Odatda ombor deganda zahiralar saqlanuvchi joy nazarda tutiladi. Ammo ko‘pchilik logistik tizimlarda uning vazifasi nafaqat saqlash, balki mahsulotni taqsimlashda qatnashishdan ham iborat deb hisoblanadi


Download 73.87 Kb.
Sana05.08.2022
Hajmi73.87 Kb.
#790908
Bog'liq
KIRISh
1-mustaqil-ish pdf, Bunday zamonaviy omborxonalarini boshqarish uchun albatta zamonaviy tizim lozim

KIRISh

Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida tovar xarakatini kompleks rivojlantirish tovarlar muomalasi jarayonida ularning xaqiqiy xarakatini ta’minlash bo‘yicha vazifalar majmuasi bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatida eng kelajagi porloq va ko‘p qirrali yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Ularga quyidagilar kradi: xo‘jalik aloqalarining shakllanishi; mahsulotlarni tashishga, ularning xajmi va yo‘nalishlari, ketma-ketligi, mahsulotni omborga joylashtirish joylari orqali xarakatlanishning bo‘g‘inlariga ehtiyojni aniqlash; zahiralarni shakllantirish; yetkazib berish va tashishni boshqarishni muvofiqlashtirish; mahsulot zahiralarini tartibga solish, ombor xo‘jaligini rivojlantirish, joylashtirish va tashkil etish.


Omborxonada saqlash – logistikaning bir sohasi bo‘lib, omborxona xo‘jaligini, hamda tovarlarni xarid qilish, qabul qilish, joylashtirish, hisobga olish tizimini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va tovarlarni saqlash va qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish maqsadida zahiralarni boshqarish masalalari bilan shug‘ullanadi. Omborxona xo‘jaligida moddiy oqim o‘zgarishi jarayoni kechadi.
Odatda ombor deganda zahiralar saqlanuvchi joy nazarda tutiladi. Ammo ko‘pchilik logistik tizimlarda uning vazifasi nafaqat saqlash, balki mahsulotni taqsimlashda qatnashishdan ham iborat deb hisoblanadi. Chunki ombor moddiy boyliklarni yetkazib berish va iste’mol o‘rtasida turib nomutanosiblikni bartaraf etish vazifasini bajaradi. Omborlarda yana ortish-tushirish, saralash, butlash va boshqa o‘ziga xos texnologik operatsiyalar bajariladi.
Fanni o‘qitishdan maqsad – iqtisodiyotni yangilash va modernizatsiya qilish sharoitida mahsulot va zahiralarni saqlash, omborga joylashtirish, qayta ishlash, ularni ist’emolchilarga o‘z vaqtida, yuqori sifat va kerakli miqdorda yetkazishning mohiyatini ko‘rib chiqqan holda, talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional bilimini shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – ombor jarayonlarini optimal tashkil qilgan holda zaxiralarni yaratish, boshqarish, saqlash, yuklarni omborlarga joylashtirish, qaytra ishlash, transportirovkalash, servisni tashkil qilishdan iboratdir.
«Omborlar, transport uzellari va terminallar» fanining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari
Reja:
1. Omborlar, transport uzellari va terminallar fanining maqsadi, vazifalari va uning asosiy tushunchalari.
2. Transport uzellari va ularning tasniflanishi.
3. Terminallar, ularning turlari, terminallarda amalga oshiriladigan asosiy servis turlari.

1. «Omborlar, transport uzellari va terminallar» fanining maqsadi talabalarda transport uzellari, ularning turlari va vazifalari, terminallar va ombor turlari, vazifalari hamda iqtisodiyotdagi roli haqida tasavvur hosil qilish, ularning texnik imkoniyatlari va ularni ishlatish, tashish jarayonini tashkil qilishda mazkur ob’ektlarning ahamiyati haqida bilimga ega bo‘lishlarini ta’minlashdan iborat.


Fanning vazifalari talabalarga omborlarda amalga oshiriladigan logistik jarayonlar, ularni amalga oshirish tartibi, ombordagi jixozlar soni va ularning joylashtirish, ortish-tushirish mexanizmlarining ish samarasini hisoblash, transport uzellari, ularni rivojlantirish yo‘nalishlari, terminallar faoliyatini tashkil qilish, ombor jarayonlarini tashkil qilish, yuk turiga mos ravishda omborni jixozlash, omborlashtirilgan yuklarning sifatini ta’minlash, transport uzellarida turli transport ishlarini muvofiqlashtirish, terminallarda bajariladigan jarayonlarni amalga oshirishning nazariy jihatlarini o‘rgatish.
Ombor, bu turli materiallarni qabul qilish, joylashtirish, saqlash, tayyorlash va uni iste’molchilarga jo‘natishga mo‘ljallangan, turli qurilma hamda jixozlar bilan ta’minlangan bino.
Omborlashtirish tizimi, bu omborda moddiy oqimlarning paydo bo‘lishi, xarakatlanishi va shakllanishini ta’minlovchi elementlar yig‘indisi va ularni boshqarishdir.
Omborlarning vazifasi zaxiralarni shakllantirish, ularni saqlash, isti’molchilarni uzluksiz va ritmli ravshda taqsimotini amalga oshirishdir.
Transport uzeli deb birgalikda tranzit va mahalliy yuk va yo‘lovchilar oqimiga xizmat qiladigan bir necha turdagi transport turlarining kesishuv nohiyasidagi transport inshootlari va qurilmalari kompleksiga aytiladi.
2. Transport uzeli temir yo‘l uzelidan tashqari dengiz va daryo portlari, shaharga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil yo‘llari tarmoqlari, sanoat transporti tarmoqlari va yirik shahar transport tarmoqlarini o‘z ichiga oladi.
Transport uzellarida ko‘p sonli yo‘lovchilar oqimi transport vositalaridan tushadilar va chiqadilar, bir transport turidan boshqasiga o‘tkaziladi, ko‘plab yuklar oqimi ortiladi, tushiriladi va bir transportdan boshqasiga qayta ortiladi.
Transport turlarining o‘zaro kesishuv punktlari asosan temir yo‘llardagi yo‘lovchi stansiyalarida va yuk stansiyalarida joylashadi. Yuk hovlilari va maxsus temir yo‘l bazalarida yuklarni ommaviy ravishda temir yo‘llardan avtomobillarga yoki aksincha qayta ortiladi. Shahar va uzellarning rivojlanish bosh rejalarida temir yo‘l va boshqa transport uzellaridagi har xil transport inshootlarini ratsional joylashtirish , ulardan tejamli va samarali foydalanish, yo‘lovchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish kabi ijtimoiy va iqtisodiy masalalar yechimlari hisobga olinadi.

Temir yo‘l uzellari qo‘shiladigan yo‘nalishlar soni, uzeldagi stansiyalar soni va vazifalari, uzeldagi bosh yo‘llarning o‘zaro kesishuvi, yuk va sanoat nohiyalarining joylashishi va sh.k. bo‘yicha turli xil ko‘rinishda rivojlanishi mumkin. Temir yo‘l uzellari bir stansiyali, chorrahasimon, uchburchaksimon, halqasimon va bo‘ylama cho‘zilgan turlarda bo‘lishi mumkin. Aksariyat katta shahar va sanoat markazlarining temir yo‘l uzellari aralash turda rivojlanib, ularning tarkiblari har xil oddiy turdagi uzel chizmalaridan jamlanadi.


3. Terminallarda yuk tashish. Yuk tashishda ikki usul mavjud bo‘lib, uning birinchisida yuklar jo‘natuvchidan yuk qabul qiluvchiga to‘g‘ridan-tug‘ri yetkazib berilsa, ikkinchisida jo‘natish va (yoki) qabul qilish joylaridagi terminallarga yetkazib beriladi. Ikkinchi usulni terminal tizimli xalqaro yuk tashishlar deb yuritiladi va unda transporg jarayonini tashkil etish asosiy zvenosi (I bo‘g‘ini) vazifasini terminallar bajaradi. Terminallar aksariyat transport-ekspeditsion ishlarni bajaradplar. Terminal iborasi xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi natijasida MDH davlatlariga yetib kelgan bo‘lib, uning tom ma’nosi ingliz tilidagi terminal so‘zi bo‘lib, oxirgi to‘xtash joyini bildiradi. Jahon amaliyotida esa treigh terminal iborasi ishlatilib, uning ma’nosi transport—tarqatuvchi markaz bo‘lib, turli xil tovarlarni omborlarda (zaruratga ko‘ra) tijorat maqsadida saqlash bilan birga, har xil zaruriy xizmatlarni ham bajaradi.
Terminal yoki terminal majmui – hozirga zamon talabiga binoan, texnologik jixozlangan, tovarlarni transportirovkalash va ularni guruxlab tarqatish bilan bog‘liq kompleks injener-texnik inshoot bo‘lib, unda quyidagi ishlar bajarilishi mumkin:
— bojxona to‘lovlariii bajarish;
— ortish-tushirish ishlari;
— keng nomenklaturadagi tovarlarni (konteynerlarda kelgan tovarlarni ham) saqlash;
— sarxillash va jo‘natishga tayyorlash;
— transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ularga to‘lovli joy berish;
— sug‘urtalash va hisobot ishlarini bajarish;
— axborot xizmati, boshqa terminallar, yuk jo‘natuvchi
va qabul qiluvchilar bilan aloqani tashkil etish;
— mehmonxona turidagi xizmatni tashkil etish.
Terminalning asosiy vazifasi tovarlarni bo‘sh tarqatishdan
iborat.
Terminallar, asosan, yirik temir bekatlarida. daryo pristanlarida, aeroportlarda, yuk avtomobili terminal (YuAT) larida tashkil etiladi. Yirik temir yo‘l bekatlarida maxsuslashtirilgan konteyner terminallari xam bo‘lishi mumkin. Ba’zi bir korxona va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi terminallar bo‘lishi mumkin. Yopiq turdagi terminalga 2001 yil neft va neft mahsulotlariii Qamchi dovoni orqali tashish bilan bog‘liq Angren va Pop neft mahsulotlari terminalini misol qilib keltirish mumkin.
Terminal tizimida tashishni tashkil etuvchioarga quyidagilar kiradi:
— eksieditorlar. Ekspeditorlar yuklarni jo‘natish va
keltirish bilan bog‘liq xodimlar bo‘lib, ular o‘z nomlaridan
yoki vakolatini olgan korxona (tashkilot) nomidan shart-
noma tuzib tashish ishlari javobgarligini olgan shaxslardir;
— yuk tashuvchilar. Yuk jo‘natish joyidan uni yetkazib
berish joyigacha tashish ishlarini bajaruvchi transport
tashkiloti yoki shaxsiy mulk (transport) egasi.
O‘zbekiston Respublikasida terminal tizimida yuk tashuvchilarga, Toshkent aeroporti terminali, paxta tolasi temir yo‘l terminallari (Buxoro va Sirdaryoda) va “O‘zharlararotrans” (Uzmejtrans)" xissadorlik yuk avtomobil bekatlarini kirgazish mumkin. Paxta tolasi terminali har bir viloyatda xam tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Terminal tizimidan yuk tashishda yirik va mayda kompaniyalar foydalanadilar. Transport—ekspeditsiyasi xizmatlari bozorining beshafqat raqobati sharoitida terminal tizimlari tovarlarni tezlashtirib yetkazib berishga imkon yaratib beradi; terminallar aksariyat hollarda talab va taklif mavsumiy o‘zgarishlarini mavjudligi bilan bog‘liq omborlar zaxiralariga ega bo‘lishlari imkonini beradi; tijorat (tovarni baland narx bilan sotish va qulay goliqqa tortilish) maqsadida tovarlarni uzoq vaqt saqlash imkonlari mavjudligi ko‘pchilik korxonalarni terminal texnologiyalaridan foydalanib, o‘zlarining ombor xo‘jaliklaridan voz kechishlarga imkon yaratib beradi. Buning misoliga "O‘zbekpaxtasanoati" qoshida tashkil etilgan terminallar paxta tozalash zavodlarining o‘z omborlariga zarurat yo‘qligini keltirish mumkin.
Davlat miqyosida barcha transportlar infratuzilmasi rivojida terminal tizimining ahamiyati kattaligining hisobga olinib rivojlangan mamlakatlar xalqaro yuk tashishlarni tartibga solish maqsadida maxsus qonunlar qabul qilingan. Masalan, Yapopiyada yuk tashish terminal tizimini rivojlantirishiga avtomobil transporti terminallari to‘g‘risidagi qonun asos bo‘lgan.* A.S.Shustov, Ye.A.Malisheva ma’lumotlariga ko‘ra hozirgi kunda Yaponiyada 150 dan ortiq maxsuslashtirilgan terminallar, shu jumladan, “Seyko” soatini tarqatish markazi, tez buziluvchi qishloq xo‘jalik maxsulotlarga ishlov beruvchi "Deykoku" terminallarini keltirish mumkin.
O‘zbekistonja ham maxsus terminal nomli davlat innovatsion dasturi qabul etilgan.
Xalqaro terminallar orqali yuk tashishni tashkil etishda quyidagilarni inobatga olish kerak:
— tashish texnologiyasini, harakatni tashkil etish ti-
zimi va transport harakati marshrutini tanlash;
— zarur bo‘lgan transnort vositalari tailovi va hisobi;
— transport vositalari harakat jadvalini ishlab
chiqish va uni aloqador korxonalar bilan kelishish.
Harakatni tashkil etish quyidagicha bo‘lishi mumkin to‘g‘ridan to‘g‘ri (bir transport vositasi yukni jo‘natish terminalidan to yetkazib borish terminaliacha) yetkazish; uchastka terminaligacha (oraliq terminalda yarim tirkamani yoki konteynerni almashtirish) yetkazish; estafeta (haydovchi yoki ekipajni marshrut ichi oraliq terminalida) almashuvi.
O‘zbekistonda havo transporti bo‘yicha yuk tashish terminallari Toshkent aeroportida va Asakadagi “UzDEUavto” zavodi komplektatsiyasi yuklariga xizmat etuvchi Andijon aeroportida mavjud.
Omborlarning vazifasi zaxiralarni shakllantirish, ularni saqlash, isti’molchilarni uzluksiz va ritmli ravshda taqsimotini amalga oshirishdir.
Omborlarning vazifalarini an’anaviy va logistik jihatdan farqlash mumkin.
An’anaviy vazifalari:
- ombor quvvatidan maksimal foydalanish;
- ombor va ortish-tushirish ishlarini ratsional olib borish;
- ombor jixozlariridan samarali foydalanish;
- tovarlarni saqlash va qayta ishlash operatsiyalarida yuzaga keladigan zararlarni yuqotish.
Logistik jihatdan vazifalari:
- istimolchilarni tovar va xizmatlar bilan ta’minlash;
- zaxiralar optimal sarflangan holatida o‘z vaqtida o‘rnini to‘ldirish;
- ishlab chiqaruvchilar va istimolchilarni har qanday ko‘zda tutilmagan holatlardan himoya qilish;
- jo‘natish partiyalarini konsolidatsiyalash;
- logistik servis darajasini shakllantirish;
- logistik tizimning bir-biriga bog‘liq bo‘g‘inlarining o‘zaro xamkorligini muvofiqlashtirish va integratsiyalashishini rivojlantirish;
- qo‘shilgan qiymat bilan xizmat ko‘rsatish.
Logistik tizimlarda moddiy oqimlarni harakatlanishi ma’lum bir joylarda ularni to‘plash va saqlash jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Moddiy oqimlarni to‘plash joylari omborlar deb ataladi. Moddiy oqimlarni omborlar orqali harakatlanishi jonli mehnat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ular pirovard natijada tovarlarning narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan moddiy oqimlarni omborlar bilan bog‘liq muammolari ularning logistik zanjirlarda harakatini rasonallashtirish, transport harakati va ushlanib qolishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Zamonaviy yirik omborlar – bular bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga oladigan, aniq bir tizimga ega bo‘lgan va moddiy oqimlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradigan, shuningdek yuklarni qayta ishlash va iste’molchilarga taqsimlash ishlarini bajaradigan yirik texnik inshootlar bo‘lib hisoblanadi. Ayni paytda omborlar ularda qo‘llaniladigan qurilmalar, texnologik yechimlar, jihozlar konstruksiyalari va ularning xilma-xilligi, qayta ishlanadigan yuklarning turlari bo‘yicha omborlar murakkab tizimlar qatoriga kiradi. Shu bilan birga omborlarning o‘zi ham yanada yirik tizim – logistik zanjirning elementi bo‘lib hisoblanadi va u omborlar tizimida asosiy va texnik talablarni shakllantiradi, ularni optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun maqsad va mezonlarni belgilaydi, yuklarni qayta ishlash uchun shartlarni belgilaydi.
Shu boisdan omborlar alohida emas, balki logistik zanjirning tarkibiy qismi sifatida qqaralishi lozim. Faqat shunday yondoshuv orqali omborlarni o‘zining asosiy fuknsiyalarini samarali bajarishini va yuqori darajadagi samardorlikka erishish mumkin.
Shu bilan birga har bir alohida olingan aniq omborning ko‘rsatkichlari bir-biridan anchav farq qiladi, zero ularning elementlari va o‘zining tuzilmasi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Omborlar tizimini tuzishda uning samardorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni to‘liq qamrab olgan holda ularga individual yondoshish tamoyiliga amal qilish lozim bo‘ladi. Buning uchun omborlarning fuksional vazifalarini aniqlash va yuklarni omborlarning ichida va tashqarisida qayta ishlashning tahlili misol bo‘ladi. Har qanday sarf xarajatlar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim, ya’ni sarmoya sarflash bilan bog‘liq har qanday texnologik va texnik ishlanma bozordagi rasm bo‘lgan ana’na va texnik imokniyatlardan emas balki ratsional ravishda maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqishi lozim.
Logistik tizimlarda moddiy oqimlarni harakatlanishi ma’lum bir joylarda ularni to‘plash va saqlash jarayonlari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Moddiy oqimlarni to‘plash joylari omborlar deb ataladi. Moddiy oqimlarni omborlar orqali harakatlanishi jonli mehnat bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ular pirovard natijada tovarlarning narxiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan moddiy oqimlarni omborlar bilan bog‘liq muammolari ularning logistik zanjirlarda harakatini rasonallashtirish, transport harakati va ushlanib qolishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Zamonaviy yirik omborlar – bular bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga oladigan, aniq bir tizimga ega bo‘lgan va moddiy oqimlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradigan, shuningdek yuklarni qayta ishlash va iste’molchilarga taqsimlash ishlarini bajaradigan yirik texnik inshootlar bo‘lib hisoblanadi. Ayni paytda omborlar ularda qo‘llaniladigan qurilmalar, texnologik yechimlar, jihozlar konstruksiyalari va ularning xilma-xilligi, qayta ishlanadigan yuklarning turlari bo‘yicha omborlar murakkab tizimlar qatoriga kiradi. Shu bilan birga omborlarning o‘zi ham yanada yirik tizim – logistik zanjirning elementi bo‘lib hisoblanadi va u omborlar tizimida asosiy va texnik talablarni shakllantiradi, ularni optimal faoliyat ko‘rsatishi uchun maqsad va mezonlarni belgilaydi, yuklarni qayta ishlash uchun shartlarni belgilaydi.
Shu boisdan omborlar alohida emas, balki logistik zanjirning tarkibiy qismi sifatida qqaralishi lozim. Faqat shunday yondoshuv orqali omborlarni o‘zining asosiy fuknsiyalarini samarali bajarishini va yuqori darajadagi samardorlikka erishish mumkin.
Shu bilan birga har bir alohida olingan aniq omborning ko‘rsatkichlari bir-biridan anchav farq qiladi, zero ularning elementlari va o‘zining tuzilmasi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi. Omborlar tizimini tuzishda uning samardorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillarni to‘liq qamrab olgan holda ularga individual yondoshish tamoyiliga amal qilish lozim bo‘ladi. Buning uchun omborlarning fuksional vazifalarini aniqlash va yuklarni omborlarning ichida va tashqarisida qayta ishlashning tahlili misol bo‘ladi. Har qanday sarf xarajatlar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi lozim, ya’ni sarmoya sarflash bilan bog‘liq har qanday texnologik va texnik ishlanma bozordagi rasm bo‘lgan ana’na va texnik imokniyatlardan emas balki ratsional ravishda maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqishi lozim.
Omborlarning asosiy vazifasi – zahiralarni to‘plash, ularni saqlash va iste’molchi buyurtmalarini uzo‘luksiz va ritmik ravishda ta’minlanishiga erishish.
Logisika konsepsiyasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi va transport, transport va iste’molchi o‘rtasida doimo ishlab chiqarishning notekis sikllarini tekislashga xizmat qiladigan, turlicha transportni iste’mol qiladigan va foydalanadigan omborlar ob’ektlari bo‘lishi lozim.
Shu boisdan moddiy oqimlarni logistik zanjirlarda ishlab chiqaruvchidan to iste’molchiga qadar harakati jarayonlarida turlicha saqlash va qayta ishlash, moddiy oqimlar shakli va ko‘rsatkichlarini o‘zgartiruvchi ob’ektlarining ta’sirini hisobga olish darkor.
Makrologistik darajada shu tarmoq tizimi davlat tassarufidagi milliy, mintaqaviy, xududiy va xo‘jaliklararo va texnologik o‘rin tutdigan omborlar xo‘jaligi o‘z ichiga oladi.
Omborlar ob’ektlarida moddiy oqimlar dinamik ko‘rinishdan statik ko‘rinishga qayta o‘tadi va uning teskarisi. Bundan tashqari, saqlash tizimida va moddiy oqimlarni qayta ishlashda bitta ko‘rsatkich kiritilib, ikkinchi ko‘rstakich chiqariladi. Ko‘rsatkichlar sifatida kuchlanish, quvvat, ritm, moddiy oqimlar tizimi, hamda mahsulotning turi va o‘rash usuli, transport yuklari to‘plami va h.k. e’tirof etiladi.
Logistik tizimga ayniqsa omborlar tizimiga kiruvchi yuklarni saqlash va ularni qayta ishlash tizimi tuzilsmasi quyidagi asosiy omillarga bog‘liq bo‘ladi:
– ishlab chiqarish hajmi va masshtablari (sotish);
– tayyorlanayotgan, sotilayotgan yoki iste’mol qilinayotgan mahsulot turlari;
– ishlab chiqarish (savdo-sotiq)ni ixtisoslashuvi va koorperatsiyasi darajasi;
– moddiy oqimlarni vujudga kelish texnologiyalari (tranzit yoki omborlarda)
– ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari;
– omborlarni mexnizatsiyalashtirish va texnik jixozlash darajasi.
Yuklarni saqlash va qayta ishlash tizimlari (tizim osti) va ixtisoslashgan logistik komplekslarda hamda sanoat korxonalarida quyidagi turdagi omborlarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Ishlab chiqarish omborlari
Bu omborlar ishlab chiqarish tuzilmalarining tarkibiy qisi bo‘lib hisoblanadi. Ular korxonalarning asosiy ishlab chiqarish jarayoni tarkibining elementi bo‘lib hisoblanadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
- sex omborlari;
- uchastka omborlari;
- aslahalangan omborlar.
Tayyor mahsulotlar omborlari
Bu katta guruhdagi munosabatlar doirasida omborlar va mahsulotlarni qayta ishlash va saqlashning kompleks tizimidir. Ular moddiy oqimlarni makrologistik zanjirlarida harakatlanishini ta’minlaydi.
Makrologistik omborlar xo‘jalik tizimida alohida o‘rin davlat darajasidagi moddiy zahiralarni saqlashga xizmat qiladi.
Katta guruhdagi omborlar va qayta ishlash tizimlari transport tashkilotlariga tegishlidr. Ularga quyidagilar kiradi:
- tovar stansiyalarining yuk hovlilari;
- rels oldi maydonlar;
- umum foylalanuvchi maydonlar;
- yuk terminallari va dengiz, daryo portlari maydonlari.
Omborlarni tasniflashda eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri tovarlarni ixtisoslashuvi bo‘lib hisoblanadi, unga ko‘ra omborlar quyidagicha tasniflanadi:
1. Ixtisoslashtirilgan omborlar (majmualar).
2. Universal omborlar (majmualar).
Omborlarni ixtisoslashuviga ishlab chiqarish hajmlari va iste’mol qilinishi hamda materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlari ta’sir ko‘rsatadi. Moddiy resurslar turlariga ko‘ra omborlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- qattiq va suyuq yoqilg‘i;
- yonuvchi-moylash materiallari;
- qurilish materiallari;
- yog‘och materiallar;
- metall mahsulotlari va h.k.
Universal omborlarda turli-tuman hajmdagi materiallar saqlanadi, ba’zan ularning turi mingtaga yetadi.
Taralardan foydalanish darajasiga qarab omborlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- tara-qadoqlash materiallari;
- yashiklarda;
- butilkalarda;
- qoplarda;
- bankalarda;
- tochkalarda;
- konteynerlarda va h.k.
Qadoqlash materiallari, jumladan:
- doplik;
- bo‘lakli;
- sochiluvchan;
- suyuq;
- gazsimon materiallar va h.k.
Texnik jihozlanishiga ko‘ra omborlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Yopiq.
Ularga barcha tomondan to‘siqlar bilan o‘ralgan va tomga ega bo‘lgan bino va inshootlar kiradi. Bu toifaga yana quyidagilarni kiritish mumkin:
- bunkerlar;
- siloslar;
- yopiq rezurvuarlar va boshqalar.
Yopiq turdagi omborlarda atmosfera ta’sirida sifati buziladigan materiallarni saqlash uchun qo‘llaniladi.
Omborlardagi asosiy texnologik jarayonlar
Omborning xajm va sifat ko‘rsatkichlari
Reja:
1. Ombor ishining xajm ko‘rsatkchilari.
2. Ombor quvvatidan foydalanish ko‘rsatkichlari.
3. Jixozlardan foydalanish ko‘rsatkichlari.
4. Mehnat unumdorligini ko‘rsatkichlari.

1. Ombor ishining xajm ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:,


1. Yuklarni qayta ishlash koeffitsienti – omborga joylashtirilgan yuklarni qayta ortish sonini hisobga oluvchi ko‘rsatkichdir.

– yuklarni qayta ishlash o‘lchami,t


– omborning yuk aylanmasi, t
2. Omborga yuk kelish (jo‘natilish) notekisligi
–yuk kelishi(jo‘natilish) makmimal xajmi, t
– yuk kelish (jo‘natilish) o‘rtacha xajmi, t
3. Omborning 1 m2 maydoniga to‘g‘ri keluvchi yuk aylanmasi
– yuk kelish (jo‘natilish) o‘rtacha xajmi, t
– omborning umumiy maydoni, m2
4. Moddiy resurslarning aylanish koeffitsienti
– yil davomida material resurslarning ombordan jo‘natilishi,t
– yil davomida ombordagi material resurslarning o‘rtacha qoldig‘i, t
2) Ombor quvvatidan foydalanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
1. Ombor binosi maydonidan foydalanish koeffitsienti

–moddiy-texnik resurslar bilan band bo‘lgan omborning foydali maydoni xajmi, m2


–omborning umumiy maydoni xajmi, m2
2. Omborning yuklanganligi (gruzonapryajennost sklada)

– omborning 1m2 foydali maydonining yuklanishi,t


3) Jixozlardan foydalanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi
3. Ombordagi ortish mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti

– ortish mexanizmlarining amaldagi ko‘targan yuk xajmi, t


– ortish mexanizmining nominal yuk ko‘tara olish qobiliyati, t
.
4. Ombordagi ortish mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti

– ortish mexanizmlarining ishda bo‘lish vaqti,sut


– ombor ishining umumiy vaqti, sut
5. Transport vositasining yuk operatsiyalarida turgan vaqti

– bir uzatishda ortiladigan yuk xajmi, t


–ortish mexanizmning soatlik unumdorligi, t
2) Ombor quvvatidan foydalanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
1. Ombor binosi maydonidan foydalanish koeffitsienti

–moddiy-texnik resurslar bilan band bo‘lgan omborning foydali maydoni xajmi, m2


–omborning umumiy maydoni xajmi, m2
2. Omborning yuklanganligi (gruzonapryajennost sklada)

– omborning 1m2 foydali maydonining yuklanishi,t


3) Jixozlardan foydalanish ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi
3. Ombordagi ortish mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti

– ortish mexanizmlarining amaldagi ko‘targan yuk xajmi, t


– ortish mexanizmining nominal yuk ko‘tara olish qobiliyati, t
.
4. Ombordagi ortish mexanizmlarining yuk ko‘tarish qobiliyatidan vaqt bo‘yicha foydalanish koeffitsienti

– ortish mexanizmlarining ishda bo‘lish vaqti,sut


– ombor ishining umumiy vaqti, sut
5. Transport vositasining yuk operatsiyalarida turgan vaqti

– bir uzatishda ortiladigan yuk xajmi, t


–ortish mexanizmning soatlik unumdorligi, t

Mehnat unumdorligini ko‘rsatkichlari.

1. Bir ishchi tomonidan smena davomida qayta ishlangan moddiy-texnik resurslar soni

– ma’lum davr uchun qayt ishlanishi rejalashtirilgan moddiy-texnik resurslarning umumiy soni, t


– shu davrda moddiy-texnik resurslarni qayta ishlashga sarflangan ishchi smenalar soni,
2. Barcha ombor operatsiyalari mexanizatsiyalashmagan holatda bajarilganda bir ishchining o‘rtacha unumdorligi

–etkazib berish partiyasining o‘rtacha o‘lchami, t


– bir ishchining unumdorlik me’yori (ortish va tushirish me’yori), t/s
– bir smenada ishlovchilar soni, kishi
– ish smenasi davomiyligi, soat
– ishning almashinish koeffitsienti
3. Mexnizatsiyalashgan mehnatda band bo‘lish darajasi

– mexanizatsiyalashgan holda ishlarni bajaruvchi ishchilar soni, kishi


– ishlovchilarning umumiy soni , kishi
4. Ombor ishining mexanizatsiyalashish darajasi
– mexanizatsiyalashgan ishlar xajmi, t
– bajariladigan umumiy ishlar xajmi, t
5. Mexanizatsiyalashgan ombor ishlari xajmi
–ortish-tushirish mexanizmlari bilan qayta ishlanadigan yuk oqimi xajmi, t
– ko‘tarish-transport va ortish-tushirish mexanizmlari yordamida yuklarni qayta ortish soni
6. Bajarilgan ombor operatsiyalarining umumiy xajmi

– mexanizatsiyalashgan holda bajarilgan ishlarning umumiy xajmi,t


– qo‘lda bajarilgan ishlarning umumiy xajmi, t
7. Qo‘lda bajarilgan ishlar xajmi

– qo‘lda bajarilgan ishlar, t


– qo‘lda yuklarni qayta ortish soni
Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifat ko‘rsatkichlari

Xizmat, umuman olganda, kimlarningdir shunday harakatiki, bu harakat boshqalarga foyda va yordam keltiradi. Xizmat ko‘rsatish doirasidagi ish, ya’ni kimningdir extiyojini qondirishga qaratilgan yumush-servis (xizmat ko‘rsatish) deb ataladi.


Logistik faoliyatning tabiati shundayki, u material oqimi iste’molchisiga turli logistik xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Logistik servis taqsimlash jarayoni bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, tovarlarni yetkazib berish jarayonida ko‘rsatilayotgan xizmatlar kompleksidan iborat.
Material oqimning turli iste’molchilari logistik xizmat ob’ekti hisoblanadi. Logistik xizmat ko‘rsatish borasidagi xizmatlarni 3 ta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Sotishdan oldin bajariladigan logistik xizmatlar;
2. Sotish jarayonida bajariladigan logistik xizmatlar;
3. Sotishdan keyin bajariladigan logistik xizmatlar.
Birinchi guruhdagi ishlar bu – firmaning xizmat ko‘rsatish borasidagi siyosati va uni rejalashtirishdir.
Ikinchi guruh, ya’ni sotish jarayonidagi logistik xizmatlarga quyidagilar kiradi:
- omborlarda tovarlar zaxirasini ta’minlash;
- buyurtma bajarilishini ta’minlash, shu jumladan, kerakli assortimentni va yuk birliklarini tayyorlash, o‘rash-chirmash ishlarini bajarish va shu kabilar;
- yuklarning yetkazib borishning(buyurtmani o‘z muddatida bajarishning) ishonchliligini ta’minlash;
- yuklarni o‘tib borishi haqida axborotlar berish.
Sotuvdan keyingi xizmatlarga – mahsulotga sotuvdan keyingi kafolatli xizmat, xaridorlar imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va shu kabilar kiradi.
Iste’molchilar tovar yoki xizmatni sotib olishda sotuvchining logistik servis borasidagi imkoniyatlarini hisobga oladi. Bunda sotuvchining raqobatdoshligi uning ko‘rsatayotgan xizmatlari turlari va sifati bilan belgilanadi. Boshqa tomondan esa ko‘rsatilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish qo‘shimcha xarajatlarni taqozo etadi.
Ko‘rsatilayotgan xizmatlarni baholash turli usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish tizimini tovar jo‘natuvchi va iste’molchi tomonidan baholashning muhim mezoni bu logistik servisni darajasidir. Bu mezon quyidagicha aniqlanadi:
(2.1)
bu yerda η – logistik servis darajasi;
M – ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan logistik servis hajmi;
m – amalda ko‘rsatilayotgan logistik servis hajmi;
Logistik servisni baholashda xizmatning eng muhim turlari tanlab olinadi. Odatda bunday xizmatlarni bajarish katta mehnat talab etadi, bajarmaslik esa bozorda katta yo‘qotishlarga olib keladi.
Servis darajasining boshqa ko‘rsatkich, ya’ni tovarni yetkazib berishda amalda bajarilayotgan logistik xizmatlarga ketadigan vaqtlar yig‘indisi ni mumkin bo‘lgan barcha xizmatlarga ketadigan vaqtlar yig‘indisi ga nisbati bilan aniqlash mumkin, ya’ni
Xizmat ko‘rsatish darajasining oshishi bilan servisga sarflanadigan xarajatlar miqdori ham oshadi va bunday o‘sish egri chiziqli xarakterda bo‘ladi(2.2 chizma). Buning sababi shundaki, tadbirkor o‘z faoliyatini boshlashda bozorga kam xarajatli, xizmatlarni tavsiya etadi, keyin esa xizmatlar ro‘yxati kengaytirilaveradi. Oldin ro‘yxatga kam xarajatli ko‘p so‘raladigan xizmatlar qo‘yilgan bo‘lsa, keyinroq ro‘yxat o‘rta
va ko‘p xarajat talab etadigan, ammo bozorda kam va juda kam so‘raladigan xizmatlar bilan to‘ldiriladi.

2.2 chizma. Servis xarajatlarining xizmat darajasi (η) ga bog‘liqligi grafigi.


Endi logistik boshqaruvga oid servis xizmati darajasining ( ) zaxiralarni saqlash xarajatlariga ta’sirini ko‘rib chiqamiz.


Servis darajasi( )ni xaridorlarning bajarilgan buyurtmalari sonini (Qbaj) buyurtmalarning umumiy soniga nisbati (Qum) bilan aniqlaymiz, ya’ni
Servis darajasi ( ) ni quyidagi ikkita yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:
• zaxira hajmini oshirish yo‘li, bunda buyurtmani olish va bajarish borasidagi logistik boshqaruv darajasi o‘zgarmaydi;
• buyurtmani olish va uni bajarish borasidagi logistik boshqaruv darajasini oshirish yo‘li, bunda zaxira hajmi o‘zgarmaydi.
Birinchi yo‘l – bu ekstensiv yo‘l bo‘lib, uni amalga oshirish zaxiralarni ta’minlash xarajatlari oshishiga olib keladi. Ikkichi yo‘l esa zaxira hajmini oshirishni taqozo etmaydi, masala logistik xizmat darajasini oshirish asosida hal etiladi
2.3 chizma. Logistik servis darajasini oshirish hisobiga zaxirani ta’minlash xarajati X( ) egri chizig‘ining o‘ngga siljishi
Ko‘rsatilayotgan logistik xizmatlar sifatini quyidagi ko‘rsatkichlar asosida baholash mumkin:
• yetkazib berishning ishonchliligi;
• buyurtmani berishdan boshlab uni bajarib nihoyalashgacha o‘tgan vaqt;
• yetkazib berish tizimining moslashuvchanligi;
• xizmat haqini to‘lash uchun kreditlar berilishi va shu kabilar.
Yuqoridagi baholash mezonlarining mazmun-moxiyatini qisqacha bayon etamiz.
Mahsulot va tovarlarni yetkazib berish ishonchliligi muhim amaliy ahamiyatga ega. Umumiy holda tizim ishonchliligi - bu uning o‘z funksiyalarini belgilangan muddatda va ko‘rsatilgan miqdorda bajarish qobiliyatini shakllantiruvchi xususiyatlar majmui hisoblanadi.
Yetkazib berish ishonchliligi – bu yetkazib beruvchilarning shartnomada ko‘zda tutilgan yetkazish muddatlarini ta’minlay olish qobiliyatidir. Yetkazib berish ishonchliligini ta’minlashda shartnomada ko‘zda tutilgan shartlar, shu jumladan yetkazib berish muddatini bajarmagan hollarda ko‘zda tutilayotgan jarima yoki boshqa iqtisodiy ta’sir choralarining ahamiyati muhimdir.
Buyurtma olingandan to uni bajarishgacha o‘tadigan muddatni kamaytirish uchun uning tarkibiy elementlari va ularni boshqarish yo‘llarini bilish lozim. Mazkur muddat quyidagi elementlardan tashkil topadi:
• buyurtmani rasmiylashtirish muddati;
• tovar yoki maxsulotni tayyorlash muddati;
• yukni o‘rab-chirmash va markirovkalash muddati;
• transport vositalariga ortish vaqti;
• yukni yetkazib berish vaqti.
Shartnomada ko‘zda tutilgan muddatni ta’minlash uchun uni tashkil etuvchi elementar vaqtlarni kechiktirmay bajarish lozim.
Yetkazib berish tizimining moslashuvchanligi – bu sharoitlar o‘zgarishi munosabati bilan iste’molchilarda paydo bo‘ladigan qo‘shimcha xohish-istak va talablarni bajarish imoniyati bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgarishlar qo‘yidagicha bo‘lishi mumkin:
- buyurtma shaklining o‘zgarishi;
- buyurtmani uzatish usullarining o‘zgarishi;
- o‘rab-chirmash vositalari va tovarning o‘zgarishi;
- oldinga talabnomalarni qaytarib olish holatlari;
- buyurtmani bajarish holati haqida axborot olish mumkinligi;
- yetkazib berilgan yuk partiyasida ayrim yetishmovchiliklar holatiga munosabati va shu kabilar.
Sifat standarti tizimi – bu sifatni ma’muriy boshqarish uchun lozim bo‘lgan protseduralar, jarayonlar, resurslar va tashkiliy tuzilmalar jamlanmasidan iborat.
Sifat tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim:
- sifat tizimi xodimlar tomonidan yaxshi tushunilishi va qabul qilinishi;
- ko‘rsatilayotgan xizmatlar iste’molchilar ehtiyojlari va talablarini qondirishi;
- atrof-muhitga ta’sir qilishi va jamiyat ehtiyojlariga mos kelishi;
- salbiy holatlar kelib chiqishining oldini olishga imkon berishi.
Bunday tizim xizmat sifatini ta’minlashdan tashqari tartib-intizomni kuchaytirishga, foydasiz mehnat qilishning oldini olishga imkon beradi va iste’molchilar bilan ishlashni yengillashtiradi. Sifat tizimini amalga oshirish kelajakdagi vazifalar, mahsulotlar, jarayonlar va tashkilotlarga xos xususiyatlarga mos bo‘lishi zarur.
Xizmata bo‘lgan ehtiyojlari bo‘yicha iste’molchilarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1) yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatilishini xoxlaydigan iste’molchilar;
2) yuqori tezlik va samaradorlik hamda eng kam darajadagi tavakkalchilik asosida xizmat ko‘rsatilishini xohlaydigan iste’molchilar;
3) transport xizmati, tovarlarni yetkazib berish va sotish vazifalarining o‘rtada turuvchi marketing tashkilotlariga uzatishini xoxlovchi iste’molchilar.
Logistik xizmat ko‘rsatish jarayonining eng muhim masalasi – bu ko‘rsatilgan xizmatlar uchun iste’molchilardan undiriladigan kompensatsiya narxini aniqlashdir. Yuklarni tashish jarayoniga sarflangan xarajatlarni aniqlashdan ko‘ra logistik xizmat xarajatlarini aniqlash ancha murakkabdir, chunki bunday xizmatning bahosi iste’molchining tizim (tashish va logistik xizmat ko‘rsatish) samaradorligini baholashi va tan olishi bilan bog‘liqdir.
Xizmat ko‘rsatish darajasi tegishli xarajat va tushumlar hamda olinadigan foyda qiymatlarini taqqoslash asosida aniqlanadi. Agar xizmat ko‘rsatishning rejalashtirilayotgan darajasi xarajat va tushumlarning optimal nisbatini ta’minlay olsa, unda bunday xizmat korxona uchun samarali hisoblanishi mumkin. Bunday protsedura xizmat ko‘rsatish darajasining oshirilishi tufayli ko‘payayotgan xarajatlarni xizmat turi va sifatining kamayishi natijasida yo‘qotilayotgan tushum bilan solishtirish asosida bajariladi: taqqoslash natijasida xizmat ko‘rsatishning optimal darajasi aniqlanadi.
Ombor ishining samaradorlik ko‘rsatkichlari
Reja:
1. Ombordagi moddiy resurslar va ularni taqsimlash
2. Kapital qo‘yilmalar va ombor xo‘jaligida fond qaytimi
3. Ombor xo‘jaligida ekspluatatsion xarajatlar va ularni aniqlash

Barcha omborlarda, ularning xarakteristikalaridan qat’iy nazar uch turdagi moddiy resurslarni kuzatish mumkin: kirish, chiqish va ichki.


Kirish oqimlari turlicha moddiy resurslar yoki mehnat vositalarini omborlarga qabul qilinishi hisoblanadi. Bu holat bir qator o‘ziga zos logistik operatsiyalarni o‘z ichiga oladi: transport vositalariga ortish, yuklarni turlari va sifati bo‘yicha qabul qilib olish va h.k.
Chiqish oqimlari omborlardan (tizimdan) moddiy oqimlarni shakllantirishi va belgilangan manzilga yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek u o‘ziga taalluqli logistik operatsiyalarni bajarilishini ham ko‘rsatali. Masalan, butlash, transport vositalariga ortish, muhrlash, markalash va h.k.
Ichki oqim, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, 2 ta shaklda namoyon bo‘ladi. Dinamik oqim shaklida - u ombor ichila yoki qayta ishlash tizimida yuklarning o‘zini bir joydan boshqa joyga ko‘chishini tadqiq etadi.
Statik oqim shaklida, moddiy resurslarni ting holda (ko‘rinishida) omborlashtirishni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash o‘rinliki, moddiy oqimlar omborlar ichida joylashishi jarayonida o‘z shaklini ko‘p marotaba o‘zgartirishi mumkin.
Moddiy oqimlarni omborlarga kirib kelishi ularni vaqtinchalik saqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi, bu jarayoni moddiy resurslar harakatining u yoki bu bosqichida bo‘lishi mumkin. Ushbu funksiyani amalga oshirish uchun eng kamida quyidagilar mavjud bo‘lishi lozim:
- resruslarni saqlash uchun kerakli sharoitning mavjud bo‘lishi;
- bu resruslarni joylashtirish bo‘yicha kerakli algoritm ishlab chiqish va ularni saqlash joylaridan olish;
- mavjud zahiralar dinamikasi yuzasidan samarali hisob-kitob va nazorat tashkil etish.
Omborlarlagi moddiy resurslar ular saqlanish yoki saqlanmasligidan qat’iy nazar o‘z o‘lchamlari bo‘yicha taqsimlanadi. Bu esa, ularni hajmi va tarkibi bo‘yichagina emas, balki bir qator o‘zgaruvchilar bilan ham individual bo‘lgan kompleks logistik operatsiyalarni bajarish taqazo etiladi. Bundan kelib chiqib, omborlarni funksional faoliyatini statistik staxastik xarakterlash mumkin. Bu xususiyat taqdim etiluvchilarning notekisligi va dinamikligi, kiruvchi oqimlarni va buyurtmalarni o‘ziga xos xususiyatlarning chiquvchi oqimlarining bashorat qiluvchi o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
Ayni paytda boshqarishni to‘g‘ri tashkil qilganda omborlarning ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar neytrallashtirilgan yoki hech bo‘lmaganda kamaytiriladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida umum foydalanuvidagi omborlar, ya’ni ombor-otellar keng miqyosda tarqalib bormoqda. bu omborlarni yana bir tamostil bo‘yicha taqsimlaydi – ularga egalik qilish bo‘yicha. Ular:
- individual foydalanuvdagi omborlar;
- umum foydalanuvdagi omborlarga bo‘linadi.
Umum foydalanuvdagi omborlar, ayni paytda ishlatiladigan yoki maxsus foydalaniladigan, to‘liq yoki qisman lizing asosida ijaraga beriladigan, turli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun shartnoma asosida transport – ombor vazifalarini bajaradigan omborlar bo‘lib hisoblanadi. Tashkilotlar umum foydalanuvdagi omborlardan quyidagi sabablarga ko‘ra foydalaniladi:
- o‘zlarining omborlarining yetishmasligi;
- yanada yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish;
- transport va saqlash ushlanib qolishlarini kamaytirish;
- kapital sarf-harajatlarni kamaytirish, aks holda bu mablag‘lar o‘z ombor xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi;
- mavsumiy zahiralarni saqlash zaruriyati;
- mahsulot zahiralarini ularni saqlashning maxsus sharoitlarini hisobga olgan holda saqlashga talab.
Kapital qo‘yilamalar o‘lchami xaqidagi absolyut ma’lumotlardan tashqari taqqoslash ko‘rsatkichi – mexanizatsiyalashishning solishtirma koeffitsienti aniqlanadi
K – kapital qo‘yilmalar xajmi, mln.sh.b.
Q – yillik yuk aylanma, t.
Ombor xo‘jaligining fondqaytimi
St – omborning asosiy vositalari qiymati, ming sh.b.
R – transport-ombor va ortish-tushirish ishlarida band bo‘lganlar soni, kishi
1t moddiy resurslarni omborda qayta ishlash tannarxi.
– yillik ekspluatatsion xarajatlarning umumiy xajmi, ming sh.b.
– yil davomida qayta ishlangan moddiy resurslar xajmi, t
Yillik ekspluatatsion xarajatlarning umumiy xajmi
— ish xaqiga sarflangan yillik xarajatlar, so‘m
E — yil davomidagi elektroenergiya (yoki) va yonilg‘i sarfining umumiy qiymati, so‘m
M — yordamchi materiallar (moylash, tozalash, profilaktik)ga yillik xarajatlar, so‘m;
Am —ombor mashina va mexanizmlarining ta’miri va amortizatsiyasiga yillik ajratmalar;
As — ombor binosi va boshqa yordamchi qurilmalar ta’miri va amortizatsiyasiga yillik ajratmalar.
Ish xaqi o‘lchami
– ishchilarga ish xaqi belgilash va boshqa xarajatlarni hisobga oluvchi koeffitsient
– yil davomida qayta ishlashga qo‘yilgan yuk xajmi,t
– material resurslarning bir birligini qayta ishlash bahosi, so‘m
Yonilg‘i va elektr energiyasiga yillik umumiy xarajatlar
.
Ee – elektrodvigatelli ko‘tarish-transport mashinasi uchun energiya qiymati, so‘m;
Et –ichki yonuv dvigatelli yoki dizel dvigatelli yoki gaz bilan ishlovchi mashinalar yonilg‘i qiymati, so‘m;
Esv – ombordagi ishlab chiqarish jarayonlari boradigan hududularni o‘ritish uchun elektroenergiya qiymati, so‘m.
Elektrodvigatelli ko‘tarish-transport mashinasi uchun yillik energiya qiymati
0,736 — o‘tkazish koeffitsienti (kilovattni ot kuchiga);
— i-tip yoki markadagi dvigatel quvvati, l. s.;
— i-tip yoki markadagi dvigatel quvvati dan foydalanish koeffitsienti ;
— elektr kuchlanish qiymati — bir kVt • s;
— i-tip yoki markadagi mashinalarning yil davomida ishlagan ish soatlari, s.
1. i-tip yoki markadagi mashinalarning yil davomida ishlagan ish soatlari
— i-tip yoki markadagi mashinalarning yil davomida qayta ishlagan yuklari soni, t;
— i-tip yoki markadagi mashinalarning ekspluatatsion unumdorligi, t/soat.
Yonilg‘i dvigatellari uchun yillik yonilg‘i qiymati (benzin, mazut, gaz)
— ot kuchiga soatlik yonilg‘i sarfi, kg;
St — bir kilogramm yonilg‘i qiymati, so‘m.
2. Ombordagi ishlab chiqarish jarayonlari boradigan hududularni o‘ritish uchun elektroenergiya qiymati
— elektr chiroqning quvvati, kVt;
— chiroqning yonib terish soati;
— 1 kVt • soat yorg‘lik energiyasining qiymati, so‘m.

Ombor tizimida zahiralarni boshqarish
1. Zahiralarni boshqarish.
2. Zahiralarning turlari.
3. Mahsuotlarni omborga joylashtirish va qayta ishlash tizimi.

Tabiatdan olingan xomashyo oxirgi iste’molchiga tayyor mahsulot ko‘rinishida yetib borgunga qadar harakatlanadi, boshqa materiallar bilan aloqada bo‘ladi, unga qayta ishlov beriladi va h.k. Moddiy harakatlanuvchi zanjir bo‘yicha harakatlanib, xomashyo (keyinchalik yarim tayyor va tayyor mahsulot) doimo to‘xtab qoladi, u yoki bu ishlab chiqarish yoki logistika operatsiyasida o‘z navbatini kutadi. Zahiralar to‘g‘risidagi umumiy qabul qilingan ta’rif quyidagicha: moddiy zahira – ishlab chiqarish va muomalaning har xil bosqichida ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol jarayoniga kirishni kutayotgan xalq iste’moli tovarlari, hamda boshqa tovarlardir.


Logistik tizimlarda zahiralar moddiy, axborot va moliyaviy turlarga bo‘linadi. Ammo, biznes-jarayonlarni boshqarish amaliyotida moddiy zahiralar nisbatan ko‘p uchraydi.
Moddiy zahiralar moddiy oqimlarning statik holatda bo‘lishini nazarda tutadi.
Zahiralarni tashkil etish doimo xarajatlar bilan bog‘liq. Zahiralarni tashkil qilish va saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy xarajatlar quyidagicha:
- harakatsiz moliya mablag‘lari;
- maxsus jihozlangan xonalarni tashkil etish bo‘yicha xarajatlar;
- buzilish, yo‘qolish va h.k. bilan bog‘liq risklar xarajati.
Aslini olganda zahiralar mavjudligining o‘zi – xarajatdir. Ammo zahiralarning bo‘lmasligi ham xarajatlarga olib keladi. Zahiralarning mavjud emasligi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy yo‘qotishlar quyidagicha:
- ishlab chiqarishning turib qolishidagi yo‘qotishlar;
- talab mavjud bo‘lgan vaqtda omborda tovar yo‘qligi natijasidagi yo‘qotishlar;
- kichik hajmdagi tovar to‘dalarini sotib olishning qimmatligi bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar.
Quyida moddiy zahiralarni tashkil etish uchun qanday asoslar borligi sanab o‘tilgan:
- qat’iy ta’minot jadvalining buzilishi ehtimoli. Bunda ishlab chiqarish jarayoni to‘xtab qolmasligi uchun zahira kerak. Bu, asosan uzluksiz ishlab chiqarish davriga ega bo‘lgan korxonalar uchun muhim;
- talab tebranishi ehtimoli. Ma’lum bir tovar guruhiga talabni oldindan ayta bilish mumkin, ammo aniq tovarga bo‘lgan talabni prognozlash qiyin. Shuning uchun tovarning yetarli zahirasiga ega bo‘linmasa, talabning qondirilmaslik ehtimoli bor, ya’ni mijoz orqaga xaridsiz va pul bilan qaytadi;
- ba’zi tovar turlarini ishlab chiqarishning mavsumiy xarakterga egaligi (asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga tegishli);
- yirik tovar to‘plamasini sotib olganlik uchun chegirmalarning mavjudligi ham zahiralarni tashkil etish sababi bo‘lib qolishi mumkin. Bu narx ko‘tarilishi natijasida foyda olish maqsadida tovarlar zahirasini tashkil etadi;
- buyurtma berish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning kattaligi (ta’minotchini qidirish, u bilan muzokaralar o‘tkazish, xizmat safarlari va boshqalar). Bu xarajatlarni buyurtmalar sonini kamaytirish, yangi buyurtirilgan to‘dalar xajmini oshirish natijasida kamaytirish mumkin;
- ishlab chiqarish va taqsimlash bo‘yicha jarayonlarni bir tekis tashkil etish imkoniyati. Faoliyatning bu ikki turi bir-biri bilan bog‘liq: ishlab chiqarilgan mahsulot taqsimlanadi. Zahiralar mavjud emasligida taqsimlash tizimidagi zahiralarning mavjudligi realizatsiya jarayonini ishlab chiqarishdagi shart-sharoitdan qat’i nazar, muntazam tashkil etishga imkoniyat yaratadi. O‘z navbatida ishlab chiqarish zahirasining mavjudligi xomashyo va yarimtayyor mahsulotlarni yetkazib berishdagi uzilishlarni tekis borishini ta’minlaydi;
- xaridorlarga zudlik bilan xizmat ko‘rsatish imkoniyati. Xaridor buyurtmasini quyidagi usullarning biridan foydalanib, bajarish mumkin: - buyurtma qilingan tovarni ishlab chiqarish; -buyurtma qilingan tovarni sotib olish; -buyurtma qilingan tovarni mavjud bo‘lgan zahiradan olib berish. So‘nggi usul eng qimmat usul hisoblanadi, chunki u zahiralar saqlanishini talab etadi. Ammo raqobat sharoitida buyurtmani tezda bajarish xaridor uchun kurashda hal qiluvchi omil hisoblanishi mumkin;
- ehtiyot qismlari yo‘qligi natijasida ishlab chiqarishning turib qolishini minimumlashtirish;
- ishlab chiqarishning boshqarish jarayonini yengillashtirish. Korxona ichida ishlab chiqarish jarayonining har xil bosqichlarida yarim tayyor mahsulotlar zahiralarini yaratish.

2. Zahiralarning turlari


Aytib o‘tilganidek, «zahira» tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalarini qamrab oladi, chunki xomashyoning birinchi manbadan so‘nggi iste’molgacha bo‘lgan harakatida moddiy oqim barcha maydonchalarda zahira ko‘rinishida yig‘ilishi mumkin. Bunda har bir maydonchada moddiy zahiralarni boshqarish o‘z xususiyatiga ega. Xomashyoni mahsulotga aylantirish yo‘lida va bu mahsulotning so‘nggi iste’molchiga yetkazilishida zahiralarning ikki asosiy turi farqlanadi (1-chizma):
1. Ishlab chiqarish zahiralari. Bu turdagi zahiralar ishlab chiqarish korxonalariga xos bo‘lib, ishlab chiqarish iste’moliga mo‘ljallangan. Ular ishlab chiqarish jaraënining uzluksizligini ta’minlaydi.
2. Tovar zahiralari. Ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayër mahsulotlar omborlarida, taqsimlash kanallarida mavjud bo‘lgan zahiralar shular jumlasiga kiradi. Tovar zahiralari iste’molchilarni turli mahsulotlar bilan ta’minlash uchun kerak.
O‘z navbatida bu zahiralardan har biri uch turga bo‘linadi:
A) joriy zahiralar; b) kafolatli zahiralar; v) mavsumiy zahiralar.

1-chizma. Moddiy zahiralarning asosiy turlari.



Taqsimot kanallaridagi zahiralar ikki turga bo‘linadi, bular:
- yo‘ldagi zahiralar;
- savdo korxonalaridagi zahiralar.
Yo‘ldagi zahiralarni yana tashishda bo‘lgan ëki tranzit zahiralar ham deb atashadi. Ular ta’minotchilardan iste’molchilarga yetkazish yo‘lida transportda bo‘lgan resurslardir.
Zahiralar ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va iste’molchi orasidagi bevosita bog‘liqlik darajasini kamaytirish uchun xizmat qiladi. Zahiralar mavjudligi ishlab chiqarishni optimal xizmatdagi partiyalar bo‘yicha yetkazib berilayotgan xomashyo bilan ta’minlashga, shuningdek, xomashyoni optimal hajmdagi tayyor mahsulotga aylantirish imkonini beradi. Xomashyo zahiralari shu xomashyoni yetkazib beruvchining ishlab chiqaruvchiga bo‘lgan bog‘liqlik darajasini kamaytiradi. Ishlab chiqarish jarayonida bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar zahirasi alohida sexlarning bir-biriga bo‘lgan bog‘lanishini kamaytiradi.
Bajaruvchi funksiyasiga ko‘ra zahiralar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- joriy zahiralar;
- kafolatli zahiralar;
- tayyorlash xarakteriga ega bo‘lgan zahiralar;
- mavsumiy zahiralar;
Joriy zahiralar ishlab chiqarish jaraëni va taqsimotning uzluksizligini ta’minlaydi. Joriy zahiralar ishlab chiqarish va tovar zahiralarining asosiy qismini tashkil etadi. Ularning miqdori doimiy ravishda o‘zgarib turadi.
Kafolatli zahiralar kutilmagan holatlarning oldini olish uchun vujudga keltiriladi. Joriy zahiralardan farqli ravishda kafolatli zahiralarning miqdori o‘zgarmasdir. Me’ërdagi ish sharoitlarida bu zahiralar ishaltilmaydi (NZ).
Tayyorlash xarakteriga ega bo‘lgan zahiralar materiallarni ishlab chiqarish yoki iste’molga chiqarish davrida vujudga keladi (ya’ni, materiallarni qabul qilish, quritish, ochish, saralash, iste’mol joyiga yetkazish va h.k.).
Mavsumiy zahiralar ishlab chiqarish, iste’mol va tashish mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan hollarda vujudga keltiriladi.
Logistika konsepsiyasining amaliyotda qo‘llanishi korxona va firmalarda yalpi zahiralar muvofiqligi bilan bog‘lanadi. Ishlab chiqarish va iste’mol uchun zarur bo‘lgan zahiralarga bog‘liq bo‘lgan barcha turdagi xarajatlarni kamaytirish zahiralarni optimallashtirish mezoni hisoblanadi.
Korxonalarda quyidagi zahira darajalari bo‘lishi mumkin:
1) maksimal darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi va maksimal joriy zahiralar yig‘indisi;
2) o‘rtacha darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi va yarim joriy xarajatlar yig‘indisi;
3) minimal darajadagi zahiralar: kafolatli, tayyorlash xarakteridagi zahiralar yig‘indisi.
Zahiralar hajmini partiyalar hajmini o‘zgartirish yoki yetkazib berishlar orasidagi vaqt intervalini o‘zgartirish orqali tartibga solish mumkin. Ayrim hollarda ham partiyalar hajmini va ham intervalni o‘zgartirish amaliyotini qo‘llash mumkin.
Zahiralar logistikasida zahiralarni tartibga solishning quyidagi asosiy tizimlari mavjud:
- qat’iy belgilangan buyurtma (partiya) miqdoriga asoslangan tizim;
- qat’iy belgilangan buyurtma davriyligiga asoslangan tizim.
Qat’iy belgilangan buyurtma (partiya) miqdoriga asoslangan tizim nisbatan oddiy va keng tarqalgan tizim hisoblanadi. Unda buyurtma miqdori va partiyalar soni o‘zgarmas kattalik bo‘lib, navbatdagi yetkazib berish intervallari o‘zgarib turadi. Navbatdagi partiyaga buyurtma omborxonadagi zahira miqdorining belgilangan me’yor darajasiga yetishi, ya’ni «buyurtma nuqtasi»ga yetishi bilan beriladi. Demak, ushbu tizimda navbatdagi partiyalar orasidagi intervallar moddiy boyliklarning ishlab chiqarish yoki iste’moldagi sarfi (iste’moli) intensivligiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tizimda «buyurtma nuqtasi»ga mos keluvchi zahira miqdorini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin:
qbnz = qkt+rt
bunda qbnz - «buyurtma nuqtasi»ga mos keluvchi zahira miqdori;
qkt - kafolatli va tayyorlash xarakteridagi zahiralar miqdori;
r - materiallarning o‘rtacha kunlik sarfi;
t - zahirani to‘ldirish uchun ketuvchi vaqt, tayyorlov davri.
Qat’iy belgilangan buyurtma davriyligiga asoslangan tizimda moddiy boyliklar omborxonaga o‘zgarmas vaqt oraliqlarida yetkaziladiyu, bunda partiya miqdori turlicha bo‘ladi.
3. Mahsuotlarni omborga joylashtirish va
qayta ishlash tizimi
Omborxonada saqlash – bu logistik operatsiya bo‘lib, logistik kanal ishtirokchilari tomonidan zahiralarni saqlash, ushbu zahiralarning butligini ta’minlash, ularni oqilona joylashtirish, hisobini yuritish, doimiy yangilab borishni nazarda tutadi.
Omborxonada saqlash logistikasi – logistikaning bir sohasi bo‘lib, omborxona xo‘jaligini, hamda tovarlarni xarid qilish, qabul qilish, joylashtirish, hisobga olish tizimini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va tovarlarni saqlash va qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish maqsadida zahiralarni boshqarish masalalari bilan shug‘ullanadi. Omborxona xo‘jaligida moddiy oqim o‘zgarishi jarayoni kechadi.
Odatda ombor deganda zahiralar saqlanuvchi joy nazarda tutiladi. Ammo ko‘pchilik logistik tizimlarda uning vazifasi nafaqat saqlash, balki mahsulotni taqsimlashda qatnashishdan ham iborat deb hisoblanadi. Chunki ombor moddiy boyliklarni yetkazib berish va iste’mol o‘rtasida turib nomutanosiblikni bartaraf etish vazifasini bajaradi. Omborlarda yana ortish-tushirish, saralash, butlash va boshqa o‘ziga xos texnologik operatsiyalar bajariladi.
Omborxonada saqlash logistikasining o‘rganish ob’ekti – omborxonalarda joylashtirish, yuklash-qayta ishlash va o‘rash jarayonida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklardir.
GLOSSARIY
Ombor, bu turli materiallarni qabul qilish, joylashtirish, saqlash, tayyorlash va uni iste’molchilarga jo‘natishga mo‘ljallangan, turli qurilma hamda jixozlar bilan ta’minlangan bino.
Omborlashtirish tizimi, bu omborda moddiy oqimlarning paydo bo‘lishi, xarakatlanishi va shakllanishini ta’minlovchi elementlar yig‘indisi va ularni boshqarishdir.
Omborlarning vazifasi zaxiralarni shakllantirish, ularni saqlash, isti’molchilarni uzluksiz va ritmli ravshda taqsimotini amalga oshirishdir.
Omborxonada saqlash – bu logistik operatsiya bo‘lib, logistik kanal ishtirokchilari tomonidan zahiralarni saqlash, ushbu zahiralarning butligini ta’minlash, ularni oqilona joylashtirish, hisobini yuritish, doimiy yangilab borishni nazarda tutadi.
Omborxonada saqlash logistikasi – logistikaning bir sohasi bo‘lib, omborxona xo‘jaligini, hamda tovarlarni xarid qilish, qabul qilish, joylashtirish, hisobga olish tizimini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va tovarlarni saqlash va qayta ishlash xarajatlarini kamaytirish maqsadida zahiralarni boshqarish masalalari bilan shug‘ullanadi.
Zamonaviy yirik omborlar – bular bir-biri bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ko‘plab elementlarni o‘z ichiga oladigan, aniq bir tizimga ega bo‘lgan va moddiy oqimlarni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator vazifalarni bajaradigan, shuningdek yuklarni qayta ishlash va iste’molchilarga taqsimlash ishlarini bajaradigan yirik texnik inshootlardir
Transport uzeli deb birgalikda tranzit va mahalliy yuk va yo‘lovchilar oqimiga xizmat qiladigan bir necha turdagi transport turlarining kesishuv nohiyasidagi transport inshootlari va qurilmalari kompleksiga aytiladi.
Yuklarni qayta ishlash koeffitsienti – omborga joylashtirilgan yuklarni qayta ortish sonini hisobga oluvchi ko‘rsatkichdir.
Moddiy oqim (mafarial flow) - yuk, detal, tovar - moddiy boyliklar va hokazo, ularga ilova qilish jarayonida ko‘rib chiqiladigan har xil logistik operatsiyalar (tashish, omborga joylashtirish va boshqalar) yoki vaqtincha oraliqqa (fn, fn+1) kiritilganlar. Moddiy oqim «hajmi (miqdor, massa) va vaqt» o‘lchamlariga ega. Uning mavjud bo‘lish shakli transportda tashilgan yuklar va boshqalardan iborat bo‘lishi mumkin. Oqim vaqtincha oraliqqa ega emas, balki vaqtning paytiga tegishli bo‘lganda, u o‘zining qarama - qarshiligiga o‘tadi. Masalan, vaqtning berilgan paytida ko‘rib chiqiladigan yuk oqimi yo‘ldagi zaxira va transport zaxirasi bo‘ladi.

Axborot oqimi (information flon) - u logistik tizimda, logistik tizim va tashqi muhit orasida aylanib yuruvchi, logistik operatsiyalarni boshqarish va nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan xabarlarning majmuasi. Axborot oqimi moddiy oqimga mos keladi va qog‘oz yoki elektron hujjat ko‘rinishida mavjud bo‘lishi mumkin. U vujudga kelish manbai, yo‘nalishi, davriyligi, hajmi, uzatish tezligi bilan ta’riflanadi.


Logistika operatsiyalari (logistikal operation) - moddiy va axborot oqimlarini o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarning ajratilgan majmuasi. U ko‘pgina boshlang‘ich shartlar, tashqi muhitning o‘lchamlari (ushbu logistika tizimi nuqtai nazaridan boshqarilmaydigan o‘zgaruvchanlar, bu o‘zgaruvchanlar qayd etilgan, tasodifiy va noaniq bo‘lishi mumkin), muqobil strategiyalar maqsadiy vazifalarning ta’riflari tomonidan berilishi mumkin.
Ishlab chiqarish zahiralari. Bu turdagi zahiralar ishlab chiqarish korxonalariga xos bo‘lib, ishlab chiqarish iste’moliga mo‘ljallangan. Ular ishlab chiqarish jaraënining uzluksizligini ta’minlaydi.

Tovar zahiralari. Ishlab chiqaruvchi korxonalarning tayër mahsulotlar omborlarida, taqsimlash kanallarida mavjud bo‘lgan zahiralar shular jumlasiga kiradi. Tovar zahiralari iste’molchilarni turli mahsulotlar bilan ta’minlash uchun kerak.



Xizmat sifati tushunchasi – uning iste’molchi ehtiyojini qondirishga qaratilgan turli xususiyatlari va tavsiflari yig‘indisidan iborat

Sifat standarti tizimi – bu sifatni ma’muriy boshqarish uchun lozim bo‘lgan protseduralar, jarayonlar, resurslar va tashkiliy tuzilmalar jamlanmasi
Download 73.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling