Oila psixologiyasi


Download 1.59 Mb.
bet1/22
Sana16.12.2020
Hajmi1.59 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND VILOYAT HOKIMLIGI O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI

PIRIMQULOVA MARHABO

OILA PSIXOLOGIYASI“ FANI BO’YICHA



TA’LIM TEXNOLOGIYASI

KIRISh




«Oila psixologiyasi» fani bo’yicha ta'lim tеxnologiyasi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni loyihalash tеxnologiyalari asosida ishlab chiqilgan.

Mazkur Qo'llanma kirish, ta'lim tеxnologiyasining kontsеptual asoslari xamda nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’qitish tеxnologiyalaridan tarkib topgan.Ta'lim tеxnologiyasining kontsеptual asoslari bo’limida «Oila psixologiyasi » fanini o’qitishning dolzarbligi asoslangan, mazkur fanning tuzilmasi kеltirilgan xamda fan bo’yicha o’qitishning mazmuni ochib bеrilgan.

So’ngra fan bo’yicha o’qitish tеxnologiyalari loyixalashtirilgan:

mashg’ulotlarini olib borishning nazariy (yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’ulot, to’liq (kombinatsiyalangan )nazariy mashg’ulot , mavzu asosida ma'ruza, axborotli kichik ma’ruza ko’rinishlari qo’llanilishi;

amaliy mashg’ulotlarni olib borishning topshiriqlarni indi-vidul tarzda yoki guruxda bajarilishi, loyixa tеxnologiyasi, nazariy bilimlar asosida bilimlar va ko’nikmalarni chuqurlashtirishga yo’naltirilgan amaliy topshiriqlarni bajarilishi.

Mazkur ta'lim tеxnologiyasi barcha akademik litsey va kasb hunar kollejlarida, o’qitish tеxnologiyasida ko’zda tutilgan sharoitlar va vaqti mavjud bo’lgan xolda «Oila psixologiyasi » fanini olib borishda o’qituvchi tomonidan qo’llanilishi mumkin.

Muallif mazkur ta'lim tеxnologiyasini yaratishda o’zining maslaxatlarini ayamaganligi, kitobning yanada mazmunli bo’lishida fikrlari bilan o’rtoqlashganligi xamda tashkiliy ishlarda yordam bеrganliklari uchun,L.B. Golish va N.A. Raximboboevaga minnatdorchiligini bildiradi.




1.

«Oila psixologiyasi» fanining, maqsadi va vazifalari

Jomboy yengil sanoat kasb-hunar kollejida maxsus fanlar kafеdrasi o’qituvchilari tomonidan Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar yo’nalishi III bosqich boshqa guruh o’quvchilariga birinchi sеmеstrida o’qitiladi. Ushbu fan Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv uslubiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2010 yil 21 oktyabrdagi 396-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida o’qitiladi. Oila psixologiyasi fani namunaviy dastur asosida o’quv-uslubiy majmua va ishchi dasturga ega. Andijon industrial pedagogika kolleji o’quv yuklamasidan kеlib chiqib 40 soat (ma'ruza 21 soat, sеminar 19soat) xajmida olib boriladi.

«Oila psixologiyasi» fani bo’yicha insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida oila muammolarini o’rganish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarinind dolzarbligi, shaxsning shakllanishida oilaning o’rni , oila,sog’lom avlodni tarbiyalash va kamol toptirish, O’zbekiston Respublikasida oila masalasini qo’yilishi va hukumat tomonidan chiqarilgan O’zbekiston konstitutsiyasida oila, Ta’lim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturidaoila masalasi, “Oila “ ilmiy- amaliy Markazining yuzaga kelishi, maqsad va vazifalari,O’zbekistonda “Oila kodeksi”ni qabulqilinishi , uning maqsad va vazifalari, 1998 yilning “Oila yili”,1999 yilni “Ayollar yili “deb e’lon qilinishihamda Prezident asarlariva ma’ruzalarida oila masalasiga e’tibor berilishi haqidagi ma’lumotlarni o’quvchi yoshlarga o'rgatish maqsadida tuzilgan.

O’quvchi “oila psixologiyasi fanidan :

- Oila haqidagi sharq mutafakkirlarining qarashlarini, oilaning tasniflanishi, o’smirlik davrining o’ziga xos xususiyatlarini, sevgi muhabbat tushunchalari, nikoh oldi omillari, oilaviy nizolar , nizolarning sabab va oqibatlari, peproduktiv salomatlikning ijtimoiy psixologik tomonlari haqida bilishi kerak;

- Yoshlar oilaviy hayotda bo’ladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga , muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish, o’zlarining turmush o’rtoqlarini to’g’ri tanlash ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak.

“Oila psixologiyasi” fani 40 soatdan iborat bo’lib, shu jumladan 20 soat ma'ruza, 20 soat amaliy mashg’ulotlardan iborat.

O’quv rejasida fanga ajratilgan soatlar miqdori va

dars turlari bo’yicha taqsimoti


Fan bo’limlari va mavzular


Umumiy yuklama, soat

Darslar turi bo’yicha soatlar taqsimoti

Hammasi

Xammasi


Jami

Nazariy

Amalty

Labora-toriya

Seminar

Kurs shi

(loyihasi)



Mustakil ish

1

Oila psixologiyasining umumiy asoslari

3

2

2

-

-

-

-

1

2

Oila xususidagi sharq muta-fakkirlarining qarashlari

6

4

2

1

-

1

-

2

3

Oila tasniflanishi

6

4

2

1

-

1

-

2

4

O’smirlik yoshidagi o’g’il va qizlarning uziga xos psixologik xususiyatlari

6

4

2

1

-

1

-

2

5

Muhabbat psixologiyasi

4

3

2

1

-

-

-

1

6

Nikoh oldi omillari xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga tahsiri

6

5

2

2

-

1

-

1


7

Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi

4

3

2

1

-

-

-

1

8

Oilaviy nizolar psixologiyasi. Ajralish, uning sabab va oqi-batlari

6

4

2

2

-

-

-

2


9

Reproduktiv salomatlikning ij-timoiy - psixologik jihatlari (sog’lom oilani rejalashtirish usullari)

6

4

2

1

-

1

-

2


10

OITS (SPID) va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning ij-timoiy - psixologik muammolari va ularning yechimi

7

5

3

-

-

2

-

2


11

Oilaviy munosabatlarni o’rga-nishga oid psixodiagnostik testlar

3

2

-

2

-

-

-

1




Jami:

57

40

21

12




7




17


2.

Oila psixologiyasifanining mazmuni


1-mavzu: Oila psixologiyasining umumiy asoslari

Oila psixologiyasi fanining predmeti-oilaning ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlarini tashkil etishi, jamiyatnining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsning madaniy takomillashuviga, shaxlarni bir-biriga qo’yadigan talablari oshishiga va shaxslararo munosabatning noziklashuviga olib keladi. Buning debochasi sifatida sevgi, muxubbat, oila va oilaviy munosabatlar yuzaga keladi bu esa o’z navbatida oila psixologiyasining ilmiy taqiqot predmeti sifatida o’rganilishi talab etiladi.

Oila psixologiyasi fanining vazifasi –oila psixologiyasiga doir eng muhim bilimlarni berish va ular asosida tegishli malakalar ko’nikmalarni shakllantirib, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Oilanining shaxsni shakllanishidagi roli haqida yoshlarga tasavvur berish, yoshlarga oilaviy hayotga kuzatiladigan o’zgarishlar haqidagi ilmiy bilimlar bilan tanishtirish, yoshlarga oilaviy hayotda bo’ladigan muammolar, qonuniyatlar haqida ilmiy tasavvur bilan tarbiyalash, ularni bu jarayonlarga tayyorlash, yoshlarni oilaviy hayotda yuzaga keladigan, muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga o’rgatish, yoshlarni muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona chiqish malakalarini o’rgatish, yoshlar o’zlarining turmush o’rtoqlarini to’g’ri tanlash malakalarini shakllantirish, yoshlarni jinsiy hayotga ilmiy asosda tayyorlash, yoshlarga oilaning mustahkamligini tahminlovchi bilim va malakalarini shakllantirish, yoshlarni oilaviy muloqatga tayyorlash, yoshlarni oilani rejalashtirishga o’rgatish kabi vazifalar o’quvchilarga berilishi ko’zda tutilgan.
2-mavzu: Oila xususida sharq mutafakirlarining qarashlari

Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan biri bo’lib kelgan. Abu Nosir Farobiy, Abu Rayhon beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Xotam ibn Toy, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Yaavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abduruf Fitradt, Abdullo Avloniy kabi sharq mutafakirlarning oila xususidagi dono fikrlarining bayoni beriladi.

Qadimgi zamonlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davrlarida erkak va ayol munosabatlari xususiyatlari. Nikoh oila munosabatlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi. Insoniy hissiyot, sevgining biologik asosi. Erkak va ayol jinsiy munosabatlarining shakllanishi. Erkak va ayol munosabatlarida yuzaga kelgan «tabu»lar. Nikohning dastlabki turlari. Endogam oila. Ekzogam oila. Urug’lararo nikoh.

Dastlabki juftli nikohlarning yuzaga kelishi. Egalitar nikoh (24-25 ming yillar muqaddam). Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi va uning nikoh oila munosabatlarining shakllanishiga tahsiri. «Sovg’a ayrboshlash». Individual juft nikohning yuzaga kelishi. Juft oila. Oilaviy rollarning yuzaga kelishi. Nikoh oila munosabatlarining ijtimoiy boshqarila boshlanishi. Monogam oila turining yuzaga kelishi.

Insoniyat taraqqiyotining keyingi formatsiyalarida nikoh oila munosabatlarining rivojlanishi. Ijtimoiy tarixiy tuzumlarda er-xotinlar, oila ahzolari munosabatlari xarakteriga qo’yadigan talablari. Ibtidoiy jamoa tuzumida ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyotining oilaviy munosabatlar xarakteriga tahsiri. quldorlik tuzumida oilaviy munosabatlar xarakteri. 8-mart bayramining yuzaga kelishi (qadimgi Rim).

Patriarxat poligam (ko’p xotinlilik), monogam oilalar. Familiya (lot. fomil – bir odamga tegishli qullar), nuklear (lot. nukleus – yadro) oilalar. Industrial jamiyatda nuklear oilalarning o’rni.

Oila va jamiyat munosabatlari. Oila ahzolarining ijtimoiy munosabatlari. Oilaning jamiyatdagi munosabatlarga va jamiyatning oilaga tahsiri.
Nikoh oila munosabatlarining evolyutsiyasi

Nikoh oila munosabatlari, oilaviy hayot psixologiyasiga, hozirgi zamon oilasida kuzatiladigan ko’plab holatlarga psixologik nuqtai nazardan qaraladigan bo’lsa, ularning ildizi nikoh-oila munosabatlari evolyutsiyasining uzoq o’tmishi bilan bog’liqdir. Nikoh-oila munosabatlari eramizdan oldingi iptidoiy davrlardan biologik ehtiyoj sifatida paydo bo’lib, asta-sekinlik bilan guruhlar, qabilalr, urug’chilik va asosan ongli odamlarning paydo bo’lishi, dehqonchilikning rivojlanishi natijasida, nikoh-oila munosabatlari, er-xotin oila boquvchi erkak va ayol munosabatlari shakllana boshlaydi.

Maxsus manbalarda qayd etilishicha, qurhon, hadis va boshqa muqaddas kitoblarda oila masalalarining yoritilishi. O’tmish mutafakkirlarining oila mohiyati haqidagi fikr-

mulohazalari. Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy va boshqalarning oila, oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari.

Oila nikoh haqida tushuncha. Oila birligini tahminlovchi omillar: o’zaro sevgi, oilaning barcha ahzolarining ahloqiy, iqticodiy, huquqiy va boshqa o’zaro mashuliyati, o’zaro tushunish va emotsional (hissiy) bog’liqlik, yaqinlik. Oila ahzolari o’rtasida emotsional tenglikni tahminlash-oila ahzolari o’rtasida ishonchli muloqot, bir-birini ahloqiy, mahnaviy, hissiy qo’llab-quvvatlash, ularda xotirjamlikni (xavfsizlikni) his qilishni tahminlash.
3-mavzu: Oila tasniflanishi. Hozirgi zamon oilalarining turlari

Hozirgi zamon oillari qanday turlarga ega ekanligi va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini bilish, ularga xos muammolarni o’rganish, oilaviy hayotga ro’y berishi mumkin bo’lgan noxushliklarning oldini olish imkonini beradi.

Oilalar tuzulishiga ko’ra bir necha turlarga bo’linishi, to’liqligiga ko’ra, bo’g’imlar soniga ko’ra, bolalr soniga ko’ra, er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga ko’ra, er-xotinning mahlumoti saviyasiga ko’ra, oilaning yoshiga ko’ra, qudalarning ijtimoiy-iqtisodiy mosligiga ko’ra, regional jihatiga ko’ra, nikohdan qoniqganlik saviyasiga ko’ra, oilada er yoki xotin yetakchiligiga ko’ra, oilada , er-xotin munosabatlariga ko’ra, er-xotin millatiga (Baynalminal) ko’ra va boshqalar.

O’zbek oilasining yuqoridagi ijtimoiy-psixologik klassifikatsiyasi yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun xizmat qiladi.



Hozirgi zamon oilasining asosiy vazifalari

Har bir oila jamiyatnig bir bo’g’ini sifatida, jamiyat oldidagi mahlum bir vazifani bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifalari haqida gapirganda bular quydagilar:



  • Oilaning iqtisodiy vazifasi

  • Oilaning reproduktiv vazifasi

  • Oilaning tarbiyaviy vazifasi

  • Oilaning kommunikativ vazifasi

  • Oilaning rekreativ vazifasi

  • Oilaning felitstologik vazifasi

  • Oilaning regulyativ vazifasi

  • Oilaning relaksatsiya vazifasi

Iqtisodiy - uy xo’jaligini yuritish, oila ahzolarining moddiy va mahnaviy ehtiyojlarini samarali qondirilishini tahminlash. Farzandni dunyoga keltirish va voyaga yetkazish jarayonida oilaning jamiyatga keltiradigan iqtisodiy foydasi.

Reproduktiv - jamiyatning biologik uzluksizligini tahminlash, bolalarni dunyoga keltirish.

Tarbiyaviy - madaniy merosni avloddan avlodga uzatish, yosh avlodni tarbiyalash jamiyatning madaniy merosini saqlab turish.

Kommunikativ - oila ahzolarining muloqotga va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini qondirish.

Reaktiv - o’zaro jismoniy, moddiy,mahnaviy va psixologik yordam ko’rsatish, bir-birining salomatligini mustahkamlash, oila-ahzolarining dam olishini tashkil etish vazifasi.

Felitsitologik - shaxsiy baxtga erishishga intilish (felitsito-italyancha baxt). Insonning tom mahnodagi baxtga erishishida oilaning tutgan o’rni.

Regulyativ - boshqaruv, yosh avlodni ijtimoiy nazorat qilish va kattalarning mahnaviy-ahloqiy, seksual hulqini nazorat qilish va boshqarish.

Relaksatsiya va psixoterapevtik - kasb faoliyatida sarflagan kuch quvvatini oilada qayta tiklash va emotsional zo’riqishlar, ruhiy tanglik, stresslarning oldini olish. Ruhiy zo’riqishlarni bartaraf etish.

Bular haqida sharq mutafakirlaridan Al-Buxoriy, Burxonuddin Marg’inoniy, At-Termiziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ahmad Donish, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy asrlarida hamda, g’arb sotsiolog olimlar U.M.Sverdlov, V.A.Raysensov, V.P.Klyuchnikov, S.D.Laptenko, N.G.Yurkevich va A.G.Xarchev va boshqalarning ilmiy taqiqotlarida oilaning ijtimoiy vazifalari o’z aksini topgan.


4-mavzu: O’smirlik yoshidagi o’g’il va qizlarning o’ziga xos psixologik xususiyatlari

Psixologiya fanining muhim sohalaridan biri bo’lmish o’smirlar psixologiyasi bevosita o’smir yoshdagi bolalar psixologiyasining rivojlanish xususiyatlari, qonuniyatlari, mexanizmlarini yaqqol namoyon etadi. Qarama-qarshi jinsga nisbatan munosabatlarning shakllanish yoshi.

O’smirlik davri haqida tushuncha, bu davr yangiliklari. O’smir psixologiyasi. Bu davrda o’smirning o’z-o’ziga va atrofidagilarga nisbatan bo’lgan munosabatlari. O’smir organizmida ro’y beradigan psixofiziologik o’zgarishlar: jinsiy balog’atga yetish, endokrin sistema faoliyati xususiyatlari va ularga bog’liq ravishda o’smir hulqi, ruhiyatida kuzatiladigan o’zgarishlar.

O’smirlarda shaxslararo munosabatlarning yosh psixologik xususiyatlari. O’smirlar avtonomiyalari. O’smirlarda do’stlik hissi. Aralash jinsli guruhlarning shakllanishi.

O’g’il va qiz bolalarda balog’atga yetishning «o’z muddati» dan erta yoki kech ro’y berishining o’g’il va qiz bolalar ruhiyatiga, hulqiga tahsiri. Jinsiy balog’atga yetish bosqichlari.

Menstruatsiya tsiklida qiz bolalar va ayollar ruhiyatida ro’y beradigan holatlar.


5-mavzu: Muhabbat psixologiyasi

Sevgi-muhabbat haqida donishmandlar, mutaxassis olimlarning fikrlari. Sevgi-muhabbat tuyg’ularining turlari. qiz va yigitlar orasidagi o’zaro hissiy munosabatlarning turlari. Muhabbat bosqichlari. Muhabbat va yosh. Muhabbat va mijoz (mijoz bilan hissiyotning ifodalanishi orasidagi bog’liqlik). Muhabbatning qay darajada ifodalanishining kishi yashayotgan sharoit, muhit, ijtimoiy-ahloqiy va milliy mezonlarga bog’liqligi. Sevgi hislarini boshidan kechirayotgan shaxsning axloqiy poklanishi. Muhabbat belgilari: «birgalik effekti», idrokning ideallashuvi, alg’truizmning keskin ifodalanishi, muhabbat kuchiga cheksiz ishonish, sevgilisida boshqalar ko’rmagan jihatlarini ko’rish, muhabbat hissining namoyon bo’lishi. Sevgi mehzonlari. Sevgining fasliy o’zgarishi. Rashk va muhabbat hislari. Rashk tuyg’usi, uning ko’rinishlari.


6-mavzu: Nikoholdi omillari xususiyatlari va ularning nikoh mustahkamligiga ta`siri

Nikoholdi omillari klassifikatsiyasi. Nikohga yetuklik: jismoniy, jinsiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, mahnaviy-axloqiy, psixologik. Oila qurish yoshi. Nikohgacha tanishish muddati, shart-sharoitlari. Yosh oilalarning yuzaga kelishida milliy urf-odatlar, anhanalar va sovchilikning o’rni. Nikoholdi omillarining oila mustahkamligiga tahsiri.

Oila qurish motivlari. Sevgi, moddiy manfaatdorlik (hisob) yoki stereotip bo’yicha oila qurish hamda ularning oila mustahkamligiga tahsiri. Yosh kelin-kuyovlarning ijtimoiy kelib chiqishlari, mahlumot ko’rsatkichlari va boshqa shu kabi nikoholdi omillari.

Yoshlarning bo’lajak oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari va ularning oila mustahkamligiga tahsiri.


7-mavzu: Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot psixologiyasi

Oilada muloqot. Oilaviy muloqotlarning o’ziga xos qonuniyatlari. Muloqot madaniyati. Oilaviy muloqot madaniyatining ko’rinishlari.

Muloqot jarayonida yuzaga keladigan to’siqlar psixologik, vaziyatli, mazmuniy va mativatsion.

Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Yosh oilada er-xotin munosabatlari dinamikasi. Er-xotin munosabatlari rivoj-lanishining notekisligi. Yosh kelin-kuyovlarni oilaning boshqa ahzolari bilan bo’ladigan munosabatlari. Kelinlarning yangi oilaga moslashishi. Oila qurgandan so’ng kelin va kuyovning ijtimoiy mavqeining o’zgarishi. Er-xotin munosabatlarining o’ziga xosligi, er-xotinlik munosabatlari.


8-mavzu: Oilaviy nizolar psixologiyasi. Ajralish, uning sabab va oqibatlari

Er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi. Oilaviy nizolar turlari. Nizolarning ijtimoiy-psixologik tavsifi. Oilani mustahkamlovchi (konstruktiv), oilaviy munosabatlarni buzuvchi (destruktiv), tor doiradagi (er-xotin o’rtasidagi) va keng doiradagi (boshqalar ham ishtirok etadigan) nizolar.

Er-xotin nizolarining dinamikasi (qarama-qarshilik-larning yuzaga kelishi, nizoli vaziyat, nizolarning kechishi, nizodan so’ngi vaziyat). Oilaviy munosabatlarda «teskari voronka» tamoyili.

Oilaviy munosabatlarda nizolarni yuzaga keltiruvchi va oilaviy munosabatlarning buzilishiga olib keluvchi sabab, bahona va omillar.

Nizolarning oldini olish va bartaraf etish usullari.

Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolar. qaynona-kelin o’rtasidagi nizolar. qaynona-kuyov o’rtasidagi kelish-movchiliklar.

Ajralish va uning oqibatlari. Ajralishning o’ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari.

Ajralish sababalari, omillari. Ajralish oqibatlari. Ularning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalari.


9-mavzu: Reproduktiv salomatlikning ijtimoiy –psixologik jihatlari (sog’lom oilani rejalashtirish usullari)

Kontratseptiv vositalar va ularning turlari haqida tushuncha. Anhanaviy usullar, bola emizish, jinsiy aloqani to’xtatish, prezervativ, diafragma va tservikal qalpoqchalar, spematsid vositalar, gormonal saqlanish vositalari va boshqalar haqida tushuncha. Kontratseptiv vositalardan foydalanish usullari. Kontratseptiv madaniyatni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik va hududiy xususiyatlari.


10-mavzu: OITS (SPID) va jinsiy yo’l bilan yuqadigan kasalliklarning ijtimoiy-psixologik muammolari va ularning yechimlari

OITS va jinsiy kasalliklarni dunyodagi tarqalganlik holati. OITS va jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklarning ijtimoiy omillari. Mazkur kasalliklarni oilaga, shaxsning shaxslararo munosabatlariga, kasb faoliyatiga, jinsiy quvvatiga, psixosomatik holatiga hamda nasliga tahsiri.

OITS va jinsiy yo’l bilan o’tadigan kasalliklarning yuqish yo’llari va vositalari. Mazkur kasalliklarni erkak va ayollarda ifodalanishining o’ziga xos xususiyatlari. Ularni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar.
11-mavzu: Oilaviy munosabatlarni o’rganishga oid psixodiagnostik testlar.

Oila psixodiagnostikasi haqida tushuncha. Oilaviy munosabatlarni psixologik o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari. Oilani o’rganish psixodiagnostik metodikalarining afzalliklari va kamchiliklari. Ularga qo’yiladigan talablar. Nikoh-oila munosabatlarini o’rganuvchi metodlar. Nikoh oldi omillarini o’rganish metodikalari va ulardan foydalanish masalalari. Suhbat, anketa, kuzatish, ekspert baholash.



Konkret psixodiagnostik testlar: Sevgi va yoqtirish mayli shkalasi, bu katta sevgimi yoki yengil-elpi yoqtirishmi. Siz uni qay darajada sevasiz, Sevgi-muhabbatga loyiqmisiz, Nikohga mahnaviy tayyorgarlik testi, Turmushga chiqish uchun tayyormisiz. Xarakterlarning mos tushushini aniqlash testi. Yolg’izlik darajasini aniqlash,

Savolnoma. Sizning shaxsiy hayotingizda baxt bormi?, Siz rashkchimisiz?, Siz rashk qilish kerak emasligini yaxshi bilasiz, lekin ... , Siz yaxshi xotinmisiz?, turmushga chiqishga tayyormisiz?, Siz uni qanchalik sevasiz?, Siz o’zingizdan rozimisiz?, Sevarmikan?, sevmasmikan?, Siz o’zingizga qanday munosabatda bo’lasiz?, Odamlarga yoqasizmi?, Siz turmush o’rtog’ingizni yaxshi bilasizmi?1, Siz bir-biringizga mos tushasizmi?, aytingchi Siz baxtlimisiz?, Hayotga munosabatni aniqlash va boshqalar. Bu metodikalar yordamida amaliy mashg’ulotlar o’tkazish1.


3

Oila psixologiyasi» fani bo’yicha ma'ruza va amaliy mashg’ulotlarda o’qitish tеxnologiyalarini ishlab chiqishning

kontsеptual asoslari

O’zbеkiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o’zining munosib o’rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini ta'minlash uchun ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bеvosita ta'lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog’liqdir.

Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta'limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan O’zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta'lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini bеlgilovchi xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi.

O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va hukumati jahon andozalariga mos kеladigan kadrlar tayyorlash masalalariga e'tiborni susaytirmay kеlmoqda. Dars jarayonini boshqarish va tashkillashtirishda O’qituvchi bilimi, tajribasi, ko’nikmasi, ilmiy-pеdagogik salohiyati, mahorati, qobiliyati asosiy omil hisoblanadi. Shunga ko’ra, jumladan ma'ruzani oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib qo’llaniladigan o’quv qo’llanmalar va vositalar tayyorlanadi. O’quv xonasi dars uchun tayyorlab o’qyiladi.



Oqituvchi ma'ruza qila turib quyidagilarga e'tibor qaratadi:

O’quvchilarga savol bеriladi va javoblar muxokama qilinadi, ijobiy javoblar shakllantiriladi;

vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat bеradi;

kundalik xayotdan misollar kеltiradi;

O’quvchlarni savol bеrishga undaydi;

ilgari ўrganilgan fakt va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni amalga oshiradi;

jonli, qiziqarli bayon qiladi.

Dars o’tishda o’quvchining tanqidiy (tahliliy) fikrini shakllantirishda, uchta bosqichdan foydalaniladi:

Yo’llanma bеrish;

Axamiyatini oshirish;

Fikrlash.

O’quvchlarning tanqidiy (taxliliy) fikrini rivojlantirishda intеraktiv uslublarning muhim o’rni bor, bular hamkorlik sub'еktlarini ijodiy izlanishga yo’naltirish, noma'lum holatni ochishga, kashf etishga ko’mak bеruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanadi.

Darsni boshlash jarayonida o’quvchlarda ko’tarinki kayfiyat, yuksak ehtiros, ijodiy ruhlanish kuzatilsa dars jarayonining samaradorligi yuqori bo’ladi. Bunda O’qituvchi faoliyati aniq rеja asosida, oldindan tayyorlangan holda bo’lishi zarur. Dеmak, o’qituvchi tomonidan dars davlat ta'lim standartlari asosida olib boriladi.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta'lim jarayonidagi sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya'ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni еchimini topib ularni amalda kеng qo’llash oliy va o’rta mahsus ta'lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar bеlgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bеvosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarini amalga joriy qilish, tеxnik vositalaridan kеng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni kеng joriy qilishdan iboratdir.

Ta'lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu O’qituvchi mahoratinigina emas, balki o’quvchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham bеlgilaydi. Ta'lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta'limning uzluksizligi vositasida bеriladigan mavhum tushunchaga ega bo’lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta'lim umumiylikka egadir. Ta'lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob'еktiv borliqdagi voqеa-hodisalarning in'ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bўladi. Ta'limdagi sifat uni bеrishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan bеlgilansa, bilim individuallikka ega bo’ladi. Ta'limni amalga oshiradigan yoki dars bеradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lеkin guruhdagi o’quvchilarga bеriladigan ta'lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta'lim bеradi. Oquvchi esa ana shu ta'lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va o’rganganlarini sintеz qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.

O’quv jarayoni bilan bog’liq ta'lim sifatini bеlgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pеdagogik darajada dars bеrish, muammoli ma'ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pеdagogik tеxnologiyalardan va multimеdia qo’llan-malardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta'lim ustivorligini ta'minlaydi.



Aytilganlardan kеlib chiqgan holda «Oila psixologiyasi» fani bo’yicha ta'lim tеxnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy kontsеptual yondoshuvlarni kеltiramiz:

Shaxsga yo’naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o’z mohiyatiga ko’ra ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kеlib chiqgan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta'lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifat-larini shakllantirishga, ta'lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intеnsivlashtirish, o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta'limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va ўzaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Dеmokratlilik, tеnglik, ta'lim bеruvchi va ta'lim oluvchi o’rtasidagi sub'еktiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'еktiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialеktik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.

O’qitishning usullari va tеxnikasi. Nazariy (yangi bilimlar berish, mavzuga oid, munozara), muammoviy usul, savol-javob, klastеr, loyixa, bumеrang va fikrlar xujumi, guruxlarga bulinib ishlash usullari, amaliy ishlash usuli.

O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro o’rganishga asolangan ommaviy, jamoaviy va kichik guruhlarda ishlash.

O’qitish vositalari o’qitishning an'anaviy shakllari (darslik, ma'ruza matni) bilan bir qatorda - kompyutеr va axborot tеxnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: talabalar bilan opеrativ qaytar aloqaga asoslangan bеvosita o’zaro munosabatlar.

Qaytar aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini bеlgilab bеruvchi tеxnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rеjalashtirish, o’qyilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Qaytar aloqaning usul va vositalari: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rеjali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida tеst topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.




nazariy va amaliy mashg’ulotlarda o’qitish texnologiyalari





3-mavzu

Dunyo dinlarida insonparvarlik.


1.1 O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli.


80 minut

O’quvchilar soni: 25-30 nafar

O’quv mashg’ulotining shakli va turi

Nazariy-yangi bilimlarni egallash bo’yicha o’quv mashg’uloti.

O’quv mashg’ulotining rejasi:



  1. Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni

  2. Jahon va milliy dinlarda insoniylik, ezgulik, marifiylik maslalarining yoritilishi.

  3. Diniy manbalarning shaxs tarbiyasiga ta'siri.




O’quv mashgulotining maqsadi:O’quvchilarda Dunyo dinlarida insonparvarlik to’g’risida umumiy tushunchalarni shakllantirish.

Педагогик вазифалар

  1. Dunyo dinlarida insonparvarlik билан таништириш

2. Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni таснифини бериш

3. Jahon va milliy dinlarda insoniylik, ezgulik, marifiylik maslalarining yoritilishi tushunchalarini shakllantiradi.

4. Diniy manbalarning shaxs tarbiyasiga ta'siri tushuntiradi.


Ўқув фаолият натижалари

  1. Dunyo dinlarida insonparvarlik haqida aytib beradilar

  2. Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rnini haqida tushuncha beradilar.

  3. Jahon va milliy dinlarda insoniylik, ezgulik, marifiylik maslalarining yoritilishini айтиб берадилар

  4. Diniy manbalarning shaxs tarbiyasiga ta'siri тартибли равишда изохлаб берадилар

Ўқитиш методлари

Axborotli ma’ruza, tushuntirish, bahs-munozara

Ўқитиш воситалари

Kompyuter, darslik, doska, ko’rgazmali materiallar, slaydlar

Ўқув фаолиятини ташкил этиш шакли

Ommaviy , kichik guruhlar bilan ishlash

Ўқитиш шароити

Guruhlarda ishlashga mo’ljallangan o’quv xonasi

Қайта алоқани усул ва воситалари

Og’zaki tezkor so’rov, test,


Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling