Okoz: 02. 00. 00. 00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02. 03. 00. 00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02. 03. 01. 00 Umumiy masalalar


Download 73.43 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi73.43 Kb.
#121024
Bog'liq
256 22.11.2005




[OKOZ:

1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;

2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar;

3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin bo‘lgan axborot. Davlat axborot resurslari]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Axborot va axborotlashtirish. Elektron tijorat (hujjat aylanishi)]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

AXBOROTLAShTIRISh SOHASIDA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorini bajarish yuzasidan va “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Quyidagilar:

Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oldingi tahrirga qarang.

2. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda:

(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 378-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 23-modda)

uch oy muddatda bazaviy davlat axborot resurslarini ham o‘z ichiga oladigan davlat axborot resurslarining ro‘yxatini hamda davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

bir oy muddatda axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini tasdiqlasin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2005-yil 22-noyabr,

256-son

Vazirlar Mahkamasining


2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga
1-ILOVA

Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi

NIZOM

Mazkur Nizom davlat organlarida axborotni hujjatlashtirishga, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.



I. Davlat axborot resurslariga kiritiladigan axborotni hujjatlashtirishga qo‘yiladigan asosiy talablar

1. Hujjatlashtirilgan axborot mulk huquqi obyekti hisoblanadi va tegishli rekvizitlar bilan birgalikda axborot manbaida qayd etilgan alohida hujjat yoki jami hujjatlar shaklida, shu jumladan elektron hujjat shaklida bo‘ladi.

2. Axborotni hujjatlashtirish axborotni davlat axborot resurslariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.

Davlat axborot resurslarida hujjatlashtirilgan axborot tizimlashtirilishi, tasniflanishi va tegishli rekvizitlar bilan ta’minlanishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

3. Davlat axborot resurslari tarkibiga kiritish uchun axborotni hujjatlashtirish tartibi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi maxsus vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan belgilanadi.



(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)

4. Quyidagilar hujjatlashtirilgan axborotning asosiy rekvizitlari hisoblanadi:

hujjatning nomi;

axborotning nomi yoki egasi;

axborot manbai;

paydo bo‘lishi va hujjatlashtirish sanasi va vaqti;

foydalanish tartibi;

tizimlashtirish va tasniflash uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar.

5. Hujjatlashtirilgan axborot muhofaza qilinishini ta’minlash chora-tadbirlari hujjatlashtirilgan axborotning mulkdori yoki egasi tomonidan, axborot resursiga kiritilgan hujjatlashtirilgan axborot muhofaza qilinishini ta’minlash chora-tadbirlari esa — axborot resursining mulkdori yoki egasi tomonidan belgilanadi.

6. Axborotni davlat axborot resurslari tarkibiga kiritishda tasniflash hisobga olingan holda va belgilangan rekvizitlar bo‘yicha izlash imkoniyati ta’minlanishi zarur.

7. Davlat axborot resurslaridagi axborot matnli, grafikli, ovozli, video va multimediy (matnli, grafikli, ovozli va videoformatlar kombinatsiyasi) shakllarda taqdim etilishi mumkin.

II. Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi

8. Davlat axborot resurslari foydalanishiga qarab:

bazaviy davlat axborot resurslariga;

maxsus davlat axborot resurslariga bo‘linadi.

9. Barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan axborot resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi.

10. Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi davlat axborot resurslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha, O‘zbekistonning tabiiy resurslari bo‘yicha, davlat organlarining veb-saytlari bo‘yicha va umumiy foydalaniladigan boshqa axborot resurslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi kiradi.

Oldingi tahrirga qarang.

11. Boshqa axborot resurslarini bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga kiritish, shuningdek ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ullarni belgilash 2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.



(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

12. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning tor kasbiy, o‘ziga xos vazifalarini hal etishga mo‘ljallangan, foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslari maxsus davlat axborot resurslari hisoblanadi.

13. Maxsus davlat axborot resurslari tarkibiga:

idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining;

davlat budjet mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarning;

yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.

14. Maxsus davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishni ta’minlash ular tashkil etilishi uchun mas’ullar tomonidan amalga oshiriladi hamda vazirliklar, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

15. Davlat axborot resurslari o‘zaro axborot-texnologik moslikni ta’minlashi va idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlash maqsadida elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalash imkoniga ega bo‘lishi zarur.



(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

16. Davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.



(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

17. Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan tegishli davlat organlari tomonidan belgilanadi.



(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)

18. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda tomonlarning kelishuvi asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan foydalanilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Yaratiladigan davlat axborot resurslari davlat organlarining boshqa davlat axborot resurslari va axborot tizimlaridan axborot olishni nazarda tutmasligi kerak, agar ushbu axborot “Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lsa.



“Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lmagan jismoniy va yuridik shaxslar to‘g‘risidagi axborot saqlanishini ta’minlaydigan davlat axborot resurslari tegishli ravishda jismoniy va yuridik shaxslarning yagona identifikatorlaridan foydalanishlari kerak.

(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

Hujjatlashtirilgan axborotni davlat organlariga majburiy tartibda taqdim etadigan shaxslar unga va undan foydalanishga bo‘lgan o‘z huquqlarini yo‘qotmaydilar.

Oldingi tahrirga qarang.

19. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hisobga olinishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.

(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat axborot resurslarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.



(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)

20. Davlat axborot resurslaridan foydalanish tartibi unda joylashtiriladigan axborotning xususiyatiga va uning vazifasiga (hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan) qarab belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

Bunda foydalanuvchini autentifikatsiya qilmasdan va hisobga olmasdan hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish imkoni beriladi, hamma foydalanadigan axborot resurslarida mavjud bo‘lgan hamda foydalanuvchining o‘zining shaxsiy ma’lumotlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar olishi va ulardan foydalanishi bundan mustasno.



(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

Erkin foydalanishi cheklab qo‘yilgan davlat axborot resurslaridan foydalanishda foydalanuvchining harakatlarini hisobga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish majburiy hisoblanadi.

Harakatlarni hisobga olish, identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish usullari normativ hujjatlarga muvofiq tegishli davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tomonidan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

(20-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 17-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

211. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilgan davlat axborot resurslari hamda elektron hukumatning markaziy ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro hamkorligi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali amalga oshiriladi.



(211-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

21. Davlat axborot resurslarini shakllantirishda:

taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi va to‘liqligi;

jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish;

axborot xavfsizligi;

axborotning davlat organlari tomonidan foydalanishi uchun shart-sharoitlar;

davlat axborot resurslarining axborot-texnologik mosligi;

davlat axborot resurslarini arxivlashtirish tizimi ta’minlanishi kerak.

Davlat axborot resurslari mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilishi kerak.

III. Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash

22. Davlat axborot resurslari mazkur Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq muhofaza qilinishi kerak.

23. Davlat axborot resurslari axborot xavfsizligi axborotni muhofaza qilishning kompleks tashkiliy-texnik chora-tadbirlari va dasturiy-apparat vositalarini o‘z ichiga oluvchi tizim bilan ta’minlanishi kerak.

Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi davlat organining o‘z axborot resurslarini muhofaza qilishga yondashuvini aks etiruvchi xavfsizlik siyosatiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.

24. Tashkiliy chora-tadbirlar yuridik va jismoniy shaxslarni davlat axborot resurslarini tashkil etish, shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlashga jalb etish tartibini boshqaradigan xatti-harakatlar va talablar ro‘yxatini o‘z ichiga olishi kerak.

25. Davlat sirlari hamda maxfiy axborotga tegishli deb hisoblangan davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularga xizmat ko‘rsatish ishlari ularni shakllantirish, ulardan foydalanilishi va ularning qo‘llab-quvvatlanishi uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tomonidan bajarilishi kerak.

Zaruriyat bo‘lganda, maxfiy axborotga ega bo‘lgan davlat axborot resurslarini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash uchun belgilangan tartibda yuridik shaxslarni jalb etishga yo‘l qo‘yiladi.

26. Davlat axborot resurslarini muhofaza qilishning dasturiy-apparat vositalari:

axborot xavfsizligiga tahdidni aniqlash va uning oldini olishni;

shakllantirish, foydalanish, ishlash, berish va saqlashda ma’lumotlarning yaxlitligini;

ruxsat berilmagan erkin foydalanishdan muhofaza qilishni, axborot resurslariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishni;

ma’lumotlarni zaxiralashtirish va tiklash tizimini;

axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining yaxlitligi va ish qobiliyati nazorat qilinishini ta’minlashi kerak.

27. Davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimida foydalaniladigan axborotni muhofaza qilishning dasturiy-texnik vositalari litsenziyali va sertifikatlashtirilgan bo‘lishi kerak.

IV. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

28. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari:

davlat axborot resurslaridan erkin foydalanish va foydalanish tartibini belgilash;

davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun hujjatlashtirilgan axborotni taqdim etishni o‘z vakolatlari doirasida yuridik va jismoniy shaxslardan talab qilish;

davlat axborot resurslarini shakllantirishda yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanish;

davlat axborot resurslaridan foydalanilganligi uchun to‘lov miqdorini aniqlash va belgilash huquqiga egadir.

Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

29. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida:

davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish, shu jumladan majburiy taqdim etiladigan axborot taqdim etilishi, to‘planishi va ishlov berilishi tashkil etilishi bo‘yicha faoliyatni tashkil etishga;

davlat axborot resurslari muhofaza qilinishini, ularning holati, saqlanishi va ulardan foydalanish nazorat qilinishini tashkil etishga;

mazkur Nizomga va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va erkin foydalanishni tashkil etishga qo‘yiladigan talablarga rioya qilishga;

intellektual mulk muhofaza qilinishini ta’minlashga;

barchaning erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan, shu jumladan Internet tarmog‘i orqali erkin foydalanish imkoniyatini berish bo‘yicha tartibni jismoniy va yuridik shaxslar e’tiboriga yetkazishga majburdir.

Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

30. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari:

davlat axborot resurslariga taqdim etilgan axborotning ishonchliligi va to‘liqligi;

axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi, axborot ayirboshlashda huquqqa zid xatti-harakatlar sodir etilganligi;

Oldingi tahrirga qarang.

axborot olish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslarga axborot olish imkoni berilishi, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy ma’lumotlari mavjud bo‘lgan axborotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tegishli jismoniy shaxslarning ruxsatisiz tarqatilishi;



(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

davlat axborot resurslari muhofaza qilinishi ta’minlanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.

Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha tarzda ham javobgar bo‘lishlari mumkin.

V. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi

31. Davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda yuridik va jismoniy shaxslar:

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat axborot resurslarini tashkil etish, shakllantirish, qo‘llab-quvvatlash va saqlash;

barchaning erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirishda o‘z axborot resurslaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning axborot resurslaridan qonunda belgilangan tartibda foydalanish;

barchaning erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan davlat axborot resurslarini shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimining texnik vositalarini ishlatish huquqiga egadir.

Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

32. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirishda va ulardan foydalanishda:

axborotni hujjatlashtirish, davlat axborot resurslarini shakllantirish, ulardan foydalanish va erkin foydalanishni tashkil etish tartibiga va ular bo‘yicha talablarga rioya qilishga;

davlat axborot resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlashga;

davlat axborot resurslarini shakllantirish va ularning mavjud bo‘lishini ta’minlashda litsenziyali dasturlardan va sertifikatlashtirilgan texnik vositalardan foydalanishga majburdir.

Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.

33. Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda:

axborot bilan ishlash, davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish qoidalari buzilganligi;

davlat axborot resurslaridagi axborotning o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, buzib talqin etilishi, to‘sib qo‘yilishi, qalbakilashtirilishi;

mualliflik huquqi va intellektual mulk bo‘yicha qonun hujjatlari buzilishi uchun javobgar bo‘ladilar.

Yuridik va jismoniy shaxslar davlat axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqacha tarzda ham javobgar bo‘lishlari mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 2-son, 17-modda)

Vazirlar Mahkamasining


2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qaroriga
2-ILOVA

Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

Ushbu Nizom davlat organlarining axborot tizimlariga umumiy talablarni, ularni yaratish tartibiga talablarni, shuningdek axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining vazifalarini belgilaydi.



I. Umumiy qoidalar

1. Davlat organlarining axborot tizimi axborotlarni to‘plash, saqlash, qidirish, ishlash va ulardan foydalanishga imkon beradigan davlat axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining tashkiliy jihatdan tartibga solingan yig‘indisi hisoblanadi.

2. Davlat organlarining axborot tizimlari O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

3. Yagona elektron reyestrlar va ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol qo‘llash hisobiga ular faoliyati samaradorligi, tezkorligi va ochiqligini oshirish, ular tomonidan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari doirasini kengaytirish va sifatini oshirish, davlat boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan idoralararo elektron hamkorlikni tashkil qilish Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishning maqsadi hisoblanadi.



(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)

Oldingi tahrirga qarang.

4. Davlat xizmatlari ko‘rsatishda, davlat organlari boshqa funksiyalarini bajarishda zarur bo‘lgan axborotlarni izlash, olish, qayta ishlash, turkumlashtirish va tarqatish jarayonlarini jadallashtirish va yengillashtirish, yangi ehtiyojlarni o‘z vaqtida qondirish hamda paydo bo‘layotgan imkoniyatlarni tezda baholash ishlarini davom ettirish, shuningdek davlat organining barcha tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini, boshqaruvchanligini oshirish, uni muvofiqlashtirish davlat axborot tizimidan foydalanishning asosiy maqsadi hisoblanadi.



(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

II. Davlat organlarining axborot tizimlariga asosiy talablar

5. Davlat organlarining axborot tizimlari:

umumiy foydalaniladigan davlat axborot resurslaridan kafolatli va xavfsiz foydalana olishni;

davlat axborot resurslarini qidirish, to‘plash, ishlash va saqlash imkoniyatini;

Oldingi tahrirga qarang.

ochiq ma’lumotlar to‘plamlarini generatsiya qilish imkoniyatini;



(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

davlat organlariga mahalliy va global axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati berishni;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash uchun “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsion platforma bilan integratsiyalashish imkoniyati, bunda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatadigan davlat organi ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni mustaqil ravishda, ariza beruvchining ishtirokisiz, idoralararo elektron hamkorlik vositasida oladi.



(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)

dasturiy-apparatning ishonchli ishlashi va ularning uzilishlarga, shu jumladan foydalanuvchilarning tartibsiz ishlashi hollariga chidamliligini;

foydalanuvchilar o‘rtasida ma’lumotlarni tezkorlik bilan va xavfsiz ayirboshlashni;

apparat va dasturiy vositalarni modernizatsiya qilish, tizimni yangi komponentlar bilan boyitish yo‘li bilan yanada kengaytirish imkoniyatini;

davlat organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq boshqa funksiyalarni ta’minlashi kerak.

6. Davlat organlarining axborot tizimlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

davlat organlari tomonidan o‘zlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarishni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan tranzaksion va hisobga olish tizimlari;

davlat organlari axborot tizimlari o‘rtasida idoralararo axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlik tizimlari;

davlat organlari faoliyatida amaliy jarayonlar va ma’muriy reglamentlarning qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydigan resurslarni boshqarish tizimlari;

davlat organlari tomonidan o‘zlarining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta’minlaydigan axborot-tahlil tizimlari;

elektron hujjatlar aylanishi tizimlari;

hujjatlarning elektron arxivlarini boshqarish tizimlari;

foydalanishni boshqarish tizimlari (shu jumladan infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari);

Oldingi tahrirga qarang.

jismoniy va yuridik shaxslar bilan o‘zaro hamkorlik qilishning Internet yoki boshqa aloqa kanallari orqali, shu jumladan telefon xizmati ko‘rsatish portallari va markazlari orqali davlat organlari tomonidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydigan tizimlari;



(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlari;

davlat organlari xodimlari tomonidan o‘zlarining kundalik faoliyatida hujjatlarni tayyorlash va axborotlar almashish uchun foydalaniladigan idora tizimlari.

7. Davlat organlarining axborot tizimlari ishonchli va barqaror faoliyat ko‘rsatish talablariga javob berishi kerak.

8. Davlat organlarining axborot tizimlari quyidagi prinsiplar asosida yaratilishi kerak:

axborotlarning foydalanishga qulayligi, ishonchliligi, to‘liqligi va ularning o‘z vaqtida berilishi;

maxfiylik — axborotlar tizimi axborot resurslaridan foydalanuvchilarga berilgan vakolatlar doirasida foydalanishning cheklanishini ta’minlash;

oshkoralik — boshqa axborot tizimlari va milliy axborot tizimlari bilan integratsiyalanish imkoniyati;

Oldingi tahrirga qarang.

elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish — elektron hukumatning qonun hujjatlarida belgilanadigan yagona identifikatorlari asosida elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlarining axborot tizimlarida axborotlar saqlanishini va qayta ishlanishini ta’minlash;



(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

ko‘lamlilik — axborotlar tizimlari tarkibiga dasturiy — apparat vositalarini qo‘shish, modernizatsiya qilish va shu kabi yo‘llar bilan axborot tizimlarining funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirish imkoniyati;

himoyalanganlik — axborot tizimlari tarkibiga kiruvchi axborot resurslarining saqlanishini va yaxlitligini ta’minlash.

III. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish

9. Davlat organlarining axborot tizimlari davlat budjeti mablag‘lari, davlat organlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga yaratiladi.

10. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish jarayonida buyurtmachi, ishlab chiquvchi, yetkazib beruvchi, bosh loyihalovchi tashkilotlar, turli qismlarni loyihalash, montaj qilish, sozlash tashkilotlari va boshqa tashkilotlar qatnashishi mumkin.

11. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: talablarni shakllantirish, konsepsiyani, texnik topshiriqni, eskiz va texnik loyihalarni ishlab chiqish, ishchi hujjatlarni tuzish, ishga tushirish va kuzatib borish.

12. Har qaysi bosqichdagi ishlarning mazmuni va axborot tizimlarini yaratish qatnashchilarining vazifalarini taqsimlash tegishli standartlar bilan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

13. Davlat organlari axborot tizimlarining texnik hujjatlari 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining ishchi organi — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ekspertizaga taqdim etiladi.



Davlat organlari axborot tizimlarining texnik hujjatlari avtomatlashtirish va elektron shaklga o‘tkazish rejalashtiriladigan, bajariladigan ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi axborot, ishlab chiquvchi bilan buyurtmachi tomonidan birgalikda avtomatlashtiriladigan faoliyat sohasining funksional va operatsion jarayonlarini qayta tashkil qilish va maqbullashtirish o‘tkazilganligi yoki o‘tkazish rejalashtirilganligi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek uni o‘tkazish yakunlari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olishi kerak.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

14. 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining ishchi organi ekspertizani bir oy muddatda, zaruriyatga ko‘ra, manfaatdor vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb etgan holda o‘tkazadi.



(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

15. Davlat organlarining axborot tizimlari loyihalari ekspertizasi:

axborot tizimiga qaror bilan tavsiya etilayotgan vazifalarni bajarish imkoniyati;

Oldingi tahrirga qarang.

jarayonlarni elektron shaklga o‘tkazish uchun yo‘naltirilgan davlat xizmatlarini taqdim etishda funksional va operatsion jarayonlarning qayta tashkil qilinishi va maqbullashtirilishini o‘tkazish zarurati, muddatlar va asoslanmagan xarajatlarni qisqartirish va boshqalar;



(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

loyihaning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiqligi;

milliy axborot tizimi bilan o‘zaro hamkorlikning ta’minlanishi;

axborot xavfsizligining ta’minlanishi yuzasidan o‘tkaziladi.

16. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish va moliyalashtirish faqat ijobiy ekspert xulosasi olingandan keyin amalga oshiriladi.

17. Axborot tizimlarini yaratish ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat organlarining yaratiladigan axborot tizimlari davlat organlarining boshqa davlat axborot resurslaridan va axborot tizimlaridan axborot olishni nazarda tutmasligi kerak, agar ushbu axborot “Elektron hukumat” tizimi jismoniy va yuridik shaxslarining markaziy ma’lumotlar bazalarida mavjud bo‘lsa.



(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

18. Davlat organlarining axborot tizimlarini foydalanishga topshirish qabul qilib olish bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi, uning tarkibiga 2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish Respublika komissiyasining kamida 3 nafar vakili, ularning kasb bo‘yicha tajribasini va axborot texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalarini hisobga olgan holda kiritiladi.



(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 50-son, 628-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

19. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishga jalb etilgan Davlat organlarining axborot tizimlari majburiy ravishda hisobga olinadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat organlarining axborot tizimlarini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.



(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)

IV. Davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash

20. Davlat organlarining axborot tizimlari ushbu Nizom va boshqa normativ hujjatlar talablariga muvofiq himoya qilinadi.

21. Davlat organlarining axborot tizimlarida axborot xavfsizligi axborotlarni himoya qilishning tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini hamda dasturiy-apparat vositalarini o‘z ichiga oladigan tizim bilan ta’minlanishi kerak.

22. Tashkiliy chora-tadbirlar yuridik va jismoniy shaxslarni davlat organlarining axborot tizimlarini loyihalash, yaratish va ulardan foydalanish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga jalb etishni tartibga soluvchi harakatlar va talablar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.

23. Davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborotlarni ishlaydigan axborot tizimlarini yaratish ishlari ularni yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari tomonidan bajarilishi kerak.

Zarurat bo‘lganda, davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash uchun maxfiy axborotlarni ishlaydigan yuridik shaxslarni belgilangan tartibda jalb etishga yo‘l qo‘yiladi.

24. Davlat organlarining axborot tizimlarida qo‘llanadigan axborotlarni himoya qilishning dasturiy-texnik vositalari litsenziyalangan, sertifikatlangan bo‘lishi va quyidagilarni:

himoya qilinadigan axborot resurslarni identifikatsiyalashni;

axborot tizimidan foydalanuvchilarni autentifikatsiya qilishni;

tizimda aylanayotgan axborotlarning maxfiyligini;

ma’lumotlarni asl nusxada ayirboshlashni;

axborotlarni shakllantirish, uzatish, foydalanish, ishlash va saqlashda ma’lumotlarning yaxlitligini;

normal foydalanish sharoitlarida tizimdagi barcha resurslardan ruxsat bilan foydalanishni;

foydalanuvchilarning axborot tizimi resurslaridan foydalanishi chegaralanishini;

boshqaruvni (axborot tizimlari resurslaridan foydalanish huquqlarini belgilash, ro‘yxatga olish daftarlaridagi axborotlarni ishlash, himoya tizimini o‘rnatish va olib tashlash);

foydalanuvchilarning kirish va chiqish harakatlarini, shuningdek axborot tizimi resurslaridan foydalanish huquqlari buzilishlarini ro‘yxatga olishni;

axborot xavfsizligini ta’minlash tizimining butligi va ish qobiliyatini nazorat qilishni;

favqulodda vaziyatlarda tizimning xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlashi kerak.

25. Foydalanuvchilarning axborotlarni himoya qilishning kriptografik vositalaridan, shu jumladan elektron — raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda davlat organlarining axborot tizimidagi ishlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirilishi kerak.

26. Davlat sirlariga yoki maxfiy axborotga ega bo‘lgan axborotlarni ishlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimlarining texnik vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlanishi kerak.

27. Maxfiy axborotlar mavjud bo‘lgan va ular ishlanadigan axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmog‘iga kiritish ularni himoya qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilgandan keyin amalga oshiriladi.

Maxfiy va mutlaqo maxfiy axborotlarga ega bo‘lgan va ularni ishlaydigan axborot tizimlarini xalqaro axborot tarmoqlariga, shu jumladan Internet tarmog‘iga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

28. Davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash tizimi xavfsizlikka tahdidni, shuningdek ularning normal ishlashining buzilishi bilan bog‘liq sabablar va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlaydigan tegishli xavfsizlik siyosati bilan amalga oshirilishi kerak.

Oldingi tahrirga qarang.

281. Davlat organlarining davlat sirlariga yoki maxfiy axborotlarga mansub axborot bilan ishlash uchun mo‘ljallangan axborot tizimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot xavfsizligi talablariga muvofiq majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.



(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-noyabrdagi 296-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 472-modda)

29. Ishlab chiqish va foydalanishning barcha bosqichlarida axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash vositalari va usullari axborot tizimining maqsadiga qarab hamda axborot xavfsizligini ta’minlash sohasida amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat organlari tomonidan belgilanadi.

V. Davlat organlarining axborot tizimlarini yaratishda davlat organlarining huquqlari, vazifalari va javobgarligi

30. Davlat organlari quyidagi huquqlarga ega:

o‘z axborot tizimlaridan foydalanish tartibini belgilash;

o‘z axborot tizimlarini axborotlar ayirboshlash uchun boshqa axborot tizimlari bilan tarmoqlararo bog‘lashni belgilangan tartibda amalga oshirish.

Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

31. Davlat organlari quyidagilarga majbur:

o‘z axborot tizimlarini yaratish;

o‘z axborot tizimlarining milliy axborot tizimlariga kiruvchi axborot tizimlari bilan hamda xalqaro axborot tizimlari bilan muvofiqligini ta’minlash;

Oldingi tahrirga qarang.

elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur axborotlar mavjud bo‘lgan axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash;



(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 23-son, 269-modda)

axborot tizimlarining axborot xavfsizligini ta’minlash.

Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin.

32. Davlat organlari axborot tizimlarini yaratishda:

davlat organlarining axborot tizimlarini yaratish tartibi va talablariga rioya qilinishi;

davlat organlari axborot tizimlarining axborot xavfsizligi ta’minlanishi uchun javob beradilar.

Davlat organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarliklarni ham amalga oshiradilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 47-48-son, 355-modda; 2011-y., 45-46-son, 472-modda; 2013-y., 2-son, 23-modda; 2014-y., 2-son, 17-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 50-son, 628-modda; 2016-y., 23-son, 269-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)

Download 73.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling