Ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat reja
Download 27.29 Kb.
|
15-mavzu
15-Mavzu: OCHIQ IQTISODIYOT SHAROITIDA MAKROIQTISODIY SIYOSAT Reja: 1.Davlatning iqtisodiy funksiyalari va bozor iqtisodiyotiga aralashishining zarurligi 2.Davlat tomonidan yuritiladigan makroiqtisodiy siyosatlarning ko’rinishlari 3.Davlatni iqtisodiyotga aralashuvining monetar yo’nalishlari Mamlakatlaming rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand shaxsiy manfaatning hamma joyga kirib boruvchi «ko'rinmas qo‘l»i uni yo‘naltirib tursa-da iqtisodiyot baribir davlatning aralashuvisiz o‘zini- o‘zi samarali boshqara olmas ekan. Chunki bozor kuchlari awalambor iqtisodiyotda mavjud barcha resurslardan to'liq foydalanishni va baholaming barqaror darajasini ta’minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chiqarish hajmlarini saqlab turish uchun yetarli emas. Bozor iqtisodining ko'zda tutilmagan salbiy samaralari esa quyidagilardan iborat: - bozoming monopollashuvi xavfi; - jamiyat infratuzilmasini (transpor, ijtimoiy infratuzilma, mudofaa, jamoat tartibini saqlash, fundamental tadqiqotlar va h.o.) rivojlantirishga rag‘batning yo'qligi; - atrof-muhitning ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanilishi xavfi; - ijtimoiy tengsizlik, aholi daromadlari darajasidagi tabaqalanish darajasinig o'sishi; - resurslaming adolatsiz taqsimlanishi xavfi; - iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi, iqtisodiy inqirozlaming ro'y berishi va h.o. Sof bozorga xos bo‘ Igan bu kamchiliklar davlatning iqtisodiy tizim samaradorligini oshirishga qaratilgan asosiy funksiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro'y berdi va ko'pchilik davlatlaming bugungi kundagi iqtisodiyoti sof bozor iqtisodiyoti ham, sof davlat iqtisodiyoti ham emas «Iqtisodiyotning barqaror amal qilishi uchun ikki tashkiliy qism bozor va hukumat zarur. Ularsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini boshqarish - xuddi bitta qo'lda qarsak chalishga urinish bilan barobardir» Ilg'or davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inqiroziy hodisalarni yumshatishga va iqtisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi. Davlatning iqtisodiy funksiyalari ko'p va xilma-xildir. Shuning uchun tahlilimizda davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalarinigina ko'rib chiqamiz. Davlatning asosiy iqtisodiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: • bozor tizimining samarali faoliyat ko'rsatishini ta’minlaydigan huquqiy baza va ijtimoiy muhitni yaratish; • raqobat muhitini yaratish va uni himoya qilish; • ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlash maqsadida resurslami qayta taqsimlash; • atrof-muhitni himoya qilish; • daromad va boyliklami qayta taqsimlash; • iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni, iqtisodiy kon’yukturaning o'zgaruvchanligi natijasida paydo bo'ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat qilish hamda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish. Davlat bozor iqtisodiyotining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun asos bo'ladigan ayrim xizmatlami va huquqiy bazani ta’minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Huquqiy bazani ta’minlash asosan iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi qonunlar ishlab chiqarishda va bu qonunlaming bajarilishini taminlash hamda nazorat qilishda namoyon bo'ladi. Davlat, shuningdek xalqaro munosabatlami yo'lga qo'yib, o'z tadbirkorlari mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotilishi uchun qulay sharoit yaratadi. Bunga esa ikki tomonlama soliqqa tortmaslik, boj to'lovlari bo'yicha o'zaro imtiyozlar berish, investitsiyalami kafolatlash kabi masalalarda hukumatlararo kelishuvlar orqali erishiladi. Tashqi savdoni tartibga solish vositalari orqali ham davlat o'z ishlab chiqaruvchilarini himoya qiladi (bu masalalar mazkur o'quv qo'llanmasining tegishli mavzularida ko'rib chiqiladi). Iqitisodiyot davlat tomonidan ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi. Ma’muriy usullar antimonopol tadbirlar, majburiy standartlarni o'rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub’yektlarini ro'yxatga olish kabilami o'z ichiga oladi. Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta’minoti, minimal ish haqini o'rnatish, ishsizlik nafaqalarini berish kabilar kiradi. Iqtisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to'g'ridan-to'g'ri usullami va byudjet-soliq hamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o'z ichiga oladi. Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to'lovlari) ko'paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati - tovar va xizmatlaming davlat xaridi, YaIM ni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko'rsatish, baholar ustidan nazorat o'rnatish, eksport va import qilinadigan tovarlarga kvotalar o'rnatish, shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat. Davlat tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. Subsidiyalar - bu pul yoki natura ko'rinishidagi yordam turi bo‘lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko'rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo'yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlami qayta tayyorlashga ajratilgan mablag'lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari. imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko'rinishida ham himoya qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko'p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig'i to'laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to'laydilar. Shu kabi juda ko'p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko'rsatadi. Soliqlarni o'zgartirish orqali investitsiyalar va jamg'armalar rag'batlantiriladi. Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga qaratilgan va uning asosiy vazifasi baholar va real milliy ishlab chiqarish hajmining o'sishiga mos keladigan pul massasini ta’minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan hisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zahiralari normasini o'zgartirish, qimmatli qog'ozlar bo'yicha ochiq bozordagi operatsiyalami yo'lga qo'yish va shu kabi tadbirlardir. Iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan iqtisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish hisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzoq va qisqa muddatlarga mo'ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor hajmi va tarkibi, eksport va imoport, davlat xarajatlari va, ishlab chiqarish tarkibidagi o'zgarishlar matematik modellar asosida hisob-kitob qilinib, va iqtisodiyotning qaysi yo'nalishda rivojlanishi aniqlanadi. Davlat monopoliyani cheklashi va raqobat muhitini yaratishi zarur. Bu vazifa monopoliyaga qarshi qonunlarga tayanilgan holda olib boriladi. O'zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash Davlat qo'mitasi zimmasiga yuklatilgan. Monopollashuvga qarshi kurash maqsadlarida monopol korxonalar reestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy monopoliya hisoblanmagan korxonalarga bo'linadi. Tabiiy monopol bo'lmagan korxonalarni monopoliyadan chiqarish chora-tadbirlari ko'riladi. Tabiiy monopoliyalar-ob’yektiv shart-sharoitlarga ko'ra monopol bo'lishi zarur, yoki monopoliyadan chiqarish ilojsiz bo'lgan korxona yoki tamioqlardir. Tabiiy monopolist korxonalaming o'z mavqe’laridan foydalanib mahsulot va xizmatlar bahosini asossiz ko'tarib yuborishlariga yo'l qo'ymaslik uchun ularga rentabellilikning yuqori chegarasi belgilab beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari qo'llaniladi. Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo'lsin. Korxona mahsuloti tannarxi 10000 so'm bo'lgani holda uni 13000 so'mga sotsa belgilangan me’yoriy chegarani buzgan hisoblanadi. Chunki korxona 20% emas balki 30% foyda normasi darajasida ustama belgilayapti. Shu sababli ortiqcha hisoblangan 1000 so'm (13000-12000) davlat ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga qo'shimcha moliyaviy jazo ham qo'llaniladi. Davlat shu yo'l bilan iste’molchilar huquqlarini himoya qiladi. Agar mahsulot bahosi korxonaga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra oshib ketgan bo'lsa va bu isbotlansa qonun talablari buzilmagan hisoblanadi. Raqobat muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish Davlat Mulk qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish, investitsiya kitritish majburiyatini olgan holda tassarrufiga bepul berish, bosqichma-bosqich bahosini tushirib sotish, aksionerlashtirish kabi usullar qo'llaniladi. Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki bosqichida uy-joy fondi, savdo va maishiy xizmat ob“yektlari, mahalliy sanoat korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo'lsa, keyingi bosqichda o'rta va yirikroq korxonalarni aksionerlashtirish yo'li bilan davlat tasarrufdan chiqarishga kirishildi. Tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, ularning huquqlarini himoya qilish orqali ham amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 5 oktyabrda imzolangan «Tadbirkorlik sub yektlarini tekshirishni yanada q isqartirish va uning tizim ini takom illashtirish chora tadbirlari to'g‘risida»gi Farmoni tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga nazorat qiluvchi organlarning aralashuvini cheklash, ularning huquqlarini davlat tomonidan qonuniy kafolatlashni kuchaytirishga bir misol bo'ladi. Mamlakat hududlari va iqtisodiyot tarmoqlari o'rtasida umumdavlat manfaatlarini hisobga olgan holda resurslami qayta taqsimlash davlatning muhim funksiyalaridan biridir. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy ahamiyatli. Ammo foyda ko'rib ishlamaydigan tarmoq yoki korxonalarni qo'llab-quvvatlash kabi vazifalar daromadlar va resurslami davlat byudjeti orqali tarmoqlar orasida qayta taqsimlash zaruratini tug'diradi. Bu vazifa barcha tarm oqlardan olingan soliq tushumlari hisobiga moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablag'larini ustivor tannoqlarga yo'naltirish, shu tarmoqlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar ajratish orqali amalga oshiriladi. Kommunal xo'jalik, shu jumladan, jamoat transporti kabi sohalar iqtisodiyot tarmoqlarining samarali ishlashi uchun, normal hayotiy faoliyatni yo'lga qo'yish uchun zarur xizmatlami ko‘rsatsa-da holda rentabelli sohalar bo'lmagani uchun davlat byudjetidan dotatsiya oladilar. Mamlakat hududlarining resurs salohiyati bir xil emasligi, aholi zichligi, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi darajalaridagi farqiar tufayli aholi jon boshiga to'g'ri keladigan YaIM, sanoat mahsuloti, pullik xizmatlar, pullik daromadlar kabi ko'rsatkichlar hududlararo farq qiladi. Bu farqlarning chuqurlashuvi, o'z navbatida, milliy iqtisodiyot samaradorligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi, hatto rivojlanish darajasi shunday ham past bo'lgan hududlardan kapital qochishi holatlari ro'y berishi mumkin. Bu esa turli hududlar o'rtasidagi iqtisodiy rivojlanish darajalarida mavjud bo'lgan farqni yanada chuqurlashtiradi. Shu bois davlat byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositalaridan foydalangan holda iqtisodiy ko'rsatkichlar darajasidagi hududiy tengsizlik darajasini yumshatish uchun resurslami qayta taqsimlaydi. Resurslarga boy, sanoati rivojlangan hududlaming davlat byudjeti daromadlaridagi ulushi yuqori bo‘lsa-da byudjet mablag'lari, ijtimoiy ehtiyojlami hisobga olgan holda, kam rivojlangan hududlar rivojlanishi darajasini jadallashtirish maqsadlarini ko'zlab taqsimlanadi. Markazlashgan byudjetga kelib tushadigan umumdavlat soliqlarining hududlar ixtiyorida qoldiriladigan ulushini ko'paytirish, ayrim hududlarga kiritiladigan investitsiyalar hisobiga ishlaydigan korxonalarga soliq imtiyozlarini berish, ularni imtiyozli kreditlar bilan ta’minlash, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish davlat hududiy iqtisodiy siyosatining muhim elementlaridan biridir. Hozirgi zamon iqtisodiyotida davlatning muhim funksiyalaridan biri - bu barqarorlashtirish siyosatini yuritishdir. Davlatning bu funksiyasi boshqa funksiyalar bilan chambarchas bog'liq bo'lgani holda, iqtisodiy o'sishni, inflyatsiya sur’atlarini cheklashni, ishsizlikni me’yor darajasida ushlab turishni, davlat byudjeti va to'lov balansi mutanosibligini hamda milliy valyuta almashinuv kursi barqarorligini ta’minlash kabilami o'z ichiga oladi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Davlatning iqtisodiyotga aralashishi zaruriyati qaysi omillar bilan belgilanadi? 2. Davlatning qanday iqtisodiy funksiyalarini bilasiz? 3. Davlatning antimonopol siyosati mohiyatini tushuntirib bering. 4. Nima uchun resurslar va daromadlami ijtimoiy manfaatlami e’tiborga olib qayta taqsimlash zarur? 5. Bozor tizimining ijtimoiy manfaatli deb ataluvchi mahsulotlami ishlab chiqarishga munosabati qanday? 6. Respublika hukumatining bozor iqtisodiyotiga aralashuvidan maqsad nima? 7. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qaysi yo'nalishda takomillashtirish zarur? Download 27.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling