Ogohlik va xushyorlik davr talabi. 1-Dekabr butun jahon oits ga qarshi kurashish kuni


Download 25.49 Kb.
bet1/2
Sana20.09.2023
Hajmi25.49 Kb.
#1682966
  1   2
Bog'liq
Ogohlik va xushyorlik davr talabi


Ogohlik va xushyorlik davr talabi. 1-Dekabr butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni.

1 dekabr` kuni jahon hamjamiyati Xalqaro OITSga qarshi kurash kunini nishonlaydi. Bugungi kunda insoniyatga jiddiy xavf tug`dirayotgan mazkur muammo hech qaysi mamlakat aholisini befarq qoldirayotgani yo`q. O`zbekiston OITSga qarshi kurashga qaratilgan sa`y-harakatlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlayotgan mamlakatlardan biridir.


Butun Jahon Sog`liqni Saqlash tashkiloti tomonidan OITS bo`yicha butun dunyoda o`tkazilgan tadqiqotlarga muvofiq: Hozirgi kunda jahon bo`yicha 42 mln. kishi OIV infektsiyasiga chalingan bo`lsa, har yili ularning safiga yana 2 mln. 700 ming nafar kishi qo`shiladi. O`tgan davr mobaynida qariyb 2 mln.ga yaqin odam bu kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi. Har minutda 11ta odam IITVni o`ziga yuqtirmoqda. Dunyo bo`yicha kasallikni o`ziga yuqtirgan insonlarning yarmidan ko`pini 15 yoshdan 24 yoshgacha bo`lgan yoshlar tashkil etadi, shu jumladan, kasallikni o`ziga yuqtirganlarning yarmi – bu 15 yoshgacha bo`lgan bolalar, buning ustiga ularning ko`pchiligi onasi homiladorlik paytida, tug`ilish va ko`krak bilan boqish paytida virusni yuqtirganlar.
OITS infektsiyasi o`lkamizda ilk bor 1987 yilda aniqlangan. O`sha yili Respublika SPID diagnostika markazi tashkil qilingan. 1988 yilning oxiriga kelib barcha ma`muriy hududlarda SPID diagnostika laboratoriyalari ochilgan. OIV infektsiyasi bilan kasallangan birinchi o`zbekistonlik bemor 1989 yili aniqlangan bo`lsa, ke­yingi o`n yil davomida bu xastalikka chalingan 76 ta bemor qayd etilgan. Kasallik ko`rsatkichi yildan-yilga ortib borib, oxirgi yillarda infektsiyani yuqtirganlar soni o`rtacha bir yilda uch ming nafarga etdi.
OITS kasalligini yuqtirib olish xavfi bo`yicha aholining ayrim guruhi “xavfli gugruh” ga kiritiladi. Ushbu “xavfli gugruh”ga giyoxvandlar, notanish shaxslar bilan pala partish jinsiy aloqa qiluvchilar, jinsiy aloqa yo`li bilan yuqadigan kasalliklarga chalingan shaxslar kiradi.
Dunyoning ko`pgina davlatlarida OIV/OITS infektsiyasini boshqa shaxslarga yuqtirganlik uchun javobgarlik belgilangan. Ayrim davlatlarda buning uchun og`ir jazo tayinlanadi. Mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko`ra, bila turib boshqa shaxsni OIV kasalligi/OITSni yuqtirish xavfi ostida qoldirgan yoki unga OIV kasalligi/OITSni yuqtirgan shaxs besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tinchlik va osoyishtalik mustahkam mamlakatga bayramlar, to’yu shodiyonalar yarashadi. Shukrki, yurtimizda bu ulug’ ne’mat barqaror. Shu tufayli bayramlar bayramlarga ulanmoqda – xalqimiz istiqlolning 19 yilligini nishonlashga katta tayyorgarlik ko’rayotir.


Sirdaryo viloyatida ham bayramni ko’tarinki ruhda nishonlashga qizg’in hozirlik ko’rilmoqda. Prezidentimizning shu yil 30 iyundagi qarori asosida “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” degan ezgu g’oyani o’zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, madaniy-ma’naviy tadbirlar o’tkazilayotir.
Bayram tadbirlarini tinch va osoyishta, xalqimiz qalbidan chuqur joy egallaydigan tarzda o’tkazish borasida ko’rilayotgan chora-tadbirlar haqida Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, polkovnik 
Download 25.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling