Okoz: 05. 00. 00. 00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05. 02. 00. 00 Mehnat / 05. 02. 01. 00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonun hujjatlarining amal qilish doirasi] [tsz


Download 131.6 Kb.
Sana06.03.2020
Hajmi131.6 Kb.



[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonun hujjatlarining amal qilish doirasi]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSINI AMALGA OShIRISh UChUN ZARUR BO‘LGAN NORMATIV HUJJATLARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida” 1995-yil 21-dekabrdagi 162-I-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Quyidagilar tasdiqlansin:

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt);

2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]

mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan tavsiyalar hamda Xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli 1, 2-ilovalarga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov]

qarindosh-urug‘larning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat korxonalari xodimlarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati]

qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.04.00.00 Kafolatlar va kompensatsiyalar / 05.04.02.00 Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida beriladigan kafolatlar]

xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishi bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni to‘lash tartibi 5-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]

o‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi 6-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.06 Ijtimoiy va boshqa ta’tillar]

ijodiy ta’tillar berish tartibi va ularning muddati 7-ilovaga muvofiq.

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.02 Ish vaqtining qisqartirilgan muddati]

2. Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining cheklangan muddati 8-ilovaga muvofiq;

[OKOZ:

1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.29.00 Ta’tillar / 05.02.29.03 Yillik qo‘shimcha ta’tillar. Ta’tillar berish tartibi, vaqti va navbati]

ishning alohida tusiga ega bo‘lgan, o‘ta zararli va o‘ta og‘ir mehnat sharoitida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha ta’tilning eng muddati kamida 12 ish kuni etib belgilansin.

3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Qarindosh-urug‘larning xizmatchi sifatida birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidadan istisnolar haqida” 1972-yil 29-dekabrdagi 565-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV

Toshkent sh.,

1997-yil 11-mart,

133-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


1-ILOVA

Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish yuzasidan

TAVSIYALAR

I. Umumiy qism



Mazkur Tavsiyalar va Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga (keyingi o‘rinlarda — ish beruvchi deb ataladilar) va xodimlarga mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzishda amaliy yordam berish maqsadida ishlab chiqilgan.

Oldingi tahrirga qarang.

Yozma holdagi mehnat shartnomasi (kontrakt) doimiy ishlovchi (nomuayyan muddatga ishga qabul qilinadigan) xodimlar bilan ham, muddatli mehnat shartnomasi asosida (besh yilgacha bo‘lgan muddatga muayyan ishni bajarish vaqti uchun) ishga qabul qilinadigan xodimlar bilan ham asosiy ish joyi bo‘yicha va o‘rindoshlik asosida ishlovchi xodimlar, kasanachilar va boshqalar bilan tuziladi. Muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) mehnat munosabatlari nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin bo‘lmagan hollarda:

(I-bo‘limning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-avgustdagi 392-sonli qarori tahririda)

bo‘lajak ishning xususiyatini;

uni bajarish shartlarini;

xodimning manfaatlarini hisobga olgan holda;

qonunda bevosita nazarda tutilgan hollarda tuziladi.

Mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda zarur va qo‘shimcha shartlar ko‘rsatib o‘tiladi.

II. Mehnat shartnomasi (kontrakt) tomonlari

Quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt) tomonlari hisoblanadilar:

ish beruvchi — korxona, shu jumladan, ularning rahbarlari nomidan korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari, mulkdor ayni vaqtda ularning rahbari hisoblanadigan xususiy korxonalar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan alohida shaxslar;

Xodim — o‘n olti yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (boshqa hollarda ota-onasidan birining yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning yozma roziligi bilan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘n to‘rt va o‘n besh yoshdan).

III. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari

Quyidagilar mehnat shartnomasi (kontrakt)ning zarur shartlari hisoblanadi:

ish joyi — xodim ishga qabul qilinayotgan korxona, muassasa, tashkilot (uning tarkibiy bo‘linmasi)ning nomi;

mehnat funksiyasi — mazmuni lavozim yo‘riqnomalari, malaka majburiyatlari va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilanadigan muayyan mutaxassislik, malaka yohud lavozim bo‘yicha (rahbarlar, mutaxassislar va xizmatchilarning hamda boshqalarning Yagona tarif-malaka ma’lumotnomasi, Malaka ma’lumotnomalariga muvofiq);

ish boshlanadigan kun — qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi, agar ishning boshlanishi sanasi qayd etilmagan bo‘lsa, xodim shartnoma imzolangan kundan keyingi ish kunidan (smenadan) kechikmay ishga tushishi kerak;

mehnatga haq to‘lash miqdori va boshqa shartlar. Mehnatga haq to‘lash miqdori tomonlarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kam bo‘lishi va eng ko‘p miqdor bilan chegaralanishi mumkin emas;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim mehnat shartnomalari (kontraktlar)ni tuzishda zarur shartlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkin. Masalan, muddatli mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda ishning boshlanishi sanasigina emas, balki uning tamom bo‘lishi sanasi ham qayd etiladi. Xodimni muayyan ishni bajarish davriga ishga qabul qilishda xodim amalga oshirishi uchun qabul qilinayotgan aniq ish ko‘rsatiladi. O‘rindoshlik bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan eng ko‘p muddat doirasida kundalik ishning aniq muddati belgilanadi.

IV. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning qo‘shimcha shartlari

Tomonlarning kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasi (kontrakt)da qo‘shimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular tomonlarning majburiyatlarini aniqlashi, ularni to‘ldirishi, xodimga qo‘shimcha imtiyoz va afzalliklar berilishini nazarda tutishi mumkin.

Qo‘shimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:

xodimga mehnat sharoitlari belgilangan holda YaTMM va MMda nazarda tutilgan qo‘shimcha mehnat majburiyatlari yuklash;

bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mustaqil sharti sifatida bir necha kasb (lavozim)da ishlash;

agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, sinovning aniq muddati (qachondan qachongacha);

xodimning yuqori malakasi, agar bu amaldagi qonun hujjatlarida, jamoa shartnomasida (barcha darajadagi bitimlarda) yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda murakkabroq ishlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mehnatga haq to‘lash (tarif stavkalari, lavozim maoshlari, qo‘shimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa xildagi taqdirlashlar)ning yuqoriroq miqdorlarini yakka tartibda belgilash;

xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi (to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanishi va tamom bo‘lishi va boshqalar);

qo‘shimcha (haqi to‘lanadigan va haqi to‘lanmaydigan) dam olish kunlari, ta’tillar berish;

ijtimoiy-maishiy tusdagi sharoitlar (bolalar bog‘chasida o‘rin, sanatoriya-kurortda davolanishga yo‘llanma ta’minlanishi, transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, uy-joy berish va boshqalar);

muddatli mehnat shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka to‘lash.

Xodimlarning alohida toifalari uchun shartnomaning qo‘shimcha shartlari: pul yoki tovar boyliklarga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar uchun to‘liq moddiy javobgarlik sharti; korxona rahbarlari uchun mehnat shartnomasini to‘xtatishning qonunchilikda nazarda tutilmagan qo‘shimcha asoslari va h. k.

V. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni rasmiylashtirish

Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni bir xil kuchga ega bo‘lgan kamida ikki nusxada tuziladi hamda saqlash uchun har ikki tomonga beriladi.

Shartnoma (kontrakt)da tomonlarning manzillari ko‘rsatiladi.

Mehnat shartnomasi (kontrakt) sana ko‘rsatilgan holda imzolar bilan tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilot ishga qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxsning imzosini gerbli muhr bilan tasdiqlaydi (gerbli muhr bo‘lmagan taqdirda imzoning haqiqiyligi va vakolatliligini tasdiqlovchi boshqa muhr bilan tasdiqlanadi).

Xodimning talabiga ko‘ra mehnat shartnomasi (kontrakt) u biladigan tilda tuziladi va davlat tilida tuzilgan shartnoma (kontrakt) bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi.

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq chiqarish uchun asos hisoblanadi. Buyruq tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakt) mazmuniga zid bo‘lmasligi kerak.

VI. Mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlarining haqiqiy emasligi

Qonun hujjatlari, jamoa shartnomasi, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom va boshqa mahalliy normativ hujjatlarga nisbatan xodimning ahvolini yomonlashtiradigan mehnat shartnomasi (kontrakt) shartlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Jumladan, mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzishda quyidagi shartlar belgilanishi mumkin emas:

mehnat shartnomasini bekor qilishning qo‘shimcha asoslari, qonun yo‘l qo‘yadigan hollar bundan mustasno;

qonun hujjatlari bilan nazarda tutilmagan intizomiy jazolar belgilash;

sinov muddatini Mehnat kodeksi bilan belgilangan eng yuqori muddatdan ortiqcha belgilash;

o‘rindoshlik asosida ishlashga qo‘shimcha cheklashlar joriy qilish;

qonunda nazarda tutilganidan ortiqcha ish vaqti muddati belgilash;

xodimlar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda moddiy javobgarlik joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


2-ILOVA

Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli

-son MEHNAT ShARTNOMASI (KONTRAKT)

_________ shahri

199____ “ ____ ” _________

1. Korxona (mulkchilikning barcha shakllaridagi tashkilot, muassasa, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari _____________________________________________________________________

to‘liq nomi

________________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq)

nomidan, keyingi o‘rinlarda “Ish beruvchi” deb ataladi va fuqaro (O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan shaxs ham bo‘lishi mumkin) ________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi to‘liq)

keyingi o‘rinlarda “Xodim” deb ataladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:

2. Xodim________________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi va otasining ismi)

________________________________________________________________________________________

(korxona tarkibiy bo‘linmasi, sex, bo‘lim, uchastka, laboratoriya va shu kabilarning nomi)

kasbi bo‘yicha ____________________________________________________________________________

(YaTMM bo‘yicha kasb, lavozimining to‘liq nomi, razryad, malaka toifasi)

lavozimiga ishga qabul qilinadi.

3. Shartnoma ______________________________________________________________ hisoblanadi.

(asosiy ish bo‘yicha, o‘rindoshlik bo‘yicha va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartnoma)

4. Shartnoma muddati_____________________________________________________________________

(nomuayyan muddatga, 5 yildan ortiq bo‘lmagan muayyan muddatga, muayyan ishni bajarish vaqtiga va uning nomi)

5. Shartnoma bo‘yicha ishlash

boshlanishi ____________________________________________________________________________

tamom bo‘lishi _________________________________________________________________________

6. Sinov muddati _______________________________________________________________________

(sinovsiz, sinov muddati)

7. Xodimning majburiyatlari:

a) mehnat va texnologiya intizomi (ichki mehnat tartibi qoidalari, ustavlar va intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga rioya qilish;

b) ish beruvchining qonuniy farmoyishlarini bajarish;

v) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya qilish;

g) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;

d) YaTMM, MM bilan nazarda tutilgan malaka majburiyatlariga rioya qilish;

e) qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;

j) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;

z) xodim tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar.

________________________________________________________________________________________

(ish, mahsulot sifati; ish normasini bajarish; xizmat ko‘r�atish va boshqalar)

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

8. Ish beruvchining majburiyatlari;

a) xodimning mehnatini tashkil etish, xodimni Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari, lavozim yo‘riqnomalari, jamoa shartnomasi va boshqa normativ va mahalliy hujjatlar bilan tanishtirish;

b) mehnat va ishlab chiqarish intizomini ta’minlash;

v) ish haqini o‘z vaqtida to‘lash;

g) xavfsiz va samarali mehnat uchun shart-sharoitlar yaratish, xodimni o‘qitish, unga mehnatning xavfsiz shart-sharoiti to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq berish;

d) ish joyini mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq jihozlash;

j) qonun hujjatlariga va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilish;

z) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish;

i) ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan boshqa majburiyatlar:

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

9. Ish kuni rejimi ______________________________________________________________________

(to‘liqsiz ish kuni, to‘liqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanish
va tamom bo‘lishi va boshqalar)

10. Mehnat haqi to‘lash.

Xodimga quyidagicha hah to‘lash belgilanadi:

a) ______________________________________________________________________________________

(to‘lov turi va uning aniq summadagi yoki YaTS razryadi ko‘rsatilgan holdagi, yohud tushumdan olingan foizlardagi miqdori)

b) amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar quyidagi miqdorlarda:

____________________________________________
(qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar nomi)

___________________________________________
( ularning miqdori)

____________________________________________

___________________________________________

____________________________________________

___________________________________________

v) jamoa shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan, shuningdek, berilgan (mavjud) huquqlar va mablag‘lar doirasida rahbar tomonidan belgilanadigan qo‘shimcha haq, ustama, mukofot, taqdirlashlar va rag‘batlantiruvchi turdagi boshqa to‘lovlar;

____________________________________________ (qo‘shimcha haq, ustama, kompensatsiyalar nomi)

___________________________________________ (ularning miqdori)

____________________________________________

___________________________________________

____________________________________________

___________________________________________

11. Xodimga:

a) asosiy ta’til (mehnat ta’tili) __________________________________________ ish kunidan;

b) qo‘shimcha ta’til _____________________________________________________ ish kunidan ibrat

( nomi)

bo‘lgan haq to‘lanadigan yillik ta’til belgilanadi.

12. Mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar va hokazolar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlari.

Tomonlarning manzillari va imzolari:
Xodim:

Ish beruvchi:



________________________________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

Manzili:________________________________

Manzili:________________________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

________________________________________

(sana, imzo)

(sana, imzo, muhr)

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga
3-ILOVA


Davlat (aksionerlik) korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 79-moddasida nazarda tutilgan qarindosh-urug‘larning, agar ularning xizmatlari ulardan birining boshqasiga bevosita bo‘ysunishi yoki nazorati ostida bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lsa, birga xizmat qilishlarini cheklash qoidalaridan istisno etilishi mumkin bo‘lgan xodimlari

RO‘YXATI

1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.



2. Davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlari, shuningdek, qishloq joylardagi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalarida ishlovchi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari.

3. Temir yo‘l transportining liniya korxonalari xodimlari, shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasining yo‘l, qurilish-montaj va temir yo‘llarning ixtisoslashtirilgan trestlarining qurilish-montaj va ko‘priksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarning xodimlari, bu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.

4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari.

5. Sog‘liqni saqlash davolash-profilaktika va sanitariya-profilaktika muassasalarining shifokorlari.

6. Barcha o‘quv va tarbiya muassasalaridagi pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar.

7. Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalarning artistlari, rassomlari va musiqachilari.

8. Ilmiy muassasalar xodimlari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari.

9. Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi tarmoq tashkilotlarining xodimlari.

10. Dala geologiya ekspeditsiyalari, partiyalari, otryadlari va uchastkalari xodimlari.

11. Qishloq joylarda ishlaydigan o‘rmon va suv xo‘jaligi mutaxassislari, xalq ta’limi xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-ma’rifiy muassasalar xodimlari.

12. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanishni amalga oshiruvchi yo‘l tashkilotlarining xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.

13. Qurilish-montaj va ko‘priksozlik qurish poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa ko‘chma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.

14. Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.

15. Magistral truboprovodlar qurilishi hamda neft va gaz konlarini tartibga keltirishni amalga oshiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.

16. Havza va ko‘llardagi baliqchilik xo‘jaliklari, baliqchilik zavodlari, baliqlarga uvuldiriq sochish va ularni o‘stirish xo‘jaliklari va baliqlarni oziqlantiradigan joylarning xodimlari, bu korxonalarning bosh buxgalterlari va kassirlaridan tashqari.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


4-ILOVA

Alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar

RO‘YXATI

Oldingi tahrirga qarang.



t/r

Kasb-hunar va lavozimlar

Ish kuni muddati, soat*

I. SOG‘LIQNI SAQLASh VA IJTIMOIY TA’MINOT

1.

Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining (poliklinikalar, ambulatoriyalar, dispanserlar, tibbiy xonalar, stansiyalar, bo‘limlar va xonalar) kasallarning butunlay ambulatoriya qabulida band bo‘lgan shifokorlari.

5,5


2.

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) va tibbiy-maslahat komissiyalari (TMK)ning shifokorlari.

5,5


3.

Poliklinikalarning stomatolog-shifokorlari, tish shifokorlari va tish shifokorlari-protezistlari.

5,5


4.

Butun ish vaqti davomida 200 vattdan baland quvvatdagi ultraqisqato‘lqinli chastotad�gi tibbiyot generatorlari (UQTCh)da ishlaydigan shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari.

5,5


5.

Anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari (guruhlari) hamda reanimatsiya va intensiv terapiya palatalarining shifokori, o‘rta va kichik tibbiy xodimlar (shifokor-laborant va laborantdan tashqari).

5,5


II . XALQ TA’LIMI, OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VA PEDAGOG XODIMLAR

6.

1-4 sinflar o‘qituvchilari, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlarning o‘qituvchi-logopedlari o‘qituvchi-defektologlari; gimnaziyalar, litseylarning o‘qituvchilari, logopedlik xonalari mudirlari.

18**


7.

Barcha tur va nomdagi maktablar va maktab-internatlarning 5-11(12) sinflari o‘qituvchilari, gimnaziyalar, litseylar, maktablararo o‘quv ishlab chiqarish kombinatlarining o‘qituvchilari; o‘rta hunar-texnika bilim yurtlarining umumta’lim fanlari o‘qituvchilari.

20**


8.

Hunar-texnika ta’limi o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari

yiliga 800 soat

9.

O‘rta maxsus o‘quv yurtlari, kollejlar, texnikumlarning barcha ixtisosliklari o‘qituvchilari.

yiliga 800 soat



10.

Pedagogika bilim yurtlari, kurslari o‘qituvchilari; to‘garaklar, seksiyalar, studiyalar va darsdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarning boshqa shakllari rahbarlari; chet tili, stenografiya, mashinkada yozish kurslari o‘qituvchilari; maktablararo kompyuter markazlari o‘qituvchilari; o‘qitish muddati besh yil bo‘lgan umumiy musiqiy, badiiy, xoreografiya ta’limi maktablarining 3-5 sinflari o‘qituvchilari; o‘qitish muddati yetti yil bo‘lgan san’at maktablari (bolalar musiqiy va badiiy, xoreografiya va boshqa maktablar)ning 5-7 sinflari o‘qituvchilari; musiqiy va badiiy o‘rta maktab va maktab-internatlar 1-11 sinflarining maxsus fanlar o‘qituvchilari; bolalar badiiy maktablari va o‘qitish muddati to‘rt yil bo‘lgan umumiy badiiy ta’lim maktablarining 1-4 sinflari o‘qituvchilari; sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot muassasalarining o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektologlari va logopedlari; umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari va maktabgacha tarbiya muassasalaridagi chet tili bo‘yicha mashg‘ulotlar guruhlari o‘qituvchilari.

18**


11.

Eshitish xonalarining o‘qituvchi-defektologlari, muassasa xodimlari ro‘yxatida bolalar guruhiga bu lavozim ko‘zda tutilgan maktab-internatlarning o‘qituvchi-logopedlari va o‘qituvchi defektologlari; yaslilar, bolalar bog‘chalari hamda barcha tur va nomdagi bolalar uylarining o‘qituvchi-defektologlari va o‘qituvchi-logopedlari; o‘qitish muddati besh yil bo‘lgan umumiy musiqa, badiiy, xoreografiya ta’limi maktablarining 1-2 sinflari o‘qituvchilari; o‘qitish muddati yetti yil bo‘lgan bolalar musiqa, badiiy, xoreografiya maktablari 1-4 sinflarining o‘qituvchilari; musiqa rahbarlari; bolalar uylarining logopedlari; konsertmeysterlar, akkompaniatorlar va madaniyat tashkilotchilari.

24**


12.

Jismoniy yoki aqliy rivojlanishda kamchiligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlar uchun maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarining tarbiyachilari.

25**


13.

Barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylarining, maxsus hunar-texnika bilim yurtlarining katta tarbiyachilari; maktablar huzuridagi internatlar, maktab-internatlar, barcha tur va nomdagi bolalar uylari, kuni uzaytirilgan maktab (guruh)lar va musiqiy tarbiyalanuvchilar maktablari, sanatoriya-o‘rmon maktablari, alohida tarbiyaga muhtoj bolalar va o‘smirlar uchun maxsus maktablar, sog‘liqni saqlash muassasalari, voyaga yetmaganlar uchun qabul qilish-tarqatish joylari, tarbiya-mehnat koloniyalari, maxsus hunar-texnika bilim yurtlarining tarbiyachilari; jismoniy tarbiya yo‘riqchilari, eshitish xonalarining yo‘riqchilari.

30**

14.

Barcha tur va ?omdagi bolalar yaslilari va maktabgacha tarbiya muassasalari, bolalar uylari, maktabdan tashqari muassasalarning katta tarbiyachilari, tarbiyachilari.

36**


15.

Sil kasalligining oz va to‘xtayotgan shakllari bilan xastalangan aqliy rivojlanishda kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilar hamda markaziy asab tizimi ruhiyati buzilgan holda shikastlangan bolalar uchun o‘quv tarbiya muassasalarining katta vojatiylari, yordamchi tarbiyachilari.

36**


16.

Oliy o‘quv yurtlari xodimlarining o‘qituvchi-professorlar tarkibi.

36**

III. TELEVIDENIYE VA RADIOEShITTIRISh

17.

Respublika televideniyesi va radioeshittirishi suxandoni.

6

18.

Viloyat televideniyesi va radioeshittirishi suxandoni.

6

19.

Televideniye va radioeshittirishdagi ovoz rejissori.

6

* Besh kunlik ish haftasida hisoblanayotgan davr (hafta, oy, yil) uchun ish vaqti me’yori saqlanadi.

** Ish haftasi muddati, soatlarda.

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 31-oktabrdagi 375-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 20-son, 161-modda)

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


5-ILOVA

Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari, shuningdek, ularning jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshirishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni berish

TARTIBI

Mazkur Tartib mehnatga doir huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajaruvchi, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlarni amalga oshiruvchi xodimlarga kafolatli to‘lovlarni pul bilan ta’minlash manbalarini va ularni berishni belgilaydi.



1. Xodimlar tomonidan davlat yoki jamiyat manfaatlariga doir bajariladigan vazifalar:

saylov huquqini amalga oshirish;

Oldingi tahrirga qarang.

deputatlik va senatorlik vazifalarini bajarish;

(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 21-son, 154-modda)

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Konstitutsiyaviy huquqlarga va inson erkinligiga rioya qilish komissiyasi faoliyatida qatnashish;

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 283-sonli qaroriga muvofiq to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2009-y., 44-son, 467-modda)

tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi ishida ishtirok etish;

harbiy burchni bajarish;

surishtiruv organlariga, tergovchi, prokuror huzuriga, sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolislar tariqasida (chaqiriq bo‘yicha) borish;

xalq maslahatchilari, jamoat ayblovchilari va jamoat himoyachilari, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalari vakillari sifatida sud majlislarida, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan boshqa hollarda ishtirok etish;

2. Xodimlar tomonidan jamiyat manfaatlari yo‘lida qilinadigan harakatlar:

avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini tugatish;

inson hayotini saqlab qolish;

quyish uchun qon topshirish va boshqa hollar.

3. Davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish vaqtida (qonun bilan belgilangan yoki tegishli organning chaqiriq qog‘ozida, xabarnomasida ko‘rsatilgan vaqtda) ish beruvchi xodimning ish joyi (lavozimi)ni saqlagan holda uni ishdan ozod qilishi shart.

4. Xodimning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishi, shuningdek, uning jamiyat manfaatlariga doir qilayotgan harakatlari vaqtida ushbu vazifalarni bajarish uchun qonun bilan belgilangan vaqtdagi yoki tegishli organ tomonidan berilgan ma’lumotnomada ko‘rsatib o‘tilgan muddatdagi limitga muvofiq o‘rtacha ish haqi saqlab qolinadi.

5. Xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, shuningdek, jamiyat manfaatlariga doir harakatlar qilishlari vaqtidagi ularning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish bilan bog‘liq xarajatlar:

budjet hisobidan — budjetdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar tomonidan;

Oldingi tahrirga qarang.

(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 288-modda)

6. Davlat boshqaruvi organlari, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari boshqaruv apparati, shuningdek, jamoat tashkilotlari va birlashmalari, moliyaviy ta’minlash manbalaridan qat’i nazar, xodimlarning davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishlari bilan bog‘liq kafolatli to‘lovlarni tashkilotlarning ish haqi fondi hisobidan amalga oshiradilar.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


6-ILOVA

O‘rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish

TARTIBI

Oldingi tahrirga qarang.

1. Ta’tillar vaqtiga haq to‘lash, ishdan bo‘shatish nafaqasini, ishsizlik nafaqasini to‘lash, shuningdek oliy ta’lim tizimida o‘qish, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun o‘rtacha oylik ish haqi birinchi yil ishlovchilarga hisoblab chiqarish kunidagi tarifikatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan kelib chiqqan holda ularni o‘n ikkidan birga (olti oy to‘liq ishlaganlarga oltidan birga; yetti oy to‘liq ishlaganlarga yettidan birga va hokazolar), o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilari uchun hisoblash davrida tarifakatsiya bo‘yicha belgilangan ish haqi yoki lavozim maoshidan oshgan summani o‘ndan birga oshirgan holda hisoblab chiqariladi. Ularga ishbay asosida ishlab topilgan qo‘shimcha ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ish haqiga qo‘shimcha haqlar va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar hisoblanadigan boshqa to‘lovlar kiradi.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)

2. Yil oxirida ortiqcha bajarilgan soatlar uchun o‘rta maxsus va hunar-texnika o‘quv yurtlari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq ushbu soatlar bajarilayotgan vaqtda amalda bo‘lgan stavkalar bo‘yicha to‘lanadi.

3. Xodimlarning salomatligiga mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi ish beruvchi tomonidan qoplanishi uchun summalar hisob-kitobi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

4. Mehnatga yaroqsizlik, homiladorlik va tug‘ish varaqalari bo‘yicha to‘lovlar (nafaqalar hisoblash) hisob-kitobi Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

5. Boshqa barcha hollarda (1—4-bandlarda ko‘rsatib o‘tilganlardan tashqari) o‘rtacha oylik ish haqi keyingi ikki kalendar oyidagi o‘rtacha oylik ish haqidan kelib chiqib belgilanadi.

6. Xodim mehnat ta’tilida bo‘lganda, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, ikki oygacha bo‘lgan muddatda ish qidirish (mehnat bo‘yicha mahalliy organ tomonidan berilgan ma’lumotnomaga muvofiq uch oy), shuningdek, kasallik davrida tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to‘lashning yangi shartlaridagi korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning ishlagan kunlariga to‘g‘ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to‘lovlar qayta hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


7-ILOVA

Ijodiy ta’tillar berish

TARTIBI

Ijodiy ta’tillarning muddati



1. Ishlab chiqarish yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga muvaffaqiyatli olib boruvchi shaxslar uchun ilm toliblariga nomzodlik va doktorlik ilmiy darajalarini olish dissertatsiyalarini, shuningdek, darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarini tugallashlari uchun mualliflarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida asosiy ish joylaridagi o‘rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:

nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;

doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha bo‘lgan muddatga ijodiy ta’tillar beriladi.

Ijodiy ta’tillarga haq to‘lash belgilangan mehnatga haq to‘lash fondi, shuningdek, ilmiy kadrlar tayyorlash uchun nazarda tutiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

2. Jamoa shartnomalarida yoki ish beruvchi bilan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi o‘rtasidagi bitimga ko‘ra mazkur Tartibning 1-bandida nazarda tutilgandagiga qaraganda ish beruvchining mablag‘lari hisobiga ijodiy ta’tillarning muddati uzoqroq muddatga belgilanishi mumkin.

Dissertatsiyalarni tugallash uchun ijodiy ta’tillar berish tartibi

3. Ijodiy ta’tillar:

davlat oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga — ushbu muassasalar Ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra direktor (rektor) tomonidan;

boshqa davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalari xodimlariga — ilm tolibi biriktirib qo‘yilgan oliy o‘quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasi Ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra vazirlik (idora) tomonidan beriladi.

4. Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga beriladigan ijodiy ta’tillarni rasmiylashtirish uchun kafedra, sho‘ba, laboratoriya va shunga o‘xshashlar Kengashga sabablari ko‘rsatilgan iltimosnoma yuboradi.

5. Ijodiy ta’til berish to‘g‘risidagi tavsiyanoma ilmiy ishning muhimligini, olib borilgan tadqiqotlarning hajmini va dissertatsiyani ta’til vaqtida tugallash mumkinligini hisobga olgan holda Ilmiy kengashlar tomonidan beriladi.

6. Ilmiy kengash tavsiyanomasida dissertatsiyani nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo‘lgan ta’tilni berish vaqti va muddatlari ko‘rsatiladi.

7. Ijodiy ta’til olgan shaxslar, ta’til tamom bo‘lgandan so‘ng, qilingan ishlar to‘g‘risida hisobot taqdim etadilar.

Darsliklar yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mualliflariga ijodiy ta’tillar berish tartibi

8. Davlat oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlariga oliy o‘quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasi Ilmiy kengashining tavsiyanomasiga ko‘ra darsliklar yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yozishlari uchun asosiy ish joylaridan ijodiy ta’til beriladi.

9. Ish mualliflar jamoasi bilan yoziladigan bo‘lganda ijodiy ta’til mualliflar jamoasining barcha a’zolari tomonidan tasdiqlangan yozma holdagi arizaga ko‘ra mualliflar jamoasi a’zolaridan biriga beriladi.

10. Ilmiy ta’til tamom bo‘lgandan so‘ng muallif oliy o‘quv yurti, ilmiy-tadqiqot muassasasining Ilmiy kengashiga qo‘lyozma holidagi ishni, asosiy ish joyidagi muassasa, korxona, tashkilotning rahbarlariga esa ishning tugallanganligini tasdiqlovchi hujjat topshiradi.

Yakunlovchi qoidalar

11. Nodavlat oliy o‘quv yurtlarida, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijodiy ta’tillar berish hamda ularning muddati jamoa shartnomasida (agar u ish beruvchi bilan kasaba uyushmalari qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillar organi o‘rtasidagi bitimga ko‘ra tuzilmagan bo‘lsa) yohud mazkur Tartibning 3—10-bandlarida belgilangan tartibga muvofiq xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilanadi.

12. Ilmiy darajalar oluvchi ilm toliblariga, shuningdek, darsliklar yoki o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar mualliflariga navbatdagi ta’tillar, ular ijodiy ta’tillardan foydalanganliklaridan qat’i nazar, qonun bilan belgilangan tartibda beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga


8-ILOVA

Mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishlarda band bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining

ChEKLANGAN MUDDATI

t/r

Ishlarning nomi

Ish kuni muddati, soat

1

2

3

RANGLI VA NOYoB METALLAR RUDASINI, ShUNINGDEK, OLMOS XOM AShYoSINI VA PLAVIK ShPATINI BOYITISh, NIOBIT (LOPARIT) RUDASIDAN TAShQARI

1.

Rentgen apparatiga xizmat ko‘rsatuvchi laborant-rentgen tuzuvchi

5

SIMOB IShLAB ChIQARISh

2.

Kondensatorchi

4

3.

Simob ajratuvchi:

a)

qo‘l bilan

4

b)

mexanik usulda

4

SARIQ FOSFOR IShLAB ChIQARISh

4.

Ishchilar va muhandis-texnik xodimlar (MTX), maydalash-quritish bo‘limi ishchilari va muhandis-texnik xodimlaridan tashqari

4


KALSIY KARBIDI IShLAB ChIQARISh

5.

Eritish apparatchisi, shixta tayyorlovchi, elektrodchi, karbid quyuvchi, mexanizatsiyalashmagan pechlardagi brigadirlar va smena MTXlari

5


NIKEL KARBONILI IShLAB ChIQARISh

6.

Ishchilar va smena MTXlari

4

GRANOZAN, MERKURAN, MERKURBENZOL ISh�AB ChIQARISh

7.

Simobni qabul qilib olish, amalgamlar tayyorlash, dietilsimob, etilmerkurxlorid, etilmerkurfosfat sintezlash, aralashtirish, idishga joylash va butlash ko‘mir regeneratsiyasi oqava suvlarini tozalash bo‘limlarida bevosita band bo‘lgan ishchilar va smena MTXlari

4


8.

Sanitariya ko‘rigidan o‘tkazuvchi degazatorchi, chilangar-santexnik

4

ETIL SUYuQLIGI IShLAB ChIQARISh (ASOSIY IShLAB ChIQARISh)

9.

Ishchilar va smena MTXlari

4

10.

Qaytariladigan idishlarga ishlov berish bo‘limi ishchilari va smena MTXlari

4

11.

Sexlardagi ishlab chiqarish oqava suvlari va gazlarini tozalash hamda ulardan foydalanish ishchilari va smena MTXlari

4


OVQAT MAQSADLARI UChUN QAYTA IShLANMAYDIGAN BALIQ, DENGIZ HAYVONLARI VA GO‘ShTNI QAYTA IShLASh BO‘YIChA UTILIZATSIYA SEXLARI VA BO‘LIMLARI

12.

O‘laksalar va konfiskatlarni zararsizlantirish, qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi ishchilar va smena MTXlari

5

METROPOLITENDAN FOYDALANISh
(tunnellarda faqat tungi vaqtlarda doimiy ishlash)

Ishchilar:

13.

Temir yo‘l transporti korxonalari va metropolitenlar brigadiri (bevosita ishlovchi)

5

14.

Eskalatorlar tutqichlarini tuzatishda band bo‘lgan rezina buyumlarning vulkanizatori va tuzatuvchisi

5

15.

Drenajchi

5

16.

Tunnel inshootlari asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan bo‘yoqchi, suvoqchi, duradgor, tuzatuvchi chilangar

5


17.

Zumpf agregati mashinisti

5

18.

Yuvish qurilmasi mashinisti, kompressor qurilmalari mashinisti , kompressor qurilmalari mashinisti yordamchisi

5


19.

Motovoz mashinisti, drezina haydovchisi va ularning va xo‘jalik poyezdlarida ishlovchi o‘rinbosarlari

5


20.

Yo‘l montyori, stryelkachi

5

21.

Marmar qoplovchi, plita qoplovchi, silliqlovchi

5

22.

Temir yo‘llarni va sun’iy inshootlarni kuzatib yuruvchi, kontakt relsni kuzatib yuruvchi

5

23.

Defektoskop aravasi operatori, yo‘l o‘lchash operatori va ularning yordamchilari

5

24.

Anjomlarni tarqatuvchi, omborchi

5

25.

Zumpf agregati chilangari

5

26.

Tunnel ishchisi

5

27.

Kabel tarmoqlari bo‘yicha elektr montajchi, ikkilamchi zanjirlar bo‘yicha elektr montajchi, yoritish va yoritish tarmoqlari bo‘yicha elektr montajchi, kuch tarmoqlari va elektr asbob-uskunalari bo‘yicha elektr montajchi

5


28.

Dispetcherlik asbob-uskunalari va teleavtomatika elektr montyori, elektr asbob-uskunalarini tuzatish bo‘yicha elektr montyor, elektr asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha elektr montyor

5


29.

Aloqa elektr montyori, signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka (SMB) elektr montyori

5

MUHANDIS-TEXNIK XODIMLAR

30.

Katta master, master, master yordamchisi

5

31.

Katta elektr mexanik, elektr mexanik

5

32.

Geodeziya-marksheyderlik ishlarida band bo‘lgan katta texnik, texnik

5

BIOPREPARATLAR IShLAB ChIQARISh

33.

Hayvonlar o‘laksalarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish bo‘yicha utilizatsiya qurilmalaridagi ishlarda doimiy va bevosita band bo‘lgan xodimlar

5

VETERINARIYA

34.

Utilizatsiya qilish korxonalarida hayvonlar va konfiskatlar o‘laksalarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilishda doimiy va bevosita band bo‘lgan xodimlar

5

MURDALAR VA MURDA MATERIALLARI BILAN IShLAShDA BAND BO‘LGAN XODIMLAR

35.

Vrach (shu jumladan, vrach-bo‘lim, laboratoriya rahbari), o‘rta va kichik tibbiy xodim, ishlab chiqarish xonalari farroshi

5


36.

Ilmiy-tadqiqot institutlarining prorektor va murdaxonalarda ishlovchi xodimlari, shuningdek, murdalar va murda materiallari bilan doimiy ishlash chog‘idagi normal, patologik va topografik anatomiya, sud tibbiyoti va operativ jarrohlik kafedralari xodimlari

5


SUD-TIBBIY EKSPERTIZA BYuROSI

37.

Murdalar va murda materiallari bilan ishlash chog‘idagi sud-tibbiy ekspert (shu jumladan, bo‘lim, bo‘linma rahbari)

5


38.

Murdalar va murda materiallari bilan ishlash chog‘idagi o‘rta va kichik tibbiy xodim

5

SOG‘LIQNI SAQLASh, IJTIMOIY TA’MINOT VA TA’LIM MUASSASALARI TIBBIY XODIMLARINING UMUMIY KASBLARI

39.

Laboratoriyalar, bo‘linmalar va bo‘limlarning murda qonini va murda to‘qimalarini tayyorlash va konservatsiyalashda band bo‘lgan xodimlari

5

GAMMA-NURLANTIRISh MANBALARI SIFATIDA RADIOAKTIV MODDALAR�I QO‘LLASh

40.

Gamma-terapiyada va eksperimental gamma-nurlantirishda bevosita band bo‘lgan xodimlar:

a)

radioaktiv preparatlar qo‘llangan bemorlarga xizmat ko‘rsatish palatalarida

5

b)

gamma-qurilmalar bilan ishlovchilar

5

v)

radiomanipulatsiya kabinetlarida va laboratoriyalarida gamma-preparatlar, bilan ishlovchilar

4

RENTGENLI NURLANISh

41.

Rentgen spektral, rentgen tuzilmali tahlil, sanoat rentgenografiyasi qurilmalarida va rentgen panjaralari rastrlarini nazorat qilishda bevosita band bo‘lgan xodimlar

5


42.

Rentgen diagnostikasida, flyurografiyada, vizual nazoratli rotatsion rentgen terapiyasi qurilmasida bevosita band bo‘lgan xodimlar

5

RENTGENLI NURLANISh, ULTRABINAFShA NURLANISh, ELEKTR MAGNIT MAYDONI

43.

Elektron hisoblash mashinalari (EHM)dagi, videoterminallardagi va elektron hisoblash tizimlaridagi ishlarda bevosita band bo‘lgan xodimlar


4

Download 131.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling