O’ zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti falsafa fakulteti psixologiya yo’nalishi


Download 325.47 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.11.2020
Hajmi325.47 Kb.
#147424
Bog'liq
psixodiagnostik testlarni standartlashtirish


 

O’



ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI  

 

MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY 

UNIVERSITETI 

 

FALSAFA FAKULTETI PSIXOLOGIYA YO’NALISHI 

 

   



 

Mavzu: PSIXODIAGNOSTIK TESTLARNI STANDARTLASHTIRISH 

 

  

Tekshirdi : p.f.n. Mullaboyeva N. 

 

 Tayorladi: Dolimova K. 

 

TOSHKENT 2013  

 

REJA: 



 

I.KIRISH 

1. Psixodiagnostik testlarda standartlashtirish tushunchasi 

2. Testlarni standartlashtirish bosqichlari va me’yorlari 

3. Standartlashtirishda validlik va ishonchlilik tushunchasi  

 

II. XULOSA 

III. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI  

 


 

KIRISH 

 Bugungi 

kunda 


jahon 

psixologiyasida 

keng 

tadbiq 


etilayotgan 

psixodiagnostik  testlar  o’ziga  yarasha  standartga  solinib  kelinmoqda.  Testlar  va 

so’rovnomalarni  yaratish,  ularni  bir  muhitdan  ikkinchi  muhitga  moslashtirish  yo 

yangi  modifikatsiyalarni  yaratish,  testlar  va  so’rovnomalardagi  ishonchlilik  va 

validlikni  belgilovchi  standartlarga  talab  ortib  bormoqda.  Bugungi  kunda  bizning 

sharoyitimizda psixodiagnostik testlarni standartlashtirishga oid muammolar ko’rib 

chiqilmoqda.  Mening  maqsadim  ham  ana  shu  izlanishlarga  hissa  qo’shishdan 

iboratdir.  

 Standartlashtirish  testlarni  mahalliy  muhit  uchun  axamiyatli  ekanligini  va 

ilmiy  tadbiqiy  asoslar  bo’yicha  xulosalarga  kelinishiga  zamin  yaratadi.  Bu 

mavzuni  yoritib  berishim  test  va  ularning  standartlari,  ishonchlilik  darajalari 

qanday  ekanligi,  testlarning  muhit  uchun  va  sinaluvchilardan  olingan  natijalar 

mutaxasislar  uchun  o’ziga  yarasha  bir  asos  bo’ladi  deb  o’ylayman.  Yuqoridagi 

fikrlarimdan  kelib  chiqqan  holda  Respublikamizda  o’tkazilayotgan  psixologik 

tadqiqotlar  sifatini  yaxshilash  imkoniyatini  yaratilishiga  va  yangi  g’oyalarni 

tug’ilishiga,  ilmiy  izlanishlarni  yanada  kengroq  bo'lishiga  psixodiagnostika 

sohasiga  yangi  bilimlarni  kirib  kelishiga  bir  omil  bo’lib  xizmat  qilishiga 

ishonaman. 

 Prezidentimiz  I.A.Karimov  takidlaganlaridek  “kishilarning  dunyoqarashini 

boshqarish  emas  balki  biz  odamlarning  tafakkurini  boyitish  uni  yangi  ma’no  va 

mazmun bilan to’ldirish tarafdorimiz

1

”, bu so’zlar ham  mening izlanishlarimning 



tasdig’idir.  Zero  bugungi  jamiyat  talabi  ham  ana  shundan  iboratdir.  Ilmiy 

izlanishlarga  mamlaktimizda  keng  imkoniyatlar  yaratilib  kelinmoqda.  Xususan 

psixodiagnostika faniga ham e’tibor ortib bormoqda.  

 

1.  PSIXODIAGNOSTIK  TESTLARDA  STANDARTLASHTIRISH 



TUSHUNCHASI 

                                                           

1

 I.A.Karimov O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. O’zbekiston. 1999. 



 

 Psixodiagnostika  shaxsning  individual  psixologik  xususiyatlarini  o’lchash 



va  aniqlash  usullarini  o’rganadigan  sohadir.  Psixodiagnostik  natijalarni  o’lchash 

orqali  psixologiyaning  yo’nalishlarida  ilgari  surilayotgan  nazariy  muloxazalar 

to’g’riligini tekshirish mumkin bo’ladi.  

 Psixodiagnostikada  metodlardan  foydalanish  qulay,  to’g’ri  va  o’sha 

natijalarni  aniq  bilish  uchun,  PSIXOMETRIK  (olingan  natijalarni  obektivligi, 

ishonchliligini,  natijalarning  aniqligini  o’lchov  ishlarini  amalga  oshiradi) 

omillardan foydalanamiz. Bu omillardan biri standartlashtirish hisoblanadi.  

 STANDARTLASTIRISH-  testni  unifikatsiyalash  jarayonini  va  baholarini 

yagona  me’yorlarga  keltirishdir.  Metodikani  standartlashtirish  tufayli  turli 

sinovdan  o’tayotganlarning  olingan  natijalarini  solishtirishga  erishiladi  va  test 

baholarini  standartlashtirish  ko’rsatkichlari  tanlovga  nisbatan  aks  ettirish 

imkoniyati  paydo  bo’ladi.  Diagnostik  metodika  har  qanday  tadqiqotchilikdan 

shunisi bilan farq qiladiki, bu farq standartlashtirishdir

2

.  



 Standartlashtirish  (A.Anastazi  bo’yicha)  bu  xatti  xarakat  jaroyonining  va 

testni  bajarishni  baholashning  bir  xilligidir.  Shu  tariqa  standartlashtirish  ikki 

o’rinda ko’rinadi. Eksperiment jarayoniga yagona talablarni ishlab chiqish sifatida 

va  diagnostik  sinovlar  natijalarini  baholashning  mezonini  aniqlash  sifatida 

ko’riladi

3

.  Eksperiment  jarayonini  standartlashtirish  qo’llanmani,  tekshiruv 



blanklarini,  natijalarni  qayd  etish  usullarini,  tekshiruvni  o’tkazish  sharoyitlarini 

unifikatsiyalashni taqozo etadi.  

 Eksperimentni o’tkazishdagi qo’yiladigan talablar quyidagilar

4



 1. Qoidalarni sinaluvchilarga bir hilda, odatda yozma yetkazish kerak

Og’zaki ko’rsatmalar berishda ular turli guruhlarda hammaga tushunarli bir 

hil ohangda bir hil so’zlar bilan yetkazilishi kerak. 

2.  Biror  bir  sinovdan  o’tayotgan  shaxsga  boshqalardan  ko’ra  hech  qanday 

imtiyoz berilishi kerak emas.  

                                                           

2

 Шванцара Й Диагностика психического развития. Прага мед-из “Авиценум” 1978 г 



3

 Анна Анастази Психологическое тестирование. Москва Педагогика-1982 г 

4

 Жан Пиаже Эксперименталъная психология. В 5 М-1975 



 

3.  Eksperiment  jarayonlarida  yana  alohida  kishilarga  qo’shimcha 



tushintirishlar berish kerak emas. 

4.  Turli  guruhlar  bilan  eksperimentlarni  imkoniyat  darajasida  kunning  bir 

paytida o’xshash o’tkazish zarur. 

5.  Berilgan  vazifalarni  yechishning  vaqt  chegarasi  barcha  sinovdan 

o’tayotganlar uchun bir hil bo’lishi lozim va h.k. 

Psixodiagnostik  testlarni  standartlashtirish  test  baholarini  chiziqli  yoki 

nochiziqli  qayta  tashkil  etishdan  iborat.  Boshlang’ich  test  baholarini  qayta  ishlab 

chiqish  mazmunini,  ularni  taqsimlash  xarakterini  o’zgartirish  va  shu  bilan  test 

natijalarini  tushinishni  va  talqin  etishni  yengillashtirishdan  iborat.  Odatda  qayta 

tashkil etishning uch asosiy turi qo’llaniladi: 

1. Normal ko’rinishga keltirish. 

2. Standart shaklga keltirish. 

3. Kvantill standartlashtirish. 

Psixodiagnostik  testlarni  standartlashtirish  normallik  aksiomasi  deb 

nomlanadigan  ko’rinishga  asoslanadi.  Ya’ni  barcha  psixik  xarakteristikalar 

populyatsiyada  GAUSS  ning  “normal  qonuni”  bo’yicha  degan  mulohazaga 

tayanadi.  Test  natijalarini  normal  taqsimlash  haqidagi  mulohazalar  biroz  ideal 

hisoblanadi.  Amaliyotda  ko’plab  testlar  beradigan  natijalar  taqsimoti  normaldan 

farq  qiladi.  Shuning  uchun  ko’p  hollarda  malumotlarni  normal  ko’rinishga 

keltirishning  usullarini  topishning  qo’shimcha  vazifasi  yuzaga  keladi.  Bu 

keltirishning  usullarini  izlab  topishing  eng  avvalida  gistogrammalar  qurish  va 

taqsimlash  poligonini  yaratish  katta  yordam  berishi  mumkin.  Ular  normallikdan 

chap yoki o’ng tomonga assimetiryani, og’ishni oson aniqlash imkonini beradi.  

 Psixologik  tadqiqotlarda  logarifmik  tasdiqlashdan  ko’p  foydalaniladiki 

ularning  xususiyati  poligonning  qattiy  chap  tarmog’i  va  o’ng  (  yani  chastota  test 

baholarning  o’sishi  bilan  keskin  tushub  ketadi  )  hisoblanadi.  Boshlang’ich  test 

ma’lumotlarni  logarifimlashda  egri  taqsimlashning  chap  tarmog’i  cho’ziladi, 

xamda  taqsimlash  biroz  normal  ko’rinish  kasb  etadi.  O’ng  tomonli  assimetiryali 

taqsimlashni  normallshtirish  uchun  ma’lumotlarni  tirigonametrik  va  darajaviy 


 

qayta  tashkil  etishdan  foydalinadi.  Shu  tariqa  normal  taqsimlash  qonuniga 



bo’ysunmaydigan 

test 


baholarini 

qayta 


tuzish 

imkoni 


tug’uladi.  

  

Test natijalarini standart natijaga keltirish 

Normal  taqsimlash  musbat  va  manfiy  yo’nalishda  cheksizlik  tomon 

yo’nalishlarda  cheksizlik  tomon  cho’zilgan  simmetirik  qo’ng’iroq  sifat  egrilik 

ko’rinishga ega. Normal taqsimlash ikki o’lchamda: General-bosh o’rtacha (T) va 

standart og’ish (S) ko’rsatkichlarga bog’liq holda belgilanadi. Egri taqsimlashning 

koordinatalari  sistemasidagi  holati  (o’rni)  T  ko’rsatkich  tomonidan  uning 

cho’zilganlik  darajasi  esa  S-kattalik  bilan  belgilanadi.  Boshlang’ich  test 

baholarining kamchiliklaridan biri bu turli testlardan olingan natijalarni solishtirish 

imkoni  yo’qligi  hisoblanadi.  Ma’lumki  turli  testlar  turli  o’rtacha  “m”  va  “s” 

standart  o’gishga  ega  shuning  uchun  ularning  natijalari  farqli  hisoblanadi. 

Natijalarni solishtirib bo’ladigan farqni yo’qotish uchun barcha baholar uchun bir 

masshtabni  kiritib  normallashtirish  lozim.  Bu  maqsadda  maksimum  taqsimlash 

egriligi  koordinata  o’qi  bilan  bir  hil  joylashadi.  Bu  operatsiya  tasodifiy  kattalikni 

markazlashtirish  deyiladi  hamda  boshlang’ich  test  baholaridan  uning  o’rtacha 

ko’rsatkichini  ayirish  orqali  (“x”-“X”)  bajariladi.  Shu  tarzida  normallashgan  test 

natijalari shunday ko’rinishga ega bo’ladiki: bunda ? - i - sinovdan o’tayotganning 

?  -  standart  test  natijasi  individual  natijani  o’rta  sinfiydan  disspersiya  nisbatida 

og’ish  darajasini  ko’rsatadi;  x^  -  i  sinovdan  o’tayotganning  boshlang’ich  test 

bahosi; X – o’rtacha arifmetik kattalik; O - o’rta kvadrat og’ish ( o2 – disspersiya ). 

Bulardan tashqari yana kvartil standartlashtirish ham bor.  

 Shu  tariqa  testlarni  qo’llashga  tayyorgarlikda  test  natijalari  3  hil  turdagi 

qayta tashkillashtirishdan o’tadi: 

 ---- Normal ko’rinishga keltirish; 

 ---- Normal shaklga keltirish; 

 ---- Kvantill guruhlarga ajratish; 

Bu  3  hil  turdagi  qayta  tashkillanishlarni  mustaqil  va  bir  biriga  bog’liq 

bo’lmagan  jarayonlar  sifatida  qarab bo’lmaydi,  balki  test natijalarini tushinish va 


 

talqin  qilish  qulay  bo’ladigan  ko’rinishga  keltirish  tomon  ketma  ket  qadamlar 



sifatida qarash kerak. 

 

2. STANDARTLASHTIRISH BOSQICHLARI VA MEYORLARI 

Standartlashtirish bosqichlari quyidagilardan iborat. 

 1- bosqich:  

Test  o’tkazishning  bir  hildagi  jarayonini  yaratish.  U  quyidagilardan  iborat. 

Diagnostik  (xolat)  momentlarini  aniqlashdan,  test  o’tkaish  sharoitlaridan  (joy, 

yorug’lik va boshqa tashqi omillar). 

-  Qo’llanma  (insturuktsiya)  mazmuni  va  taqdim  etish  xususiyatlari  (ovoz 

toni, pausa; nutq tezligi va h.k). 

 -Standart stimul materialning mavjudligi (masalan RORSHAX kartalari.) 

Maskur  testni  ochishning  vaqt  chegarasi,  maskur  testni  ochish  uchun 

standart  blankasi,  holatlardagi  omillarning  test  jarayoniga  va  natijalariga  tasirni 

hisobga  olish,  tashxis  qo’yilayotgan  shaxsning  xatti  harakatlarini  test  jarayoni  va 

natijalariga  ta’sirini 

hisobga  olish, 

sinovdan  o’tayotganlarning  testdan 

o’tishlaridagi tajribasini ta’sirini hisobga olishdan iborat. 

 2-bosqich: 

Testni  yechishning  bir  xildagi  baholash  mezonini  yaratish,  olingan 

natijalarning  standart  talqinini  (interpretatsiya)  va  olindan  standart  qayta  ishlab 

chiqish.  Bu  bosqichda  olingan  ko’rsatkich  shu  yoshdagilar  uchun  maskur  testni 

yechish me’yorlari bilan qiyoslanadi. 

3-bosqich: 

Testni yechish me’yorlarini aniqlash, me’yorlar turli yoshlar, kasblar, jinslar 

va h.k lar uchun ishlab chiqiladi. Z-standart ko’rsatkich. 

Dastlabki  baholarni  o’rtacha  kvadratik  og’ishlar  yordamida  markazlshtirish 

va me’yorga keltirish eng keng tarqalgan qayta tashkillash  hisoblanadi. Me’yorga 

keltirish jarayoni (pratsedura) o’lchovning boshqa birliklariga o’tishdan iborat.  

 Me’yorga  keltirish  funksiyasi  sifatida  odatda  Z-ko’rsatkich  (standart 

ko’rsatkich)  namoyon  bo’ladi.  U  individual  natijalarni  standart  og’ishga 


 

propartsional  birlikdagi  “X”  og’ishni  namoyon  etadi.  Normal  qonunga  mos  yoki 



yaqinligi bo’yicha taqsimlash dastlabki ko’rsatkichlarni chiziqli va nochiziqli qayta 

tashkillash  asosida  hisoblaydigan  standart  ko’rsatkichlar  psixodiagnostikada  juda 

keng  tarqalgan.  Bunday  hisobda  baholarni  Z-  qayta  tashkillash  o’tkaziladi.  z-

standart  ko’rsatkichni  aniqlash  uchun  individual  dastlabki  natijani  normal  guruh 

uchun  o’rtacha  darajasi  o’rtasidagi  farq  aniqlanadi  keyin  esa  bu  farqni  “б” 

me’yoriy tanlovga bo’lishadi.  

X – xomaki ball, (bajarilgan vazifalar miqdori)  

Mx – butun tanlov bo’yich bajarilgan vazifalarning o’rtacha kattaligi.  

б – o’rtacha kvadratik og’ish (xorij psixalogiyasida SD.) 

Ikkita  sinovdan  o’tayotganlarni  hisobni  chiqaramiz  faraz=qilaylik;  X  – 

individual  natija,  Mx  =  60,  б=5,  Z=(X-M)  /б  .  Bunda  agar  individual  natija  65 

bo’lsa, Z – ko’rsatkich =(65-60)/ 5 = + 1,0. Agar individual ko’rsatkich 58ga teng 

bo’lsa,  z-ko’rsatkich  =(58-60)/  5=-0.4  Matematik  olim  Karl  Gauss  normal 

taqsimlashni  tasvirlovchi  (ko’rsatuvchi)  funksiyani  taklif  qilgan.  Normal 

taqsimlash  tenglamasining  grafigi  ---  simmetrik  uni  modal  qo’ng’iroq  sifat  egri  ( 

yoki  taqsimlash  egriligi  ).  O’rtacha  arifmetikni  Mx  deb,  standart  o’g’ishni  б  ( 

kichik sigma ) deb ataylik

5

. Normal taqsimlashda barcha o’rganilayotgan  



kattaliklar  Mx  +  -  5  б  oralig’ida  bo’ladi.  Bu  esa  nechta  holat  o’rta 

arifmetikdan  (  va  standart  o’g’ishga  nisbatan  )  ma’lum  bir  uzoqlikda  joylashgan 

bo’lishini  oldindan  hisobini  olish  imkonini  beradi.  Mx  +  -  б  oralig’ida  68,26  % 

(foiz) yotadi, qolgan 31,74 % (foiz) 15,87 bo’yicha simmetrik joylashgan. 

Mx + - 2 б oralig’ida 95,44 % yotadi. 

Mx + - 3 б oralig’ida 99,72 % yotadi. 



PROTSENTILLAR. 

 PROTSENTIL  --  natijasi  berilgan  dastlabki  ko’rsatkichdan  past  bo’lgan 

standartlashtirish  tanlovidagi  individlarning  foiz  nisbati.  Protsentillar  shkalasini 

100 va eng past natijaga mos keladigan bir rangdagi rang ( daraja ) grodattsiyalari ( 

                                                           

5

 Гуревич К М, Акимова А К, Козлова В Т Статистическая норма или социалъно-психологический 



норматив? Психологический журнал. 1986 г. Н-3. 

 

chegara  )  uyg’unligi  sifatida  qarab  chiqish  mumkin.  50  –  protsentil  (  P  50  ) 



natijalarni taqsimlash medianasiga mos keladi, protsentillarni oddiy foiz ( prosent ) 

ko’satkichlari  bilan  aralashtirib  bo’lmaydi.  Foiz  individual  natijalarda  testning 

umumiy topshiriqlaridan to’g’ri ishlanganliklari nisbatini aks ettiradi. P 1 va P 100 

ranglarini ( darajalarini ) tanlovada kuzatilganlardan eng past va eng yuqori natija 

olganlari  mos  ravishda  olishadi  biroq  bu  ranglarga  0  ko’rsatkich  (  birorta  ham 

to’g’ri  javob  yo’q  )  yoki  mutloq  (  barcha  javoblar  to’g’ri  )  ko’astkichlarga  mos 

keladi degani emas. Masalan jami 120 ta masaladan iborat vazifada birinchi rangga 

mos  keladigan  minimal  natija  6  ta  to’g’ri  javobni  tashkil  etishi  mumkin,  ayni 

paytda  P  100  rang  mos  keladigan  maksimal  natija  95  ta  to’g’ri  yechilgan 

masaladan iborat bo’ladi.  

 Bu  kabi  holatni  misol  uchun  tezlik  testlarini  baholashda  kuzatishimiz 

mumkin.  Protsental  shkalaning  asosiy  kamchiligi  bu  o’lchov  birliklarining 

notengligi.  Normal  taqsimlashda  alohida  o’zgaruvchilar  taqsimot  markazida  jins 

birikadi  hamda  chetga  qarab  uzoqlashib  borishi  bilan  tarqaladi.  Shuning  uchun 

markaz 

yaqinidagi 



holatlar 

chastotalariga 

atrofda 

joylashgan 

baholar 

taqsimlanishining  abtsistsa  o’qi  bo’yicha  ancha  qisqa  intervallari  teng  tushadi. 

Protsentillar  normal  tanlashdagi  har  bir  sinovdan  o’tayotganning  nisbiy  holati 

ko’rsatadi,  ammo  natijalar  o’rtasidagi  farq  kattaligini  emas.  Bu  esa  individual 

natijalarni  talqin  (  interpretatsiya  )  qilishda  ayrim  noqulayliklarni  keltirib 

chiqaradi.  Masalan  P  70-80  intervalga  mos  birlamchi  ko’rsatkichlarda  farq  10 

ballni  tashkil  etishi  mumkin,  P  50-P  60  ranglari  intervalidagi  to’g’ri  javoblar 

miqdori farqi esa bor yo’g’i 1-3 ballni tashkil etishi mumkin shu bilan bir qatorda 

protsentllar  qator  afzalliklarga  ega.  Ular  psixodiagnostik  ma’lumotdan 

foydalanuvchilar  tushinishlari  uchun  oson  turli  tipdagi  metodikalar  universal  va 

oson hisoblanadi

6

.  



1) 

Standartlashtirish 

test 

o’kazish  jarayonini  qayta  ishlash  va 



reglamentatsiyasi  qo’llanma,  tekshiruv  blanklari,  natijalarni  ro’yhatga  olish 

usullarini jarayonni o’tkazish sharoyitlarini unifikatsiyalash sinovdan o’tayotganlar 

                                                           

6

 Л.Ф.Бурлачук Психодиагностика. Санк Питербург-2009. 



10 

 

kontingenti  tavsifi.  Tekshiruv  o’tkazish  jarayonini  qat’iy  davrligi  –  test 



ishonchliligini  ta’minlovchi  hamda  tekshiruvdagi  natijalarni  baholash  uchun  test 

me’yorlarini belgilashning muhim sharti. 

2)  Standartlashtirish  baholarning  normal  shkalasini  o’rganilayotgan 

ko’rsatkichning  miqdoriy  ahamiyatiga  asoslangan  emas,  balki  sinovdan 

o’tayotganlarning  tanlovida  natijalarni  taqsimlashdagi  nisbiy  o’ringa  asoslangan 

yangi shkalaga o’zgartirishdir.  



STAT NORMALAR ( Me’yorlar ) 

A) Statistik me’yorlar. 

Test ballari shkalasidagi standartlashtirish tanlovida test ballarini chastotaviy 

taqsimlanishi  asosida  hosil  bo’lgan chegaraviy  ko’rsatkich.  Odatda bu chegaraviy 

ko’rsatkichlar tanlovdan, sinovdan o’tayotganlarning aniqlangan foizini ajratadi: ( 

detsil  ),  25  (  kvartill  ),  50  (  mediyana  ).  Normal  taqsimotda  statistik  norma 

parametrlar yordamida tasvirlanadi ( o’rtacha plus / minus sigma (б), yoki standart 

o’g’ish (S)). Statistik normalar << qiyosiy javob >> qabul qilishga xizmat qiladi va 



<< me’yoriy javoblar >> qabul qilish uchun ma’lumot bermaydi. 

B) Yosh me’yorlar. 

Turli  yoshdagi bolalar  uchun  yig’ilgan  psixodiagnostik  me’yorlarning  juziy 

variyantlari hisoblanadi. 

C) Mezon me’yorlar. 

Bu diagnostik me’yor bo’lib, ularda o’lchanayotgan hossa shkalasi bo’yicha 

test  ballari  va  mezon  ko’rsatkichlari  darajasi  o’rtasidagi  muofiqlik  belgilangan 

bo’ladi.  Mezon  (  критериалъ  )  xatti  xarakatda  mezon  me’yorlari  test  ballining 

mazkur axamiyatida mezon hatti xarakatning paydo bo’lish ehtimolini ko’rsatadi. 

D) Maktab me’yorlari. 

Maktabda  erishilgan  natijalar  testi  yoki  maktab  qobiliyatlari  testi  asosida 

ishlab chiqiladi. 

E) Kasbiy me’yorlar. 

Turli kasb guruhlari uchun mo’ljallangan testlar asosida tuziladi. 

F) Lokal me’yorlar. 


11 

 

Umumiy  xususiyat  --  yosh,  jins,  geografik  muhit  (  hudud  ),  ijtimoiy  – 



iqtisodiy  mavqeyi  va  h.k.  larga  ko’ra  farqlanuvchi  tor  doiradagi  insonlar  uchun 

tuziladi. 

G) Milliy me’yorlar. 

Milliy me’yorlar berilgan millat yoki butun mamlakat vakillari uchun ishlab 

chiqiladi.  

STANAYNLAR. 

 Standart  shkalaga  nochiziqli  keltirishga  stanaynlar  shkalasi  (  ang.  Standart 

nine –  standart 9  )  misol bo’ladi.  Unda  baholar 1  dan 9,  M=5, б=2 ko’rsatkichga 

ega  bo’ladi.  Stanaynlar  shkalasi  o’zida  standart  shkala  ko’rsatkichlarini, 

yutuqlarini  va  protsentillarning  soddaligini  mujassam  etgani  holda  yanada  keng 

yoyilmoqda  dastlabki  ko’rsatkichlar  osongina  stanaynlarga  keltiriladi.  Buning 

uchun  sinovdan  o’tayotganlarning  natijalarini  ortishi  bo’yicha  ajratishadi  va 

ulardan  test  natijalarini  normal  taqsimlashdagi  proporsional  aniqlangan  baholar 

chastotasidagi shaxslar sonini guruhlar tuzishadi.  

STENLAR. 

Baholarni  stenlar  shkalasiga  (  ang.  Standst  ten  -  standart  10  )  keltirishda 

yuqoridagi  jarayonga  o’xshash  ish  bajariladi,  faqat  farqi  bu  shkala  asosida  10  ta 

standart interval yotadi. 

 Metodikani  standartlashtirishdagi  yana  bir  muhim  bosqich  diagnostik 

sinovlar natijalarini taqqoslash o’tkaziladigan mezonni tanlash hisoblanadi; chunki 

diagnostik  metodikalar  ularni  yechishda  ijobiy  yoki  salbiy  natijalarni  oldindan 

belgilangan 

standartlarni 

bermaydi. 

Metodikani 

standartlashtirish 

uni 

mo’ljallangan  tarzdagi  katta  tanlovada  o’tkazish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi. 



Sinovdan o’tayotgan guruhga nisbatan bajarishning nafaqat o’rtacha darajasi balki 

o’rtacha  darajaga  nisbatan  yuqori  va  past  variyantlarini  ham  ko’rsatuvchi 

me’yorlar  ishlab  chiqiladi.  Statistik  me’yorlarni  bajarish  uchun  me’yorlarni 

matematik statistikaning X [] [] usulidan (X- o’rtacha arifmetik, []- standart og’ish 

) foydalaniladi. X [] 5 []. Protsentill bu standartlashtirish tanlovidagi individlarning 

foiz  (%)  nisbati.  Gurevich  boshchiligida  ishlab  chiqiladigan  testlarda  hisob 



12 

 

boshlash  nuqtasi  sifatida  sinov  natijalarida  mustaqil  bo’lgan  obektiv  keltirilgan 



ijtimoiy  psixologik  normativ  yuzaga  chiqadi.  U  testni  tashkil  etuvchi  vazifalar 

uyg’unligida  amalga  oshiriladi.  Testning  o’zi  hajmi  bo’yicha  bunday  normativi 

hisoblanadi.  Hisob  boshlashning  istalgan  nuqtasini  ishlab  chiqish  va  qo’llashda 

sinovdan  o’tayotganlarning  tanloviga  e’tibor  qaratish  zarur  bo’ladi.  Matematik 

statistikada  bosh  uyg’unlik  (  general  ),  (  populyatsiya)  va  farqlashadi.  Biz  xulosa 

chiqaradigan  insonlarning  har  qanday  katta  uyg’unligi  general  –  bosh  uyg’unlik 

deyiladi.  Tanlov  bu  uyg’unlikning  qismi  yoki  ko’plik  osti.  Populyatsiya  uchun 

tadqiqot o’tkazish qabul qilinmaydi.  

Odatda  undan  insonlar  guruhi  ajratib  olinadi,  bu  standartlashtirish  tanlovi 

bo’lib, uning ustida test o’tkaziladi va uning yordamida general – bosh uyg’unlik 

baholanadi. Tanlov ishonchli xarakter kasb etgani baholash uchun ko’rsatilayotgan 

populyatsiya  uchun  tasavvur  etib  bo’ladiga  bo’lish  kerak.  Ya’ni  uning  ehtimolli 

hossalari general – bosh uyg’unlik hossalariga mos tushish yoki yaqin kelish kerak. 

Tanlovni  tasavvur  qilib  bo’ladiganligini  ta’minlashni  usullaridan  biri  bu 

populyatsiyani cheklash hisoblanadi ( jins, yosh, kasb, sog’liq, ijtimoiy – iqtisodiy 

mavqeyi  va  h.k.  lar.  ).  Bunday  populyatsiya  spetsifik  (  o’ziga  hos  )  sifatida 

ta’riflanadi. 

1) Standartlashtirishni tanlashda sinovdan o’tayotganlarni tanlash. 

2) Strukturasida o’zgaruvchan axamiyatli, kam axamiyatli ( yosh, jins ) larni 

aniqlangan, populyatsiyani belgilash. 

3)  Populyatsiya  axamiyati  o’zgartiruvchilarga  bog’liq  holda  qismlarga 

bo;linadi. 

4)  Sinovdan  o’tuvchilar  tasodifiy  tartibda  va  uyg’unlikni  har  bir  axamiyatli 

qismi soniga nisbatan propoirtsional tanlab olinadi. Tanlovning minimal chegarasi 

- 200 kishi. 

3. STANDARTLASHTIRISHDA VALIDLIK VA ISHONCHLILIK 

TUSHUNCHALARI 

 Psixodiagnostikaning  standartlashtirish  muammolari  sarasiga  kiruvchi 

muammolar  bu  testlardagi  “validlik”  va  “ishonchlilik”  muammolaridir.  Bu  ikki 


13 

 

tamoyil  metodika  va  testlarni  standartlashtirishda  asosiy  omildir.  Validlik 



mummosi  baxsli  muammolar  sarasiga  kirganligi  bois  u  insonning  xususiyatlarini, 

jamiyat  oldidagi  o’rni,  kasbiy  salohiyati  qay  darajada  ekanligini  yanada  aniqroq 

ko’rsatib berishga qaratilgandir. Ishonchlilik testning validlik kabi asosiy darajasini 

belgilovchi  tamoyil  hisoblanadi.  Ishonchlilik  test  natijalarining  darajalar 

muofiqligini  muhit  uchun  axamiyatli  ekanligi  va  sinaluvchining  psixologik 

xususiyatlarini  darajasini  belgilaydi

7

.  Umuman  test  va  metodikalarning  vaqt 



asosida bo’lishlik va xaqqoniyligini ko’rsatuvchi omildir. Endi qisqacha validlik va 

ishonchlilik tushunchalariga to’xtalib o’tsak. 



VALIDLIK –  (  ing.  “xaqiqiy  deb  tan olish”,  “tasdiqlash”  ) test natijalarini 

baholashdagi  asosiy  mezon.  Validlik  tushunchasi  progmatik  g’oyaning  asosiy 

amali deb biladi, shaxsning psixologik xususiyatlarini tekshira oladi. Ilgari validlik 

so’zining  ma’nosi  <<  testing  sifati  >>  tushinilgan  bo’lsa  hozirgi  paytda  <<  test 

natijalarini  interpretatsiya  qilmoq  >>  bo’lib,  asosiy  tushuncha  borligi  va  test 

natijalarini  qo’llash  tushiniladi.  Validlik  tushunchasi  testning  sifatini  emas,  balki 

testning natijalari bilan o’xshash taraflarini ko’rsatadi. 

 Amerikalik  olima  A.Anastazining  muloxazalariga  qaraganda  TEST  ning 

VALIDLIGI  –  “testni  o’lchovchi”  va  “  o’zgartiruvchi”  degan  ma’noni  beradi. 

Validlik  bizga  metodikaning  qo’llanishiga  yaroqli  yoki  yaroqsizligini  aniqlab 

beradi. Validlikni nazariy jihatlarini o’rganuvchi eng keng qo’’laniladigan usul bu 

konvergent validlik hisoblanadi. Boshqa metodikalar bilan taqqoslash diskreminant 

validlik  hisoblanadi.  Keyingi  validlik  bu  progmatik  validlik  hisoblanadi.  Bu 

metodikaning amaliy jihatdan qanchalik yaroqli ekanligini tekshiradi. 

 Validlikning bir necha turlari mavjud ular quyidagilardir. 

1) Konkurent validlik. 

2) Prognostik validlik.  

3) Konseptual validlik. 

4) Ichki validlik. 

                                                           

7

 Rasulov A.I. “Psixodiagnostika”-2010 



 

14 

 

5) Differensial validlik. 



1) Konkurent validlik – bu validlik turi baholash korrelyatsiyasi yig’indisini 

testlardagi boshqa validlik turlarini o’rganishni yanada soddalashtirib beradi. 

2)  Prognostik  validlik – testlarning darajasini,  axborotini, xarakter darjasini 

aniqlik  ko’rsatkich  asosida  belgilab  beradi.  Bu  validlik  turida  vaqtni 

o’lchanganligini ko’rsatadi. 

3)  Konseptual  validlik  –  bunda  operatsional  validlik  tushinaladi, 

interpretatsiya  usulining  adekvatliligi,  u  termin  va  atamalarning  to’g’ri 

qo’llanishini  ta’minlaydi.  Konseptual  validlik  1955  –  yili  L.Kronbax  tomonidan 

tasdiqlangan,  nazariy  tuzilgan  testni  o’zgaruvchanligi  bilan  bog’liq.  Bir  mezonni 

topish  qiyin  bo’lganda  gipotezaga  nazar  tashlanadi.  Bu  gipotezalarning  tasdig’i 

nazariy  asoslanish  bilan  ko’riladi.  Konseptual  validlik  validliklarning  ichida  eng 

murakkab  deb  tan  olinadi.  Bunda  bir  natija  o’rniga  ko’plab  natijalarni  qayd  etish 

lozim.  

4) Ichki validlik – bu validlik turi ham boshqalarini bir biri bilan bog’lashni 

ta’minlaydi.  Bu  validlik  turi  alohida  muolajadan  iborat  bo’lib  belgilash,  aniqlash 

bir necha ko’rinishlar asosida tajribada to’liq amalga oshadi.  

5)  Differensial  validlik  –  validlikning  bu  turi  testlardagi  qiziqish 

darajalarining  taqqoslanishiga  sabab  bo’ladi.  Misol  uchun  ikkita  masalaga  doir 

yechimni  olaylik  bunda  uning  sababi  aniqlanishga  xarakat  qilinadi.  Yechimni 

topish  usullari  ko’riladi.  Topilmaning  yechimlari  o’zaro  solishtirilib  bir  biri  bilan 

taqqoslanadi. Validlikning bu turi ham psixik umumiylikni o’zaro taqqoslaydi. 

ISHONCHLILIK  –  metodikaning  ishonchliligi  haqida  mo’ljallangan 

hossani aniq o’lchanganligini ko’rsatadi.  



Ishonchlilik mezoni sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 

Metodikaning  avval  o’tkazilgan  sinaluvchilariga  huddi  o’sha  sharoyitlarda 

ma’lum bir oraliqdagi vaqtdan keyin yana takroran qo’llanilsa har ikki testlarning 

natijalari bir biridan sezilarli farq qilmaydi. Bu ishonchlilikni ko’rsatadi. Tasodifiy 

tashqi  omillar  test  natijalariga  axamiyatli  ta’sir  ko’rsatmaydi.  Tashqi  omillar  ( 

begona  omillar  )  sifatida  quyidagilarni  keltirish  mumkin;  emotsional  holat  va 



15 

 

charchoq  --  agar  ular  o’rganilayotgan  xarakteristikalar  doirasiga  kirmasa, 



shuningdek  xona  harorati,  yoritilganlik  darajasi  va  boshqalar.  Bunday  tasodifiy 

tashqi  omillarni  boshqacha  qilib  o’lchov  jarayonining  “beqarorlik  omillari”  deb 

ham atashadi.  

Bunday  o’zgarishlardan  keyin  ekspremintator  va  respondent  boshqacha 

holati kuzatiladi

8

.  



Ishonchlilikni baholashning turli usullari mavjud: 

---  RETEST  USULI  –  sinovdan  o’tayotganlarning  ajratib  olinganlarni 

huddi  o’sha  test  bilan  bir  hil  sharoyitda  ma’lum  vaqtdan  keyin  takroran  testdan 

o’kazish tushinaladi. Vaqt oralig’I yoshga ( masalan yosh bolalarda o’zgarishlar 1 

oy  ichida  sodir  bo’lishi  mumkin  )  shuningdek  sinovdan  o’tayotgan  shaxslarning 

hayotida sodir bo’layotgan turli hil hodisalar bilan bog’liq.  

 ORALIQ ( INTERVALL ) RETEST testi: 

 Bu tushincha turli vaqtlar oralig’ida olingan ikkita testning olingan natijalar 

o’rtasidagi  korrelyatsiya  koefsenti  ishonchlilik  indeksi  sifatida  qabul  qilinadi. 

Olingan  yuqori  korrelyatsiya  sinovdan  o’tayotganlarni  bu  kabi  masalalarda 

tayyorlanganligining  natijasi  bo’lishi  mumkin.  Past  korrelyatsiya  sinovdan  o’tayo 

tga  shaxslarda  sodir  bo’lgan  o’zgarish  natijasi  bo’lishi  mumkin  yoki  testning 

ishonchsiz  ekanidan  dalolat  berishi  mumkin.  Bu  usulda  sinovdan  o’tayotganlarni 

minimal  vaqt  oralig’ida  huddi  o’sha  sharoyitlarda  testning  parallel  shakli  orqali 

takroriy testdan o’tkazish tushuniladi.  

 “A” test interval A’ test. 

 Testing  ikkita  parallel  shakllari  asosida  o’tkazilgan  testlar  natijalari 

o’rtasidagi  korrelyatsiya  koefsenti  ishonchlilik  indeksi  sifatida  qabul  qilingan. 

Korrelyatsiya  koefsentining  yuqoriligi  va  ikkita  sinov  o’rtasidagi  intervallning 

kattaligi testning yuqori ishonchliligidan dalolat beradi. Testlar o’rtasidagi oraliqda 

sinovdan o’tayotganlar bilan sodir bo’lgan hodisalar, ular tomonidan hissiyotlarga 

berilish, aldovlar testing ishonchlilik darajasiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi ( huddi 

RETEST usulidagi kabi ).  

                                                           

8

 Бодалев А.А. Столин В.В. Аванесов В.С. Обшая Психодиагностика. М-2000 г.  



16 

 

XULOSA 

 Yuqorida  keltirilgan  fikrlarimdan  asoslash  maqsadida  shuni  takidlashim 

joizki psixodiagnostik testlarni avvalo maqsadini aniqlash, test uchun topshiqlarni 

umumlashtirish,  testni  sinab  ko’rishgacha  bo’lgan  topshiriqlari  va  ularni  qayta 

ko’tib  chiqish,  qabul  qilish  ulardan  so’ng  test  shkalalarini  shakllantirish,  pilotaj 

testlashtirish  va  keying  bosqich  sifatida  testlarni  standartlashtirish,  me’yoriy 

ko’rsatkichlarini  aniqlashtirish  va  ulardagi  validlashtirishni  ta’minlash,  madaniy 

muhitga  mos  validlashtirish  kerakligi  undan  keyin  esa  testlarni  amliyotga  tadbiq 

etish uchun e’lon qilish so’ngi bosqichda esa testlarni vaqti vaqti bilan qayta ko’rib 

qichish va taxrirlash har tomonlama o’z ifodasini topadi. 

 Standartlashtirish  ko’rib  turganimizdek  turli  bosqichlarni  o’z  ichiga  oladi 

buni  yuqoridagi  fikrim  ham  isbotlamoqda.  Psixologik  testlar  o’zining  qadr 

qimmatini  anshu  tamoyillar  bilan  ajralib  turadi.  Yana  shuni  aytish  o’rinliki 

Respublikamizda  testlarni  mahalliy  muhit  uchun  moslashtirish  bugungi  kungacha 

davom  etmoqda.  Har  bir  metodika  va  testlarni  yaratilishi  uni  muhit  uchun 

modifikatsiya  qilish  sanab  o’tgan  talablar  asosida  bo’ladi  albatta.  Biz 

Respublikamizda psixologik metodikalarning tadbiq etilishi va ularning psixilogik 

amaliyotida  qo’llanishi,  psixodiagnostik  maqsadlarda  testlarning  o’rni  borasidagi 

tarixiy  manbalarga  murojat  qilishimiz  anchagina  samarali  ma’lumotlarni  keltirib 

chiqardi. 

 Psixologik  testlarni  qo’llash  va  yaratishning  o’zi  bilan  yuqori  natijalarga 

erishib  bo’lmaydi,  ammo  ularning  xarakteristikasi,  ularning  tadqiqotlarda 

qo’llanilishi aniq rejalar zarurligi va bu boradagi jahon psixologiyasi tajribalariga 

tayanib ish ko’rish lozim bo’ladi.  

 

Standartlashtirish  ham  jahon  miqyosi  talablariga  mos  ravishda  ishlab 



chiqilgan  nazriya  va  konsepsiyalarga  asoslangan  holda  bo’ladi.  Bu  holatlar 

psixodiagnostikaning  psixometrika  sohasidagi  yangi  g’oyalarni  yaratilishiga 

imkoniyatlarni keltirib chiqaradi.  


17 

 

 Fikrimning  so’ngida  psixodiagnostika  sohalari  oldida  hali  ulkan 



muammolar  va  ularning  yechimi  turganligini  ham  takidlamoqchiman.  Mening  bu 

izlanishlarim  kelajakda  ana  shunday  muammolarni  yechimni  topilishiga  xizmat 

qiladi deb o’ylayman.  

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 

 

1.  I.A.Karimov “O’z kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz”-1999 

2.  I.A.Karimov “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari”-1998 

3.  Rasulov A.I. “Psixodiagnostika”-2010 

4.  Шванцара  Й  “Диагностика  психического  развития”  Прага  мед-из 

“Авиценум” 1978 г 

5.  Анна Анастази “Психологическое тестирование” Москва Педагогика-1982 

г 

6.  Бодалев  А.А.  Столин  В.В.  Аванесов  В.С.  “Обшая  Психодиагностика”  М-



2000 г.  

7.  Л.Ф.Бурлачук “Психодиагностика” Санк Питербург-2009. 

8.  Гуревич  К  М,  Акимова  А  К,  Козлова  В  Т  “Статистическая  норма  или 

социалъно-психологический норматив?” Психологический журнал. 1986 г. 

Н-3. 

9.  Жан Пиаже “Эксперименталъная психология” В-5 М-1975 



10. С.А.  Маничева  “Практикум  по  психодиагностики,  Дифференциалънае 

психометрика” 



Download 325.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling