“Oila va Ta’lim hamkorligi”
Download 97.43 Kb.
|
1 2
Bog'liqOila va ta\'lim xamkorligi. Ergasheva Omadoy
Farzand Alloh taolo insonga bergan ulug‘ ne’matlardan bo’lishi barobarida, u omonat hamdir. Bu ne’matga sazovor bo’lgan ota-onalar uning qadriga yetishlari, shukrlar aytib, farzand oldidagi ota-onalik burchlarini puxta ado etishlari, ya’ni, unga chiroyli ism qo’yishlari, yaxshi ta’lim-tarbiya berishlari va oxir-oqibatda Alloh roziligini topadigan, millati, Vatani, ota-onasiga munosib o’g‘il-qiz, tengdoshlari hurmati va muhabbatini qozongan yetuk bir inson bo’lishi borasidagi mas’uliyatli vazifalarini chin ixlos va sadoqat bilan ado etishlari lozim. Qadimgi Sharq va G‘arb falsafasining ijtimoiy muammolari orasida axloq mavzusi yetakchilik qiladi. O‘sha davrda yaratilgan hikmatli so‘z, iboralar bugungi kunda ham insonni mulohaza yuritishga majbur qiladi. Sharqda nafaqat din sifatida, balki yaxlit madaniyat, ma’naviyatning shakllanishida ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U madaniyatning ilm-fan, san’at, axloq, siyosat kabi sohalarining rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. G‘arb allomalaridan Ushinskiy, Makarenko, Komensiy, Platon, Suqrot, Aristotel kabi g‘arb allomalari o‘zlarining pedagogik qarashlari bilan o‘z ancha ilgarilab ketganlar. Bu davrda diniy ilmlar sohalarida mintaqa shuhratini olamga tanitgan imom Buxoriy, imom Termiziy, Nizomulmulk, Dunyoviy ilmlar sohasida esa Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, hamda tasavvuf ma’naviy-ma’rifiy ta’limoti sohasida Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband va boshqa buyuk alloma va mutafakkirlarning jamiyat taraqqiyoti rivojida ma’naviyat hodisasining beqiyos o‘rni haqidagi qarashlari butun jahon ilmiy va falsafiy tafakkurining ravnaqiga hayotbaxsh hissa qo‘shdi. Farobiyning ta’lim-tarbiyada yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda xususan, aqliy-axloqiy tarbiyada aloxida e’tibor berganligi ko’rinib turibdi, uning e’tiqodicha, bilim, ma’rifat, albatta yaxshi axloq bilan bezatmog’i lozim, aks holda kutilgan maqsadga erishilmaydi, bola yetuk bo’lib yetishmaydi. Ibn Sino bola tarbiyasi va tarbiya usullari haqida qimmatli fikrlarini bildirgan. Ibn Sino bolaning axloqiy tarbiyasi haqida bildirgan fikrlarida uy- ro’zg’or tutish masalalari xususida ham so’z yuritadi. Bolani tarbiyalash oila ota-onaning asosiy maqsadi va vazifasidir. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Bola tarbiyasiga zamonaviy yondashuvlar: an’aviy,shaxsiy yondashuv, sinergetik, faoliyatli, falsafiy-antropologik, tizimli. Patriarxal oila - erkak kishi boshliq monogam (juft) monogam oilaning birinchi tarixiy shakli. Yadro oila - bitta er-xotin farzandli Murakkab oila - er-xotin, bolalar va qarindoshlar - bobo, buvi, opa-singil, aka-uka va boshqalardan iborat. Bunday oilaga uy xo'jaligini soddalashtirish uchun birlashgan bir nechta qarindosh er-xotinlar kirishi mumkin. Onalik oilasi - ona vasiylik qiluvchi ota-ona; ikkinchi ota-ona - kelayotgan ota. To'liq bo'lmagan oila - bolalar va faqat bitta ota-ona yoki farzandsiz er-xotindan iborat. Oilaning vazifasi - bu oila a'zolarining muayyan ehtiyojlarini qondirish bilan bevosita bog'liq bo'lgan oilaviy hayot sohasi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlarining yo’nalishlari quyidagilar: Axborot-tahliliy, ta’limiy, ko’rgazma axborot, ko’ngolochar. Download 97.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling