Okoz: 01. 00. 00. 00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01. 20. 00. 00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar] [tsz


Download 21.3 Kb.
Sana03.11.2021
Hajmi21.3 Kb.
#170200
Bog'liq
PF-5999 26.05.2020




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida

Jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan, milliy qadriyat va an’analarimizni munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat, himmat va olijanoblik fazilatlarini ulug‘lab kelayotgan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga beminnat ko‘mak berish borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgan, jamiyatimizda tinchlik-osoyishtalik, birlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda faol ishtirok etib, beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘layotgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida:



1. “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni ta’sis etilsin.

2. Quyidagilar:

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishonining tavsifi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalarini belgilangan tartibda tayyorlanishini ta’minlasin.

4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2020-yil 26-may,

PF-5999-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-5999-son Farmoniga


1-ILOVA

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi

NIZOM

1. “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:



jahon miqyosida keng tarqalib, global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida, shuningdek, turli tabiiy ofatlar, favqulodda holatlar tufayli el-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgani;

tanti va olijanob xalqimizning buyuk tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini, milliy an’analarini munosib davom ettirib, mehr-oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlarni ulug‘lab kelayotgani;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni umumxalq harakati darajasiga ko‘tarishga katta hissa qo‘shgani;

xayriya va saxovat mablag‘larini to‘g‘ri va xolis yo‘naltirish, qiyin ahvolga tushgan aholiga o‘z vaqtida beminnat ko‘mak berishdagi tashabbuskorligi;

bugungi murakkab va og‘ir sharoitda jamiyatda tinchlik-osoyishtalik, birlik va o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashdagi faolligi;

beg‘araz homiylik yordami hamda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka alohida o‘rnak bo‘lgani uchun mukofotlanadi.

2. “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

3. “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, vazirlik, idora va jamoat birlashmalarining respublika organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, bunga vakil qilingan boshqa shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

4. Mukofotlanganlarga ko‘krak nishoni bilan birga uning guvohnomasi beriladi.

5. “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni ko‘krakning chap tomoniga davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PF-5999-son Farmoniga


2-ILOVA

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishonining

TAVSIFI

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda oltin qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.



Ko‘krak nishonining markazida ko‘tarilayotgan quyosh nurlari fonida g‘amxo‘rlik bilan quchib turilgan insonlarning ramziy tasviri aks ettirilgan. Ko‘krak nishonining aylanasi bo‘ylab, yuqori qismida oq emal fonida “MEHR-SAXOVAT” yozuvi va quyi qismida ikkita dafna novdasi joylashgan. Harflar balandligi — 2,2 millimetr.

Ko‘krak nishonining orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan.

Ko‘krak nishonining qalinligi — 3 millimetr.

Yozuv va tasvirlar — bo‘rtma.

Ko‘krak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan o‘ralgan.

Ko‘krak nishoni ilmoq va halqa yordamida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta qoplangan besh qirrali qadag‘ichga ulangan.

Qadag‘ichning orqa tomoniga ko‘krak nishonini kiyimga taqib qo‘yish uchun to‘g‘nog‘ich ko‘rinishidagi moslama o‘rnatilgan.

“Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 06/20/5999/0676-son)

Download 21.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling