O z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I a d L iy a V a z ir L ig I t o s h k e n t d a V l a t y u r id ik in s t it u t I xorijiy mamlakatlar


-bob.  Iqtisodiy m unosabatlar ijtim oiy tuzum ning tarkibiy  qismi


Download 18.02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/54
Sana21.03.2020
Hajmi18.02 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54

7-bob.  Iqtisodiy m unosabatlar ijtim oiy tuzum ning tarkibiy  qismi

sifatida



Iqtisodiy tizim

2-§.  Xususiy va om m aviy mulk

3-§.  M ehnat huquqi

4-§.  Iqtisodiy faoliyatning konstitutsiyaviy -  huquqiy

prinsiplari

5-§.  M oliyaviy tizim

1-§. Iqtisodiy tizim

Iq tiso d iy   tiz im   d e b   -  b u   m u lk ,   ish lab   c h i q a r is h ,  m o d d iy   v a   m a 'n a v iy  

b o y lik la r n i  a y i rb o s h l a s h ,   t a q s i m l a s h   v a   iste’m o l  qilish  m u n o s a b a t la r id ir .  

T o ' g ' r i ,   a y tib   o ' t i s h   k e r a k k i,  m o d d i y   n e ’m a tla r n in g   t a q s im l a n is h i  va 

is tc ’m o l  q ilin ish i  b ila n   b o g ' l i q   ijtim o iy   m u n o s a b a t l a r   ijtim o iy   tu z u m n i n g  

b o s h q a   bir  ichki  tiz im i,  y a ’ni  so tsial  ichki  tiz im i  te gishli  b o ' l a d i ,   b ir o q  

q i s m a n   iq tisodiy  ic h k i  ti z i m g a  h a m   kiradi.

Shu  munosabat  bilan  Braziliya  Konstitutsiyasining  170-moddasi 

c’tibomi  jalb  etadi.  Unda  inson  mehnatini  baholash  va  erkin  tashabbusga 

asoslangan  ijtimoiy  tuzum  tamoyillari  ro'yxati  berilgan.  Konstitutsiya  bu 

tamoyillarga  amal  qilishlik,  barchaga  ijtimoiy  adolat  talablariga  muvofiq 

munosib  yashash  sharoitini  ta'minlash  uchun  zarur  deb  hisoblaydi.  Bu 

tamoyillar 

quyidagilardir: 

milliy 

mustaqillik, 

xususiy 

mulkchilik, 

mulkning  ijtimoiy  funksiyasi  (vazifasi),  erkin  raqobat,  iste’molchini 

himoya  qilish,  tashqi  muhit  muhofazasi,  mintaqaviy  va  ijtimoiy 

tengsizlikning  qisqartirilishi,  to'la  (ish  bilan)  bandlikka  intilish,  Braziliya 

qonunlariga ko'ra, ta'sis etilgan, mamlakatda joylashgan kichik korxonalar, 

jumladan, ularning boshqaruv organlariga ko'mak va boshqalar.

2-§. Xususiy va om m aviy mulk

Mulk  munosabatlarining  konstitutsiyaviy-huquqiy  tartibga  solinishi 

hajmi va tavsifi konstitutsiyaviy huquqning ikki asrlik tarixi  mobaynida bir 

qator o'zgarishlarga duch keldi.

Avvalo,  shuni  ta'kidlash  kerakki,  oddiy  nutqda,  ba'zan  esa  qo- 

nunchilikda  ham,  jumladan,  konstitutsiyaviy  qonunchilikda  “mulkchilik” 

atamasi  salkam  ikki  xil  ma'noda  tushuniladi.  Ushbu  atamaning  ancha 

umumiy,  falsafiy  va  aniq  ma'nosi  -   bu  moddiy  ne'matlarni  o'zlashtirish 

shakli,  bu  boradagi  insonlar  orasidagi  munosabatlardir.  Bu  ma'noda 

mulkchilik  huquqi  qadimgi  Rim  huquqchilari  belgilaganidek,  bu  muayyan

62


m u l k d a n  

foydalanish  va  egalik  qilish  huquqidir.  “Tabiiy  boyliklar  davlat 

mulkidir”,  deyiladi 

1992  yildagi  Yugoslaviya  Ittifoq  Respublikasi 

Konstitutsiyasi 

73-moddasining, 

1-qismida. 

Binoharin, 

davlat 

bu 

konstitutsiyaga  ko'ra  mavjud  barcha  tabiiy  boyliklaming  mulkiy  egasi 

(xo'jayini)  hisoblanadi  va,  jumladan,  hatto  ularni  ishlab  chiqish  huquqi 

boshqa  shaxslarga  berilgan  holatlarda  ham  davlat  daromad  olishga  haqli 

bo'ladi.  Ammo  boshqa  tomondan,  bunday  konstitutsiyaviy  me'yor  bilan 

tabiiy  boyliJdarga  ega  bo'lish  erkinligi  cheklab  qo'yilgan:  davlat  ularga 

mulkchilik  huquqini  beraolmaydi.

“Mulk”  atamasining  boshqa  ma'nosi  -   mulk.  Masalan.  1991  yilda 

qabul  qilingan  Bolgariya  Respublikasi  Konstitutsiyasining  18-moddasi,  1- 

qismida  belgilab  qo'yilgan:  “Yer  osti  boyliklari,  suv  havzalarining  sohil 

chizig'i,  respublika  yo'llari,  shuningdek,  suvlar,  o'rmonlar  va  milliy 

ahamiyatdagi 

bog'lar, 

qonunda  belgilangan 

tabiiy 

va  arxeologik 

qo'riqxonalar  mutlaqo  davlat  mulki  hisoblanadi”,  ya'ni  faqat  va  faqat 

davlat egalik qilishi  mumkin  bo'lgan  mulk  hisoblanadi.

Tushunchalar  haqida  so'z  yuritayotib,  ba'zan  konstitutsiyalarda  ham 

uchrab  qoladigan  '‘mol-mulk”  (bisot,  boylik)  kabi  tushunchani  ham  eslab 

o'tish  joiz.  Ba'zan  “bisot”  (mol-mulk)  atamasi  “mulk”,  “mulkchilik”, 

“narsa”  (boylik)  tushunchalarining  sinonimi  bo'lib  xizmat  qiladi.  Biroq 

ko'pincha fuqarolik-huquqiy  mazmunga ega bo'lmaydi  va ushbu  mulkning 

qinmiatiga  ko'ra,  kimning  mulki  ichida  bo'lishidan  qat’i  nazar  davlat  yoki 

o'zini  o'zi  boshqaruvchi  ommaviy  hokimiyat  yurisdiksiyasi  ostida 

turishini  bildiradi.  Shu  bois  ham  mulkdor  uchun  muayyan  cheklashlar 

belgilab  ko'yilishi 

mumkin.  Masalan, 

1992  yilda  qabul  qilingan 

M ongoliya  Respublikasi  Konstitutsiyasining  5-modda,  5-qismi  shuni 

ko'zda  tutadi:  “Bo'rdoqi  mollar  milliy  mol-mulk  hisoblanadi  va  davlat 

himoyasi  ostida turadi”.

O 'z  tavsifiga  ko'ra,  mulk  ikki  turga  bo'linadi:  ommaviy  (jamiyat) 

mulk  va  xususiy  mulk.  Ommaviy  mulk  o'zining  bo'linmasligi  bilan  farq 

qiladi  va  fuqaro  mulk  aylanishi  (oboroti)dan  ajratib  olinadi.  Masalan, 

xususiy  mulk bo'linish va aylanishi  (oborot) mumkin.

Ommaviy  (jamiyat)  mulk  huquqi  sub’yekti  bo'lib  davlat,  federatsiya 

sub’yekti  (shtat,  provinsiya  va  hokazo),  o'zini  o'zi  boshqaruvchi  mahalliy 

hududiy jamiyat  (mintaqa,  shahar, jamoa  va  boshqalar),  ba’zi  hollarda  esa

-   ijtimoiy  tuzilmalar  (siyosiy  partiya,  cherkov  va  boshqalar)  hisoblanishi 

mumkin.  Masalan,  shaxs  shaharda  joylashar  ekan,  shahar  mulk  egalari 

safiga  avtomatik  tarzda  (beixtiyor)  kirib  qoladi,  shahami  tark  etganda  esa, 

ya’ni  boshqa  bir  joyga  joylashish  uchun  xuddi  shu  tarzda  bu  sifatdan

63


mahrum  bo'ladi  va  o'z  uiushini  oiib  ketish  huquqidan  mahrum  bo'ladi. 

Ommaviy  mulk  har  doim  jamoa  mulkidir.  Jamoaviylik  esa  barcha 

mulkdorlar  uchun  teng  tarzda  mulkka  ega  bo'lish  huquqini  ko'zda  tutadi. 

Ba'zan  qonunchilik  umumiy  (ommaviy)  mulk  huquqiga  ega  bo'luvchilar 

sifatida  bir  guruh  kishilarni  emas,  shu  guruh  (jamoa)ni  boshqaruvchi 

organlar  (munitsipial  kengashlar  va  hokazolar)ni  tan  oladi.  Bu  organlar 

o'zlari  mulkdor  hisoblanadilarmi  yoki  yo'qmi,  bundan  qat'i  nazar,  odatda, 

o'sha tegishli jamoaning  umumiy  mulki  ichida bo'lgan mulkka joriy egalik 

huquqini  amalga oshiradi.

Xususiy  mulk  huquqi  sub’yekti  bo'lib  har  qanday  jismoniy  yoki 

yuridik  shaxs  hisoblanishi  mumkin,  ya’ni  xususiy  mulk  shaxsiy,  oilaviy, 

guruh,  jamoa  shaklida  bo'lishish  mumkin.  Guruh  mulki  bo'lganda  ayrim 

mulkdorlarning  umumiy  mulkka  ega  bo'lish  huquqlari  hajmi  teng  bo'lish 

yoki  teng  bo'lmasligi  mumkin, jumladan  hissa,  aksiya  va  boshqa  shaklda 

yuzaga  keluvchi  hissa  niiqdoriga  bog'liq  bo'lishi  mumkin.  Shuni  alohida 

ta’kidlash 

kerakki, 

davlat, 

shahar 

va 

boshqa 

umumiy 

huquq 

korporatsiyalari,  masalan  qandaydir  bir  xususiy  firmaning  (shirk it) 

aksiyalar  paketiga  ega  bo'lgan  holda  xususiy  mulk  sub’yektlari  bo'lishi 

hani  mumkin.

Shu  tarzda,  ta’kidlash joizki,  mulkning  ommaviy  yoki  xususiy  tavsifi 

(mohiyati,  xarakteri),  eng  avvalo,  egasi  hisoblanuvchi  shaxs  bilan  emas, 

mulk tar tibi  (rejim) bilan belgilanadi.

Yana  shuni  ta’kidlash  joizki,  shahar  (munitsipial)  va  jamoa 

(kommunal),  xuddi  shuningdek,  mintaqaviy  (viloyat,  tuman  va  hokazo) 

mulk,  ommaviy  mulk  hisoblanadi.  Bu  tegishli  hududiy  jamoalarning  va 

birlashmalarning  (ba'zan  ta'kidlab  o'tilganidek,  o'z-o'zini  boshqaruv 

organlarining  mulki  bo'lib,  uni  davlat  organlari  emas,  mahalliy  o'z-o'zini 

boshqaruv  organ  (idora)lari  boshqaradi.  Bunday  holatlarni  ko'pincha 

demokratik davlatlarda uchratish mumkin.

Mulkning  ommaviy  (mulk)dan  xususiy  (mulk)ga  aylantirilishi 

xususiylashtirish  deyiladi,  xususiylikdan  ommaviy  shaklga  aylantirilishi 

esa  milliylashtirish  (natsionalizatsiya)  deyiladi,  agar  uning  egasi  davlat 

bo'ladigan 

bo'lsa, 

boshqa 

turli 

hollarda 

bu 

sotsializatsiya 

(ijtimoiylashtirish) deb ataladi.

Dastlabki  konstitutsiyalarda  mulk  odatda  umumiy  tarzda,  uning 

turlari,  ko'rinishlari  va  uning  huquq  sub’yektlariga  aniqlik  keltirilmasdan 

kafolatlanar  edi.  Albatta,  birinchi  navbatda  ushbu  kafolat  xususiy  mulkka 

aloqador bo'lgan, ommaviy  mulk  ichida bo'lgan  mulk (mol-mulk)  miqdori 

oz  bo'lgan.  Bunga  misol  qilib  inson  va  fuqaro  huquqlari  Fransiya

64


Deklaratsiyasining 

17-moddasini 

keltirish 

mumkin. 

Unda  shunday 

deyilgan:  “Mulk  huquqi  daxlsiz  va  muqaddas  huquq  bo'lgani  uchun  ham 

hech  kim  bunday  huquqdan  qonunda  belgilangan  ijtimoiy  zururat 

bo'lmagan  hollarda  va  adolatli,  hamda  oldindan  qoplash  (to'lash) 

shartlari dan 

boshqa 

holatlarda  mahrum  qilinishi 

mumkin 

emas”. 

Keltirilgan  qisqa  ta'rifdan  bir  qator  yuridik  oqibatlar  kelib  chiqadi,  aynan 

aytadigan bo'lsak bu:

a)  mulk(chilik) huquqi  umuman  ajralmasdir;

b)  bunday  huquqdan  mahrum  qilinish  faqat  istisno  sifatidagina 

mumkin.

v)  ushbu  huquqdan  mahrum  qilish  faqat  qonunga  binoan  amalga 

oshirilishi  mumkin.

g)  bunday  qonun  sub’yekti  mulk  huquqidan  mahrum  qilish  mumkin 

bo'lgan ijtimoiy zarurat yuz bergan holatlami belgilashi lozim;

d)  bu  zarurat  aniq  ravshan  ko'rinib  turmog'i  lozim  (ushbu  talab 

nafaqat  huquqni  ijro  etuvchiga,  balki  qonun  chiqaruvchiga  ham 

tegishlidir);

y e )   m u lk   h u q u q i d a n   m a h r u m   q ilis h   faq a t  t o ' l o v   ( q o p l a s h )   b i l a n g i n a  

m u m k i n ;

j)  to'lov  (qoplash)  adolatli  bo'lm og'i  lozim  (adolat  mezonlari  bilan 

belgilanishi  lozim;  musodara  etilgan  mulkning  bozordagi  bahosi  bunday 

mezonni  tashkil  etishi  mumkin  hamda  undan  foydalanishda  qo'ldan  boy 

berilgan foydaham   hisobotga olinm og'i  kerak.

z)  to'lov (tovon,  qoplash)  oldindan,  ya’ni  mulk  musodara qilinishidan 

oldin amalga oshirilishi lozim.

Xususiy  mulk  o'z  mol-mulkiga  xususiy  tarzda  egalik  qilish,  undan 

foydalanish  va  uni  tasarruf  etish  huquqidan  iborat.  Xususiy  mulk 

mulkdorning  ishlab  chiqarish jarayonida  va  yollanma  mehnatni  qo'llashda 

shaxsan  bevosita  ishtirok  etishiga  asoslanishi  mumkin.  Xususiy  mulk 

boshqa  mulk  shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  himoyasidadir.  Mulkdor  o'z 

mulkidan  faqat  qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda va  tartibdagina  mahrum 

etilishi  mumkin.  Xususiy  mol-mulkini  sarmoya  sifatida  o'rtaga  qo'yish, 

davlat,  kooperativ  va  o'zga  korxonalarning  mol-mulkini,  ijaraga  olingan 

mol-mulkni  sotib  olish,  mol-mulkini  kimoshdi  savdosida  yoki  qonunda 

y o 'l qo'yiladigan o'zga asoslarda xarid etish asosida yuzaga keladi.

X X   asrning  birinchi  yarmida  davlatning  ijtimoiy-iqtisodiy  sohada 

tutgan o'm ini kuchayib ketishiga shiddatli  yo'l  ochgan sotsialistik g'oyalar 

ta’siri  mulk  munosabatlarining  konstitutsiyaviy  tartibga  solinishida  kuchli 

iz  qoldirdi.  Agar  biz  Fransiya  tajribasiga  murojaat  qiladigan  bo'lsak,  u

65


holda 

1946 

yilda 

qabul 

qilingan 

va 

hozirda 

amalda 

bo'lgan 

konstitutsiyaning  so'z  boshisida  quyidagi  tamoyil  (prinsip)ni  ko'rishimiz 

mumkin:  “Har  qanday  mulk  ekspluatatsiyasi,  ommaviy  (umumiy),  milliy 

xizmat  yoki  haqiqatiy  monopoliya  xarakteriga  ega  bo'lgan  har  qanday 

korxona  barchaning  mulki  bo'lm og'i  lozim ”.  Bu  yerda  gap  majburiy 

milliylashtimv  haqida  bormoqda,  lekin  to'lov  (tovon  to'lash,  qoplash) 

haqida  gapirilmayapti,  umuman  olganda,  ushbu  me’yor  inson  va  fuqaro 

huquqlari  Deklaratsiyasining  17-moddasida  keltirilgan  tamoyillar  bilan 

birgalikda  izohlanmog'i  lozim,  ammo  ma'lum  afzallikka  ham  ega.  Bunga 

qo'shimcha  sifatida  1958  yilda  qabul  qilingan  Fransiya  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  34-moddasi,  3-qismi  korxonalaming  milliylashtirilishi 

va  ulaming  mulkini  ommaviy  sektordan  xususiy  sektorga  o' tkazilishi 

qonun bilan  tartibga solinishini  ko'zda tutadi.

Bu  yerda,  mulkning  ijtimoiy  funksiyasi  g'oyalari  Birinchi  jahon 

urushidan 

keyin 

qabul 

qilingan 

konstitutsiyalaming 

ko'pchiligiga 

singdirilgan  va  hozirgi  zamon  konstitutsiyalarida  rivojlantirilgan.  1949 

yilda 

qabul 

qilingan 

Germaniya 

Federativ 

Respublikasi 

Asosiy 

Qonunining  12-modda,  2-qismida  shunday  deyiladi:  “Mulkchilik  bir 

vaqtning  o'zida,  mulkdan  foydalanishning  umumiy  manfaatlari  uchun 

xizmat  qilish  lozimligini  ko'rsatadi”.  Ushbu  moddaning  3-qismiga  ko'ra 

esa,  mulkdan  mahrum  qilishga  faqat  umumiy  manfaatlar  uchun  yo'l 

qo'yiladi;  u  faqat  qonun  bilan  yoki  qonunga  asosan  amalga  oshirilmog'i 

lozim;  to'lov  (tovon,  qoplash)  umumiy  manfaatlaming  umumiy  sudlarda 

to'lov  miqdorini  tortisha  oladigan  (haqli)  tegishli  shaxslar  manfaatlari 

bilan  mutanosib  sharoitlarda  belgilanmog'i  lozim;  Bunga  qo'shimcha 

o'laroq,  15-modda  shuni  ko'zda  tutadiki,  yer  va  yer  osti,  tabiiy  boyliklar 

va  ishlab  chiqarish  vositalarini  umumlashtirish  maqsadida  ijtimoiy  mulk 

yoki  jamiyat  xo'jaligining  boshqa  shakllariga  uning  to'lov  turi  va 

miqdorini  belgilovchi  qonun  bilan  o'tkazilishi  (aylantirilishi)  mumkin. 

Sotsialistik  konstitutsiyalar  shundan  kelib  chiqadiki,  ishlab  chiqarish 

vositalari  xususiy  mulk  ixtiyorida bo'lm asligi  lozim,  faqat  mayda  (kichik) 

ishlab  chiqarish  va  mayda  savdo  bundan  mustasno.  Jar  yoqasiga  olib 

kelingan  sotsializm g'oyasini  Konstitutsiyasida ko'rish mumkin.

Ushbu  konstitutsiyaning  18-moddasiga  muvofiq  ishlab  chiqarish 

vositalari  davlat  va  shirkat  tashkilotlarigagina  tegishlidir.  19-moddaga 

muvofiq  davlat  mulki  umumxalq  boyligi  hisoblanadi  va  davlat  mulk 

huquqi  obyektlari  cheklab  qo'yilmaydi.  Mamlakatning  barcha  tabiiy 

boyliklari,  muhim  zavod  va  korxonalar,  bandargoh  (port)lar,  banklar,

66


transport  va  boshqa  aloqa  vositalari  faqat  davlatga  qarashlidir.  Davlat 

mulki  iqtisodiyot taraqqiyotida yetakchi  rol o 'у nay di  (o'rin egallaydi).

Shirkat 

(kooperativ) 

mulki 

KXDR 

Konstitutsiyasining 

20- 

moddasida,  shirkat  xo'jaliklariga  birlashgan  mehnatkashlarning  jamoa 

mulki  (boyligi,  bisoli)  sifatida  ta’rif  (izox)langan.  Shirkat  tashkilotlari 

qishloq  xo'jalik  ashyo  (invcntar)lari,  baliqchi  kemalar,  inshootlar, 

N huningdck, 



o'rtu  vu  inuyda  zavod  va  korxonalarga  egadir.  Davlat  shirkat 

mulkini  qonun  bilan  muholaza  qiladi.  Bu  yerda  gap  xususiy  mulkning 

jamoa  shakli  haqida  borayotgandck  tuyuladi,  lekin  amalda  esa  KXDRda 

shirkat  mulki  davlatlashtirilgan  va  huqikatda  ommaviy  (umumiy)  mulkka 

uyluntirilgun.  KXDR  Konstitutsiyasining:  “davlat  sotsiolistik  shirkat 

xo'jaligi 

mulkning 

ijtimoiy  funksiya  tizimini 

mustahkamlaydi  va 

r iv o j l a n t i r a d i ,  



shirkat  mulkini,  o'sha  shirkatning  tashkilotiga  birlashgan 

(uyushgan)  barcha  a'zolarining  o‘z  ixtiyorlari,  roziligiga  muvofiq 

umumxalq  mulkiga  bosqichma-bosqich  aylantirib  boradi”,  deyilgan 

me'yorni  belgilovchi  21-moddasi  shundan  dalolat  beradi.  Totalitar  tuzum 

sharoitida  “erkin  ifoda”,  mehnatkashlarning  “o 'z  rozilik”  qandayligi 

yaxshi  ma'lum.  Mehnatkashlar jamoasining  qanday vosita asosida  ulaming 

o'z  mehnati  bilan  shakllangan  mulkining  barchaga  tegishli  ekanligi 

to'g'risida xulosaga kelishlarini tasawur qilish qiyin emas.

Haqiqatat  sotsialistik  tuzum  mamlakat  milliy  boyligining  salmoqli 

qismini  muayyan mulkdorlar istakirodasidan qat’i  nazar hech bir nazoratsiz 

egalik  qiluvchi  partiya  -   byurokratiya  apparati  (mahkamasi)  qo'lida 

to'planishini  bildiradi.  To'g'ri,  Kuba  Konstitutsiyasi  yangi  tahriridagi  23- 

moddasining  1-qismida  davlatning  qonunga  muvofiq  tashkil  etilgan 

qo'shma  korxonalar,  xo'jalik  jamiyatlari  va  uyushmalar  mulkini  tan 

olganligi ko'zda tutilgan.

Ta'kidlanganidek,  ancha  taraqqiy  etayotgan  mamlakatlarga  kirib 

borgan  ma'lumotlashtirish  davri  (asri)  iqtisodiy  munosabatlaming  liberal 

(erkin)  modeliga  to'la  qaytilishiga  va  qisman  mulkchilik  munosabatlarini 

qayta  ko'rib  chiqishga  olib  keladi.  Mulkni  milliylashtirishning  nisbatan 

keng  imkoniyatlarini  ko'zda tutuvchi  konstitutsiya  moddalari  qo'llanilmay 

qo'yildi.  Aksincha,  ommaviy  (jamiyat)  mulk  obyektlarining  ko'pchiligi, 

ulardan  foydalanishning  samaradorligini  yanada  oshirish  maqsadida 

xususiylashtirilmoqda.

Endi  sobiq  sotsialistik  mamlakatlarga  keladigan  bo'lsak,  ularda, 

mulk  munosabatlarining  konstitutsiyaviy  tartibi  (tartibga  solishi)  keng 

xususiylashtirish  uchun  imkoniyatlar  yaratsada,  ba'zan  muayyan  muammo 

sifatida sotsialistik tasavvurlar izini  o'zida mujassam qiladi.

67


Buning  o'ziga  xos 

misolini 

Yugoslaviya 

Konstitutsiyasining 

“Iqtisodiy  tuzum”  deb  nomlangan  III  bobida  ko'rish  mumkin.  Ushbu 

konstitutsiyaning  69-moddasi  2  va  3-  qismlariga  muvofiq  mulkchilik 

kafolatlanadi  va  hech  kim  mulkchilik  huquqidan  mahrum  qilinishi  yoki 

uning  ushbu  huquqi  chegaralanishi  mumkin  emas,  agarda,  qonunda 

belgilangan  umumiy  manfaat  buni  talab  qilmasa.  Undan  tashqari  tovon 

to'lanadigan  bo'lsa,  uning  miqdori  bozor  narxlaridan  past  bo'lmasligi 

kerak.  Biroq,  bayon  qilingan  umumiy  tamoyilni  cheklovchi  holatlar 

(qoidalar)  ham mavjud.

Masalan  70-moddaga  muvofiq,  xorijlik  shaxs  mulk  huquqiga  ega 

bo'lishi  va  ittifoq  qonuniga  muvofiq  o'zaro  munosabat  sharoitidagina 

xo'jalik  faoliyati  yuritish  huquqiga  ega  bo'ladi.  Xorijlik  va  fuqaroligi 

bo'lmagan  shaxslar qo'zg'alm as  mulk (boylik)ga ega bo'lish  huquqiga ega 

emas.  Fuqaroligi  bo'lmagan  shaxs  yerni  mulk  qilib  olish  huquqiga  ega 

bo'la  olmaydi,  xorijlik  shaxs  esa,  qonunlarga  muvofiq  o'zaro  ikki  tarafli 

shartlar asosida bunday  huquqqa ega bo'lishi  mumkin.  72-moddada ko'zda 

tutilganki,  qo'zg'alm as  mulkka ega bo'lish  huquqi,  uning  tabiati  va  ittifoq 

qonuniga muvofiq, uning  maqsadiga ko'ra amalga oshiriladi.

Nihoyat,  73-modda,  tabiiy  boyliklar  davlat  mulki  ixtiyorida  bo'lishi, 


Download 18.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling