Odil yoqubov (1926-2009)


Download 0.52 Mb.
Sana28.04.2020
Hajmi0.52 Mb.
#101853
Bog'liq
6 sinf adabiyot odil yoqubov. muzq

Odil yoqubov

(1926-2009)

1926-yil 20-oktabrda hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarashli Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan.

O‘sha yerda o‘rta maktabni tugatib, armiya xizmatiga ketgan.

  • O‘sha yerda o‘rta maktabni tugatib, armiya xizmatiga ketgan.
  • 50-yillarda u armiya xizmatidan qaytib, O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qiydi.

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955-59).

  • O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi (1955-59).
  • «Literaturnaya gazeta»ning O’zbekistondagi maxsus muxbiri (1959-63; 1967- 70).
  • «O’zbekfilm» kinostudiyasi va O’zbekiston davlat kinematografiya qo’mitasida bosh muharrir (1963-67).
  • G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyo'tida bosh muharrir o’rinbosari (1970-82).

MEHNAT FAOLIYATI

1955-1982-yillar

«O’zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi bosh muharriri (1982-87).

  • «O’zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi bosh muharriri (1982-87).
  • O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1987-91).
  • O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamashunoslik qo’mitasi raisi (1991-yildan) .
  • Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati    Assambleyasining birinchi vitse-prezidenti (1995-yildan)

MEHNAT FAOLIYATI

1982-yildan so`ng…

DASTLABKI ASAR

  • Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari 1951-yilda bosilib chiqqan «Tengdoshlar»
  • povesti edi.

TO`PLAM VA PYESALARI

  • «Chin muhabbat» (1955-yil);
  • «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi» (1958-yil);
  • «Yurak yonmog‘i kerak» (1958-yil);
  • «Olma gullaganda» (1961-yil);
  • «Muzaffar Temur» (1996-yil);
  • «Bir koshona sirlari» (2000-yil) pyesalari bor.
  • «Dastlabki qadam» (1953-yil) hikoyalar to‘plami.
  • «Ikki muhabbat» (1955-yil) hikoyalar to‘plami.
  • «Tilla uzuk» (1961-yil) qissa va hikoyalar to‘plami;

Qissalari

  • «Bir felyeton qissasi»
  • «Muqaddas»
  • «Qanot juft bo‘ladi»
  • «Izlayman»
  • «Billur qandillar»

ROMANLARI

  • «Er boshiga ish tushsa...» (1966-yil)
  • «Ulug‘bek xazinasi» (1973-yil)
  • «Ko‘hna dunyo» (1982-yil)
  • «Diyonat» (1977-yil)
  • «Oqqushlar, oppoq qushlar» (1988-yil)
  • «Adolat manzili» (1998-yil)

E’TIROF

  • 1985-yilda O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan bo’ldi.
  • 1994-yilda «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.
  • 1998-yilda «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan.

ODIL YOQUBOV 2009-yil 21-dekabrda VAFOT ETDI.

  • ODIL YOQUBOV 2009-yil 21-dekabrda VAFOT ETDI.

“Muzqaymoq” hikoyasi

“O‘sha oilamiz boshiga og‘ir kulfat tushgan kuni, men, o‘n yashar bola, nimadandir ko‘nglim g‘ash, uyimiz ro‘parasidagi paxsa devorga chiqib, o‘zimcha go‘yo otga minib o‘tirardim…”

  • “O‘sha oilamiz boshiga og‘ir kulfat tushgan kuni, men, o‘n yashar bola, nimadandir ko‘nglim g‘ash, uyimiz ro‘parasidagi paxsa devorga chiqib, o‘zimcha go‘yo otga minib o‘tirardim…”

U mahalda biz Turkiston shahrining eng so‘lim joylaridan biri - Lager ko‘chasida ikki xonadan iborat, oldi ayvon, o‘sha zamon imkoniyatiga ko‘ra tuzukkina uyda istiqomat qilardik...

  • U mahalda biz Turkiston shahrining eng so‘lim joylaridan biri - Lager ko‘chasida ikki xonadan iborat, oldi ayvon, o‘sha zamon imkoniyatiga ko‘ra tuzukkina uyda istiqomat qilardik...
  • Darvozaning ustida quruq pichan saqlanadigan boloxona bo‘lar, biz, bolalar oqshom paytlari berkinmachoq o‘ynaganda boloxonaga chiqib pichan tagida «jon saqlardik».

Bir kun oyimlar qo‘limga pul va ikki-uch litrli grafin (dadamlar katta lavozimlarda ishlagan mahalda orttirgan nodir matoh) tutqazib:

  • Bir kun oyimlar qo‘limga pul va ikki-uch litrli grafin (dadamlar katta lavozimlarda ishlagan mahalda orttirgan nodir matoh) tutqazib:
  • - Do‘konga kirib qimiz olib chiq, dadang aytdilar! - dedilar. Do‘konga kirsam, qimiz tugagan ekan. Men parvoyi falak, qo‘limdagi grafinni o‘ynatib uyga qaytdim.

TANISHING, BU - PAVLIK MOROZOV!

  • - Malades! - dedi boshimni silab, - kelgusida Pavlik Morozov chiqadi sendan!

1918-yil 14-noyabrda tug`ilib, 1932-yil o`lgan. Otasining qilmishlarini “fosh qilgan” - sho`rolarga “sotgan” bola!

BILIB OLING !

Nog‘oralar va karnay-surnaylar sadosi tobora avjga chiqmoqda, chamasi, odatdagidan ham katta miting boshlanmoqda edi. O‘rgatilgan otga o‘xshab yana nog‘oralar gumburlayotgan tomonga burildim. Haqiqatan ham yomg‘irga qaramay, pionerlar har tomondan saf-saf bo‘lib bog‘ga yopirilib kelishardi.

  • Nog‘oralar va karnay-surnaylar sadosi tobora avjga chiqmoqda, chamasi, odatdagidan ham katta miting boshlanmoqda edi. O‘rgatilgan otga o‘xshab yana nog‘oralar gumburlayotgan tomonga burildim. Haqiqatan ham yomg‘irga qaramay, pionerlar har tomondan saf-saf bo‘lib bog‘ga yopirilib kelishardi.

Bu yosh, xushqad, xushsurat yigitcha bizga qo‘shni edi...

  • Bu yosh, xushqad, xushsurat yigitcha bizga qo‘shni edi...
  • - Ha, qashqirdan tug‘ilgan qashqircha! - dedi titroq bosib. - Bitta shaltoq buzoq bir podani buzadi! Bo‘yningga soxta qizil galstuk taqib, bu sofdil qizil pionerlarni buzmoqchimisan? U qo‘limni og‘ritib siqqancha o‘ziga torta boshladi.

- Meni kechir, Gulshan. Ayol boshing bilan besh bolani qanday boqasan - aqlim bovar qilmaydi. Endi yuz ko‘rishishimizga ham ko‘zim yetmaydi, kechir meni!

  • - Meni kechir, Gulshan. Ayol boshing bilan besh bolani qanday boqasan - aqlim bovar qilmaydi. Endi yuz ko‘rishishimizga ham ko‘zim yetmaydi, kechir meni!

Bilimingizni sinang!

  • 1. «Qatag‘on davri» qurbonlari bo‘lgan qaysi ijodkorlarni bilasiz?
  • 2. «Muzqaymoq» hikoyasida qaysi davr voqealari aks etgan?
  • 3. Hibsga olingan otaning holatini so‘zlab bering.
  • 4. Yosh qo‘shni yigit - kotibning xatti-harakatini qanday izohlash mumkin?
  • 5. Nog‘ora sadolari ostida o'tadigan mitinglardan maqsad nima ekanini aytib bering.
  • 6. Hikoya qahramoni nima uchun maqtov eshitadi?

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling