O‘ zbekistonrespublikas i oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 43.85 Kb.
Sana28.06.2020
Hajmi43.85 Kb.
#122213
Bog'liq
Shaxnoza kurs ishi


o‘ z b e k i s t o n r e s p u b l i k a s i

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Muqimiy nomidaGi qo‘qon davlat

p e d a g o g i k a i n s t i t u t i

maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti

5111700 – “Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi III kurs 301-guruh talabasi Nuriddinova Shaxnoza Jamoliddin qizining ‘’Imloga o’rgatishda ijodiy ishlarni uyushtirish ” mavzusida yozilgan


k u r s i s h i
Ilmiy rahbar:

______________Zokirjon Isaqov,

“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti, filol. f. n.
Taqrizchi:

___________ ……………………..,

“Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi dotsenti, filol. f. n.



“Himoyaga tavsiya etilsin.”

Kafedra mudiri:

___________Adibaxon To’raxo’jayeva .

“___” _________ 2020- yli.

Q o‘ q o n – 2 0 2 0

Mundarija:

KIRISH. Ishning umumiy tavsifi.

I. BOB.O’quvchilarni imloga o’rgatishda ijodiy ishlarning nazariy asoslari .

1.1-§Imloga o’rgatishda ijodiy ishlarini uyushtirishning ahamiyati.

1.2-§Savod o’rgatish davrida ijodiy ishlar.

1.3-§. Ona tili darslarida ijodiy ishlar.

1.4-§ so’z turkumlarini o’rgatishdagi imloga oid ijodiy ishlar

II. BOB. .boshlang’ich sinf O’quvchilarini imloga o’rgatishda ijodiy ISHLARNI UYUSHTIRISHNING AMALIY ASOSLARI.

2.1-§.Imloga o’rgatishda ijodiy ishlarni uyushtirishda qo’llaniladigan usullar.

2..2-§. Imloga o’rgatishda ijodiy ishlarni uyushtirishga oid dars ishlanmalari.

2.3-§Boshlang’ich sinf o’quvchilarining imloga oid ijodiy ishlarini baholash.



Xulosa. bOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI imloga o’rgatishda ijodiy ISHLARNI UYUSHTIRISHNING ma’naviy-axloqiy ahamiyati.

KIRISH. Ishning umumiy tavsifi quyidagicha bo’ladi:

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi.

Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari.

Mavzuning o‘rganilish darajasining qiyosiy tahlili.

Tadqiqot predmeti va obyekti.

Tadqiqotning ilmiy ahamiyati

I. BOB.O’quvchilarni imloga o’rgatishda ijodiy ishlarning nazariy asoslari .

1.1-§Imloga o’rgatishda ijodiy ishlarini uyushtirishning ahamiyati.

Boshlang'ich sinflarda ona tili o 'q itish metodikasi fanining pred­

meti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona

tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni

o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir. Orfografiya yunoncha

so 'z bo'lib, „to 'g 'ri yozuv" degan m a’noni bildiradi. Orfografiya

(imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog'liq bo'lib, to 'g 'ri yozish

haqidagi qoidalar yig'indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni ad ­

abiy til m e’yorlari asosida yozma ifodalab bo'lmaydi. O 'quvchilam ing

imloviy savodxonligi haqida g'am xo'rlik qilish tilning aniqligi, fikrni

to 'g 'ri ifodalash, kishilar bilan o 'zaro xatosiz muomala qilish uchun

g'am x o 'rlik demakdir. Savod o'rgatish davrida bolalarda grafik malakani

shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham shakllantiriladiImloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To'g'ri yozuv - maxsus

nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo'lib, uning asosida nutq

yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni

sintaktik jihatdan to'g'ri tuzish, so'zni uslubiy aniq qo'llashni ham o'z

ichiga oladi.

Imloviy malaka murakkab malaka bo'lib, uzoq davom etadigan

mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik tomondan tahlil qilish,

uning morfemik tarkibini aniqlash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi.

Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida

asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. Avtomatla-

shish o'rganilgan imlo qoidasining oson yoki qiyinligiga bog'liq.

Imloviy malaka o'z tabiati bilan avtomatik hisoblanmaydi. Malaka

asosiga qo'yilgan ko'nikma mustahkamlanadi, takomillashadi, yaxshi-

lanadi (harakat tezlashadi, aniq va to'g'ri bo'la boshlaydi, ishonarli va

tejamli bajariladi); shuning bilan birga, faoliyatning tuzilmasi qayta

quriladi: mayda birlik bilan ishlash kengroq, butun, qo'shilgan birliklar

bilan ishlashga o'tadi (masalan, so'zni harflab ko'chirish, bo'g'inlab

ko'chirish bilan, keyin so'zni yaxlit ko'chirish bilan, so'ngra u gapni

ko'chirish bilan almashadi). Bir imlo malakasi avtomatlashadi, im­

loga oid boshqa hodisa o'rganiladi va asta-sekin so'zni to'g'ri yozish

malakasi hosil bo'ladi. Umuman olganda, yozuv murakkab harakat

sifatida ongli jarayonligicha qoladi..


Grammatika, fonetika, so'z yasalishini o'rganish metodikasi elementar to 'g 'ri yozuvga va husnixatga o'rgatishni, grammatik tushunchalar, boshlang'ich imlo malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

To'g'ri yozuvga o'rgatish metodikasining rivojlanishida o'zbek tili

imlosi nazariyasini hisobga olish talab etiladi. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to 'g 'ri bo'lishi savodxonlikning yuksak belgisidir.

Propedevtik m ashqlar tizimi boshlang'ich sinflar gram m atika

va imlo dasturining bosqichli izchillik tamoyili asosida tuzilishiga

mos keladi. Amaliy ishlar natijasida bolalarda m a ’lum nutq tajribasi,

til qoidalarini, so ‘zni, uning tarkibi va yasalishini, boshqa so‘zlar

bilan bogManganda o ‘zgarishini kuzatish tajribasi to ‘plana boradi.

Mana shu tajribalar asosida o ‘quvchilar nazariy um um lashm alarni

o ‘zlashtiradilar, b u lar asosida esa grammatik tu sh u n ch a va orfografik

qoidalar shakllanadi. ozuvga o'rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta ’lim berish, ko'nikmani shakllantirish va shu

asosda qator mashqlami bajarish natijasida hosil qilinadi.

Grafik malaka qo 'l-h arak at malakasidir, bu harakat, birinchidan,

muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutq birligi

bo'lgan tovush grafik belgilarga, ya’ni harfga taijim a qilinadi. Bu

yozuvga ongli faoliyat tusini beradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan,

tovush va harfning to 'g 'ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va

imlo qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o 'z fikrini, taassurotini,

istaklarini ifodalashda yozuv malakasidan foydalanishni talab qiladi.

1.2-§Savod o’rgatish davrida imloga o’rgatishdaijodiy ishlar.

Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim

shartidir. Shu bois savod o'rgatish davrida eshitish idrokini o'stirish

uchun ham maxsus xilma-xil mashqlar o'tkazib borish maqsadga

muvofiqdir.

Yozuv jarayonida o'quvchilar ruchkani to 'g 'ri ushlashni, daftarni

to 'g 'ri qo'yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo'ylab q o 'ln i

harakatlantirishni esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga

sig'ish-sig'masligini mo'ljallashi lozim. Bu jarayon o'quvchini aqliy

va jism onan charchatadi, ayniqsa, ularning barm oq va yelka muskul-

lari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta daqiqali

jismoniy mashqlar o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir.

Yozuv jarayonida o'quvchi aichkani qog'oz ustida sekin, ishonch­

sizlik bilan qimirlatadi, bir harfni yozib to 'xtaydi va na’muna bilan

solishtiradi, ba’zan chiziqdan chiqib ketadi, noto 'g 'rilarin i bo'yab,

to 'g 'rilaydi. Bunda u o 'qituvchiga har daqiqada murojaat qiladi,

uning qo'li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi. Yozuv jarayoni

o'quvchilam ing ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu sababli

o'qituvchi yozuv jarayoniga sabr-qanoat bilan katta e ’tibor qaratishi

juda muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jih atd an to 'g 'ri bo'lishi

savodxonlikning yuksak belgisidir.

Savod o'rgatishning birinchi oylaridayoq bolalar Omon, Tolib,

Lola, N aim akabi ju d a k o 'p ism lam i o 'qiydilar va k ishilarning ismlari

bosh h a rf bilan yozilishini amaliy o 'zlash tira boradilar. Bu bilan ular

keyinroq o'rganiladigan kishilarning ismi bosh harflar bilan yozi­

lishiga d o ir imlo qoidasini o'zlash tirish g a tayyorlanadilar.

Savod o'rgatish davrida o'quvchilar quyidagilarni amaliy tarzda

o'rganadilar:

a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so'zlarda tovush bilan

harfning mosligini;

b) so'zlarni alohida yozishni, y a’ni yozuv vositasida so'zni m a’no

birligi sifatida ajratishni;

d) so'zning satrga sig'may qolgan qismini keyingi qatorga bo'g'inlab

ko'chirib yozishni (bunda b o 'g 'in hosil qilgan bir unli harfni qatorga

ko'chirib yozib bo'lmasligini);

e) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo'yilgan

nom larda bosh harfning ishlatilishini. Savod o'rgatish davrida o'quvchilarda o 'z-o 'zin i tekshirishga oid

malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar,

yo'l qo'ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o'rganadilar. Shu

davrdanoq ko'chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan

foydalaniladi.

G ap va so'zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam

o'tkazib boriladigan o 'z-o 'zin i tekshirish mashqlari, o'qilgan matnning

imlosini kuzatish o ‘quvchi!arda yuqori savodxonlik garovi b o ‘lgan o r­

fografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ulam i yuqori sinflarda

o'rganiladigan imlo qoidalarini puxta o'zlashtirishga tayyorlaydi.



1.3-§. Ona tili darslarida imloga o’rgatishda ijodiy ishlar.

Ona tilini o'rgatish natijasida o'quvchilarda o 'z fikrini gram m atik to 'g 'ri, uslubiy aniq,

mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to 'g 'ri

yoza olish ko'nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifa o 'q u v predmeti

sifatida o'zbek tilining o'ziga xos xususiyati bo'lib, o'quvchini shaxs

sifatida shakllantirishga yo'naltirilgan u m u m ta’lim vazifalari bilan

bog'liq holda amalga oshiriladi.

Boshlang'ich sinflarda o'rganish uchun tilni ongli egallashga va

o'quvchilarda grafik va imloviy malakalarni shakllantirishga zamin

bo'ladigan bilimlar tanlangan. Fonetika va grafika sohasida o'quvchilar

so'zning tovush tarkibini, unli va undosh tovushlarning o'ziga xos

xususiyatlarini, so'zda tovushning m a’noni farqlashdagi ahamiya­

tini to 'g 'ri tushunishga imkon beradigan bilimlarni o'zlashtiradilar,

shuningdek, ularga so'zning tovush va grafik shakli o'rtasidagi nisbat

(bog'lanish)ni ongli aniqlash, so'zni to 'g 'ri yozish imkoniyati yarati-

ladi.


Boshlang'ich sinflar ona tili kursi 1—4-sinflarda tilning ham m a to -

m onlarining o 'zaro bog'liq holda o'rganilishi hisobga olinib tuzilgan,

har bir sinfda fonetika, leksika, grammatika va so 'z yasalishi haqida

elem entar bilim beriladi. Kursning bunday qurilishi tilning barcha

tom onlarini bir-biriga o 'zaro ta ’sir etadigan bir butun hodisa sifatida

o'rganishni taqozo etadi. Tilni o'rganishga bunday yondashish ta ’lim

jaryonini o'quvchilar nutqini o'stirish vazifasini hal etishga yo'naltirish

imkonini beradi.

Dasturning „G ram m atika, imlo va nutq o'stirish" bo'lim i h ar bir

sinfda quyidagicha qismlarni o 'z ichiga oladi: „Tovushlar va harflar",

„S o 'z", „G ap ", „Bog'lanishli nutq“ . Asosiy mavzular bosqichli izchillik

tamoyiliga asoslanib. har to 'rt sinfda o'rganiladi. H ar bir sinfda yetakchi

mavzular ajratiladi. 1—2-sinfda fonetika va grafikaga oid mavzulami

o'rganishga katta o 'rin beriladi, chunki o 'q u v ch ilar o'qish va yozish

jarayonini egallaydilar. 3-sinfda so'zning morfemik tarkibi va gapni

o'rganish muhim hisoblanadi. So'z yasalishiga doir bilimlar asosida

o'quvchilarda so'zning leksik ma’nosiga, undan nutqda foydalanishga

ongli munosabat o'sadi. 4-sinfda so'z turkum larini o'rganish birinchi

o 'rin g a qo'yiladi (morfologik bilim chuqurlashtiriladi, otlam ing egalik

va kelishik qo'shim chalarini, fe’llarning tuslovchi qo'shim chalarini

to 'g 'ri yozish malakalari shakllantiriladi).

Bog'lanishli nutq ustida to 'rt yil davomida gram m atik va o r­

fografik m ateriallarni o 'rg an ish bilan b o g 'liq holda reja asosida ish

olib boriladi.



1.4-§ S o’z turkumlarini o’rgatishdagi imloga oid ijodiy ishlar

Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so'z yasalishiga oid material-

larni ma’lum darajada biimasdan turib o'zlashtirish mumkin emas.

Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor hisoblanadi.

Shuning uchun boshlang'ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos

bo'ladigan grammatik nazariyaga bog'liq holda o'rganiladi. Masalan,

shakl yasovchi qo'shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar ,,Ot“,

„Sifat", ,,Son“, „Kishilik olmoshlari", ,,FeT‘ mavzulari ichiga kiritil­

gan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografi­

yani bir-biriga bog'liq holda o‘rganishni ta’minlaydi.

Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so'ng

o'rganiladi. Masalan, otlaming kelishiklar bilan turlanishi o'rganilgach,

kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqidagi ko'nikma shakllantiri­

ladi. „Sifat" mavzusini o'rganish -roq qo'shimchasining va qip-qizil,

yum-yumaloqkabi sifatlarning yozilishiga, „Fe’l" mavzusini o'rganish

bo'lishsizlik (-ma) va o'tgan zamon (-di) qo'shimchalarining yozili­

shiga zamin yaratadi. Imlo qoidalarini o'rgatishga bunday yondashish

boshlang'ich sinflarda barcha orfografik materiallarni o'rganishda tipik



hisoblanadi.

II. BOB. .boshlang’ich sinf O’quvchilarini imloga o’rgatishda ijodiy ISHLARNI UYUSHTIRISHNING AMALIY ASOSLARI.

2.1-§.Imloga o’rgatishda ijodiy ishlarni uyushtirishda qo’llaniladigan usullar.

Imlo qoidalari ustida ishlash — murakkab jarayon, qoidaning mohiyatini ochish, o'quvchilaming qoida ifodasini o'rganib olishlari,qoidani yozuv tajribasiga tatbiq etish uning asosiy komponentlari hisoblanadi.Qoida mohiyatini ochish qoida so'zning qaysi qismini, qaysi so'z turkumi yoki grammatik shaklni yozishni boshqarishini, bunda qaysi belgilar yetakchi ekanini tushuntirish demakdir. O'quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun material tanlashda o'qituvchi bu yetakchi belgilarni albatta hisobga oladi. Qoida ifodasi ustida darslik bo'yicha ishlanadi. Bunda o'quv- chilarning qoida tarkibini anglab yetishlari ahamiyatlidir. Shuning uchun darslikdagi qoida qismlarga bo'linadi (Aslida o'quvchilar bu vazifani mashq jarayonidayoq bajarib qo'yadilar). O'quvchilar o'rganilgan qoidaga misol aytish va xilma-xil mashqlarni bajarish yo'li bilan uni yangi til materialiga, ya’ni yozuv tajribasiga tatbiq etadilar. Qoida ustida ishlash metodikasi shu qoidaning xarakteriga qarab tanlanadi. Masalan, bo'lishsizlik qo'shimchasi (-ma) ning yozilishini deduktiv yo'l bilan o'rgatish mumkin. Jo'nalish kelishigi qo'shimchasi (-ga) ning oxiri -kbilan tugagan otlarga -ka, -q bilan tugagan otlarga -qa shaklida qo'shilishi haqidagi qoidani indukgiv yo'l bilan tushunti­rish maqsadga muvofiq. O'quvchilar qoidadagi asosiy fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni bajarsalar, uni o'zlashtirish xiyla qulay bo'ladi. Chunki bolalar aniq material bilan ishlaydilar va uni tahlil qilish vaqtida qoidaning muhim qismlarini ajratadilar, qoidani ongli o'zlashtiradilar. Nimanidir, masalan, so'zlaming talaffuzi va yozilishini, so'z turkumlarini, so'z qismlarini bir-biriga taqqoslash o'quvchilaming aqliy faolligini oshiradi. Bunda yana qoidaning ajratilgan belgisini aniq yozib ko'rsatish ham ahamiyatli hisoblanadi. Qoidada aks ettirilgan muhim fikrni ajratishga o'qituvchining savollari yordam beradi. Bu savollar, o'z navbatida, qoidani shakllantirish rejasi ham hisoblanadi. Imloviy malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashqlar bajarib boriladi. Imloga oid mashqlar imloviy ziyraklik ko'nikmasini shakllantirishga, tegishli o'rinda qoidani tatbiq qilishga, mashqlarning qismlari o'rtasidagi bog'lanishni belgilash, ularni umumiy va yagona faoliyat tizimiga kiritishga, o'quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni shakllantirishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning mazmuni chuqurroq o'zlashtiriladi. Metodikada imloga oid mashqlar ga: 1) grammatik-orfografik tahlil; 2) ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi. Grammatik-orfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog'lanishi, ko'chirib yozuv va diktantda o'quvchilar faoliyatini belgilaydigan omillar, xususan, ko'chirib yozuvda ko'ruv va qo'l harakati ,uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.Ko'chirib yozuv ko'rib idrok qilingan so'z, gap va matnni yozma shaklda ifodalashdir. Boshlang'ich sinflarda husnixat va imlo qoidalariga rioya qilib, tuzatishlarga yo'l qo'ymay va tartibli, harflarni tushirib qoldirmay, o'rnini almashtirmay, tinish belgilarini to'g'ri qo'llab ko'chirib yozuv ko'nikmasi shakllantirilishi kerak. O'quvchilarda bu ko'nikmani hosil qilish maqsadida o'qituvchi alifbe davridan boshlab ularga ko'chirib yozuvni izchillik bilan o'rgatib boradi

.O'quvchilarda ko'chirib yozuv ko'nikmasini shakllantirishga oid asosiy qoidalarga quyidagilar kiradi:

1. Ko'chirib yozishdan oldin ko'chirib yozadiganingni yaxlit

o'qib chiq. 2. Har bir gapdagi so'zlarni bo'g'inlarga ajrat va ichda bo'g'inlab aytib, yoz.

3. Ko'chirib yozganingni asliga solishtir va xatolaringni to'g'rila

Ko'chirib yozuv uchun so'z, alohida gap va kichik matnlardan foydalaniladi.O'qituvchining qo'ygan maqsadiga bog'liq holda ko'chirib yozish­dan oldin unga tayyorgarlik ko'riladi; bunda imlosi qiyin so'zlarni izohlab o‘qish, so'zning nima uchun shunday yozilishini asoslash, o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni aniqlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu ko'nikma qay darajada shakllanganligini aniqlash maqsadida kontrol (tekshiruv) ko'chirib yozuv o'tkaziladi.Ko'chirib yozuv mashqlari grammatik. leksik yoki so'z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo'ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtirishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o'stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi.

Kompleks mashqlarga misol qilib quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

1. Ko'chirish. O'zakdosh so'zlarni aniqlab, o'zakni ajratish. 2. Tushirib qoldirilgan qo'shimchalami qo'yib ko'chirish, qanday qo'shimcha ekanini aytish; yozilishini tushuntirish. 3. Matn mazmuniga mos so'zni qavs ichida berilgan so'zlardan topib qo'yib ko'chirish. Shu so'z qaysi so'z turkumiga oid ekanini, uning yozilishini tushuntirish. 4. Aralash berilgan so'zlardan gap tuzish va yozish. 5. Tartibsiz berilgan gaplardan bog'lanishli matn tuzish. 6. Tanlab ko'chirish (Berilgan gaplardan yoki matndan muayyan bir so'z turkumini; ot va fe’ldan yoki ot va otdan, sifat va otdan tuzilgan so'z birikmalarini ko'chirish).

Diktant eshitib idrok qilingan so'z, gap, matnni yozishdir. O'quvchilaming og'zaki yozma nutqini o'stirishda, savodxonligini oshirishda diktantning ahamiyati katta. O'quvchi diktant yozish jarayonida xato qilmaslikka harakat qiladi. Xato qilmaslik ularning fonetik, leksik va grammatik bilimlarni qay darajada o'zlashtirganliklariga bog'liq bo'ladi. Imlo qoidalari grammatik hodisalar bilan bog'liq bo'ladi. Demak, savodli diktant yozish uchun o'z navbatida grammatik qoidalarni ham bilish zarur.Boshlang'ich sinflarda diktant uchun matn tanlashda bir qancha tamoyillarga rioya qilish zarur:

1. Matnning monologik nutq shaklida bo'lishi. Unda ko'chirma gapiar, undalmali, kirish so'zli, ajratilgan bo'lakli gapiar, qo'shma gap bo'lmasligi lozim. 2. Matn hajmi 1—4-sinf o'quvchilarining o'qish sur’tiga asoslangan bo'lishi. 3. Matn mazmuni bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lishi. 4. Diktant matni o'quvchilarga u yoki bu haqda bilim berishi. 5. Tanlangan matn g‘oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo'lishi, bolalar hissiyotiga ta’sir qilishi. 6. Matn tarbiyalovchi xarakterda bo'lishi. 7. Matnda o'rganilayotgan hodisa kamida 5-6 marta uchrashi.

Diktantlar maqsadiga ko'ra ikki xil bo'ladi:

1. Ta'limiy diktantlar— bilim berishga yo'naltirilgan diktantlar.

2. Tekshiruv diktantlari— o'quvchilaming bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishga qaratilgan diktantlar. Ta’limiy diktantlarni o'tkazish vaqtini, o'rnini, turini o'qituvchining o'zi belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5—10 daqiqasi), ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o'quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida o'tkaziladi. Ta’limiy diktantda o'qituvchi o'quvchilarga o'rgatilayotgan hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o'quvchilar so'zlarni to'g'ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga aixsat beradi. Har qanday yo'l bilan xatoning oldini olish chorasi ko'riladi. Masalan, 1-sinfda ava о unlilari o'rganilayotgan darsda bo'g'in-tovush, tovush- harf tahlili o'tkaziladi. Baho, bahor so'zlarining birinchi bo'g'inida a harfi yozilishini o'quvchilar bilib olgach, o'quvchilardan biri shu so'zlarni xattaxtaga yozadi. So'ng so'z o'chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi.

Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

1. Ta’kidiy diktant.

2. O'z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.

3. Izohli diktant.

4. Saylanma diktant.

5. Erkin diktant.

6. Rasm diktant.

7. Lug'at diktant.

8. Ijodiy diktant.

Shulardan saylanma, erkin va ijodiy diktantlarda matn ma’lum o'zgarishlar bilan yoziladi. Tekshiruv diktantida yaqinda yoki ilgari o'rganilib, mashqlar bilan mustahkamlangan qoidalarni o'quvchilar qay darajada o'zlashtirganliklari aniqlanadi. Tekshiruv diktanti biror bo'lim o'rganilgandan so'ng yoki chorak oxirida o'tkaziladi. Tekshiruv diktanti o'quv yili davomida 5—6 marta o'tkaziladi. Diktantning bu turida yo'l qo'yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan tekshiruv diktantining ta’limiy ahamiyati katta. Imloviy mashq sifatida diktantning xilma-xil turlaridan foydalaniladi. Ta’kidiy diktantdan qoidani amaliyotga tatbiq etish usullarini yaxshi bilib olish maqsadida foydalaniladi. Matnni yozishdan oldin, uni yozish jarayonida, izohli yozuvdagi kabi, o'quvchilar so'zni qanday yozishni va nima uchun shunday yozilishini tushuntiradilar. O'z diktant yoki yoddan yozuvda o'rganilgan imloviy qoida asosida yoziladigan so'zlar bo'lgan matnni o'quvchilar o'zlari o'qib yodlaydilar (ko'rib idrok qiladilar) yoki o'qituvchi rahbarligida eshitib yodlaydilar (idrok qiladilar), keyin o'zlari mustaqil yozadilar.Izohli diktant o'quvchilaming qobiliyatiga qarab ikki xil o'tkaziladi. O'quvchi, odatda, o'qituvchining ko'rsatmasi bilan ma’lum so'zning yozilishini diktant yozishdan oldin yoki keyin izohlaydi. So'zning yozilishini bo'g'in-tovush, tovush-harf tomondan tahlil qiladi, unga qoidani tatbiq etadi. Masalan, „Kitob — bilim manbai" — Kitob: Ki-tob. Ikki bo'g'in. Birinchi bo'g'inida k, i; ikkinchi bo'g'inida t, o, b tovushlari bor. Oxirgi b tovushi p tovushi tarzida talaffuz qilinadi. Unda b yoki p tovushini ifodalovchi harfning yozilishini tekshirib aniqIaymiz. Buning uchun so'z oxiriga i tovushini qo'shamiz va aytamiz:

kitobi. В tovushi yozilar ekan'1 kabi izohlanadi. Bu diktantda o'quvchilar qoidalarga oid so'zlaming tagiga chizadilar. Saylanma diktantda o'quvchilar diktovka qilingan gapiar yoki matnning hammasini yozmaydilar. Uning o'qituvchining topshirig'iga mos qisminigina (o'rganilgan qoida asosida yoziladigan so'zlarni, so'z birikmalarini) yozadilar. Masalan, bosh harf bilan yoziladigan so'zlarnigina yozish (1-sinf), qaratqich kelishigidagi so'zni u bog'langan ot bilan yoki tushum kelishigidagi so'zni u bog'langan fe’l bilan birga yozish (4-sinf) kabi. Saylanma diktant o'quvchilarda imloviy ziyrak- likni o'stiradi. Erkin diktantda o'quvchilarga mazmunni buzmay, gap tuzilishini o'zgartirish, bir so'zni unga yaqin ma’noli so'z bilan almashtirish erkinligi beriladi. Diktant uchun 3—5 qismli matn tanlanadi. O'qituvchi awal matnni bir marta ifodali o'qib beradi, so'ngra matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkazadi. Ayrim qoidalarni eslatadi. Keyin matnning bir qismi qayta o'qib beriladi, o'quvchilar uning mazmunini yozadilar. Erkin diktant imlo qoidalarini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan birga, o'quvchilar nutqini o'stiradi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Rasm diktant predmet rasmini yoki o ‘zini ko'rsatib o'tkaziladi: predmet rasmi ko'rsatiladi, o‘quvchilaruningnomini aytadilar va yozib vergul qo'yadilar, ish shunday davom etadi (Birinchi so'z bosh harf bilan, qolganlari qoidaga ko'ra yozilishi eslatiladi). Rasm diktantda o'rganilgan qoidani, ayniqsa, o'quv yili davomida o'rganiladigan imlosi qiyin so'zlarni to'g'ri yozishni puxtalash, shuningdek, ularni o'quvchilar qanday o'zlashtirganliklarini sinash maqsadi ko'zda tutiladi. O'qituvchi mazkur maqsaddan kelib chiqib, imloviy malakani shakllantirish ustida ishlash bosqichini hisobga olgan holda, diktantning barcha turlaridan izchillik bilan foydalanadi. Bayon o'quvchilaming lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirishga qaratilgan orfografik mashq turlaridan biri hisoblanadi. Bayon orfografik mavzularni o'rganishning yakunlovchi bosqichida, o'quvchilar qoidalarni bilib olib, uni tatbiq qilishga o'rganganlaridan so'ng o'tkaziladi. Bayon yozganda o'rganilgan imlo qoidalarini to'g'ri tatbiq etish ularning ongli o'zlashtirilganligini ko'rsatadi.

2.2-§. Imloga o’rgatishda ijodiy ishlarni uyushtirishga oid dars ishlanmalari.
Mavzu: Aytilishda tushib qoladigan undoshlar.

Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.

Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.

Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.



Maqsadlar:

Ta’limiy: So'z oxirida aytilishda tushib qoladigan d va t undoshli so'zlarning to'g'ri aytilishi va imlosi haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;

Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarda so'z oxirida aytilishda tushib qoladigan d va t undoshli so'zlarning to'g'ri aytilishi va imlosi haqida ko’nikmalarini rivojlantirish.

Tayanch kompetensiyalar:

Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:O’quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga, bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o’rganadi.

Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi, o’zbek tilida nutq tovushlarini to’g’ri qo’llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, yo’qlama qilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.

II.O’tilgan mavzuni takrorlash:

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

III.Yangi mavzu bayoni:

Oxirida yonma-yon kelgan ikki undoshli so'zlarning to'g'ri aytilishi va yozilishini kuzatish.



Lug'at ustida ishlash. Bir so'z bilan ayting.

O 'zbekistonning markaziy shaharining nomi. ( Toshkent.) 2. Biror o'simlikni boshqa o'simlik tanasiga ulab o'tkazish usuli. (Payvand.) 3. Ota-onaning o'g'il va qizi. (Farzand.) 4. Tana qo'yib, shoxlar chiqarib o'sadigan o'simlik. (Daraxt.)

O'quvchilar aytgan so'zlarni o'qituvchi xattaxtaga yozib boradi.

— Shu so'zlarning oxirida nechta undosh harf yozilgan?

O'qituvchi qisqa tushuntiradi: o'zbek tilida mana shu kabi oxirida ikkita undosh yonma-yon kelgan so'zlarni aytganimizda ba'zan so'z oxiridagi d, t tovushlari tushib qoladi, ammo bu so'zlarni yozganda asliga muvofiq oxiridagi undosh harfni tushirib qoldirmay, xursand, Samarqand, do'st, g'isht kabi yozamiz.



IV.Darsni mustahkamlash.

Aytilishda tushib qoladigan undoshlarni kuzatish.

1. So'zlar oxirida d, t harflari tushirib qoldirilgan so'zlarni yozdirish, aytilishi va yozilishini qiyoslash. 131- mashq.

2. O'quvchilarga qoidani darslikdan o'qitish.

Aytilishda tushib qoladigan undoshlarning aytilishi va yozilishi haqidagi ko 'nikmani shakllantirish.


  1. O'qituvchi «Men she'rni o'qib beraman, sizlar aytilishda tushib qoladigan d va t undoshli so'zlarni aniqlab aytasiz» topshirig'ini berib, she'rni ifodali o'qiydi. O'quvchilar Toshkent, poytaxt, Samarqand, payvand, bahramandso'zlarini aniqlaydilar (zarur bo'lsa, o'qituvchi yordam beradi). 132- mashq.2. O'quvchilar 133- mashqni mustaqil bajaradilar.

  2. O'qituvchi o'quvchilar javobini umumlashtiradi.

Vazifa. Birinchi gap kim haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zlarni belgilang.

V.Dars yakuni:

Dars umumlashtirladi, uyga vazifa beriladi.



VI. Uyga vazifa: 134-mashq. O'rganilgan mavzuga mos to'rtta so'z yozish.

2.3-§Boshlang’ich sinf o’quvchilarining imloga oid ijodiy ishlarini baholash.

O’quvchilarning imloga oid ijodiy ishlariga diktantlar,insholar, bayonlar,lug’at ishlarini o’tkazish kabilar kiradi.Bu ishlarni baholashda o’qituvchi albatta imlo qoidalariga asosiy e’tiborni qaratadi

. Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlashmaqsadi uchun darsning ikkinchi qismi — 20—25 daqiqasi ajratiladi.

O'qituvchi o'quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida

qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o'qib beradi,

mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy

xatolar aniqlanadi. Yo'l qo'yilgan xatoni to'g'rilash yo'li tushuntiri-

ladi. Shundan so'ng xato ustida birgalikda ishlanadi: 0 ‘qituvchi y o ‘l

q o‘yilgan xatoning bir turini t o ‘g ‘rilash yuzasidan topshiriq beradi:

,,N o o ‘rin ishlatilgan so ‘zni boshqasi bilan almashtiring“. Xatosi bor

matnni o ‘qib yoki yozib beradi, o'quvchilar y o ‘l qo'yilgan xatoni

topadilar, maqsadga muvofiq so'z bilan almashtirib, uni to ‘g ‘rilaydilar

va tushuntiradilar.

Ayrim o'quvchilar y o ‘l q o‘ygan individual xatolar darsdan tashqari

vaqtda, qo'shimcha mashg'ulot jarayonida to'g'rilanadi. O'quvchi bilan

individual suhbatda ham, sinfda jamoa bo'lib ishlash jarayonidagi kabi

bolalaming aqliy faolligiga, ya’ni u xatosi nimadaligini tushunibgina

qolmay, balki uni to'g'rilashi va tushuntirishiga erishish muhimdir.

Xulosa. bOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI imloga o’rgatishda ijodiy ISHLARNI UYUSHTIRISHNING ma’naviy-axloqiy ahamiyati.

O'qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib,

kichik yoshdagi o'quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida

ishlash metodikasini belgilaydi.Ona tili darslarida olib boriladigan imloga oid ijodiy ishlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini yaxshilanishiga sabab bo’ladi.

imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. to'g'ri yozuv - maxsus

nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo'lib, uning asosida nutq

yotadi. imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni

sintaktik jihatdan to'g'ri tuzish, so'zni uslubiy aniq qo'llashni ham o'z

ichiga oladi.

imloviy malaka murakkab malaka bo'lib, uzoq davom etadigan

mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik tomondan tahlil qilish,

uning morfemik tarkibini aniqlash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi.




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

I


  1. Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Boshlangich ta’lim. 1-4 sinflar. – Toshkent, 2017. – 250 b.

  2. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili” haqidagi Qonuni Xalq so‘zi. 1995- yil, 29- dekabr.

  3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni/ Toshkent: Sharq, 1998. – 48 b.

  4. O‘zbekiston Respublikasining 1997- yil 29- avgustdagi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonuni.

  5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999- yil 16- avgustdagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 390-sonli qarori.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 6- apreldagi “Umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 15- martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori.

II

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 488 b.

3. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 56 b.

4. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. – 488 b.

5. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, – 2017. – 104 b.

6. Mirziyoyev Sh. M. 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. 2017- yil 7- fevral.

7. Mirziyoyev Sh. M. Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida 2017- yil 12- yanvar PF.

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017- yil 19- sentyabr Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018- yil 28- dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.


III

  1. Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq.–Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 160 b.

  2. Axloq – odobga oid hadis namunalari. – Toshkent: Fan, 1990. – 172 b.

  3. Azarov Y.P. Oila pedagogikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1988. – 272 b.

  4. Bobomurodov A. Islom odobi va madaniyati. – Toshkent: CHo‘lpon, 1995. – 176 b.

  5. Hasanboyev J., To‘raqulov X., Haydarov M., Hasanboyeva O., Usmanov N. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. – T.: Fan va texnologiya. 2009. – 672 b.

  6. Homidiy H... Adabiyotshunoslik terminlari lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1967. – 300 b.

  7. Ibrohimov A., Sultonov X., Jo‘rayev N. Vatan tuyg‘usi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 396 b.

  8. Imomnazarov M. Milliy ma’naviyatimiz nazariyasiga chizgilar: Mas’ul muharrir: N.Komilov. – Toshkent: Sharq, 1998. – 260 b.

  9. Matchonov S., G‘ulomova X., Dolimov Z. 4-sinfda o‘qish darslari. O‘qituvchi kitobi. – Toshkent: Yangiyo‘l, 2017. – 192 b.

  10. Matchonov S., Shojalilov A. va boshq. O‘qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent: Yangiyo‘l poligraph service, 2017. – 216 b.

  11. Mirzayev T., Musoqulov A., Sarimsoqov V. O‘zbek xalq maqollari. –Toshkent: Sharq, 2005. – 512 b.

  12. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Noshir, 2009. – 352 b.

  13. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. Toshkent: Akademnashr, 2010. – 400 b.

  14. Rahimjonov N. Badiiy asar biografiyasi. – Toshkent: Fan, 2007.

  15. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1984. – 216 b.

  16. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. 1-tom. – Toshkent: Universitet, 2000. – 600 b.

  17. Sayidahmedov N. Noan’anaviy dars. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003. – 98 b.

  18. To‘xliyev B. O‘zbek adabiyoti: 9- sinf ucun darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2000. – 288 b.

  19. Umarova M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R. O‘qish kitobi. 3-sinf uchun darslik. – Toshkent: O‘qituvchi, 2016. – 224 b.

  20. Vohidov M. Bola shaxsi va uning shakllanishi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1972. – 37 b.

  21. Yo‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.

  22. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. – Toshkent: Bayoz, 2014. – 160 b.

  23. Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. – Toshkent: Yulduzcha, 1992.

  24. Ziyodova T. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish/ Ona tili o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001. – 80 b.

  25. O‘zbek tilining imlo lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. – 288 b.

  26. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘ME, 2006-2008. – 5 tomli.

  27. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. 1-12-jild. – Toshkent: O‘ME, 2000-2006.

  28. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Tafakkur, 2011. – 160 b.

  29. G‘afforova T., Nurullayeva Sh., Mirzahakimova Z. O‘qish kitobi. 2- sinf. – Toshkent: Sharq, 2018. – 176 b.

  30. G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. O‘qish kitobi. 1- sinf. – Toshkent: Sharq, 2017. – 128 b.

IV

1. www.tdpu.uz

2. www.edu.uz

3. tdpu-INTRANET.Ped

4.www.pedagog.uz

5.www.ziyonet.uz



6. www.kspi.uz
Download 43.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling