Okoz: 09. 00. 00. 00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09. 01. 00. 00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09. 01. 01. 00 Umumiy masalalar


Download 22.27 Kb.
Sana27.10.2020
Hajmi22.27 Kb.
#137222
Bog'liq
PF-3860 14.03.2007-1




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar;

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;

3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Umumiy masalalar;

2.Moliya / Soliqlar (yig‘imlar, bojlar)]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Farmoni

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

Xo‘jalik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishni muntazam modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradigan ilg‘or zamonaviy uskunalar bilan ta’minlashga qaratilgan samarali rag‘batlantirish tizimini yaratish maqsadida:



Oldingi tahrirga qarang.

1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga besh yil mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi qurilish shaklida ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing obyekti qiymatini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdorida, tegishli soliq davrida amortizatsiya ajratmalarini chiqarib tashlagan holda, ammo soliqqa tortiladigan daromadning 30 foizidan oshmaydigan miqdorda foydadan olinadigan soliq bazasini kamaytirish huquqi berilsin.

(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 558-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-dekabrdagi PF-4589-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 689-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

3. Soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan yuridik shaxslar uchun besh yil davomida yagona soliq to‘lovi to‘lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirgan holda soliq imtiyozlari joriy etilsin.

(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Oldingi tahrirga qarang.

ushbu Farmonda ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlari mazkur xarajatlar amalga oshirilgan soliq davridan boshlab, texnologik uskunalar bo‘yicha esa — navbatdagi hisobot soliq davrida uskunalar ishga tushirilgan paytdan boshlab qo‘llaniladi.

(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 558-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan bo‘lsa, qayd etib o‘tilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi bekor qilinadi, budjetga tegishli soliqlar to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklanadi. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan bo‘lsa, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi va budjetga bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklanadi.

(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)

[OKOZ:

1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]

5. Belgilansinki, 2007-yil 1-apreldan boshlab olib kiriladigan texnologik jihozlarga qonunchilikda ko‘zda tutilgan bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik jihozlar ro‘yxatiga muvofiq qo‘llaniladi.

Texnologik jihozlarni olib kirishda qo‘llaniladigan imtiyozlar, agar texnologik jihozlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma shartlarida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, butlovchi va ehtiyot qismlarga nisbatan ham tatbiq etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2007-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan texnologik jihozlar ro‘yxatini tasdiqlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda o‘rnatilgan tartibda mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqqan holda kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.

8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 14-mart,

PF-3860-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 11-son, 96-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda, 52-son, 558-modda; 2013-y., 52-son, 689-modda)

Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling