Ochilova maftunaning
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
boshlangich talim matematika darslarida foydalaniladigan korgazmali qurollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Boshlang`ich ta`lim matematika darslarida foydalaniladigan ko`rgazmali qurollar
- Kurs ishning ob`yekti.
- Kurs ishining ilmiy ahamiyati
- 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshirishda ko’rgazmalilikning ahamiyati
- 2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshirishda foydalaniladigan ko’rgazmali qurollarning turlari va
- Ko’rgazmalilik prinsipining pedagogik va psixologik asoslari.
- 3. Boshlang’ich matematik ta’limda ko’rgazmalilikning roli
- 4. Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
PEDAGOGIKA FAKULTETI “BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI 5111700 - boshlang’ich ta’lim va sport - tarbiyaviy ish yo’nalishi 3-KURS
Ilmiy rahbar: k.o’qituvchi: Jumayeva Ya.. Samarqand - 2017 REJA Kirish
1. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining matematika faniga bo‟lgan qiziqishini oshirishda ko‟rgazmalilikning ahamiyati 2. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining matematika faniga bo‟lgan qiziqishini oshirishda foydalaniladigan ko‟rgazmali qurollarning turlari va ahamiyati 3. Boshlang‟ich matematik ta‟limda ko‟rgazmalilikning roli. 4. Boshlang‟ich sinflarda ko‟rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish
Xulosa Mavzuning dolzarbligi. Matematika darslarida o‟qitishning barcha asosiy prinsiplari onglilik, ko‟rgazmalilik, sistemalilik, puxtalik, o‟quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va boshqalar o‟zaro bog‟lanishda amalga oshiriladi. Matematika o‟qitishda ko‟rgazmalilik prinspi alohida rol o‟ynaydi. Ta‟lim prinsplari – bu, o‟qitish jarayonida qo‟yiladigan talablar yig‟indisidir. Bilishning birinchi pog‟onasi jonli mushohada, ya‟ni tevarak atrofdagi narsalar va hodisalarni idrok etishdir. Ko‟rsatmalilik prinspi idrok etishni osonlashtirish va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog‟lash imkonini beradi. Ibn Sinoning qayd qilishicha, inson o‟zining o‟quv mashg‟ulotlari boshlanishida narsaning tashqi xossalarini o‟rganishda uning aslini va tasvirini ko‟rib o‟zicha bevosita bilimlarni hosil qilishi mumkin. Ko‟rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini mustaxkam o‟zlashtirishni ta‟minlaydi, vaqtni tejash imkonini beradi. Kurs ishning ob`yekti. Kurs ishining ob`yekt sinf o‟quvchilari, ko‟rsatmali qurollar va texnik vositalar va darsliklardan iborat
Mazkur ishda avvalombor o‟qituvchi va o‟quvchilar kuchi bilan tayyorlanishi mumkin bo‟lgan ko‟rsatmali qurollar, so‟ngra o‟qitishning texnik vositalari (Kadoskop, epidioskop, litey va boshqa) haqida fikr- mulohazalarni keltirish nazarda tutiladi
Boshlang‟ich sinflar matematika faniga D.T.S qo‟ygan talablar asosida o‟qitishning zamon talablariga mos yo‟nalishlarni aniqlash, dars samaradorligini yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda oshirish va bu yo‟nalishda dars ishlanmalarini keltirishdan iborat.
Boshlang‟ich ta‟limda ko`rgazmalilikni tashkil qilish yo`llarining nazariy tomonlarini dars ishlanmalari asosida ochib berish.
ta`limning amaliy mashg`ulotlarida qo`llanishi mumkin. . 1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshirishda ko’rgazmalilikning ahamiyati Ko‟rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini mustahkam o‟zlashtirishni ta‟minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi. Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko‟rgazmalilik va ko‟rgazma manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan o‟zini ko‟rsatish imkoni bo‟lsa matematikada esa abstrakt xarakterga ega, bo‟layotgan hodisaning o‟zini aynan ko‟rsata olish imkoni kam. Matematikada ko‟rgazmalilik a) ko‟rsatilayotgan obyektlar to‟plamining elemenlari sifatida qaraladi, ular ustida ba‟zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o‟quvchi savatdagi olma, daraxtdagi qushlar haqida to‟xtalmaydi, balki ularning soni va sonli munosabatini aniqlaydi; b) u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda uning shaklini yoki narsaning miqdori sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalarning sonli munosabatini o‟z holicha va shakllarini ko‟rishda ko‟pincha hodisaning aynan o‟zidan foydalanib bo‟lmaydi. Shuning uchun o‟qituvchiga turli xildagi ko‟rgazmalilik, 1 - navbatda modellar, chizma, sxemalar yordam beradi. Matematika o‟qitishning turli xil bosqichlarida va uning turli xil bo‟limlarida ko‟rgazmalilikda bir xilda foydalanish kerak emas.
• Ko’rsatmali qo’llanmalar ko’rsatmalilikning quyidagi har xil turlari bilan foydalaniladi. • 1. Tabiiy ko’rsatmalilik o’quvchilarni mavjud ob`yektlar, o’simliklar, hayvonlar, minerallar va hakozalar bilan tanishtirishni taqoza etadi; • 2. Hajmli ko’rsatmalilik – mavjud olamning hajmi ask etishidir. Bu esa fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir; • 3. Ovozli ko’rsatmalilik – tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli kino; • 4. Simvolik va grafik ko’rsatmalilik – xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqyelikni shartli umumlashgan simvolik ko’rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi. • Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda ko’rsatmalilikning ana shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiyki yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarini topshirish kerak. • kerak.
Ko’rsatmalilik ayniqsa o’quvchilar o’rganiladigan u yoki bu narsalar to’g’risida muayyan tasavvurga ega bo’lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unitmaslik lozimki, ko’rsatmali qo’llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto’g’ri tanlash faqat zarar keltiradi. Ko’rgazmali o’qitish - bu o’quvchilarning tegishli kuzatishlariga taynlanadigan o’qitishdir, biroq ko’rgazmali o’qitishni faqat ko’rsatma qo’llanmalardan foydalanib o’qitish deb tushuntirish kerak emas. Ko’rgazmali qurollar boshlang’ich sinflarda dars berishda juda muhim rol o’ynaydi. Darslarning qiziqarli, mazmunli bo’lishini ta’minlaydi . Matematika darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda bir tomondan o’quvchilarning idrok etishlariga, ikkinchi tomondan ularning tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi holda ko’rsatma qurollar zarur. Ikkinchi holda ko’rsatmali qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda bolalarning tajribalarini, ilgari to’plagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika faniga bo’lgan qiziqishini oshirishda foydalaniladigan ko’rgazmali qurollarning turlari va ahamiyati Matematika darslarida ko‟rgazmalilikdan to‟g‟ri foydalanish aniq fazoviy va miqdoriy tasavvurlarning mazmunli tushunchalarning shakllanishiga imkon beradi, mantiqiy fikr yuritishni va nutqni rivojlantiradi, aniq hodisalarni qarab chiqish va analiz qilish asosida keyinchalik amalda qo‟llaniladigan umumlashtirishlarga kelishga yordam beradi. Ko‟rsatmali qo‟llanmalarning turlarini bilish o‟qituvchiga ularni to‟g‟ri tanlash va o‟qitishda ulardan samarali foydalanishga imkon beradi. Shuningdek o‟zi yoki bolalar bilan birgalikda kerakli ko‟rsatma qo‟llanmalarning tayyorlashga imkon beradi. Ko‟rsatma o‟quv qo‟llanmalarni natural va tasviriy qo‟llanmalarga ajratish qabul qilingan. Matematika darslarida foydalaniladigan natural ko‟rsatma qo‟llanmalarga atrof muhitdagi narsalar, daftarlar, qalamlar, cho‟plar, kubiklar va hakozalar kiradi. Tasviriy ko‟rsatma qo‟llanmalar ichiida obrazli qo‟llanmalarni ajratish mumkin. Tasviriy ko‟rsatma qo‟llanmalarga ekranda ko‟rsatiladigan ko‟rsatma qo‟llanmalar; o‟quv filmlari, diafilmlar, diapozitivlar ham kiradi. Ko’rgazmalilik prinsipining pedagogik va psixologik asoslari. Ko‟rsatma materialini tanlashga nisbatan qo‟yiladigan talablarni ko‟rib chiqamiz. a)Yetarlicha miqdorda ko‟rsatma material bilan ta‟minlash, bularni analiz qilish asosida o‟quvchilar kerakli umumlashtirishlarni qila oladigan bo‟lishlari kerak. Masalan, bolalarni 1 sonini hosil bo‟lish bilan tanishtirishda o‟qituvchi oldindan bunday amaliy ish tashkil qiladi: u uchta doirachaga bitta doirachani; uchta cho‟pga bitta cho‟pni qo‟shishni taklif qiladi, shu ishni boshqa didaktik materiallarda bajartiradi. Predmetlar bilan bajariladigan amaliy ishlarni o‟quvchilarning o‟zlari mustaqil bajarishlari foydalidir. Shundan keyingina ushbu umumiy savolni qo‟yish mumkin: agar 3ga 1ni qo‟shsak, qanday son hosil bo‟ladi? Umumlashtiruvchi masalani o‟quvchilar qanday qabul qilishlarini kuzatib boruvchi o‟qituvchilargina har xil ko‟rsatmali demonstratsiyalar sonini aniqlay oladilar. O‟qituvchi har doim har xil ko‟rsatma qo‟llanmalarni tayyor holda saqlab turishi kerak, bundan maqsad, bu qo‟llanmalarni butun sinfga yoki ayrim o‟quvchilarga qo‟shimcha ko‟rsatishdir. b)Har xil ko‟rsatma materiallar bilan yetarlicha ta‟minlash juda muhimdir. Bu o‟rinda doimo psixologlar «O‟quvchilarda to‟g‟ri umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti beriladigan o‟quv materialining muhim hususiyatlarini turlantirishdan iborat».
Ko‟rsatmali qo‟llanmalardan foydalanish o‟qitish jarayonida ko‟rsatma qo‟llanmalardan turli maqsadlarga yangi material bilan tanishtirish uchun, bilimlar, o‟quv malakalarini mustahkamlash uchun yangi bilimlarning qanday o‟zlashtirilayotganini tekshirish uchun foydalaniladi. Ko‟rsatma qo‟llanma bilim manbai sifatida qaralganda uning umumlashtirish uchun asosiy bo‟lgan tomonini alohida ta‟kidlash kerak, shuningdek muhim bo‟lmagan narsa-umumlashtirish uchun asosiy bo‟lgan tomonini alohida ta‟kidlash kerak, shuningdek muhim bo‟lmagan narsa-ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligini ko‟rsatish kerak. Masalan, to‟g‟ri to‟rtburchaklarning modellarini turli o‟lchamli qilib olish kerak-bu bolalarga qarama-qarshi tomonlarning tengligi istalgan to‟g‟ri to‟rtburchakning umumiy xossasi bo‟lib, uning tomonlari uzunliklariga bog‟liq emasligini ko‟rishlariga imkon beradi. So‟z idrok qilishni kuchaytiradi, shuning uchun o‟qituvchining savoli aniq, o‟quvchining kuzatishini yo‟naltiruvchi bo‟lishi kerak. O‟qituvchi yangi material bilan tanishtirishda ko‟pincha ko‟rsatma qo‟llanmadan beriladigan bilimlarni aniqlashtirish maqsadida foydalanadi. Bunday holda ko‟rsatma qo‟llanmaga so‟z bilan tushuntirishning illustratsiyasi (tasvirlanishi) kabi qaraladi. Masalan, o‟qituvchi masala yechishni topishda bolalarga yordam berar ekan, masalaga doir sxematik rasm yoki chizma chizadi; hisoblash usulini tushuntirar ekan, tushuntirishni predmetlar bilan amal bajarish va tegishli yozuvlar bilan qo‟shib olib boradi va hokazo. 3. Boshlang’ich matematik ta’limda ko’rgazmalilikning roli. Ko‟rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini mustahkam o‟zlashtirishni ta‟minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi. Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko‟rgazmalilik va ko‟rgazma manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan o‟zini ko‟rsatish imkoni bo‟lsa matematikada esa abstrakt xarakterga ega, bo‟layotgan hodisaning o‟zini aynan ko‟rsata olish imkoni kam. Matematikada ko‟rgazmalilik a) ko‟rsatilayotgan obyektlar to‟plamining elemenlari sifatida qaraladi, ular ustida ba‟zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o‟quvchi savatdagi olma, daraxtdagi qushlar haqida to‟xtalmaydi, balki ularning soni va sonli munosabatini aniqlaydi; b) u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda uning shaklini yoki narsaning miqdori sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalarning sonli munosabatini o‟z holicha va shakllarini ko‟rishda ko‟pincha hodisaning aynan o‟zidan foydalanib bo‟lmaydi. Shuning uchun o‟qituvchiga turli xildagi ko‟rgazmalilik, 1 - navbatda modellar, chizma, sxemalar yordam beradi. Matematika o‟qitishning turli xil bosqichlarida va uning turli xil bo‟limlarida ko‟rgazmalilikda bir xilda foydalanish kerak emas. Ko‟rsatmali qo‟llanmalar ko‟rsatmalilikning quyidagi har xil turlari bilan foydalaniladi. 1. Tabiiy ko‟rsatmalilik o‟quvchilarni mavjud ob`yektlar, o‟simliklar, hayvonlar, minerallar va hakozalar bilan tanishtirishni taqoza etadi; 2. Hajmli ko‟rsatmalilik – mavjud olamning hajmi ask etishidir. Bu esa fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir; 3. Ovozli ko‟rsatmalilik – tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli kino; 4. Simvolik va grafik ko‟rsatmalilik – xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar va diagrammalar. Ular mavjud voqyelikni shartli umumlashgan simvolik ko‟rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi. Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda ko‟rsatmalilikning ana shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiyki yoshini hisobga olib, ularga bevosita kuzatishlarini topshirish kerak. Ko‟rsatmalilik ayniqsa o‟quvchilar o‟rganiladigan u yoki bu narsalar to‟g‟risida muayyan tasavvurga ega bo‟lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni ham unitmaslik lozimki, ko‟rsatmali qo‟llanmalarni namoyish etishga tayyorlanmaslik yoki ularni noto‟g‟ri tanlash faqat zarar keltiradi.
Matematika darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda bir tomondan o’quvchilarning idrok etishlariga, ikkinchi tomondan ularning tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi holda ko’rsatma qurollar zarur. Ikkinchi holda ko’rsatmali qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda bolalarning tajribalarini, ilgari to’plagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak. Masalan, o’qituvchi bolalarni uchburchak bilan tanishtirar ekan, bunday formadagi figuralarning muhim alomatlarini (3 ta uchburchak, 3 ta tomon) ta’kidlovchi turli uchburchaklarning modellaridan foydalaniladi. Shu bilan birga o’qituvchi bolalarga qanday predmetlar uchburchaklar shaklida bo’lishini eslab ko’rishni taklif qiladi. Shunday qilib matematika o’qitishda bevosita idrok etish bilan o’quvchilarning tasavvurlaridan birgalikda foydalaniladi. Matematika predmetlarning o’zini va atrof hayotimizdagi hodisalarni emas, balki borliq dunyoning fazoviy formalari va miqdoriy munosabatlarini (F.Engels) o’rganadi. Shuning uchun matematika o’qitishda huddi ana shu tomonlarni ajratib olishga harakat qilinadi, predmetning sifat alomatlari muhim bo’lmay qoladi.
4. Boshlang’ich sinflarda ko’rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish orqali dars samaradorligini oshirish Boshlang’ich maktabda darslarni turlarga ajratishda darslarni asosiy didaktik maqsadi bo’yicha ajratish asos qilib olinadi: 1) yangi bilimlarni o’zlashtirish darsi, bularga o’quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar; 2) o’quv va malakalarni o’zlashtirish darsi; 3) bilimlarni kompleks qo’llanish darsi; 4) o’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi;
5) bilim o’quv va malakalarni tekshirish, baholash va to’g’rilash darsi; 6) aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo’lib, ularning hammasi ham muhimdir. XULOSA Boshlang‟ich sinflarda matematika darslarida ko‟rgazmali vositalarni ko‟p bezatishga e‟tibor bermasdan, ularni sxematik ravishda tasvirlab, mavzu bilan mantiqiy bog‟lash kerak. Shuni unitmaslik lozimki, ko‟rgazmali qurollar darsning maqsadini belgilamaydi, balki mavzuni bolalar chuqurroq o‟zlashtirishiga yordam beradi. Darsni ko‟rgazmali qurollar bilan to‟ldirib tashlamaslik kerak. Keragidan ortiq foydalanish ta‟lim sifatiga salbiy ta‟sir ko‟rsatadi. Dars jarayonida ko‟rgazmali qurollardan me‟yorida foydalanish darslarni qiziqarli, mazmunli bo‟lishini ta‟minlaydi. Men pedagogik amaliyotda ko‟rgan tajribamdan kelib chiqib shuni ta‟kidlashim lozimki, ko‟rsatmali qo‟llanmalardan ular hech kerak bo‟lmagan joyda foydalanish bolalarni qo‟yilgan masaladan uzoqlashtrib, salbiy rol o‟ynaydi. Simvolik ko‟rsatmalilik (sxemalar, chizmalar, matematik yozuvlar) matematikani ko‟rgazmali o‟qitishning asosiy vositasidir. Qo‟lda yasaladigan qo‟llanmalar murakkab bo‟lishi kerak emas, estetika talablariga va maktab gigiyenasi normalariga javob berishi kerak. Ko‟rsatmalilik fikrlashishni osonlashtirish va nazariy bilimlarni hayot bilan bog‟lash imkonini beradi. Matematika fani o‟quvchining fikrlash qobiliyatini o‟stirib, aqli peshlaydi. Boshlang‟ich ta‟limning muhim masalalaridan biri o‟quvchilarda ongli va mustahkam hisoblash malakalarini shakllantirishdir, bunda ko‟rsatmali vositalar yordam beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Karimov I.A. Barkamol avlod – O„zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., 1997. 2.Ahmedov M., Abdurahmonova N., Jumayev M. Matematika 1-sinf Turon– iqbol T., 2014 yil 3. Abdurahmonova N. O`rinboyeva L. Matematika 2-sinf II-nashr Yangiyo`l Poligraf servis T., 2014 yil 4. Burxonov S., Xudoyorov O`., Norqulova Q. Matematika 3-sinf Sharq nashriyot Matbaa Aksiyadorlik kompaniyasi T., 2014 yil 5. Bikbayeva N.U., Yangiboyeva E. Matematika 4-sinf O`qituvchi, 2013 yil 6. Abduraxmonova N., O`rinboyeva L. Matematika 2-sinf o`qituvchilari uchun metodik qo`llanma “O`zbekiston” Toshkent NMIU 2012. 7. Jo‟raqulova A. Masalalar yechishning usullari. //Boshlang‟ich ta‟lim. 2010, №2 8. Jumayev M.E. Boshlang‟ich sinflarda matematika o‟qitish metodikasi (KHK uchun ) Toshkent. “Ilm Ziyo” 2003 yil 9. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G‟. Boshlang‟ich sinflarda matematikadan fakultativ darslarni tashkil etish metodikasi. Toshkent. “TDPU” 2005 yil. 10. Jumayev M.E. Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun ) Toshkent. “Ilm Ziyo” 2005 yil. 11. Jumayev M.E. Boshlang‟ich matematika nazariyasi va metodikasi. (KHK uchun) Toshkent. “Arnoprint” 2005 yil Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling