Obligatsiya bozori
Download 17.72 Kb.
|
tezis obligatsiya bozori Gafforov Tòlqin
Obligatsiya bozori Davlat obligatsiyalari davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻoz turi Davlat obligatsiyalarini sotib oluvchilar — aholi, firmalar, banklar va turli tashkilotlar investorlar hisoblanadi. Sotishdan tushgan pul davlatning daromadini tashkil etadi, ammo u davlatning qarziga ham aylanadi. Turli mamlakatlarda qisqa muddatli, oʻrtacha muddatli va uzoq muddatli Davlat obligatsiyalari mavjud. Muddati kelgach, obligatsiyalarni davlat qaytadan sotib oladi. Davlat obligatsiyalari daromad keltiruvchi qimmatli qogʻozlar turiga kiradi. Markaziy bank obligatsiyalari – pul-kredit siyosati instrumenti bo‘lib, foiz stavkalarini tartibga solish va tijorat banklarida mavjud ortiqcha likvidlilikni nisbatan uzoqroq muddatga jalb etish maqsadida chiqariladi. Obligatsiyalar qisqa muddatli bank likvidliligini jalb qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, 1 yilgacha bo‘lgan muddatga chiqariladi. Markaziy bank obligatsiyalari tijorat banklari uchun yetarlicha jozibador instrument hisoblanadi, chunki mazkur obligatsiyalar xatarlarsiz ma’lum miqdordagi kafolatlangan daromad olish imkonini beradi. Obligatsiya moddiy yoki pul mablagʻi evaziga kafolatlangan yoki kafolatlanmagan, yaʼni Obligatsiya chiqaruvchilarning chin soʻzi va obroʻsi bilan taʼminlangan yoki taʼminlanmagan boʻlishi mumkin. Obligatsiya, asosan, davlat, mahalliy va korporatsiya Obligatsiyalariga boʻlinadi. Daromad davlat tomonidan chiqariladigan Obligatsiya boʻyicha yutuq, kompaniyalar Obligatsiyalariga foiz shaklida toʻlanadi. O'zbekistonda Obligatsiyalar asosan tijorat banklari va aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) tomonidan chiqariladi. Shuningdek, 2020-yilning fevral oyidagi qonunchilikdagi o’zgarishlarga ko’ra mas’uliyati cheklangan jamiyatlar) ham korporativ obligatsiyalar chiqarishi imkoni yaratilgan. Obligatsiyalar taqdim etuvchiga naqd (blanka) shaklda erkin muomalada bo‘lish huquqi bilan uch yilgacha muddatga chiqariladi. Obligatsiyalar taqdim etuvchiga naqd (blanka) shaklda erkin muomalada bo‘lish huquqi bilan uch yilgacha muddatga chiqariladi. Obligatsiyalarning nominal qiymati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Obligatsiyalarni joylashtirish, daromadlar to‘lash va obligatsiyalar qiymatini qaytarish so‘mda amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslar uchun obligatsiyalar qiymatini qaytarish va ular bo‘yicha daromadlar to‘lash taqdim etuvchiga naqd shaklda ham, uning ixtiyoriga ko‘ra omonatlarga pul ko‘chirish yo‘li bilan ham amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqargan obligatsiyalarni taqdim etuvchining birinchi talabi bilan ularning nominal qiymati bo‘yicha sotib olish majburiyatini oladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining likvidligi Markaziy bank tasarrufida bo‘lgan barcha aktivlar bilan ta’minlanadi. Obligatsiyalar emissiyasi alohida chiqarishlar orqali davriy amalga oshiriladi. Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror Markaziy bank Boshqaruvi tomonidan qabul qilinadi. Obligatsiyalarni chiqarish va uning shartlari haqidagi xabar ommaviy axborot vositalarida nashr qilinadi. Obligatsiyalarni joylashtirish va ularga xizmat ko‘rsatish Markaziy bank obligatsiyalari bilan operatsiyalarga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida Markaziy bank shartnoma tuzgan tijorat banklari (bundan buyon matnda “bank-agent” deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Bank-agent bo‘linmalarigacha obligatsiyalar blanklarini yetkazib berish shartlari, bank-agentning Markaziy bankka hisobdorlik shakllari va muddatlari Markaziy bank va bank-agent o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi. Obligatsiyalar bo‘yicha foizli daromad obligatsiya sotilgan sanadan boshlab uning qiymatini qaytarish sanasiga qadar hisoblanadi. Bunda muomala qilish muddati o‘tgan sanadan boshlab obligatsiyani faktik jihatdan to‘lovga taqdim etilgan sanagacha foizlar hisoblanmaydi. Obligatsiyalarni sotishda bank-agent xodimi mijozdan qanday qiymatdagi obligatsiyalarni sotib olmoqchi ekanligini aniqlaydi, obligatsiyani belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, obligatsiyaning tegishli qismi va uning koreshogidagi rekvizitlarni to‘ldiradi, bank-agent muhri bilan amalga oshirilgan qaydlarni tasdiqlaydi. Shundan so‘ng bank-agent xodimi obligatsiyalarni sotish vedomostida sotilgan obligatsiyalar qiymatini yozadi va rasmiylashtirilgan obligatsiyani kassirga topshiradi. Sotilmagan obligatsiyalar amaliyot kuni yakunida belgilangan tertibda ular saqlanadigan joyga topshiriladi. Sotilgan kundan keyin uch ish kunida bank-agent obligatsiyani sotishdan tushgan pullarni Markaziy bank hisobraqamiga o‘tkazadi. Sotilgan obligatsiyalarning koreshoklari belgilangan tartibda bank-agent bo‘limining koreshoklar saqlanadigan joyiga topshiriladi. Bank-agent bo‘limi ushbu koreshoklarni ro‘yxatga asosan Markaziy bankning Bosh hududiy boshqarmasiga sotilgan kundan boshlab uch ish kunida yuboradi. Obligatsiyaning muomalasi sanasi uni bank-agent tomonidan birinchi marta sotilgan sanadan hisoblanadi. Obligatsiyaning bir kuponli davri obligatsiyaning muomalasi muddatidan kelib chiqib uch yoki olti oyni tashkil qiladi. Obligatsiya egasi to‘lov uchun obligatsiyani kassirga beradi. Kassir obligatsiyaning asl nusxa ekanligini tekshiradi, kuponga shtamp qo‘yadi, uni obligatsiyadan yirtib oladi, pullarni beradi va obligatsiyani egasiga qaytaradi. Amaliyot kuni yakunida bank-agent xodimi nazorat vedomosti bo‘yicha to‘langan kuponlarning umumiy qiymatini hisoblaydi va uni kassir tomonidan to‘langan kuponlar yig‘indisi bilan solishtiradi. Nazorat vedomosti yig‘indisi xarajatlar jurnaliga yozib qo‘yiladi va shu tarizda obligatsiya bozori faoliyat yuritadi. Download 17.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling