10.00.08 - Folklorshunoslik ixtisosligi 1-bosqich tayanch doktoranti Rustamova Gavhar Bahron qizining 6 oylikda bajarilgan ishlar yuzasidan
HISOBOTI
Men Buxoro davlat universiteti rektorining 2020-yil 30-noyabrdagi 573-Y buyrug’iga asosan tayanch doktoranturaga o’qishga qabul qilindim. Ilmiy rahbarim filologiya fanlari doktori, professor O’rayeva Darmon Saidahmedovna.
1. Dissertatsiya mavzusi yuzasidan metodologik dastur hamda shaxsiy ish reja mavjud va tasdiqlangan. Shaxsiy ish reja asosida 6 oy davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– Ilmiy tadqiqot ishi mavzusiga oid materiallar to’plash va ma’lumotlar olish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Folklor arxividan ro’yxatdan o’tib, qo’lyozma va arxiv materiallari, avtoreferatlar bilan tanishdim va adabiyotlarning elektron nusxasini olib keldim.
2. Ilmiy tadqiqot ishi doirasida quyidagi ilmiy maqolalar va tezislar e’lon qilindi:
– OAK tasarrufidagi xalqaro impact factorli jurnallarda 2 ta maqola:
Beliefs About the" Tree of Life" in Uzbek Folklore // Middle European Scientific Bulletin. – 2021. Vol.2 – Т.8. –P.78-85.
Symbolic expression of images associated with fruit trees in uzbek folklore // European Scholar Journal. Vol. 2 No.3, April 2021, ISSN: 2660-5562. Imp.factor: 7.235. –P.91-94. https://www.scholarzest.com.
OAK tasarrufidagi Respublika jurnallarida 1 ta:
O’zbek folklorida “hayot daraxti” haqidagi e’tiqodiy qarashlar// Til va adabiyot ta’limi jurnali. –T.:2021.
Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiyalarda 4 ta tezis:
Alisher Navoiy g’azallarida daraxtlar bilan bog’liq obrazlarning badiiy ifodasi. Башарият маънавий
юксалиши ва ёшлар
тарбиясида Алишер Навоий меросининг аҳамияти мавзуидаги республика онлайн илмий-амалий конференция материаллари. 2021 йил 5 февраль.
Историко-мифологические основы образов, связанных с деревьями в фольклоре. World science: problems and innovations: сборник статей LII Международной научно-практической конференции. – Пенза: МЦНС «Наука и Просвещение». – 2021. – 274 с. – C.157-160.
Бошланғич синф ўқитувчисининг ахборот ва коммуникация технологиялари соҳасидаги компетенциявий фаолияти. “Boshlang’ich ta’limga raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi materiallari. 2021-yil, 1-aprel. – B.235-239.
O’zbek xalq qo‘shiqlarida mevali daraxtlarning obrazlantirilishi. “Boshlang’ich ta’limga raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari” mavzusidagi xalqaro konferensiyasi materiallari. 2021-yil, 1-aprel. – B.519-521.
3. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot:
– Dissertatsiya mavzusi OAK bulletenining 2020-yil 1-sonida e’lon qilingan;
– Adabiyotlarning dastlabki ro’yxati shakllantirilgan;
4. Malakaviy imtihonlarning topshirilish holati:
– Chet tili (ingliz tili) fanidan malakaviy imtihon imtihon topshirilgan (86 ball).
– Mutaxassislik (Folklorshunoslik) fanidan 26.05.2021da O’zFA O’zbek tili, adabiyoti va folklori institutida malakaviy imtihon topshirildi (88 ball).
5. UNIWORK platformasida tayanch doktoranturaga tegishli barcha ma’lumotlar 100% kiritilgan.
Tayanch doktorant: G.B.Rustamova
Ilmiy rahbar: D.S.O’rayeva
Do'stlaringiz bilan baham: |