Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan


Download 60.16 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi60.16 Kb.
#246677
Bog'liq
8 MART TAYYORLOV 3

Odam ato nasliga yaratgandan iqbolsan

Bu beorom dunyoda xalovatli ayolsan

Millatning jon tomiri sen Vaotanga timsolsan.

Yurtning o’chmas chirog’I momo Xavo ayolsan.

Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hamkasblar va Bolajonlar! Bugun  o`lkamizda ulug` bayram. Ko`klam oftobining zarrin nurlaridan bahra olib, yam-yashil maysalar, zaminimizga fasli navbahor keldi.

Buyuk bir zot: "har bir xotunning aqlini o`lchamohchi bo`lsangiz, uning qo`l ostidagi bolalariga boqing", degan ekan.

Onaga hamisha mehru-oqibat, ezgulikni ravo ko`rgan bolalar hayotda, albatta baxtli  va saodatli bo`ladilar. Ular bahorga ham, tongga ham go`zallikni ulashgan onalarning quyoshga qiyos mehr taftlaridan doimo bahra olib, ko`nglini obod qiladilar.


NAVBATNI QIZLAR IJROSIDA ‘’ONAJON ‘’ QO’SHG’I GA BERAMIZ

Tomirimni tirnar ko`hna savollar,

Yuragimda gullar shirin xayollar,

Ey siz o`zbekoyim, oftobjamollar,

Men oftobga alishmagan ayollar



ENDIGI NAVBATNI ‘’O’ZBEKISTON’’ RAQSIGA BERAMIZ


Hammaning yuzida tabassum, labida kulgu! Yurtimizga hammani diliga quvonch bag`ishlagan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kirib keldi. Shu munosabat bilan biz onajonlarimizni, opa-singillarimizni hamisha ezgulik va shafqat, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo`lgan siz, azizlarni bugungi go`zallik va nafosat bayrami bilan chin dilimizdan tabriklaymiz



KEYINGI NAVBATNI MUNIRA VA MUSTOFO ISHTROKIDA HINCHA RAQSGA BERAMIZ



KEYINGI NAVBATNI QIZLARIMIZ ISHTROKIDA ‘’ UCHALA QIZ’’ RAQSI

Erta bahor gullagan binafsha misol,

Konglingiz doim begubor bolsin.

Yangi ochilgan gul "Lola" misol,

Lablarizda doim tabassum bolsin.

Dildan ezgu tilaklarim sizgadir tanxo.

8-MART Ayyomingiz muborak bolsin!!



ENDIGI NAVBATNI ‘’XORAZIMCHA ‘’ RAQSIGA BERAMIZ



Ayol borki, olam munavvar

Ayol-soginchingiz sadosi asli,

Ayol-tort faslning jilosi asli,

Ayol-bu dunyoning vafosi asli,

Ayolga baxt tilang, baxt va

yana baxt



MUNISA VA DINAVOZ ISHTROKIDA ‘’LAZGI ‘’ RAQSIGA BERAMIZ



Beshik emas, dunyo tebratgan,

Qo`llaringni o`psak bo`lur oz.

Oyohlaring ostida erkan.

Jannat degan eng oliy E'zoz.



ENDI ESA BOLAJONLARIMIZ O’ZLARI TAYORLAGAN SAHNA KO’RNSHINI NOMOISH ETSHADI



Aziz mehmonlar kechamiz dillaringizga bir oz bo`lsa ham quvonch bag`ishlagan bo`lsa, o`zimizni baxtiyor his qilamiz.

Shu bilan kechamiz o`z nihoyasiga yetdi.    Hammangizni yana bir bor bayram bilan qutlaymiz. Qalbingizdagi nafosat, amallaringizdagi sharqona ibo, or-nomus doimo chiroqdek bo`lib yo`llaringizni yoritaversin. Ezgu tilaklar hamisha yo`ldoshingiz bo`lsin.



Download 60.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling