Odamlar o'zlarining cheksiz moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun doimiy ravishda biron bir faoliyat turi bilan shug'ullanadilar


Download 15.5 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi15.5 Kb.
#259766
Bog'liq
1 bob 1 qism


Odamlar o'zlarining cheksiz moddiy ehtiyojlarini qondirish uchun doimiy ravishda biron bir faoliyat turi bilan shug'ullanadilar. Biz deyarli har kuni bevosita yoki bilvosita " biznes " yoki "biznesmen" so'zlarini uchratamiz. Bugungi kunda biznes zamonaviy dunyoning ajralmas bir qismiga aylanib qoldi. Shu o'rinda savol tug'iladi biznes o'zi nima va u qanday ma'nolarni anglatadi. `Biznes` - so`zi inglizcha so`zdan olingan bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so`z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. Xorijiy adabiyotlarda biznes ta'rifini ko`p turlari mavjuddir. Masalan, Stivenson biznesni quyidagicha ta'riflaydi: "Inson istagan tovarlarni muntazam ishlab chiqarish yoki sotib olish va sotish, foyda olish va qondirish orqali boylik orttirish maqsadida amalga oshiriladi " . Diksining so'zlariga ko'ra, "biznes deganda maqsad bilan olib boriladigan faoliyat shakli tushuniladi, ya'ni faoliyati kim tomonidan amalga oshirilayotgan bo'lsa foyda ham unga bo'lishi kerak" . Biznesning yana bir keng tarqalgan ta'rifi: "Insonning ishlab chiqarishga yo'naltirilgan faoliyati yoki tovarlarni sotib olish va sotish orqali boylik orttirish. " Shunday qilib, biznes atamasi doimiy ravishda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va tarqatishni anglatadi. Inson jamiyatining butun rivojlanish tarixi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog`liq bo`lgan.

O`zbekistonda va MDHda biznes haqidagi makolalar, adabiyotlar 60-yillarning o`rtalarida paydo buldi. Xususiy mulkchilik esa o`sha davrda bizning mafkuramiz uchun butunlay yot narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tarikasida o`rganish faqatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-sekin o`tish bilan boshlandi. Biznesmen (tadbirkor) so`zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo`lib, u `Mulk egasi` degan ma'noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta'riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g`oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta'kidlaydi. Tadbirkorni o`zi, o`z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o`zi xo`jayinlik qiladi.
Download 15.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling