi konstitutsiyaviy nazorat-boshqa organlar tomonidan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaviy nazorat amalga oshirilish hajmiga k o'ra 2 turga bo'linadi: 1) To'liq jamiyat munosabatlarini barcha tizimini qamrab oladi; 2) Qisman belgilangan doiradagi munosabatlarni qamrab oladi (inson va fuqarolaming huquqlariga oid niunosabatlar, federativ niunosabatlar).7 Konstitutsiyaviy nazorat organlarining nazoratni amalga oshirishi biror bir sud ishini ko'rish yoki hech qanday ish qo'z g'atuvchi sud ishisiz to 'g'rida n - to'g'ri vakolatini amalga oshirish orqali amalga oshirilishi mumkin. Konstitutsiyaviy nazorat qo'yidagi hollarda vujudga kelishi mumkin. Biror bir ish yuzasidan nazorat olib borish zarurati orqali - AQSH, Italiya, GFR, Meksika, Hindiston. Hech qanday obyektiv sababsiz, nazoratni amalga oshirish vakolatini amalga oshirish funksiyasi orqali - ya’ni bu haqda konstitutsiyada to 'g 'rid a n -to 'g 'ri nazarda tutiladi, Fransiyada shunday tartib o'rnatilgan. Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirishning bu ikki turi ham bir vaqtning o'z id a bir mamlakat doirasida amal qilishi mumkin. Agar ish q o'z g'atisb uchun biror bir imkoniyat paydo bo'lsa, unda amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy nazorat insidentli konstitutsiyaviy nazorat, ya’ni aniq nazorat deb yuritiladi. Agar amalga
oshiriladigan nazorat
konstitutsiyaviy nazorat
organning odatdagi vakolatini amalga oshirish tartibi bo'Isa,ya’ni nazoratni amalga oshirish uchun hech bir sud ishi yoki vaziyatni vujudga kelishi talab etilmasa, bu abstrakt konstitutsiyaviy nazorat deb yuritiladi. Abstrakt konstitutsiyaviy nazoratni to 'g 'rid a n to'g'ri amalga oshiriladigan nazorat deb ham yuritiladi. 6 O' sha joyda. 7 B ,A .S tr a s h u n . K o n s l i tu t s i o n n o y c p r a v o / a r u b e j n i x s t r a n , T o m 1 - 2 , O b s h a y a c b a s l. -М .: «В ек » -. 1 9 9 6
. s t r - 7 8
- 7 9
. 49
To'g'ridan to'g'ri amalga oshiriladigan konstitutsiyaviy nazorat odatda, konstitutsiyaviy nazoratni maxsus sudlar amalga oshiradigan mamlakatlarda amal qiladi. Bunda mamlakatdagi har qanday normativ huquqiy aktlarning konstitutsiyaga muvofiqligi baholanadi. Qonun vakolatli organlar tomonidan chiqarilgandan keyin har qanday vakolatli yoki manfaatdor shaxs ushbu qonunni konstitutsiyaviyligini baholab berish talabi bilan konstitutsiyaviy nazorat organiga murojaat qilishi mumkin. Murojaat qilish huquqiga ega sub’yektlar doirasi maxsus qonunlar bilan belgilangan, Ayrim davlatlarda konstitutsiyaviy nazoratning har ikkala ko'rinishi ham mavjud. Masalan, Italiya va Germaniyada shunday nazor at shakllari mavjud. Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirilish talabi bilan murojaat qilish huquqiga ega sub’yektlar doirasi, ya'ni initsiatorlar sifatida har bir mamlakat qonunchiligiga ko'ra, turlicha belgilanganini ko'rishimiz mumkin. Deyarli barcha xorijiy mamlakatlarda initsiator sifatida dastlab ushbu huquqqa vakolatli organlar e'tirof etiladi. Undan so'ng esa, yuridik va jismoniy shaxslar e'tirof etiladi, aniqroq qilib aytadigan bolsak , dastlabki o'rinlarda quyidagilar bo'lishi munikin: davlat boshliqlari, hukumat a'zolari, deputatlar, parlament komissiyalari, sud komissiyalari. Agar ushbu davlat qonunchiligida nazarda tutilgan bo'lsa, fuqarolar ham sub’yekt sifatida e'tirof etiladi. Ko'pchilik hollarda konstitutsiyaviy nazorat organining chiqargan qarori deyarli hamma mamlakatlarda hal etuvchi qaror sifatida e'tirof etiladi. Hamda ushbu qaror ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas. Ushbu qaror yuzasidan appelyatsiya qilish faqatgina o'sha sudning qarori asosida amalga oshiriladi. AQShda, Shveysariyada, Konstitutsiyaviy nazorat organlari qonun kuchga kirgandan so'ng ular yuzasidan nazoratni amalga oshiradi. Konstitutsiyaga zid deb topilgan qonunlar amalda qabul qilinmaydi. Ayrim davlatlarda Konstitutsiyaviy nazoratning har ikki turi amal qiladi, ya'ni bu mamlakatlarda nazoratning ham majburiy, ham oqibat keltiruvchi turlari amalda joriy etilgan. Bu qabul qilingan qonunning niuhimligiga bog'liq. Ushbu davlatlarda muhim organik qonunlar nazorati oldindan ya'ni majburiy nazorat qilish orqaii amalga oshirilsa, kamroq ahamiyalli qonunlar esa oqibat keltiruvchi nazorat orqaii amalga oshiriladi. Federativ tuzilishdagi davlatlarda Konstitutsiyaviy nazorat organlari Federatsiya sub'yektlari va ular o'rtasidagi nizolarni ham ko'rib hal etadi. Ayrim davlatlarda masalan, Shveysariyada Federatsiya 50
sub’yektlarida qabul qilingan qonunlar Konstitutsiyaviy nazorat qilinmasligi mumkin. U yerda Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirishning yagona amal qiluvchi qoidasi mavjud bo' Imasada, hamma Federatsiya sub’yektlarida bir xilda e'tirof etilgan yagona konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish prinsipi mavjud/’ Ushbu prinsip amaldagi qonunlami konstitutsiyaga muvofiqligini nazorat qilishdir. 3-§. Um um iy yurisdiksiyali sudlar hamda m axsus yurisdiksiyali sudlar tom onidan konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshirish turli davlatlarda har xil davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu davlatlarning boshqaruv shakli hamda tuzilish shakliga bog'liq. Konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar 2 xil bo'lishi mumkin: 1. Ixtisoslashmagan organlar; 2. Maxsus organlar. Ixtisoslashmagan konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi organlar. Sotsialistik davlatlarda konstitutsiyaviy nazorat funksiyasini, ayniqsa, qabul qilinayotgan qonunlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilish parlamentga, shuningdek, uning doimiy faoliyat ko'rsatuvchi organi (oliy vakillik organi preziduimi, davlat kengashi, doimiy komitet)ga topshirilgan. Ba’zida shu maqsadda parlamentda maxsus organlar (doimiy konstitutsiyaviy koniissiya) tuzilishi mumkin. Uning tarkibiga konsti Katalog: Elektron%20adabiyotlar -> 67%20Хукукшунослик%20фанлар 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Tursunov, M, usmanova 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Davlati V a h u q u q I tarihi 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Inson huquqlari d a r slik 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Nomi barhayot to sh k en t 67%20Хукукшунослик%20фанлар -> Kriminalistika Download 18.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling