Odob axloq – inson ziynati


Download 14.81 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi14.81 Kb.
#1578373
Bog'liq
odob-axloq


Odob axloq – inson ziynati
Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.
Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash katta ma’suliyat talab etiladi. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati, ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo‘ladi. Xalqda’’ Bola aziz,odobi undan aziz’’degan naql bor.U bejiz aytilmagan.
Odob keng qamrovli tushuncha.Har bir sohaning o’z odob me’yorlari bor:nutq odobi,kiyinish odobi,ovqatlanish odobi.
Ovqatlanish ham bir madaniyat.Unda ham odobga rioya etish zarur.Ovqatga kattalardan oldin qo’l uzatmaslik,ovqat yeganda chapillatib yemaslik,ovqat paytida qattiq kulish,baqirib gaplashish odobdan emas.
Farzandlarimizga kiyinish madaniyatini,muomala madaniyatini ham o’rgatib borishimiz lozim.
Kiyinish odobi ham hayotda alohida ahamiyatga ega.Ayniqsa o’smir yoshdagi o’g’il-qizlar juda uzun yoki juda kalta va tor hamda bachkana kiyimlarni kiymasliklari,har doim toza,dazmollangan kiyimda yurishlari lozim.
Odobli bola, eng avvalo xushmuomala bo’ladi,o’zidan kattalarga salom beradi.Jamoat transportida , boshqa yerlarda o’zidan kattalarga joy beradi.Biror keksa yoshdagi odamga yukini olib borib berish ,yo’lni kesib o’tishda yordamlashish ham odobning bir ko’rinishi.
Odobli kishi izzattalab ham bo’lmaydi. U katta-yu kichikka birdek yaxshi muomalada bo’ladi.Umuman ,odob-axloq qoidalariga rioya qilish inson fazilatining bir ko’rinishidir..
Har qanday tarbiya, xususan nasihat oilada boshlanadi. Tarbiyaning bosh maqsadi – bir-biriga mehr-oqibatli insonlarni voyaga yetkazishdir. Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik samarali bo‘ladi. Shuning uchun farzand tarbiyasida ota-onaning xizmati muhim ahamiyatga ega.
251 ta so’z
Download 14.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling