Okoz: 13. 00. 00. 00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13. 01. 00. 00 Ta’lim / 13. 01. 08. 00 Maktabgacha ta’lim] [tsz


Download 139.2 Kb.
Sana13.12.2020
Hajmi139.2 Kb.
#165706
Bog'liq
PQ-3955 30.09.2018 (1)




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Maktabgacha ta’lim]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Maktabgacha ta’lim tizimini yaxlit uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida:



1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik deb ataladi) negizida quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:

Oldingi tahrirga qarang.

(1-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)

b) Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Institutni maktabgacha ta’lim tizimi buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq investitsiya loyihalari bo‘yicha, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda bosh loyiha tashkiloti sifatida belgilash;

Oldingi tahrirga qarang.

v) Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda — Injiniring kompaniyasi) davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etish hamda Injiniring kompaniyasiga maktabgacha ta’lim tizimi obyektlarini qurish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini yuklash hamda kompaniya xizmatlari bilan bog‘liq xarajatlarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya qilish qiymatiga kiritish;



(1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

g) yuridik shaxs tashkil qilmasdan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish.

Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Respublika budjeti mablag‘lari, shu jumladan, 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan, har chorakda ajratilib, har yili budjet qoidalariga muvofiq indeksatsiyalanadigan jami 100 milliard so‘m miqdorida;

Oldingi tahrirga qarang.

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanilmayotgan ko‘chmas mulkini sotishdan tushgan mablag‘lar — 100 foiz miqdorida;



(1-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

Vazirlik tuzilmasiga kirgan tashkilotlar va muassasalar faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Vazirlik ichki audit xizmatlari tomonidan aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, maqsadli jamg‘armalari va budjetdan tashqari jamg‘armalari daromadiga undirilgan budjet mablag‘larining noqonuniy xarajatlari, o‘g‘irlik, kamomad summalarining 50 foizi;

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini joylashtirishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining xayriya mablag‘lari;

xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzi), grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Belgilab qo‘yilsinki:

a) Jamg‘arma mablag‘lari:

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha ta’lim tashkilotlarini belgilangan tartibda maqsadli qurilishlar ro‘yxatiga kiritib, ularning tarmog‘ini kengaytirishga;



(1-band ikkinchi qismi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga;

yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni, shuningdek, xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizni fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida Vazirlikka ishlash uchun jalb qilishga;

Vazirlikka yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida davlat organlari va tashkilotlari, loyiha institutlari, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari, yetakchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar mutaxassislarini, shuningdek, ekspertlarni maslahatchilar sifatida jalb qilishga;

Vazirlik xodimlarini, jumladan, xorijda o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilishga;

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini jihozlash va ta’mirlashga;



(1-band ikkinchi qismi “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogika va axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan boshqa tadbirlarga sarflanadi;

Oldingi tahrirga qarang.

b) Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda Jamg‘arma tomonidan xorijiy davlatlar va hukumatlardan, xalqaro va xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlaridan, chet ellik fuqarolardan beg‘araz yordam olinishi haqida qarorlar qabul qiladi.



(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

2. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 2324 nafar, shu jumladan, Vazirlik markaziy apparati xodimlari 138 nafar, shuningdek, metodistlar 471 nafar etib belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziriga:

Vazirlik markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni chegarasida o‘zgartirishlar kiritish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari, boshqa idoraviy mansub tashkilotlarning nizomlari va tuzilmalarini, shuningdek, ularning boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash huquqlari berilsin.

3. Belgilansinki:

a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyat va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim boshqarmalari, maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;

b) 2019-yil 1-yanvardan:

Oldingi tahrirga qarang.

(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)

Oldingi tahrirga qarang.

maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalish bo‘yicha faoliyatga litsenziya berish uchun majburiy litsenziyaviy talab maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotni Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimiga kiritishdir;



(3-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

Oldingi tahrirga qarang.

nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti litsenziyasini to‘xtatish yoki bekor qilish uchun Maktabgacha ta’limni boshqarishning axborot tizimida maktabgacha ta’lim tashkiloti, uning tarbiyalanuvchilari, pedagoglari va ta’lim-tarbiya jarayoni to‘g‘risidagi ishonchli axborotning yo‘qligi asos bo‘ladi.



(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

4. 2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-avgustdagi 746-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy javobgar ekanligi ko‘rsatilsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi muassisligidagi “Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) beg‘arazlik asosida bosqichma-bosqich 10 million AQSh dollari ekvivalentida, shu jumladan, 2018-yilda Markazni joylashtirish, jihozlash va saqlash bilan bog‘liq tashkiliy-amaliy tadbirlarni moliyalashtirish uchun 2 million AQSh dollari ekvivalentida mablag‘ ajratsin;



(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Vazirlik bilan birgalikda belgilangan tartibda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan keng polosali internet tarmog‘idan foydalanishini ta’minlasin.



(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

6. Quyidagilar:

Oldingi tahrirga qarang.

xorijiy sheriklar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullarini joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilish, shu jumladan, maktabgacha ta’lim sohasida korxonalar tashkil qilish uchun olib kiriladigan tovarlar;



(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, Markaz, Injiniring kompaniyasi va Institut tomonidan olib kiriladigan maxsus texnika, uskunalar, shu jumladan, asboblar, ehtiyot va butlovchi qismlar, texnik hujjatlar va dasturiy mahsulotlar belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.

Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan tovarlardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda bojxona imtiyozlari berilishi munosabati bilan to‘lanmagan bojxona to‘lovlari summasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti foydasiga undiriladi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.

7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi:

2019-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishning sinov rejimida joriy etilishini;

2019-yil 15-iyulgacha bo‘lgan muddatda sinov tariqasidagi jon boshiga normativ moliyalashtirish natijalarining batafsil tahlil qilinishini;

2019-yil 1-avgustgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazilgan tahlil natijalarini hisobga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlasin.

Oldingi tahrirga qarang.

8. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Vazirlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 2018-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda qishloq joylarda bir nechta ko‘p qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi majmualarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqsin hamda ko‘p qavatli turarjoy uylarining birinchi qavatlarida yoki alohida bino ko‘rinishida maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lishini nazarda tutsin.



(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

Oldingi tahrirga qarang.

9. Belgilansinki:



qishloq joylarda bir nechta ko‘p qavatli turarjoy uylari yoki uylar guruhlaridan iborat yangi qurilayotgan majmualardagi maktabgacha ta’lim tashkilotining eng kam quvvati 50 o‘rindan kam bo‘lmasligi kerak;

qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolari yoki xonalari davlat yoki nodavlat ta’lim muassasalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik asosida, turarjoy mulkdorlarining qaroriga muvofiq tashkil qilish uchun foydalanilishi mumkin;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish, qayta tashkil etish, tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni olib qo‘yish faqat Vazirlik bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etish yoki tugatish, ularga tegishli yer uchastkalari va ko‘chmas mulkni olib qo‘yish haqida Vazirlik bilan kelishmagan holda qaror qabul qilgan mansabdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

Oldingi tahrirga qarang.

10. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Vazirlik Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ bilan birgalikda 2019-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda 2025-yilgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash dasturi loyihasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

11. “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MChJ hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvargacha:

bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatidan foydalanganda;

maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan bolalar uchun jismoniy shaxs shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bo‘yicha xizmatni joriy etsin.

12. Vazirlik:

a) o‘n kunlik muddatda Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining Vasiylik kengashlarini tugatsin hamda Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlarini tuzsin;

b) bir oylik muddatda:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan dam olish kunlarida va ish kuni tugagandan keyin belgilangan dasturdan tashqari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish (bolalarni parvarishlash, qarab turish, o‘qitish bo‘yicha va boshqalar) tartibini tasdiqlasin;

Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi haqida nizomni tasdiqlasin va unda, shu jumladan, Kuzatuv kengashiga Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan maktabgacha ta’lim muassasasi rahbarini saylash huquqi berilishi nazarda tutilsin.

13. Belgilansinki:

a) Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari, tovarlar, ishlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha umumiy xarajatlar (homiylik, beg‘araz yordam summalaridan tashqari) qoplangandan keyin moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar uchun foydalaniladi;

Oldingi tahrirga qarang.

b) davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hisobvarag‘iga qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha umumiy xarajatlar qoplangandan keyin:

80 foizi — maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti moddiy-texnika bazasini yaxshilashga (ta’mirlash, inventar va uskunalar, o‘quv-uslubiy materiallar sotib olish va boshqalar);

(13-band “b” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

10 foizi — Jamg‘armaga;

5 foizi — tegishli tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga;

5 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasining Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

14. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirishni birgalikda moliyalashtirish, davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini jihozlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlanadigan 2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturini birgalikda moliyalashtirish uchun donor mamlakatlar va xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘larini (kreditlar, qarzlar, grantlar) davlat-xususiy sheriklik asosida jalb qilishni ta’minlasin.

15. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Bosh prokuratura, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibini belgilaydigan Hukumat qarorini, bunday vakolatlar berilgan organlarning qat’iy ro‘yxatini, tekshiruvlarni tayinlash va o‘tkazishning huquqiy asoslarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

Oldingi tahrirga qarang.

16. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini noqonuniy tekshirishlarga yo‘l qo‘yilmasligi ustidan nazoratni kuchaytirsin hamda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy javobgarlik choralarini qo‘llasin.



Nazorat qiluvchi organlar joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tekshirish chog‘ida aniqlangan qoidabuzarliklarning bartaraf etilishi va keyinchalik yo‘l qo‘yilmasligiga har tomonlama yordam ko‘rsatsin.

(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

17. Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablag‘larni 2018-yilda “Ta’lim” tarmog‘i bo‘yicha Davlat budjeti parametrlari chegarasida ajratsin, 2019-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Markaz, Institut va Injiniring kompaniyasining faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha, shu jumladan, ularni moliyalashtirish manbalarini nazarda tutgan holda;

Jamg‘armaning faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha qaror qabul qilsin hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirini Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlovchi etib belgilashni nazarda tutsin.

19. Markaz, Institut va Injiniring kompaniyasini Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Oqdaryo ko‘chasi, 122-uyda joylashgan Yashnobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji binolarida joylashtirsin.

20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

22. Vazirlik boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvoxitov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2018-yil 30-sentabr,

PQ-3955-son

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga


1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining

tashkiliy tuzilmasi

Oldingi tahrirga qarang.





(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga


2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparati

tuzilmasi

Oldingi tahrirga qarang.





Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 138 nafar.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga


3-ILOVA

2018-2019-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir

qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi

Oldingi tahrirga qarang.



T/r

Tadbirlar nomi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

Hujjat turi, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. Maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’limi va tarbiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2018-yil
31-oktabrgacha

Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Adliya vazirligi



Qonun loyihasi.

Loyiha Maktabgacha ta’lim vazirligining maktabgacha ta’lim sohasidagi huquq va majburiyatlarini o‘rnatish, oilaning o‘rnini, maktabgacha ta’lim muassasasi va nodavlat maktabgacha ta’lim (tijorat, notijorat) muassasasining mavqeyini belgilash, pedagogik faoliyat uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi.



2.

Qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risidagi nizomni, shuningdek yangi tahrirdagi quyidagi nizomlarni ishlab chiqish:

davlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom;

nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom;

davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi nizom.



2018-yil

30-noyabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi



Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi “Maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 528-son qaroriga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritish:

maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badal to‘lovlarining elektron tizimini joriy etish;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga bepul qabul uchun nozologiyalarni qayta ko‘rib chiqish;

tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘tish tartibini qayta ko‘rib chiqish;

bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibini qayta ko‘rib chiqish;

ixtisoslashtirilgan muassasalarga bo‘lgan ehtiyojni va ularning samaradorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish asosida ularning turlari ro‘yxatini qisqartirish;

ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish yoshini qayta ko‘rib chiqish.


3.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, ularni nashr qilishni takomillashtirish bo‘yicha mexanizmlarni joriy etish.

2018-yil

31-dekabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi,

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi



Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Oshkoralik, sifat, samaradorlik va tezkorlik prinsiplari, shuningdek, ekspertizadan o‘tkazish va maxsus adabiyotlarni chop etish asosida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar mualliflari hamda nashriyotlarini tanlab olish tartibini ishlab chiqish.



4.

2030-yilgacha Maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

2018-yil

31-dekabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi maktabgacha ta’limni rivojlantirishning quyidagi asosiy tadbirlarini belgilaydi:

davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari kesimida shu jumladan davlat-xususiy sherikchilik asosida, shuningdek viloyatlar kesimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllarini qamrab olishning maqsadli ko‘rsatkichlari;

viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida yangi maktabgacha ta’lim muassasalari sonini hisoblab chiqish;

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabga chiqishidan oldin maktabgacha ta’limga jalb qilish orqali bolalarni maktabdan oldin tayyorlash uchun teng imkoniyatlar yaratish.


II. Maktabgacha ta’limni qamrab olish va undan foydalanishni kengaytirish chora-tadbirlari

5.

Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini ishlab chiqish.

2019-yil

1-martgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi,
Moliya vazirligi

Tashkiliy chora-tadbirlar.

YUNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash maqsadida, shu jumladan respublikaning maktabgacha ta’lim standarti shakllarini kengaytirish murakkab bo‘lgan olis tumanlari va joylarida maktabgacha ta’limning yangi muqobil shakllarini tatbiq etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.



6.

2018-yil noyabrdan boshlab respublikaning ayrim hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha ta’limni sinov tarzida joriy etish.

2018-yil


10-oktabrgacha

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublikaning bir qator hududlarida majburiy bir yillik maktabgacha ta’limni sinov tarzida joriy etish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, kollejlar, mahalla qo‘mitalari va boshqa binolarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun alohida xonalar ajratilishini ta’minlash;

guruhlarga ajratilgan xonalarni mebellar, jihozlar va o‘quv materiallari bilan jihozlash uchun moliyalashtirishni tashkil etish;

tayyorlov guruhlarini malakali pedagoglar bilan to‘ldirish.


7.

Maktabga chiqishdan oldin bir yil davomida 5-6 yoshdagi bolalarni majburiy maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni tashkil etish yo‘li bilan barcha bolalarni maktabdan oldingi tayyorgarligi uchun teng imkoniyatlar bilan ta’minlash.

2019-yil

30-sentabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Loyiha 2021-yilgacha majburiy bir yillik bepul maktabgacha ta’limga bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutadi.



8.

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va samarali tashkil etish zarurligini hisobga olgan holda qurilayotgan turarjoy majmualarini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan ta’minlash.

2018-yil


1-noyabrgacha

Qurilish vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Investitsiyalar bo‘yicha

davlat qo‘mitasi



Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Qishloq joylarda bir qancha ko‘p qavatli uy-joylar yoki uylardan iborat yangi komplekslarni loyihalashtirish normativlari va tartibini ishlab chiqish, bunda maktabgacha ta’lim muassasasi albatta ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatlarida yoki alohida binoda bo‘lishini nazarda tutish.

Uy-joy komplekslarini qurishda majburiy tarzda tashkil etiladigan maktabgacha ta’lim muassasalari quvvatini qishloq joylardagi har bir 200 ta xonadon yoki uy uchun 50 ta o‘ringa mo‘ljallagan holda belgilash tartib-taomilini ishlab chiqish.

Investor zimmasiga ijtimoiy majburiyatlarni, shu jumladan, maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish va mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uchun infratuzilma yaratish (suv ta’minoti, podyezd yo‘llari va boshqalar)ni yuklagan holda respublika hududida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish tartibini ishlab chiqish imkoniyatlarini o‘rganish.



9.

Barcha bo‘sh turgan va faoliyat yuritmayotgan sobiq maktabgacha ta’lim muassasalari, shuningdek, davlat organlari va idoralari tomonidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan binolarni, ularni rekonstruksiya qilish va faoliyatini davlat-xususiy sherikchiligi asosida maktabgacha ta’lim muassasalari sifatida tashkil etish maqsadida, kompleks ravishda o‘rganib chiqish.

2018-yil

30-noyabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Har bir obyektni o‘rganish, bino ehtiyoji va holatini aniqlash hamda uni rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar hajmini belgilash uchun ishchi guruhlar tashkil etish.

Binolarni, ularda davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etgan holda yoki maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sherikchilik loyihalari uchun xususiy hamkorlarni tanlov asosida saralab olish uchun ko‘rsatiladigan obyektlar ro‘yxatiga kiritish orqali, maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmalari balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish.


10.

Muayyan bir hududdagi olis tumanlarda yashayotgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga transportda tashishni sinov tarzida joriy etish.

2019-yil davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

Tashkiliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Sinov natijasi yakunlari bo‘yicha 2020-yil 1-yanvargacha mazkur amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida kelgusida joriy etish maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish va transport vositalarini xarid qilish, ulardan foydalanish, bolalarni tashish hamda ularning xavfsizligi ta’minlanishini tashkil etish tartibini belgilab olish.



III. Maktabgacha ta’lim muassasalari holatini va moddiy-texnika bazasini yaxshilash chora-tadbirlari

11.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga 2025-yilgacha Maktabgacha ta’lim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash Dasturini kiritish.

2019-yil

1-martgacha



Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha

davlat qo‘mitasi,

O‘zbekenergo”AJ, “O‘ztransgaz” AJ,

NEK”AJ,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

2025-yilgacha barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini ichimlik suvi, isitish tizimi, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan bosqichma-bosqich ta’minlash;

energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish;

moliyalashtirish manbalari (respublika va mahalliy budjetlar, qarzlar, kreditlar, grantlar va ijrochilar mablag‘lari).


12.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzurida “Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti” DUK va “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” faoliyatini tashkil etish:

nizomlar (ustavlar) tuzilmasi, shtat jadvalini tasdiqlash;

zarur uskunalar, mebel, kompyuter texnikasi va anjomlar, Internet tarmog‘iga ulanishni ta’minlash;

malakali kadrlar bilan ta’minlash.



2018-yil

31-oktabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi tuzilgan tashkilotlar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishni ta’minlash.



IV. Maktabgacha ta’lim sohasida boshqaruv va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, ularning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta’minlash chora-tadbirlari

13.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish.

2018-yil

31-oktabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, uning tuzilmasi va Vasiylik kengashi tarkibini tasdiqlash.



14.

Maktabgacha ta’lim sohasidagi moliyalashtirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-yanvargacha

2019-yil

15-iyulgacha

2019-yil

1-avgustgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

Tashkiliy tadbirlar majmui.

Toshkent shahrining uchta tumanida jon boshiga normativ moliyalashtirishni sinov tartibida joriy etish.

Jon boshiga normativ moliyalashtirishni sinov tartibida joriy etish natijalarini batafsil tahlil qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur tartibning maktabgacha ta’lim tizimida yanada tatbiq etilishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritish.



15.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni moddiy rag‘batlant�rish uchun ularni qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatishga rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.

2018-yil

31-oktabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi



Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan quyidagilar bo‘yicha qo‘shimcha pullik xizmatlar ko‘rsatish:

dam olish kunlari va maktabgacha ta’lim muassasasida ish kuni yakunlangandan keyin bolani parvarishlash, unga qarab turish, uni o‘qitish;

belgilangan dasturdan tashqari sport-sog‘lomlashtirish (karate, taekvondo, suzish, shaxmat, shashka, gimnastika, massaj


va boshqalar) to‘garaklari, badiiy-estetik (xor, raqs, tasviriy san’at va hokazolar) to‘garaklar, fanlar bo‘yicha to‘garaklar (chet tillari, matematika, aqliy arifmetika, mantiq, informatika va boshqalar) tashkil etib qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish;

maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan narxlar preyskurantini, dasturlarni, pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun ota-onalar bilan namunaviy shartnomani ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishish.



16.

Tekshiruvchi va nazorat qiluvchi tashkilotlarning to‘li� ro‘yxatini yaratish va maktabgacha ta’lim muassasalarini tekshirish muddatini, tartibini va sohasini aniqlash.

2018-yil


30-noyabrgacha

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi, manfaatdor idoralar va vazirliklar


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Tartib belgilash, unga ko‘ra:

rejali tekshiruvlar 3 yilda ko‘pi bilan 1-marta o‘tkaziladi;

maktabgacha ta’lim muassasalarini rejadan tashqari tekshirish faqat Maktabgacha ta’lim vazirligi hududiy bo‘linmalari vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.



17.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali shaffoflikni ta’minlash.

2018-yil

31-oktabrgacha



Makta�gacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi

Idora hujjati.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining vasiylik kengashlarini tugatish to‘g‘risidagi hujjatni ishlab chiqish.

Maktabgacha ta’lim muassasasining kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish:

a) kuzatuv kengashi quyidagilardan tarkib topadi:

har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari;

pedagoglar;

tarbiyachilar yordamchilari;

maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyati;

Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmasi va hokazolar;

b) kuzatuv kengashi quyidagi vakolatlarga ega:

hududiy maktabgacha ta’lim bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan maktabgacha ta’lim muassasasining rahbarini tasdiqlash;

maktabgacha ta’lim muassasasining maqsadlari va vazifalarini, ularga erishish rejalarini tasdiqlash;

belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.


V. Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsiyalarni joriy etish chora-tadbirlari

20.

Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimini (EMIS) takomillashtirish, vazirlik va idoralarning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiyalash.

2018-2019-yillar davomida

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Yagona integrator

Tashkiliy tadbirlar.

Birinchi darajada Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimini (EMIS) “Elektron hukumat”, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zASBO, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi axborot tizimlari bilan birlashtirish, ikkinchi darajada barcha idoralar va tashkilotlar axborot tizimlari bilan birlashtirish.



21.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishini ta’minlash.

2018 — 2020-yillar davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Maktabgacha ta’lim vazirligi

Tashkiliy tadbirlar.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining Internet tarmog‘iga keng polosali ulanishini ta’minlash:

respublika va viloyat darajasida — 2018-yilning oxirigacha;

tuman darajasida — 2019-yilning 1-iyuligacha;

barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini — 2020-yil 1-iyulgacha.


22.

Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida joylashtirish.

2018-yil

31oktyabrgacha



Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

23.

Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida axborot xavfsizligini va shaxsiy axborot himoyasini ta’minlash.

2018-yil

31-oktabrgacha



Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi” Davlat muassasasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimini axborot xavfsizligi talablariga mos kelishini ekspertizadan o‘tkazish.



24.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun ixtisoslashtirilgan mobil ilovalar ishlab chiqish va joriy etish.

2019-yil

31-dekabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi

Texnik tadbirlar majmui.

EMIS’dan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida ota-onalar va maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun mobil ilovalar yaratish.



25.

Maktabgacha ta’lim muassasalariga qabulga doir axborotni raqamlashtirish va Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga kiritish.

2019-yil

1-yanvargacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi

Texnik tadbirlar majmui.

Axborotni bosqichma-bosqich raqamlashtirish.



26.

Maktabgacha ta’lim muassasalariga, shu jumladan nodavlat va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga tarbiyalanuvchilarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish.

2018-yil

1-noyabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda ortiqcha tartib-taomillarni yo‘q qilishni va byurokratik tartib-taomillarni kamaytirishni hisobga olgan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.



27.

Ma’lumotlarni yuritish va EMIS’ga kiritish uchun maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarini ishonchli identifikatsiyalashni ta’minlash.

2019-yil

1-yanvargacha



Yagona integrator,

Davlat xizmatlari agentligi, Davlat personallashtirish markazi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi


Tashkiliy-texnik tadbirlar majmui.

Bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishda ota-onalarning yoki ularni almashtirib turgan shaxslarning murojaati bo‘yicha bolalar uchun jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini (JSShIR) olish xizmatlarini joriy etish.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim organlari murojaati bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan bolalar uchun JSShIR olish xizmatlarini joriy etish.


28.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga kiritilishini ta’minlash.

2018-yil

30-noyabrgacha



Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

Maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash uchun talablar va shartlarga o‘zgartishlar kiritish.



VI. Kadrlar salohiyatini mustahkamlash va maktabgacha ta’lim �izimini malakali mutaxassislar bilan ta’minlash,

ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini oshirish chora-tadbirlari

29.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining namunaviy shtatlarini qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil

31-dekabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

Idora hujjati.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarini ular shtatlarining ko‘payishini yoki kamayishini hisobga olib, metodistlar va logopedlar bilan ta’minlash maqsadida shtat jadvallarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ayrim shtat birliklarini optimallashtirish.



30.

Maktabgacha ta’lim sifatini baholash vositalari va mexanizmlarini ishlab chiqish.

2019-yil

1-maygacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

Tashkiliy tadbirlar.

YUNISEF va Jahon banki bilan hamkorlikda maktabgacha ta’lim sifatini baholash doiralari, indikatorlari, mexanizmlari va vositalarini ishlab chiqish.



31.

Maktabgacha ta’lim pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Idora hujjati.

Maktabgacha ta’lim pedagoglarini tayyorlash bo‘yicha tadbirlar loyihasi pedagog kadrlarni bazaviy tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni o‘z ichiga oladi.



32.

Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Tashkiliy-amaliy tadbirlar.

Mudir lavozimida ishlash uchun malaka oshirish sertifikati albatta bo‘lishini nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlarini yollash tizimiga o‘tish.

Maktabgacha ta’lim tizimida rahbar kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.


33.

Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlariga qo‘yiladigan yangi malaka talablarini ishlab chiqish.

2018-yil
31-oktabrgacha

Maktabgacha ta’lim vazirlig�

Idora hujjati.

Maktabgacha ta’lim tizimini zarur malakalar, professional va shaxsiy fazilatlarga ega malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga qaratilgan malaka talablari.



34.

Bolalarni chet tillariga o‘qitishni takomillashtirish.

2019-yil

1-sentabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi

Tashkiliy tadbirlar.

Maktabgacha ta’lim pedagoglarini tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish.



35.

Maktabgacha ta’lim pedagoglarini zarur metodistik materiallar bilan ta’minlash.

2019-yil

1-iyungacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi

Tashkiliy-amaliy tadbirlar.

YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi ko‘magida “Ilk Qadam” yangi ta’lim dasturini pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi komplektni ishlab chiqish va chop etish.



36.

Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnali negizida “Ilk Qadam” (IQ) jurnalini ta’sis etish.

2018-yil

31-oktabrgacha



Maktabgacha ta’lim vazirligi

Tashkiliy-amaliy tadbirlar.

Maktabgacha ta’lim vazirining qaroriga binoan jurnal nomini o‘zgartirish imkoniyati, jurnalni sotishdan tushgan pul mablag‘lari, xayriya mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga jurnal tahririyati faoliyatini moliyalashtirish.



VII. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni sog‘lom va mutanosib oziq-ovqat, sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash chora-tadbirlari

37.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tez buziladigan mahsulotlar xarid qilish tartib-taomilini qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil


31-dekabrgacha

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi,

Maktabgacha ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi



Tashkiliy tadbir.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining ehtiyojlari uchun tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzilishini nazarda tutuvchi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha tahliliy ma’lumot va takliflar tayyorlash.



(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga


4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari

ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son qarorining 1-bandi ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek, 1 va 5-ilovalari.



2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarorining 13-bandi oltinchi xatboshi, shuningdek, 2, 3 va 4-ilovalari.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-sonli qaroriga


5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari mehnatiga haq to‘lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 28-fevraldagi PQ-3571-son qarorining o‘zbek tilidagi matni 1-bandida:



a) to‘rtinchi xatboshidagi “tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, oliy ma’lumotli” degan so‘zlar “oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

b) beshinchi xatboshidagi “tarbiyachining o‘rinbosarlari” degan so‘zlar “tarbiyachi yordamchisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi nizomning 99-bandida:

a) “12” raqami “25” raqami bilan almashtirilsin;

b) “qishloq joydagi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 07/18/3955/1978-son, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)

Download 139.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling