Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasini izohlab bering


Download 89.5 Kb.
Sana27.09.2020
Hajmi89.5 Kb.
#131569
Bog'liq
QUTLIYEV ASLBEK OILA H


  1. Oila huquqi tushunchasi, maqsad va vazifasini izohlab bering.

  2. Tarixda oilaning  rivojlanishiga oid  nimalarni bilasiz?

  3. Oila huquqining boshqa  huquq sohalardagi o’rni nimada ifodalanadi?

  4. “Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega” degan norma qaysi huquqiy hujjatda o’z  ifodasini topgan?

  5. Nikohga qanday ta’rif berilganligini bilasiz?

  6. Zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasiga qanday e’tibor berilgan?

  7. Da’vo muddati nima?

  8. Da’vo muddatining o’tishini belgilovchi qoidalar qaysi kodeksda belgilab qo’yilgan?

Oila jamiyatning asosiy va birlamchi bo‘g‘inidir. Davlat va jamiyatni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Davlat va jamiyat o'rtasida uzviy bog'lanish mavjud bo'Jib, jamiyatning negizini oilalar tashkil qiladi. Oila a’zolari o ‘rtasidagi munosabat axloq-odoh, urf-odat, an'ana, vijdon qonunlari asosida tartibga solinib turilsa-da, aksari hollarda ushbu munosabatlar huquqiy me’yorlar, qonunlar bilan hamtartibga solinadi. Masalan, nikohga kirish, nikohning haqiqiy emasligi, er-xotinning mulkiy huquq va majburiyatlari, nikohning tugatilishi, ota-ona va bolalar o ‘rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlar va h.k.lar huquqiy munosabatlar bo‘lib, u oila huquqi normalari bilan tartibga solinadi. M amlakatimizda qabul qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy soha munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunlar xalqaro huquqiy standartlarga to ‘la-to‘kis mos bo‘lib, ular ruhini hayotimizga singdirish ishiga xizmat qilmoqda. 0 ‘zbekiston Sharq mamlakatlari sirasiga kiruvchi davlatdir. MaMumki, Sharqda qadimdan oila muqaddas maskan sanalgan. Unga bunday e'zozli munosabat bugungi kunda ham o‘zgargani yo‘q. «Oila, — deydi 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov, — hayotning abadiyligini, avlodlaming davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan hirga, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta’sir ko'rsatadigan tarbiyao'chog'i...

Oilani e ’zoz!ash, uning qadr-qim m atini yuksakka ko'tarish bizning ongimizda mustahkam jo bo'lgan. Mamlakatimiz aholisini taibiyalashda milliy istiqlol g'oyasining o ‘mi alohidadir. «Oila — mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omiUaridan biridir. Chunki oiia jamiyat negizi bo'lib, ko‘p asrlik mustahkam ma'naviy tayanchJaiga ega. MiUiy mafkuramizga xos bo‘lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila m uhitida singadi. Bu jarayon bobolar o'giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. Oiladagi sog‘lom muhit sog'lom mafkurani shakllantirish manbayidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o ‘zaro hurm at va ahillikni ta'm inlash milliy mafkurada ko‘zda tutilgan maqsadlami amalga oshirishda tayanch bo‘ladi».‘ Oilaning jamiyat oldidagi asosiy vazifalaridan biri — farzand ko'rish va tarbiyalashdir. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, aholi soni m a'lum muayyan ko'rsatkichda bo‘Iib turishi uchun har 100 oilaga 260 ta bola to ‘g‘ri kelishi kerak. Aniqrog'i, 100 oiladan 60 tasida 3 tadan, 40 tasida 2 tadan bola bo'lishi Iozim. Demografik olim lar hisoblariga ko‘ra, agar har bir oila bittadan farzand ko'rsa, sakkizinchi avlodga kelib, ya'ni 200 yildan keyin bu xalq millat tariqasida yo‘q bo'lib ketishi mumkin ekan. 0 ‘zbekiston dunyoda aholisining soni juda tez ko'payib borayotgan mam lakatlar qatoriga kiradi. Oila jam iyatning boshlang‘ich hujayrasini tashkil etib, unda aholining ko‘payishi va yosh avlodni taibiyalash vazifalari bajariladi. Oilaning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat: Birinchidan, u jamiyatning demokratik hujayrasini tashkil etib, odamlar shu muqaddas koshonada tug‘ilib-o‘sib jamiyat tarkibini tashkil etadi. Ikkinchidan, oila muhim bo‘g‘in bo‘lib, unda biz m ehnat jarayonida sarf qilgan kuchlarimizni tiklaymiz. Uchinchidan, oila — muhim tarbiya o ‘chog‘i. Va to ‘rtinchidan, nodir ruhiy muhitdir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 1994- yildan  e’tiboran har yili 15- may kunini “Xalqaro Oila kuni” sifatida nishonlashga qaror qilganligi bejiz emas. 1

Oila eng muhim ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Masalan, insonni yaratish, bolalarni tarbiyalash, insonlarni jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol toptirish, ularni ma’naviy birlashtirish, birgalikda xo’jalik yuritishni ta’minlash, o’zaro yordam ko’rsatish, jamiyatning  iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash, demografik  jarayonlarni yaxshilash bunga  misol bo’la oladi.

O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev oila to’g’risida to’xtalib shunday degan edi: ”Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shundaki, avvalambor, qayerda ishlashidan qat’iy nazar, kim bo’lishidan qat’iy nazar agar oilada tarbiya, oilada muhit, oilada halollik, munosabat, tarbiyaga alohida e’tibor bermasa, hech qachon natija bo’lmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor beraman. Har bir farzandimga ham, nevaramga ham alohida o’zimning munosabatim bor. Har bir nevaramning alohida xarakterini bilaman, orzusini, istagini bilaman”.1 

 Oilaviy munosabatlarga Sharqda o’tmishdan boshlab katta ahamiyat berib kelingan. Zardushtiylikda oilaviy burch va farzand tarbiyasiga  alohida  e’tibor berilgan. “Avesto” tadqiqotchisi H.Homidov bu haqda  shunday deb yozadi: “erkak zurriyot qoldirish qobiliyatiga ega bo’lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg’a bosishar yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur qilishardi. Ba’zan bunday erkakni qopga solib kaltaklashgan. Bundan tashqari qarindoshlarning o’zaro oila qurishi man etilgan, qavm va urug’ sonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Ko’p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi qayd etilgan, bir yo’la ikki-uch bola tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor deb uqtirilgan”.1

Patriarxal oila Markaziy Osiyo xalqlarida  oilaning eng dastlabki tarixiy shakli hisoblangan. Bu oila ayni zamonda jamiyatning asosiy ishlab chiqarish jamoasi ham bo’lgan. Shuning uchun oilaviy munosabatlarga, har bir oila a’zolarining xatti-harakatlariga alohida e’tibor berilgan. Markaziy Osiyoda patriarxal oila eramizdan avvalgi birinchi ming yilliklarda vujudga kelgan. Asta-sekin o’sha davrlarda kichik-kichik oilalar vujudga kelgan. Kichik oilalarning vujudga kelishi nikoh shart-sharoitlarini ham  o’zgartirib yuborgan. 

Markaziy Osiyoda azal-azaldan ayollarga nisbatan hurmat bilan qaralgan. Ayollar jamiyatda erkaklar bilan teng huquqlardan foydalanishgan. Jumladan tarixchi Gerodotning “Tarix” nomli asarida vatanparvar ayol To’maris haqida keltirilgan tarixiy ma’lumot bunga yorqin misol bo’la oladi. Turon aholisi To’maris  boshchiligida bosqinchi  Kayxusrav armiyasiga qarshi turib zarba bergan. Yana bir qadimgi  grek tarixchisi  Elion qoldirgan ma’lumotlarga ko’ra, Markaziy Osiyodagi yirik qabilalardan biri bo’lgan saklarning odatlari bo’yicha uylanishni istagan har bir yigit o’zi uylanmoqchi bo’lgan qiz bilan yer osti uyida kurash tutishi kerak bo’lgan. Bu kurashda g’alaba qilgan taqdirdagina uylanish huquqiga ega bo’lgan. Demak, bu odat bo’yicha kurash  o’ziga xos tarzda nikoh  vazifasini bajargan.

Markaziy Osiyo xalqlarining mashhur dostonlari bo’lgan “O’g’uznoma”, “Alpomish”, “Manas” larda nikoh bilan bog’liq odatlar keltirilgan. Ularda yigitning jismoniy qobiliyatlariga va uni sinab ko’rishga ham alohida e’tibor berilgan. Yigitning qizga munosib yoki munosib emasligini aniqlash uchun talabgorlarning  o’zaro ot  poygasi, kamondan o’q  uzib nishonni urish, kurash kabi raqobatchilik kabi shakllaridan ham foydalanilgan. Shuningdek, nikoh qurishda “qiz quvlash”, “tortishmachoq” kabi odatlarning shakllanishi nikohga bo’lgan e’tiborning natijasidir.

“Buyuk  turk  hоqоnligidа, -deb yozadi tarixchi R.E.Qilichev- Аshinа urug`i turklаridа аyolgа оg`iz sоlish erlаr huquqi hisоblаngаn vа оtа, аkа, аmаki vаfоt etsа, og’аynilаri, yangаlаrigа uylаngаnlаr… Хоtinlаrning mеrоs qilib оlinishi ko`chmаnchi хаlqlаrdа ikki mаntiqqа  аsоslаngаn: birinchidаn, o`tоv-uydа bir хizmаtchi pаydо bo`lgаnki  o`shа zаmоnlаrdа bu fаqаt fоydа kеltirаrdi. Shu o`rindа аniqlik  kiritish  lоzimki, аyol  bоlа- chаqаsi vа mеrоs qоlgаn mоl-mulk bilаn yangi er qаrоmоg’igа o’tgаn. Bu yetim bоlаlаrning ko`chаdа qоlmаsligi vа mоl-mulkning  tаrqаb  kеtmаsligi  оldini оlgаn  Ikkinchidаn, bu оdаt bilаn bеvаning huquqi  himоya qilinаrdi, chunki yangi er-хоtin sifаtidа uni himоya qilishi vа uning g’аmini yеyishi mаjburiy edi… Аyolgа munоsаbаt hurmаt vа ehtirоm  аsоsigа qo`yilgаn edi. O’tоvgа  kirib  kеlgаn o’g’il fаrzаnd аvvаlо onаsigа, undаn so`ng оtаsigа  tа`zim bаjо kеltirаrdi.1

Bugungi kungacha ham nikoh munosabatlarida ayrim udumlarimizning saqlanib qolganligini ko’rish mumkin. Jumladan, sovchilikka borish, unashtirish, tanishtirish, olib qochish, olov yoqish, to’y-tantana, challov va boshqalar bunga misol bo’la oladi.

Oila huquqi boshqa huquq sohalari bilan ham chambarchas bog’liq. Chunki oila a’zosi jamiyatning barcha sohalarida huquqiy munosabatlarga kirishadi. Oilada farzand dunyoga keladi, uning jamiyatda kerakli shaxs bo’lib yetishishida oilaning  vazifasi va o’rni juda kattadir.

“Davlat va huquq nazariyasi” fani oila huquqining umumiy tushunchasi va maqasadini izohlab bersa, ”Konstitutsiyaviy huquq” fani inson huquqlari, erkinliklari va burchlari, ularning kafolatlari, gender tenglik masalalarini, oilaning davlat himoyasida  ekanligi, ota-onalar va farzandlarning o’zaro huquq va majburiyatlarining huquqiy tomonlarini tasdiqlab beradi.

Oilaviy-huquqiy munosabatlarjaniiyatda juda keng tarqalgan munosahatlardir. Oilaviy munosabatlar ntuayyan hollarda axloqodob qoidalari bilan tartibga solinadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar nikoh va oila doirasidagi aniq ijtimoiy munosabatlarni oila qonunchiligi nuqtayi nazaridan tatbiq etishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlar davomli huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bu xususiyat huquqiy munosabatning maqsadlari bilan belgilanadi. Nikoh tuzishdan maqsad oila qurish bo‘lib, u erxotinning butun umri davomida birga yashashiga mo'ljallanadi. Ota-onalik huquqiy munosabati bolalaming tarbiyasi va ta’minotiga qaratiladi. Farzandlikka olish, vasiylik, homiylik va boshqa huquqiy munosabatlar ko‘p xususiyatlari bilan bir-biriga o ‘xshab ketadi. Bunday huquqiy munosabatlarda qo‘yilgan maqsadlarga uzoq muddat davomida erishish mumkin. Oilaviy-huquqiy munosabatlar muddatsiz bo‘ladi. Er-xotinning huquq va majburiyatlari, nikohdan ajralish holatini hisobga olmaganda, bir um r davom etadi. Ayni paytda shunday oiiaviyhuquqiy munosabatlar ham mavjudki, ular m a'lum muddat bilan cheklanadi, biroq belgilangan davrgacha albatta davom etadi. Masalan, ota-onalam ing o‘z bolalarini tarbiyalash majburiyatlari farzand 18 yoshga to ‘lguniga qadar davom etadi.

“Davlat va huquq nazariyasi” fani oila huquqining umumiy tushunchasi va maqasadini izohlab bersa, ”Konstitutsiyaviy huquq” fani inson huquqlari, erkinliklari va burchlari, ularning kafolatlari, gender tenglik masalalarini, oilaning davlat himoyasida  ekanligi, ota-onalar va farzandlarning o’zaro huquq va majburiyatlarining huquqiy tomonlarini tasdiqlab beradi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oilaviy munosabatlar qurilishining   bosh va asosiy qoidalarini  o’z  ichiga oladi. Masalan, konstitutsiyamizning quyidagi normalariga  e’tibor bersak:

                63-modda. Oila jamiyatning asosiy  bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish  huquqiga ega.

Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi.

                64-modda. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarini vasiyligidan mahrum bo’lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o’qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag’ishlangan xayriya faoliyatlarini rag’batlantiradi.

                65-modda. Farzandlar ota-onalarning  nasl-nasabidan va fuqarolik holatidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar.

Onalik va bolalik qonun tomonidan  muhofaza qilinadi.

                66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar, degan normalar mustahkamlab qo’yilganligining  guvohi  bo’lamiz.

Navbatdaki huquq sohasi  bo’lgan mehnat huquqiga to’xtalsak. Mehnat huquqi onalik va bolalikni himoya qilish, ko’p bolali oilalarga yordam berish, voyaga yetmaganlarning mehnat munosabatlarini tartibga solish masalalarini yoritishda oila huquqi va shu asosda kelib chiqadigan  munosabatlar orqali ish tutadi.

Fuqarolik huquqi- bu huquq  sohasi ham oila huquqi bilan bog’langan bo’lib,   oiladagi nizolarni hal  qilishda ko’maklashadi. Masalan, ism, familiya olish yoki o’zgartirish, er-xotin o’rtasidagi mulkiy munosabatlar,vorislik va shu kabilar  bunga  misol bo’ladi.

Ma’muriy huquqda ham  oila huquqi munosabatlarida o’rnatilgan normalar buzilsa ma’muriy choralar qo’llanilishi bilan bog’liqligini ko’rsatish mumkin. Bunga misol qilib, ota-onaning o’z farzandini tarbiylashga oid majburiyatlari, aliment to’lash, farzandlikka olish, vasiylik va homiylikni belgilash kabilarni ko’rsatish mumkin.

  Nikoh bu- erkak bilan ayol o’rtasidagi muayyan ittifoq va bu ittifoqning       jamiyat, davlat tomonidan tan olinishi va ma’qullanishining tarixiy shaklidir. Bundan tashqari, nikohga berilgan ta’rifning  yana birida shunday deyiladi:

 Nikoh- bir-birini sevgan va nikoh yoshiga yetgan erkak va ayolning umuminsoniy qadriyatlar va sharq an’analariga asoslangan oilada bolalarni tarbiyalashga yo’naltirilgan, o’zaro shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni keltirib chiqaradigan qonun asosidagi oilani yaratish maqsadidagi o’zaro kelishilgan, butun umrga mo’ljallangan ittifoqdir”.



Jamiyat nikoh vositasi bilan erkak va ayol o’rtasidagi tabiiy munosabatlarni tartibga solib turadi, er-xotin, ota-ona va farzandlar orasida axloqiy, huquqiy majburiyatlar o’rnatadi. “Nikoh”-arabcha-qo’shilish ma’nosini anglatadi, bu so’z o’zbek tiliga arablardan kirib kelgan. Nikoh natijasida oilalar o’rtasida qarindoshlikning  o’rnatilishi qo’shilish ma’nosining sharti hisoblanadi. Nikoh qurilishi  natijasida oila a’zolari to’ldirilib boriladi. Bunga birinchidan, yangi oilada farzandlar tug’ilishi bo’lsa, ikkinchidan, nikoh sababli qarindoshchilik vujudga keladi. Shu asosda quda-andalar ham bir-birlariga yaqin insonlar bo’lib qoladi.

Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchi subyektlarga eng  avvalo  er-xotin,  ota-ona  va bolalar, aka-uka, opa-singil, bobo-buvi, nevara, tog’a, xola, amma, qaynota-qaynona , qaynsingil va boshqalar kiradi. Oilaviy  munosabatlarni huquqiy tartibga solishdan asosiy maqsad oilaning mustahkam bo’lishi, oilaviy munosabatlarni  o’zaro muhabbat, ishonch, hurmat va hamjihatlik  zamirida barcha a’zolarining  mas’ulligi    asosida qurishdan iborat. Ushbu maqsad Oila kodeksining  va boshqa qonun hujjatlarining asosiy g’oyasi bo’lib hisoblanadi.  Oila huquqining vazifalari O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 1-moddasida  belgilangan bo’lib, quyidagilardan iborat:

v   Oilani yanada mustahkamlash;

v   ayol bilan erkakning ixtiyoriy nikohlanib tuzgan ittifoqiga moddiy manfaatlarni ko’zlashdan xoli bo’lgan, oila a’zolarining hammasi bir-biri bilan do’st, inoq  bo’lib, bir-birini hurmatlashga asoslangan oilaviy munosabatlar qurish;

v   oilada bolalar tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan uzviy ravishda olib borgan holda ularni Vatanga sodiqlik  ruhida tarbiyalash, ularni mehnatsevar va insonparvar qilib tayyorlash;

v   ona-bola manfaatlarini butun choralar bilan muhofaza qilish hamda har bir bolaning baxtiyor yoshligini  ta’minlash;

v   Biron-bir shaxsning oila masalalariga o’zboshimchalik bilan aralashishiga yo’l qo’ymaslik.

v  Oila a’zolari o’z huquqlarini  to’sqinliksiz  amalga oshirishi va  bu  huquqlarni  himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir. 1 

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 12-moddasida oilaviy munosabatlarda da’vo muddatining qo’llanilishiga oid  norma belgilangan.

Da’vo muddati- buzilgan huquqni sud tomonidan himoya qilish uchun qonun bilan belgilangan muddatdir. Da’vo muddati jamiyat a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sud amaliyotida barqarorlikni o’rnatish uchun xizmat qiladi. Da’vo muddati fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash uchun o’z vaqtida sudga murojaat qilishni talab etadi va shu asosda jamiyat a’zolari o’rtasida tartib-intizomni o’rnatish va ta’minlashga yordam beradi. Oila kodeksida da’vo muddatlari va ularni hisoblashga oid maxsus qoida nazarda tutilmagan. Ammo da’vo muddatini belgilovchi normalarni qo’llashda sudning Fuqarolik kodeksi qoidalariga amal qilishi kerakligi nazarda tutiladi. Oila kodeksiga binoan bir qator talabalarga nisbatan da’vo muddati qo’llanilmaydi. 



Oilaviy munosabatlarda da’vo muddati yana quyidagi hollarda, ya’ni nikoh shartnomasi  tusishda Fuqarolik kodeksida belgilangan qoidalarga amal qilinmasa, Oila kodeksining( 32-moddasi nikoh shartnomasini o’zgartirish va bekor qilish, 33-moddasi nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb toppish, 35-modda nikoh shartnomasi tuzish, uni  o’zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari) va boshqa hollarda qo’llanilishi mumkin. Nikoh shartnomasini o’zgartirish va bekor qilish, haq undirishni er-xotinning mol-mulkiga qaratishdan kelib chiqadigan nizolarni ko’rish muddatlari va tartibi Fuqarolik kodeksi bilan belgilanadi
Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling